O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MA’LUMOTLAR BAZASI AMALIY TOPSHIRIQ - 1 Guruxi: 022-23 KIF Bajaruvchi: Muxammedaliyev M Qabul qiluchi: Uralova I TOSHKENT-2025 1-TOPSHIRIQ Mavzu: Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash Ishning maqsadi: mysql-installer-community-8.0.34.0.msi dasturini yuklab olish, uni o’rnatish tartib qoidalari va sozlamlarini o’rganish va tahlil qilish orqali ma’lumotlar bazasi bo’yicha boshlang’ich ko’nikmalarni shakllantirish. Masalani qo`yilishi: mysql-installer-community-8.0.34.0.msi dasturini yuklab olish, uni o’rnatish va kerakli sozlamlarni amalga oshirish. Uslubiy ko`rsatmalar: ma`lumotlar bazasini lohiyalash quyidagi tashkil etuvchilarini o`rganishni taqazo etadi. Ob`yektlar, ob`yekt xususiyatlari, bog`lanishlar (ob`yekt munosabatlari), vaqt oralig`i va hokazolar. “Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi. Modelni quirishda “aloqa”mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi. “Mohiyat – aloqa” modelidagi bog`lanishlarga, ikki mohiyat o`rtasidagi har bir bog`lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar). Loyiha haqidagi axborot diagramma ko`rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to`rtburchak bilan, atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo`nalishsiz qirralar bilan bog`lanadi. Ma`lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud: 1. Birga – bir (1:1)munosabat. A va V ob`ektlar to`plami orasida 1:1 munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa. 2. Birga – ko`p (1:n) munosabat. A va V ob`ektlar to`plamida A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bittadan ko`p bo`lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo`ladi. 3. Ko`pga – bir (n:1) munosabat A va V ob`ektlar to`plami orasida o`rnatilsa, unda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning ko`pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob`ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob`ektning bir nechta nusxasi mos keladi. 4. Ko`pga – ko`p (m: n) munosabat. A va V ob`ektlar orasida shunday munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha. 1. mysql-installer-community-8.0.34.0.msi dasturini o’rnatish. MySql ni kompyuterga o’rnatish uchun dastlab mysql-installer-community8.0.34.0.msi deb nomlanuvchi o’rnatish paketini yuklab olamiz. Quyida mysql-installer-community-8.0.28.0.msi dasturini o’rnatish jarayoni ko’rsatilgan: 1-rasm: O’rnatishni davom ettirish uchun ushbu muloqot oynasidagi “Yes” tugmasini bosamiz. 2-rasm: “Choosing a Setup Type” (O’rnatish turini tanlash) oynasi. “Full” bo’limini tanlaymiz. 3-rasm: “Installation” (O’rnatish) oynasi. Undagi “Execute” (Bajarmoq) tugmasini bosamiz. 4-rasm: O’rnatish jarayoni nihoyasiga yetdi. Barcha dasturlar o’rnatilib bo’lindi. Endi “Next” tugmasini bosamiz. 5-rasm : “Product Configuration” oynasida “Next ” ni bosib o’rnatish jarayonini davom ettiramiz. 6-rasm: “Type and Networking” (Turi va tarmoq) oynasi. Undagi “Next” tugmasini bosamiz. 7-rasm: “Authentication Method” (Autentifikatsiya usuli) oynasi. Undagi “Next” tugmasini bosamiz. 8-rasm: “Accounts and Roles” (Hisoblar va rollar) oynasi. Undagi “MySql Root Password” (MySql asosiy paroli) deb nomlangan kiritish paneliga parol yaratib kiritamiz va “Repeat Password” (Parolni takrorlash) deb atalgan kiritish qutisiga parolimizni takroran kiritamiz. So’ngra “Next” tugmasini bosamiz. 9-rasm: “Windows Service” (Windows xizmati) oynasi. Unga hech qanday o’zgartirish kiritmay, “Next” tugmasini bosamiz 10-rasm: Foydalanuvchi ma’lumotlarining serverdagi xavfsizligi uchun seerver fayllariga kirishga “ruxsat”ni yangilab borish bo’yicha foydalanuvchi qaroroi so’ralyabdi. 11-rasm: “Apply Configuration” (Konfiguratsiyani qo'llash) oynasi. “Execute” (Bajarmoq) tugmasini bosganimizdan so’ng, “Configuration steps” (Konfiguratsiya bosqichlari) ketma-ketlikda bajarildi va jarayon yakunlandi. Endi “Finish” tugmasini bosamiz. 12-rasm: “Product Configuration” oynasi. Undagi “Next” tugmasini bosamiz. 13-rasm: “MySql Router Configuration” (MySql router konfiguratsiyasi) oynasi. Undagi “Finish” tugmasini bosamiz. 14-rasm: “Connect To Server” (Serverga ulanish) oynasi. Undagi “Password” (Parol) deb nomlangan kiritish qutisiga yuqorida o’rnatgan parolimizni kiritamiz va “Check” tugmasini bosamiz. “Connection succeeded” (Ulanish muvaffaqiyatli amalga oshirildi) degan yozuv “Status” ga chiqdi. Endi “Next” tugmasini bosamiz. 15-rasm: “Apply Configuration” oynasi. Undagi “Execute” tugmasini bosganimizdan keyin “Configuration Steps” bajarildi. Endi “Finish” tugmasini bosamiz. 16-rasm: “Product Configuration” oynasi. Undagi “Next” tugmasini bosamiz. 1717-rasm: “Installation Complete” (Oʻrnatish tugallandi) deb nomlangan oyna. U MySqlni o’rnatish jarayoni tugallanganini bildiradi. Undagi “Finish” tugmasini bosamiz. 18-rasm: “MySql Shell” oynasi ishga tushiriladi. 19-rasm: MySQL Workbench dasturi dastlabki oynasi. Bu oyna bizga hozircha kerak bo’lmaydi. Shuning uchun uni yopamiz. 20-rasm: “MySQL 8.0 Command Line Client” oynasi ochildi. Endi biz parolimizni kiritamiz va Enter tugmasini bosamiz. 21-rasm: “MySQL 8.0 Command Line Client” oynasi. Parolimizni kiritib, Enter tugmasini bosdik, endi biz MySqldan bemalol foydalana olamiz. Xulosa: Ushbu mysql-installer-community-8.0.34.0.msi dasturini o’rnatish, ishga tushirish va uning terminali bilan tanishish orqali talabalar ma’lumotlar bazasi fanini o’rganish uchun boshlang’ich poydevorni shakllantirishadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Usmonov J.T., Qosimova U., Pulatova Z. M., Abidova F.Sh., “Ma’lumotlar bazasi” . Uslubiy qo`llanma. - Toshkent: TATU.2020. - b. 2. Голицына О.Л. Базы данных: учеб. Пособие // – 4-е изд., перераб. И доп. – М.: ФОРУМ: ИНФРА-М, 2018. – 400 с. 3. Fundamentals of database systems sixth edition. Ramez Elmasri. Department of Computer Science and Engineering The University of Texas at Arlington. 2011. – 261 Mavzu: Ma’lumotlar bazasini loyihalash. Mohiyat – aloqa diagrammasini qurish (ER modeli) Ishdan maqsad: ma’limotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa modelini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish. Masalani qo‘yilishi: ma’lumotlar bazasini lohiyalash va “Mohiyat–aloqa” modelini ishlab chiqish. Uslubiy ko‘rsatmalar: ma’lumotlar bazasini lohiyalash quyidagi tashkil etuvchilarini o‘rganishni taqazo etadi. Ob’yektlar, ob’yekt bog‘lanishlar (ob’yekt munosabatlari), vaqt oralig‘i va hokazolar. xususiyatlari, “Mohiyat – aloqa” asosiy komponentalardan modeli predmet foydalanib sohani quriladi: tashkil etuvchi uchta mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o‘xshash atributlar bilan tasvirlanadi. Modelni quirishda “aloqa”mavjud ob’yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo‘lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to‘plamidan qiymatlar qabul qilinadi. “Mohiyat – aloqa” modelidagi bog‘lanishlarga, ikki mohiyat o‘rtasidagi har bir bog‘lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar). Loyiha haqidagi axborot diagramma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to‘rtburchak bilan, atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo‘nalishsiz qirralar bilan bog‘lanadi. “Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi. Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to‘la axborotga ega bo‘lish uchun uni etarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to‘ldiradigan local modellar qurish kerak. Shundan so‘ng lokal modellar birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo‘lamiz. Ma’lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud: 1. Birga – bir (1:1) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plami orasida 1:1 munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bitta nusxasi mos kelsa. 2. Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi. 3. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob’ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, unda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning ko‘pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob’ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning bir nechta nusxasi mos keladi. 4. Ko‘pga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob’ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha. 1.1 jadval. Ulman-Chen notasiyasining mohiyat-aloqa modeli elementlari. Yordamida ob’ektlar belgilanadi. Yordamida ob’ekt atributlari belgilanadi. Ular ob’ektlar bilan yo‘nalishsiz chiziqlar yordamida birlashtiriladi Yordamida ob’ektlar orasidagi aloqalarni belgilaymiz. Bunda birga ko‘p bog‘langan A va V orasida V ga qaratib yo‘nalgan yo‘nalishli chiziq bilan ko‘rsatiladi, ya’ni 1:N. Agar A va V ob’ektlar o‘rtasida N:1 bog‘lanish bo‘lsa, strelka A ga qarab yo‘naltiriladi. Ko‘pga – ko‘p bog‘lanish N:M A va V ob’ektlar o‘rtasida M: N bo‘lsa, ularni ulovchi chiziq orqa li bog‘lanadi. A va V orasida 1:1 bog‘lanish bo‘lsa, yo‘nalishsiz chiziq bilan bog‘laymiz. Ishni bajarish tartibi Tanlangan ob’yekt bo‘yicha mohiyat-aloqa diagrammasini yaratish. Quyida “Foydali qazilma boyitish zavodi” bazasini yaratish uchun mohiyat – aloqa diagrammasi yaratilgan. 1.1 - rasm. Foydali qazilma boyitish zavodi predmet sohasi uchun mohiyat – aloqa modeli Vazifalar 1. Yuqorida ko‘rsatilganlardan foydalanib tanlangan variantga muvofiq mavzu uchun mohiyat aloqa diagrammasini yarating. 2. Predmet soha bo‘yicha ob’yektlarni aniqlang. 3. Tanlangan ob'ektlarining atributlarini aniqlang. 4. O‘b’yektlar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlang. 5. Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang). Nazorat savollari 1. Predmet soha tushunchasiga tarif bering. 2. Mohiya-aloqa modeli deganda nimani tushunasiz? 3. Mohiyat-aloqa modelida asosiy elementlar tushunchasini aniqlang. 4. Mohiyat-aloqa modeli ma’lumot bazasi strukturasi qanday aniqlanadi? 5. Mohiyat-aloqa modeli diagrammasi qanday tasvirlanadi? 6. Mohiyat – aloqa diagrammasida munosabatlarning qanday turlari mavjud? 7. Ikki ob’yekt o‘rtasidagi munosabatlar turini qanday aniqlash mumkin? 8. Ulman-Chen diagrammasini tavsiflang. Mavzu: Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash Ishdan maqsad: jadvallar tizimini Ma’lumotlar bazasini relyatsion chiqishni o‘rganish va ishlab modeli ob’yektlarni uchun bog‘lanish munosabatlarini tahlil qilish. Masalani qo‘yilishi: Berilgan predmet soha ma’lumotlar bazasidagi barcha ob’yektlarni relyatsion modelini ishlab chiqish. Uslubiy ko‘rsatmalar: Ma’lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni 2 o‘lchamli jadvallar yordamida tasvirlash qulay. Jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar tushunarli, ko‘rimli va inson uchun oddiy hisoblanadi. Munosabatlar to‘plami ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi bog‘lanishlarni modellashtirish imkonini beradi. Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari: Ma’lumotlar toifasi – relyasion MB saqlanadigan ma’lumot qiymatlari; Domen – domenlar ma’lumotlarni ayrim asosiy turlarini aniqlash orqali o‘rnatiladi; Atributlar – jadval ustunlar nomlari; Bog‘lanish – relyation so‘zidan olinib munosabatni bildiradi; Birlamchi kalit – bu kalit tashqi MB bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Relyatsion MB munosabatlarni o‘zaro bog‘langan to‘plamidir. Har bir munosabat kompyuterda fayl ko‘rinishida tasvirlanadi. Ishni bajarish tartibi 1-laboratoriya ishida qurilgan mohiyat - aloqa diagrammasi uchun relyatsion bog‘lanish o‘rnatamiz. 2.1-rasm. Mohiyat - aloqa modelining umumiy ko‘rinishi. Foydali qazilmalarni boyitish fabrikasining relyatsion modeli jadvallarini tuzib chiqamiz. 2.2 - jadval. Ma’lumotlar bazasining Korpuslar jadvali id nomi ishlab_chiqaruvchi yaroqlik_muddati narxi soni INT(PK) VARCHAR(255) VARCHAR(255) DATE DECIMAL(10,2) INT id INT(PK) ism VARCHAR(100) id INT(PK) familiya VARCHAR(100) ism VARCHAR(100) lavozim VARCHAR(100) familiya VARCHAR(100) telefon VARCHAR(20) Sotuvlar id INT(PK) dori_id INT(FK) mijoz_id INT(FK) xodim_id miqdor INT(FK) INT umumiy_narx DECIMAL(10,2) sana DATE Nazorat savollari 1. Relyatsion bog‘lanish nima? 2. 1:1 munosabatning mohiyati. 3. 1:n munosabat bog‘lanishda nimalarga e’tibor qaratish zarur? 4. m:n munosabat bog‘lanishga misol keltiring. 5. Iyerarxik ma’lumotlar tuzilishi nima? 6. Mohiyat-aloqa modelidagi elementlar relyatsion modelga qanday o‘tkaziladi? Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar keltiriladi Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish Ishdan maqsad: predmet soha ma’lumotlar bazasini so‘rovlar orqali yaratishni va so‘rovlar orqali oddiy jarayonlarni bajarishni o‘rganish, hamda ko‘nikmaga ega bo‘lish. Talabalarda DDL komandalaridan foydalanish va shu orqali relyasion MB yaratish ko‘nikmasini hosil qilish. Masalani qo‘yilishi: Predmet soha ma’lumotlar bazasini SQL so‘rovlari orqali yaratish. Mavjud ob’yektlarni so‘rovlar orqali ma’lumotlar bilan to‘ldirish, o‘zgartirish va keraksiz ma’lumotlarni o‘chirishni ko‘rib chiqish. Uslubiy ko‘rsatmalar: SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin: INTEGER SMALLINT DECIMAL(p,q) FLOAT CHAR(n) VARCHAR(n) DATE TIME DATETIME MONEY butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora). «qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora). o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yuborilishi mumkin). haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307). uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvolli qator (0 < n < 256). uzunligi o‘zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda turlicha, lekin 4096 dan kam emas). maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi-o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin. maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss). sana va vaqt kombinatsiyasi. maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul birligi. SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: DDL ( Mа’lumоtlаrni Tа’riflаsh Tili ) - ANSI dа ma’lumotlar sxemаsini tа’riflаsh tili, оb’ektlаrni (jаdvаllаr, indekslаr, tаsvirlаr vа hоkаzо) yarаtuvchi buyruqlar to‘plamidan ibоrаt. DML (Mа’lumоtlаrni O‘zgаrtirish Tili) - bu iхtiyoriy dаqiqаdа jаdvаllаrdа qаndаy qiymаtlаr sаqlаnishini аniqlоvchi buyruqlar mаjmuаsidir. DCL (Mа’lumоtlаrni Bоshqаrish Tili) fоydаlаnuvchigа aniq оb’ektlаrga tа’sir o‘tkаzishgа ruхsаt berish yoki bermаslikni аniqlоvchi buyruqlardаn ibоrаt. DDL tilining asosiy komandalari: CREATE – yangi jadval hosil qilish uchun ishlatiladi. Quyidagi ko‘rinishda yoziladi: CREATE TABLE <jadval_nomi> ( ustun_nomi va toifasi, … ); ALTER – jadvalga o‘zgartirish kiritish uchun ishlatiladi. Bu buyruq jadvalga yangi ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar kattaligini o‘zgartirish, hamda cheklanishlarni qo‘shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Bu buyruq ANSI standarti qismi emas, shuning uchun har xil tizimlarda har xil imkoniyatlarga ega. Misol uchun jadvalga ustun qo‘shish buyrug‘i sintaksisi quyidagicha: ALTER TABLE <jad_nomi> ADD <ustun_nomi><toifasi><o‘lchami>; DROP - jadvalni o‘chirish buyrug‘i. Jadvalni o‘chirish imkoniga ega bo‘lish uchun, jadval egasi (ya’ni yaratuvchisi) bo‘lshingiz kerak. Faqat bo‘sh jadvalni o‘chirish mumkin. Qatorlarga ega bo‘lgan, to‘ldirilgan jadvalni o‘chirish mumkin emas, ya’ni jadval o‘chirishdan oldin tozalangan bo‘lshi kerak. Jadvalni o‘chirish buyrug‘i quyidagi ko‘rinishga ega: DROP TABLE <jadval_nomi>; Ishni bajarish tartibi Avvalo 1 va 2 -amaliy mashg‘ulotida tuzgan jadvallarimizni esga olamiz. Bizda 3 ta jadval mavjud edi. Endi o‘sha jadvallarni MYSQL da yuqorida sintaksisini keltirib o‘tganimizday komandalardan foydalanib yaratamiz: 1. Eski yaratilgan ma’lumotlar bazasini ko‘ramiz: So‘rov: show databases; Natija: 3.1-rasm. Mavjud ma’lumotlar bazalarining ro‘yxati 2. Yangi Filmlar_reytingi nomli baza yaratamiz; So‘rov: create database Filmlar_reytingi; Natija: 3.2-rasm. Yangi Filmlar_reytingi nomli bazasining yaratilishi 3. Hosil bo‘lgan bazamizni tanlab olishimiz kerak. Buning uchun USE dan foydalanamiz: So‘rov: use filmlar_reytingi; Natija: 3.3-rasm. Use so‘rovidan foydalanib ma’lumotlar bazasini tanlash. 