O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” O‘zMU rektori ___________I.Madjidov 2025 yil “____” ------------ ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA YASHIL RIVOJLANISH O‘QUV DASTURI Bilim sohasi: Ta’lim sohasi: Ta’lim yo‘nalishi: 400000 – Biznes, boshqaruv va huquq 420000 – Huquq 60420100 – Yurisprudensiya Toshkent – 2025 O‘quv yili Semestr ECTS - Kreditlar 2025-2026 1 4 Ta’lim tili Haftadagi dars soatlari O‘zbek/rus 4 Auditoriya Mustaqil Jami Fanning nomi mashg‘ulotlari ta’lim yuklama (soat) (soat) (soat) Atrof-muhitni muhofaza 60 60 120 qilish va yashil rivojlanish I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalar, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat-inson-jamiyat munosabatlarini uyg‘unlashtirish zaruratini tushuntirish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish, fan va texnika rivojlashishi davrida xozirgi zamonning ekologik muammolarni oldini olish, yashil rivojlanish bosqichlarini takomillashtirish, ekologik munosabatlarning shakllanishiga bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi – Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish faniga oid bilimlarni berish; ekologik ta’lim-tarbiya uzluksizligi va uzviyligini ochib berish; atrof - muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga yoʻnaltirilgan kundalik faolyati haqida tushunchaga ega bo‘lish; iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi manbalar va omillarni tahlil qilish; yashil rivojlanish, ekologik xavfni oldindan anikdash va uning oldini olish va Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish fani bo‘yicha fundamental ahamiyat kasb etishiga doir ko‘nikma va malakalarni hosil qilish. Fan/modul kodi AMR1120 Fan/modul turi Majburiy 1. 2. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Аtrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish kursiga kirish Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish fanining maqsadi va vazifalari. Atof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq ekologik muammolar. Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari. Ekologik ifloslanishlarning obyektiv va subyektiv sabablari va oqibatlari hamda global, mintaqaviy va milliy hududiy muammolar doirasidagi xalqaro hamkorliklar. 2-mavzu. Yashash muhit va ekologik omillar Hayot muhitlari: suv, yer-tuproq, havo va tirik organizm. Yashash muhitlarining o‘ziga xosligi. Organizmlarning tashqi muhitga nisbatan moslashuvi (adaptatsiya). Ekologik omillar tushunchasi. Abiotik, biotik, antropogen omillar tavsifi. Turli ekologik omillarni tabiatga kompleks 2 ta’siri. 3-mavzu. Populyatsiya va jamoa(biotsenoz)lar Populyatsiya va uning asosiy xarakteristikasi. Populyatsiyaning tuzilishi, unda organizmlarning joylashishi. Populyatsiyalar orasidagi bog‘lanishlar. Populyatsiyalar dinamikasi. Biotsenozlar (jamoa) xaqida tushuncha. Jamoaning funksional tuzilish strukturasi. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari; simbioz, mutualizm, raqobat, yirtqichlik (yirtqichlik keng ma’noda ishlatiladi). Turlararo munosabatlar. 4-mavzu. Ekotizim va ularning tasniflanishi Ekotizim–ekologiyaning ob’ekti ekanligi. Ekotizimlarning tasniflanishi. Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi. Produsentlar, konsumentlar, redusentlar – ekotizimlarning funksional birliklari. Ozuqa zanjiri, mahsuldorlik piramidasi. Ekotizimlar barqarorligi va dinamikasi. Ekologik suksessiya. Tabiiy va sun’iy ekotizimlar. Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekistonda tarqalgan ekotizimlar 5-mavzu. Biosfera-global ekotizim. Biosfera–global ekotizim. Biosfera ta’limoti. Biosferaning ekologik muammolari. Moddalarning katta va kichik aylanma harakati, energiya oqimi. 6-mavzu. Atmosfera ekologiyasi Atmosferaning tuzilishi va uning asosiy xususiyatlari. Atmosferada gaz balansi. Atmosfera havosining tabiiy va sun’iy ifloslanishi. Asosiy ifloslovchi modda va birikmalar. Atmosfera ifloslanishining inson, o‘simlik va hayvonlarga ta’siri. Ozon tuynuklari, kislotali yomg‘irlar, smog, shovqin, elektromagnit maydonlar. Atmosfera havosi ifloslanishining ijtimoiyiqtisodiy oqibatlari, uning oldini olish va kamaytirish chora-tadbirlari. Atmosfera havosi monitoringi va me’yorlashtirish. O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolari va ularni hal qilish yo‘llari. 7-mavzu. Gidrosfera ekologiya Gidrosfera haqida tushuncha. Suvning inson hayotidagi ahamiyati. Yer yuzida chuchuk suvning yetishmasligi va ifloslanish muammolari. Suvning ifloslanish manbalari, asosiy ifloslantiruvchi birikmalar. Suvni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish muammolari. Dunyo okeani va dengizlarning ifloslanishi, ularni muhofaza qilish muammolari. Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekistonning suv resurslari va ulardan oqilona foydalanish masalalari. Orol va Orolbo‘yi muammolari. 8-mavzu. Litosfera ekologiyasi Dunyo yer fondi. Tuproq qatlami va uning inson hayotida tutgan o‘rni. Tuproqning ekologik funksiyasi. Tuproq eroziyasi va texnogen buzilishi. Tuproqlarni sho‘rlanish, botqoqlanish, ifloslanish va cho‘llanishdan saqlash. O‘zbekiston tuproqlari va ulardan foydalanishning ekologik jihatlari 3 9-mavzu. Biologik resurslardan oqilona foydalanish O‘simlik va hayvonlarning biosferadagi roli va ahamiyati. Insonlarni o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri, ularni muhofaza qilish masalalari. Qo‘riqxonalar, alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ularning roli. “Qizil kitob” va uning ekologik ahamiyati. O‘zbekistonning biologik resurslari va ulardan foydalanishning ekologik muammolari. 10-mavzu. Yashil iqtisodiyot asosida barqaror rivojlanishni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish. Issiqxona gazlarini qisqartirish va ularning savdosi. Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralari. “Yashil iqtisodiyot” ni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etish. III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Tabiat-inson-jamiyat munosabatlarini anglash, ekologik xavfsizlikka taxdid soluvchi muammolarni yoritish. 2. Ekologik omillarni tasniflash. 3. Populyatsiyani turning sistema va ekosistema elementi sifatida ko‘rsatish. 4. Jamoalar (biotsenoz). 5. Ekotizim, produsent, konsument, redusent funksiyalari mohyatini sxematik ravishda ko‘rsatish. 6. Atmosferaning bugungi kundagi muammolarini oldini olishga qaratilgan talablarni yoritish. 7. Gidrosfera funksiyalari, bugungi kundagi muammolarini yoritish va oldini olishga talablar. Orol va orlbo‘yi muammolari. 8. Litosfera funksiyalari va bugungi kundagi muammolarini yoritish va oldini olishga talablar. Tuproq hillarini tasniflash. 9. O‘simlik va xayvonlarni biosferadagi roli, O‘zbekiston bioxilmaxilligini saqlashda muhofaza etiladigan hududlarni tasniflash. 10. Barqaror rivojlanishning ekologik jihatlarini yoritish. 11. Ekologik ta’lim-tarbiyaning uzluksizligi va uzviyligini misollarda ko‘rsatish. IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar: 1. Ekologiya tarixi. 2. Alternativ energiyaning zaruriyati. 3. Orol dengizi qurishi oqibatida kelib chiqayotgan ijtimoiy ekologik muammolar. 4. Global, mintaqaviy xamda maxalliy miqyosdagi ekologik. 5. muammolar. 4 6. Urbanizatsiya va atrof-muhit. 7. O‘zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish choralari. 8. Kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalar. 9. Garbologiya (chiqindishunoslik) to‘g‘risida. 10. Iqlim o‘zgarishi muammolari. 11. Cho‘llashish jarayoni va uning oqibatlar. 3. V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish sohasidagi nazariy masalalar qo‘llash usullari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; Atrof-muhitni yashil rivojlanish orqali yaxshilashning samarali yechimlari bo‘yicha nazariy masalalar qo‘llash usullari asosiy qonunlari va ularni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Atrof-muhitni fan va texnika rivojlashishi davrida xozirgi zamonning ekologik muammolarni oldini olish sohasidagi nazariy masalalar qo‘llash usullari ekologik qonunlar asosida tavsiflashni malakalariga ega bo‘lishi kerak. 4. VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: ma’ruzalar; interfaol keys-stadilar; amaliy mashg‘ulot (guruhlarda ishlash, tezkor savol-javoblar); guruhlarda ishlash; taqdimotlarni qilish; individual loyihalar; jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar. 5. VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va nazorat uchun berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. 6. Asosiy adabiyotlar 1. A.A. Imirsinova, I.O. Sulaymonov, A.E. Zaynabiddinov. Ekologiya asoslari. Darslik. Toshkent. “Fan ziyosi” 2023. – 340 bet. 2. S.S. Buriyev, D.A. Maxkamova, V.X. Sherimbetov. Ekologiya va atrofmuhit muhofazasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “Innovatsiya-Ziyo” 2020 yil. – 232 bet. 3. Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Toshmatov Sh.A., Butaboev M.T. Yashil iqtisodiyot. Darslik. – T.: Universitet, 2020. 296 bet. 5 Qo‘shimcha adabiyotlar 4. Abirkulov K.P., Xojimatov A.N., Rajabov N.R. Atrof - muxitni muxofaza kilish . — T.: TDIU, 2003. -128 bet 5. R.X. Allaberdiyev, T.U. Raximova, N.Y. Kuchkarov, V.X. Sherimbetov. Ekologiya asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “Poytaxt exclusive” 2024 yil. – 124 bet. 6. Tursunov X.T., Shadjalilov Sh.Sh., Egamberdiyeva L.Sh., Yodgorova D.Sh., Azimova D.O., Dusmuratova F.M. Ekologiya. Toshkent, 2017. 273 bet. Axborot manbalari 1. https://www.ziyonet.uz 2. https://www. nature.uz 3. https://www. catuzmu.uz 4. https://www.eso.uz 5. https://www. uznature.uz 6. https://www.lex.uz/uz/ O‘quv dasturi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining 2025-yil ____ iyundagi _____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 8. Fan/modul uchun mas’ullar: R.Allaberdiyev - O‘zMU, Ekologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi. B. Jobborov - O‘zMU, Ekologiya kafedrasi professor v.b., biologiya fanlari doktori. 9. Taqrizchilar: 7. T.Raximova – O‘zMU, Ekologiya kafedrasi professor, biologiya fanlari doktori. N.Noraliyeva – AnDU Ekologiya kafedrasi mudiri professori b.f.d. 6 Mazkur o‘quv dasturi dunyoning e’tirof etilgan xalqaro QS va THE reytinglarida nufuzli TOP-300 talikka kirgan quyidagi oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan. № 1 2 3 4 5 6 ОТМ номи Moscow State University Россия The Universiti Manchester Англия Universiti WIEN Австрия University of Heidelberg Германия Stanford University АҚШ The University of Newcastle Aвстралия QS THE 94 o‘rin 107 o‘rin 34 o‘rin 53 o‘rin 137 o‘rin 110 o‘rin 106 o‘rin 57 o‘rin 6 o‘rin 3 o‘rin Хаволалар: https://www.law.msu.ru/pages/obrazovatelnye_ standarty_mgu_i_uchebnye plany; https://www.law.msu.ru/pages/uchebnye_progr ammy_obr https://www.manchester.ac.uk/study/undergrad uate/courses/2025/12446/llb-law/course-details/ https://studieren.univie.ac.at/en/bachelordiplom a-programmes/law-diploma-with-entranceexam-procedure/ https://www.uni-heidelberg.de/en/study/coursecatalogues https://archivedbulletin.stanford.mobi/coursedescriptions/law/ https://www.newcastle.edu.au/course 251 o‘rin 112 o‘rin 7 8
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )