KURS ISHI YUZI 1 MAVZU: RAQS TOʻGARAKLARI TASHKIL ETISH Mundarija Kirish ..................................................................................................................... 3 I BOB. ................................................................................................................... 5 SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI RAQS SANʼATI TAʼLIMINI TASHKIL QILISHNING NAZARIY ASOSLARI ............................................... 5 1.1. Raqs sanʼati taʼlimi ....................................................................................... 6 1.2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari ................................................................................................................. 13 II BOB. ................................................................................................................ 18 MAKTABDAN VA DARSDAN TASHQARI TAʼLIM ..................................... 18 2.1. Raqs toʻgaraklari tashkil qilish .................................................................... 20 2.2.Milliy xalq raqslari ....................................................................................... 23 Xulosa.................................................................................................................. 29 Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................................... 31 2 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zararli odatlardan asrash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Raqs sanʼati yoshlarni jismonan chiniqtirish, estetik didini yuksaltirish, milliy va jahon madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. Raqs toʻgaraklari aynan ana shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi, yoshlarning oʻz isteʼdodlarini namoyon etishi, ijtimoiylashuvi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, raqs toʻgaraklarini samarali tashkil etish, ularning faoliyatini ilmiy-amaliy asosda yoʻlga qoʻyish masalasi katta dolzarblikka ega. Toʻgaraklarni tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlarini oʻrganish, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ushbu ishning dolzarbligini belgilaydi. Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishining maqsadi – taʼlim muassasalari yoki madaniyat maskanlarida raqs toʻgaraklarini tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini atroflicha oʻrganish, samarali faoliyat yurituvchi raqs toʻgaragi modelini shakllantirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularga milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimizni chuqur singdirish dolzarb masalalardan biridir. Shu maqsadda taʼlim tizimida maktabdan va darsdan tashqari mashgʻulotlarning, xususan, raqs sanʼati toʻgaraklarining oʻrni beqiyosdir. Raqs — bu nafaqat sanʼat turi, balki milliy ruhimiz, estetik tarbiyamiz va tarixiy xotiramizni ifoda etuvchi vosita hisoblanadi. Oʻzbek xalqining boy madaniy merosida raqs alohida oʻrin tutadi. Raqs sanʼati yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sahna madaniyatini rivojlantirish, musiqiy didini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4noyabrdagi PF-5863-sonli “Sanʼat va madaniyatni rivojlantirishga doir choratadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni1da madaniyat va sanʼat muassasalarining faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-noyabrdagi PF-5863-sonli “San'at va madaniyatni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni. 1 3 tubdan takomillashtirish, yoshlarning estetik tarbiyasini kuchaytirish va raqs, musiqa, teatr sanʼatiga boʻlgan qiziqishini oshirish vazifasi belgilab qoʻyilgan. Mazkur farmon asosida yurtimizda raqs sanʼatiga boʻlgan eʼtibor ortib bormoqda, toʻgaraklar soni koʻpaymoqda, pedagog va murabbiylar uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Kurs ishining vazifalari: Belgilangan maqsadga erishish uchun ish jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan: Raqs sanʼatining yoshlar tarbiyasidagi oʻrni va ahamiyatini nazariy jihatdan tadqiq etish; Raqs toʻgaraklarini tashkil etishning huquqiy-meʼyoriy asoslarini oʻrganish; Raqs toʻgaraklari faoliyatini tashkil etishning ilmiy-metodik prinsiplarini tahlil qilish; Samarali raqs toʻgaragi faoliyatini yoʻlga qoʻyishning asosiy bosqichlari va omillarini aniqlash; Mavjud raqs toʻgaraklari faoliyatini tahlil qilib, ilgʻor tajribalarni oʻrganish; Raqs toʻgaraklari faoliyatida uchraydigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yoʻllari boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Kurs ishi obʼekti: Kurs ishining obʼekti – umumtaʼlim maktablari, madaniyat markazlari yoki boshqa muassasalar negizida faoliyat yurituvchi raqs toʻgaraklarini tashkil etish va boshqarish jarayonlari hisoblanadi. 4 I BOB. SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI RAQS SANʼATI TAʼLIMINI TASHKIL QILISHNING NAZARIY ASOSLARI Oʻzbekiston Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Raqs sanʼati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari madaniyat va sanʼat taraqqiyotida oʻziga xos tarixiy voqea boʻldi. Ayni qarorlar asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy taʼlim muassasasi shaklida Madaniyat vazirligi tizimida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi. Ushbu akademiyada oʻqitishning zamonaviy va ilgʻor uslublaridan keng foydalanish, oʻquvchilar iqtidorini har tomonlama rivojlantirish taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va sanʼat sohasida ilm-fan boʻyicha erishilgan ilgʻor yutuqlarni tatbiq etish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish bugungi kunning muhim masalalari sanaladi. Bundan maqsad — raqs taʼlim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni toʻla qamrab olish, yangi avlod darsliklari yaratishdan iborat. Ayni paytda akademiya rektori SH.Toʻxtasayov rahbarligida ayni kunlarimizgacha etib kelgan madaniy-maʼrifiy merosni dunyo xalqlariga yaqindan tanishtirish, oʻzbek milliy raqs sanʼati va madaniyatini keng targʻib qilish borasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar zamonaviy oʻzbek xoreografiyasining, oʻzbek milliy raqs sanʼatining nazariy masalalari va yechimlari bayon etilgani bilan qimmatlidir. Raqs toʻgaraklari Oʻzbekistonda bolalar va yoshlarning estetik tarbiyasida, milliy madaniyatimizni asrab-avaylash va targʻib qilishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek adabiyotida bevosita raqs toʻgaraklarini tashkil etish turlari haqida batafsil metodik koʻrsatmalar kam uchrasa-da, adabiyotimizdagi sanʼatga, milliy qadriyatlarga, axloqiy fazilatlarga boʻlgan eʼtibor raqs toʻgaraklarining maqsadi va mazmuniga singdirilgan holda oʻz aksini topadi. 5 Raqs toʻgaraklarini tashkil etishda Oʻzbekistonning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va adabiyotimizda tarannum etilgan insonparvarlik, goʻzallikka intilish kabi gʻoyalar asos qilib olinadi. Oʻzbek adabiyotining mumtoz namunalari, xususan, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi musiqaga, raqsga, nafosatga oid lavhalar toʻgarak mashgʻulotlarida ilhom manbai boʻlishi, raqslarning sahna koʻrinishlarida adabiy syujetlar yoki obrazlardan foydalanilishi mumkin. Folklor raqslarni oʻrganishda esa xalq ogʻzaki ijodiyoti, doston va termalardagi raqs bilan bogʻliq tasvirlar metodik asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Oʻzbekistonda raqs toʻgaraklarini tashkil etish, asosan, quyidagi turlarga ajratilishi mumkin: — Milliy raqs toʻgaraklari: Bu toʻgaraklar oʻzbek milliy raqslarining turli maktablari (Fargʻona, Buxoro, Xorazm kabi) uslublarini oʻrganishga qaratilgan boʻladi. Dasturda mumtoz va folklor raqslar muhim oʻrin tutadi. Milliy adabiyotimizdagi qahramonlik, sevgi, Vatanga muhabbat kabi mavzular raqslarning mazmunida ifodalanishi mumkin. — Estrada raqs toʻgaraklari: Zamonaviy, sahna raqslarini oʻz ichiga oladi. Bu toʻgaraklarda klassik balet elementlari, zamonaviy xoreografiya uygʻunlashishi mumkin. — Xalqaro raqslar toʻgaraklari: Turli xalqlar raqslarini oʻrganishga ixtisoslashgan boʻlishi mumkin. 1.1. Raqs sanʼati taʼlimi Oʻzbekistonning boy madaniy merosi ichida raqs sanʼati alohida oʻrin tutadi. Bu sanʼat turi nafaqat estetik zavq bagʻishlovchi ijod shakli, balki xalqning tarixi, urf-odatlari va maʼnaviy qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim omil hisoblanadi. Raqs sanʼati taʼlimi Oʻzbekistonda oʻziga xos anʼanalarga ega boʻlib, u milliy raqs maktablari, xoreografiya akademiyalari va maxsus taʼlim dasturlari orqali rivojlanmoqda. XX asrga kelib, oʻzbek raqs sanʼati Buxoro, Xorazm va Fargʻona maktablari sifatida uchta asosiy yoʻnalishda shakllandi. Har bir maktab oʻziga xos uslub, harakatlar va musiqiy hamrohlikka ega boʻlib, milliy raqsning rang-barangligini 6 taʼminladi. Masalan, Xorazm raqslari oʻzining ritmik va jonli harakatlari bilan ajralib tursa, Fargʻona raqslari nozik va oqim harakatlarga ega. Buxoro raqslari esa oʻzining nafisligi va murakkab kompozitsiyalari bilan mashhur. Mamlakatimiz mustaqilligining oʻtayotgan 30 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng koʻlamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Xususan, Oʻzbek raqs sanʼatida ham ulkan oʻzgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, soʻnggi besh yillikda madaniyat va sanʼat sohasiga oid qator qaror va farmonlar, olib borilayotgan tub islohotlar sabab raqs sanʼatimiz yangi taraqqiyot sari yuz tutmoqda. Jumladan, Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 4-fevraldagi “Raqs sanʼati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari imzolandi. Bu albatta, raqs sanʼatiga boʻlayotgan eʼtibor va oʻziga xos tarixiy sana boʻlib muxirlanib qoladi. Shuningdek, qarorga muvofiq milliy raqs sanʼatida professional badiiy jamoalar faoliyatini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ijodiy laboratoriyalarni tashkil etish, shu bilan birga, Oʻzbek raqs sanʼatining “oltin fondi”ni yaratish maqsadida Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansamblining qayta2 tashkil etilishi chin maʼnoda Oʻzbek raqsiga bahorni qaytardi. Qolaversa, milliy merosimi3z hisoblanmish “Lazgi”ning YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy meʼros obyektlari roʻyxatiga kiritilgani Oʻzbek milliy raqs maktabining jahon miqyosidagi eʼtirofidir. Raqs sanʼatidagi bunday izchil oʻzgarishlar, yutuqlar Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga hamohang tarzda kechayotgani biz uchun ham quvonarli, ham faxrlanarli xoldir. Raqs sanʼati haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, hayoti davomida kamida bir marotaba boʻlsa ham raqsga tushishni orzu qilmagan inson boʻlmasa kerak nazarimizda. Kimdir bu ishni sinab koʻrgan, kimdir esa bugungi kunda raqs maktablari va toʻgaraklari orqali shugʻullanib raqs sanʼatini oʻrganishga harakat qilib kelmoqda. Agar har bir inson O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi “Raqs san'atini tuzatishni malaka chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-88-son qarori. 3 G. Sharipova. Musiqa va uni o'qitish metodikasi . – Toshkent, 2006 yil. 2 7 raqs tushishni xohlasa, raqs maktablari va toʻgaraklarga borib oʻrganishi mumkin. Raqs sirlarini oʻrganishda maʼlum bir chegaralangan yosh yoʻq, faqat xohish boʻlsa bas, chunki bu sanʼat insondan ishtiyoq va katta mehnat talab etadi. Raqs - bu yorqin, aql bovar qilmaydigan, jozibali jarayon. Albatta, boshqalarning raqsga tushishini tomosha qilish juda maroqli va yoqimli. Agar oʻzingiz raqsga tushgudek boʻlsangiz be ixtiyor butun tanangiz yayraydi. Hamda bu sanʼat turi orqali ehtirosni, sevgini, gʻazabni, sogʻinchni va quvonchni ifodalashi mumkin. Raqsga tushish orqali biz oʻz his-tuygʻularimizni idrok etibgina qolmay balki oʻzimizni baxtli his qilamiz. Bu vaqtda miyamizdan har-xil oʻy-fikrlar chiqib ketib, xayol va orzu qilishga oʻtamiz. Bularning barchasi birgina raqsda aks etadi. Bu sanʼat turi nafaqat isteʼdod, mahorat hamda katta mehnat talab etadi. Yana bir jihati shundaki, tomoshabinlarni hayratda qoldiradigan va inson hayotining nomaʼlum dunyosini oʻziga xos taassurot bilan toʻldiradigan, sahnada reinkamatsiya haqidagi fikrlar va tuygʻularni harakatda yetkazish qobiliyatidir. Raqs sanʼati xalq amaliy sanʼatining eng qadimiy koʻrinishlaridan biri boʻlib, kuchli his-tuygʻularning ifodasi sifatida vujudga kelgan, bu sanʼatining shakllanish tarixi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi. “Raqs insoniyat paydo boʻlgan ilk davrlardayoq tugʻilgan va sanʼatning eng qadimgi, keng tarqalgan va ommabop turlariga kiradi. Qadimdan inson hayotining muhim jabhalarida raqs alohida oʻrin tutgan. Ibtidoiy davrda insonlar tomonidan tabiat hodisalari (quyosh, suv, olov bilan bogʻliq) turli afsonaviy koʻrinishlarda tushunilgan. Tabiat moʻjizalari insonlarga yaxshilik yoki yomonlik keltiruvchi kuch sifatida tasavvur qilingan. «Avesto», afsona hamda bitiklarda tabiat moʻjizalari jonli timsollarda tasvirlangani va ular pantomima raqs shaklida ijro etilgani haqida aytib oʻtilgan. Insonlarning mehnat jarayonlari, hayvonlarning harakatlari, afsonaviy xarakterdagi harbiy vatanparvarlik ruhidagi raqslarni ijro etishgan. Bunda tabiat kuchiga tayanganlar. Ular oʻz fikrlarini bayon eta olmay omadli ov boʻlishini soʻrab yalinishgan, yomgʻir yogʻishini, farzand ato etishini iltijo etganlar. Hozirgi davrgacha dunyoning baʼzi bir joylarida, masalan, Afrikada shunday raqslar saqlanib qolgan. Folklorshunoslar, sayohatchilar yozib qoldirganlari oʻsha davrdagi xalqning yashash tarzi, urf-odatlari, aqidalari haqida soʻzlaydi.” Yana bir manbada 8 shunday keltirilgan “Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari, arxeologik topilmalar bu yerda raqs juda qadimiy sanʼat ekanligidan guvohlik beradi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» davridayoq raqs sanʼati shakllanib, xalq va professional raqs – ikki yoʻnalishda rivojlanishga kirishgani haqida tarixiy maʼlumotlar bor. Shuningdek, turli taraqqiyot bosqichlarida yurtimizda raqs va oʻyinlar bir-biriga taʼsir koʻrsatishi natijasida «Beshqarsak», «Katta oʻyin», «Lazgi», «Kema oʻyin», «Ashshadaroz» kabi qadimiy oʻyinlar vujudga kelgan” .Raqs orqali biz musiqani koʻrishimiz va his qilishimiz mumkin. “Oʻzbek milliy raqs sanʼati koʻp asrli tarix va boy anʼanalarga ega. Asrlar davomida oʻzbek xalqi yaratgan raqslar bebaho nomoddiy madaniy meros boʻlib qoldi. Oʻzbek raqs sanʼati namoyandalari yaratgan ajoyib raqslar asrlar davomida xalqimizni vatanga muhabbat, jasorat, fidokorlik, goʻzallik ruhida tarbiyalab kelmoqda. Barcha xalqlarda boʻlgani kabi, oʻzbek raqslarini qadim zamonlarda vujudga kelishi haqida arxeologik qazilmalar jarayonida topilgan raqqos va raqqosalarning haykalchalari, qadimiy gʻorlar va qoyatoshlarga chizilgan tasvirlar, kitob miniatyuralari dalolat beradi. Jahon sivilizatsiyasi rivojlanishi bilan raqs sanʼati ham rivojlanib boraverdi. Oʻzbek raqs sanʼatining oʻzida turli maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi va mahalliy raqslar taraqqiyot tufayli milliy raqs maqomigacha oʻsib bordi. Raqs sanʼati ayniqsa Sharq Renessansi, yaʼni Amir Temur va temuriylar davrida ravnaq topdi. Unda ayniqsa xotin – qizlarning oʻrni katta boʻldi. Raqslarda rang-baranglik tarixiy qatlamlar yaqqol koʻzga tashlanib turdi. Keyinchalik ham raqs fidoyilari tufayli oʻzbek milliy raqsi rivojlanishda davom etadi va hozirgacha saqlanib qolgan holda ajoyib raqslar vujudga keldi. Raqslar turmushdagi va mehnatdagi biror harakat va holatlarga taqlid maʼnosida vujudga keladi va raqs harakatiga aylanib qoladi. Keyinchalik ularga yanada ishlov berilib nazokatlilik baxsh etilaverdi. XX asr boshlaridan oʻzbek sahna raqsi alohida mustaqil sanʼat sifatida rivojlandi. Muhiddin Qoriyoqubov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim,Isohor Oqilov, Mukarrama Turgʻunboyeva, Gavxar Raximova kabi koʻplab raqs sanʼati fidoyilari uning 9 muvaffaqiyatli rivojlanishini taʼminladilar. Fidoyi baletmeyster, xoreograf va pedagoglarning har biri oʻziga xos uslubga ega boʻlganligi tufayli ular tarbiyalagan sanʼatkorlar raqslari ham rang- baranglik kasb etadi. XX asrning 60-yillariga kelib nafaqat raqs amaliyotchilari, balki nazariyotchilari ham uning taraqqiyotiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Ularning mehnati tufayli raqsga bagʻishlangan qoʻllanmalar, darsliklar, monografiyalar, vujudga keldiki, bu oʻz navbatida raqs taʼlimi va tarbiyasini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshmay qolmadi. Ayniqsa, sanʼatshunos olima Lyubov Avdeyevaning oʻzbek raqs sanʼati tarixiga bagʻishlagan ilmiy tadqiqotlari, raqs amaliyotchisi va nazariyotchisi Roziya Karimovalarning oʻquv qoʻllanmalari raqs sohasidagi muhim qoʻllanmalar boʻlib qoldi.” Raqsga tushish professional raqqoslar uchun juda maroqli boʻlib, chunki bu sanʼat turi doimo oʻz ustida ishlashni va tinmay mashq qilib raqs harakatlarini takomillashtirish kerakligini bildiradi. Agar siz ushbu sanʼatning yuqori choʻqqilariga chiqishni istasangiz, kuniga kamida 4 soat hamda bolalar uchun haftada 3 marotaba 2 soatdan kam boʻlmagan mashgʻulot oʻtkazish talab etiladi. Haqiqiy raqqosaning xislatlari esa isteʼdod bilan birga sabr-toqat, istak, mehnat qobiliyati va qilayotgan ishingni sevish kabi koʻrsatkichlardir. Raqslarning juda koʻp turlari borki, odamning yoshi va didiga qarab tanlash mumkin. Shunday raqslar borki, umr boʻyi yashaydi. Biroq 1-2 yil davomida paydo boʻlib keyin yoʻqolib ketadigan raqs uslublari ham bor. Ammo raqsning tango, vals va klassik balet turlari oʻlishi mumkinmi? Yoʻq albatta. Sanʼatning qiyin, mukammal darajada yaratilgan asarlari abadiy yashaydi. “Raqs sanʼati sohasida “ustoz-shogird” anʼanalariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda ilm-fanni jadal rivojlantirish maqsadida” 4 biz dunyo xalqlarining turli xil usuldagi raqslarini oʻrgatamiz. Mutaxassislar tomonidan tasdiqlanganidek: qanchalik koʻp bilsangiz, haqiqatni yaxshiroq tushunasiz. Shuning uchun, har xil raqs turlarini oʻrganib, siz ufqlaringizni kengaytirasiz va dunyo xalqlarining madaniyati, anʼanalari hamda qadriyatlarini oʻrganasiz. Shuning uchun 10 biz dunyo xalqlarining raqslarini oʻrgatamiz; loʻli, ispan, yunon, arab, hind va albatta milliy raqslar shular jumlasidandir. Raqs sanʼati taʼlimi yosh avlodni tarbiyalashda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek milliy raqslari orqali xalqning eng muhim qadriyatlar – insoniy fazilatlar, milliy anʼanalar va estetik did targʻib qilinadi. Raqs taʼlimi orqali yoshlar oʻz millatiga xos oʻzlikni anglaydi, ajdodlar merosiga hurmat tuygʻusini rivojlantiradi. Bundan tashqari, raqs sanʼati taʼlimi xalqaro miqyosda Oʻzbekiston madaniyatini targʻib qilishda muhim vositadir. Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli oʻzining 30 yillik faoliyati davomida oʻzbek raqs sanʼatini dunyo miqyosida tanitdi. Hozirgi kunda esa “Raqs sehri” xalqaro festivali kabi tadbirlar orqali milliy raqslarning noyob namunalari namoyish etilmoqda. Oʻzbek raqs sanʼati taʼlimi milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sifatida davlat tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, ixtisoslashgan darsliklar va xalqaro hamkorlik tufayli bu soha jadal rivojlanmoqda. E.Y. Saitova, N.E. Abraykulova kabi olimlarning darsliklari va “Lazgi” haqidagi qoʻllanmalar taʼlim jarayonida muhim manba sifatida xizmat qilmoqda. Raqs sanʼati taʼlimi nafaqat professional kadrlar tayyorlash, balki yosh avlodda milliy oʻzlik va estetik didni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Kelajakda bu sohada ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish orqali oʻzbek raqs sanʼati jahon madaniyatida yanad4a yuksak oʻrin egallaydi. Raqs – xalqning tarixi, urf-odatlari, turmush tarzi va ruhiy olamini oʻzida mujassam etgan jonli merosdir. Oʻzbekistonda Buxoro, Xorazm, Fargʻona kabi oʻziga xos raqs maktablari mavjud. Raqs taʼlimi orqali oʻquvchilar ushbu maktablarga xos boʻlgan “Lazgi”, “Tanovar”, “Munojot”, “Andijon polkasi” kabi mumtoz va xalq raqslarini oʻrganadilar. Bu jarayonda ular nafaqat raqs harakatlarini, balki ularning mazmun-mohiyatini, yaratilish tarixini, milliy liboslar va musiqaning oʻziga xosligini ham anglab yetadilar. Masalan, Xorazm “Lazgi”sinioʻrganish jarayonida oʻquvchi nafaqat uning shiddatli va joʻshqin harakatlarini oʻzlashtiradi, 4 Nurmatov va boshqalar. 1–3-sinf "Musiqa" darsliklari . – Toshkent, 2002 yil. 11 balki qadimiy Xorazm vohasi xalqining mardligi, hayotga chanqoqligi va tarixi haqida tasavvurga ega boʻladi. Bu esa yoshlarda milliy oʻzlikni anglash, oʻz madaniyatiga hurmat va faxr tuygʻusini shakllantiradi. Darsliklarda koʻpincha raqsning aynan mana shu tarbiyaviy jihati alohida taʼkidlanadi.Raqs orqali muayyan bir kayfiyatni, his-tuygʻuni yoki syujetni ifodalash ijodiy qobiliyatni oʻstiradi. Masalan, “Tanovar” raqsini ijro etish orqali oʻquvchi nafaqat lirik va mayin harakatlarni oʻrganadi, balki oʻzbek ayolining ichki kechinmalarini, nafosatini, goʻzalligini his qilishga va ifodalashga intiladi. Bu esa uning estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradi. Musiqa ritmiga mos harakatlanish qobiliyati shakllanadi. Misol tariqasida, klassik raqs darslaridagi mashqlar yoki oʻzbek milliy raqslaridagi qoʻl, oyoq va gavda harakatlari deyarli barcha mushak guruhlarini ishga soladi va bolaning jismonan sogʻlom oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Raqs mashgʻulotlari shaxsning ichki dunyosiga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. His-tuygʻularni ifodalash imkoniyati mavjud. Raqs insonning ichki kechinmalarini – shodlik, qaygʻu, hayajon, joʻshqinlikni soʻzsiz ifodalash uchun qulay vosita. Bu, ayniqsa, oʻsmirlik davrida oʻz his-tuygʻularini tushunish va boshqarishda yordam beradi.Oʻziga ishonchni oshiradi. Raqs harakatlarini oʻzlashtirish, yangi elementlarni muvaffaqiyatli bajarish va ayniqsa, sahna chiqishlari oʻquvchida oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, uyatchanlik va tortinchoqlikni yengishga koʻmaklashadi. Raqs mashgʻulotlari muntazamlikni, diqqatni jamlashni, murabbiy koʻrsatmalarini aniq bajarishni talab etadi. Bu esa oʻquvchida intizomlilik, sabrtoqat va masʼuliyat hissini tarbiyalaydi. Guruh boʻlib ijro etiladigan raqslar (masalan, davra raqslari, ansambl chiqishlari) oʻquvchilarni bir-biri bilan hamnafas ishlashga, sinxron harakat qilishga, oʻzaro yordam berishga va umumiy maqsad yoʻlida birlashishga oʻrgatadi. Bu ijtimoiy moslashuv uchun juda muhim. Misol uchun, ansambl raqsida bir ishtirokchining xatosi butun jamoa ijrosiga taʼsir qilishi mumkinligini anglash shaxsiy masʼuliyatni oshiradi. Oʻzbek darsliklari va pedagogik yondashuvlarda raqs sanʼati taʼlimiga shaxsni har tomonlama – jismonan, aqlan, ruhan, maʼnan va estetik jihatdan rivojlantiruvchi 12 muhim omil sifatida qaraladi. U milliy madaniyatni kelajak avlodlarga yetkazish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, goʻzallikka oshno qilish va barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois, umumtaʼlim maktablari, sanʼat maktablari va toʻgaraklarda raqs taʼlimiga eʼtibor qaratish Oʻzbekistonning madaniy yuksalishi va yosh avlod tarbiyasida muhim vazifalardan biri boʻlib qoladi. 1.2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari Tarbiyaning bosh maqsadi - yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, maʼnaviy-tarixiy anʼanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib,amalda joriy etishdir.Tarbiyaning asosiy vazifasi shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishlariga koʻmaklashish, oʻz-oʻzini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, oʻz shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uygʻotish; oʻquvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy maʼnaviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga boʻlgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora oʻstirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish; - har bir oʻsmirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari maktabning oʻquvchilar bilan olib boradigan oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari, xilma-xil taʼlim-tarbiya ishlari sinfdan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktabtaʼlim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini yoʻlga qoʻyish shakllaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish vauni hayotga, aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda koʻngillilik asosida tashkil qilinadi. Toʻgaraklar birnecha xilda boʻlishi mumkin: a) fan toʻgaraklari; b) mohir qoʻllar toʻgaraklari; d) 13 duradgorlik toʻgaraklari; e) sport toʻgaragi; f) badiiy toʻgarak. Bu toʻgaraklarni oʻrta umumtaʼlim maktablarida sinf rahbariva tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari toʻgarak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil boʻlgan oʻz oʻquvchilarini biror toʻgarakka aʼzoboʻlishga chorlaydi.Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar oʻquvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni toʻldiradi. Ularning dunyoqarashi toʻgʻri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga koʻmaklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bogʻlanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham koʻp qirralidir. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlari oʻz mazmuniga koʻra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingananiq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokamaqilish asosida oʻtkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bubolalarni oʻzining axloqiy xattiharakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga toʻgʻri baho berishga oʻrgatadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar oʻquvchilarning darsdan boʻshvaqtlaridagi oʻquv tarbiya jarayonini toʻldiradi va kengaytiradi, oʻquvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yoʻnalishlari, mazmuni har bir bosqichda oʻquvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim. Tarbiyaviyish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari boʻlishi kerak. Maktabda bashlangʻich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olibborish, uni yoʻlga qoʻyish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlartashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Musiqadan sinfdan va maktabdan tashqari taʼlim va tarbiyasi bevosita darsdagi oʻqitish tizimiga tayanadi, umumiy maqsad va vazifalar negizida oʻquvchilarni musiqaga qiziqish va ehtiyojlarini izchillik bilan rivojlantirib boradi. Maʼlumki, umumiy taʼlim maktablari oʻquvchilarni professional musiqa faoliyatiga tayyorlashni oʻz oldiga asosiy maqsad qilib qoʻymaydi. Biroq musiqani tushunish, 14 uni idrok qilish, undan emotsional taʼsirlanish har bir oʻquvchiga, u kelajakda musiqachi sanʼatkor boʻladimi yoʻqmi bundan qatʼiy nazar xos boʻlmogʻi kerak. Shu narsa yaxshi maʼlumki, musiqadan yaxshi tayyorgarligi boʻlgan kishilarda badiiy did ancha yuqori boʻladi, idroki boy boʻladi. Maktabda musiqa boʻyicha sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yoʻlga qoʻyilishi musiqiy taʼlim va tarbiya mazmunini har jihatdan toʻldirish, mukammal va toʻlaqonli boʻlishda katta ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi oʻquvchilarni iloji boricha koʻproq ommaviy-madaniy va toʻgarak ishlariga jalb etish orqali ularni dunyoqarashlarini, qiziqish va ehtiyojlarini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini oʻstirish, shu orqali malakaviy madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi ommaviy shaklida oʻquvchilar yalpi tarzda ishtirok etilaveradi. Bu shaklda turli bayramlarga, musiqa boʻyicha koʻrik tanlovlarga, ijodiy uchrashuvlarga teatr va konsertlarga jamoa boʻlib tushishi, «Alifbe» bayramlari, shoir, bastakor, qoʻshiqchihofizlar bilan uchrashuvlarga tayyorgarlik, qatnashish kabilar kiradi. Ammo bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishlariga qarab oldindan tayyorlab berish kerak boʻladi. Toʻgaraklar esa maktab oʻqituvchisining imkoniyatlariga (cholgʻuchilik, ijrochilik) qarab tuzilishi mumkin. Maktablarda tuziladigan toʻgaraklar: 1. Xor. 2. Vokal-cholgʻu. 3. Ashula va raqs ansambli. 4. Vokal ansambli. 5. Cholgʻuchilar ansambllari (rubobchilar,dutorchilar,doirachilar va h.k). 6. Raqs. Bu ishlarni tashkil etish musiqa oʻqituvchisining kasbiy tayyorgarligi va darajasiga bogʻliq boʻladi. Har bir ommaviy tadbir va toʻgarak ishlarini yuksak badiiy did bilan tashkil etish, tizimli asosda olib borish juda maʼsuliyat bilan ishlansa va bu ishga alohida mehrni talab etadi. Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi oʻquvchilarni iloji boricha koʻproq ommaviy va toʻgarak ishlariga jalb etib, ularni dunyoqarashini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini oʻstirish, tabiatga, Ona-Vatanga boʻlgan mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda 15 musiqa darslaridan tashqari, ommaviy va toʻgarak ishlari olib boriladi. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ikki shakli mavjud. 1) Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli. 2) Musiqa tarbiyasining toʻgarak shakli. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy uquvini tekshiruvdan oʻtkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqazo etadi. Bularga, qoʻshiq bayramlari, «Musiqa haftaligi», «Oʻzbekiston Vatanimmanim», «Ilhom chashmali» koʻrik-tanlovlaridan, ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertalarga sayohat, «Alifbe» bayramlariga, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Ammo, bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlarni har birini yuksak badiiy did bilan tashkil etib, amalgaoshirish, chinakam badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etish lozim. Musiqa oʻqituvchining ommaviy ishlar rejasi, maktab maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa oʻqituvchisi va maktab maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda, oʻquvchilarning yoshiga, qiziqishiga qarab, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda tuziladi. Bunda oʻquvchilarning musiqiy uquvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy musiqa mashgʻulotlarining har biri aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmogʻi lozim. Bunda har bir mashgʻulot turiga qarab, uning asosiy maqsadi, xususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar hisobga olinib, oʻquvchilar jalb etiladi. Toʻgarak ishlarini esa, ish rejasini musiqa oʻqituvchisining oʻzi, oʻz hohishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil tarzda tuzadi. Oʻqituvchi toʻgarak ishlariga oʻquvchilarni musiqiy qobiliyati, xohishistagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli toʻgaraklar tuzadi. Haftasiga 2- 3 bor toʻgarakni guruhlarga boʻlib ishlaydi. Toʻgarak ishlarining asosi musiqa darsidir. Toʻgarak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida aktiv qatnashadigan oʻquvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa toʻgaragiga jalb etiladi. Toʻgarak faoliyati faollashtiradigan narsa – bu maktab sahnasidir. Oʻquvchilar tadbirlarda, qoʻshiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida eʼtibor qozonib, tuman, shahar, respublika koʻrik-tanlovlarida 16 qatnashdilar. Bu ularni oʻz mehnatidan zavqlanishi histuygʻularni Ona-Vatanga muhabbat, musiqa sanʼatiga hurmat, doʻstlari orasida mehr-muhabbat tuygʻusini os5hirib boradi. Maktabdan tashqari musiqaviy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari, oʻquvchilar saroylari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga koʻra, ularning ijodiy imkoniyatlariini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan musiqa (fortepiano, torli cholgʻular, estrada-cholgʻu ijrochiligi, xalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi, anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va sanʼat (xoreografiya, teatr sanʼati, tasviriy va amaliy sanʼat) yoʻnalishlarida faoliyatini amalga oshiradi. Oʻzbekiston taʼlim tizimining bosh maqsadi har tomonlama rivojlangan, maʼnan boy, intellektual salohiyatli, jismonan sogʻlom va mustaqil fikrga ega barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Bu ezgu maqsadga erishishda nafaqat dars jarayonlari, balki oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan darsdan tashqari mashgʻulotlar, xususan, raqs toʻgaraklari ham beqiyos ahamiyatga ega. Raqs toʻgaraklari shaxsning koʻplab qirralarini ochishga va rivojlantirishga xizmat qiluvchi kompleks yondashuvni taʼminlaydi. Raqs – bu shunchaki harakat emas, balki organizm uchun juda foydali jismoniy faoliyatdir. Raqs elementlarini bajarish davomida harakatlar uygʻunligi (koordinatsiya), muvozanat saqlash qobiliyati rivojlanadi. Bu esa oʻquvchining nafaqat sahnada, balki hayotda ham oʻzini erkin va ishonchli his qilishiga yordam beradi. Raqs mashqlari mushaklar va boʻgʻimlarning egiluvchanligini oshiradi. Murakkab va davomiy raqslarni ijro etish esa jismoniy chidamlilikni tarbiyalaydi. Darsdan tashqari raqs toʻgaraklari – bu shunchaki vaqtichogʻlik emas, balki Oʻzbekistonning kelajagi boʻlgan yosh avlodni jismonan baquvvat, maʼnan yetuk, estetik didi nozik, ijodkor, oʻz milliy madaniyatini qadrlaydigan va jamiyatda faol ishtirok eta oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalashning muhim va ajralmas qismidir. Bunday toʻgaraklarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish farzandlarimizning yorqin kelajagiga qoʻshilgan hissadir. 5 Sh. Jalilova. O'zbek raqsini o'qitish uslubiyoti .O'quv qo'llanma. – Toshkent, 2020. – 83–84-betlar. 17 II BOB. MAKTABDAN VA DARSDAN TASHQARI TAʼLIM Oʻzbek maʼrifatparvarlari, xususan, jadid bobolarimiz Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi siymolar oʻz davridayoq yoshlarga faqat kitobiy bilim berish emas, balki ularni axloqan pok, hunarli, jismonan chiniqqan, oʻz millati va Vataniga sodiq insonlar etib tarbiyalash gʻoyasini ilgari surganlar. Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud Axloq” asarida taʼkidlanganidek, “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. Bu fikrlar bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan va zamonaviy taʼlim tizimida, ayniqsa, darsdan va maktabdan tashqari faoliyatlarda oʻz aksini topmoqda. Darsdan tashqari taʼlim – bu umumtaʼlim maktablari negizida, asosiy darslardan soʻng oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning turli yoʻnalishlardagi qiziqish va isteʼdodlarini rivojlantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan pedagogik jarayondir. U majburiy dasturdan tashqarida, ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.Dars jarayonida oʻtilgan mavzularni mustahkamlash, ayrim fanlarga chuqurroq qiziqish bildirgan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha bilim olish imkoniyatini yaratadi (masalan, matematika, fizika, chet tili, tarix fan toʻgaraklari). Bu oʻquvchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantiradi, ularni fan olimpiadalariga tayyorlaydi.Darsda barcha oʻquvchilarga bir xil yondashish talab etilsa, toʻgarak mashgʻulotlarida har bir bolaning individual qobiliyati, oʻzlashtirish darajasi va qiziqishiga koʻproq eʼtibor qaratish mumkin boʻladi.Koʻplab toʻgaraklar (masalan, texnik ijodkorlik, robototexnika, hunarmandchilik) nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʻlashga, oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Maktabdagi turli klublar, oʻzini oʻzi boshqarish tizimlari, koʻrik-tanlovlar oʻquvchilarda yetakchilik qobiliyatlarini, jamoada ishlash malakasini, tashabbuskorlikni rivojlantiradi. Maktabdan tashqari taʼlim – bu taʼlim tizimining alohida boʻgʻini boʻlib, u umumtaʼlim maktablaridan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi maxsus muassasalarda amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda bunday muassasalarning keng tarmogʻi yaratilgan: 18 "Barkamol Avlod" Bolalar maktablari - bu markazlar yoshlarning intellektual, ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan koʻp tarmoqli muassasalardir. Ular texnik ijodkorlik (robototexnika, aviamodelchilik, dasturlash), badiiy ijodiyot (tasviriy sanʼat, kulolchilik, zardoʻzlik, musiqa, raqs), ekologiya va oʻlkashunoslik, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlarda keng qamrovli toʻgaraklarni taklif etadi. Bu markazlar oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishda ham muhim rol oʻynaydi. Bolalar Musiqa va Sanʼat Maktablari - bu yerda bolalar musiqa (turli cholgʻu asboblari, vokal, xor), tasviriy sanʼat, xoreografiya, teatr sanʼati boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar. Bu maktablar milliy sanʼatimiz anʼanalarini saqlash va kelajak avlodga yetkazishda muhim vazifani bajaradi. Oʻzbek adabiyoti va sanʼatida madaniyatga, musiqaga boʻlgan yuksak ehtirom koʻplab asarlarda (masalan, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Zulfiya sheʼriyatida) oʻz ifodasini topgan boʻlib, bu maktablar ana shu qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi.Milliy raqs, musiqa, hunarmandchilik, tarix toʻgaraklari orqali yoshlar ongiga milliy gʻurur, vatanparvarlik, ajdodlar merosiga hurmat tuygʻulari singdiriladi. Jamoaviy faoliyat esa doʻstlik, oʻzaro yordam, halollik kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Oʻzbekistonda darsdan va maktabdan tashqari taʼlim tizimi yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularning intellektual, ijodiy, jismoniy va maʼnaviy salohiyatini yuzaga chiqarishning uzviy va ajralmas qismidir. Bu tizim nafaqat bolaning shaxsiy kamoloti, balki butun jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Chunki bugungi kunda toʻgaraklarda bilim va hunar oʻrganayotgan, sport bilan shugʻullanayotgan, sanʼat asarlaridan zavqlanayotgan yoshlar – ertangi kunning bunyodkorlari, olimlari, sportchilari, sanʼatkorlari va Vatan himoyachilaridir. Shu bois, bu tizimni yanada takomillashtirish, uning qamrovini kengaytirish, moddiytexnik bazasini mustahkamlash va malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishi zarur. Zero, barkamol avlod – Oʻzbekistonning buyuk kelajagining mustahkam poydevoridir. 19 2.1. Raqs toʻgaraklari tashkil qilish Mamlakatimizda milliy va umumbashariy ahamiyatga molik milliy raqs sanʼatini yanada yuksak mavqega koʻtarishga xizmat qiladigan, tarixiy ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy raqsimiz millat tarixini, ruhiyati, orzuumidlari va armonlarini aks ettiradigan sanʼat namunasi hisoblanadi. Uning tarixini oʻrganish xalqning urf-odatlari, anʼanalarini, buguni va kelajagini oʻrganish, tadqiq qilish demakdir. Akademiya ilmiy jamoasi saʼy-harakati milliy raqs millatning oʻzligini, qadim orzu-umidlarini aks ettirishini yoshlarga tushuntirish milliy raqslarimizni bebaho madaniy merosimiz, mamlakatimizning tashrif qogʻozlaridan biri sifatida asrab-avaylashga qaratilgan. SHuningdek, oʻzbek raqs sanʼatini targʻib qilishga, isteʼdodli talabalarning xorijdagi nufuzli oliy dargohlarda tahsil olishlariga, bu borada xalqaro aloqalarni kuchaytirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida -Moskva davlat lingvistika universiteti bilan oʻzaro hamkorlik haqida shartnoma tayyorlanmoqda. Zero, milliy raqs sanʼatining madaniy hayotimizdagi oʻrnini belgilash, uning yoʻqolib borayotgan turlarini tiklash va noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, dunyo miqyosida tanitish va targʻib qilish eng ustuvor vazifalardan biridir. Musiqa oʻqituvchisining ommaviy ishlar rejasi maktab maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan tanish boʻlgan holda turli bayram, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda tuziladi. Ommaviy musiqa mashgʻulotlarining har biri aniq maqsad, aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmogʻi lozim. Bunda har tadbirni oʻz xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga oʻquvchilarni jalb qilish muhim payt hisoblanadi. Mashgʻulot turli xususiyati, repertuar mazmuni, maktabning imkoniyatlari, taklif etiladigan mehmonlar hisobga olinadi. Toʻgaraklar ish rejalar koʻproq musiqa oʻqituvchisi yoki toʻgarak rahbarining imkoniyatlariga qarab tuziladi. Toʻgarak ishlariga jalb qilishda birinchi galda oʻquvchilarni qiziqishi, cholgʻuchilik va ashulachilikka mos imkoniyatlari (ovozi, diapozoni) eʼtiborga olinadi va ular guruhlarga boʻlinib, haftasiga 2-3 bor mashgʻulotlar olib boradi. Toʻgarak faoliyatini koʻzga koʻrsatadigan, uni 20 samaradorligini belgilovchi narsa bu maktab sahnasidir. Oʻquvchilar tadbirlarda qoʻshiqlar, raqslar, rollar ijro etib, maktab jamoasi oldida eʼtibor qozonadi, shahar, tuman, viloyat, respublika koʻriktanlovlarida qatnashadilar. Bularning barchasi ularning oʻz mehnatidan, zavqlanish, vatanga, tabiatga, hayotga, musiqa sanʼatiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Soʻnggi yillarda milliy musiqiy boyliklarni tiklash, toʻplash, nashr qilish hamda taʼlim-tarbiya maqsadlarida foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini oʻrganish boʻyicha eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Qudratli tarbiyaviy taʼsirchanlikka ega boʻlgan xalq musiqa ijodiyotidan taʼlim tizimida, xususan, umumtaʼlim maktablarida dars va darsdan tashqari (turli madaniyommaviy tadbirlar, badiiy havaskorlik toʻgaraklari, koʻrik-tanlovlarga tayyorgarlik va hokazo) faoliyatlarda keng foydalanishni yanada kuchaytirish, birinchidan, taʼlim mazmunini boyitsa, ikkinchidan, taʼlimning milliy negizini mustahkamlaydi. Musiqa fanidan sinfdan tashqari ishlar, toʻgaraklarni tashkil etish insоn shахsini хаr tоmоnlаmа uygʻun kamolotini tаʼminlаshdа sаnʼаtning jumlаdаn musiqаning аhаmiyati kаttа. Zеrо sаnʼаt аsаrlаri vоsitаsidа kishining bаdiiy dunyo kеngаyib mаʼnаviyati shаkillаnаdi. Maʼnaviyatni shаkillаntirishesа, dаvrning muхim vаzifаsi bulib, uni хаl etish niхоyatdа dolzarb. Yurtbоshimiz tаʼkidlаgаnidеk, «Mаʼnаviyat insonning, хаlqning, jаmiyatning, kuch qudrаtidir. U yoʻq jоydахеch qаchоn bах-tu sаоdаt tаrаqqiyot boʻlmаydi. Sanʼat vоsitаsidа musiqа mаdаniyati, bоlа shахsining maʼnaviyatini shаkllаntirishni izchil аmаlgа оshirishdа umumtаʼlim maktablarning ayniqsa rоli juda kаttа. Xoʻsh, umumtaʼlim maktablarida xalq musiqa ijodiyotini oʻrganishda nimalarga eʼtibor berish, taʼlimiy va tarbiyaviy faoliyatni qanday tashkil qilish maqsadga muvofiq boʻladi? Ushbu yoʻnalishdagi tadqiqiy izlanishlar quyidagi pedagogik talab va mezonlar asosida ish tutish ijobiy natijalarga erishish imkonini berishni koʻrsatdi: 1. Umumtaʼlim maktablarida darsdan tashqari faoliyatda xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan foydalanishda ularni maʼlum mezon va talablarga koʻra tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu oʻrinda: 21 a) xalq musiqa ijodiga mansub asarlarning har bir sinfning musiqiy mavzulari (yil, chorak)ga va dastur talablariga mosligi; b) asarlarning oʻquvchilarning musiqiy qiziqishi, qobiliyati va ijrochilik imkoniyatlariga toʻgʻri kelishi; d) tanlangan asarlar oʻquvchilarning musiqiy dunyoqarashi va tafakkurini, pirovard natijada milliy madaniyatini shakllantirish nuqtayi nazaridan tarbiyaviy taʼsirchanlikka ega boʻlishi; e) oʻquvchilarda oʻqishga, mehnatga, ijodiy izlanish, ijtimoiy foydali ishlarga ragʻbat uygʻotishi; f) xalq musiqa ijodiyoti namunalarining hozirgi kunda ham ahamiyatini yoʻqotmagan umumxalq bayramlari, madaniy-maʼrifiy va ommaviy tadbirlar mavzulariga mosligi; g) asarlarni oʻrganishda taʼlimning boshqa tarkibiy qismlarini (musiqa savodi, musiqa adabiyoti, musiqa ijodkorligi) oʻzlashtirish uchun ahamiyatliligi yoki ijobiy taʼsir koʻrsatish xususiyatiga egaligiga eʼtibor qaratilishi muhimdir. 2. Xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan taʼlimiy va tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda sinfda oʻrganilgan mavzularni mustahkamlash nuqtayi nazaridan yondashish. Dars va darsdan tashqari jarayonda xalq musiqasi namunalarini oʻrganish, ijro etish ishlari ular haqidagi tarixiy, adabiy, nazariy manbalardan imkon qadar koʻproq foydalanish orqali amalga oshirilishi lozim. Bu pedagogik talab musiqa darslarining asosiy faoliyat turlari mazmuni va mohiyatiga muvofiq holda ish yuritishni nazarda tutadi. Yaʼni erkin tanlov asosida oʻrganilgan asar ayni vaqtdagi asosiy maqsad va hal etilayotgan vazifalarga ijodiy yondashish xarakterida boʻlishi lozim. 3. Darsdan tashqari faoliyatda oʻrganish uchun tanlab olingan namunalar oʻquvchilarning anʼanaviy mumtoz va folklor yoʻnalishida mustaqil bilim olishga boʻlgan talab va istaklariga mos kelishi va oʻqituvchi tomonidan mashgʻulotlarni tashkil etishda eʼtiborda tutilishi lozim. Bu pedagogik sharoit oʻz mazmunida oʻquvchilarning musiqiy iqtidor va qobiliyatlarini yuzagachiqarish uchun izchil va maqsadli mashgʻulotlar olib borishni nazarda tutadi. Shuningdek, umumtaʼlim 22 maktablarida oʻquvchilarni dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarga imkon qadar keng va ommaviy jalb qilishni, sinfdan tashqari ishlarda oʻzaro aloqadorlikni kuchaytirishni uqtiradi. 4. Xalq musiqa ijodiyotiga murojaat qilganda, ularning qaysi mahalliy uslubga xosligi, janri, ijrodagi cholgʻular ishtiroki, raqs joʻrligi kabilarga eʼtibor berish eng muhim shartlardan hisoblanmogʻi lozim. Chunki bu jihatlar xalq musiqasining eng muhim xususiyatlarini aks ettiradi va oʻquvchilarning umu6mmusiqiy biluv darajasining takomillashuviga, milliy musiqaning oʻziga xos uslublarini, ijrochilik anʼanalarini chuqur oʻzlashtirishlariga ijobiy taʼsir etadi, taʼkidlab oʻtilgan taʼlimiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishishni kafolatlaydi. 5. Umumtaʼlim maktablarida musiqa oʻqituvchisi darsdan tashqari faoliyatda oʻquvchilarni xalq musiqa ijodiyoti bilan tanishtirib borishga nazariy, amaliy va uslubiy jihatdan doimiy ravishda tayyorgarlik koʻrib, oʻz bilim va malakalarini oshirib borishi lozim. Chunki oʻqituvchi-murabbiyning bu faoliyatdagi muvaffaqiyati uning xalq tarixi, madaniyati, urf-odatlari va anʼanalari, shuningdek, musiqa sanʼati sohasida qanchalik keng bilim va malakaga ega ekanligiga hamda shaxsiy namunasiga koʻp jihatdan bogʻliq boʻladi.Toʻgarak dasturlarining rangbarangligi, ular mazmunidagi yangiliklar oʻsmir yigit va qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar tugʻdiradi. 2.2.Milliy xalq raqslari Milliy xalq raqslari har bir millatning oʻziga xos madaniyati, tarixi, ruhiyati va turmush tarzini aks ettiruvchi bebaho xazinadir. Ular shunchaki koʻngilochar mashgʻulot emas, balki xalqning quvonch-u tashvishlari, orzu umidlari, mehnat jarayonlari va marosimlarini oʻzida mujassam etgan jonli sanʼat turidir. Dunyoning har bir burchagida oʻziga xos milliy raqslar mavjud boʻlib, ularning har biri oʻsha xalqning feʼl atvori, yashash sharoiti va estetik qarashlaridan darak beradi. Ispaniyaning ehtirosli flamingosi, Irlandiyaning joʻshqin jigasi, Shotlandiyaning G. Darxonova. To'garak mashg'ulotlarini tashkil etish . Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti maqolasi. 66 23 gʻururli togʻlik raqslari yoki Hindistonning murakkab mudralarga boy klassik raqslari shular jumlasidandir. Xalq raqslari odatda xalqning kundalik hayoti, diniy eʼtiqodlari, tabiat bilan aloqasi va ijtimoiy anʼanalari bilan chambarchas bogʻliqdir. Ular koʻpincha toʻy, bayram, diniy marosimlar yoki mavsumiy tadbirlar kabi muhim voqealar bilan birga ijro etiladi. Xalq raqslari musiqiy hamrohliksiz yoki milliy cholgʻu asboblari sadolari ostida ijro etilishi mumkin. Har bir xalqning raqslari oʻziga xos ritm, harakat va estetikaga ega boʻlib, ular xalqning ruhiy dunyosini ochib beradi. Yevropa xalq raqslari oʻzining joʻshqin ritmlari va guruh raqslari bilan mashhur. Bu raqslar koʻpincha qishloq hayoti, sevgi hikoyalari yoki tarixiy voqealar bilan bogʻliq. Bugungi kunda dunyo xalq raqslari nafaqat oʻz xalqlari orasida, balki xalqaro miqyosda ham muhim oʻrin tutadi. Koʻplab raqslar UNESCOning nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan, masalan, Argentina tango va Oʻzbekistonning “Lazgi” raqsi. Xalq raqslari turli festivallar, shoular va madaniy tadbirlarda namoyish etilib, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hurmatni mustahkamlaydi. Xalq raqslari koʻpincha guruh boʻlib ijro etiladi, bu esa ijtimoiy birdamlik va birlikni ifodalaydi. Baʼzi raqslarda erkaklar va ayollar alohida raqsga tushsa, boshqalarida ular birgalikda ishtirok etadi. Liboslar ham raqsning muhim qismidir – ular xalqning milliy kiyimlarini, ranglarini va naqshlarini aks ettiradi. Masalan, ispaniyalik flamenko raqqosalari yorqin liboslar kiyadi, hind raqqosalari esa sari va zargarlik buyumlari bilan bezanadi. Bu raqslar avloddan avlodga oʻtib, sayqallanib, milliy oʻzlikni anglashning muhim vositasiga aylanib kelgan. Ana shunday boy va rang-barang raqs merosiga ega yurtlardan biri bu Oʻzbekistondir. Oʻzbek xalq raqslari oʻzining qadimiyligi, janrlar xilma-xilligi, ijro uslublarining betakrorligi bilan ajralib turadi va Markaziy Osiyo raqs sanʼatida muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbek xalq raqslarining ildizlari asrlar qaʼriga borib taqaladi. Ular xalqning kundalik hayoti, mehnat faoliyati, mavsumiy oʻzgarishlar, diniy eʼtiqodlar va tarixiy voqealar bilan chambarchas bogʻliq holda rivojlangan. Qadimgi devoriy suratlar, 24 arxeologik topilmalar va yozma manbalar Oʻzbekiston hududida raqs sanʼatining qadimdan mavjud boʻlganligini tasdiqlaydi. Xalq sayillari, Navroʻz bayrami, hosil yigʻim terimi, toʻy marosimlari, sumalak pishirish kabi anʼanaviy tadbirlar hech qachon raqssiz oʻtmagan. Raqs odamlarni birlashtiruvchi, ularga ruhiy quvvat bagʻishlovchi, jamoaviy kayfiyatni koʻtaruvchi vosita boʻlib xizmat qilgan. Oʻzbek xalqining mehmondoʻstligi, kattalarga hurmat, samimiylik, hazil mutoyibaga moyillik kabi xususiyatlari ham raqs harakatlarida oʻz ifodasini topgan7. Oʻzbek xalq raqslari oʻzining musiqiy joʻrligi bilan ham ajralib turadi. Raqslar odatda doira, nogʻora, surnay, karnay, nay, gʻijjak, rubob, dutor, tanbur kabi milliy cholgʻu asboblari sadolari ostida ijro etiladi. Musiqa va raqs bir butunlikni tashkil etib, bir birini toʻldiradi. Musiqa raqsning ritmini, surʼatini, kayfiyatini belgilab bersa, raqs harakatlari musiqa ohanglarini gavdalantiradi. Ayniqsa, doiraning aniq va joʻshqin zarblari oʻzbek raqslarining oʻzagini tashkil etadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Oʻzbekistonda hududiy joylashuv, tarixiy rivojlanish va mahalliy anʼanalarga koʻra bir biridan farq qiluvchi uchta yirik raqs maktabi shakllanganligi ilmiy adabiyotlarda keng eʼtirof etiladi. Bular Fargʻona, Buxoro va Xorazm raqs maktablaridir. Har bir maktab oʻzining ijro uslubi, harakatlar plastikasi, raqs leksikasi, musiqa va liboslari bilan ajralib turadi. Fargʻona raqs maktabi oʻzining nafisligi, mayinligi, lirikaga boyligi va harakatlarning ravonligi bilan tavsiflanadi. Bu maktab raqslarida qoʻl harakatlariga alohida eʼtibor beriladi. Barmoqlarning nozik harakatlari, bilaklarning egiluvchanligi, "qayrilma qoʻl" deb ataluvchi oʻziga xos uslub Fargʻona raqslarining jozibasini oshiradi. Yuz ifodalari, koʻz qarashlar orqali ichki kechinmalar, nozik his tuygʻular mahorat bilan ifodalanadi. Yelkalar va gavda harakatlari odatda bosiq, ammo maʼnodor boʻladi. Fargʻona vodiysining goʻzal tabiati, unumdor yerlari, odamlarining muloyim tabiati bu raqslarda oʻz aksini topgandek. Bu maktabga mansub eng mashhur raqslardan biri "Tanovar"dir. "Tanovar"ning bir nechta turi mavjud boʻlib, ularning har biri oʻziga xos musiqa va kayfiyatga ega. Ular goh lirik mahzunlikni, goh shodiyonalikni, goh mulohazakorlikni ifodalaydi. Shuningdek, 7 Saitova EY, Abrayqulova NE Xoreografiya va raqs san'ati asoslari . – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. 25 "Katta oʻyin" deb nomlangan, dastlab erkaklar tomonidan ijro etilgan salobatli va viqorli raqs ham Fargʻona maktabining yorqin namunalaridandir. "Rohat", "Dilxiroj", "Andijon polkasi" kabi shoʻx va joʻshqin raqslar ham Fargʻona vodiysida keng tarqalgan. "Andijon polkasi" oʻzining tez surʼati, aniq harakatlari va koʻtarinki ruh bilan ajralib turadi. Buxoro raqs maktabi esa oʻzining keskin harakatlari, aniq nuqtalarda qotib turishlari, murakkab oyoq harakatlari va ayniqsa, yelkalarning titratilishi yaʼni "larzon" uslubi bilan farqlanadi. Bu raqslarda koʻproq ritmik aniqlik, baʼzan esa hazilomuz yoki tantanavor kayfiyat ustunlik qiladi. Buxoro qadimdan yirik savdo va madaniyat markazi boʻlganligi, amirlik saroylarida sanʼat rivojlanganligi raqs uslubiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Raqslarda ulugʻvorlik, baʼzan esa nozik did bilan qilingan hazil elementlari uchraydi. Buxoro raqslari koʻpincha zardoʻzi liboslar bilan ijro etiladi, bu esa ularga alohida hashamat bagʻishlaydi. "Buxorocha" umumiy nomi ostida turli xil raqslar ijro etiladi. "Zang" raqsida qoʻngʻiroqchalar taqilgan bilaguzuklar yordamida ritm yaratiladi. "Larzon" raqsi esa Buxoro maktabining eng xarakterli belgisi boʻlgan yelka titratish mahoratini namoyish etadi. Buxoro raqslari orasida ham lirik, ham shoʻx, ham marosimiy turlari mavjud. Xorazm raqs maktabi oʻzining nihoyatda joʻshqinligi, shiddatli surʼati, energiyaga toʻlaligi, keskin va chaqqon harakatlari bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. Xorazm raqslarida butun tana harakatga keladi. Oyoq harakatlari murakkab va tez, sakrashlar, aylanishlar koʻp qoʻllaniladi. Qoʻl harakatlari ham oʻziga xos boʻlib, baʼzan keskin, baʼzan esa titroq holatda boʻladi. Raqqos yoki raqqosaning yuz ifodalari, nigohlari ham kuchli hissiyotni ifodalaydi. Bu maktabning eng mashhur va dunyoga tanilgan raqsi bu "Lazgi"dir. "Lazgi" qadimiy ildizlarga ega boʻlib, Xorazm xalqining ruhiyatini, kurashchanligini, hayotga muhabbatini oʻzida mujassam etgan. Raqs odatda sekin va vazmin boshlanib, asta sekin surʼati tezlashib boradi va eng yuqori choʻqqida joʻshqinlik va shiddat bilan yakunlanadi. "Lazgi"ning turli xil variantlari mavjud boʻlib, ular musiqa, harakatlar va hatto ijro etilish sabablariga koʻra farqlanishi mumkin. 2019 yilda "Xorazm raqsi Lazgi" UNESCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga 26 kiritilishi uning jahon miqyosidagi ahamiyatini koʻrsatadi. Xorazmda "Lazgi"dan tashqari "Norim Norim", "Gala Gala", "Omon Yor" kabi boshqa koʻplab xalq raqslari ham mavjud. Oʻzbek xalq raqslari nafaqat uslubiy jihatdan, balki mavzu va mazmun jihatid8an ham rang barangdir. Ular orasida mehnat jarayonlarini aks ettiruvchi raqslar bor. Masalan, paxta terimini, ipak qurtini boqishni, gilam toʻqishni ifodalovchi raqs harakatlari mavjud. Shuningdek, sevgi muhabbatni, tabiat goʻzalligini madh etuvchi lirik raqslar keng tarqalgan. Toʻy marosimlari bilan bogʻliq raqslar, masalan, kelin salom, yor yor aytish bilan bogʻliq raqs elementlari ham uchraydi. Baʼzi raqslar tarixiy voqealarni yoki qahramonliklarni aks ettirsa, boshqalari hazil mutoyiba, kulgili sahnalar asosiga qurilgan boʻladi. Raqslarning vizual taʼsirchanligini oshirishda milliy liboslarning oʻrni beqiyosdir. Har bir hududning oʻziga xos bichimdagi, rangdagi va bezakdagi liboslari mavjud. Fargʻona vodiysida xon atlas va adrasdan tikilgan yorqin rangli koʻylaklar, Buxoroda zardoʻzi choponlar va peshonabandlar, Xorazmda oʻziga xos bosh kiyimlar va keng yubkalar raqsning muhim tarkibiy qismidir. Liboslar raqs harakatlarini toʻldiradi, uning milliy koloritini kuchaytiradi va tomoshabinga estetik zavq bagʻishlaydi. Oʻzbek milliy xalq raqslari xalqimizning boy madaniy merosi, uning tarixiy xotirasi va maʼnaviy qadriyatlarining yorqin ifodasidir. Fargʻona, Buxoro va Xorazm kabi oʻziga xos raqs maktablarining mavjudligi, janr va mavzularning rang barangligi, musiqa va liboslar bilan uygʻunligi oʻzbek raqs sanʼatining betakrorligini taʼminlaydi. Bugungi kunda ham bu raqslar nafaqat sahnalarda professional ijrochilar tomonidan namoyish etilmoqda, balki xalq orasida, toʻy va bayramlarda sevib ijro etiladi. Yosh avlodga raqs sanʼatini oʻrgatish, uni asrab avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish mustaqil Oʻzbekiston madaniy siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Oʻzbek xalq raqslari milliy gʻururimiz, oʻzligimiz timsoli boʻlib, jahon madaniyati xazinasiga qoʻshilgan munosib hissadir. 8 Lazgi: Xorazm raqs san'ati . – Toshkent: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi nashriyoti, 2020. 27 Mamlakatimizda milliy va umumbashariy ahamiyatga molik milliy raqs sanʼatini yanada yuksak mavqega koʻtarishga xizmat qiladigan, tarixiy ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy raqsimiz millat tarixini, ruhiyati, orzuumidlari va armonlarini aks ettiradigan sanʼat namunasi hisoblanadi. Uning tarixini oʻrganish xalqning urf-odatlari, anʼanalarini, buguni va kelajagini oʻrganish, tadqiq qilish demakdir. Akademiya ilmiy jamoasi saʼy-harakati milliy raqs millatning oʻzligini, qadim orzu-umidlarini aks ettirishini yoshlarga tushuntirish milliy raqslarimizni bebaho madaniy merosimiz, mamlakatimizning tashrif qogʻozlaridan biri sifatida asrab-avaylashga qaratilgan. SHuningdek, oʻzbek raqs sanʼatini targʻib qilishga, isteʼdodli talabalarning xorijdagi nufuzli oliy dargohlarda tahsil olishlariga, bu borada xalqaro aloqalarni kuchaytirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Moskva davlat lingvistika universiteti bilan oʻzaro hamkorlik haqida shartnoma tayyorlanmoqda. Zero, milliy raqs sanʼatining madaniy hayotimizdagi oʻrnini belgilash, uning yoʻqolib borayotgan turlarini tiklash va noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, dunyo miqyosida tanitish va targʻib qilish eng ustuvor vazifalardan biridir. 28 Xulosa Raqs toʻgaraklarini tashkil etish yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashning eng samarali yoʻllaridan biridir. Ushbu toʻgaraklar oʻquvchilarda nafaqat jismoniy chiniqish va tana harakatlarini boshqarish koʻnikmalarini shakllantiradi, balki ularning estetik didini yuksaltirish, sanʼatga boʻlgan muhabbatini uygʻotish hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi. Raqs mashgʻulotlari bolalarning ritm tuygʻusini, musiqani his etish qobiliyatini oshiradi, shuningdek, ularda oʻziga ishonch, sahna madaniyati va oʻzini ifodalash koʻnikmalarini shakllantiradi. Raqs toʻgaraklari maktab taʼlimi tizimida darsdan tashqari mashgʻulotlar sifatida yoki maxsus ixtisoslashgan markazlarda tashkil etilishi mumkin. Darsdan tashqari toʻgaraklar oʻquvchilarning boʻsh vaqtini unumli va mazmunli oʻtkazish, ularni turli salbiy illatlardan himoya qilish va ijtimoiy moslashuvini kuchaytirishga xizmat qiladi. Maktabdan tashqari ixtisoslashgan toʻgaraklar esa raqs sanʼatining muayyan yoʻnalishlarini chuqur oʻrganish, professional mahoratni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy xalq raqslarini oʻrganish esa raqs toʻgaraklarining madaniy jihatdan eng qimmatli yoʻnalishlaridan biridir. Oʻzbek xalqining boy madaniy merosini, tarixini va anʼanalarini yosh avlodga yetkazishda milliy raqslarning oʻrni beqiyos. Fargʻona, Xorazm, Buxoro raqs maktablarining oʻziga xos uslublari, nafis harakatlari va maʼnolari orqali yoshlarda milliy gʻurur, vatanparvarlik tuygʻusi shakllanadi va ularning milliy oʻzlikni anglash jarayoni kuchayadi. Milliy raqslarimiz xalqimizning oʻziga xos ruhiyati va oʻtmishini aks ettiradi. Raqs toʻgaraklarini samarali tashkil etish uchun bir qator shartlarga rioya qilish lozim. Xulosa qilib aytganda, raqs toʻgaraklari yoshlar tarbiyasida, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishda va milliy madaniyatimizni asrab-avaylashda asosiy ustunlardan biri boʻlib qolmoqda. Ularning faoliyatini doimiy qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamiyatimizning muhim vazifasidir. Raqs bolalarning hissiy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Musiqa ohangiga moslashish orqali ular o‘z ichki kechinmalarini — xursandchilik, hayajon yoki 29 g‘am-alam kabi tuyg‘ularni ifoda etishni o‘rganadilar. Bu esa hissiy intellektning rivojlanishiga yordam beradi. Raqs mashg‘ulotlari stressni yengillashtirishga, ortiqcha energiyani sarflashga va ijobiy quvvat (yoki kuch) baxsh etishga yordam beradi. Yangi harakatlarni (yoki raqsni) o‘rganish, sahna ko‘rinishlarida qatnashish bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. U o‘z tanasini boshqarishni o‘rganadi, bu jarayon (yoki muntazam mashg‘ulotlar) esa sabr-toqat va intizomni shakllantiradi. Bu esa hayotda aniq maqsad sari intilish ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Raqs to'garaklari, ayniqsa guruhli mashg'ulotlar orqali, bolalarda jamoada ishlash, bir-birini tinglash va qo'llab-quvvatlash kabi muhim ijtimoiy ko'nikmalarni to'g'ri shakllantiradi. Harakatlar orqali olib boriladigan so'zsiz muloqot va tengdoshlar bilan bevosita aloqalar ijtimoiy moslashuv jarayonini osonlashtiradi. Bunda bolalar hurmat, empatiya va hamdardlik kabi insoniy fazilatlarni ham o'z jamoasi (ichida) o'rganadilar (yoki rivojlantiradilar). Bolalarning raqs san'ati bilan shug'ullanishi har bir mamlakat madaniyatiga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu borada chet el (xususan, G'arb mamlakatlari) va O'zbekiston yoshlari o'rtasida ba'zi yondashuv farqlari kuzatiladi. G'arb mamlakatlarida bolalar ko'pincha erta yoshdan klassik balet, zamonaviy raqs yoki xip-xop kabi turli raqs yo'nalishlarida shug'ullanadilar. Bunda shaxsiy erkinlik va individuallikka ko'proq urg'u beriladi hamda raqs ijodiy o'zini ifoda etishning muhim vositasi sifatida qaraladi. O'zbekistonda esa raqs san'ati xalq madaniyatining azaliy va ajralmas qismidir. Bolalar dastavval milliy raqslar bilan tanishib, boy madaniy merosni o'zlashtiradilar. Bu jarayonda ustoz-shogird an'analari muhim o'rin tutadi va kuchli saqlanib qolgan. Shu bilan birga, so'nggi yillarda bolalar va o'smirlar o'rtasida zamonaviy raqs turlari ham jadal ommalashib bormoqda. Bu holat yosh avlodning ijodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirib, o'zbek raqs san'atiga yangicha ohanglar, uslublar va yondashuvlar olib kirmoqda. 30 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-noyabrdagi PF-5863sonli “Sanʼat va madaniyatni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4584-son qarori. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi “Raqs sanʼatini tuzatishni malaka chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-88-son qarori. 4. Sh. Jalilova. Oʻzbek raqsini oʻqitish uslubiyoti .Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent, 2020. – 83–84-betlar. 5. Sharipova G. 2006. Musiqa va uni oʻqitish metodikasi. – Toshkent. 6. Nurmatov va boshqalar. 2002. 1–3-sinf "Musiqa" darsliklari. – Toshkent. 7. Saitova E.Y., Abrayqulova N.E. 2015. Xoreografiya va raqs sanʼati asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya. 8. Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi. 2020. Lazgi: Xorazm raqs sanʼati. – Toshkent: Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi nashriyoti. 9. Ismoilov T.X. 2021. Musiqiy oqimlar va rus klassik musiqasining shakllanishi. // Vestnik magistratura, №5 (116). 10.Darxonova G. (sanasi ko‘rsatilmagan). Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti maqolasi. 11.Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi. (sanasi ko‘rsatilmagan). Xoreografiya boʻyicha ilmiy tadqiqot, darsliklar va uslubiy qoʻllanmalar. Sayt: http://xoreografiya.uz 12.Oʻzbek raqs va madaniyati portali. (sanasi ko‘rsatilmagan). Raqs va madaniyatni rivojlantirishga bagʻishlangan resurslar, yangiliklar va tadbirlar. Sayt: http://raqs.uz 31
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )