Uploaded by Ogabek Fatilloev

5af3dcbdbaf79

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“TASDIQLAYMAN”
O’z.R.S.S.V.ning Fan va o’quv yurtlari bosh
boshqarmasi boshlig’i, prof. Sh.E.Ataxanov
___________________________
2009 y. “_____”_____________
№_______ bayonnoma
“KELISHILDI”
O’z.R.S.S.V.ning Tibbiy ta’limni rivojlantirish
markazi direktori
M.S. Yusupova
___________________________
2009 y. “_____”_____________
№_______ bayonnoma
MAVZU: Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma
Tibbiyot oliy o’quv yurtlari davolash fakulteti III kurs talabalari uchun uslubiy
qo’llanma
Ta’lim yonalishi-720000-“Sog’liqni saqlash”
5720100-“Davolash ishi”
TOSHKENT-2009
1
Tuzuvchilar:
1. Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti
ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira
fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor
2. Solihov Mirilhom Usmonovich, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti
ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira
fanlari kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
1. Bobojonov S.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti fakultet, gospital terapiyasi,
sharq tabobati va tibbiy profilaktika fakulteti ichki kasalliklari kafedrasi professori
2. Raximov Sh.M.-Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti gospital terapiya va ichki kasalliklar
propedevtikasi kafedrasi mudiri professor
“Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”mavzusidagi o’quv-uslubiy
qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlari davolash fakulteti III kurs talabalari uchun moljallangan.
Uslubiy qo’llanma TTA MUKida muxokama qilindi.
2009 y. “_____”_____________ №_______ bayonnoma
Uslubiy qo’llanma TTA Ilmiy kengashida tasdiqlandi.
2009 y. “_____”_____________ №_______ bayonnoma
Ilmiy kengash kotibi (F.I.Sh., imzosi)
Oliy o’quv yurtining gerbli muhri bosilishi shart.
2
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti
ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira
fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich va kafedra katta
o’qituvchisi Solihov Mirilhom Usmonovich hammuallifligidagi “Talabalar mustaqil ishi (kasallik
tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”ga
taqriz
Mualliflar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi
kafedrasi ishchi dasturi asosida talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasini
yaratishgan. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik tarixi yozishga oid mavzuda yaratilgan bo’lib, unda
talabalar tomonidan kasallik tarixini yozishda ahamiyat berilishi kerak bo’lgan barcha jihatlar to’la
tarzda bayon qilingan. Bemor shikoyatlari tizimlar bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi,
bemor hayoti tarixi chuqur yoritilgan xamda epidemiologik, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi
keltirilgan. Ayniqsa bemorlarni umumiy va mahalliy ko’ruvdan o’tqazish batafsil yoritilgan. A’zolar
tizimi ob’ektiv ko’rigida perkussiya, auskulitatsiya, palpassiya natijalari tartibi keltirilgan. Bemor
kasalligini rivojlanishini grafik tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni
to’ri qo’yishga xizmat qiladi.
Talaba uchun bu metodik qo’llanmaning yana bir qulayligi shuki unda qo’shimcha tekshiruv
usullari taxliliga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish sodda tushunarli tilda yozilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma nafaqat talaba balki, yosh pedagoglar xamda U.A.Sh. shifokorlari
uchun xam foydali metodik qo’llanma sifatida tavsiya etilgan va buni to’liq oqlaydi deb o’ylayman.
Bobojonov S.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti fakultet, gospital terapiyasi, sharq
tabobati va tibbiy profilaktika fakulteti ichki kasalliklari kafedrasi professori
3
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti
ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira
fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich va kafedra katta
o’qituvchisi Solihov Mirilhom Usmonovich hammuallifligidagi “Talabalar mustaqil ishi (kasallik
tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”ga taqriz
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi kasb
kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D.,
professor Sh. Ya. Zokirxo’jayev va kafedra katta o’qituvchisi M. U. Solihov hammuallifligida yozilgan
talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasi yangi o’quv yilida lotin grafikasida
talabalarni mustaqil ishini yozishda juda muxum qo’llanmadir. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik
tarixi yozishga oid mavzuda yaratilgan bo’lib, unda talabalar tomonidan kasallik tarixini yozishda
ahamiyat berilishi kerak bo’lgan barcha jihatlar to’la tarzda bayon qilingan. Bemor shikoyatlari tizimlar
bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi, bemor hayoti tarixi chuqur yoritilgan xamda
epidemiologik, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi keltirilgan. A’zolar tizimi ob’ektiv ko’rigida
perkussiya, auskulitatsiya, palpassiya natijalari tartibi keltirilgan. Bemor kasalligini rvojlanishini grafik
tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni to’ri qo’yishga xizmat qiladi.
Talaba uchun bu metodik qo’llanmaning yana bir qulayligi shuki unda qo’shimcha tekshiruv
usullari taxliliga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish sodda tushunarli tilda yozilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma talabalarga klinika sharoyitida kasallik tarihini to’g’ri tuzishga,
bu orqali diagnostika jarayonini to’g’ri olib borishga o’rgatadi. Qo’llanma yosh pedagoglar xamda
U.A.Sh. shifokorlari uchun xam foydali metodik qo’llanma vazifasini bajaradi deb o’ylayman.
Raximov Sh.M.-Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti gospital terapiya va ichki kasalliklar
propedevtikasi kafedrasi mudiri professor
4
Talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasi Davolash fakulteti III kurs
talabalari ichki kasalliklar propedevtikasi fanini o’tish jarayonida bemorlar bilan birinchi bor mustaqil
ishlay boshlashlari sababli muxim qo’llanmadir. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik tarixi yozishga
oid mavzuda yaratilgan. Talabalar ichki kasalliklar propedevtikasidan olgan nazariy bilimlarini amalda
qo’llashlari ularning mustaqil ishlarida o’z aksini topadi. Talabalar bemorlar bilan muloqotda
deontologiya qoyidalariga rioya qilishlari, xar bir savolni muloxaza bilan o’ylab bemordan so’rashlari
zarur. Qo’llanmada bemor shikoyatlari tizimlar bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi, bemor
hayoti tarixi xamda epidemiologik,, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi keltirilgan. Bemorlarni
umumiy va mahalliy ko’ruvdan o’tqazish o’quv adabiyotlarida batafsil yozilganini xisobga olgan xolda
ularni o’tqazish usuli qaytadan yozilmadi, lekin bu tekshiruv usullarini qadamma-qadam bajarish va
kasallik tarixida yozish talab etiladi. A’zolar tizimi ob’ektiv ko’rigida perkussiya, auskulitatsiya,
palpassiya natijalari tartibi keltirilgan ularni xam qadamma-qadam bajarish va kasallik tarixida yozish
talab etiladi. Bemor kasalligini rvojlanishini grafik tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur
qilishga xamda diagnozni to’g’ri qo’yishga xizmat qiladi.
Metodik qo’llanmada qo’shimcha tekshiruv usullarini tahlilini yozish va tahlilga asoslangan
xolda klinik diagnozni qo’yish tavsiya etiladi. Metodik qo’llanma talabalarni terapevtik klinikada
bemor bilan dastlabki muloqoti bo’lishi tufayli ular kasallik tarixini ichki kasalliklar propedevtikasi
fani talablari asosida yozishadi, boshqa klinik fanlarda o’sha fanlar talablaridan kelib chiqqan xolda
ushbu sxemaga biroz qo’shimchalar qo’shilishi mumkin.
5
I . Bemor haqida ma’lumot
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi2. Yoshi3. Millati 4. Ma’lumoti5. Kasbi6. Ish joyi7. Vazifasi8. Uy adresi9. Kasalhonaga kelgan kuni (og`ir ahvolda bo`lsa soat va minuti ko’rsatilishi shart)
II. So`roq ma’lumotlari
Shikoyatlari
“Shikoyatlar” bo`limida faqat xozirgi vaqtdagi shikoyatlarni to`liq yoritish lozim, yani
bemorning kasali boshlangan kuni qayd qilinmagan shikoyatlar ro`yhatga olinmaydi. Agar bemorning
bir necha kasali bo`lsa, u xolda avval asosiy kasallikga oid shikoyatlar, undan so`ng esa xuddi shu
yo`sinda qolgan (hamrox) kasallikga oid shikoyatlar so`raladi va yoritiladi. Bemorning shikoyatlari ikki
guruhga ajratiladi: asosiy va ikkinchi darajali yoki qo’shimca shikoyatlar.
Asosiy shikoyatlari
A’zolar tizimi bo’yicha asosiy shikoyatlari
A.Nafas tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar:
1. Yo`tal:
a) Quruq yoki balg`am ko’chuvchi yo’tal;
b) Yo`talning paydo bo`lish vaqti: ertalab, kechki payt, kechqurun.
v) Uning davomiyligi: to`xtovsiz yoki davriy;
g) Yotalning xarakteri va intensivligi: baland, kuchli, sekin, ovozsiz, xurillagan va x. k.;
d) Yo`talning paydo bo`lish sharoyitlari: tananing aloxida vaziyatda bo`lishligi (aynan
qaysi), ovqatlanishdan so`ng va x.k.)
2. Balg`amning mavjudligi:
a) Sutkaning turli vaqtidagi miqdori;
b) Qanday bartaraf bo`lishi: osongina, qiyinchilik bilan, qanday sharoyitda oson bartaraf
bo`lishi;
6
v) Balg`amning xidi;
g) Balg`amning quyuq-suyuqligi: shilimshiq, suyuq, quyuq va x. k.
d) Qatlamning miqdori va uning tarifi;
3. Qon tuflashning mavjudligi:
a) Intensivligi- qon laxtalari yoki toza qon (uning miqdori);
b) Qoning rangi- och yoki to`q;
v) Qon tuflash davriyligi;
4. Ko`krak qafasidagi og`riq mavjudligi:
a) Og`riqni xarakteri: lo`qillovchi, simillovchi, sanchuvchi va x. k.
b) Og`riq joylashgan soxa;
v) Og`riqni nafas olishga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish yoki yo`tal bilan bog`liqligi va x . k.
g) Og`riqning tarqalishi;
d) Og`riqni yengilashtiruvchi vositalarti;
e) Og`riqni kuchaytiruvchi xolatlar-gavdani turli tomonlarga og`ishi, ko`krak qafasiga bosilish.
5. Nafas qisishi:
a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda;
b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash;
v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati,
jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan xamroxligi, yo’talni
mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli) shu balg`amning xarakteri;
bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini
tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi (aynan qaysi davoning effektivligi).
B.Yurak qon aylanishi tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari.
1. Nafas siqishi (oldingi punktdagi ma’lumotlar so’raladi:
a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda;
b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash;
v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati,
jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan hamroxligi, yo’talni
7
mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli) shu balg`amning xarakteri;
bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini
tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi (aynan qaysi davoning effektivligi).
2. Yurak soxasidagi og`riq:
a) Doimiy yoki xurujli;
b) Muayan sharoyitda og’riqni bartarav qilish mumkinligi (ko`krakda, yurak atrofi soxasida va
x. k.)
v) Og’riqni tarqalish (irradiatsiya);
g) O’g’riqni xarakteri: simillovchi, sanchuvchi, siquvchi, lo`qillovchi, bosuvchi;
d) O’g’riqni vaxima va qo`rquv bilan, quvvatsizlik bilan, muzdek ter bosish bilan, bosh aylanish
bilan bog`liqligi;
e) O’g’riqni intensivligi;
j) O’g’riqni davomiyligi;
z) Vaqt birligida og`riq xurujini chastotasi;
i) Og`riq paydo bo`lishini sababi va xolati;
k) Og`riq xuruji vaqtida bemor o`zini tutishi va xolati;
l) Tibbiy yordam effektivlik darajasi qandayligi, qancha vaqtga yordam berishi va uning ta’sir
qilish
tezligi;
3. Yurak urishini o’zgarishi;
a) Yurak urishi tezlashishining xarakteri; davriyligi, doimiyligi, xurujliligi, intensivligi,
takrorlanish xossalari;
b) Yurak urishini o’zgarishi paydo bo`lish sharoyitlari: jismoniy zo`riqishdan keyin, tinch
xolatda, tana xolatining o`zgarishida, xayojonlanganda va x. k.).
v) Yurak urishini o’zgarishi nima bilan kechishi ( nafas siqishi, yurak og`rig`i va x . k ..)
4. Yurak urushini bemor xis qilishi.
5. Chetki (periferik) qon tomirlarining torayishining belgilari; tananing qaysi qismlarida, nima
tufayli, qanday chora ko’rilsa o`tib ketadi.
6. Oyoq va boshqa joylarda shishni paydo bo`lish vaqti (ertalab, kechqurun.)
7. Bosh og`rig`ishi (Og`riqning xarakteri: Obi-xavoning o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy
zo`riqish natijasida og’rish, xayojonlanishda, tinch vaqtda xam og`riqni sezish, kunni qaysi vaqtida
kuchayishi (kunduzi yoki tunda).
V. Hazm tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari.
8
1. Ishtaxaning o’zgarishi: yaxshi, ishtaxasizlik, ishtaxa oshgan, o’zgargan, ishtaxaning
butunlay yo`qligi (xamma taomlarga yoki ayrim taomlarga);
2. Ozgina taomga to`yib qolish xissi; tez ochqash yoki doimiy ochlikni sezish (to’ymaslik).
3. Ko’p chanqash, sutkada iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdorini oshganligi, og`izni ko’p
qurishi.
4. Og`izdagi ta’mni o’zgarishi: nordon, achchiq, metall ta’mi, shirinroq ta’m, ta’m sezish
kamayishi yoki yo`qolishi.
5. O`g`izdan xid kelishi: chirish xidi, ammiakli, achimtir, chiriyotgan olma xidi va x. k.
6. Yutinish va ovqatning yutilishini o’zgarishi: og`riq bilan yutinish, qiynalib yutinish, ovqat
yutilishi qiyinligi (qanday konsistenssiyalik ovqat yutilishi qiyinligi)
7. So`lakning ajralishi (ko’p, kam).
8. Ortiqcha kekirish mavjudligi (nima sababli va qay vaqtda boshlanishi, qay darajada)
9. Jig`ildon qaynashi: ovqat istemol qilish va ovqatning turiga bog`liqligi. Jig`ildon qaynashini
yengilashtiruvchi vositalar qo’llash, ularning turlari.
10. Ko`ngil aynashi: ovqat iste’mol qilishga va uni turiga bog`liqligi.
11. Qusish mavjudligi:
a) Ochlikda qusish, ovqat iste’mol qilgandan so`ng qusish ( o`sha zaxoti yoki ma’lum vaqt
o`tgach ), qusish qanday bezovtaliklar bilan o`tishi; qusgach bemorning axvolini o’zgarishi ;
b) Qusuq moddasining xususiyatlari: yeyilgan ovqat, zardob, to`q jigarrang, toza qon laxtalari
mavjudligi va x. k.; Qusuq moddasining xidi (chirigan, achimtir va x. k.), xidsiz.
12. Qorin og`rig`i mavjudligi va uning xususiyatlari:
a) Og’riqni yoyilganligi yoki muayan joyda mavludligi;
b) Og’riqni qachon va qanday sharoitlarda boshlanishi; ovqatlanishdan oldin, so`ng, (qancha
vaqt o`tgach), tungi o`g`riqlar mavjudligi. Ovqatlanishning qorin og`rig`ini darxol to`xtatishi
mavjudligi. Og`riqni yengilatishning boshqa usullaridan foydalanish (qusish; dori qabul qilish, isiq
qo’yish va x. k.)
v) Og’riqni iste’mol qilinadigan taom turi bilan bog`liqligi (quyuq taom, hazm bo`lishi qiyin
bo`lgan taom, yog`liq, achiq va x. k. taomlar) yokiy uning miqdoriga bog’liqligi.
g) Og`riqning xarakteri: kuchli, simillovchi, lo`qillovchi, xurujli, doimiy, kuchayib boruvchi.
d) Og’riqni davomiyligi:
g) Og’riq qanday be’zovtalik yoki symptom bilan hamrox xolda kechadi.
j)
Qorin og’rig’ida
siydikni rangining to`qligi, og’riq xurujidan so`ng ichning rangini
ocharishini kuzatilishi;
13. To’sh osti va boshqa soxalarda og`irlik va og`riq sezilishi.
9
14. Qorining shishganligi. Qorinning damlanishi va gazlarning chiqishi. Qorin bo`shlig`ining
xaddan ziyod quldirashi.
15. Ich kelishini o’zgarishi:
a) Ich kelishini xar kuni bir maromda, bir kunda bir necha bor turli vaqtlarda ich kelishi. Ich
kelishi mustaqil, yoki qandaydir usul qo`llanilgandan keyin (klizma, ich yurg’izuvchi dorilar qo’llash).
b) Ich qotishi: necha kungacha ich kelmasligi.
v) Ich ketishi: nimadan keyin boshlanishi, sutka davomida ichni ketishi soni.
g) Tenezmalar mavjudligi;
d) Ahlat massasining xarakteri (suyuq, suvdek, quyuq, dona-dona va x. k.), ahlatning rangi va
xidi; aralashmalar xususiyati: shilimshiq, qon va yiring, hazm bo`lmagan ovqat qoldiqlari ,
gijja va gijja tuxumlari mavjudligi.
e) Qon ajralishi ich kelishi (ich kelishdan oldin, axlat aralash, yoki keyin).
16. Anus soxasini og’rishi, qizishi, qichishi,bavosir tugunlarining mavjudligi.
17. Ichakning oxirgi qismini tashqariga chiqishi mavjudligi.
G. Siydik ajratish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari.
1. Bel soxasidagi og`riqlar mavjudligi: uning xususiyatlari (lo`qullovchi, kuchli, xurujli),
og’riqning davomiyligi, nima tufayli
boshlanishi yoki kuchayishi, o’g’riq bilan kuzatiladigan
o’zgarishlar, nima tufayli yengilashishi.
2. Siydik chiqishi: oson, qiyinchilik bilan, odatdagi miqdorda, ingichka tizimchasimon, titilgan
tizimchasimon, siydik tizimini yon tomonga yoki pastga og’shi (faqat erkaklardan
so’raladi).
3. Siydik chiqarishda og`riq mavjudligi, siydik yo’lini achishishi, qizish (siydik
chiqarishdan
oldin, keyin, siydik chiqarilayotganda).
4. Siyish qanday muddatda takrorlanishi, ayniqsa tungi vaqtda.
5. Sutka davomidagi siydik miqdorini o’zgarishi.
6. Siydikni rangi: rangsiz, to`q, qonsimon, go’sht yuvindisiga o`xshash va x. k.
7. Siydik chiqarilayotganda siydik rangini o’zgarishi: boshlanishida, siyish jarayoni davomiyda,
oxirida.
8. Siydikni tutib tura olmaslik. Doyimiy yoki tungi siydikni tutib tura olmaslik.
D. Endokrin tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari.
1. Asabiylik, ruxiyat buzulishlari (xis- hayajon, vaxima yoki beg’amlik, uyquchanlik).
2. Bo`y va tana tuzilishi mutanosibligi buzilishi.
3. Tana vaznini o’zgarishi (semirish, ozish).
10
4. Teri xosilalari faoliyati o`zgarishi (xaddan tashqari terlash yoki teri quruqligi, uni
dag’allashuvi, teri osti chandiqlari (striyalar) paydo bo`lishi;
5. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarishi, ayollarda hayiz tsikli va homiladorlik
jarayonlarini o’zgarishi, erkaklarda mijos o’zgarishi (sustligi yoki to’satdan o’zgarishi, uning
xususiyatlari), jinsiy faoliyatning xolati.
6. Soch o`sishining va tanadagi tuklarning joylashishi va o’sishini o`zgarishi (xaddan ortiq
rivojlanishi, xos emas joyda o`sishi, sochning xaddan ziyod to`kilishi).
7. Meyyo’rdan ortiq chanqash.
E. Tayanch xarakat tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari.
1. Suyak va bo`g`imlardagi o`g’riq (qanday muayyan sharoyitda boshlanib tarqalishi);
2. Og`riqning xarakteri: Obi-xavo o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida,
xayojonlanishda, tanani tinch xolatida xam og`riqni sezish, tungi og’riqlar mavjudligi.
3. Bo`g`imlarning shishganligi, bog’im usti terisini qizarishi –giperemiyasi (aynan qaysi
bo’g’imlar).
4. Xarakatning qiyinlashuvi, bo’gim karaxtligi (aynan qaysi bo`g`imlarda) ertalabki bo’g’im
karaxtligi va unung davomiyligi vaqti.
5. Xarakatlanganda umurtqa pog`onasidagi og`riq va xarakatning qiyinlashuvi.
Qo’shimcha yoki ikkilamchi shikoyatlar
O`zini yomon xis qilish, xolsizlik, tez charchash ish qobilyatining pasayishi, ozish.
Ayni kasallikning rivojlanishi tarixi (Anamnezis morbi)
Kasallikning dastlabki boshlanish belgilari bilan bog`lanadi va keyingi kechish davri yoritiladi.
1. Kasallik qachon, qayerda va qanday sharoitda boshlangan. (asta-sekin, tosatdan)
2. Bemor kasallikning boshlanishini nima bilan bog`laydi.
ta’sirlar, jismoniy yoki
Kasallikning boshlanishida ruxiy
aqliy toliqish, uyqusizlik (yoki uyquga to`ymaslik) infeksiyon
ta’sirlar
(toksikoinfeksiyalar), sovuq qotish va boshqa sabablar.
3. Kasallikning rivojlanishi– shiddatli, yoki asta-sekin. Dastlabki belgilari. Kasallik
boshlangandan qancha vaqt o`tgach, birinchi
marotaba qachon tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Qachon va qanday yordam ko`rsatilgan, uning natijasi qanday bo’lgan.
4. To`liq xronologik ketma-ketlikda, kasallik boshlanishining dastlabki belgilari bemorni ayni
vaqtda tekshirilayotgandagi yangi belgilarni paydo bo`lishi va keyingi rivoji yoritiladi.
11
5. Bemorning xozirgi tibbiy ko`rikga qadar birinchi marotaba tibbiy yordamga murojatidan
boshlab, hozirgi va undan
keyingi diagnostik chora -tadbirlarining xarakteri va
natijasi xam to`liq
xronologik ketma-ketlikda yoritiladi.
Iloji boricha kasallik varaqasi va boshqa tibbiy xujjatlardan foydalaniladi (o`zgarishni
ko`rsatuvchi asosiy ma’lumotlar qisqacha yoritiladi).
6. Ayni kasallik davridagi mehnat qobiliyati o’zgarishi yoziladi.
7. Xozirgi vaqtda tibbiy yordamga murojaat qilish davrida o`zini xis qilishi.
8. Bemor kasalligini turli bosqichlariga o’zining munosabati. Kasallikni ichki (sub’ektiv)
moxiyati. Kasallik bilan bog`liq ruhiy hissiyotlar (tashvishlanish,beparvolik,ortiqcha kuyinish,qo’rquv).
9. Kasallikni muolaja bilan bog`liq ruhiy xolati: kasallikni oiladagi,
xizmatdagi, atrofdagi
bemorlar va tibbiy xodimlar, ayniqsa tibbiy xamshira bilan munosabatiga ta’siri. Bemorni ko`rikdan
o`tqazishga, muayan kasallikni bartarav qilishga va davolashga munosabati.
Bemor hayoti tarixi (anamnezis vitae)
1. Qachon, qayerda, qanday oilada, nechanchi farzand bo’lib tug`ilgan.
2. Qanday sharoitda o`sgan va ulg`aygan.
3. Necha yoshdan maktabga chiqqan, o`qishni boshlagan, ozlashtirishi qanday bo’lgan, qancha
vaqt o`qigan. O`smirlikdagi kasb tanlashga yoki o`qishni davom ettirishga munosabati.
4. Mehnat faoliyati analizi: kasb egallashi, ish faoliyatini necha yoshda boshlaganligi, ishning
xarakteri va sharoiti, kasbining zararli ta’siri. Ish faoliyatini keyingi o`zgarishlari tog’risida ma’lumot.
Hozirgi mehnat sharoiti. Kasbini
to`la ta’rifi. (binoning ichi yokiy ochiq havoda ishlashi, ish joyi
havo temperaturasi, uning o`zgaruvchanligi, yoritilishi va uni xarakteri, chang, zararli moddalar bilan
aloqasi borligi). Ish vaqti davomiyligi va tanaffusning davomiyligi. Dam olish tartibi va davriy dam
olishlardan qanday foydalanganligi. Ishda kelishmovchiliklarning mavjudligi.
5. Mayishiy sharoiti: yashaydigan xona maydoni va unda yashaydigan kishilar soni; nechanchi
qavat, xona issiqligi yoki sovuqligi, yoritilganligi, isitishning turi, zax sharoitning mavjudligi.
6. Oilada ishlovchilarning soni va oila umumiy byudjeti; oilada
kelishmovchiliklarning
mavjudligi.
Ovqatlanishining xususiyatlari: ko’proq uyda tayyorlangan yoki davlat oshhonasida
7.
tayyorlangan ovqat iste’mol qilishi. Iste’mol qilinadigan ovqatning xususiyatlari, iste’mol qilishning
davomiyligi va davriyligi; kunlik, xafta davomidagi odatdagi ovqatlanish menyusi.
8. Ochiq havoda bo’lish davomiyligi, sport va jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi.
9. Zararli odatlari:
a) Tamaki chekishi, necha yoshdan chekishi, kun davomidagi chekish miqdori;
12
b) Spirtli ichimliklar iste’mol qilishi.Qancha vaqtdan beri, qanday davomiylikda (tez-tez yoki
ba’zan) va qancha miqdorda, qanday ta’sir qilishi;
v) Boshqa zararli odatlari to’g’risida ma’lumot.
10. Ayni kasallikdan boshqa kechirgan kasalliklari, jaroxatlari, operatsiyalar. Bemorning
kechirgan xamma kasalliklari to`g`risida to`liq so`roq qilish, kasalxonaga kelguniga qadar, bemorning
yoshini ko`rsatgan holda xar bir kasallanishi yilini ko`rsatib, davomiyligi, uning og`irligi, kasallikning
asari va olib borilgan davoni turi (statsionarda, ambulatoriya, uyda) ko’rsatiladi.
Yuqumli kasal va sil kasali bilan og`riganligi to`g`risida aloxida so`rash lozim. Avallari xam
xozirgi kasaliga o`xshash kasallik bilan og`riganligi to’g’risida ma’lumot;
11. Oilaviy va jinsiy hayyotiga oid ma’lumotlar:
a) Ayyollardan -qachondan xayz ko’rishi va uni kechishi xususiyatlari, xayz ko’rish davrining
buzilishi, agar xayz ko`rishdan qolgan bo`lsa, u xolda klimaksning o`tishi xususiyatlari.
b) Ayyollardan necha yoshdan turmushga chiqganligi, erkaklardan necha yoshda uylanganligi.
v) Ayyollarda homiladorlikning soni va uning o`tishi, bola tushishi hollari, tug`ish soni, xozirgi
farzandlar soni aniqlaniladi;
g) Jinsiy hayyoti xususiyatlari o’zgarishiga oid ma’lumotlar aniqlaniladi.
12. Erkaklardan xarbiy xizmatda bo`lganligi (bo`lmagan bo`lsa nima sababdan), xarbiy
xarakatlardagi ishtirokii aniqlaniladi. Jiddiy yaralanish va kontuziyaning bo’lganligi aniqlaniladi.
13. Yaqin qarindoshlarining kasali (eri yoki hotini). Yaqin qarindoshlarining axvoli,
sog`lig`ining
holati yoki vafot etgan bo’lsa, o`limining sababi (necha yoshda vafot etgan). Sil
kasalligi, yurak-tomir tizimi kasalligi, venerik kasallik, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, modda
almashunuvining buzilishi,
qandli diabet kasalliklari mavjudligiga aloxida e’tibor qilinadi. Mumkin
qadar oilaviy kasalliklar to’g’risida ma’lumot yig’ilishi kerak.
14. Shu paytgacha qo’llanilgan davolanish choralarining ta’siri (dori-darmonlar va x. k.
to’g’rusida ma’lumot).
15. Qon va qon o`rnini bosuvchilar quyilganligi va qanday ta’sir qilganligi.
16. Ayollarda muddatidan ilgari tug`ish va tug`ilgan bolalarning gepatit (sariq) bilan og`riganlik
xollari bo`lganligi xaqida so`rash zarur.
17. Bemorning xarakteri, kasallik va muolajaga bo’lgan munosabati. Kasallik tarixiga bog`liq
b’olgan boshqa ma’lumotlar so’raladi.
Epidemiologik anamnez
Bemordan yuqumli kasallik o’tkazganligi
to’grisida so’raladi. Chet el safarida bo’lganligi
aniqlaniladi. Oxirgi olti oy mobaynida tibbiy muolaja, mikrooperatsiyalar (tish oldirish, abort, quloqni
zirak uchun teshish, tatuyirovka va b.) bo’lganligi, yuqumli kasallik aniqlangan bemorlar bilan
13
muloqotda bo’lganligi, sababsiz ich ketganligi, sababsiz xarorati oshganligi aniqlanadi va xulosa
yoziladi.
Allergologik anamnez
Bemorda dori moddalariga, oziq-ovqat maxsulotlariga, changa, xidga, mayshiy soxada
ishlatiladigan kimyoviy vositalarga allergiya kuzatilganligi aniqlanadi .Bu xolat qanday ko’rinishda
kechganini yoritish juda muhim.Aniqlangan allergiya beruvchi vosita nomi kasallik bayoni muqovasiga
qizil rangli siyox bilan yozib qo’yiladi.
IV Jismoniy tekshiruv (status praezens ob’ektivus).
A. Umumiy ko’zdan kechirish
1. Umumiy axvoli: qoniqarli, o`rta o`g`irlikda, og`ir, o’ta og`ir.
2. Bemorning xolati: aktiv, passiv, majburiy. (Majburiyni qaysi kasallikga xos turi)
3. Es-xushi, fikrlashi: aniq, buzilgan (stupor, sopor, koma)
4. Qadi qomati va yurishi.
5. Boshi va bo`yni (ularning xususiyati, shakli)
6. Yuz ifodasi: qaysi kasallikga xos, xotirjam-tinch yoki bezovta, vaximaga tushgan va x. k.
7. Yuz, burun, quloq shakli va xususiyatlari.
8. Gavda tuzilishi: to`g`ri, noto`g`ri, deformatsiyalar.
9. Tana konsitutsiyasi (normastenik, astenik, giperstenik- belgilari aloxida keltiriladi.)
10. Bo`yining o`lchami -santimetrda, og`irligi-kilogrammda, ko`krak qafasining aylanasi
o’lchami- santimetrda, uchta indekslar- formulasi bilan natijasi ko’rsatiladi va taxlili keltiriladi.
B. Teri qoplamasini ko’zdan kechirish
1. Teri rangi: tana rangida, och pushti, qoracha, qizil, oqargan, kesak rang, to`q jigarrang yoki
bro`nza rangida (shu rang terini qaysi qismida joylashganini ko`rsatish lozim).
2. Teri dog`lari (leykoderma), uni muayan sharoitda yo’qolishi.
3. Teri toshmalari (isiqlik) va uning xususiyatlari: eriterma, dog`, rozeola,
papula, teri
puffakchasi. Qichima, teri yarasi po’stlog’i, erroziyalar, teri yorilishidan xosil bo’lgan yaralar,
boshqacha sababli yara-chaqalar, tomir yulduschalari teleangioektaziylar (paydo bo`lgan joyini
ko`rsatish zarur).
4. Teri osti gemorragik holatlar: yoyilganligi, o’zgaruvchanlik xususiyatlari, ivodalanganligi,
o`lchamlari, soni.
5. Teri chandiqlari, joylashgan joyi, uning xususiyatlari va xarakatchanligi, o`lchami.
6. Terining elastikligi (mee’rida, pasaygan).
14
7. Terining namlik darajasi: mee’rida, yuqori. Terining quruqligi, po`st tashlaganligi.
8. Terining xosilalari (ateromalar, angiomalr, va x. k.) ularning
kattaligi,
(santimetrda),
yuzasi
(silliq-g’adir-budur),
xususiyatlari, formasi,
konsistentsiyasi
(yumshoq-qattiq),
qo`zg`aluvchanligi, og`rishi, ular ustidagi terning holati.
9. Barmoqlar: shakli (“soat oynasi “), rangi, bo’ylama chiziqlar borligi,
sinuvchanligi,
barmoqlarning yemirilganligi.
10. Sochlar xususiyati (qalin-siyrak, nozikligi), to`kilganligi (ko’proq qaysi soxadaligini
ko`rsatish), qoshini xususiyatlari, nota’biy kallikni va oqarishni boshlanishi. Sertuklik (joyini
ko`rsatish), ayyolarda girsutizmning borligi.
V. Ko`rinma shilliq pardalarni ko’zdan kechirish.
1. Ko`rinma shilliq pardalar rangi: och-pushti, oqargan, sarg`aygan, tsianozliy.
2. Enantema-shilliqsimon qoplanish mavjudligi, xususiyati va joyi.
G. Teri osti to`qimani ko’zdan kechirish.
1. Teri osti qavati: yog`simon qatlam, meyo’rida, sust rivojlangan, rivojlanmagan, o`rtacha
rivojlangan, haddan tashqari rivojlangan (qalinligini santimetrda ko`rsatish).
2. Teri osti tomirlari: ifodalangan, kam seziladigan, kattalashgan, venani varikozli kengayishi
(kam-ko’pligi, ifodalanishi, uning rangi o’zgarganligi, varikoz tugunchalari yallig’langanligi).
3. Qon bosim ko’tarilgan vaqtida teri osti tomirchalarining ifodalanishi, kepchib shishganligini
aniqlash, bosib ko’rilganda g’ichirlashi (teri osti qavati emfizemasi vaqtida).
4. Shishlar: joylashuvi, ularning konsistentsiyasi, ifodalanishi va taqsimlanishi, tananing ayrim
qismlarida (qo’l, oyoq, yuz, qorin, bel)umumiy shish, pastoz holat (kepchish).
5. Semizlikni mavjudligi, yog` to’qimasini ortiqcha yig’ilgan joylar, o’lchamii -santimetrda.
D. limfatik tugunlarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi.
1. Barcha gurux limfatik tugunlarni tartibi bilan joylashgan soxani qo`l bilan aniqlab qayd etish
zarur.
2. Limfatik tugunlarni kattaligi –santimetrda qayd etiladi.
3. Limfatik tugunlarni shakli: oval, dumaloq, noto`g`ri shaklda.
4. Limfatik tugunlarni yuzasi: tekis, egri-bugri.
5. Limfatik tugunlarni konsistentsiyasi: qattiq, yumshoq, elastik.
6. Limfatik tugunlarni palpatsiyada og`rishi.
7. Limfatik tugunlar ustidagi terning xolati.
15
E. Muskullarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi..
1. Muskullarning rivojlanishi darajasi: tana qismiga mutanosib rivojlangan, atrofiyalanganligi
yoki gipertrofiyalanganligi.
2. Muskullar tonusi: ikki tomondagi bir xil mushaklarda meyo’rida, (yoki farq qiladi),
muskullar tonusi oshgan, muskullar tonusi kamaygan.
3. Muskul kuchi- ballarda aniqlanadi.
4. Muskullarni palpatsiyada og`rishi, muskul to’qimasini zichlanishini borligi.
J. Suyak-bo`g`im tiziminini ko’zdan kechirish va ularni palpatsiya xamda perkussiysi natijalari.
1. Skelet qismlarining proportsional nisbati. Suyaklar deformatsiyasi mavjudligi.
Bosh
suyakning shakli, o’lshami, ayrim qismlarining mutanosibligi.
2. Qo`l va oyoq barmolarning distal falangasining yo`g`onlanishi-“Baraban tayyoqchalari”.
3.
Paypaslashda suyak usti pardasining
qalinlashganini va sirtini g`adir-budurligini
aniqlanishi.
4. Suyaklarni yumshashini aniqlash.
5. Paypaslash va urib ko`rilganda suyaklarni (qovurg`a, umurtqa, to`sh suyakning) og`rishi.
6. Suyaklar deformatsiyalari.
Z. Bo`g`imlarni ko’zdan kechirish va ularni funkssional holati, palpatsiyasi.
1. Ko’zdan kechirganda: bo`g`imlarni konfiguratsiyasi, shishganligi, bo`g`imlar ustidagi, teri
giperemiyasi.
2. Bo`g`imlarni palpatsiyasida: maxalliy temperaturaning o`zgarganligi, og`rishi, bo`g`imlar
ustidagi terini o’zgarganligi, bo`g`imlarda va suyaklarda deformatsiya mavjudligi.
3. Bo`g`imlarni xarakati vaqtida shovqinlar mavjudligi (qisirlash, shiqillash va x. k.)
4. Bo`g`imlardagi aktiv va passiv xarakat xajmi.
5. Umurtqa pog’onasining shakli, uning xarakatchanlik darajasi, deformatsiyalar mavjudligi.
6. Bemor yurishining biror kasallikga xosligi.
16
A’zolar tizimi bo’yicha t ekshiruv
I Nafas a’zolari tizimi
Nafas olish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar
Nafas olish tizimini ko’zdan kechirish ma’lumotlari- yuqori nafas olish yo`larining xolati:
1. Burun: nafas olish vaqtida burun qanotlarining ishtiroki, nafasning burun orqali ravonligi.
2. Paypaslashda va urib ko`rilganda burun qafaslari soxasida og`riq borligi.
3. Tovushning xirillashi, manqalik.
Ko`krak qafasini ko’zdan kechirish va tekshirish.
1. Ko`krak qavasi shakli: gavdasi konstitutsiyasiga mutanosib shaklda, patalogik shaklda
(bochkasimon, paralitik, rahitik, voronkasimon, “tovuq ko’kragi”, “kosib ko’kragi”, emfizematoz),
epigastral burchak xarakteristikasi. Ko`krak qavasi deformatsiyalari.
2. Ko’krak qafasining xarakat assimetriyasi: turli qismlarining bo`rtib
chiqganligi va bir
qismini xarakatda orqada qolishi.
3. Qo`vurg`alar oralig`ining kengligi. Qo`vurg`alarning yo’nalishi (odatiy, vertical yoki
gorizantalga moyil.)
4. Kuraklarni xolati: oralig`ining zichligi, ularning nafas xarakatida orqada qolishi (qanotsimon
kuraklar), simmetrikligi.
5. Nafasning turi: ko`krak, qorin, aralash.
6. Nafas olishning tezligi va chuqurligi: yuzaki, chuqur, ritmik, ritmik
emas (Cheyn-Stoks,
Kussmaul, Biott)
7. Minutiga nafas soni: nafas olish va chiqarishning nisbati.
8. Nafas olishda ko`krak qafasining xarakati: bir tekisda, yoki ko`krak qafasning ikki tomonini
bir-biridan orqada qolishi.
Ko`krak qafasini paypaslash (palpatsiyasi)
9. Paypaslashda ko`krak qafasining og`riqli nuqtalari mavjudligi;
a) O`griq bir joyda yoki tarqalgan.
b) Trapetsiyasimon muskular soxasida;
v) Qovurg`alar va ko`krak muskullari og’rishi;
g) Qovurg`alar oralig`i nervlar chiqish nuqtasida;
10. Ko`krak qafasining rezistentligi: meyorida, ortgan.
11. Ovoz titirashini aniqlash: ko`krak qafasini barcha soxalarida bir xil-ozgarmagan, ayrim
joylarda kuchaygan yoki susaygan.
12. Palpatsiyada plevraning ishqalanishi sezilishi (joyi).
17
O`pka perkussiyasi.
1. Taqqoslama perkussiyaning natijalari: o’pka sirtidagi perkutor tovush, perkutor tovushning
ko`krak qafasining xar hil nuqtalardagi xususiyati.
2. Topografik perkussiyaning natijalari (avval ko`krak qafasining o`ng, so’ngra chap qismining
xamma nuqtalarda amalga oshiriladi):
O`pkaning quyi chegaralari
Chiziqlar
O`ng o`pka
Chap o`pka
To’sh oldi chizig’i bo’yicha
VI qovurg’a qirrasi-
-------------
O’rta o’mrov chizig’i bo’yicha
VI qovurg’a oralig’i
--------------
oldingi
chizig’I
VII qovurg’a oralig’i
-------------
osti o’rta
chizig’i
VIII qovurg’a oralig’i
VIII qovurg’a oralig’i
Qo`ltiq orqa chizig’i bo’yicha
IX qovurg’a oralig’i
IX qovurg’a oralig’i
Kurak chizig’i bo’yicha
X qovurg’a oralig’i
X qovurg’a oralig’i
Umurtqa
XI qovurg’a oralig’i
XI qovurg’a oralig’i
Qo`ltiq
bo’yicha
Qo`ltiq
bo’yicha
yoni
chizig’i
bo’yicha
O`pka cho`qqisining o’ng va chap tomondan, oldi va orqa tomondan balandligi aniqlanadi.
O`pkaning quyi chetlarining xarakati (chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan):
Topografik chiziqlar
O`pkaning quyi chetlarining xarakati (santimetrda)
O`ng o`pka
Nafas
Nafas
Chap o`pka
Jami
olishda chiqarishda
Nafas
Nafas
Jami
olishda chiqarishda
o`rta
chizig’i 2-3
2-3
4-6
-
-
-
Qo`ltiq osti o’rta
chizig’i 3-4
3-4
6-8
3-4
3-4
6-8
2-3
4-6
2-3
2-3
4-6
O’mrov
bo’yicha
bo’yicha
Kurak chizig’i bo’yicha
2-3
18
v) Krening maydoni o’lchamlari (o’ng va chap tomondan).
O`pkani eshitish (Auskultatsiya)
1. O`pkaning xamma yuzasi ustidagi (topografik chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan)
nafas olish shovqinlarining xarakteri.
2. Qo’shimcha nafas olish shovqinlari: ularning joylashishi va xususiyatlari, xirillashlar mavjud
bo’lsa ularning to’liq tavsifi, balg`amli yo`talishning xirillashlarni auskultativ xususiyatlarini
o’zgartirishi.
3. Bronxofoniya ma’lumotlari (topografik chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan)
II. Yurak qon aylanish tizimi.
Yurak qon aylanish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari
Yurak qon aylanish tizimini ko’zdan kechirish ma’lumotlari
Qon tomirlarni ko’zdan kechirish. Bo`yin arteriyalari va venasini ko’zdan kechirish.
1.
Arteriyalarning
ko`rinma
pulsatsiyasi,
bo`yin
venasining
xolati.
Vena
pulsi:
ifodalangan,ifodalanmagan, musbat, manfiy.
2. Pulsatsiya vaqtida arteriyaning xolati: ifodalangan, ifodalanmagan, musbat, manfiy
3. Nurli arteriyada arteria pulsatsiyasini tekshirish:
a) Pulsni o’ng va chap bilak nurli arteriyalarda taqqoslash;
b) Pulsni ritmiga baho berish- ritmik, aritmik puls;
v) Pulsni soni, pulsda defitsitlikning borligi;
g) Pulsni to`liqlik xususiyati;
d) Pulsni kuchi;
e) Pulsni kattaligi;
j) Pulsni shakli;
.
4. O’ng va chap oyoq arteriyalaridagi (asosiy arteriyalaridagi) puls xususiyatlari, oyoq kafti
arteriyalaridagi pulsning xususiyatlari.
5. Psevdokapillyarli puls. “Kvinke pulsatsiyasi”.
6. Belning buyrak soxasini, uyqu arteriyalarni va asosiy vena tomirlarni auskultatsiya natijalari.
7. Arterial bosimni o’lchash natijalari: o’ng va chap qo’ldan xamda oyoqdan o’lchash.
Ko`krak qafasining yurak soxasini tekshirish va palpatsiyasi:
1. Ko`krak qafasining yurak soxasini bo`rtib chiqganligi mavjudligi -yurak bukriligi.
2. Ko`krak qafasining yurak soxasidagi ko`rinma pulsatsiya mavjudligi.
19
3. Yurak cho’qqisi turtkisi xususiyatlari:
a) Yurak cho’qqisi turtkisi joylanish joyi;
b) Yurak cho’qqisi turtkisi kengligi;
v) Yurak cho’qqisi turtkisi musbat yoki manfiyligi;
g) Yurak cho’qqisi turtkisining kuchi: -meyorda, kuchsiz, kuchli;
J) Ko`krak qafasining yurak soxasidagi palpator aniqlanuvchi shovqinlar (“mushuk xirrillashi”
simptomi).
Yurak perkussiyasi
1. Yurakning absolyut va nisbiy chegaralari, yurak ko’ndalang o’lchami uzunligi -santimetrda;
2. Tomir tutamining kengligi –santimetrda;
3. Yurak kohfiguratsiyasi: - meyordagi kohfiguratsiya, mitral kohfiguratsiya, aortal
kohfiguratsiya;
Yurak auksultatsiyasi:
1. Yurak tonlarini eshitilish nuqtalardagi tavsufi: yurak qisqarishlari soni-minitiga, ritmi,
eshitilish joylari bo’yicha balandligi (aniq, bo`g`iq). Tonlar kuchining nisbati: kuchayishi yoki
tonlardan birining susayishini muayan joyga tegishliligini ko`rsatilish, tonlarni ikkilanganligi, “ot
dukuri”, “bedana sayrog’i” kabi patologik tonlarning mavjudligi va ularning joylashgan joyi.
2. Shovqinlar: funkssional yoki organik shovqinlarning mavjudligi, shovqinlarning yurak
faoliyatini fazalariga bog`liqligi, ularning
balandligi, tembiri, davomiyligi, boshqa soxalarga
uzatilishi.
Perikard ishqalanish shovqinlarini mavjudligi va uning xususiyatlari.
III Ovqat xazm tizimi
Ovqat xazm tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari
Ko’rik natijalari:
Og`izni va og`iz atrofini ko’rik natijasi:
1. Lablarning xolati:
meyorda -pushti rangda, quruq, po’st tashlagan, yorilgan, oqargan,
ko’kargan, yaralar yoki puffakchalar mavjudligi, uchuqlar borligi.
2. Tilini ko’rish: kattaligi, rangi, namligi, so’rg’ich qatlamining xolati
va ifodalanganligi,
yaralar yoki til o’yilganligi borligi, tilni yorilganligi.(“geografik til”)
20
3. Tishlari: tish formulasi o’zgarganligi,
tish formulasi meyorda = 8 7 6 5 4 3 2 1 1 2 3 4 5 6 7 8
87654321 1234 567
8
Tishlarning
milkdagi
xarakatchanligi, karioz o`zgarishlar va x. k.
4. Milklar: rangi, yaralari, nekrozlar, qon talashlar, yiringlaganligi, og`riq borligi.
5. Yumshoq va qattiq tanglay xolati: rangi, yaralar, gemorragiya va x . k .
6. Xalqum bo`g`ilishi, bodomcha bezlar xolati, ularning kattaligi,
rangi, konsistentsiyasi,
lakunalar xolati.
Qorinni ko’rish natijalari
1. Qorinni ko’zdan kechirish (turgan va yotgan xolatda ) natijalari:
a) Qorinni konfiguratsiyasi: meyordagi konfiguratsiya, qorinni kattalashganligi, ichga tortilgan
qorin, qorinning simmetrikligi, qorinning o’ziga xos shakllari (”qurbaqa qorin”), qorin devori qon
tomirlari xolati;
b) Qorin o`rta chizig`ini xolati, rangi;
v) Qorin devoridagi ko`rinma peristaltika mavjudligi;
g) Nafas olish xarakatida qorin devorining ishtiroki.
d) Qorin devoridagi kengaygan teri osti venalarning mavjudligi, operatsiyadan so`ngi
chandiqlar;
e) Qorin devori perkussiya ma’lumotlari, qorin sukksiyasasi, erkin suyuqlikni mavjudligi (assit)
2. Qorin devorini soxalari bo’icha qadamma-qadam yuzaki paypaslash ma’lumotlari ;
a) Qorin devorining ximoya taranglik mavjudligi, qorin devorining ximoya taranglik darajasi,
qorin devorining ximoya tarangligini muayan joyga tegishliligi, qorin churrasi mavjudligi, churra
to’grisida ma’lumot;
b) Kindik xolati, kindik churrasi mavjudligi;
v). Qorin pardasi ta’sirlanganlik belgilari mavjudligi, peritonial simptomlar (Shetkin,
Blyumberg, Mendel).
4. Qorin devorini soxalari bo’icha qadamma-qadam Obraztsov- Strajesko usulida chuqur
palpatsiya va auskultatsiyasi. Ichakning auskultatsiyasi: peristaltika shovqinini eshitish, jigar soxani
aucksultatsiyasi.
21
a) Sigmasimon ichakning chuqur parpatsiyasi natijalari;
b) Ko’r ichakning chuqur parpatsiyasi natijalari;
v) Yonbosh ichakning chuqur parpatsiyasi natijalari;
g) Chambar ichakning ko’tariluvchi qismi chuqur parpatsiyasi natijalari;
j) Chambar ichakning ko’ndalang qismi chuqur parpatsiyasi natijalari;
d) Chambar ichakning tushuvchi qismi chuqur parpatsiyasi natijalari;
e) Me’da katta va kichik egriliklari chuqur parpatsiyasi natijalari;
auskulta-affriktsiya usulida
me’da quyi chegarasini aniqlash;
6. Me’da osti bezini paypaslash natijasi;
7. Jigar soxani ko’zdan kechirish va qadamma-qadam chuqur parpatsiyasi natijalari: o’ng
qovurg’a osti- jigar soxani ko`rinma kattalashgani; jigarni paypaslash-qirrasining xisusiyati va yuzasi,
og’riqligi.
8. Kurlov bo`yicha jigar o`lchamllari. Topografik chiziqlar bo’yicha qadamma qadam
bajarilishi- uchta chiziq bo’yicha o’lchami- santimetrda keltiriladi.
9. O`t pufagini xususiyatlari: o`t pufagini palpatsiya usulida tekshirish mumkinligi,
konsistentsiyasi, og’riqligi.
10. To’gri ichak distal qismi funktsiyasiga oid shikoyatlar: axlatda qon yoki shiliq mavjudligi,
defekasiyasi aktida og`riqlar- tenezma mavjudligi, to`g`ri ichakni distal qismini tashqariga chiqishi
mavjudligi, bavosil tugunchalari borligi va ularni xususiyatlari.
IV Siydik ajratish tizimi
Siydik ajratish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari
Ko’rik natijalari:
1. Bel buyrak soxani ko’zdan kechirish: bel buyrak soxani konturlarining tekislanganligi, shu
soxada shish mavjudligi, teri giperemiyasi.
2. Palpatsiyada bel buyrak soxada og’riq mavjudligi;
3. Buyrakni palpatsiyada qo’lga sezilishi (uning xususiyatlari), siljishi (yotganda va turganda)
4. Pasternatskiy simptomini o’ng va chap tomondagi natijasi. Buyrakning og`riq nuqtalari.
5. Siydik qopini perkussiya va paypaslash ma’lumotlari.
6. Sutkalik siydikni miqdori, rangi, qo’shilmalari.
7. Shishlar-joylashgan joyi, paydo bo’lish vaqti.
V Jinsiy a’zolar tizimi
Jinsiy a’zolar tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar.
Tashqi jinsiy a’zolar soxasida og’riqlarni mavjudligi. Jinsiy funksiyaning buzilishi.
22
Ayollarda hayiz tsiklining buzilishi. Ko’rikda ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarganligi.
Ginekomastiya, girsutizm, yevnuxoydizm, tovushning o’zgarganligi, virilizm, feminism belgilarining
mavjudligi. Ko’krak bezlarining bemor jinsiga mos rivojlangaligi. Teri pigmentatsiyalarining jinsiga
mosligi. Jinsiy a’zolarni tekshirish.
V. Ichki sekretsiya bezlar tizimi.
Endokrin tizim faoliyatiga oid shikoyatlari;
Ko’rik natijalari:
1. Aqliy va jismoniy rivojlanishning yoshiga mosligi, teri qoplamalarining xolati, ortiqcha
pigmentatsiya mavjudligi. Erkaklarning ko`krak bezlari rivojlanish darajasi ortganligi.
2.
Qalqonsimon
bezni
ko’zdan
kechirish,
paypaslash,
undagi
o`zgarish,
kattaligi,
konsistensiyasi, og’riqligi, xarakatchanligi.
3. Ikkilamchi jinsiy belgilarni yoshiga va jinsiga mos rivojlanganligi (girsutizmning borligi,
yevnuhoidizm, virilizm, feminizim).
4. Terining xolati (namlilik darajasi ortganligi, yupqalashishi yoki dag’allanishi, striyalar
mavjudligi, lokal yoki umumiy giperpigmentatsiya.
5. Xaddan tashqari semirganlik yoki ozganlik (kaxeksiya). Tana qismlarining nomutanosib
rivojlanganligi.
VI Asab tizimi
Asab tizimiga oid shikoyatlar.
Bemorning ruxiy xolati, hushi, intelektning rivojlanganlik darajasi, diqqatini pasayishi,
befarqligi, o’zini tutishi. Bemorni yuz ifodasi. Ko’z soqqasining xarakati. Ko’z qorachiqlarining xolati.
Meningeal simptomlar mavjudligi, Reberg sinovi natijasi. Periferik va markaziy parez,
paralichlarning mavjudligi.
Taxminiy yoki dastlabki tashxis
Taxminiy tashxis bemorning shikoyatlari, anamnestik ma’lumotlar, ob’ektiv tekshirishlar
asosida qo’yiladi. Bu tashxis xam asosiy, yondosh, kasallik asorati ko’rinishida shakllantiriladi.
Taxminiy diagnozni asoslashda quyidagilar lozim: aniqlangan kasallik belgilarini nazarda tutib
anamnestik ma’lumotlar, ob’ektiv tekshirishlarga asoslanib (ularni to’liq qaytarish shart emas)
taxminiy yoki dastlabki tashxis qo’yiladi.
23
Anamnez va ob`yektiv kuzatishlarni baholashga tavsiyalar.
So`roqlash natijasini va ob`yektiv kuzatishlarning baholashni quyidagi ketma-ketligi
o`tqaziladi:
1. Bemorning shikoyat simptomlarini gruppalash va ajratishdagi umumiylik.
2. Anamnezdagi ma`lumotlarning ishtiroki (shu jumladan qo`shimcha ma`lumotlar). Alohida
xususiyatni tasdiqlovchi va kasallanish davrining xarakteri (kuchli, kuchliroq, xronik, qaytalovchi
va h. k.)
3. U yoki bu organ, tizimning anamnestik tekshirish natijalarini sub`yektiv ma`lumotlar asosida
taxlil qilinadi.
4. Sindromlarni ajratish va asosliligini aniqlash.
Qo`shimcha tekshiruvlar rejasi va ularning asoslash.
Taxminiy tashxisni va klinik tashxisni aniqlash maqsadida tekshirish rejasi tuziladi.
Labaratoriya, instrumental tekshiruvlar xamda tegishli mutaxassislar konsultatsiyalari
aniqlangan
kasallik belgilarini nazarda tutib asoslangan xolda tayinlanadi.
Barcha bemorlarga quyidagi tekshiruvlar allbatta buyuriladi:
1. Qon va siydik umumiy taxlili.
2. EKG.
3. Ko’krak qafasi rentgenoskopiyasi.
4. Vasserman sinamasi.
5. OITSga qon taxlili.
6. Qonni qand miqdoriga tekshirish.
Bemordagi kasallik xarakterini xisobga olib, tashxisni aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlardan
biri buyuriladi:
1.Qon, siydik, najas, me’da shirasi, balg’am va boshqalarni
labarotor-klinik , bioximiyk,
serologik, bakteriologik, immunollogik va boshqa tekshiruvlari.
2. Maxsus rentgenologik tekshiruvlar.
3. Funksiyanal diagnostika usullari: -EKG. FKG. Qon aylanish tezligi, venoz bosimi, tashqi
nafas funksiyasi.
4. A’zolarning radoioizotopli tekshiruvlari.
5. A’zolarning endoskopik tekshiruvlari.
24
6. A’zolarning ultratovush tekshiruvlari.
7. To’qima biopsiyalari va patomorfologik tekshiruvlar.
7. Boshqalar
Kasallikning tarixida xar bir laborotoriya tekshiruvlari natijasini taxlil qilish lozim.
Kasallik tashxisi noaniq xollarda taxminlangan tibbiyotning boshqa soxasiga oid kasallikni
istisno qilish uchun tegishli mutaxassis maslaxati buyuriladi.
Qayta kuzatishlarni baholash, klinik tashxis yakuniy xulosasi va ularni asoslash.
Talaba bemorni kuratsiya qilish jarayonida yozma formada har bir qo`shimcha kuzatishlar
natijasini taxlil qilishi, ularni klinik ma’lumotlar bilan solishtirib baholashi lozimdir. Olingan
qo’shimcha labarotoriya va instrumental tekshiruvlar ma’lumotlarini, bemorni qayta ko’rik natijalarini
taxlil qilib talaba klinik tashxisni asoslay olishi talab etiladi. Klinik yoki yakuniy tashxisda xam asosiy,
yondosh tashxis va ularning asoratlari,rivojlanganlik darajasi ko’rsatiladi.
Harorat varaqasi.
Harorat varaqasida bemorni faqat haroratini emas balki puls, nafas soni xamda arteriyal bosimni
grafik ko’rinishda qora, ko`k, qizil ranglarda belginaladi, og`irlik, sutkali diurez miqdori bilan iste’mol
qilingan suyuqlik nisbati xamda o’tgan sutkada ichi kelganligi xam belgilanadi.
Bundan tashqari qondagi qand va boshqa diagnostik parametrlar xam ko’rsatilishi mumkin.
Harorat varaqasining yuqori qismida muolaja choralari xam tegishli vaqt katakchasida belgilanishi
mumkin: In’eksiyalar - strelka bilan (↑), iste’mol qilinadigan dori-darmonlar yassi chiziqlarda
ko`rsatish qabul qilingan. Shu maqsadda rangli ruchkalardan foydalanish kerak. Diagnostik
ma’lumotlar dastlabkisidan tashqari yaxshisi grafik emas, sonlarda ifodalanishi ma’qul.
25
BXUT bo’yicha hujjat shaklining kodi___________
KTUT bo’yicha korxonaning kodi_______________
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
(muassasa nomi)
004/H SHAKLIDAGI TIBBIY HUJJAT
O’z.RSSV 2000 yil 29 mayda 283-buyruq bilan tasdiqlangan
HARORAT VARAQASI
Varaqa№_________ Hona__________ Kasalning familliyasi, ismi-sharifi______________________________________________________________
Kasallangan kuni
Kasalhonaga
yotqizilgan kuni
1
e
Tomir
urishi
Qon
bosimi
Harorat
140
200
41
120
175
40
100
150
39
90
125
38
80
100
37
70
75
36
2
k
e
3
k
e
4
k
e
5
k
e
6
k
e
7
k
e
8
k
e
9
k
e
10
k
e
11
k
e
12
k
e
13
k
e
14
k
e
15
k
e
16
k
e
k
26
60
50
35
Harorat varaqasining oldi tomoni
vaqti
Kasallangan kuni
Kasalhonaga
yotqizilgan kuni
17
e
Tomir
urishi
Qon
bosimi
Harorat
140
200
41
120
175
40
100
150
39
90
125
38
80
100
37
18
k
e
19
k
e
20
k
e
21
k
e
22
k
e
23
k
e
24
k
e
25
k
e
26
k
e
27
k
e
28
k
e
29
k
e
30
k
e
31
k
e
k
27
70
75
36
60
50
35
Nafas olishi
Og’rligi
Qabul qilingan
suyuqlik miqdori
Bir kunlik siydik
miqdori
Yozilishi
Harorat varaqasining orqa tomoni
28
KASALLIK TARIXINI GRAFIK TASVIRLASH
Kasallik tarixining grafik tasviri kasallik tarixini sxemasini tushunishida qo’shimcha bo’lgan
usul hisoblandi. Kasallikni rivojlanishini grafik ko’rinishda tasvirlash diagnoz qo’yishda va kasallikni
klinik o’zgarishlarni kuzatib borishini va to’gri baholashga yordam qiladi.
Kasallikda eng ko’p uchraydigan har hil belgilarni simptomlarni barchasini to’plab sindrom
shaklida ko’rib chiqib diagnoz qo’yish kasallikni sindrom sifatida baholashga kiradi.
Masalan: sistemali qizil bo’rica kasalligida asosiy sindromlardan isitma ko’tarilishi,
hansirash, mitro-aortal nuqsonning belgilari, bo’g’im og’riqlari, siydikda oqsil ajralishi, plevrit, yuzda
qizil
dog’lar
paydo
bo’lishi,
qonda
oq
qon
tanachalarining
ko’payishi,
ECHT-yuqori
ko’rsatgichlargacha oshishi, bularning barchasi birgalikda shu diagnozning asosiy sindromi sifatida
baholnadi.1-jadval.
Tashxis qo’yish qiyinchiligi shu vaqtda vujudga keladiki qachonki endokard shikastlanish
belgilari erta paydo bolib, asosiy kasallik diagnozi, yani tizimli qizil bo’richa kasalligini boshqa
belgilari hali aniq paydo bo’lmagan vaqtda. Bunday hollarda odatda kasalda bod, septik endokardit,
revmatoid artrit bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Bazan isitma borligi natijasida limfa bezlari
kasalligi, hamda ba’zan taloq shishishi tufayli limfagranulomatozi tashxisi gumon qilinadi. Bunday
hollarda kasallik tarixining to’g’ri qayd qilingan grafik tasviri qiyosiy diagnoz o’tkazishga va o’ylashga
imkon beradi.
Keyingi tasvirdan ko’rinib turibdiki revmatik endokardit diagnozi uchun quyidagi belgi va
sindromlar ; anamnezida sovuq qotish omili, bodomcha bezlarining tez tez shamollashi, isitmani yuqori
darajaga ko’tarilishi, bir hafta davomida toshmalar paydo bo’lishi, bo’g’imlar yallig’lanishi, jigarning
kattalashishi yurak yetishmovchiligi rivojlanib borishi, tomirlarning o’tkazuvchanligining buzilishi
harakterlidir.
2-jadval
Bemorda zotiljam tashxisini qo’yish uchun asoslaniladigan simptomlarni yuzaga kelishini
grafik tasviri uni boshqa kasalliklar bilan differensiassiyalashda qulaylik tug’diradi. 3- jadval
Grafik tasvirda kasallikning klinik ko’rinishlaridan tashqari, labarotoriya va asboblar bilan
tekshirish usullarining ma’lumotlari bo’lishi mumkin, ular i aniq diagnoz qo’yishga yaqinlashtiradi.
Shunday qilib, kasallik tarixining grafik tasviri o’qish jaroyonida va klinik amaliyotda
shifokorlar hal qilishi uchun murakkab diagnozlarni aniq bo’lmagan hollarda, klinik kafedra
talabalarini klinik fikrlashini mukammalashtiradi va qiyosiy diagnoz o’tkazishni osonlashtiradi.
Bemorning ko’zdan kechirishda anamnez ma’lumotlaridan foydalanish, kasallik rivojlanishini
dinamikada kuzatib borishda, sindromlarni shakillanib borishini va davolash natijalarini, labaratoriya
ko’rsatkichlarini grafik tasvirini qo’llash maqsadga muvofiq.
29
Grafik tasvirni tuzish jarayonining o’zi esa vrachni olingan hamma natijalarini jamlab
bemordan olingan obektiv va subektiv ma’lumotlarni fikran to’g’ri bog’lashga, bir necha marta qayta
o’ylab ko’rishga majbur etadi.
Ayniqsa arxiv ma’lumotlarini ishlab chiqishda tekshirish vaqtini tejaydi u yoki bu kasallik
kechishidagi klinik xususiyatlarni tez aniqlab olishga imkon beradi; ma’lum kasallikda uchraydigan u
yoki bu belgi va sindromlarni tez -tez uchrashini aniqlaydi; davolash natijalarini baholashda katta
xizmat qiladi.
30
1-jadval
31
2-jadval
32
3-jadval
33
Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan talaba mustaqil ishi- kasallik tarixining
na’munasi:
Kasallik tarixi muqovasi:
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash fakulteti
Ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va xdt, oily ma’lumotli
hamshira fanlari kafedrasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-shifoxonasi kardiologiya bo’limi
Bemorining kasallik tarixi
Bajardi : --------------------------------------------Tekshirdi : -------------------------------------------2009 o’quv yili
34
I. Bemor haqida ma’lumot
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi- Xashimova Xalima Axatovna
2. Yoshi-1956 y.t.
3. Millati – o’zbek
4. Ma’lumoti- o’rta
5. Kasbi-oddiy ishchi
6. Ish joyi- II guruh nogironi № 403844
7. Vazifasi- xozirda uy bekasi
8. Uy adresi- Toshkent shaxar
S. Raximov tumani Tansiqboev dahasi 4 uy 5 xona 16
9. Kasalhonaga kelgan kuni - 29.04.2008 yil soat 05:15
II.So`roq ma’lumotlari
Asosiy shikoyati: - yurak atrofida 10-15 minut davom etuvchi simillovchi va sanchuvchi
xarakterdagi og’riq xurujli, yurak urishini xis
qilish, havo yetishmaslik xissini paydo bo’lishi va
xansirashga.
Qo’shimcha shikoyati: bosh og’rishi, boshni karaxtligi, ko’ngil aynashi, ishtaxasizlik,
quvvatsizlik, umumiy xolsizlikga
Ayni kasalikning bayoni (anamnez morbi)
Bemor o’zini 2000 yildan beri kasal deb xisoblaydi.
Kasalligini aniq bir narsa bilan
bog’lamaydi. Kasallik asta sekin boshlangan. Shifokorlar tekshirib qon bosim yuqoriligini aniqlashgan.
Noregulyar ravishda gipotenziv vositalarni ichib yurgan. 2003 yildan beri doimiy ravishda 1kunda 1
maxal 10mg li enam tabletkasini ichib yurgan. So’ngi oylarda bemorda tez-tez qon bosimi oshib
yurgan. Bugun tongda bemor axvoli yomonlashib yuqoridagi shikoyatlar rivojlangan. Bemor
qarindoshlari tomonidan TTA-1 shifoxonasiga olib kelingan. Bemorni qon bosimi yuqoriligi va axvoli
og’irligini inobatga olib intensiv terapiya bo’limiga yotqizilgan. Axvoli biroz yaxshilanib, qon bosimi
pasaygach keyingi davolash ishlarini amalga oshirish uchun kardiorevmatalogiya bo’limiga
o’tkazilgan.
III.Xayoti tarixi (anamneziz vitae)
Bemor Xashimova Xalima 1956 yilda Toshkent shahrida ishchi oyilasida 4- farzand bo’lib
tug’ilgan. Yoshligidan sog’lom o’sgan va rivojlangan.
7 yoshligida maktabga chiqqan va maktabda o’rtacha o’zlashtirish bilan 10chi sinfni tugatgan.
Maktabni bitirgach hech qanday oliygoh yoki kasb xunar o’rta maxsus o’quv muassasalariga kirmagan.
18 yoshda turmushga chiqqan, oilali, 2 ta farzandi bor.Xomiladorlik va tug’uruq jarayonlari asoratsiz
35
kechgan. Uy sharoiti qoniqarli. Yaxshi isitiladi, quruq va yaxshi shamollatiladi. Nasliy kasalliklarni
inkor etayapti. O’tkazilgan va mavjud kasalliklari: Yu.I.X.: Zo’riqish stenokardiyasi . Doimiy muolaja
olib yuradi. Zararli odatlari yo’q.
Epidemioligik anamnez
Bemor oxirgi 6 oy ichida yuqumli kasalliklar bo’lmagan, yuqumli kasalliklar bilan kasal
bemorlar bilan muloqatda bo’lmagan, in'eksiyalar olmagan. Chet elga bormagan, xirurg, stomatolog,
ginekolog ko’rigida bo’lmagan. Sababsiz ich ketish, harorat chiqishi kuzatilmagan.
Allergologik anamnez.
Dori-darmonlarga,
maishiy
vositalarga,
oziq-ovqat
maxsulotlariga
allergik
reaksiya
kuzatilmagan.
Bemorni jismoniy tekshiruv(status praezens).
1. Umumiy ahvoli: -og’ir.
2. Bemorning xolati: -passiv.
3. Es-xushi, fikrlash: -xushida, lekin karaxt.
4. Qadi qomati va yurishi: -yoshiga munosib.
5. Boshi va bo`yni: -tog’ri shaklda deformatsiyasiz.
6. Yuz ifodasi: tinch
7. Yuz, burun, quloq tuzilish xususiyatlari:-”Korvizar” yuz ifodasi
8. Gavda tuzilishi: -to’g’ri
9. Tana konstitutsiyasi:-normostenik .
10. Bo`yining o`lchamlar: - 165
Og`irligi: -
sm.
70 kg. ;
Ko`krak aylanasi o’lchovi:- 85 sm.
Indekslari:
1- indeks= М * 100
Р
2-indeks=
О* 100
Р
3- Pine indeksi=
=
70* 100
=
85 *100
=42
165
=51
165
R- (O+M) =165-(85-70) =10 (20)
Tana harorati: 36,5C
36
A. Teri qoplamasi
1. Rangi: - oqargan, rangpar
2. Teri dog`lari: - yo’q.
3. Toshma: – yo’q.
4. Gemorragik hodisalar: - kuzatilmayapti.
5. Chandiqlar yo’q.
6. Terining elastikligi:-meyo’rda.
7. Namlik darajasi:- meyo’rda.
8. Tashqi shishlar:- yo’q.
9. Barmoqlar: shakli meyorda, rangi- pusti;
10. Sochlar: bir tekis siyraklangan, bir oz oqargan;
B.Ko`rinma shilliq pardalar
1. Rangi: och-pushti;
2. Enantema-shilliqsimon qoplanish- kuzatilmayapti;
G. Teri osti to`qima.
1. Teri-osti qavati: yog`simon qatlam yoshiga mos rivojlangan,
4-5 sm. Qo’ltiq osti soxada. Girsutizm kuzatilmayapti.
2. Teri osti tomirlari: -kam seziladigan;
3. Qon bosim oshgan vaqtida teri osti tomirlari ifodalanishi kuzatilmoqda.
4. Shish: -Umumiy pastozlik bor.
D. limfatik tugunlar.
1. Joylashganligini:
-
Ensa, quloq oldi, jag’ osti, bo’yin, o’mrov usti, qo’ltiq osti, tirsak,
tizza osti limfa tugunlari kattalashmagan
qo`l bilan aniqlash:- mumkin .
2. Kattaligi 0, 5-0, 8 sm.
3. Shakli: oval;
4. Yuzasi: tekis;
5. Konsistentsiyasi: -yumshoq;
37
6. Tekkan vaqtda og`rimayapti;
7. Ular ustida terning xolati; - o’zgarmagan.
E.Muskullar.
1. Muskularning rivojlanishi darajasi:- Yoshiga monand ривожланган, normal;
2. Tonus: - ikki tomonda bir xil;
3. Muskul kuchi:-5 ball
4. Tekkan vaqtda muskullarning og`rishi kuzatilmayapti.
J. Suyak-bo`g`im tizimsi.
1. Skelet qismlarning proportsional nisbati –simetrik soxalarda bir xil. Suyaklar deformatsiyasi
yoq. Bosh suyagining shakli deformatsiyasiz.
2. “Baraban barmoqlar”-qo`l va oyoq chetki barmolarning yo`g`onlanishi kuzatilmayapti.
3. Paypaslashda suyak usti pardasining yo`g`onlanishi va g`adir-budurlar aniqlmayapti..
4. Suyaklarni yumshashi yo’q.
5. Suyaklarni paypaslash va urib ko`ringanda ( qovurg`a, umurtqa, to`sh suyakning) og`riqsiz.
J. Bo`g`imlar.
1. Tekshiruv: Bo`g`imlar konfiguratsiyasi o’zgarmagan.
2. Ushlab ko`rishda: maxalliy temperaturasi o`zgarmagan, og`riq yo’q, bo`g`imlar ustidagi teri
oddiy rangda.
3. Xarakatda vaqtida qirsilash tizza bo’g’imida bor.
4. Bo`g`imlardagi xarakat xajmi (aktiv va passiv) to’liq xajmda.
5. Belning shakli qaddiga fiziologik mos , uning xarakatchanlik darajasi to’liq.
Nafas olish a’zolari tizimi
Yuqori nafas olish yo`llarining xolati.
Shikoyati: Havo yetishmaslik xissini paydo bo’lishi va xansirashga.
1. Burun: nafas olish vaqtida burun qanotlarining ishtiroki yo’q.
2. Paypaslashda va urib ko`rilganda burun qafaslarida
og`rish aniqlanmadi.
3. Ovozi o’zgarmagan.
Ko`krak qafasining tekshirish va paypaslash.
1. Ko`krak qavasi shakli: Normostenik tana tuzilishiga xos, patalogik o`zgarishlar
(bochkasimon, paralitik, rahitik, voronkasimon) aniqlanmadi.Epigastral burchak 95-100gr. burchakli.
38
2. Ko`krak qafasining assimetriyasi: turli qisimlarning bo`rtib
chiqishi va to`g`ilanishi
kuzatilmayapti.
3. Qo`vurg`a oralig`ining kengligi meyo’rda. Qo`vurg`alarning yo`nalishi gorizantalga yaqin.
4. Kuraklarni xolati: oralig`ining ortacha zichligi, simmetriyalik joylashgan.
5. Nafasning turi: ko`krak nafasi.
6. Nafas olishning tezligi va chuqurligi: erkin nafas xarakati, o’rtacha tezlikda, ritmik.
7. Minutiga nafas soni: 24 marta minutiga, nafas olish va chiqarishning nisbati=1/1.
8. Nafas olishda ko`krak qafasining xarakati: Ko’krak qafasining simmetrik qismlari bir tekisda
xarakat qilmoqda.
9. Paypaslashda ko`krak qafasining og`rishi aniqlanmadi.
10. Ko`krak qafasining rezistentligi o’rtacha.
11. Ovoz titrashini aniqlash
- ovoz dirillashi ko’krak qafasining simmetrik nuqtalarida
-o’mrov usti, o’mrov osti, ko’rak oralig’I, kurak osti soxalarida
- bir xil
12. Plevraning ishqalanishi belgilari yo’q.
Ko`krak qafasi perkussiyasi.
1. Solishtirma perkucciyada ikkala o’pkada aniq o’pka tovushi eshtilayapti.
2. Topografik perkuyasaning natijalari :
-chap o’pkaning Krening maydoni 6 sm
- o’ng o’pkaning Krening maydoni 5,5 sm
O`pka cho`qisining balandligi 3,5-4,0 sm
O`pkaning quyi chegaralari
Chiziqlar
O`ng o`pka
Chap o`pka
To’sh oldi
VI qovurg’a qirrasi-
-------------
Oldingi qo`ltiq
VII qovurg’a
-------------
O`rta qo`ltiq
VIII qovurg’a
VIII qovurg’a
Orqa qo`ltiq
IX qovurg’a
IX qovurg’a
Kurak
X qovurg’a
X qovurg’a
Umurtqa yoni
XI qovurg’a
XI qovurg’a
39
O`pkaning quyi xarakat chegarasi o`rta o’mrov, q`oltiq oldi, q`oltiq osti o’rta va kurak
chiziqlaridagi harakatchanligi 3.5 sm, chap tomonda qo’ltiq oldi, q`oltiq osti o’rta va kurak
chiziqlaridagi xarakatchanligi 3.5 sm
O`pkani eshitish (Auskultatsiya)
O`pkaning xamma yuzasi ustidan auskultasiyasida sust vezikulyar nafas fonida pastki
qismlarda tarqalgan jarangsiz nam xirillash eshitilmoqda.
III. Yurak qon tomir tizimi
Shikoyatlari:
Yurakning to’satdan tez urib ketishi, yurak soxasida noxush sezgining paydo
bo’lishiga va simmilovchi og’riqga.
1. Arteriyalarning ko`rinma pulsatsiyasi ifodalanmagan. Bo`yin venasining pulsatsiyasi xolati
musbat.
2. Nur arteriyada arterial pulsatsiya:
a) 2-ta nurli arteriyalarda puls bir hil paypaslanayapti.
b) Ritmik.
v) Chastotasi 96 ta minutiga, pulsda defitsit yo’q.
g) To`lish o’rtacha.
d) Taranglik, kuchlanish biroz ortgan.
e) Ortacha kattalikda.
4. Oyoq to’piq arteriyasida va oyoq kaftida puls aniqlanayapti.
5. Uyqu arteriyalarni va ko`k tomirni eshitishda patologik shovqinlar yo’q.
7. Arterial bosim=o’ng qo’l-200/100 mm sim. ust.
= chap qo’l-190/100 mm sim. ust.
Yurak atrofini tekshirish va ushlab ko`rish
1. Yurak soxasining bo`rtishi-yurak bukriligi yo’q.
2. Yurak atrofidagi ko`rinma pulsatsiya biroz ifodalangan
3. Choqqi turtkisi
a) joylanishi- V q/o chap tomonda
b) xarakteri- mo’tadil
v) kengligi-3,0sm
g) musbat
40
d) kuchi: kuchli
Yurak perkussiyasi
Yurak absolyut chegarasi chap-to’sh chizig’i;
1.
O’ng-o’ldingi qo’ltiq osti chizig’i;
Tepadan-III q/o
2.
Yurak nisbiy chegarasi
Quyi ko’ndalang o’lcham15sm
2. Tomir tutamining kengligi 8 cm.
3. Yurak kohfiguratsiyasi: aortal
Yurak auksultatsiyasi
1.
Yurak tonlari: Soni chastotasi 96 ta 1 min.da;
Ritmi –siyrak ekstrasistoliyalar;
Balandligi bo’g’iq.
Tonlar kuchining nisbati: 1/2
Aorta ustida II ton kuchaygan.
Perikardning ishqalanish shovqinlari eshitilmayapti.
IV Ovqat hazm qilish tizimi
Og`iz atrofini tekshirish.
1. Lablari quruq, po’st tashlagan, yorilgan.
2. Tili: rangi qizil, namligi biroz quruqroq.
3. Tishlari: tish formulasi saqlanmagan (tishlari tushgan), harakatchanligi va karioz o`zgarishlar
mavjud.
Tish formulasi=
07604321 12345078
07604321 12345078
4. Milklar: rangi- och pushti.
5. Yumshoq va qattiq tanglay: rangi och pushti.,
6. Ichkari ogiz bo`g`ilishi bodomsimon bezlar kattalashmagan.
Qorinni tekshirish:
1. Qorinni tekshirish :
a) Konfiguratsiyasi: odatdagiday.
b) Qorin o`rta chizig`i holati oddiy, kindigi deformatsiyasiz.
41
v) Ko`rinma peristaltika mavjud emas.
g) Nafas olish harakatida qorin devorining ishtiroki- bor.
d) Kengaygan teri osti venalarining mavjud emas.
e) Perkussiyada timpanik bo’g’iqga moyil. Erkin suyuqlik mavjud emas.
j) Yuzaki paypaslash:
a) Qorin devorining kuchanganlik darajasi- past, kuchlanishi muayyan joyga tegishli
va rigidligi yoq.
b) Peritonial simptomlar (Shetkin, Blyumberg, Mendel) tekshirildi, qorinparda
ta’sirlanmagan.
4. Chuqur palpatsiya, oshqozon-ichak traktining perkussiyasi va auskultatsiyasi:
a) Ichakning chuqur palpatsiyasi- patologik o’zgarishlar yo’q.
b) To`lqin shovqini yo’q.
v) Ichakning auskultatsiyasida peristaltika shovqini eshitilayapti.
5. Qorinning chuqur palpatsiyasi:
Me’dani katta egriligini paypaslaganda og’riqsiz. Auskultaffriktsiya usulida chegarasi kindik
soxada.
6. Me’da osti bezlarini pasypaslashda patologiyasiz.
7. Jigarni paypaslashda o’lchamlari biroz qovurg’a ravog’ ostidan chiqmoqda.Chekalari qirralik
va yuzasi biroz g’adir-budur.
Kurlov bo`yicha o`lchamlari 7-8-9 sm.
8. O`t puffagi: palpassiyada qo’lga unnalmayapti va perkussiyada og’riqsiz.
V. Siydik ajralish tizimi.
Siydik ajralish tizimi faoliyatiga shikoyatlari yo’q.
1. Buyrak soxa bel konturlari deformatsiyasiz.
2. Buyrak atrofi orqa tomonidan perkussiyasi ( Pasternatskiy simptomi )-manfiy.
3. Buyrakni ushlab ko`rish mumkin bo’lmayapti.
5. Siydik qopining perkussiyasi va paypaslashda patologiyasiz.
6. Kunlik diurez ≈ 1litr atrofida.
42
VI. Ichki bezlar tizimi.
Ichki bezlar tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari yo’q.
1. Aqliy va jismoniy rivojlanishni yoshiga mos.
2. Qalqonsimon bezni paypaslash va tekshirishda patologiya topilmadi.
3. Klimaks davrida.(Xozirda bezovta qilmaydi.)
6. Meningeal simptomlar yo’q.
7. Tashqi ko’rikda teri qoplamlari xamda teri xosilalari o’zgarganligi, tana qismlarining
mutanosibligi buzilishi va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanganligida patologik o’zgarishlar
aniqlanmadi.
Taxminiy yoki dastlabki tashxis
Taxminiy tashxis bemorning shikoyatlari (yurak atrofida 10-15 minut davom etuvchi
simillovchi va sanchuvchi xarakterdagi og’riq xurujli, yurak urishini xis
qilish, havo yetishmaslik
xissini paydo bo’lishi va xansirash), anamnestik ma’lumotlar (2000 yildan beri yuqori qon bosim
aniqlanganligi, doyimiy gipotenziv dorilar (enam tabletkasi) qabul qilib yurishi, yuragi bezovta qilishi,
, ob’ektiv tekshirishlar (yurak tonlari bo’g’iqligi, taxikardiya-96 ta ch.s.s.,yuqori Q.B.-200/100 sim.ust.,
yurak ko’ndalang o’lchami kengayganligi-15sm.,aortal konfiguratsiya) asosida taxminiy diagnoz :
Gipertoniya kasalligi III bosqich.
yondosh:
Arterial gipertenziya krizi.
Yuqori xavf darajasi-III daraja.
YuIK: Zo’riqish stenokardiyasi FS III. qo’yildi.
Qo`shimcha labarotor va asbobiy tekshiruvlar rejasi .
1. Laborator-klinik,( qon va siydik umumiy analizi).
2 .Bioximik qon taxlili. ALT, AST, Bilirubin.(umumiy,bog’langan,bog’lanmagan) ,mochevina,
kreatinin, um. oqsil, qand miqdori.
3. Koagulogramma.
4. Funksional diagnostika metodikalari: -EKG.
5. Buyrak UTT tekshiruvi
Umumiy qon analizi:
1. Hb (gemoglobin)
2. Eritrositlar
96 g/l
3,2 10 /l
43
3. Rang ko’rsatkichi
0,9
4. 1 dona er-t tarkibidagi
Hb miqdori.
30 pg
5. Trombositlar
190,5 10 /l
6. Leykositlar:
6,1 10 /l

Mielositlar

Metamielositlar
-

Tayyoqcha yadrolilar
1%

Segment yadrolilar
65%

Eozinofillar

Bazofillar

Limfositlar

Monositlar
-
2%
20%
4%
Biokimyoviy qon tahlili.
1.
ALT
0,5 (0,1-0,68 mmol /l)
2.
AST
0,3 (0,1-0,45 mmol/l)
3.
Bilirubin. umumiy
11,8 (10,5-20,5 mk mol/l)

Bog’langan
(0-4,5 mk mol/l)

Bog’lanmagan
(3,8-8,3 mk mol/l)
4. Mochevina
5. Kreatinin.
6. Um. oqsil.
7. Qand miqdori.
-9, 0(3, 8-8, 3 Mk mol/l)
0, 08 (0, 04-0, 08 Mk mol/l)
70, 0 (65-85g/l)
5, 4 (3, 0 - 6, 1 mol/l)
Koagulogramma:
PTI
78%
LChTV
46, 5
Fibrinogen
5, 06 g\l
44
Buyrak UTT tekshiruvi
O’ng va chap buyrak o’lchamlari meyorida, buyrak parenximasi o’lchovi meyorda, buyraklar
xarakati saqlangan.Jomchalar kengaymagan.Tuzli diatez. Buyrak usti bezi patologiyasiz.
EKG:
45
Ritm sinusli. Siyrak
ekstrasistoliyalar mavjud .Yuqs 84ta 1 min.; EKGda chap qorincha
gipertrofiyasi.
Diagnoz asosiy:
Gipertoniya kasalligi III bosqich
Arterial gipertenziya krizi
Yuqori xavf darajasi-IIIdaraja
Yondosh:
YuIK: Zo’riqish stenokardiyasi FS III
Asorati:
QAE II A; chap qorincha yetishmovchiligi.
Muolaja va uni asoslash
Parxez 10-stol-(Kunlik tuz miqdorini iste’molini chegaralash.)
APF Ingibitorlari:
Rp.: Enalaprili 0,01
D.t.d N 20 in tab.
S. 1tabletkadan 2 mahal
≠
yoki
Rp.: Dirothoni 0,02
D.t.d N 20 in tab.
S. 1tabletka ertalab ovqatdan oldin
≠
Kriz xolatlarda:
Rp.: Kaptoprili 0,025
D.t.d. N 20 in tab.
S. Til ostiga 1 tabletka QB krizli ko’tarilishida.
≠
Koronar qon tomir kengaytiruvchilar:
Rp.:
Nitrosorbidi 10 mg
D.t.d. N 20 in tab.
S. 1 tabletkadan 4 maxal
≠
Antiagregantlar:
Rp.:
Kardiomagnili 0,15
D.t.d. N 20 in tab.
46
S. Tunda 1 tabletka ovqatdan keyin.
≠
yoki
Rp.:
Ac. Acethylsalicilici 0,5
D.t.d. N 20 in tab
S.1/4 tabletka ovqatdan keyin tunda.
≠
Diuretiklar:
Rp.:
Gipothyazidi 0,025
D.t.d. N 20 in tab.
S. 1 tabletka ertalab och qoringa.
≠
Kalsiy antagonistlari:
Rp.:
Verapamili 0,08
D.t.d. N 20 in tab.
S.1 tabletkadan 3 maxal.
≠
Vitaminlar:
Rp.:
Tab.Acidi ascorbinici 0,1
D.t.d. N 20
S. 1 tabletkadan 3 maxal.
≠
Bosh miya qon aylanishini yaxshilovch dorilar.
≠
Qondagi xolesterin va lipoproteyidlar miqdorini kamaytiruvchi dori vositalari:
Rp.:
Cetamipheni 0,25
D.t.d. N 20 in tab
S. Kuniga 2 tabletkadan 4 maxalПринимать по 2 таблетки 4 раза в день.
≠
47
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
E.Y. Qosimov, Sh.G Mukminova, B.N.Nuritdinov " Ichki kasalliklar propedevtikasi"
Toshkent, 1996 y.
2. E.Y. Qosimov va boshq. Kasallik tarixining grafik tasviri o’quv uslubiy qo’llanma. Toshkent 1991y.
3. E.Y. Qosimov va boshq. Kasallik bayoni (Uslubiy qo’llanma). Toshkent 1994 y.
4. R.A. Qoraboyeva va boshq. «Ichki kasalliklar propedevtikasi» Toshkent, 1997 y.
5. V.X. Vasilenko. va boshqalar. Propedevtika vnutrennix bolezney. Moskva, 1989 g.
6. N.A. Muxin, V.E Moiseyev «Propedevtika vnutrennix bolezney» Moskva, 2002 g.
7. A.L. Grebenov «Propedevtika vnutrennix bolezney" Moskva, 2001. g
48
Download