Mavzu: Elektron taʼlim resurslarini yaratishning nazariy asoslari. Reja: 1.Elektron ta’lim resurslarini ta’lim tizimidagi o‘rni. 2. Elektron ta’lim resurslarini yaratishning konseptual va texnologik asoslari. 3. o‘quv materiallarini - saralash va elektron ta’lim resurslarini yaratish strukturasini tuzish. Axborot jamiyatiga o‘tish zaruriyati jahon iqtisodiyotida yangi texnologik tartib shakllanishi va ustuvorligi, axborot resurslarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy resurslariga o‘tishi, jamiyatni axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirish, ijtimoiy ishlab chiqish tizimida axborot kommunikatsion infrastruktura ahamiyatini oshishi, xalqaro axborot almashinuvlar asosida maorif, ilmiy-texnik va madaniy sohalaming takomillashuvi, “global axborot afzalliklarini” teng huquq asosida ishlatish bilan shartlanadi. Oxirgi yillarda elektron ta’limning an’anaviy ta’limga qaraganda afzallik jihatlari ko‘proq aniqlanmoqda. Ko‘pgina tadqiqotlar onlayn ta’lim talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan, ya’ni talabalaning mustaqil ta’lim olishiga, individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoniga moslashtirish qobiliyatini shakllantirishga asos bo‘ladi. Elektron ta’limda rivojlanishini talabalaming raqamli dunyoda o‘zini erkin tutishi, ya’ni kerakli ma’lumotlami yuklab olishi, tahlil qilishi, onlayn kontentlardan erkin foydalana olish qobiliyatida ko‘rishimiz mumkin. Vaqt o‘tgan sayin ushbu tendensiyaga texnologiyalami qo‘llash asosida an’anaviy ta’limning xoxlagan turi, metodi, ta’lim berish usulini kiritishimiz mumkin. 2016 yil Campus Technology o‘qituvchilar o‘rtasida — Texnologiyalami qo‘llab dars o‘tishlar mavzusida so‘rovnoma o‘tkazilib, bunda 71% o‘qituvchilar an'anaviy ta’lim bilan birga onlayn manbalardcn foydalanishini aytganlar. Elektron ta’lim afzalliklarini an’anaviy ta’lim ijtimoiy texnologiyalari va media resurslarini birgalikda qo‘llanilishida ko‘rishimiz mumkin. Maqsad esa talabalarning demografik guruh va ijtimoiylashuvidan kelib chiqqan holda ulaming ehtiyojlanni hisobga olib ta’lim modelini ishlab chiqish Ushbu tendensiyani yanada rivojlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarida talabalar ta’limi uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Ko‘pgina o‘qituvchihir o‘quv jarayonini internet bilan bog’lasalarda, kuzatuvchilaming fikricha aralash ta’limda internetning ham roli bor, bunda talaba individual yondashuvga ega bo‘ladi. Londondagi Imper tibbiyot kolleji talabalari an’anaviy va onlayn ta’limni birgalikdagi qo‘llanilishiga asoslangan ikkita tajribada ishtirok etdilar. Talabalar video ma’ruzani ko‘rib, vazifalami bajarish imkoniyatini mavjudligini yuqori baholadilar Talabalar ushbu model tushunarli animatsiyalar bilan yaxshi tizimlashtirilgani va o‘z-o‘zini baholashda interaraktiv savollarga egaligini aytib o‘tishdi. Hozirgi globallashuv davrida internet tarrr.og’i orqali real vaqt tizimida o‘qitish tezlik bilan rivojlanib borayotgan ta’lim olish turlaridan biri hisoblanmoqda. Elektron ta’lim tizimi ixtiyoriy masofadan hech bir to‘siqlarsiz ta’lim berish va ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Mutaxassislaming ta’kidlashicha, an'anaviy ta’lim tizimiga nisbatan real vaqt tizimidagi masofaviy ta’lim tizimida o‘qilish samaradorligi yuqoriroqdir. Real vaqt tizimidagi masofaviy o‘qitish tizimida video ma’ruzalardan foydalanish eng samarali o‘qitish usulidir. Ta’limda fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil masofaviy ta’lim tizimi bilim olishni individuallashtirish, texnologiyasini ishlab chiqish va o‘zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida elektron ta’lim resurslardan foydalangan holda talabalar o‘qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. o‘quv jarayonini elektron ta’lim resurslari asosida tashkil etish, shu jumladan, o‘quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishdagi eng samarali yo‘ldir. Ta’lim tizimiga elektron axborot ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini tanqidiy baholash va takomillashtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat. • elektron ta’lim resurslarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy texnika bazasini yaratish; • o‘quv jarayoni uchun elektron ta’lim resurslarini yaratishga mo‘ljallangan ta’lim texnologiyalarini yaratish va qollash; • talabalami zamonaviy elektron ta'lim resurslari sohasida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish; • elektron ta’lim resurslarini joriy etish orqali talim tarbiya va o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish1. Elektron ta’lim resurslari talimga oid axborotlami yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidan iborat bo‘lib, u ta’limga oid turli axborotlaning yaratilishini belgilovchi ichki va tashqi omillarga bog’liq: - ichki omillar — bu .ixborotlaming yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash vah.k. - tashqi omillar — bu elektron ta’lim resurslarining texnika uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalami amalga oshirishni bildiradi. Elektron ta’lim resruslardan foydalanish esa, ular bilan muloqotda foydalanuvihilaming ko‘nikma va malakalariga bog’liq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommunikasiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olish muhim sanaladi. Zamonaviy telekommunikasiya vositalari imkoniyatlan juda keng tizim bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet kabi tushunchalardan tashqari, qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimhirini boshqarish, axborotlami uzatish tizimlari, malumotlar ombori, malumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar misol bo‘lishi mumkin. o‘quv jarayonini elektron ta’lim resurslar asosida tashkil etish, shu jumladan, o‘quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish kerak boladi. Elektron ta’lim resurslarini ta’lim jarayonida qollash asosan ikki xil ko‘rimshda amalga oshiriladi. Birinchi sharti, bu texnik jihozlar ; ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qo‘rilmalari. yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, video konferensiya jihozlari va hakazo. Dasturiy ta’minotga qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo’ljallangan dasturlar to‘plami kiradi. So‘nggi yillarda g’arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo’llanilib kelinayotgan internet tarmog’i orqali elektron shakldagi ta’lim turini E- leaming (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi Elektron ta'lim - axborot- kommunikasiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta'lim tashkillashtirishning ko‘pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: -Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools); -Virtual ta'lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems); - Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management Systems) Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini nvojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. Soxalarda katta xajmdagi axborotlami to'planishi, yaxlit axborot makonini vujudga kelishi, ulami saqlash, qayta ishlash, uzatish jarayonlanda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalardan foydalanishni yo’lga qo‘yishni bilish lozim. Shu borada ta’lim tizimida xam o'quv jarayonini olib borish uchun mo'ljallangan turli kompyuter dasturlari ishlatilib kelinmoqda va ularning soni kun sayin ortmoqda. Elektron ta’lim resurslar - davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan, bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalami shakllantirishni, o'quv jarayonini elektron vositalar yordamida kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o'rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan elektron ta’lim - uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, multimediali elektron ta’lim resurslari, bahola'ih metodlari va mezonlarim o'z ichiga oladi. Elektron ta’lim resurslar deyarli barcha axborotli materiallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda davr talabidagi kerakli interfaollik, ko’rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va ularni ko'paytirishda kam harajat sarflash, ko'p variantlilik, ko’p bosqichlilik bo'lish bilan birga bilim va ko'nikmalami tekshirish uchun topshiriqlar, vaziyatli masalalar, keyslar va testlar to'plamining ko'p bo'lishi hamda vaqti-vaqt bilan yangilanib turishini ta’minlaydi. Zamonaviy elektron ta’lim resurslarining afzalligi, avvalo, o'quv jarayonida talabalarda mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat. Ta’lim jarayoniga elektron ta’lim resurslarni joriy etish talabalarga fan bo'yicha axborotning to'liq manzarasini namoyish etish bilan birga, o'quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, o‘qitishni individuallashtirish, nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish imkonini beradi, ya’ni o'quv jarayoni samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, zamonaviy elektron ta’lim resurslaming afzalligi talabaga taqdim etilayotgan o'quv axborotlarini erkin qabul qilish, ulami individuallik xususiyatiga ko'ra, o'zlashtirishida pedagogning o'qitish funksiyasi talabaning o'ziga o'tadi. Bundapedagog talabani faqat qo'llab-quwatlaydi, o'quv axborotlari oqimidan samarali foydalanish hamda yuzaga keladigan muammolami hal etishda kerakli ko'rsatmalar orqali muammoni hal etishda yordam beradi. Ma’lumki, nafaqat «Elektron ta’lim», «Ochiq ta’lim», «Masofaviy ta’lim»da, balki an’anaviy ta’limni zamon talablari asosida tashkil etishda ham elektron ta’lim resurslari muhim rol o'ynaydi. «Resurs» iborasi hozirgi vaqtda juda keng ma’noda ishlatiladi. «Ta’lim resursi» deganda esa o'quv jarayoni davomida bilim olishda foydalaniladigan turli xil ko'nnish va shakllardagi o'quv materiallari manbasi tushuniladi. Boshqacha aytganda, ta’lim resursi o'quv jarayonida foydalaniladigan axborotlar manbasi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taiim resurslarini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 1. Matn, rasm, sxema va jadvallami o'z ichiga olgan an’anaviy nashr materiallari (darslik, o'quv qoilanma, ma’ruzalar matni va kursi, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bo'yicha qo’llanmalar, masalalar to'plami, lug’atlar, kataloglar, malumotnomalar, tarqatma materiallar, o'quv-ko'rgazmali materiallar, turli xil uslubiy qoilanma va ko'rsatmalar, savol va topshiriqlar va boshqa). 2. An’anaviy audio va video-materiallar: musiqiy va nutqiy materiallar (ma’ruzalar yozilgan disklar, audiokitoblar, o'quv videofilmlari va boshqa), namoyish roliklari, taqdimot lavhalari, kinematografik mahsulotlar. 3. Zamonaviy (raqamli) elektron resurslar: turli xil axborot lashuvchi vositalar (disk, fleshka va b.)ga yozilgan fayllar, zamonaviy elektron vositalari yoki kompyuterlar yordamida eshitish va ko'rish imkoniyati yaratilgan raqamli elektron materiallar. 4. O‘qish, mustaqil ta’lim olish va olingan bilimlami tekshirish uchun maxsus dasturlar: o'quv mazmuni yoritilgan va o'quvchi bilan ci'zaro muloqotga yo'naltinlgan hamda ma’lum pedagogik vazifalami yechish uchun mo'ljallangan dasturlar, d isturlar majmui yoki tizimlari Elektron ta’lim resun;larini saqlash va ma’lumotlami taqdim etish shakliga ko'ra quyidagi cha tasniflash rr umkin: • alohida fayllar - an’anaviy resurslaming faylli ekvivalentlari (jadvallar va grafik illyustratsiyalardan iborat matnli hujjatlai, illyustratsiyalaming grafik fayllari, audio-video formatli fayllar va boshqa); • gipermatnli materallar - matn, grafiklar; • multimedia elementlari kabi elektron о quv adabiyotlarinj ng elementlaridan tashkil topgan elektron o'quv adabiyotlari va muayyan an’aniviy resurslaming elektron ekvivalenti. Elektron ta’lim resurslarini shartli ravishdii quyidagi turlarga bo'lish mumkin: • elektron o'quv-tarbiyaviy resurslar; • o'quv materiallarini uzatish elektron resurslari; • o'qishni tashkil etish elektron resurslari; • ta’lim-tarbiyani boshqarishni tashkil etish elektron resurslari. Elektron o‘quv-tarbiyaviy resurslar o‘z navbatida quyidagilardan tashkil topadi: • elektron o‘quv adabiyotlari (elektron darslik va o'quv qoilanmalar, nashrlar, ma’lumotlar banki, elektron ma’ruza matnlar, o‘quv-uslubiy majmualar) mashg’ulotlar, mashqlar va boshqalar; • uslubiy materiallar: dars rejasi, uslubiy tavsiyalar, tadbirlar ssenariysi (intellektual o'yinlar, teleko'rsatuvlar, adabiy kechalar va boshqalar), didaktik materiallar, ko'rgazmali namoyish materiallari (dars bo'yicha taqdimotlar, diagrammalar, jadvallar, rasmlar, videorasm materiallari); • lug’atlar: onlayn-ensiklopediya, lug’at, to'liq matnli kutubxona, ma’ lumotnomalar, • mediaresurslar: virtual laboratoriyalar, virtual sayohatlar, virtual muzeylar, ko'rgazmali qo'llanmalaming raqamli kutubxonasi va boshqalar. O'quv materiallarini uzatish elektron resurslari: elektron pochta, chat, chat- forum, ovozli chat, audio-video chat (videochat), ISQ, IP-telefoniya (intemet- telefoniya), forum, bloglar, videoblog, jonli jumallar, vikipediya, multimedia, interaktiv mediatexnologiya, onlayn videokonferensiya va boshqa.O'qishni tashkil etish elektron resurslari: masofaviy o'qitish, elektron ta’lim, ochiq ta’lim. Ta’lim-tarbiyani boshqarishni tashkil etish elektron resurslari: internet, intranet (Intranet) korporativ tarmogi va turli xil dasturlar. Elektron o'quv resursining namunaviy tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Fanning dasturiy-me’y o riy ta’minoti: ta’lim standarti, o‘quv rejalar, o‘quv jarayon grafigi, o‘quv dasturlari, kalendar rejalar, dars jadvali, yo’riqnoma. 2. Fanni o'qitishnirg innovatsion texnologiyalari: fanni o'qitishda foydalaniladigan internet texnologiyalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv uslublar va boshqa. 3. O'quv materiallari: elektron darslik va o'quv qollanmalar, elektron o'quv kursi, ma’ruzalar matni (mo’ljallangan kursi), virtual laboratoriyalar, glossariy. 4. O'quv-uslubiy materiallar: uslubiy qo'llanma va ko'rsatmalar, didaktik materiallar, diagrammalar, jadvallar, rasmlar, videorasm materiallari. 5. Malumotnoma materiallari: ensiklopediya, lug’at, maiumotnoma, maiumotlar bazasi, geoaxborot/kartografik tizim. 6. Illyustrativ va namoyish materiallari: atlas, kolleksiya, xarita, ko'rgazmali qo'llanmalar, slaydlar. 7. Qo'shimcha axborot materiallari: xrestomatiya, nashr materiallari (kitoblar), ilmiy-ommabop xarakterdagi internet nashrlari, reklama-axborot xarakterdagi materiallar, bibliografiya, turli xil krossvordlar va fanga oid intellektual o'yinlar. 8. Ilmiy materiallar: dissertatsiya avtoreferatlari, dissertatsiya, maqolalar, monografiyalar, tahliliy materiallar. 9. Elektron davriy nashrlar: to'liq matnli nashrlar, taiim saytlari, dasturiy mahsulotlar, taiim muassasal.iri uchun dasturiy majmua. 10. Fanni o'zlashtirish bo'yicha o'z-o'zini baholash tizimi: nazorat savollari, test savollari va boshqa turdagi elektron das tuny nazoratlar Elektron o'quv resurslarini yaratishga quyidagi umumiy, didaktik, uslubiy, psixologik-pedagogik, texnik-texnologik, estetik, ergonomik va sanitar-gigienik talablar qo'yiladi. 1. Umumiy talablar: elektron darslikning tuzilmasi va mazmuni o'quv dasturiga mos kelishi, o'qitishda ilmiylik, muammoviylik, ko‘rgazmalilik, onglilik, taiim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta’minlashi, fan, texnika va texnologiyalaming so'nggi yutuqlarini hisobga olishi, foydalamshda o‘qitishning tizimliligi va ketma-ketligi, taiim oluvchilarning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantmshi, o'qitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalarini bajarishi, o'quv faoliyatining izlash, yig'ish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi ko'rinishlarini hamda hisoblashlami, loyihalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berish, nazorat topshiriqlar, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko'zda tutishi, murakkab ob’ektlar (mashina, uskuna, apparat, moslama va h.k.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi jarayonlami real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida o'tish vositalarining tarkibida saqlashi kerak, ulaming trening vositalari taiim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bogiiq holda virtual muhitda tayyorlashni amalga oshirish. 2. Didaktik talablar: moslashuvchanlik, interfaollik, kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlari, talim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirishi, fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahoratini oshirishi, axborotga ishlov berish bo'yicha ko'nikmalami shakllantirishi, o'quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bogiiqligini, taiim berishning to'liqligi va uzluksizligini ta’minlashi hamda muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual o'rgatuvchi tizimiga ega bo'lishi. 3. Uslubiy talablar: o'quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o'zaro bogliqligiga tayangan holda yaratilishi, o'quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko'rinishida ta’minlashi, fanlararo mantiqiy o'zaro bogiiqlik hisobga olinishi, taiim oluvchiga o'quv materialini bosqichma-bosqich o'zlashtirish uchun turli xildagi nazoratlami amalga oshirish imkoniyati yaratilishi, barcha amalga oshiriladigan hisoblashlar vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega bo'lishi, o'zgaruvchan ob’ektlar yoki jarayonlaming bogiiqligi namoyish qilinishi. 4. Psixologik talablar: o‘quv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jaiayonning sensorlil: va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi, qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotirada saqlash kabi psixologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga olishi, o'quv materials mazmunida ta’lim oluvchilaming yoshi, tayanch bilimlari inobatga olinishi, obrazli va m.intiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, o'qitishning ko'rgazmaliligini ta’minlashi, talabalar tomonidan o'rganihtyotgan ob’ektlar, ulaming maketlar i yoki modellarini sezgili, anglangan holda qabul qilishi va shaxsan kuzatishi, hayotiy tajribasini hisobga olish zaruriyatini ko‘2da tutishi. 5. Texnik, texnologik talablar: lokal va boshqa tashqi axborot tashuvchilarda va tarmoqli tartibotda harakatlanishi, multimedia va telekommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini maksimal qo'llash imkonini berishi, ishiashda puxtalik va turg'unlilik ta’minlanishi, geterogenligi (elektron darslik spesifikatsiyasida ko‘zda tulilgan turli xildagi kompyuterli va boshqa shunga o'xshash vositalarda turg'un ishlashi), resurslardan samarali va to'g’ri foydalanish imkoniyati yaratilishi va testlashtirilgan boiishi. Yuqoridagilardan tashqari elektron o‘quv resurslarini ng turli xildagi ko'rinishlariga nisbatan quyidagi maxsus texnologik talablar ham qo’llanishi mumkin: • turli xildagi elektron tashuvchilardan foydalanishni qoilasJi imkoniyati; • elektron va qog‘ozli t ishuvchilarni kombinatsiyalashtirish imkoniyati; • lokal va tarmoqli tartibotda ishlash imkoniyati; • tarmoqda lokallashtirigan va tarqatilgan komponentlar mu (don, • o‘qitishni boshqarish jarayoni va umumiy axborot; • baiialarining vositalari miqdori; • jamoaviy ishlarni tashkil qilish vositalari miqdori (o‘qituvchi yoki boshqa talim oluvchilar bilan teskari aloqa). Sanitar-gigienik talablar: shrift turi va oichovi, fon belgisi va rangi, shrift va fon orasidagi farq, satrlar orasidagi masofa, ekranga bezak berish talablari. Elektron o'quv resurslarini yaratishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish talab etiladi: modullilik, to'liqlik, boshqaruvchanlik, quwatlash ko'rgazmalilik, ko'nikuvchanlik, va tarmoqlanish, kompyuterli yig'iluvchanlik qo'llab- tamoyillari. Elektron o'quv resurslanni yaratish quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: • fanga oid manbalami tanlab olish; • mundarija va tushunchalar ro'yxatini ishlab chiqish; • bo'limlardagi (modullardagi) matnlami qayta ishlash va yordam berish bo'limini tuzish; • gipermatnni elektron shaklda amalga oshirish; • kompyuterli qo'llab-quwatlashni ta’minlash; • materiallami multimediali ob’ektlarga keltirish uchun tanlab olish; • tovush jo'rligini tatbiq etish; • materialni vizuallashtirish; • foydalanishga tayyorlash; • foydalanish uslubiyotini ishlab chiqish. Yuqoridagi talablar asosida tayyorlangan elektron-o'quv resurslarini foydalanishga tayyorlash uning tarkibiy qismlariga ba’zi bir o'zgartirishlar kiritishni ko'zda tutishi mumkin. Yuqoridagi talablar darajasida tayyorlangan elektron-o'quv resursiga undan foydalanish bo'yicha uslubiy qoilanma ilova qilinishi zarur. To'liq tayyorlangan elektron o'quv resurslari sinovdan va tegishli vakolatli Kengashlardan rasmiy ro'yxatdan o'tkazilib, foydalanishga ruxsat olinishi maqsadga muvofiqdir. Nazorat savollari? 1. Elektron ta lim resurslari tushunchasiga ta’rif bering 2. Elektron ta lim resurslami ta’lim tizimidagi o‘mini izohlab bering 3. Elektron ta’lim resurslarini yaratishning konseptual va texnologik asoslari nimadan iborat? 4. Elektron ta lim resun;lar tarkibiganimalar kiradi? 5. Elektron ta lim resur;larini yaratish strukturasini tushuntirib bering 6. Elektron ta’lim resurslarini yaratish tartibini keltirib o‘ting 7. Elektron ta lim resursini yaratishda qaysi talablarga rioya qilish kerak? 8. Elektron ta lim resurslarining maxsus texnologik talablari’’ 9. Elektron ta’lim resurslarining 10. Masofaviy о qitish tushunchasiga izoh bering 11 An anaviy va masofaviy o'qitishni farqini tushuntirib bering? 12. Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools) o'z ichiga qanday kontentlami qamrab oladi?
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )