5 – Laboratoriya mashg’uloti
MATLAB DASTURIY MUHITIDA DASTURLASH
Ishning maqsadi: munosabat operatsiyalari, mantiqiy operatsiyalar va shartli
operatorlar bilan tanishish, shohlangan hisoblashlarda ularni qo'llash bo'yicha
ko'nikmalar hosil qilish.
5.1 Qisqacha nazariy ma'lumotlar
MATLAB 2009 DA FAYL TIZIMI
MATLAB – kengayuvchan tizimdir. Tizimning bazaviy funksiyalari natijaga
erishishni tezlashtiradi va dasturning tashqi yadrosi hisoblanadi. Barcha funksiyalar
m-fayl ko‘rinishida joylashtirilgandir. m-fayl mantli fayl bo‘lib, u tashqi dasturcha
hisoblanadi va buyruq orqali chaqirib olinadi.
MATLAB interaktiv yordam tizimiga ega. Interaktiv ma'lumotnomani
buyruqlar rejimida bir qator buyruqlar yordamida chaqirish mumkin. Bunday
buyruqlardan biri quyidagicha: » help
Ushbu buyruq operatorlar, funksiyalar va MATLAB tizimidagi boshqa
ob'ektlarning tavsifiga ega bulgan m-fayllarni o‘z ichiga oluvchi papkalarning to‘liq
ruyhatini chiqaradi.
Bu ishni menyular qatoridan File -> Set Path… buyrug‘i orqali ham amalga
oshirish mumkin. Muloqot oynadan ma'lum papkalarni o‘chirish, o‘zgartirish
mumkin. Lekin bu ish tavsiya qilinmaydi.
Aniq ob'ekt buyicha ma'lumotnoma olish uchun quyidagi buyruqlardan
foydalaniladi: “»help nom” yoki “»doc nom”, bu yerda “nom” — ma'lumotnomasi
zarur bo‘lgan ob'ektning nomi.
Yordam oynasida to‘liqroq ma'lumot olish uchun doc nom buyruqsidan
foydalaniladi.
MATLAB tizimining foydalanuvchilarini ko‘pchilik hollarda ob'ektlarning
ma'lum guruhiga taalluqli funksiyalar, buyruqlar va boshqa tushunchalar qiziqtiradi.
Ob'ektlar guruhi uchun ma'lumot olish uchun guruh nomi beriladi. Masalan: » help
timefun. Ma'lum ob'ektlar guruxining tarkibi aniqlangandan keyin tanlangan ob'ekt
bo’yicha batafsilroq ma'lumot olish mumkin.
MATLAB m-funksiyalar ko‘p bo‘lganligi sababli ularni kalit so‘zlar
yordamida izlash qulayrok. Buning uchun quyidagi buyruqlardan foydalanish
mumkin:
1-shakl: lookfor Kalit so’z
2-shakl: lookfor 'Kalit so’z'
Birinchi holda sarlavhalarida berilgan kalit so‘z uchraydigan hamma mfayllar izlanadi va topilganlarining sarlavhalari ekranga chiqariladi. Bunda izlash
jarayoni uzoq davom etishi va katta miqdordagi ma'lumot ekranga chiqishi mumkin.
Izlash zonasini kamaytirish uchun ikkinchi shakldagi lookfor buyrug‘idan
foydalaniladi.
Mavjud fayllarni ko‘rish uchun open buyrug‘idan foydalaniladi. Masalan:
open sin.m.
DASTURNING MENYULAR QATORI
Dasturning menyular qatorida buyruqlar joydashgan bo‘lib, ular quyidagi
amallarni bajaradi.
File – menyusi fayllar bilan bog‘liq amallarni bajaradi.
Edit – dastur oynasini tozalash, amallar ketma-ketligini aniqlash va
tanlash imkoniyatini beradi.
Debug – m-faylda mavjud buyruq va funksiyalarni ishlashini
tekshiradi.
Desktop – oynani sozlash amallari jamlangan.
Window – dasturning mavjud oynalarin o‘rnatish va olib tashlash
imkoniyatini beradi.
Help – dastur bo‘yicha yordam qism.
Dasturning menyular qatori vazifalarini bajaruvchi teng kuchli qism
dasturning uskunalar panelidir. Bu qism dasturda ishlashni ancha qulaylashtiradi.
OPERATORLAR
Operator — bu ma'lumotlar (operandlar) ustida bajariladigan ma'lum
amallarni ifodalovchi maxsus belgilash. Masalan, eng sodda arifmetik operatorlarga
qo‘shish, ayirish ko‘paytirish va bo‘lish belgilari kiradi. Operatorlar operandlar
bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, 2+3 ifodada + belgisi operator, 2 va 3 sonlari
esa — operandlardir.
Shuni ta'kidlash o‘rinliki, ko‘plab operatorlar matritsaviy amallarga taalluqli
bo‘lganligi sababli jiddiy tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Masalan,
ko‘paytirish operatori * va bo‘lish operatori / ikkita ko‘p o‘lchamli massivlar,
vektorlar yoki matri- salarning ko‘paytmasi va bo‘linmasini hisoblaydi.
Qator maxsus operatorlar ham mavjud, masalan, \ operatori o‘ngdan chapga
bo‘lishni, .* va ./ operatorlar esa massivlarni elementlararo ko‘paytirish va
elementlararo bo‘lishni ifodalaydi.
Operatorlarning to‘liq ro’yhatini buyruqlar satrida help ops buyrug‘idan
foydalanib olish mumkin. Bunday ruyhatning arifmetik operatorlarni o‘z ichiga
oluvchi bir qismi quyida keltirilgan: » help ops
FUNKSIYALAR
Funksiyalar —bu o‘z argumentlarini ma'lum tarzda o‘zgartirishni amalga
oshiruvchi va bu o‘zgartirishlar natijasini qaytaruvchi yagona nomga ega bo‘lgan
ob'ektlardir.
Natijani qaytarish — funksiyaning o‘ziga xos xususiyatidir. Bunda bitta
chiqish parametriga ega bo‘lgan hisoblash natijasi funksiya chaqirilgan joyga
quyiladi.
Funksiya umumiy xolda qavs ichiga olingan argumentlar ro’yxatiga
(parametrlarga ) ega bo‘ladi.
Elementar funksiyalarning ro’yhati bilan help elfun buyrug‘ini bajarib,
maxsus funksiyalarning ruyhati bilan esa help specfun buyrug‘ini bajarib tanishish
mumkin.
Funksiyalar biriktirilgan (ichki) va tashqi yoki m-funksiyalar ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin.
Biriktirilgan funksiyalarga keng tarqalgan elementar funksiyalar, masalan,
sin(x) va yexr(u) misol bo‘lishi mumkin, funksiya sinh(x) funksiya esa tashqi
funksiyadir.
Tashqi funksiyalar m-faylarda o‘zining aniqlanishi (tavsifi)ga ega.
Biriktirilgan funksiyalar MATLAB kompilyasiya qilingan yadrosida joylashganligi
sababli juda tez bajariladi.