AMALIY ISH №1
Mavzu: GIS dasturining funksional imkoniyatlari va strukturasi
Ishdan maqsad: GIS dasturining funksional imkoniyatlari va strukturasi
bo’yicha nazariy va amaliy bilimga ega bo’lish, GIS dasturining funksional
imkoniyatlari va strukturasini o’rganish va amaliyotda tadbiq etish.
NAZARIY QISM
Gеоgrafik axborot tizimlari (GIS) ekologik holatlar monitoringgi, tabiiy
resurslardan foydalanish, shaharsozlik, favqulotda holatlarda operativ qarorlar
qabul qilish, qishloq ho'jalagi va boshqa sohalardagi ilmiy va amaliy muammolarni
hal etish maqsadida yaratiladi.
Turli harakterdagi Gеografik axborort tizimlari quyidagi belgilarga ko'ra
klassifikasiyalanadi:
1.Funksional imkoniyatlariga ko'ra:
- Umumiy harakterdagi to'la funksional GATlar;
- Aniq predmet sohaga tegishli masalalarni echishga yo'naltirilgan maxsus
geografik axborot tizimlari;
- Axborot-ma'lumotlar olishga mo'ljallangan aхborot-ma'lumotlar olish
tizimlari.
2.Fazoviy (hududiy) qamrab olishiga ko'ra:
- Global (planetar harakterdagi);
- Umummilliy;
- Regional harakterdagi;
- Lokal harakterdagi.
3.Muamoli-tematik yo'naltirilganligiga ko'ra:
- Umumgeografik;
- Ekologik va tabiatdan foydalanishga asoslangan;
- Soha bo'yicha (suv resurslar, geologiya, telekommunikaciya va h.k.).
4.Geografik ma'lumotlarni tashkil qilish usuliga ko'ra:
- Vektorli;
- Rastrli;
- Vektor-rastrli geografik axborot tizimlari.
Ko'pgina geoinformasion texnologiyalar quyida keltirilgan funksiyalardan
foydalangan holda ahborotga kompleks ishlov berishni amalga oshiradi.
Bu funksiyalar quyidagilardir:
1. Ma'lumotlarni kiritish va tahrirlash;
2. Fazoviy ma'lumotlar modellarini yaratish;
3. Ahborotlarni saqlash;
4.Koordinata tizimlarini o'zgarishi va kartografik proeksiyalarni
transformasiyalash;
5.Rastrli-vektorli operasiyalarni amalga oshirish;
6.O'lchov operasiyalarni amalga oshirish;
7.Poligonal operasiyalarni amalga oshirish;
8.Fazoviy tahlil operasiyalarni amalga oshirish;
9.Fazoviy modellashtirishning turli ko'rinilaridan foydalanish;
10.Rel'eflarni raqamli modellashtirish va tahlil qilish;
11.Natijalarni turli ko'rinishlarda chiqarish.
AMALIY QISM
GIS dasturining funksional imkoniyatlari, bajaridagan amallari cheksiz.
ArcGisDesktop dasturining:ArcMap, ArcCatalog, ArcToolbox, ArcView,
ArcEditor, ArcInfo kabi baza ilovalarining har biri o’z funksional imkoniyatiga ega.
1-rasm. Ma’lumotlarni kiritish va tahrirlash imkoniyaniyati.
2-rasm.Qatlamlar bilan ishlash imkoniyati.
3-rasm. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyati.
4-rasm.Diagrammalar bilan ishlash imkoniyati.
5-rasm. 3D Analyst imkoniyati
6-rasm. 2D va 3D geogragik xaritasi.
7-rasm. GIS dasturining animatsiya imkoniyati.
9-rasm.GIS dasturining tarmoq imkoniyatlari.
Bajarish uchun topshiriqlar