1 Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: 2.1. “O’zsanoatqurilishbank” ATB tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish. 2.2. “O’zsanoatqurilishbank” ATB kapitali va uning tashkil etish manbalari. 2.3. “O’zsanoatqurilishbank” ATB filialida dasturiy texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o’rganish. 2.4. “O’zsanoatqurilishbank” ATB strategiya va maqsadlari. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar 2 2024-2026-yillarga mo’ljallangan Kirish Bozor munosabatlarining muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo’lmasdan sog’lom taraqqiy qilishi mumkin emas. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganishni, ularning ishlash usullari, funktsiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasida ham bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish borayotgan shu bosqichda asosiy maqsad banklarimiz faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalariga yaqinlashtirshdan, banklarning kapitalini ko’paytirgan holda, ularni xususiylashtirish, banklar faoliyatida yangi zamonaviy texnologiyalar qo’llash va umuman banklar faoliyatining samaradorligi orqali iqtisodiyotning samarasi va barqarorligiga erishishdan iborat. So’nggi yillarda O’zbekistonimiz iqtisodiyotida tub burilishlar ko’plab uchrab ularni bank sohasida ham yaqqol ko’rish mumkin. banklar iqtisodiyotning muhim richaglaridan biri bo’lib davlat iqtisodini yuritishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Banklar maxsus muassasa sifatida o’ziga xos bo’lgan funktsiya va operatsiyalarni bajaradi. Ular bajardaigan bu funktsiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabat subektlari faoliyatidan ajralib turishiga asos hisoblanadi. Banklarning ish predmeti bo’lib pul mablag’lari hisoblanib, ular bozor munosabatining amalga oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadilar. Pul doimo o’zi bilan ehtiyotkorona muomalada bo’lishni va saqlashni, uni ko’paytirishga harakat qilishni, uni iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi. 3 Respublikada bank infratuzilmalari kengayib borgan sari ularning mijozlari soni va shunga mos ravishda bajaradigan operatsiyalari ko’lami hamda soni ko’payib boradi. Demak, bank operatsiyalarini jahon andozalari talablari asosida tez va to’g’ri bajarish, mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun bank tizimining barcha tuzilmalari, bank boshqarmalari, filiallar, minibanklar uchun yetarli darajada malakali bank xodimlari talab etiladi. Bunday natijalarga erishish uchun albatta vatanga yetuk va malakali kadrlar juda kerak bo’ladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida alohida ta’kidlab o’tilgan, “…iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish ”. Bo’lajak bankirlar ushbu amaliyot orqali talabalar banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tertibi, hisobvaraqlar rejasini o’rganish, kredit, kassa operatsiyalarining hisobi, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari va ular orqali hisobkitoblarni yuritish, barcha bank operatsiyalarni rasmiylashtirish, shuningdek, buxgalteriya balansining tahlili va bank moliya hsiobotlarini tuzish bo’yicha bilimlarni yanada yaxshiroq o’zlashtira oladilar. Amaliyot davomida ish o’rganuvchilar bank funktsiyalarini tatbiq etibgina qolmay o’z mulohaza va takliflarini ham berib boradilar. Bu orqali ya’ni yangi takliflar orqali banklar ham o’zlari uchun qaysidir ma’noda innovatsiya qiladi va rivojlanishida yanada yuksakroq pog’onalarga qadam quyadi. 4 Amaliyotning asosiy va muhim vazifasi tijorat banklarining faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan operatsiyalar hisobini tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni o’rganishdan iboratdir. Amaliyot yakunlangandan so’ng o’rgangan bilimlarini yoritib berish talab etiladi ya’ni hisobot yozib unda amaliyot davrida o’rgangan barcha bilimlarini yoritib, amaliyot vaqtida qilgan ishlarini yozib berish kerak bo’ladi. Shu orqali ularni tajribasisini oshirish siyosati amalga oshiriladi. Amaliyotchilarga dastur asosida bankda yo’nalishlar berilgan bo’lib unda, buxgalteriya bo’yicha buxgalteriya apparatining tuzilishi va qoidalari qaydnomasi, shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirmalarni o’rganadilar. Hisob-kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi yuzasidan mijozlarga hisob raqamlar ochish tartibi bo’yicha hisobvaraq ochish uchun ariza, imzolar va muhr namunasi tushirilgan varaqcha, kassa operatsiyalari bo’yicha pul topshirganlik to’g’risida e’lonnoma, kirim kassa orderi (turli shakllari), chiqim kassa orderi, kirim kassa jurnali, chiqim kassa jurnali, balansdan tashqari kirim orderi, balansdan tashqari chiqim orderlari haqida amaliy ko’nikmalarni olib boradi. Bundan tashqari, kredit, lizing va factoring operatsiyalari hisobi bo’yicha kredit olish uchun ariza, kredit berilishi va qaytarilishi bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar, lizing va faktoring operatsiyalari bilan bog’liq hujjatlarni yuritib boradi, qimmatli qog’ozlar blankalari nusxalarini shakllari, valyuta operatsiyalari bilan bog’liq hujjatlarni yozish va ularni yuritish tartibini o’rganadilar. Banklarning ichki operatsiyalari hisobida esa bank asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarni hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar, kunlik balans, joriy, oylik va yillik buxgalteriya hisobotlari haqida amaliy ko’nikmalarini kengaytirib, oshirib borish ham amaliyotdan ko’zlangan maqsadlardan biridir. 5 2.1. “O’zsanoatqurilishbank” ATB tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish. To’liq rasmiy nomlanishi: “O’zbеkiston sanoat – qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki. Qisqartirilgan rasmiy nomlanishi: “O’zsanoatqurilishbank” ATB. “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya’ni 1922 yildan boshlanadi. 1922-yildan boshlab Toshkentda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilishidan boshlangan bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. 1932-yil. Kapital qo’yilmalari hajmining o’sishi va xizmat ko’rsatish uchun pudratchi tashkilotlar hisobraqamlarining Sanoatbankiga topshirilishi moliyalash tizimida o’zgartirishlarni talab etdi. 1932 yil may oyida Sanoatbank uzoq muddatli qo’yilmalarga ixtisoslashtirilgan bankka aylantirilib, uning zimmasiga kapital qurilish, og’ir, engil, mahalliy sanoat, ta’minot tashkilotlari, tashqi savdoni moliyalash yuklatildi. 1955-yilda kapital qurilishni moliyalashning yangi Qoidalari va qurilish bo’yicha pudrat shartnomalari to’g’risidagi Qoidalar tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarning ishga tushirilishi bo’yicha davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Tayyor ob’ektlar bo’yicha hisob-kitoblar kengaytirildi, pudratchi tashkilotlarni qisqa muddatli kreditlash tizimi o’zgartirildi. 1959-yil. Davlat tomonidan kapital qo’yilmalarga yo’naltirila yotgan mablag’larning to’g’ri sarflanayotgani ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida 1959 yilda Sanoatbank kapital qo’yilmalarni moliyalash Banki — Qurilishbank deb o’zgartirildi. 1966 yildagi er qimirlashidan so’ng Toshkent shahrini qayta tiklashda bankning roli beqiyos bo’ldi. 6 1987-yilda Qurilishbank Sanoat-qurilish bankiga aylantirildi. Shu yilning o’zida bank tizimini isloh qilish boshlanib, mustaqil O’zbekiston davlati e’lon qilingach o’zining sifat jihatdan yangi xususiyatini kasb etdi. 1991-yil. Mustaqillik e’lon qilingach, mamlakatda sifat jihatdan yangi, ikki tabaqali bank tizimi shakllana boshladi. Ta’sis konferentsiyasida O’zsanoatqurilishbank aktsiyadorlik-tijorat bankiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasining etakchi sanoat korxonalari va pudratchi tashkilotlari uning ta’sischilari bo’ldilar. 1996-yil 25 aprelda O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni chiqdi, u bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Shu yili qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 230-sonli «Pul mablag’lari emissiyasini qisqartirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan bank muassasalari zimmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa operatsiyalari o’tkazishning belgilangan talablariga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi. 2001-yil. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi 349-sonli «Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini kelgusida takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bankning pul-kredit siyosati respublikada iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishiga ko’maklashdi va eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo’llab-quvvatladi. 2002-yil aprel oyida qabul qilingan «Banklarda aholi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi banklarida aholi omonatlarini kafolatlash fondi O’zsanoatqurilishbank omonatlarini ishonchli himoya qiladi. Bank muntazam muddatli yangi omonatlar chiqarib, amalga joriy etdi, ular o’zining jozibadorligi va yuqori daromadliligi bilan aholida o’z jamg’armalarini bankda saqlash ishtiyoqini uyg’otdi. 7 2004-yil. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini kelgusida rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 445-sonli qarorini bajarish maqsadida bank o’zining to’lov tizimini takomillashtirib bormoqda, respublika tashkilotlarida oylik maosh loyihalarini joriy etmoqda. Bank 2004 yilda respublikada birinchi bo’lib o’z dizayniga ega bo’lgan Visa Electron va Visa Classic xalqaro to’lov chipli kartochkalari chiqarish va ularga xizmat ko’rsatishga kirishdi. 2006-yil yanvar oyida O’zsanoatqurilishbankni unga «O’zprivatbank» O’zbek xalqaro banki birlashtirish shaklida qayta tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilindi. 2008-yil yakunlari bo’yicha "FITCH RATINGS" halqaro reyting agentligi tomonidan O’ZSANOATQURILISHBANK ka B- barqaror bahosi berildi. 2009-yil. 2008 yil yakunlari bo’yicha aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra bankning yuridik nomi o’zgartirildi. Bankning yangi nomlanishi quyidagicha: "O’zbekiston sanoat-qurilish banki" Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki 2014-yil. 2013 yil yakunlari bo’yicha aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra bankning yuridik nomi o’zgartirildi. Bankning yangi nomlanishi quyidagicha: "O’zbekiston sanoat-qurilish banki" Aksiyadorlik Tijorat Banki 2017-yilning noyabr oyida Bankning Jizzah shahrida yangi “Jizzax mintaqaviy filiali” ishga tusdi. 2018-yilda “O’zsanoatqurilishbank” tomonidan rebrending ishlari amalga oshirildi. Yangi brend bank logotipi o’zgarishi bilan birgalikda biznes jarayonlar, xizmatlar sifati va mahsulot turlarining ham takomillashuvini anglatadi. Rebrending: “Sanoatqurilishbank” — takomillashuv sari katta qadam 2019-yil. Xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri - Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” kredit reytingini «B+»dan «BB-»ga oshirib, uning istiqbolini “Barqaror” deya baholadi 8 va xuddi shu yilning o’zidayoq O’zsanoatqurilishbank London fond birjasida qiymati 300 million dollarlik xalqaro obligatsiyalar (yevrobondlar) sotuvga chiqardi va xalqaro kapital bozori ishtirokchisiga aylandi. 2020-yil. O’zida klassik bank xizmatlari va marketpleysni mujassamlashtirgan JOYDA mobil ilovasi ishga tushirildi. Bank faoliyatining prеdmеti va maqsadlari: Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs bank deb yuritiladi. Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidirlar. Bank faoliyatining predmeti bo‘lib, pul mablag‘lari, valyuta qimmatliklari va boshqa moliyaviy instrumentlar hisoblanadi. Pul funksiyalarining bank xizmatlari ko‘rinishida maksimal darajada samarali amalga oshirilishi bank faoliyatining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Bank foyda olishni asosiy maqsad qilib olgan tijorat tashkiloti bo'lib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Bank universal bank bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining yagona bank tizimiga kiradi. Bankning asosiy yirik aktsionеrlari: - O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi; - O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi; - Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari. “O’zsanoatqurilishbank” ATB boshqa aksionеrlari sirasiga quyidagilar kiradi: “O’ztransgaz” AK, 9 Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi, “Toshkеnt issiqlik elеktr stantsiyasi” UK, “Absolute Investments Trust” MChJ, “Talimarjon IES” UK, “O’zbеkenеrgo” DAK, “Asset Invest Trust” MChJ, “O’zbеkiston Tеmir Yo’llari” DATK, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” UShK. BANK STRUKTURASI Axborot texnologiyalari departamenti "GREEN BANKING" departamenti Bank Boshqaruvi Bank kartalari tizimlarini qo’llab-quvvatlash departamenti Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish departamenti Bank o’quv markazi Bankni strategik rivojlantirish departamenti Biznes tahlil va modellashtirish markazi Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti Chakana biznes departamenti Davlat dasturlari loyixalari bilan ishlash departamenti G’aznachilik departamenti Ichki audit departamenti Ijro nazorati departamenti Kichik va o’rta biznes departamenti Komplaens-nazorat departamenti Korporativ biznes departamenti Korporativ boshqaruv xizmati Kredit qarzdorliklari bilan ishlash departamenti 10 Kreditlarni boshqarish departamenti Kreditlarni ma’qullash departamenti Ma’muriy xo’jalik departamenti Marketing departamenti Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti Operasion departament Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish departamenti Risk menejment departamenti Tranzaksion banking departamenti Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti Xodimlarni boshqarish departamenti Yuridik department BANK BOSHQARUVI AKBARJONOV AZIZ AKBARJON O'G'LI Boshqaruv raisi — Boshqaruv a'zosi Qabul kunlari: Juma kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha Telefon: (+99878) 120-45-82 E-mail: Raisgamurojaat@sqb.uz 11 ERGASHEV ANVARJON ABDUMAJITOVICH Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha Telefon: (+99878) 120-45-05 E-mail: info@sqb.uz YAKUBOV SHUXRAT ISRAILOVICH Boshqaruv raisining o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha Telefon: (+99878) 120-45-32 E-mail: info@sqb.uz 12 ABDURAXMANOV FARRUX TALIPJANOVICH Boshqaruv raisining o'rinbosari Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha Telefon: (+99878) 120-45-95 E-mail: info@sqb.uz UMAROV DAVRON SHAVKATOVICH Boshqaruv raisining o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha Telefon:(+99878) 120-45-00 (10-10) 13 E-mail: info@sqb.uz ABDUVALIEV SANJAR ABDURAHMONOVICH Boshqaruv raisining o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha Telefon: (+99878) 120-45-00 (10-07) E-mail: info@sqb.uz «O’zsanoatqurilishbank» ATB Kengash a’zolari to’g’risida ma’lumot Bank aksiyadorlarining manfaatlarini ifoda etuvchi 8 kishidan iborat bank Kengashining yangi tarkibi 2021 yil 29 iyunda bo`lib o`tgan aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida saylandi. Ushbu tarkibning uchta aʼzosi “mustaqil direktor” sifatida faoliyat yuritmoqda: ISMAGILOV SALAVAT FOATOVICH 14 Risk bosh direktori — Boshqaruvi aʼzosi NOROV TIMUR OLIMOVICH Biznes bosh direktori v. b. EKLER ORSOLYA Moliya bosh direktori Bank Kengashi Raisi Bank Kengashi a’zolari Bank Kengashi a’zolari tarkibidagi mustaqil a’zolar Kengash a’zolari tomonidan Kengash qoshida xalqaro andozalarga to’g’ri keladigan yangi 5ta qo’mita tashkil etishga qaror qilindi va tashkil etildi, bular: “Audit” qo’mitasi. “Tavakkalchilikni nazorat qilish” qo’mitasi. “Tayinlash va rag’batlantirish” qo’mitasi. “Strategiya” qo’mitasi. “Yirik bitim va manfaatli bitimlar qo’mitasi. 15 Bank aksiyadorlarining manfaatlarini ifoda etuvchi 5 kishidan iborat yangi bank Taftish komissiya tarkibi 2021 yil 29 iyunda bo`lib o`tgan aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida saylandi 2.2. “O’zsanoatqurilishbank” ATB kapitali va uning tashkil etish manbalari. "O‘zsanoatqurilishbank" ATBning aksiyadorlari to‘g‘risida 2025 yil 1 fevral holatiga ko’ra ma’lumot № Aksiyadorlar ro‘yxati mln. so‘m 1 Jami yuridik shaxslar (3 843 ta 4,588,896.07 99.13% % aksiyador) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish 3,804,574.55 82.19% 1.1 va taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot 623,753.46 1.2 13.48% va moliya vazirligi 1.3 "O‘ztransgaz" AJ 56,051.93 1.211% 1.4 Boshqalar (3 849 ta aksiyador) 104,509.62 2.258% 2 Jami jismoniy shaxslar (34 616 ta 40,052.36 0.87% aksiyador) 2.3 Boshqalar 40,045.86 Jami: 4,628,941.93 100.00% 0.87% (38 263 ta aksiyador) “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBning 2023 yildagi faoliyati moliyaviy natijalari va Biznes reja ijrosi boʼyicha hisobot Bankning 2023 yil uchun moʼljallangan Biznes rejasida belgilangan koʼrsatkichlar va vazifalar ijrosi boʼyicha joriy yilda qoʼyidagi natijalarga erishildi. Umumiy kapital 900,2 mlrd.soʼmga yoki 11,5%ga oshib, 8,7 trln.soʼmni tashkil qildi. Jami aktivlar 10,4 trln.soʼmga yoki 16,1%ga oshib, 74,6 trln.soʼmni tashkil qildi. Kredit qoʼyilmalari 9,0 trln.soʼmga yoki 18,8%ga ortib, 16 57,1 trln.soʼmni tashkil qildi. Jami aktivlardagi ulushi 74,8% dan 76,5%ga ko’tarildi. Oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 trln.soʼmga yoki 42.6%ga koʼp, yaʼni 30.8 trln.soʼm kreditlar ajratildi. Mazkur kreditlarni 21,8 trln. soʼmi korporativ biznesga (2022 yilda 15,2 trln.soʼm), 4,6 trln.soʼmi kichik va oʼrta biznesga (2022 yilda 3,7 trln.soʼm), 4,6 trln.soʼmi chakana biznesga (2022 yilda 2,7 trln.soʼm) yoʼnaltirildi. 34 892 49 045 56 511 64 264 29 442 39 898 43 148 48 076 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. mlrd.so'm Jami aktivlar Kredit portfeli Bankda doimiy ravishda on-layn tartibda ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi tobora ortib bormoqda. Hisobot davrida chakana kreditlarning 13.6% on-layn tartibda amalga oshirildi. Aholi omonatlarining 1.0 trln.so‘mi yoki milliy valyutada, 1.2 mln. AQSh dollari mobil ilova orqali qabul qilindi. O‘tgan yilga nisbatan muomaladagi plastik kartalar soni 20.3%ga ortib, 2,4 mln.donani, bankomat va infokiosklar 41.9%ga ortib, 674 tani tashkil qildi. Respublikaning turli xududlarida barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi zamonaviy bank xizmatlari markazlari mavjud soni 90 taga, 1- ta filial, o‘z-o‘ziga bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari (24/7) 173 taga yetkazildi. Depozit bazasi 13,8 trln.so‘mni tashkil. 2 O‘tgan yilga nisbatan 33.7%ga yoki 2.8 trln. so‘mga ko‘p daromad olinib jami 11,1 trln. so‘m daromad ko‘rildi. Sof foyda rejasi 118%ga bajarilib 911,7 mlrd.so‘m foyda ko‘rildi. Aktivlar rentabelligi (ROA) 2022 yilda 1,3%ni, kapital rentabelligi (ROE) 11.1%ni, operatsion samaradorlik (CIR) ko‘rsatgichi 31,5%ni tashkil qildi. Bankning moliyaviy barqarorligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida “Fitch reytings” xamda “Standart end purs” xalqaro reyting agentliklari tomonidan bankka berilgan “BB-” reyting baholari saqlanib qolmoqda. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departament direktori v.v.b. A.Ravshanov 2020 yil 1 sentyabr holatiga ko’ra “O’zsanoatqurilishbank” ATB kapitalining eng katta qismi usiav kapitali (68,8%) va zaxira kapitali (13,5%) ni tashkil etadi, bunda bankning tasdiqlanmagan foydasi umumiy kapitalining 17,7% ni tashkil etadi. 17 2020 yilning to’rtinchi choragi uchun statistik ma’lumotlar tahlili. Jami bank aktivlari 2019 yilning to’rtinchi choragi yakunlariga nisbatan 40,56% ga oshib, 49,04 trln. so’mni tashkil etdi. Xususan, yalpi kredit portfeli 2019 yilning to’rtinchi choragi yakunlariga nisbatan 35,51% ga oshib, 40,0 trln. so’mni tashkil etdi. Investisiyalar hajmi 592,3 mlrd. so’mni. (2019 y to’rtinchi choragida 182.0 milliard so’m) tashkil etdi. Shunday qilib, jami daromad keltiruvchi aktivlar 42,8 trln. So’mni tashkil etdi ,bu 2019 yilning to’rtinchi choragi yakunlariga nisbatan 35,99% ga oshdi va bankning barcha aktivlarining 87,32% ni tashkil etdi. Likvid aktivlar o’tgan yilning tegishli davri natijalariga nisbatan 22.11% ga oshdi va 6,4 trln. so’mni tashkil etdi. Yuqori likvidli aktivlar 6.4 trln. ni tashkil etdi. Likvidlikni qoplash koeffisenti nisbati 206.78% ni tashkil etdi. Mijozlarning depozitlari 2019 yilning to’rtinchi choragi yakunlariga nisbatan 27.02% ga oshdi va 11,4 trln. so’mni yoki bankning barcha majburiyatlarining 27.01% tashkil etadi. Jami majburiyatlar 42,3 trln. so’mni tashkil etdi. Ustav kapitali 4,6 trln. so’mni tashkil etdi. Kapital yetarliligi stavkalari va 1-darajali kapitalining yetarlilik stavkalari 16.95% va 13.10% (2019 yil: 23.04% va 18.01%) tashkil etdi Foizli daromad o’tgan yilning mos davri natijalariga nisbatan 44,91% ga o’sdi va 3,6 trln. so’mni tashkil etdi. Sof foizli daromad 53.59% ga o’sdi va 1,6 trln. so’mni tashkil etdi. Bank depozit sertifikatlari Bank tomonilan yuridik shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari muomalasi va ularni qaytarish shartalri 2018-yil 14-noyabrda DS-19-0265-son bilan 18 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi. Nominal qiymati 1 (bir) milliard soʻm Muomala muddati va 181 kundan 365 kungacha Markaziy bank asosiy stavkasi plyus 1,0% foiz stavkalari 366 kundan 730 kungacha Markaziy bank asosiy stavkasi plyus 1,5% 731 kundan 1095 Markaziy bank asosiy stavkasi kungacha plyus 2,0% Muddatidan oldin Haqiqatda amal qilgan Markaziy bank asosiy stavkasining soʻndirshga talab muddati qilinganda uchun 50,0% (ellik) foizi (qaytarish kuni soʻndirish uchun xat taqdim qilingandan kamida 30 kun boʻlishi lozim) Bank depozit sertfikatlari Xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan o‘zining bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromadlar olish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan umumiy qiymati 200 000 000 000,0 (ikki yuz milliard) so‘mni tashkil etadigan har oy uchun oraliq foiz to‘lovlari keyingi oyning birinchi o‘n kunligida to‘lab boriladigan depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi. Depozit sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim obyekti bo‘lishi mumkin. Bank depozit sertifikati bo‘yicha foiz to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (amaldagi stavka 14%) 19 o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgartirish kiritilgan kundan e’tiboran belgilangan tartibda hisoblaydi va to‘lab beradi. Depozit sertifikatlarini sotib olish uchun Bankning istalgan filialiga yoki Bosh ofisiga murojaat qilishingiz mumkin. “O’zsanoatqurilishbank” ATB Raqamlarda Aktivlar, mlrd. so’m 49 044,6 Kredit portfeli, mlrd. so’m 39 898,5 sh.j., qisqa muddatli kreditlar, mlrd. 4 903,8 so’m sh.j., uzoq muddatli kreditlar, mlrd. 34 994,7 so’m sh.j., Kichik biznes sub’yektlari 175,7 uchun mikrokreditlar, mlrd. so’m Depozitlar, mlrd. so’m 11 359,2 sh.j. Aholi omonatlari, mlrd. so’m 2 113,8 Kapital, mlrd. so’m 6 704,3 sh.j. Ustav kapitali, mlrd. so’m 4 634,5 24/7 punktlar soni (dona) 89 Bank xizmatlari markazi (dona) 41 Valyuta ayirboshlash shaxobchalari 72 (dona) Plastik kartalar soni (dona) 1 275 535 Terminallar soni (dona) 35 216 20 2.3. “O’zsanoatqurilishbank” ATB filialida dasturiy texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o’rganish. Bank qonunchiligi Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo’yiladigan minimal talablar to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori «Har bir oila-tadbirkor» dasturini amalga oshirish to’g’risida.O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining qarori aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida. Bank opеratsiyalarini amalga oshirish uchun 2021 yil 25 dekabrdagi 17-sonli Bank litsеnziyasi 21 Bank Me’yoriy xujjatlari Boshqaruv to’g’risidagi nizom Kengash to’g’risidagi nizom Sanoq komissiyasi to’g’risida nizom Taftish komissiyasi to’g’risida nizom “O’zsanoatqurilishbank” ATB Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi to’g’risida Nizom (yangi taxriri_2019) "O’zsanoatqurilishbank" ATB tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi Kartochka, terminal, bankomatlarni ishlatish, terminallarni o’rnatish, ta’mirlash va almashtirish xizmatlari reglamenti Davlat interaktiv xizmatlari reglamenti 22 Kredit Kumitasi tugrisida Nizom №176Xodimlarni lavozimlarga tayinlash va rotatsiyani amalga oshirish №128 O’zsanoatqurilishbank OATB tizimi extiyojlari uchun tovarlarning xaridini tashkil etish bo’yicha Nizom O’zsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvi to’g’risidagi Nizom O’zsanoatqurilishbank ATB Kengashi to’g’risidagi Nizom O’zsanoatqurilishbank ATB tizimida Ichki nazorat to’g’risida Nizom O’zsanoatqurilishbank ATBning Axborot siyosati to’g’risidagi Nizom O’zsanoatqurilishbank ATB Aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi to’g’risidagi Nizom O’zsanoatqurilishbank ATBning Dividend siyosati O’zsanoatqurilishbank ATB tizimida manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida xarakat qilish tartibi to’g’risida Nizom O’zsanoatqurilishbank ATB Taftish komissiyasi to’g’risida Nizom Jismoniy shaxslar va hamkor banklarga plastik kartochkalarni etkazib berish tartibi to’g’risidagi nizom Bank Boshqaruvining 2020 yil 3 dekabrdagi 129-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimida xaridlarni amalga oshirish Tartibi”ga kiritilayotgan qo’shimchalar Bankning Xayriya faoliyati 2021 yilda bank tomonidan hukumat qarorlari va farmoyishlari asosida jami 56,5 mlrd. so’m miqdorida homiylik mablag’lari ajratildi. Ushbu homiylik mablag’lari mamlakatda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida, qurilish materiallari va sanoat sohasida yangi tizimni joriy qilishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ishlariga, bankka biriktirilgan tumanlarda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo’qotganlar, nogironlar, yolg’iz qariyalar va imkoniyati cheklangan fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ularni har tomonlama qo’llab23 quvvatlash, uy-joylarini ta’mirlashga ko’maklashish hamda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Toshkent shahridagi mahallalar hududini obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va mahallalar qiyofasini yaxshilash, Samarqand shahridagi Farhod qo’rg’onidan Hazora mahallasigacha bo’lgan temir yo’l atrofidagi asosiy yo’nalishga tushgan yo’llar atrofini obodonlashtirish, ko’chmas mulk ob’ektlarini milliy arxitekturaga moslashtirish ishlari uchun, Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo’llabquvvatlash kabi maqsadlarga ajratilgan. 2020 yilda “O’zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan jami 15,9 mlrd. so’m miqdorida homiylik yordamlari ko’rsatildi. Ushbu homiylik mablag’lari rspublikada matematika fanini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash uchun Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga, Koronavirus pandemiyasi salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko’p farzandli oilalar, nogironligi bo’lgan shaxslar, yolg’iz qariyalarni kundalik zaruriy iste’mol tovarlari bilan ta’minlash uchun fuqarolarga, Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” to’g’onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa natijasida zarar ko’rgan tumanlar aholisini qo’llab-quvvatlash uchun va boshqa maqsadlarda ajratilgan. Bankning aksiyalari Bank aksiyalari egasining nomi yozilgan hujjatsiz emissiyaviy qimmatli qog’ozlar bo’lib, ular turiga ko’ra oddiy va imtiyozli bo’ladi. Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar bo’lib, ular o’z egasiga dividendlar olish, Bankni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi, o’z egalariga dividendlarni, shuningdek Bank tugatilayotganda aksiyalarga qo’yilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar Bank ustav kapitalining 20 (yigirma) foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda, qoida tariqasida jismoniy shaxslar o’rtasida joylashtiriladi. Bank aksiyasining nominal qiymati 19 (o’n to’qqiz) so’mni tashkil qiladi. 24 Bankning ustav kapitali (joylashtirilgan aksiyalar soni) 4.634.513.904.398 (to’rt trillion olti yuz o’ttiz to’rt milliard besh yuz o’n uch million to’qqiz yuz to’rt ming uch yuz to’qson sakkiz) so’mni tashkil qiladi va u quyidagi aksiyalarga bo’lingan: - umumiy qiymati 4.627.483.904.398 (to’rt trillion olti yuz yigirma yetti milliard to’rt yuz sakson uch million to’qqiz yuz to’rt ming uch yuz to’qson sakkiz) so’m bo’lgan 243.551.784.442 (ikki yuz qirq uch milliard besh yuz ellik bir million yetti yuz sakson to’rt ming to’rt yuz qirq ikki) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar; - umumiy qiymati 7.030.000.000 (yetti milliard o’ttiz million) so’m bo’lgan 370.000.000 (uch yuz yetmish million) dona egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar.” Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi: Bank Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yoki Bankning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash Bankni qayta tashkil etish Bankni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash Bank Kengashining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish e’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash Bankning ustav kapitalini ko’paytirish yoki kamaytirish Bankning o’z aksiyalarini olish Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash Bankning Taftish komissiyasining a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek Taftish komissiyasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash Bankning yillik hisobotlarini tasdiqlash 25 Bankning foyda va zararlarini taqsimlash Bank Kengashining va Taftish komissiyasining o’z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan Bankni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan Bank Kengashining hisobotlarini va Taftish komissiyasining xulosalarini eshitish Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash Bank aksiyalarini maydalash va yiriklashtirish qonun hujjatlarida ko’rsatilgan hollarda yirik bitimlar tuzish haqida qarorlar qabul qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Bankning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish haqida qarorlar qabul qilish qonun hujjatlari va Bank Ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal etish Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Bank Boshqaruvi hal qilish uchun berilishi mumkin emas. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Bank Kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno: Bankning ustav kapitalini ko’paytirish, shuningdek Bank Ustaviga ustav kapitalini ko’paytirish bilan bog’liq o’zgartish va qo’shimchalar kiritish Aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog’ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash Bank tomonidan korporativ obligasiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligasiyalar chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish Qimmatli qog’ozlarning hosilalarini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish Bankning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish Bank Boshqaruvi (ijroiya organi)ni tuzish, Bank Boshqaruvi Raisini tayinlash, uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish Bank Boshqaruvi organiga to’lanadigan haq va kompensasiyalar miqdorlarini belgilash Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlash 26 “O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi bank xizmatlari tariflari Bank boshqaruvining 11.06.2021 yildagi 73/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan (Bank Boshqaruvining 30.07.2021 yildagi 93/1 sonli, 04.10.2021 yildagi 121/3 sonli, 20.12.2021 yildagi 152/2 sonli, 09.02.2022 yildagi 13/1 sonli qarorlariga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan, 15.03.2022 yildagi 32/2 sonli qarorlariga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan) Jismoniy shaxslar uchun xizmatlar Omonat hisob raqamlarini ochish va yuritish Xalqaro kartalar bo’yicha bank xizmatlari MasterCard Black Edition, Visa Infinite, UnionPay Diamond xalqaro karta egalariga qo’shimcha xizmatlar* Mahalliy to’lov tizimlarida plastik kartalari bo’yicha xizmatlar Mahalliy to’lov tizimlarida plastik kartalari bo’yicha qo’shimcha xizmatlar Boshqa xizmatlar “O’zsanoatqurilishbank” ATB UZCARD va HUMO tarmog’ida boshqa bank kartalari egalariga xizmat ko’rsatish “O’zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Xalqaro to’lov tizimidagi boshqa bankning VISA, Mastercard, UnionPay va JCB kartalari egalariga xizmat ko’rsatish Hamkor-banklar va boshqa banklarning mijozlari uchun xizmatlar Hamkor banklar uchun xalqaro plastik kartalariga (MasterCard, Visa, UnionPay, JCB) prosessing xizmati ko’rsatish va emissiya qilish xizmati Kredit kartalariga xizmat ko’rsatish UzNNSS doirasida ishtirok etuvchi banklarning korrespondent hisobvaraqlarini yuritish xizmatlari Xalqaro UnionPay to’lov tizimi doirasida mahalliy amaliyotlar bo’yicha o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishtirokchi bankning vakillik hisobvarag’ini yuritish bo’yicha xizmatlar 27 “O’zsanoatqurilishbank” ATB protsessing markazi tomonidan xalqaro to’lov tizimidagi VISA kartalarni chiqarish hamda ularga xizmat ko’rsatishni texnik va axborot bilan ta’minlash xizmati. 2.4. “O’zsanoatqurilishbank” ATB 2024-2026-yillarga mo’ljallangan strategiya va maqsadlari. "O'ZSANOATQURILISHBANK" ATB strategiyasi kapital bahosini yuksaltirish, jarayonlarni raqamlashtirish orqali operatsion samaradorlikni oshirish va bankni xususiylashtirishga yo‘naltirilgan. Aksiyadorlik kapitalining qiymatini eng yuqori darajaga oshirish Moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish Moliyalashtirish manbalari tarkibida uzoq muddatli mablag'lar ulushini oshirish Aktivlar sifatini oshirish Raqobatbardoshlikni ta’minlash 28 Har bir segment ehtiyojlariga mos mahsulot va xizmatlarni taklif qilish Mijozlarning bank xizmatlaridan foydalanishini soddalashtirish va osonlashtirish Operatsion samaradorlikni oshirish va jarayonlarni raqamlashtirish Jarayonlarni boshqarishni joriy qilish, jarayonlar sifati ustidan nazorat o'rnatish Mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish va raqamli mahsulotlar taklifini ko'paytirish Raqamli texnologiyalarni joriy etish va jarayonlarni avtomatlashtirish Erishilgan yutuqlar va samaradorlik ko'rsatkichlari uchun mukofotlashni joriy qilish Natijaga yo'naltirilgan korporativ madaniyat Mehnatga haq to’lash tizimining shaffofligini ta’minlash Yakuniy natija va jamoaviy hamkorlikka e'tibor qaratish Bank tarkibiy bo’linmalarining o'zaro ichki munosabatlari sifatini oshirish Mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash Xodimlarni rag‘batlantirish tizimi va iqtidorli xodimlarni tayyorlash Xodimlar bilan ishlashda ularning salohiyatini oshirishga e’tibor qaratish Bankning 2024-2026-yillarda rivojlanish strategiyasi asosiy tamoyillari 1. Universal bank xususiyatlarini saqlab qolish va komission daromadlar hajmini oshirish 2. Turli xil mahsulot va xizmatlarni taklif etish, maqsadli segmentlar uchun mo'ljallangan kompleks takliflarga e‘tibor qaratish 3. Biznes segmentlarini rivojlantirishning ustuvorligi 4. Joriy iqtisodiy vaziyat va bank sektori holatini hisobga olgan holda strategik maqsadlarga bosqichma-bosqich erishish 5. Daromadlarni oshirish 6. Risklarni baholash modelining moslashuvchanlik darajasini yuksaltirish 29 7. Bankning operatsion modeli samaradorligini oshirish 8. An’anaviy modeldan innovatsion-texnologik va mijozlarga yo'naltirilgan modelga o'tish 2026-yil uchun maqsadli ko'rsatkichlar 1. Aktivlar hajmi bo'yicha bozordagi ulushni 12,3% ga yetkazish orqali bank mavqeini yanada mustahkamlash 2. Kredit qo'yilmalari hajmi bo'yicha bozordagi ulushni kamida 13,8% ga yetkazish 3. Depozitlar hajmi bo'yicha bozordagi ulushni kamida 8,6% ga yetkazish 4. Kapital hajmi bo'yicha bank ulushini 13,4% ga oshirish 5. Sof foyda bo'yicha ulushni 9,4% ga yetkazish "O‘zsanoatqurilishbank" ATBning 2024-2026-yillar strategiyasida belgilangan maqsadli ko'rsatkichlar Aktivlar rentabelligi (ROA) > 2,9% Kapital rentabelligi (ROE) > 18,7% Operatsion samaradorlik (CIR) > 33,4% Sof foizli marja stavkasi (NIM) > 30 uchun rivojlanish Xulosa Men “O’zsanoatqurilishbank” ATB Taxiatosh tumani BXMda 2025-yil 31-mayga qadar malakaviy amaliyoti o’tadim. Ushbu amaliyot davomida o’rgangan bilimlarimni amaliyotda qay darajada kerak bo’lishini, nazariya bilan amaliyotning bog’liq va bog’liq bo’lmagan jihatlarini, amaliyotda qo’llash uchun qanday nazariy bilmlar kerakligini o’rgandim. O’rgangan nazariy bilimlarim hamda ushbu 6 haftalik tanishuv amaliyotimdan kelib chiqqan holda “O’zsanoatqurilishbank” ATB yanada rivojlanishi uchun quyidagilarni tavsiya qila olaman: - aholi va bank xodimlari o’rtasida muloqot madaniyatini yanada yaxshilash, ya’ni aholiga bank va uning faoliyati, ishlash prinsiplarini sodda shaklda tushuntirish, bankda o’zini tutish, bank xodimlari hamda bank jihozlari (bankomat, infokiosk…) bilan bevosita aloqa qila olish malakalarini oshirish; 31 - yuqori sifatli va ishonchli zamonaviy bank xizmatlarining toʼliq spektrini taqdim etish orqali mijozlarimizning talablarini qondirishdir. Biz moliyaviy xizmatlarning shunchaki oʼzidan-oʼzi mijozlar uchun unchalik qiziq boʼlmasligini, ular boshqa sezilarli talablar va maqsadlarni amalga oshirish uchun vosita boʼlishlarini tushunamiz. Mijozlarimiz bizni qadrlashlari uchun ushbu maqsadlarga yaqinlashishlariga yordam berishni istaymiz. - iqtisodiyotni tarkibiy oʼzgartirishlarda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʼyicha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol qatnashishda davom etishimiz lozim. Bizning barcha harakatlarimiz odamlarning, shu jumladan mijozlar va xodimlarning hayotini yaxshilaydi va ularning maqsadlariga erishishga yordam beradi. Biz mijozlarning mablag’lari va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, yangi tahdidlarni kuzatish va himoyani yaxshilash uchun qo’limizdan kelganicha harakat qilamiz. Oʼzsanoatqurilishbank oʼz mijozi uchun qadrli boʼlishi kerak, biz barchaga oʼz maqsadlariga erishishda yordam beramiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T: O’zbekiston, 2012. – 40 b. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni, 2017 yil 7 fevral, 8 fevral//Xalq so’zi. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo’yicha davlat qumitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2017 yil 4 aprel, PQ-2868. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 7 fevral. 32 Internet saytlari 1. www.sbu.uz 2. www.lex.uz; 3. www.stat.uz; 4. www.my.gov.uz; 5. www.sqb.uz 33
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )