Topshiriqlar
Kirish. Python dasturlash tili alfaviti. Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
1. Python dasturlash tili alfaviti.
2. Python dasturlash tilida o’zgaruvchilar bilan ishlash
3. Tarmoqlanuvchi algoritm nima va u qanday ishlaydi?
4. Pythonda shart operatoridan foydalanib, sonning musbat, manfiy
yoki nolga teng ekanligini aniqlaydigan dastur yozing.
5. Foydalanuvchidan yoshini so‘rab, agar yoshi 18 dan katta bo‘lsa,
“Katta yoshdagilar uchun filmga ruxsat beriladi”, kichik bo‘lsa,
“Ruxsat berilmaydi” deb chiqadigan dastur yozing.
6. Foydalanuvchi kiritgan sonning juft yoki toq ekanligini aniqlaydigan
dastur yozing.
Takrorlanuvchi algoritmlar.
1. Takrorlanuvchi algoritm (tsikl) nima va uning asosiy maqsadi nimada?
2. Break va continue operatorlari nima vazifani bajaradi va ular qaysi
holatlarda ishlatiladi?
3. Range() funksiyasi for tsiklida qanday qo‘llaniladi va u qanday
qiymatlarni oladi?
4. For tsikldan foydalanib, 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni kvadratlarini
chiqaradigan dastur yozing.
5. 1 dan 100 gacha bo‘lgan toq sonlarni while tsikldan foydalanib
chiqaradigan dastur yozing.
6. For tsikldan foydalanib, 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning yig‘indisini
hisoblaydigan dastur yozing.
Python dasturlash tilida funksiyalarni yaratish.
1. Funktsiyani qanday yaratish mumkin? Python’da funksiya yaratish
sintaksisini tushuntiring.
2. Argumentlar va parametrlar orasidagi farq nimada? Misollar bilan
izohlab bering.
3. Qaytish qiymati (return) nimani anglatadi? Qanday hollarda return
operatoridan foydalanish kerakligini tushuntiring.
4. Foydalanuvchi ismi va yoshini so'rab, uning tug'ilgan yilini hisoblaydigan
funksiya yozing.
5. Foydalanuvchidan son olib, uning kvadrati va kubini konsolga chiqaruvchi
funksiya yozing.
6. Foydalanuvchidan x va y sonlarini olib, xy ni konsolga chiqaruvchi
funksiya yozing.
Massivlar. NumPy kutubxonasi.
1. Python dasturlash tilida ro‘yhatlar.
2. Sonlar deb nomlangan ro'yxat yarating va ichiga turli sonlarni yuklang
(musbat, manfiy, butun, o'nlik).
3. Sonlar deb yaratgan ro’yhatingizni for operatidan foydalanib barcha
elementlarini konsolga chiqaring.
4. Python dasturlash tilida kutubxonalar.
5. Numpy kutubxonasini o’rnatish qanday amalga oshiriladi.
6. NumPy massivlarini qanday yaratish mumkin?
Python dasturlash tilida fayllar. Matn kattaliklar bilan ishlash.
1. Fayllar bilan ishlashning asosiy qadamlari nimalardan iborat? Fayl
yaratish, ochish, o‘qish, yozish va yopish kabi qadamlardan
foydalanishning asoslarini tushuntiring.
2. Fayl rejimlari (file modes) nima? Python’da fayllarni ochish uchun
mavjud bo‘lgan rejimlar ("r", "w", "a", "r+") va ularning vazifalari
nimadan iborat?
3. open() funksiyasi nima va qanday ishlatiladi? open() funksiyasi
yordamida faylni ochish jarayoni va funksiyaning qaytaruvchi qiymati
haqida tushuntiring.
4. Fayldagi barcha matnlarni qanday qilib qatorlarga bo‘lib o‘qish
mumkin? readlines() metodidan foydalanib misol yozing.
5. Matnli faylga yangi ma'lumot qo‘shish Faylga yozilgan eski
ma'lumotlarni o‘chirmasdan yangi ma'lumot qo‘shish uchun qanday
rejimdan foydalaniladi?