10-MAVZU. Qurilish sohasidagi davlat xizmatlari REJA 1. Asosiy tushunchalar 2. Davlat xizmatini ko’rsatishga oid umumiy qoidalar 3. Davlat xizmatlarini ko’rsatish tartib-taomillarining o’ziga xos jihatlari 1. Asosiy tushunchalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 2020 yil 27 noyabrdagi PF-6119-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Unga koʻra quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari: hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta'minlash; shaharsozlik faoliyatining sifati va xavfsizligini oshirish; shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma'muriy tartib-taomillarning samaradorligi, rasionalligi va shaffofligini ta'minlash, shuningdek, qurilish tarmogʻi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish; shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish; shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish. Ushbu Farmonga koʻra quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga moʻljallangan strategiyasi; Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirish strategiyasini 2021 — 2025 yillarda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi. Shuningdek, yuqorida nomi tilga olingan Farmonga koʻra quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar belgilab berildi: 2025 yil oxiriga borib «Biznes yuritish» xalqaro indeksida (Doing Business Index) «qurilishga ruxsatnomalar olish» (Dealing with Construction Permits) yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining pozisiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash; Oʻzbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 2025 yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uygʻunlashtirishga erishish; 2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish; 2025 yilga borib «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi doirasida qoʻshimcha toʻrtta elektron platforma yaratilishini, shuningdek, ularning idoralararo axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalari bilan integrasiya qilinishini ta'minlash; loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning «hajm» uslubini joriy etish ulushini 2025 yilga borib respublikadagi qurilish ob'ektlari umumiy sonining 50 foizigacha etkazish; 2025 yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta'lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy ta'lim muassasalari roʻyxatiga (TOP-1000) kirishi1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 noyabrdagi PF-6119-son Farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona ma'muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2022 yil 20 apreldagi 200-son qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi: - Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma'muriy reglamenti; - Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma'muriy reglamenti; - Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma'muriy reglamenti; - Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma'muriy reglamenti; - Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob'ektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma'muriy reglamenti; - Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma'muriy reglamenti. 2. Davlat xizmatini ko’rsatishga oid umumiy qoidalar Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YaIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat'iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. 1 Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, https://lex.uz/ru/docs/5130468 Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi. Soʻrovnomaga bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi elektron koʻrinishda ilova qilinadi. Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan ma'lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Zarur ma'lumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi ma'lumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikasiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi. Davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi. Quyidagilar bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi: soʻrovnomada notoʻgʻri ma'lumotlar koʻrsatilishi; davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik; loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni oʻzgarganligi; bino va inshootning avariya holatida ekanligi; bino va inshootga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi; loyiha tegishli lisenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi; binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta'sir qiluvchi yuk koʻtaruvchi qismlarining oʻzgarishi nazarda tutilganligi; bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi; vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan ob'ektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi; taqiqda turgan ob'ektlar; bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi boʻlmasa; davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu er uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi ma'lumotlarning mavjudligi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi. 3. Davlat xizmatlarini ko’rsatish tartib-taomillarining o’ziga xos jihatlari Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish Bu tartib-taomil yuridik va jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) berish tartibini belgilaydi. Ruxsatnoma qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanmaydi. Ruxsatnoma 2 yil muddatga beriladi, agarda ruxsatnoma talablari 2 yil muddatda bajarilmasa buyurtmachining soʻroviga asosan ruxsatnoma bergan organ tomonidan qaytadan koʻrib chiqiladi. Quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi: binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga ta'sir qiluvchi yuk koʻtarib turuvchi qismlarining oʻzgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (koʻp kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno); poydevor maydonini oʻzgartirmasdan engil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish. Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish boʻlimlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Ob'ektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi. Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi. Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan beriladi. Vakolatli organ tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga yoki noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazish (rekonstruksiya qilmasdan) uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilganda ariza beruvchining soʻroviga koʻra kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ruxsatnoma Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron tarzda yuboriladi (ob'ektning muayyan qismi toifasini oʻzgartirish bundan mustasno). Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Ruxsatnoma olish uchun arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat'iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi. Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish nazarda tutilganda soʻrovnomaga turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning (agar mavjud boʻlsa) notarial tasdiqlangan yozma roziligi ilova qilinadi. Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan ma'lumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Zarur ma'lumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi ma'lumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikasiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi. Yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron amalga oshiriladi. Quyidagilar vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi: soʻrovnomada notoʻgʻri ma'lumotlar koʻrsatilishi; davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganligi; mazkur Ma'muriy reglamentning 10, 18 va 21-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi; bino va inshootning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq emasligi; ob'ektni oʻrganish uchun vakolatli organga imkoniyat yaratilmaganligi; davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk ob'ektida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi; vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk ob'ektiga taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilganligi (vakolatli organning rozilik xati taqdim etilishi bundan mustasno); loyihalashtirish nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari ruxsatnoma olgunga qadar oʻzboshimchalik bilan boshlangan boʻlsa; davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu er uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi ma'lumotlarning mavjudligi; koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi. Bunda er uchastkasi yoki bino va inshootning biri davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, rad etish taqiqlanadi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qat'iyan taqiqlanadi2. 2 Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, https://lex.uz/ru/docs/5970701#5972866
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )