BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI PIRLS TOPSHIRIQLARI ASOSIDA BADIIY ASARLARNI TAHLIL QILISHGA O’RGATISH Umirova Mohinur Mirzo qizi Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi ANNOTATSIYA:Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini PIRLS topshiriqlari asosida badiiy asarlarni tahlil qilishga o’rgatishning ahamiyati xususida fikr yuritiladi . Kalit so’zlar:Xalqaro baholash dasturlari , ta’lim , innovatsiya , axborot matni, fikrlash , badiiy matn , o’qish savodxonligi , so’rovnoma , topshiriq , kreativ fikrlash . KIRISH Bilamizki , yoshlarni intellektual qobiliyatlarini shakllantirish , ularni ijodiy va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir . Yoshlarni jahon andozalariga mos holda tarbiyalash pedagoglar oldidagi muhim vazifalaridan biridir . Ta’lim tizimini isloh qilish , dars jarayonlariga yangi metodlar va texnologiyalarni targ’ib etilishi natijasida dars sifatini oshirishga erishish mumkin . Bugungi kundagi muammoli masalalardan yana biri o’quvchi yoshlarni XXI asr talablariga javob beradigan aqliy yetuk , dunyoqarashi keng kabi sifatlarni ularda aks ettirishdan iborat . Shunday ekan ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni , yangi didaktik vositalarni qo’llash , yoshlarni yaratuvchanlik qobiliyatlarini oshirish va boshqalar nazarda tutiladi . Vatan kelajagi va istiqboli yo’lida ko’plab buyuk ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz oldida turgan ulkan vazifalardandir . Yoshlarni vatanga muhabbat ruhida , tarixga sadoqat kabi tuyg’ularni singdirish , ajdodlarimizdan bizlargacha meros bo’lib kelayotgan ilmiy –madaniy meroslarni asrab –avaylash kabilar muhim hisoblanadi . Yoshlarni ma’naviy salohiyatini oshirish , ta’lim –tarbiya berishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim jarayon hisoblanadi . ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi , Ta’lim to’g’risidagi qonun , mavzuga oid adabiyotlardan va yana bir qancha o’quv qo’llanmalardan foydalanildi . MUHOKAMA Xalqaro baholash dasturlaridan biri hisoblangan PIRLS baholash dasturi doirasida boshlang’ich sinf o’quvchilarining salohiyati va egallagan bilim , ko’nikmalari baholanadi . PIRLS ( inglizcha : Progress in International Reading Literacy Study ) – ushbu xalqaro baholash dasturi turli mamlakatlarda boshlang’ich sinf o’quvchi yoshlarning matnni o’qish va tushunish darajalarini baholovchi xalqaro baholash tizimidir . Ushbu xalqaro baholash dasturi ilk bor 2001-yilda o’tkazilgan . Shundan buyon har besh yilda 1 marotaba mamlakatlar o’rtasida o’tkaziladi . PIRLS xalqaro baholash dasturini o’tkazilishidan asosiy maqsad quyidagilardan iborat . Ta’lim tizimidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini izlash . O’quvchilarni ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish . Mamalakatlar ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklarni qiyosiy tahlil etish . 702 | VOLUME 5, ISSUE 2, 2024 PIRLS topshiriqlari o’quvchilarni badiiy va axborot matnlarini o’qib , uni qay darajada tahlil qila olishlarini aniqlab beradi . O’qish savodxonligi - yozma tarzda bayon etilgan namunalarni idrok etish va tahlil qilish qobiliyati tushuniladi . PIRLS topshiriqlari boshlang’ich sinf 4-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan xalqaro baholash dasturi demakdir . Ushbu tadqiqotda asosan o’quvchilarning maktabdan va darsdan tashqari vaqtidagi ikki turdagi o’qish savodxonligi bo’yicha o’quvchilar bilimi baholanadi . 1. O’quvchilarni badiiy o’qish savodxonligini aniqlash va shakllantirish. 2. Turli yangi informatsiyalar bilan boyitilgan axborotni o’zlashtirishi va ulardan foydalanish ko’nikmasini rivojlantirish . Badiiy o’qish savodxonligini aniqlashda , o’quvchilarga badiiy obrazli ifodalar bilan berilgan matn taqdim etiladi . O’quvchilar matnni o’qib , matnga tegishli bo’lgan bir nechta savollarga javob berishadi . Axborot matnida esa yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan matn o’quvchilarga taqdim etiladi . Matnda turli yangi informatsiyalar ham keltiriladi . O’quvchilar ushbu matn bilan yaqindan tanishadilar va keltirilgan savollarga matn bo’yicha javob izlaydilar . PIRLS topshiriqlari boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qish savodxonligini oshirish bilan bir qatorda , ularning kreativ fikrlash qobiliyatini , ijodiy tafakkurini o’stirishga ham bevosita yordam beradi . Matnni o’qib , uni eslab qolish ko’nikmasini shakllantiradi . O’quvchilarning dunyoqarashini va fikrlash doirasini kengaytirishda muhim omil vazifasini o’taydi . PIRLS xalqaro baholash dasturida foydalaniladigan matnlar uchun quyidagi me’zonlar belgilangan . Uzunligi Mavzu Til Mazmun Bog’liqlik va ketma-ketlik PIRLS topshiriqlarida berilgan matndagi so’zlar soni 1000 ta so’zgacha , PIRLS – literacy o’qish savodxonligi past bo’lgan mamlakatlar uchun esa 400-500 ta so’zni tashkil etadi . PIRLS topshiriqlari 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi . Shu boisdan ham tarjima to’g’ri va ravon bo’lmog’i shart . Matn mazmuni o’rtacha 9-10 yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo’lishi kerak . Shu bilan bir qatorda , matnda aks etgan voqea –hodisalar ketma-ketligi syujetlarning mantiqiy tuzilishi va boshqalarga ahamiyat berilishi lozim . Ahamiyatlisi shundaki , topshiriq sifatida berilgan matnlar boshlang’ich sinf o’qish savodxonligi kitoblarida berilgan mavzularga qisman yaqinroq va mazmunan uyg’un bo’lishi lozim . Shuni aytish joizki , 2016-yilda o’tkazilgan PIRLS xalqaro baholash dasturida , mamlakatlar reytingini tahlil qiladigan bo’lsak , eng yuqori o’rinlarda Rossiya Federatsiyasi , eng quyi o’rinlarda esa , Qozog’iston Respublikasi natijalari qayd etilgan . PIRLS xalqaro baholash dasturida nafaqat o’quvchilar ishtiroki , balki o’qituvchilar va ota-onalardan ham so’rovnomalar olinadi . Natijalar qayd etilganda , esa shu olingan so’rovnomalarning ham ahamiyati katta hisoblanadi . PIRLS xalqaro baholash dasturida o’quvchilar yaxshi natijalar qayd etishi uchun eng birinchi navbatda , o’quvchi yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyati shakllangan bo’lishi kerak . Chunki ko’p kitob mutolaa qilgan o’quvchining ma’lumotlarni tahlil qila olish qobiliyati shakllangan bo’ladi . Shu boisdan ham kitob mutolaasi inson tafakkurini kengaytirib , kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllanishiga turtki bo’ladi . Ko’p kitob mutolaasi so’z boyligini oshiradi . XULOSA:Umumiy qilib aytganda , PIRLS xalqaro baholash dasturlari doirasida o’quvchilarda badiiy matnlarni tahlil qilishga o’rgatishni amalga oshirish mumkin . Matnni o’qish jarayonida 703 | VOLUME 5, ISSUE 2, 2024 nafaqat o’qish savodxonligi va shu bilan bir qatorda ongli o’qish savodxonligi ham o’quvchilarda shakllanadi . O’quvchilarni PIRLS xalqaro baholash dasturi doirasida shakllantirilgan topshiriqlar asosida kitobxonlikka o’rgatish , kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ham erishish mumkin . Shu bilan bir qatorda , o’quvchilarni erkin va kreativ fikrlash qobiliyatlarini yuksak darajada rivojlantirish va sayqallashga erishish mumkin . Erkin va mustaqil fikrlaydigan yoshlar vatanimiz ertasi , yurtimiz ravnaqi yo’lida o’zlarining bilim va tafakkurlari bilan hissa qo’shmog’i darkor . Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda tizimli ishlarni amalga oshirmoq zarur hisoblanadi . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Amonova Aziza “ Ta’lim sifatini baholashda xalqaro baholash dasturlari’’ o’quv qo’llanma . 2. Dilfuza Ahmad , Ikramova Feruza , Haydarova Dilbar “ PIRLS sari ’’. 3. I . S . Xotamov , M .K . Olimov , G. R .Madrahimova , I. S . Foziljonov “ Kreativ fikrlash ’’ . 4. I. Karimov “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ’’ asari 5. Olloqova O’g’iljon “ Ona tili va o’qish savodxonligi darsliklardagi morfologik mashqlar ’’ monografiya 6. Ziyonet tarmoqlari . 704 | VOLUME 5, ISSUE 2, 2024
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )