1-Amaliy mashg‘ulot
MAVZU: ABONENT KIRISH TARMOG‘INING QURILMALARI
Ishdan maqsad: Talabalarni abonent kirish tarmoqlarining tuzilishi,
ishlash prinsipi va qismlari bilan tanishtirish, ularning vazifalari va
qo‘llaniladigan texnologiyalarni o‘rganishdir.
Qisqa nazariy ma’lumot
Abonent kirish tarmog‘i – bu foydalanuvchi qurilmasini (abonent tomoni)
telekommunikatsiya operatorining asosiy magistral tarmog‘i bilan bog‘lovchi
“oxirgi bo‘g‘in”dir. U foydalanuvchiga telefon, internet, IP-televideniye va boshqa
xizmatlarni yetkazib berishga xizmat qiladi.
Abonent kirish tarmog‘i qismlari:
Telefon apparati, modem, router, ONT, televizor prifix va boshqa qurilmalar.
Uy yoki ofis ichidagi lokal tarmoq (LAN/WLAN).
Abonent liniyasi:
Mis kabellar (PSTN, DSL).
Koaksial kabellar (HFC).
Optik tolalar (FTTx texnologiyalari).
Simsiz aloqa (2G/3G/4G/5G, Wi-Fi, WiMAX, sun’iy yo‘ldosh).
Kirish tugunlari:
ATS (avtomatik telefon stansiyasi).
DSLAM/MSAN (DSL va ko‘p xizmatli kirish stansiyalari).
OLT (optik liniya terminali).
BTS/eNodeB/gNodeB (mobil aloqa bazaviy stansiyalari).
Wi-Fi kirish nuqtalari.
Transport qismi (magistralga ulanish)
Kirish tugunidan provayderning magistral tarmog‘iga chiqish qismi.
Optik tolali liniyalar, Ethernet, MPLS yoki SDH/SONET texnologiyalari
asosida ishlaydi.
Abonent qurilmalari:
Modemlar (Modulyator-DEModulyator)
—aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun
qabul
qilinga
signallarni
to’g’ri
(modulyator) va teskari (demodulyator)
o’zgartirish
qurilmasidir.
Eng
avvalo
modem quyidagi impul’slarni (raqamli
kodni) top polosaliga (anolog signallarga)
o’zgartirish.
Uzatishda: keng polosali impul’slarni (raqamli kodni) top palosaliga (analog
signalga) o’zgartirish.
Qabul qilishda: qabul qilingan signalni xalaqitlardan fil’terlash va detektorlash
uchun, ya’ni tor polosali analogli signalli raqamli kodga teskari o’zgartirish.
Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o’zgartirish odatda ularning modulyasi
bilan bog’langan.
Modulyatsiya-bu signalni biror parametirini aloqa kanalida (modulyatsiya
qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos
ravishda (modulyatsiya qilingan signalni) o’zgartirish.
Demodulyatsiya-bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan
o’tish paytida xalaqitlar bilan buzilgan signalni) madulyatsiya qiladigan signalga
teskari o’zgartirishdir.
Router —
bu
turli
tarmoq
segmentlari o'rtasida paketlarni uzatuvchi
maxsus qurilma. U turli arxitekturadagi
tarmoqlarni
bir-biriga
ulashi
mumkin.
Routerning asosiy vazifasi — ma'lumotlarni
uzatish. Qurilma kompyuterdagi tarmoq
adapteri orqali internetga ulanadi va boshqa
qurilmalarga internet signalini tarqatadi.
Routerlar uy, ofis yoki katta tashkilotlarda foydalanish uchun turli xil bo'ladi.
Uy routerlari odatda kabelli yoki simsiz bo'lib, bir nechta qurilmalarni bitta internet
ulanishiga ulashi mumkin. Korporativ routerlar katta hajmdagi trafikni qayta
ishlashi va mustahkam himoya qilishi mumkin. Routerlar ma'lumotlarni uzatish
marshrutlarini aniqlash uchun marshrutizatsiya jadvallari va marshrutizatsiya
protokollaridan foydalanadi.
IP-telefoniya — bu telefon aloqasi bo'lib,
unda ovozli signallar IP-tarmoqlar orqali
uzatiladi
va
siqilgan
ma'lumotlar
paketlariga aylantiriladi.
IP-telefoniya
yordamida
oshiriladigan
amalga
qo'ng'iroqlar uchun to'lov internet orqali
amalga oshiriladi. Bunday qo'ng'iroqlar
uchun bir nechta kanalli raqamlardan
foydalanish mumkin, ular bir nechta ichki va tashqi liniyalarga ulanishi mumkin.
IP-telefoniya an'anaviy telefoniyadan quyidagi afzalliklari bilan farqlanadi:
1.
Xalqaro va shaharlararo qo'ng'iroqlar narxini kamaytirish imkoniyati;
2.
Qo'ng'iroqlarni
boshqa
raqamga
yo'naltirish,
ishonch
telefonini,
qo'ng'iroqlarni yozib olishni sozlash;
3.
Menejerlarning barcha qo'ng'iroqlarini (kiruvchi va chiquvchi) qayd etish va
ularni keyingi o'rganish uchun yozib olish;
4.
Qo'ng'iroqlar va suhbat davom etish vaqtlari bo'yicha statistik ma'lumotlarni
yig'ish;
5.
Yo'qolgan qo'ng'iroqlar to'g'risida ma'lumot olish (mijoz savdo bo'limiga
ulana olmagan hollarda).
IP-telefoniya quyidagi qurilmalardan foydalanadi:
1.
IP-telefon — tashqi ko'rinishi oddiy telefon apparati kabi bo'lgan tarmoq
qurilmasi;
2.
Videotelefon — rangli displeyli va o'rnatilgan videokamera bilan jihozlangan
stol ustidagi VoIP-telefon varianti;
3.
SIP-DECT-telefon — DECT standarti asosida ishlaydigan raqamli simsiz
radiotelefon, uning bazaviy stantsiyasi IP-telefoniya serveriga kompyuter
tarmog'i orqali ulanadi;
4.
Dasturiy telefon (softfon) — ish stoli kompyuteri yoki mobil qurilmada
o'rnatilgan dastur;
5.
Ko'p nuqtali konferentsiya serveri — audio- va videokonferensiyalarni ko'p
nuqtali rejimga birlashtirish uchun mo'ljallangan apparat-dasturiy qurilma.
Abonent kabelari:
Abonent
kabeli
—
bu
(foydalanuvchi)
abonent
qurilmasini
operatorning kirish tuguniga (ATS,
DSLAM, OLT, BTS va boshqalar) ulash
uchun ishlatiladigan aloqa liniyasi. U
abonent
kirish
tarmog‘ining
muhim
qismi
bo‘lib,
eng
xizmatlarni
(telefon, internet, TV) foydalanuvchiga
yetkazib beradi.
Mis kabellar
Telefon juftlik kabellari (PSTN)
Oddiy telefon aloqasida ishlatiladi. Bir juft o‘ralgan mis simdan iborat.
Koaksial kabel
Kabel televideniye va internet uchun (HFC texnologiyasi). Yuqori chastotali
signallarni yaxshi uzatadi.
O‘ralgan juftlik (Twisted Pair – UTP/STP)
Kompyuter tarmoqlari va DSL internet uchun ishlatiladi. Kategoriyalari:
Cat5, Cat5e, Cat6, Cat7.
Optik tolali kabellar
FTTx texnologiyalari (FTTH, FTTB, FTTC) uchun qo‘llanadi.
Juda katta tezlikda (1 Gbit/s va undan yuqori) ma’lumot uzatadi.
Elektromagnit shovqindan ta’sirlanmaydi, uzoq masofaga sifatli signal
uzatadi.
Simsiz aloqa liniyalari (kabellarsiz variant)
Mobil aloqa (2G, 3G, 4G, 5G) – radio to‘lqinlar orqali.
Wi-Fi va WiMAX – lokal yoki keng qamrovli simsiz ulanish.
Sun’iy yo‘ldosh aloqa – uzoq hududlarda foydalaniladi.
Mustaqil topshiriq:
1.
Abonent kabeli deganda nimani tushunasiz va u qayerda qo‘llaniladi?
2.
Abonent kabellari qaysi asosiy turlarga bo‘linadi? Misollar keltiring?
3.
Mis kabel va optik tolali kabelning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslab
tushuntiring?
4.
Routerning asosiy vazifalari nimalardan iborat va u switchdan qanday farq
qiladi?
5.
Uy sharoitida ishlatiladigan Wi-Fi router qanday qismlardan tashkil topgan
va qanday funksiyalarni bajaradi?