Uploaded by asliddinfarhodov777

1-ish. beta nurlanish nazariyasini o'rganish.

advertisement
Radioaktiv nurlanish mohiyati
1) Nima uchun alfa zarralar dastasidan ajralishi uchun kuchliroq magnit
maydoni kerak bo’ldi?
2) Gamma nurlar nima uchun elektromagnit nurlanish deyildi ?
3) Nima uchun aynan uran metall birikmalari bo’lgan rudalar o’zidan nurlar
chiqaradi ekan ?
4) Nimaga aynan qorong’uga quyilgan rudadan nurlar chiqadi ekan ?
5)
Radioaktivlik so’zining ma’nosi → lotinchadan, radio-nurlanish, radius-nur va
activus-ta’sirchan ma’nolarini anglatadi. Radioaktivlikni 1896-yilda fransuz olimi
Anri Bekkerel kashf etdi. A. Bekkerel uran metall birikmalari bo’lgan ruda ko’zga
ko’rinmaydigan, ammo fotoplastinkaga ta’sirchan nurlanish chiqarishini
payqadi. Bunday o’zidan tabiiy holatda nurlanish chiqaridan moddalar
radioaktiv moddalar deb va bu moddalarning xususiyati radioaktivlik
deyiladigan bo’ldi. Radioaktivlik hodisasini o’rganish sohasida fransuz olimlari
Mariya Skladovskaya Kyuri va Pyer Kyurilar xizmati katta bo’ldi. Ular bir necha
tonna Uran rudalarini qayta ishlab, fanga noma’lum bo’lgan moddaning bir
gramiga yaqin qismini to’plashdi. Bu moddaning radioaktivligi Uran
radioaktivligidan bir necha million marotaba katta ekanligi aniqlandi. Olimlar bu
moddani Radiy deb atashdi. Radiy lotinchadan – nurli degan ma’noni anglatadi.
Izchil izlanishlar shuni ko’rsatdiki, juda yuqori yoki juda past harorat, kuchli
magnit va elektr maydonlari, yuqori bosim va tezlanishlar, kuchli kimyoviy
reaktivlar ham radiy parchalanishiga ta’sir eta olmasligini ko’rsatdi. Pyer va
Mariya Kyurilar radiy parchasini magnit maydoniga quyib, radiaktiv nurlanish
dastasining maydon ta’sirida ikki qismga ajralishini payqashdi. Bu ajralgan nurlar
dastasining bir qismi avval yunalishida to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qildi va
ikkinchi qismi dastlabki yunalishiga nisbatan og’di. Og’gan nurlar og’ish burchagiga va og’ish yunalishiga qarab, bu zarralar manfiy zarralar elektronlar ekanligi
aniqlandi. Bu elektronlar tezligi har xil ekanligi va bu dasta tarkibida yorug’lik
tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanuvchi elektronlar ham bor ekanligi
aniqlandi. Ernest Rezerford Pyer va Mariya kyurilar tajribasini kuchli magnit
maydoni ta’sirida o’rgandi. Bunda yunalishi o’zgarmagan nurlar dastasi ham ikki
qismga ajraldi. Bir qismi oldingi yunalishga nisbatan yunalishini o’zgartirmadi.
Ikkinchi qismi esa electron og’ishiga nisbatan teskari og’ish hosil qildi. Bu og’gan
zarralar zaryadi musbat elektron zaryadiga teng ekanligi aniqlandi. Bu nurlar
dastasi grek alifbosining 𝛼, 𝛾, 𝛽 harflari bilan belgilandi. Tajribalar natijasini tahlil
qilinib, 𝛼- zarralar oqimi geliy atomining 2 karra musbat zaryadlangan dastalari
va 𝛽-tez harakatlanuvchi elektronlar oqimi va 𝛾-elektromagnit nurlanish bo’lib
elektromagnit to’lqin shkalasida rentgen nurlaridan keyin joylashgan.
Radioaktiv yemirilish bo’lishi uchun energitek shart bajarilishi zarur. Bunda
radioaktiv yemiralayotgan yadroning massasi, parchalanishdan keying zarralar
va bo’laklar massalari yig’indisidan katta bo’lishi kerak. Bu esa radiaktivlikning
yetarli bo’lmagan shartidir.
Download