4. Filmlar nomli jadval yaratamiz: So‘rov: create table filmlar(film_id int NOT NULL AUTO_INCREMENT PRIMARY KEY, film_nomi char(70), chiqarilgan_yil int, janr varchar(500), muallif char(50), mamlakat char(30)); Natija: 3.4-rasm. Filmlar nomli jadval yaratilishi 5. Filmlar_reytingi bazasida jadvallarni ko‘rish uchun show tables-dan foydalaniladi: So‘rov: show tables; Natija: 3.5-rasm. Filmlar_reytingi bazasida jadvallarni ko‘rish 6. DESC <jadval_nomi> yordamida siz jadval ustunlari haqidagi turli ma’lumotlarni (qiymat turi, kalit yoki yo‘q) ko‘rishingiz mumkin. So‘rov: desc filmlar; Natija: 3.6-rasm. Yaratilgan Filmlar jadvalini ko‘rinishi 7. Jadvalga yangi “vaqt” nomli ustun qo‘shamiz: So‘rov: Alter table filmlar add vaqt char(8); Natija: 3.7-rasm. Filmlar jadvaliga ALTER operatori orqali ustun qo‘shilishi 8. “vaqt” nomli ustunning o‘lchamini o‘zgartiramiz: So‘rov: Alter table filmlar modify vaqt varchar(30); Natija: 3.8-rasm. Filmlar jadvalida ALTER operatori orqali mavjud ustun toifasi o‘zgartirilishi 9. “vaqt” atributini “davomiyligi” nomi bilan o‘zgartiramiz: So‘rov: Alter table filmlar change vaqt davomiyligi char(8); Natija: 3.9-rasm. Filmlar jadvalida ALTER operatori orqali mavjud ustun nomini o‘zgartirish 10. Jadvalimizdan ortiqcha ustunni o‘chirish So‘rov: Alter table filmlar drop column davomiyligi; Natija: 3.10-rasm. Filmlar jadvalida ALTER operatori orqali mavjud ustun o‘chirish Vazifalar 1. Yuqorida ko‘rsatilganlardan foydalanib tanlangan variyantga muvofiq mavzu uchun MySQL da DDL buyruqlari bilan ishlaymiz. 2. MySqlda baza, jadval yaratish. 3. Jadvallar atributlarini kiritish. 4. Ob’yektlar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlang. 5. Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang). Nazorat savollari 1. CREATE buyrug‘ining vazifalari nimalardan iborat? 2. ALTER buyrug‘iga misol keltiring. 3. DROP va DELETE buyruqlarining farqi nimada? 4. DELETE buyrug‘ining strukturasini ko‘rsating. Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar keltiriladi Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar Ishdan maqsad: Talabalarda DML komandalaridan foydalanish va shu orqali relyatsion MB da ishlash ko’nikmasini hosil qilish. Masalaning qo’yilishi: Avvalgi laboratoriya mashg’ulotida yaratilgan futbol klubining MB ustida amallar bajarish. Uslubiy ko`rsatmalar:Ma’lumotlar bazasiga axborotlar qo'shish, yangilash, o'chirish va chiqarib tashlash imkonini beradi, odatda ma’lumotlami boshqarish tili (DML – Data Manipulation Language) yordamida amalga oshiriladi. Barcha ma’lumotlarning markazlashtirilgan saqlanishi mavjudligi va ulaming tavsifi ba’zan so'rovlar tili (querylanguage) deb ataluvchi so'rovlarda tashkil etilgan umumiy uskunasi sifatida DML tilidan foydalanish imkonini beradi. So'rovlar tilining mavjudligi o'ziga xos faylli tizimlarni cheklanishlardan yo'qotish imkoniyatini beradi, unda foydalanuvchilarning fiksirlangan so'rovlar to'plami ustida ish olib borishlari yoki dasturiy ta’minotni boshqarishda ko'proq murakkab muammolar uchun doimiy ravishda yaratilayotgan dasturlar sonining oshishi nazarda tutiladi. DML tilining ikki xil turi mavjud - protsedurali va protsedurali bo'lmagan tillar. Ular bir-biridan ma’lumotlardan ko'chirma olish usullari bilan farqlanadi. Ular o'rtasidagi asosiy farq, protsedurali tillar odatda MB da ketma-ket ravishda axborotlarni qayta ishlaydi, protsedurali bo'lmagan tillar butun yozuvlar to'plamiga birdan operatsiyaga kirishadi. DML tili so’rovlari: SELECT – Amal bajaradigan jadvalimizni tanlash, ekranga chiqarish komandasi. Sintaksisi esa quyidagicha: SELECT *FROM <jad_nomi> // jadvalni to’liq chiqarish SELECT <ustun_nomi> FROM <jad_nomi> // jadval ustunlarini chiqarish INSERT – SQL da barcha satrlar ushbu buyruq yordamida kiritiladi. Sintaksisi esa quyidagicha: INSERT INTO <jad_nomi> VALUES (“ustun_info”, “ustun_info”, … ); DELETE – satrlarni jadvaldan o’chirish buyrug’i. Sintaksisi esa quyidagicha: DELETE FROM <jad_nomi> WHERE qidiruv_sharti; UPDATE – Maydon qiymatlarini o’zgartirish buyrug’i. Sintaksisi esa 2 hil: UPDATE <jad_nomi> SET column=expression; UPDATE <jad_nomi> SET column=expression WHERE qidiruv_sharti; Ishni bajarish tartibi Avvalo 3-laboratoriya ishida tuzgan jadvallarimizni esga olamiz. Endi o’sha jadvallarni MYSQL da yuqorida sintaksisini keltirib o’tganimizday komandalardan foydalanib yaratamiz. 1.Jadval ob’yektlariga qiymatlar beramiz: So`rov: Insert into oltin_rudasi(id, ulushi, qazib_olingan_koni,sanasi) values(1, 75.5, ‘marjonbuloq_karyeri’,’27.09.2019’); Natija: 4.1-rasm. Oltin_rudasi jadvaliga ma’lumotlarning kiritilishi 2. Jadvalni tanlaymiz va SELECT operatori orqali ekranga chiqaramiz. So`rov: Select * from oltin_rudasi; Natija: 4.2-rasm. Oltin_rudasi jadvaliga kiritilgan ma’lumotlarni ko’rish 3.MB ga yangi jadval qo’shamiz va UPDATEdan foydalanib maydonga qiymat beramiz. So`rov: Alter table oltin_rudasi add korpus varchar(20); Update oltin_rudasi set korpus=’flotatsiya’ where id=1; Natija: 4.3-rasm. Oltin_rudasi jadvalida UPDATE operatori orqali mavjud ma’lumotni o`zgartirish 4. DROP operatori orqali jadvalni o’chiramiz: So`rov: drop table oltin_rudasi; Vazifalar 1. Yuqorida ko`rsatilganlardan foydalanib tanlangan variyantga muvofiq mavzu uchun MySQL da DML buyruqlari bilan ishlaymiz. 2. MySqlda jadval ma’lumotlar kiritaming. 3. Jadvallar atributlarinini o`zgartiring. 4. Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang). Nazorat savollari 1. SELECT buyrug`iga misol keltiring. 2. (*) nima vazifani bajaradi. 3. INSERT buyrug`ining barcha imkoniyatlarini ko`rsating. 4. AUTO_INCREMENT bo`lgan atribut INSERT buyrug`iga e`lon qilinishi shartmi? 5. UPDATE buyrug`i imkoniytalari. 6. WHERE buyrug`idan nima uchun foydalaniladi? 7. REPLACE buyrug`ining vazifalari nimalardan iborat? 8. UPDATE buyrug`ining vazifalari nimalardan iborat? 9. SQL tilida jadval nomlarini o’zgartirish. 10. SQL tilida jadval yozuvlarini o’zgartirish. 11. SQL tilida jadvaldan yozuvlarini olib tashlash. 12. SQL tilida jadvalga yangi yozuvlarini qo’shish uchun qanday buyruq beriladi? 13. SQL tilida jadvaldan ustunlarni olib tashlash uchun qanday buyruq beriladi? Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar keltiriladi Mavzu: AND, OR, NOT mantiqiy standart so‘zlardan foydalanish Ishdan maqsad: Talabalarda AND, OR, NOT mantiqiy stanndart so‘zlardan foydalanish va shu orqali relyatsion MB da ishlash ko’nikmasini hosil qilish. Masalaning qo’yilishi: AND, OR, NOT, IN, BETWEEN, LIKE operatoridan foydalanib avvalgi mashg’ulotlarda yaratilgan jadvallar ustida amallar bajarish. Uslubiy ko`rsatmalar:SQL tilida shart ifodalarini tuzish uchun solishtirish va mantiqiy operatorlardan tashqari yana bir qator maxsus operatorlar qo‘llaniladi. Bu operatorlar dasturlash tillarida mavjud emas. Bu operatolar: Operator Ta`rifi = teng > katta < kichik >= katta yoki teng <= kichik yoki teng <> teng emas IN biror qiymatlar to‘plamiga tegishliligini tekshirish BETWEEN biror qiymatlar diapozoniga tegishliligini tekshirish LIKE namuna bilan mosligini tekshirish IS NULL qiymat mavjudmasligini tekshirish NOT Mantiqiy inkor operatori AND VA mantiqiy operatori OR YOKI mantiqiy operatori 5.1-jadval. WHERE buyrug`i bilan ishlovchi operatorlar Misol: Imtihonlarda kamida bitta 2 yoki 3 baho olgan talabalarni identifikatorini tanlab chiqarish so`rovi. SELECT id_st, mark FROM mark_st WHERE mark IN (2,3) BETWEEN amali maydon qiymatini berilgan intervalga kirganligini tekshirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi natijani BETWEEN operatoridan foydalanib olish mumkin: SELECT id_st, mark FROM mark_st WHERE mark BETWEEN 2 AND 3 Birorta xam 2, 3 olmagan talaba haqidagi ma’lumotlar olish uchun NOT IN yoki NOT BETWEEN ishlatiladi. Misol: Familiyalari A xarfi bilan boshlanuvchi talabalar ro‘yxatini tanlab olish. Bunday xolatda LIKE operatoridan foydalanish qulay hisoblanadi. LIKE operatori faqat simvolli maydonlar uchun qo‘llaniladi va maydon qiymati operatorda ko‘rsatilgan namunaga mosligini tekshirish imkonini yaratadi. Namuna quyidagi maxsus simvollardan tashkil topadi: _ (tagiga chizish belgisi) – bitta ixtiyoriy simvolni bildiradi; % (foiz belgisi) – ixtiyoriy miqdordagi simvollar ketma – ketligini bildiradi. SELECT id_st, surname FROM student WHERE surname LIKE 'A%' Ishni bajarish tartibi 1. Oyligi 4 000 000 dan ko’p yoki id 2 dan katta Xodimlar Idsini, FISHini lavozimini esa katta harflarda chiqaramiz; Zavod va kon xodimlari jadvallarini ko’ramiz; So`rov: SELECT *FROM zavod xodimlari; Natija: 5.1-rasm. Zavod_xodimlari jadvalidagi ma’lumotlarni ko’rish So`rov: SELECT xodim_id, FISH, UPPER(lavozimi) FROM zavod_xodimlari WHERE oyligi>4000000; Natija: 5.2-rasm. UPPER funksiyasini qo’llanishi natijasi 2. So`rov: SELECT xodim_id, substr(FISH ,1,1)||’.’|| lavozimi, FISH, manzili, length(manzili), oyligi FROM zavod_xodimlari WHERE xodim_id IN(1,2,3) AND oyligi>5000000; Natija: 5.2-rasm. Substr va mantiqiy amallarning qo’llanishi 3. So`rov: SELECT FISH, length(lavozimi), manzili, oyligi FROM zavod_xodimlari WHERE NOT xodim_id=3; Natija: 5.3 – rasm. Length funksiyasi va NOT mantiqiy amalining qo’llanishi 4. Zavod xodimlarining ism, familiyasini LOWER yordamida kichik harflarda, manzilining uzunligi va IDsi 1 va 2 oralig’idagi xodimlarni chiqaramiz: So`rov: SELECT xodim_id, Lower(FISH), manzili, length(manzili), oyligi FROM zavod_xodimlari WHERE xodim_id BETWEEN 1 and 2; Natija: 5.4 – rasm. Lower, length funksiyalari va Between mantiqiy amalining qo’llanishi Vazifalar 1. Yuqorida ko`rsatilganlardan foydalanib tanlangan variyantga muvofiq mavzu uchun MySQL da AND, OR, NOT,IN, BETWEEN, LIKE buyruqlari bilan ishlaymiz. 2. Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang). Nazorat savollari 1. Ma`lumotlar bazasidagi qanday mantiqiy operatorlarni bilasiz? 2. BETWEEN nima va u qanday so`rovlar uchun qo`llaniladi? 3. AND, OR, NOT operatorlarining vazifasi nima? 4. IN, BETWEEN, LIKE operatorlarinig vazifasi nima? Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar keltiriladi
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )