KURS ISHI Mavzu:“Oʻzbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi” Bajardi:_____________________ Tekshirdi: ___________________ REJA KIRISH.................................................................................................. 3 1 1. Tashqi iqtisodiy faoliyat nima va bugungi kundagi ahamiyati................................................................................................ 7 2 Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi......................................................................................................... 12 3 O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari................................................................. 27 4 O’zbekistonda so’nggi yillar mobaynida tashqi iqtisodiy faoliyatning statistik tahlili va tashqi savdoni takomillashtirish ustuvor yo’nalishlari............................................................................................. 33 Xulosa .................................................................................................... 39 Foydalanilgan adabiyotlar................................................................... 42 2 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bugungi kunda davlatning iqtisodiyotining jahon bozorida o’z o’rnini egalashda muhim ahamiyat kasb etadi va jahon iqtisodiy sistemasiga samarali ravishda qo’shilish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy harakatlarni o’z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha turlari va shaklari , shunjumladan iqtisodiy , ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorliklar , kadrlar tayyorlash , tashqi savdo va chegara savdosi, sug’urta vabank, transport operatsiyalari , sayyohlik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, bojxona faoliyati va uni tartibga solish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi, chunki albatta ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun qandaydir huquqiy asos bo’lish kerak. Bu munosabatlarni esa yangi tahrirda qabul qilingan 2000-yil 26-maydagi 77-11 son “O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’grisida”gi Qonuniga o’gartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining tartibga solishi tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga va o’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini mustahkamlashga qaratilgani ham bejiz emas. Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish , eksport salohiyatini kuchaytirish , investitsiyaviy jozibadiorlikni oshirish va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga 3 oshirilmoqda.1 Shu bilan birga , fitosanitariya, sanitar-epidomologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari faoliyatini o’rganish natijasida ularning O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o’tuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati ko’rsatmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasini qabul qilish jarayonidagi nutqida Chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlar boyicha strategik vazifalar ruknida O’zbekiston respubliksining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlaktda olib borilayotgan islohotlar haqida jahon hamjamiyatiga xolis axborot berish, O’zbekiston Respulikasining tashqi iqtisodiy va siyosiy faoliyatining normativ huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etishni taklif etgani va qabul qilgani davlatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish uchun zamin yaratdi.O’zbekiston respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartibtaomillarnni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida aytib o’tilganidek mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish , eksport salohiyatini kuchaytirish , investitsiyaviy jozibadiorlikni oshirish va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga , fitosanitariya, sanitar-epidomologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari faoliyatini o’rganish natijasida ularning O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o’tuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan, ioralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati mavjudligini ko’rsatmoqda. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarnni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori 4 Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Iqisodiyotni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy faoliyatning ahmiyati, tashqi savdo siyosati va uni erkinlashtirish (liberallashtirish), proteksionizm boyicha bir qator xorijlik va mamlakatimiz olimlari ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishgan. Bu borada chet el olimlaridan a.Maslou, J.J.lamben, devid Krevens va boshqalarning bir nechta asarlari ushbu sohadagi tadqiqot va o’rganishlarga bag’ishlangan. Yurtimiz olimlari , masalan, Sh.Abdullayeva, M.Nasriddinova , M.Qosimova J.Jalolov, M.Yusupov, A.Soliyev, I.Ivatov va boshqalar ham tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali mamlakatimiz rivojiga katta hissa qo’shishgan. Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonResublikasining iqtisodiyotini rivojlantirish, jahon bozoridagi o’rnini mustahkamalash va butun dunyo oldidagi nufuzini oshirish uchun tashqi iqtisodiy faoliyat liberallashtirishni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq etish, mamlakatimizda tashqi savdo, eksport salohiyatini oshirish maqsadida bojxona, chegara, banklarning faoliayini davlat tomonidan qo’llabquvvatlanishiga uslubiy yondashuvlar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Kurs ishining vazifalari. Qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan: - O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatining ahamiyatinini o’rganish va shu asosda nazariy asoslarni ishlab chiqish; - Tashqi ikqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish borasidagi barcha siyosiy va amaliy harakatlarni ko’rib chiqish va tahlil qilish; - Davlatimizning Jahon bozoridagi o’rnini mustahkamlash va eksport salohiyatini kengaytirish haqida statistik ko’rsatkichlarni tahlil qilish; - O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosatini amlaga oshirishning oziga xos xususiyatlarini ko’rsatib berish; - Xalqaro vaziyatda tashqi iqtisodiy faoliaytlar, eksport opertsiyalarini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini ko’rib chiqish; 5 - Bojxona va chegara faoliyatini tartibga solish va eksportni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi bo’yicha ilmiy-amaliy taklifalar ishlab chiqish. Kurs ishining obyekti.O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy faoliayti bilan bog’liq munosbatlar, shuningdekOldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlari tadqiqot obyekti hisoblanadi. Kurs ishining subyekti. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O’zbekiston Respblikasiningyuridik va jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari hisoblanadilar. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi.Kursishitarkibankirish, 4 ta reja, xulosa va foydalnilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Mavzuning mazmunini boyitish maqsadida 5 rasm, 2 ta jadval va statistik ma’lumotlar o’rin olgan. 6 1. Tashqi iqtisodiy faoliyat nima va bugungi kundagi ahamiyati. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O”zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxsl;arining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalrni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Sivilizasiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xoʻjalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga koʻra rivojlanadi, ular xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor boʻlishini shartlaydi. Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslarning juda kamligi va olisdaligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar oʻrtasida, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari oʻrtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi. Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish va aholining oʻsishi notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashn kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlarni (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqa bozorlarni) rivojlantirishga, xomashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi. Oʻzbekistonda koʻplab korxona va birlashmalar, korporasiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlarr xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar va chuqurlashtirmoqdalar. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ata’sir koʻrsatadi. Ana shu ta’sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishni hisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini 7 belgilash tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchalarining mazmuni toʻgʻrisidagi aniq tasavvurga asoslanishi kerak. Tashqi iqtisodiy aloqalar — iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning sub’yektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir. Davlat sub’yektlariga ular zimmasiga davlat tomonidan yuklangan huquq va majburiyatlarning tasarrufchilari kiradi. Bular oʻzini-oʻzi boshqaradigan hududlar, ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (aksiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari, kichik va oʻrta korxonalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, xususiy tadbirkorlar va hokazolar)dir. Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar — bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarish ni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyag tashqi iqtisodiy aloqalarni roʻyobga chiqarish jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab, xoʻjalik hayotini baynalmilallashtirish jarayonidan ob’yektiv ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi alohida olingan mamlakatlarning oʻzaro aloqalari va bir-biriga bogʻliqligining kuchayishi bilan belgilanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining iqtisodiy mazmuni birgalikdagi ishlab chiqarishni tashkil etish usullarida ifodalanadi, bularda turli mamlakatlarning korxonalari muayyan tovarlar yoki xizmatlarni tayyorlashga ixtisoslashadi, soʻngra ularni ayirboshlaydilar. Tovar ayirboshlash pulli yoki pulsiz asosda amalga oshirilishi mumkin. Koʻpchilik hollarda ayirboshlash asosan birinchi variant boʻyicha yuz beradi, ya’ni xorijdan mahsulot oladigan taraf uning egasiga barcha xarajatlarni toʻlaydi. Turli xil tuhfalar, insonparvarlik yordami, ishlarni muvofiqlashtirish, umumiy qarorlarni muhokama va qabul qilish, tajriba almashish, standartlarning xalqaro miqyosda birxillashtirilishi, atrof muhitni muhofaza qslishga doir chora-tadbirlar va hokazolar ayirboshlashning pulsiz turlarga kiradi. 8 Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi savdo, faoliyatning ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib oʻtishda oʻrnatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi yoʻllarga birlashtirishi mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar koʻrsatish), qoʻshma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqa turlari. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida ayniqsa keng tarqalgan. Tashqi iqtisodiy faodiyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar oʻz ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga egadirlar. Xalqaro savdoga zamonaviy qarashlar oʻz ichiga bir nechta nazariyani oladi, u Adam Smit allaqachon ta’riflab bergan mutlaq ustunlik nazariyasidan (1776 yil) boshlanadi. U har bir mamlakatda boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha kam chiqimlar bilan tovarlar va xizmatlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga imkon beradigan mutlaq ustunlik mavjudligini isbotlab berdi (bunday ustunlik tabiiy tusda boʻlishi yoki iqtisodiy rivojlanish jarayonida egallanishi mumkin). Savdo oʻzaro foydali boʻlishi uchun mamlakatlarning har biri shunday mutlaq ustunlikka ega boʻlishi kerak, lekin u ishlab chiqarish faoliyatining turli yoʻnalishlaridan oʻrin olishi lozim. Turli davlatlar iqtisodiy faoliyatini ixtisoslashtirishning asosiy shartsharoitlaridan biri ham ana shundadir. Smit nazariyasidan ixtisoslashtirish qanchalik chuqur boʻlsa, mamlakat oladigan foyda ham shunchalik koʻp boʻladi degan xulosa kelib chiqadi. D.Rikardoning «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» (1817 yil) kitobida taklif qilingan qiyosiy ustunlik nazariyasiga koʻra mutlaq ustunliklarga ega boʻlmagan mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda olishlari mumkin. Amalda hamma yerda va hamma vaqt mavjud boʻladigan ichki va tashqi narxlar oʻrtasidagi tafovutlar tufayli istalgan mamlakatda ularni ishlab chiqarish mavjud chiqimlar nisbatida qolganlarini ishlab chiqarishga qaraganda ancha foydali boʻlgan va ularni ayirboshlash oʻz ishlab chiqarishiga qaraganda foydaliroq boʻladigan tovar yoki 9 xizmat har vaqt topiladi. Ushbu nazariyaning rivojlanishi almashtirish chiqimlari hisobining muhim ekanligini koʻrsatdi. Demak, XIX asrdayoq ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish albatta qoʻshimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga olib kelishi, almashtirish chiqimlarining ildam oʻsishi bilan birga borishi isbotlab berilgan. Buning ma’nosi shuki, yanada ixtisoslashtirish maqsadga muvofiq boʻlmay qoladi. Shunday qilib, qiyosiy ustunliklar nazariyasi quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi: xalqaro savdodan olinadigan eng koʻp yutuq qisman (toʻliqemas!) ixtisoslashtirish sharoitida yuz beradi, ya’ni milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning ob’yektiv chegaralari mavjud. Xeksher-Olinning savdo nazariyasi sifatnda mashhur boʻlgan nazariya birinchi oʻringa ishlab chiqarish chiqimlarini emas, balki qanda yresurslar ana shu chiqimlarga kirishini qoʻyadi, chunki mamlakatlar chiqimlarida ularda ortiqcha mavjud boʻlgan resurslardan foydalanilgan tovarlarni eksport qilishga intiladilar. Bunda ichki talabni ishlab chiqarilishi uchun resurslar moʻl-koʻl boʻlgan mahsulot bilan toʻldirish omiliga muhim rol ajratiladi. Ushbu nazariyalar uchun amerikalik mashhur iqtisodchi Vasiliy Leontyev taklif etgan muayyan tuzatishlar zarur. U ishlab chiqarish omillarining bir xilda emasligini qayd etdi, bu omillarni taqchil yoki moʻl-koʻl omillar sifatida koʻrib chiqish mumkin. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchi nisbatan cheklangan sharoitda yuqori malakali mutaxassislarning nisbatan ortiqchaligi koʻzga tashlanadi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa malakasiz mehnatning katta xarajatlarini talab etadigan mahsulotni eksport qilishga intiladilar. Ikkala holda ham mehnatni koʻp talab qiladigan mahsulot eksporti yuz beradi, lekin ular turli xarakterga ega. Shu bilan birga tabiiy resurslarga boy koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlardan ekspor t qilish koʻpsarmoya talab qiladi, chunki ularni qazib olish katta mablagʻlarni taqozo etadi. Keyinga vaqtda tashqi savdo yoʻnalishini tovarlarning hayotiy davri nazariyasidan kelib chiqib tushuntiradigan marketologik nazariya paydo boʻldi. 10 Ushbu nazariyaga koʻra har qanday mahsulotning hayot davri bir necha bosqichdan — joriy etish, oʻsish, yetuklik va tushkunlikdan iborat boʻladi. Lekin bosqichlarning oʻzi ichki va tashqi bozorlar boʻyicha notekis almashadi, ayni shu narsa ishlab chiqarishni ichki bozordai tashqi bozorga qayta yoʻllash shartlari va vaqtini belgilaydi. Xalqaro savdo miqyos samarasi bilan ham tushuntiriladi. Nazariy jihatdan olganda, u mikroiqtisodiy hodisalarga kiritiladi hamda mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha chiqimlari va hajmlari dinamikasini qiyoslashga asoslanadi. Agar ishlab chihdrish hajmlarini koʻpaytirganda oʻrtacha chiqimlar mahsulot birligiga hisoblaganda qisqarsa miqyos samarasi musbat, koʻrsatilgan koʻrsatkichlar dinamikasi tamoyillari teskari nisbatda boʻlsa manfiy boʻladi. Rivojlanish jarayonida koʻp mamlakatlarning (ayniqsa sanoati rivojlangan mamlakatlarning) ta’minlanganligi baravarlashgani sababli ham mutlaq, ham qiyosiy ustunliklar uchun asos yoʻqoladi. 11 2. Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi. Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon xoʻjaligining faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻlangan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy me’yorlar, balki xalqaro huquq standartlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki, milliy huquq reglamentatsiyalari bilan xalqaro iqtisodiy huquq oʻrtasida muayyan ziddiyatlar mavjud. Bir tomondan, davlatlarning huquq sohasidagi suverenitetini e’tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa — xalqaro qoidalar ustuvorligini tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti sohasiga kattagina cheklovchi ta’sir koʻrsatadi. Milliy huquqiy hujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofiq tarzda muayyan darajada birxillashtirish hozirgi bosqichda ushbu muammoning eng maqbul yechimi hisoblanadi. Ya’ni xalqaro huquqning qoida va me’yorlari amaliyotda milliy qonun hujjatlari orqali roʻyobga chiqariladi. Oʻzgartirish jarayonlarining keskinligi Oʻzbekiston milliy qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga keltirish jarayonida muayyan murakkabliklarni yuzaga keltirdi. Ushbu vazifa izchillik bilan, bir necha bosqichlarda hal etib borildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga taalluqli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarning koʻpligini e’tiborga olib, Oʻzbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga kirishi xususiyatlarini koʻrib chiqamiz. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshharish strategiyasining oʻziga xosliklarini hamda ham mintaqaviy miqyosda, ham alohida mamlakatlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorligining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi. 2000 yil boshida mamlakatimiz dunyoning 38 davlati bilan savdo-iqtnsodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlarni, 35 davlat bilan esa sarmoya kiritishni ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgʻrisidagi kelishuvlarni imzoladi. Bu oʻrinda ham huquqiy-shartnomaviy bazani shakllantirishda songa emas, balki sifatga e’tibor 12 qaratildi, ya’ni har bir kelishun Oʻzbekistoining milliy manfaatlaridan va sherik davlatning oʻziga xosliklarndan kelib chiqib tayyorlandi. Oʻzbekistonning AQSh bilan koʻp qirrali hamkorliginining huquqiy bazasini takomillashtirish jarayoni jadal olib borildi, hozir 20 dan ortiq oʻzaro kelishuv va shartnomalar amal qilmoqda, ular qatorida kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish haqidagi kelishuv ham bor. Amerika qit’asi davlatlari ichida AQShdan tashqari katta sarmoya resurslariga va texnologak imkoniyatlarga ega boʻlgan Kanada bilan shartnomaviy huquqiy munosabatlarning rivojlanayotganligini alohida ta’kidlash kerak Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Uzoq muddatli, barqaror va umum tan olingan tamoyillari asosiga qurilgan oʻzaro xoʻjalik hamkorligini ta’minlovchi Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash orqali oʻz strategik manfaatlariga erishish maqsadida Oʻzbekiston qator ikki tomonlama shartnomalardan tashqari Sherikchilik va hamkorlik toʻtrisida kelishuv shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgrisidagi umumiy kelishuvni ham imzolagan, u 1998 yil iyunida kuchga kirgan. Uni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Hamjamiyati va unga a’zo davlatlar oʻrtasidagi Sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni amalga oshirish boʻyicha 2000-2005 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining asosiy tashkiliy chora-tadbirlari umumiy dasturi qabul qilindi. MDH mamlakatlari bilan munosabatlar ham jadal rivojlanmoqda. Hamdoʻstlik mamlakatlari bilan munosabatlar ilgari mavjud boʻlgan iqtisodiy aloqalarning tabiiy davomi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari bilan aloqalar madaniy savdo-sotiq olib borishga toʻsiq boʻlayotgan moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi tufayli murakkablashmoqda. Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasini ishlab chiqishda va takomillashtirshsda jahonning boshqa mintaqlari mamlakatlari bilan hdm savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham muhim ahamiyat berish 13 kerak. Masalan, Osiyo mamlakatlari asta-sekin jahon iqtisodiyotsda yetakchi mavqyeni egallamoqdalar, dunyoning katta transport-kommunikadiya imkoniyatlariga ega boʻlgan muhim savdo, moliya markazlariga aylanmoqdalar. Oʻzbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish nuqtai nazaridan Afrika mamlakatlari ham biz uchun katta qiziqish uygʻotadi, bunda e’tibor toʻla qayta ishlangan mahsulotni sotishga qaratilishi kerak. Bu sharoitlarda ushbu mintaqd davlatlariga nisbatan Oʻzbekistonning huquqiy strategiyasi eng avvalo xalqaro mehnat taqsimoti asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan tabaqalashtirilgan holda, har bir davlat uchun alohida ishlab chiqilishi kerak. Yaqin istiqbolda Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasining shartnomaviy-huquqiy bazasini ishlab chiqishda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (OKOM) mamlakatlari bilan saddo-iqtisodi yaloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerak. Bu mintaqadagi jddal rivojlanayotgan mamlakatlarda katta valyuta zahiralarining toʻplanishi ularning Oʻzbekistondagi investitsiyaviy faoliyati uchun imkoniyatlarini kengaytiradi. Mintaqaviy iqtisodiy guruhlarda va kelishuvlarda Oʻzbekistonning ishtirokini kengaytirish boʻyicha jadal ish olib borish biz uchun keyingi taraqqiyotni belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida oʻz milliy manfaatlarimizni ta’minlash hamda mintakddagi mavjud savdo uyushmalari va kelishuvlarda tegishli savdo-iqtisodiy pozisiyani egallash uchun muhimdir. Ikki tomonlama huquqiy asosda hamkorlik qilish Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (OKOM)mamlakatlari Oʻzbekistonning bilan iqtisoodiy aloqalarga asos boʻlishi kerak, bu mintaqa darajasida ta’sirining va hamjihatligining mustahkamlanishiga yordam beradi. Xalqaro moliya-iqtisodiy tashkilotlarga a’zolik koʻp tomonlama hamkorlik darajasida shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish siyosati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi uchun dolzarblik kasb etmoqda. 1994 yiddan boshlab Oʻzbekistonning Butun jahon savdo tashkilotiga kiripsh boʻyicha huquqiy 14 tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, bu tashkilotga a’zolik Oʻzbekiston uchun yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin. Savdo-iqtisodiy hamkorlik milliy qonunchilik asosida ham huquqiy tartibga solinadi. «Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgrisida»gi Qonun bu jarayonning samaradorligini ta’minlaydi, unda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini tuzish, uzaytirish va bekor qilish huquqiy vositalarining amal qilipshda tegashli vazirliklar va idoralarning vakolatlari, ixtisoslashuvdari aniq belgilangan. Bu qonun mamlakat boʻyicha umuman tashqi aloqalarning shartnomaviy –huquqiy bazasini rasmiylashtirish sohasini rivojlantirishga olib keldi. 90-yillardayoq qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonuni mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyatni har tomonlama muvofiqlashtirishda muhim oʻrin egallaydi. Amaliyotning koʻrsatishicha, bu qonun iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan bozor usullariga bosqichma bosqich oʻtish, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqdrish sharoitlarida iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarida muhim rol oʻynadi. Biroq 90-yillarning oxirlarida boshlangan mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonlari tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish oldiga yansh-yangi talabgarni qoʻya boshladi. Bundan tashqdri, respublikada ushbu qonunga u yoki bu darajada daxldor boʻlgan qator qonunlar qabul qilindi. «Valyuta boshqaruvi toʻgʻrisida»,«Xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida», «Bojxona tarifi toʻgʻrisida», «Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida», «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonunlar shular jumlasidandir. Shu munosabat bilan 2000 yilning may oyida mamlakat Parlamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi, unda bu sohada keyinchalik qonun yaratish faoliyati uchun asos boʻladigan tashqi iqtisodiy faoliyatning konseptual asoslari aniq belgilab berildi. Qonunning yangi tahriri da tashqi iqtisodiy faoliyatni boshkdrishning ma’muriy usullaridan iqtisodiy usullarining ustuvorligi metodologik tamoyil sifatida aniq beyagilandi va davlat va uning organlarining tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari ishiga noqonuniy aralashishlari ma’n qilindi. 15 Qonunning yangi tahriri modsalari mamlakat qonunchiligida yuz bergan oʻzgarishlarni, tashqi saddo rejimini erkinlashtirish vazifalarni hamda boshqa tahririy tuzatishlar va qoʻshimchalarni hisobga olib yangilandi. Tashqi iqtisodiy faoliyat mohiyatidan kelib chiqib, yangi tahrirda tashqi iqtisodiy faoliyat turlariga aniqlik kiritildi. Qonunchilikni qoʻllash amaliyotida malakali ishlatish uchun qonundagi asosiy atamalar va tushunchalarning talqini berildi, ular xalqaro-huquqiy definisiyalar bilan mos keladi. Yangi tahrirdagi qonunga erkinlashgirish talablariga mos yangi qoidalar kiritildi, masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining oʻz huquq va manfaatlariga tegishli axborotlarga ega boʻlish, xorijiy jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston hududida korxonalar ochish huquqi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining hakamlikni va qoʻllaniladigan qonunchilikni tanlash huquqi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi da roʻyxatga olish talabi chiqarib taishlandi. Davlat organlarnnilg vakolatlari qisqa va noaniq belgilangan Qonunning eskn tahrirndan farqli oʻlaroq, yangi tahrirda tashqi iqtnsodiy faoliyatni boshqarish uchun mas’ul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasn Vazirlar Mahkamasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining asosiy vakolatlari aniq belgilangan. Mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va xavfsizligi himoya qilish ustuvorligi konsepsiyasini rivojlantira borib, jahon amaliyotida qabul qilingan va GATT/JST bitimlarida kiritilgan himoyaning aniq chora va usullari nazarda tutilgan— himoya, kompensasiya va antvdemping choralari, olib kelinadigan tovarlarga texnik, fitosanitar, ekologik talablar, eksiort-importni taqiqlash va cheklash choralari. Bu hozirgi bosqichda Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning muhim yoʻnalishlarvdan biri — mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish, mamlakat iqtisodny manfaatlari talab qilganda cheklasharni joriy qilish uchun muhimdir. U tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bazaviy qonun hisoblanadi. Qonunning yangi tahrirvda qurol-yarogʻlarni, harbiy texnikani va ikki maqsadda ishlatishga moʻljallangan tovarlarni eksportini nazorat qilishni boshqaruvchi me’yorlar, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning 16 alohida tartibini (erkin iqtisodiy zona va erkin savdo zonasida imtiyozli sharoitlarni beruvchi) boshqaruvchi maxsus moddalar kiritilgan. Qonunning yangi tahririda tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlariiing huquqlarni kafolatlashga va burchlarini belgilab berishga bagʻishlangan boʻlimi ancha takomillashtirilgan. Keyingi yillarda Oʻzbekiston milliy iqtisodiyoti sub’yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirishga qdratilgan, shu jumladan eksport va import operatsiyalarini tariflar vositasida va tarifsiz boshqarishni tartibga solish, eksport mahsuloti ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar koʻrildi. Mazkur choralarning hammasi imtiyoeli tusda boʻlib, amaldagi huquqiy me’yorlardan ba’zi istisnolarni taqozo etadi. Biroq ular shunchaki imtiyozlar tizimi emas, barcha koʻrsatilgan imtiyozlar aniq yoʻnalishga ega: ular yuqori darajada qayta ishlangan eksport ishlabchikdradigankorxonalargaginatatbiqetiladi, mahsulotini shusababliundansavdo- vositachitashkilotlar, xomashyoresurslarinieksportqiluvchivashukabiboshqatashkilotlarfoydalanaolmayd ilar. Haqiqdtda oʻz mahsulotini ishlab chiqaruvchi korxonalar va vositachi korxonalar uchun eksport-imiort va soliqlar vositasida tartibga solishning qoʻshaloq tizimi barpo etildi. Agar ularni makroiqtisodiy nazariya pozisiyalaridan turib qaraydigan boʻlsak, hech qanday farq boʻlmasligi kerak, lekin oʻzgartirish jarayonlarini amalda roʻyobga chiqarish ravon sharoitlarda emas, balki oʻtish davri sharoitlarvda yuz bermoqda, shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonvdan mazkur iqtisodiy strategiya tanlangan. Ayni ishlab chiqaruvchi korxonalar va vositachi korxonalarning faaliyat koʻrsatish sharoitlarini ajratish goyatda maqsadga muvofiq chora boʻldi, zero hozirgi bozor iqtisodiyotining uzoq vaqt barqaror boʻlishi huddi shu ishlab chiqaruvchi tuzvdmalarga asoslanadi. Xorij bozorlariga, ayniqsa MDH mamlakatlari bozoriga chiqishga intilib, ishlab chikdrish faoliyati bilan faol shugʻullanayotgan mikroiqtisodiy sub’yektlarning hammasi anchagina qulay huquqiy ahvolga tushib qoddi. Shunday 17 qilib, ishlab chiqaruvchi korxonalar huquqiy ahvolining foydali jihatlaridan amalda Respublikaning barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlari foydalana oladvdar, binobarin, mulkchilikning istalgan shaklidagi korxona va firmalar eksport-import va soliqqa oid imtiyozlardan foydalanish uchun oʻzlarining asosiy faoliyatlarini tegishli tarzda qayta qura oladilar. Tabiiyki, oʻz mahsulotining faol eksportini ta’minlash bozorning xorijiy qatnashchilari bilan hamkorlik qilishda yanada real boʻlib bormoqda. Shu sababli mamlakatimiz ishlab chiqdruzchilari va ularning xorijlik sheriklari uchun qonun hujjatlarini muvozanatlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining mamlakatimizga chet el investitsiyalari oqimini tartibga soluvchi maxsus qonunlari qabul qilindi, 1994 yilda qabul qilingan ana shunday yoʻnalishdagi dastlabki qonun («Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»), soʻzsiz, chet el investitsiyalarini jalb etishida ijobiy rol oʻynaydi, lekin xoʻjalik amaliyotining real holati uni yanada takomillashtirishni taqozo etdi, shuning uchun unga muayyan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritib borildi (1994,1995, 1997 yillarda). 1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasida «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi yangi Qonun amalga kiritildi, u iqtisodiy rivojlanishning oʻzgarib borayotgan sharoitlariga javob beradi, jahon hamjamiyatida chet ellik investorlar va chet el investitsiyalariga nisbatan qabul qilingan barcha talablar va qoidalarni e’tiborga oladi. Jahon hamjamiyatida allaqachon tadbirkorlikning milliy rejimini xorijiy qatnashchilarga tatbiq etish qoidasi belshlovchi qoidaga aylangan. U bir qator xalqaro hujjatlarda; Xalqaro savdo palatasining «Xalqaro investitsiyalar uchun amal qiluvchi qoidalar», Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) «Sarmoya harakatini erkinlashtirish kodeksi» va «Xalqaro sarmoya qoʻyilmalari va koʻp millatli korxonalar toʻgʻrisidagi deklaratsiya»sida mustahkamlangan. Bundan tashkdri Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi «Chet el investitsiyalari rejimi toʻgʻrisida amal qiluvchi qoidalar*ni qabul qildi, unda chet el sarmoyasini biror-bir mamlakatta kiritish qoidalari, rejimni qoʻllashga doir standartlar, sarmoya va 18 foydalarni oʻtkazish tartibi, nizolarni bartaraf etish qoida va mexanizmlari, bir qancha boshqa jihatlar tariflangan. Milliy rejim qoidasi dunyoda borgan sari keng tarqalmoqda. Investitsiya choralarining savdo jihatlariga doir kelishuvga (IChSJ) muvofiq Jahon savdo tashkiloti ishtirokchisi boʻlgan mamlakatlar uchun investitsiya choralariga Tariflar va savdo boʻyicha bosh kelishuv doirasidayoq qabul qilingan tadbirkorlikning milliy rejimi qoidasi tatbiq etiladi. Bundan tashqari, xalqaro savdoda miqdoriy cheklashlardan voz kechish qoidasi qayd etilgan (shu jumladan mahsulot, faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanish boʻyicha, import hajmlari yoki qiymatini cheklash va hokazo). «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq Oʻzbekistonda chet el investitsiyalarining nihoyatda keng talqinidan foydalanilmoqda. Bular barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlardir. Quyidagilar chetellik investorlar boʻlishi mumkin: — xorijiy davlatlar va ularning ma’muriy yoki hududiy organlari; — xalqaro ommaviy huquq sub’yektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar; — xorijiy davlatlarining yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari. Ushbu talqinda, yondashuvning keng va kompleks tusdaligi tufayli, Respublikaga chet el investitsiyalarining oqimini jiddiy ravishda kengaytirishga shart-sharoit yaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi qonuni chet el sarmoya qoʻyilmalari amalga oshirilishi mumkin boʻlgan koʻplab shakllarni e’tirof etadi: ulush qoʻshib qatnashish, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish, mol-mulk va qimmatli qogʻozlarni sotib olish, intellektual mulkka doir huquqlarni kiritish, konsessiyalar olish, savdo va xizmat koʻrsatish sohalari ob’yektlariga, turarjoy binolariga mulk huquqlarini sotib olish, yerga, tabiiy resurslariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish, shuningdek, Respublika qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllar. 19 Mazkur Qonun va oʻz institutlari bilan davlat chet ellik investorlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari paytida ularning huquqdari himoya qilinishini kafolatlaydi. Moddalarning birida shunday deyiladi: «Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqdi rejim, ularning toʻliq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shargnomalarida belgilab qoʻyilgan rejimga qaraganda noqulayroq boʻlishi mumkin emas. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq boʻlishi mumkin emas». Shu bilan birga chet ellik investorlarga xalqaro huquq qoidalariga muvofiq gʻoyatda keng huquqlar berilgan, shu jumladan investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yoʻnalishlarini mustaqil belgilash, investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish, oʻzining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish erkinligi. Chet ellik investorlar investitsiya faoliyati natijasida olingan oʻziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlashtirish toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qiladilar, olingan daromadni mustaqil tasarruf etadilar (shu jumladan unimoneliksizrepatriadiya qilish huquqidan foydalanadilar), Respublikaga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablagʻlariki jalb etish, oʻz hisob varaqlaridagi milliy valyuta mablagʻlaridan ichki valyuta bozorvda chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish huquqiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar. Chet ellik investorlar uchun investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har kdnday xorijiy davlatning fuqarolari vafuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish imkoniyatlari yaratilgan. Ular butun Oʻzbekiston hududi boʻylab erkin harakatlana oladilar, mamlakatimiz investorlari bilan teng holda sugʻurta himoyasiga boʻlgan huquqdan foydalanadildar. 20 Chet ellik investorlar uchun ayniqsa shu narsa muhimki, mazkur Qonunning va boshqa qonun hujjatlari yoki xalqaro shartnomalarning qoidalari muvofiq kelmagan hollarda investitsiya faoliyati uchun bir muncha qulay boʻlgan, binobarin, investorlarning manfaatlarini himoya qiladigan qoidalar ustuvor kuchga ega boʻladi. Aytib oʻtilgan huquqlardan istisnolar arzimagan darajada va ular faqat milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bilan bogʻlangan, bu hol esa har qanday davlatda tabiiydir. «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonunning asosiy qoidalari xalqaro amaliyotda qabul qilingan talablarga toʻliq muvofiq keladi, zero chet ellik investorlar Respublika ichki bozorida mamlakatimiz investorlari bilan teng sharoitlarga qoʻyilgan. Biroq shuni e’tiborga olish joizki, ushbu Qonunga koʻra, chet ellik investorlar Oʻzbekiston hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni barpo etishlari (chet el investitsiyalari aksiyalar, ulushlar, paylar yoki ustav fondining kamida 30 foizini tashkil etadigan korxonalar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar toifasiga kiritiladi) va ularga Respublika qonun hujjatlariga binoan taqsim etiladigan imtiyozlar tizimidan foydalanishlari mumkin. Ushbu imtiyozlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 20 martda qabul qilingan «Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi va 1996 yil 31 mayda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari ishtarokidagi korxonalarni barpo etish va ular faoliyatini ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonlarida va bir qator boshqa qonun hujjatlarida ta’kidlangan. Taqsim etiladigan imtiyozlar tizimida ularning quyidagi turlari ajratib koʻrsatiladi: Birinchidan. foyda (daromad) soligʻi boʻyicha imtiyozlar, ularda soliq stavkalarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmvda eksport ulushiga bogʻliq holda (tegishlicha 5 dan 10 gacha, 20 gacha, 30 gacha va undn ortiq foizlarda) 20 dan 50 foizgacha kamaytirish koʻzda tutilgan; eksport hajmlarini oʻstirishdan olingan, erkin almashtiriladigan valyutadagi tushumni foyda soligʻini toʻlashdan ozod etish; agar ustav fondida chet el sarmoyasining ulushi 30 foizdan 21 ortiq boʻlsa, soliq stavkasini foydaning 25 foiziga qadar pasaytirish; Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga sarmoya qoʻyilmalarini amalga oshiruvchi qoʻshma korxonalarni faoliyatning dastlabki 5 yilvda soliq solshdan ozod etish; chet el sarmoyasining ulushi kamida 30 foiz boʻlgan va qishloq xoʻjalik mahsulotini qayta ishlashga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalarni soliq solishdan ozod etish; yangi bunyod etilgan korxonalar uchun soliq solish stavkalarini dastlabki yilda belgilangan stavkasining 25 foizi va ikkinchi yilda 50 foiziga qadar pasaytirish; Patent sohiblari tomonvdan olingan daromad summalarini ma’lum miqdordagi yillarga soliqs olishdan ozod etshs; soliq solinadgan bazani tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish, ekologiya va xayriya fondlariga boʻnaklar, investitsiya faoliyati bilan bogʻliq summalarga kamaytirish; davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha olingan foydalar va dividendlarni soliq solishdan ozod etish; Soliqning butun summasini «Oʻzbekyengilsanoat* va «Mahalliysanoat» tizimida reinvestitsiya qilish sharti bilan chet ellik investorning ulushi kamida 50 foiz boʻlgan qoʻshma korxonalarni soliq solishdan ozod etish, shuningdek barcha turdagi korxonalarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladigan bir qator boshqa imtiyozlar. Ikkinchidan, qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar uchun mahsulot olib kirish va olib chiqish tartibi oʻzi ishlab chiqargan mahsulotn ilisenziyasiz eksport qilish va oʻzining ishlab chiqarish ehshyojlari uchun mahsulotni import qilish huquqini berish bobida soddalashtiriddi; barcha soliqlar toʻlanganvdan keyin oʻzi ishlab chiqargan mahsulot eksportidan barcha valyuta tushumlarini korxonalarning toʻliq mulkida qoldirish koʻzda tutildi. Uchinchndan, yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarda agar ustav fondida chet ellik ishtirokchining ulushi 30 foizdan oshsa, barpo etilgan paytdan boshlab ikki yilga chet ellik yuridik shaxslar va qoʻshma korxonalarni soliq solishdan ozod etish koʻzda tutildi. Toʻrtinchidan, konvertatsiyalashga doir imtiyozlar, unda xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish; eksportga mahsulot va tovarlar ishlab chiqarish bilan band boʻlgan; foydaning bir qismini repatriasiya qiladigan; milliy iqtisodiyotning 22 bazaviy va yetakchi tarmoqlarida ustuvor loyihalarni roʻyobga chiqarishda ishtirok etadigan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi qoʻshma korxonalar uchun valyutani ustuvor konvertatsiyalash huquqi koʻzda tutilgan. Beshinchidan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaradigan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun soliq solish boʻyicha ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 2 yil muddatga soliq krediti olish; ustav fondida chet el sarmoyasining ulushi kamida 500 ming AQSH dollari boʻlgan korxonalarni mol-mulk soligini toʻlashdan ozod etish koʻrinishdagi imtiyozlar. Oltinchidan, bojxona bojlari, qimmatli qogʻozlar operatsiyalariga doir soliqlar, mol-mulk soligʻi, eng koʻp qulaylik rejimini taqdim etish boʻyicha bir qagor imtiyozlar, ular mulkchilik shaklidan qati nazar barcha turdagi korxonalarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga ham tatbiqetiladi. Binobarin, chet el sarmoyasi ishgirokidagi korxonalarning Respublika ichida boshqa turdagi korxonalarga nisbatan teng mavqyeda boʻlishi bilan bir qatorda ularga imtiyozdarning ikki toifasi tatbiq etiladi: birinchi toifa qoʻshma korxonalarga, boshqasi barcha turdagi korxonalarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga taalluqlidir. Shunday qilib, Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati borgan sari xalqaro huquq me’yorlariga yaqinlashtirilayotgan mustahkam qonunchilikka asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi vakolatli organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.2 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10moddasida xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik ishlab chiqarish, moliya, bank va sug‘urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog‘liqni saqlash, ilmiy2 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA” QARORI 23 texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatishi va kengaytirishgaqaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan. Ushbu qonunni ijrosini ta’minlash maqsadida ko’plab chira tadbirlar amalga oshirildi. Xorijiy investetsiyalarni keng jalb qilish, qo’shma korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ko’plab imkoniyatlar yaratildi, soliq sohasida ko’plab imtiyozlar berila boshladi. Bu esa eksport salohiyatini oshirishga yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. 3. O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari Globallashuv XXI asrdagi asosiy tendensiyalarni anglab olishda, jahonni global makon sifatida tasavvur qilishdan kelib chiqish zarurligini ko’rsatadi. O’z navbatida, global makon milliy tuzilmalar majmuasi emas, balki milliy iqtisodiyotlar simbiozi, o’z qonunlari bilan ishlay boshlagan geoiqtisodiyot va integratsiyalangan tizimdir. Jahonning turli qit’alarida - G’arbiy Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikada umumiy iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlar bilan aloqador bo’lgan yirik mintaqaviy birlashmalar faoliyat ko’rsatib 24 kelmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida ularning barchasi avvalombor a’zo davlatlarning korporativ manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu uyushmalarning alohida olingan mamlakat imkoniyatlari bilan taqqoslab bo’lmaydigan kuchi ham mana shundadir. O’zbekiston Respublikasi 1991 yilning 31 avgustida mustaqillikka erishdi. Shu kundan boshlab respublikaning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida rivojlanishning yangi davri boshlandi. O’zbekiston hududiy jihatdan O’rta Osiyo mintaqasining markaziy qismida joylashgan bo’lib, respublikada Markaziy Osiyo aholisining 45 % yashaydi. O’zbekiston qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston davlatlari bilan chegaralanib, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlari bilan transport va telekommunikatsiya va axborot vositalari orqali bog’lanib turuvchi muhim strategik koridor hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi jahonning ko’zga ko’ringan yirik va obro’li xalqaro tashkilotlari, dunyoning o’nlab davlatlari bilan aloqalarni o’rnatgan bo’lib, ularning yirik bank va moliyaviy tashkilotlari bilan, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. O’zbekistonda xorijiy mamlakatlarning 43ta elchixonasi, 49ta nodavlat va shuningdek 15 ta davlatlararo tashkilotlari akkreditatsiya qilingan. Respublikamiz eng muhim xalqaro konvensiyalarning qatnashchisidir. O’zbekiston turli davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar asosida intensiv rivojlanib boruvchi davlatlardan biridir. Rivojlanish va taraqqiyot yo’liga o’tgan O’zbekiston nufuzli xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarning teng huquqli a’zosidir. Respublikamiz Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banklar guruhi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi, Osiyo - Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi. Respublikamiz Xalqaro atom energiyasini nazorat qilish bo’yicha tashkilotga, Jahon savdo tashkilotiga tayyorgarlikishlari olib borilmoqda. 25 a’zo bo’lib kirishi uchun faol Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini erkinlashtirish sharoitida jahon hamjamiyatiga qo’shilish jarayonlarini rivojlantirish va yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlarida kuch-g’ayratni jamlash zaruriyati yuzaga keldi. Yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, va gumanitar tashkilotlar, ilg’or Yevropa mamlakatlari va AQSh, Osiyo -Tinch Okeani mintaqasi davlatlari, MDH mamlakatlari jumladan, Rossiya, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash ana shunday yo’nalish hisoblanadi. Prezidenti I. Karimov integratsiya haqida fikr bildirib, “ O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida-integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: “bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning integratsiyalashuvi serqirra jarayondir”, O’zbekiston milliy iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga - deb alohida ta’kidlagan edi1. jahon xo’jaligi tizimiga chuqur integratsiyalashuvi muammolarini hal qilish uchun respbulikaning eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar hajmini oshirish va kengaytirish, shuningdek, respublikaning jahon bozoridan o’z o’rinini olishini ta’minlash zarur. Hozirgi kunda amal qilayotgan rag’batlantirishlar va imtiyozlardan foydalangan holda milliy ishlab chiqarishning eksportga yo’naltirilganligini kuchaytirish, import qilinadigan mahsulotlarning o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish muhimdir. Aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, bizning nazarimizda, davlatlararo iqtisodiy integratsiya–iqtisodiy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo’lgan davlatlarning birlashishining obyektiv jarayonidir. U faqat tegishli mamlakatlarning tashqi savdo almashuvi sohasini, ularning bozor aloqadorligini (xalqaro hamkorlikda bu ko’pincha uchrab turadi) qamrab qolmay, balki mazkur 26 mamlakatlarning moddiy ishlab chiqarishi sohasiga ham chuqur kirib boradi va turli darajadagi qayta ishlab chiqarish tuzilmalarining o’zaro hamkorligiga olib keladi. Jahon xo’jalik aloqalarining moddiy-ashyoviy asoslarini u yoki bu mintaqaviy guruhlar yoki ittifoqlarga birlashgan mamlakatlarning integratsion salohiyati tashkil qiladi. Mamlakatning integratsiyaning integratsion subyektlari salohiyati deganda, (integratsiyalashayotgan xalqaro iqtisodiy mamlakatlar) amalga oshiradigan xalqaro ishlab chiqarish va iqtisodiy hamkorlik predmeti bo’lgan tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, moliya-kredit, savdo resurslari, ilmiy xodimlar va insonlarning aqliy qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan majmuini tushunmoq zarur. O’zbekistonning integratsion aloqalarini jadallashtirishga xizmat qiladigan omillarning (integratsion salohiyatining) quyidagi ustunliklarini ko’rsatib o’tish mumkin: O’zbekistonning YevroOsiyo mintaqasida qulay geostrategik joylashuvi; yer, mineral-xomashyo va o’simliklarning katta zaxirasi; qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulay bo’lgan tuproq-iqlim sharoitlari; tashqi savdoda eksport salohiyati; davlatlararo kooperatsiyalashuv va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilishga imkon beradigan yirik ishlab chiqarish salohiyati; insonlar salohiyati, nisbatan arzon va tez ko’payib borayotgan mehnat resurslarining, (jahon miqyosida olib qaraganda) mavjudligi; rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi, birinchi navbatda MDHning boshqa mintaqalari bilan bog’lab turadigan, avtomobil va temir yo’l magistrallari, telekommunikatsiya tizimining mavjudligi; respublikada chet el kapitalini investitsiya qilish va o’zaro foydali tashqi iqtisodiy integratsion hamkorlikni kafolatlaydigan barqaror siyosatning mavjudligi. Yuqorida ko’rsatilgan pozitsiyalar bo’yicha milliy iqtisodiyotning bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan sharoitida mamlakatning integratsion salohiyatidan samaraliroq foydalanish uchun uning hozirgi holatiga baho berish kerak. 27 Birinchi navbatda, bu salohiyatning tarkibiy qismlari bo’lgan geostartegik joylashuv, tabiiy xom ashyo va mehnat resurslari, shuningdek eksport imkoniyatlarni tavsiflash lozim. XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon mamlakatlari o’rtasida integratsion moyillik yaqqol ko’zga tashlandi. Xalqaro mehnat taqsimoti shu darajaga yetdiki, milliy xo’jaliklar tobora ko’proq integratsiyalashuv xususiyatini kasb eta boshladi. Bu esa o’z navbatida xalqaro xo’jalik faoliyatining baynalminallashuviga olib keldi. Ushbu sharoitda o’zaro hamkorlikning an’anaviy shakllari–xalqaro savdo, kapitalning ko’chishi, ishchi kuchi migratsiyasi yangi va aniq ifodalangan institutsional shakllarga ega bo’ldi. Bir tomondan, davlatlararo iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan mintaqaviy tashkilotlar tashkil topdi (Yevrohukumat va Yevroparlamentga ega bo’lgan YeI kabi), boshqa bir tomondan esa o’z faoliyatining xususiyati bo’yicha jahon mamlakatlarining iqtisodiy hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) keng faoliyat ko’rsata boshladi. Integratsiya haqida Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov shunday degan edi: “-Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo’lgan demokratik davlatlar tushunchasiga muvofiq kelgandagina mumkin bo’ladi. Ayni paytda mamlakatni zamonaviylashtirish uning, shubhasiz, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o’zining munosib o’rnini topishi, mintaqaviy va global xavfsizlik tizimini yaratish shartlari mavjud bo’lgandagina mumkin bo’ladi”. Respublikada iqtisodiyotni va eksport salohiyatini rivojlantirish jahon iqtisodiyotiga xos bo’lgan milliy iqtisodiyotlarning o’zaro bir-biri bilan bog’liqligi va xo’jalik hayotining baynalminallashuvi bilan tavsiflanuvchi globalizatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish imkonini beradi. Ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy, valyutamoliyaviy va savdo tashkilotlarining aloqalari milliy iqtisodiyot uchun ham, jahon iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki aynan ana shu tashkilotlar shunday huquqiy makonni yaratishga yordam beradi, jahondagi tashqi iqtisodiy va integratsion aloqalar shu makon doirasida amalga oshiriladi. 28 O’zbekistonning BMT, YETTB, YeI, NATO, Jahon banki, XVF, IXT, va boshqa tashkilotlar bilan faol aloqalari mamlakatimizga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish borasidagi jahon tajribasidan foydalanish, zamonaviy ilmiytexnikaviy axborotlar, “nou-xau”larni, beg’araz beriladigan yordam va materiallarni olish imkoniyatini beradi. BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalari turli tarmoqlarda ko’p tomonlama hamkorlikni tartibga solishning tengi yo’q mexanizmidir. Valyuta-moliya va savdo muassasalari esa savdo hamda valyutakredit sohalarini tartibga soluvchi rolni o’ynab, O’zbekistonga davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko’maklashadi. Hozirgi kunda O’zbekiston 80 dan ortiq davlat bilan diplomatik munosabatlar o’rnatdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida elchixonalar ochildi. Davlatimiz quyidagi xalqaro tashkilorlarga a’zo hisoblanadi: BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xlaqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar. O‘zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvini 4 ta darajaga bo’lish mumkin. 1.Global daraja - O’zbekistonning BMT, Yevropada xavsizlik va hamkorlik tashkiloti, NATO va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki bilan belgilanadi. 2.Transkontinental daraja – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992-yilda tashkil etilgan bo’lib, Osiyo qit’asining 10 ta davlati – Turkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni o’z ichiga oladi. 3.Mintaqalararo daraja –yangi mustaqil davlatlar: MDH mamlakatlari bilan itegratsiyaga kirishadi. 4.Mintaqaviy daraja – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analariga, o’xshahsh turmush tarzi va mentalitetiga ega bo’lganqardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlaktlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash 29 va rivojlantirishdan iborat. (SHOS) 2001-yil 15-iyunida oltita O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari o’rtasida tuzildi. 4. O’zbekistonda so’nggi yillar mobaynida tashqi iqtisodiy faoliyatning statistik tahlili va tashqi savdoni takomillashtirish ustuvor yo’nalishlari Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy hujjatlar ishlab chiqildi. Oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan savdoiqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi.Natijada 2019-yilda mamlakatimizga bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi o‘sdi. Ularning hajmi 4,2 mlrd. dollarni tashkil etdi, bu 2018yildagiga nisbatan 3,7 baravar ko‘proqdir.Jahon banki «Biznes yuritish» reytingida mamlakat 7 ta pozitsiyaga ko‘tarildi va biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatkichi bo‘yicha 190 ta davlat orasida 8-o‘rinni egalladi, eng yaxshi islohotchi mamlakatlar safiga kiritildi.O‘zbekiston 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimni va 57 ta davlat fuqarolari uchun soddalashtirilgan vizali rejimni joriy qildi. O‘tgan yilda mamlakatga 6,7 mln. xorijiy turist keldi — bu 2016 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,7 mln. yoki 3,3 baravar ko‘proqdir.Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, 2021-yilning yanvar-may oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi $14,5 mlrd ni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan $1,7 mlrd ga yoki 13,2% ga koʻpaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston, Qirgʻiz 30 Respublikasi, Tojikiston, Turkiya, Kanada va Eron shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. 1-rasm.O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 3 Xususan, Oʻzbekiston jahonning 163 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,4%), Rossiya Federatsiyasida (16,5%), Qozogʻistonda (10,5%), Turkiyada (8,9%), Koreya Respublikasida (4,5%), Qirgʻiz Respublikasi (2,3%) va Afgʻonistonda (2,0%) qayd etilgan. Bank ekspertlari fikricha, ayrim tovarlar narxining jahon bozorida ko‘tarilishi va olib borilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar ko‘payishi uchun qulay istiqbollar mavjud, biroq salbiy omillar xavfi ham saqlanib qolmoqda. 3 https://samstat.uz/ 31 32 2-rasm. O’zbekiston Respublikasi nominal YaIM4 O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy va Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sishning ancha zaifligi; tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oshirishning kechikishi;· inflatsiyaning o‘sishi. Mamlakatning yetarli darajadagi valuta zaxiralariga egaligi va davlat tashqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi o‘rtacha bo‘ladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga, ular puxta nazorat qilinishi kerak bo‘lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi. 3-rasm. O’zbekiston Respublikasi eksport tarkibi5 Statistik ko‘rsatkichlarning dinamikasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli yildan yilga ortib bormoqda. 4 5 https://kun.uz/uz O’zbekiston Statistik Axborotnomasi 33 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 3223,2 million AQSh dollari miqdorida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksport qilindi (umumiy eksport hajmining 26,5 foizi), bu 2010 yilga nisbatan 80,8 foizga ko‘p va 2000 yilga qaraganda deyarli 10 baravar ko‘p. Korxonalarning aksariyat qismi xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashganiga qaramasdan, eksport qilishda kichik biznes qariyb 45 foizni tashqil etsada, ularning faoliyati ko‘plab ishlab chiqarish segmentlarini qamrab oladi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlar sirasiga ho‘l va qayta ishlangan mevasabzavot mahsulotlari, shuningdek, tayyor to‘qimacilik va charm mahsulotlari, zamonaviy qurilish va pardozlash buyumlari, mexanik asboblar, elektrotexnika va maishiy buyumlar kiradi. Shuningdek, Orient Finans Bank tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bian bog’liq operatsiyalarni: Eksport va import shartnomalariga xizmatlar va ro’yxatdan o’chirish; chet el valyutasini konvertatsiya qilish(sotish / sotib olish); SWOP operatsiyalari; SPOT operatsiyalari; E-shartnoma bo’yicha maslahatlar; chet el valyutasida hisob raqam ochish va yuritish kabi xizmatlarni yo’lga qo’yganligi ham yuqoridagilarni yaqqol isboti desak ham bo’ladi.6 6 https://ofb.uz/uz 34 4-rasm. Eksportda kichik biznesning hududlardagi jami eksportdagi ulushi.7 Eksportga bo‘lgan talabning oshishi mamlakatni rivojlantirish uchun muhim manbadir. Doimiy tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradigan tadbirkorlik sub’ektlari mavjudligiga qaramasdan, korxonalarning eksport imkoniyati to‘liq amalga oshirilmayapti. Buning sabablari haqida gapirganda, tashqi bozorlarning imkoniyatlari va talablari bo‘yicha ma’lumotlarning yetarli emasligi, chet elda raqobatning yuqoriligi, shuningdek chet ellik sheriklar bilan muloqotni tashkil etishning murakkabligini aytib o‘tish lozim. Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2017 yilning yanvar–dekabrida 26 907,0 mln. AQSh dollarni, jumladan eksport – 13 893,6 mln. AQSh dollarni, import – 13 013,4 mln. AQSh dollarni tashqil etdi. Tashqi savdo saldosi – 880,2 mln. AQSh dollarni, shu jumladan MDH davlatlari bilan 729,3 mln. AQSh dollarni va boshqa davlatlar bilan 150,9 mln. AQSh dollarni tashqil etdi. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq jarayonlar statistik tahlili bo’yicha ushbu ko’rsatkichlar shuni ko’rsatadiki, yaqin yillarda xorijiy investetsiyalar jalb qilish bo’yicha, eksport salohiyati bo’yicha va tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. Sanoat korxonalarning aksariyat qismi xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashganiga qaramasdan, eksport qilishda kichik biznes qariyb 45 foizni tashqil etsada, ularning faoliyati ko‘plab ishlab chiqarish segmentlarini qamrab oladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. 7 O’zbekiston Statistik Axborotnomasi 35 Xulosa. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni asosiy sharoitlaridan biri bo‘lmish – tashqi savdoni (eksport va import jarayonlarini) amalga oshirishda davlatning roli asosan savdo siyosatini amalga oshirish va tashqi savdoni tartibga solish choratadbirlarini ishlab chiqarishga, qo‘llashga qaratilgan bo‘ladi. Oxirgi besh yilda tashqi savdo aylanmasi hajmi 36 marta, eksport hajmi 34 marta o‘sgan. Eksportni rag‘batlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va mahalliylashtirish dasturining izchil amalga oshirilishi natijasida Respublikamiz to‘lov balansining, xususan, tashqi savdo balansining barqarorligi saqlab qolindi. Mamlakat eksport salohiyatini oshirishda, yangi ish o‘rinlarini yaratishda, davlat budjetining daromad qismini soliqlar bilan ta’minlashda qo‘shma korxonalar munosib o‘rin egallaydi. Shu sababdan yurtimizda xorijiy investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb qilish va investitsion faoliyatni rag‘batlantirish orqali qo‘shma korxonalarni barpo etish hamda ular faoliyatini rivojlantirishga iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaralmoqda. Shu boisdan ham vatanimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag‘batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o‘ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi korxonalarni rag‘batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Shu sababdan soliq imtiyozlarini to‘g‘ri yo‘nalishlarda taqdim etish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim, aks holda esa imtiyozlarni berishdan ko‘zlangan maqsadlarga erishilmaslikka olib keladi. Bu tadbirlarni to‘la qonli amalga oshirish uchun esa xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy etishda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilishi lozim deb o‘ylaymiz: - soliq imtiyozlarini samarali ishlashiga aks ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish; - investitsion faollikni ko‘chaytirish imtiyozlarni bir paytda taqdim etish; 36 maqsadida berilayotgan barcha - qo‘shma korxonalarni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni faoliyatini cheklab qo‘yishni va raqobat muhitini buzilishini oldini olish; - qo‘shma korxonalar ishlab chiqargan tayyor mahsulot tarkibida mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanganlik darajasiga qarab ularga soliqlardan ma’lum yengilliklar berish; - soliq imtiyozlarining joriy etilishi budjet daromadlariga va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar yetkazmasligi lozim. Bunda imtiyozlar evaziga korxonalar ixtiyorida qolgan mablag‘lardan samarali foydalanish, qayta investitsiya qilish va faoliyatini rivojlantirish orqali kelajakda budjet daromadlarining barqarorligini ta’minlash ko‘zda tutiladi. Mamlakatda eksport salohiyatini rivojlantirishga qulay muhit yaratilishi bilan birga ichki bozor ehtiyojlari ham e’tiborga olinishi maqsadga muvofiq. Bunday tovarlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida davlat markazlashgan investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishi lozim. Mamlakat sharoitida ishlabchiqarish imkoniyati mavjud bo‘lgan xolda tovarlarni valyuta hisobigamamlakat hududiga olib kirilishi eksport tufayli kelib tushgan valyutaningxorijga chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishi uni yanada rivojlanishini ta’minlaydi: - tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; - tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning tarifsiz tizimini qayta ko‘rib chiqish; - tarifli tizim samaradorligini har tomonlama tahlil qilish asosida unga o‘zgarishlar kiritish; - bojxona bojlari tariflarini qayta ko‘rib chiqish; - eksport faoliyati rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan soliqmexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 37 - respublikamizda import o‘rnini qoplovchi tovarlar ishlab chiqaruvchimahalliy ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish. Kurs ishi nihoyasida yana shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda soliq tizimini takomillashtirish va imtiyozlar joriy qilishorqali bevosita chet el sarmoyasini mamlakatimizga olib kirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar ochish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash tovar raqobatbardoshligini oshirish va ularni rivojlantirishga keng yo‘l ochib beradi. Kurs ishi vazifalaridan kelib chiqib, ushbu ishlar amalga oshirildi: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatining ahamiyatinini o’rganish va shu asosda nazariy asoslarni ishlab chiqildi; tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish borasidagi barcha siyosiy va amaliy harakatlarni ko’rib chiqish va tahlil qilindi; davlatimizning jahon bozoridagi o’rnini mustahkamlash va eksport salohiyatini kengaytirish haqida statistik ko’rsatkichlarni tahlil qilindi; O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirishning oziga xos xususiyatlarini ko’rsatib berildi;xalqaro vaziyatda tashqi iqtisodiy faoliyatlar, eksport opertsiyalarini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini ko’rib chiqish;bojxona va chegara faoliyatini tartibga solish va eksportni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi bo’yicha ilmiyamaliy taklifalar ishlab chiqildi. 38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I.O’zbekiston Respublikasi qonunlari 1. O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’grisida”gi Qonuni 2. 1998 yildaOʻzbekistonRespublikasida «Chet el investitsiyalaritoʻgʻrisida»gi Qonun II.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarnni yanada takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida”gi Qarori 4. 2017-2021-yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi 5. 2000-2005 yillargamoʻljallanganOʻzbekistonRespublikasiHukumatiningasosiytashkiliyc hora-tadbirlariumumiy dasturi 6. O‘zbekiston respublikasi prezidentining “o‘zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori 7. "Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish" mintaqaviy dasturi III.Darsiklar 8. O’zbekiston Statistik Axborotnomasi 9. Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan murojaatnomasi. 2017 yil 22 dekabr 10..Mirsaidov A. “Vstupleniye v VTO: pravovoy analiz”- “Delovoy partner” Otkrûtaya gazeta, 16 sentabr 2014, ¹ 37, st. 8 11.Jalolov J.J.Axmedov I.A. “Tashqi iqtisodiy faoliyat”, O‘quv qo‘llanma. - T.: TDIU, 2012. 160 bet 12.Bekmuradov A. va boshq. «Tashqi iqtisodiy siyosat: savdo va investitsiyalar oqimlari». – T., TDIU, 2009 y. – 62 b. 39 IV.Internet saytlari 13.https://lex.uz/docs/-67345 –O’zbvekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 14.https://xs.uz/uz 15.http://el-academy.uz/uz/analiticheskie-materialy/normativnaya-i-pravovayabaza-respubliki-uzbekistan16.https://samstat.uz/ 17.https://kun.uz/uz 18.https://ofb.uz/uz 40
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )