O’ZBEKISTON RSPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI __________________ UNIVRSITETI “IQTISOIYOT VA TURIZM “ FAKULTETI “_________________________________” KAFEDRASI O`QUV-TANISHUV AMALIYOT HISOBOTI Amaliyot joyi: “AT Xalq banki” Bank rahbari:_____________________________ BDU tomonian rahbari:_____________________ Toshkent-2025 Mundarija Kirish________________________________________1 1.Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor itisodiyotidagi o`rni. Kredit tizimi va uning tarkibiy qismlari. _________________________2 2.Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari._________________________ 11 3.Xalqbanki va uning funksiyalari. Xalqbanki faoliyatining asoslari_________12 4.Maxsus moliya-kredit muassasalari.________________________________20 5.AT “Xalqbanki” Yakkabog` filialida orttirgan tajribam_________________25 Xulosa________________________________________________________27 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ________________________________28 Kirish Bank (italyancha: banco — stol) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (RusOsiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi. Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pogonali bank tizimi bolib u markaziy bank va tijorat banklari tarmogini oz ichiga oladi. Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi: Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish, bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning otkazilishi bilan mos kelishi, bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yoli bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish, pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish, banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar. 1 Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo bo`lgan. Ular asosan savdogarlarning pul bilan bog`liq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar o`rtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga kelgan. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalrda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtrib berish ishlari bilan shug`ullangan. Bankning ayrim belgilari ega bo`lgan muassasalar o`rta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, so`ngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi. Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi yaʼni korxonalarga egalik xuquqini rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis 2 etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi. Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, foyda normasining tenglash uvini taʼminlaydi. 3 XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga masuliyatsizlik qilsa, u otirgan stol sindirib tashlangan va uni «Banco rotto», yani bankrot deb atashgan. Banklar paydo bolishining boshlangich nuqtasi bolib XVI asrda Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan oz mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular ortasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan. Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bolgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bolgan. Natural xujalik munosabatlarining tugashi savdo-sotik munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo`l ochdi. Ssuda kapitalisti asosan oz bosh mablagini karzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bolsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablaglarni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari aholi bosh pul mablaglarini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablagni jamlab uni xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pogonali bank tizimi bolib u markaziy bank va tijorat banklari tarmogini oz ichiga oladi. Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi: - Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish - bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning otkazilishi bilan mos kelishi 4 - bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yoli bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish - pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish - banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar. Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki davrga bolish mumkin: Birinchi davr – bu Ozbekiston mustaqillikka erishgungacha bolgan davrdagi bank tizimi. Ikkinchi davr Ozbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi. Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bolgan davrni oz ichiga olib bunda oldingi mavjud bo`lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos keluvchi tarmoq banklari, o`lka banklari, tijorat banklari maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko`rsatgan. - Ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo`lgan davrni oz ichiga oladi. Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) to`gridanto`gri kreditlashga otdi. Bunda banklar xalq xojaligi sohalari boyicha tashkil qilindi va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shug`ullangan. Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan. - Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bolgan davrni oz ichiga oladi. Bunda mavjud tarmoq banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank - Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki tashkil qilindi. Davlat banki xalq xojaligining barcha sohalariga (qishloq xo`jaligiga uzoq muddatli kredit ham) qisqa muddatli kredit bergan. Qurilish banki kapital quyilmalar bilan boglik operatsiyalarni bajargan. 5 Tashki savdo banki mamlakatning eksport-import operatsiyalarini bajargan. - Turtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish bosqichi bolib, u 1988 yildan 1990 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda davlat banki bilan bir qatorda koplab maxsus tarmoq banklari tashkil etildi. Bu davr bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib ikki pog`onali bank tizimiga otish bilan ham bogliq. Xalqaro amaliyotda ikki pogonali bank tizimi Vengriyada 1987 yilda, SSSRda 1988 yildan, Polshada 1989 yildan, Bolgariya Ruminiya va Chexoslavakiyada 1990 yildan joriy etilgan.Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bosh turgan pul mablaglarini yiguvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablaglarini samarali ishlatish asosida oz faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini taminlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat azolari farovonligiga zamin yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug`ildi Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, 6 foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) kreditga boʻlinadi. Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat krediti — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank krediti — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting, faktoring, haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan Kreditlar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol krediti — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro krediti — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish. Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga o`qib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat 7 beradi. Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda Kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan Kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, Kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo`naltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yo`naltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmoqda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllab quvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank tijorat davlat isteʼmol va xalqaro kredit shakllarini oladi. Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi. Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi. Isteʼmol krediti — xususiy 8 shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi. Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar er, bino hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi. Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul valyuta shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing faktoring , forfeyting , trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda. Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat krediti — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank kredeti — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting, faktoring, haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat Krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni K. ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat 9 qarzi, chet davlatlardan olingan K.lar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol krediti — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro kredit — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va b, qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish. Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi. Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo`naltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yon`altirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllab quvvatlashni ham amalga oshirmoqda. 10 Banklar faoliyatining eng „qadimgi“ operatsiyalaridan biri, pullarni saqlab berish operatsiyasi hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan obro‘ va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Yevropa mamlakatlarida cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari (masalan, Delfi ya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida bank muassasalari bo‘lib ham xizmat qilgan. O‘sha qadimgi davrlardan boshlab, qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan. Banklarning kelib chiqishiga oid mavjud adabiyotlarda banklar paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich bosqichi birinchidan pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan pul mablag‘larini almashtirib be rishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Pul ayirboshlash bo‘yicha ehtiyoj alohida paydo bo‘lgan. Bunga Yevropani yorqin misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘rta asrlarda tangalarning yagona tizimi mavjud bo‘lmagan. Savdo turli mamlakatlar, shaharlar, hatto alohida shaxslarning tangalari orqali olib borilgan. Barcha tangalar turli vazn, shakl va nominalga ega bo‘lgan. Tangalar bilan shug‘ullanuvchi va ayirboshlashni olib bora oladigan mutaxassislar o‘z ayirboshlash stollari bilan qizg‘in savdo ke tayotgan joylarda ish olib borishgan. Shu bois, „bank“ so‘zi italyancha „banco“ – „ayirboshlovchining oldidagi stol“ degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bunga o‘xshash operatsiyalar bundan ancha avvalgi davrlarda qadimgi Gretsiya, Rim, Sharqda amalga oshirilar edi. 11 Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan.Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda. Bugungi kunda, Xalq banki O‘zbekiston bank tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta „Bank xizmatlar markazi“, 3 000 dan ortiq kassalar; 355 ta 24/7/365 — rejimida ishlaydigan „Elektron ofislar“ faoliyat yuritmoqda. 12 Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun bankomatlar sonini oshirish va ularning doimiy ishchi holatda bo‘lishini taʼminlash maqsadida alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilgan va bugungi kunda respublika bo‘yicha joylarda 1 289 ta bankomatlar faoliyat yuritmoqda. Xalq banki quyidagi talablarga javob berishga intiladi: eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko‘lami va hajmlarini kengaytirish, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo‘ylab foydalanish imkoniyatini taʼminlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo‘lish; xodimlar faoliyati uyg‘unligini taʼminlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo‘lish. Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng ro‘yxati, kreditning xilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xalq banki o‘z mijozlariga xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali usullarini taklif etadi. Yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif qilinmoqda. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va horijiy valyutada kreditlar ajratiladi. Bugungi kunga kelib 265 215 ta yuridik mijozlar hisob raqami mavjud bo‘lib, shundan 120 388 tasi (45 %) harakatdagi mijozlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Korporativ mobil banking — „Korporativ Mobile banking“ interaktiv xizmat orqali yuridik mijozlar o‘z hisob raqamlarini mobil aloqa vositalari orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishi mumkin. 13 Internet banking — Internetdan bank xizmatlaridan foydalanish Yuridik mijozlarga bank bilan moliyaviy hujjatlarni almashish va real vaqt rejimida to‘lovlarni, korporativ kartani to‘ldirish, oylik to‘lovlarni amalga oshirish va hisob raqamlar holatini kuzatish imkoniyatini beradi. Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini o‘rgangan holda ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda. Bank kartalar — Pensionerlar, talabalar, ishchilar va tadbirkorlar uchun debit va kredit kartalari, dunyoning 180 dan ortiq davlatlarida „UnionPay“ va „VISA“ tizimida ishlovchi debit va kredit kartalar. Mobil banking — „Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, „Zolotoya Korona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat ochish va onlayn konversiya funktsiyalarini amalga oshirish mumkin. Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „MoneyGram“, „Contact“, „UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va xorijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan. 14 Maxsus moliya-kredit muassasalariga sug’urta kompaniyalari, lizing va faktoring bo’yicha maxsus moliya muassasalari, kredit uyushmalari, jamg’arma banklari va boshqa turdagi moliya-kredit muassasalari kiradi. O’zbekiston Respublikasining «Sug’o’rta faoliyati to’g’risida»gi (2002 yil, 5 aprel) qonunning 3 moddasiga binoan «Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar tulaydigan Sug’urta mukofatlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqyea (Sug’urta xodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga Sug’urta shartnomasiga muvofiq Sug’urta tovonini (Sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini ximoya qilish tushuniladi. O’zbekistonda Sug’urta ishini shakllanishi ikki yo’nalishda, ya’ni Gosstrax tizimini takomillashuvi va bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib yangi Sug’urta kompaniyalarini tashkil etish yo’lidan bordi. Respublikada 1993 yilda «Sug’urta to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1994 yildan «O’zbekinvest» milliy kompaniyasi tashkil etildi, xususiylashtirish va xususiy tadbirkorlikni qullab-quvvatlash bo’yicha «Madad» Sug’urta agentligi to’zildi. Chet el investisiyalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan ximoyalash bo’yicha o’zbek-amerika «UZ-AIG» kompaniyasi to’zildi. 1997 yildan mamlakatda davlat Sug’urta tizimida islohatlarga kirishildi. Bunda O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi qoshidagi Sug’urta davlat bosh boshqarmasi zaminida «O’zagroSug’urta» davlat aksioner Sug’urta kompaniyasi to’zildi. Shu yilning o’zida «Kafolat» va O’zagroSug’urtaga Gosstrax ning shaharlardagi barcha majburiyatlari berildi. «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunning 4-moddasiga binoan Sug’urta quyidagi sohalarga bo’linadi: - Xayotni Sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning xayoti, sog’ligi, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarni Sug’urta qilish. Bunda shartnoma bo’yicha Sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi). 15 - Umumiy Sug’urta (shaxsiy, mulkiy Sug’urta, javobgarlikni Sug’urta qilish, hamda hayotni Sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa Sug’urta turlari). O’zbekiston Respublikasi Sug’urta tashkilotlarini jami ustav kapitali 2004 yilning boshiga 10,3 mlrd. so’mni tashkil etadi yoki 1997 yildagidan 2,3 barobar ko’p. Xozirgi qonunchilikka ko’ra respublikada Sug’urta faoliyati davlat nazoratini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoshidagi Sug’urta nazorati davlat inspeksiyasi olib boradi. Uning faoliyati 1999 yil fevralidan boshlangan. Respublikamizda Sugurta bozorining rivojlanishiga kuyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: - aholining past Sug’urta madaniyati (ishonchning kamligi, axborotning kamligi) - ko’pchilik aholining Sug’urta mahsulotlarini sotib olish uchun pulining yo’qligi. Shaxsiy Sug’urtaning rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - sog’liqni saqlash tizimini taraqqiy etmaganligi, xizmatlar bahosini yuqoriligi; - shaxsiy Sug’urtaga pul qo’yishni rag’batlantirilmasligi. Umuman O’zbekistonda ham talabdan kelib chiqib Sug’urta mahsulotlari turini yanada rivojlantirish lozim. Kredit kooperativlari o’zaro yordamning tashkiliyxuqiqiy shakli sifatida dastlab Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmida qishloq xo’jalik va kredit kooperativlari shaklida tashkil topgan. XX asr boshida Yevropa kredit kooperativlari AQSh, Kanadada taraqqiy etib, Janubiy Amerika davlatlarida taraqqiy eta boshladi. O’zbekistonda bunga birinchi qadamlardan biri bo’lib 2002 yil 4 aprelda «Kredit uyushmalari to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi hisoblanadi. Qonun 30 moddadan iborat bo’lib uning 3-moddasiga ko’ra – «Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kreditlar berish maqsadida ixtiyoriy teng xuquqli a’zolik asosida to’ziladigan kredit tashkiloti kredit uyushmasi deb e’tirof etiladi». 16 Kredit uyushmalarini davlat ruyxatidan o’tkazish ularga lisenziya berish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Qonunning 7-moddasiga binoan kredit uyushmasi a’zolarining soni 50 tadan kam bo’lishi mumkin emas. Kredit uyushmasining ustavi uning ta’sis xujjatidir. Kredit uyushmasi a’zolari pay badallarining umumiy so’mmasi ustav fondi hisoblanadi. Ustav fondi faqat pul mablag’laridan shakllantiriladi va uning eng kam miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Kredit uyushmasining yuqori boshqaruv organi bo’lib uyushma a’zolarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Kredit uyushmasi kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra, ixtiyoriy ravishda, lisenziya bekor qilinganda va uyushma bankrot deb e’lon qilinganda (28-modda) tugatiladi. Kredit uyushmalarining tijorat banklaridan asosiy farki katta foyda olish emas, balki o’z a’zolarining biznesini rivojlantirishga past foizda kredit-moliya yordami ko’rsatish. Uning kreditlaridan foydalanishni rasmiylashtirish oddiy tushunarli hisoblanadi. 17 Mulk tushunchasida mulkka egalik qilish va undan foydalanish xuquqi tushunchalari mavjud. Keyingi vaqtlarda mulkdan foydalanishning yangi shakli ijara munosabatlari, keyinchalik esa uni takomillashgan maxsus turi moliyaviy ijara – lizing vujudga keldi. Tarix ma’lumotlariga ko’ra lizing eramizdan oldingi 2000 yillarda Shumer davlatida mavjud bo’lgan, Venesiyada rivojlangan. AQShdagi lizing bo’yicha shov-shuvlar Germaniya, Italiya va Fransiyada davom etdi. Jaxon banki tarkibida xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solish bo’yicha Xalqaro Moliya korporasiyasi (XMK) ish boshladi. Bugungi kunda XMK 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirgan. 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investisiya loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko’rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi. 1995 yilda O’zbekistonda tashkil etilgan dastlabki «O’zbeklizing interneyshnl AJ» ning ta’sischilaridan biri ham XMK hisoblanadi. O’zbekistonda birinchi xalqaro lizing operasiyasi 1993 yilda tashqi iqtisodiy faoliyat banki tomonidan «O’zbekiston havo yo’llari»ga chet el kompaniyalaridan samolyotlar xarid qilingan. Respublikamizda lizing operasiyalarining rivojlanishi 1999 yilni 14 aprelida qabul qilingan va 2002 yil 13 dekabrida tegishli o’zgartirishlar kiritilgan «Lizing to’g’risida»gi qonunni qabul qilishi bilan bog’liq. Yuqoridagilarga asosan lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui bo’lib bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining topshirig’iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi) dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo’lgan mulkni o’z mulki qilib sotib olib uni to’lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi. Lizing munosabatlarining asosiy xujjati bo’lib shartnoma hisoblanib u quyidagi qismlardan iborat: Shartnomaning mohiyati va maqsadi Texnikani olib ketish tartibi 18 Texnikaning qiymati U bo’yicha to’lovlar To’lovlar tartibi Texnikani yetkazib berish Bo’nak to’lovlarini to’lash Lizing to’lovlarini to’lash Tomonlar xuquq va majburiyatlari Foydalanish shartlari Tomonlarning javobgarliklari Nizolarni hal qilish Amal qilish muddati Tomonlarning rekvizitlari Lizing obyekti bo’lib iste’mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qullaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk majmualari, shu jumladan yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari, binolar, inshoatlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa kuchar va kuchmas mulklar hisoblanadi. Moliyaviy lizingning mohiyati mulk qiymatini bo’lib-bo’lib to’lash asosida sotib olishni ifodalaydi va tovar krediti shakliga ega bo’ladi. Bunga lizing muddati davomida lizing beruvchining barcha xarajatlarini to’liq koplashga yetarli bo’lgan va unga foyda keltirishni ta’minlaydigan lizing to’lovlari yig’indisini ko’zda tutadi. Lizing to’lovi lizing obyekti qiymatini, mulkni Sug’urtalash xarajatlariini va kredit uchun lizing (foiz) stavkasini o’z ichiga olgan so’mmani tashkil etadi. 19 Respublikamiz qishloq xo’jaligida lizing munosabatlarining rivojlanishida 1999 yil 30 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Qishloq xo’jalikmashlizing aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to’g’risida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 noyabrdagi «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarorlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing tizimi taraqqiyotini yanada rivojlantirish choralari to’g’risida»gi farmoni muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagi Prezident farmoniga ko’ra iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa kichik va o’rta biznes subyektlarini zamonaviy texnologik uskunalar bilan ta’minlash maqsadida 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab: Lizing to’lovlari qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi. Chetdan lizinga berish uchun respublika xududiga keltiriladigan texnologik uskunalar bojxona to’lovi va qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi. Lizing oluvchi – xo’jalik subyektlari lizinga berilgan mulk bo’yicha lizing shartnomasi davrida mulk solig’idan ozod etiladi. Lizinga beruvchining yalpi daromadidan lizinga berish uchun olingan mulk bo’yicha kredit to’lovi bo’yicha foizlar va boshqa to’lovlar chiqariladi.Umuman yuqoridagi farmon va qarorlar lizingdan foydalanuvchilarni tegishli mulkka ega bo’lish bo’yicha katta imkoniyat va imtiyozlarni beradi. 20 21 Men AT Xalqbankida amaliyotimni asosan Monitoring bulimida o`tadim. Monitoring bu (ing. monitoring — kuzatish, nazorat qilish) — maʼlum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qoʻllanadi. Kredit sohasida qoʻllaniladigan monitoring, yaʼni kredit monitoringining mohiyati berilgan ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz toʻlash jarayonining borishi ustidan nazorat qilishda namoyon boʻladi. Kredit arxivi kredit monitoringi uchun asos hisoblanadi. Bu arxivda moliyaviy hisoblangan, garov xususidagi hujjatlar, mijozning kreditga layoqatliligini aniqlash yuzasidan qilingan hisobkitoblar va boshqa zarur maʼlumotlar mavjud boʻladi. Kredit monitoringini amalga oshirish tartibi bankning maqomiga, ixtisoslashuviga, unda qabul qilingan mijozlarning kreditga layoqatliligini aniqlash usuliga bogʻliq. Biz monitoring bo`limida asosan muommoli kreditlar ya`ni mijozlar kreditlarini vaqtida tulamagan yoki to`lash jaroyonida adashmovchilik bo`lgan shaxslar bilan ishladik. Masalan “YAKKABOG` XISOR NASL” MCHJ firmasini olgan kreditida muommosi bo`lgani uchun Mchj raxbariga birinchi o`rinda ogoxlantirish junatdik keyin esa davo arizasini yozip uni sudga chiqardik. 22 Biz yana bankka kelgan kredit olgan mijozlarni qarzlarini tekshirip berdik. Masala mijoz olgan kreditni muddati o`tgan kredit qarzini, foizi o`tgan krdit qarzini va yana bosha muommolarii hal qilib berdik. Men amaliyot jarayonida darsda o`rganmagan ko`p narsalarni o`rgandim. Masalan qanday kredit turlari bankka qanday bo`limlar bor qanday tartib intizomda ishlashni va shunga uxshash kup narsalarni o`rgandim. Yana biz amaliyotni oxirgi haftasida kredit olgan mijozlarni uyiga botip monitoring qilib keldik. Masalan olgan kreditini to`g`ri manoda yani maqsadli yoki maqsadsiz yo`lga ishlatayotga nini o`rganip keldik. Masalan biz AT Xalqbankidan 50 ming AQSH dollari olgan ”FAYZBEK JURABEKOVNING” gisht zavodiga bordik. U yerd haqiqatdanam shartnomaga va biznes rejaga ko’rsatilgan ishlar olib borilmoqa yani g`isht zavodida ishlar yaxshi olib borilmoqda. Masalan 10 ta ish o`rni yaratilgan va g`ishtlarni sifatli ishlab chiqarib xallqa arzon narxlarda sotmoqda. Biz monitoring jaroyonida uning olgan kreditini maqsadli qilib keldik. 23 24 25 Xulosa Men AT Xalq banki Qashadaryo viloyati Yakkabog` fililalida 2023-yilning 26iyundan 22-iyulga qadar ishlab chiqarish amaliyoti o’tadim. Ushbu amaliyot davomida o’rgangan bilimlarimni amaliyotda qay darajada kerak bo’lishini, nazariya bilan amaliyotning bog’liq va bog’liq bo’lmagan jihatlarini, amaliyotda qo’llash uchun qanday nazariy bilimlar kerakligini o’rgandim. O’rgangan nazariy bilimlarim hamda ushbu 4 haftalik tanishuv amaliyotimdan kelib chiqqan holda AT Xalq banki yanada rivojlanishi uchun quyidagilarni tavsiya qila olaman: aholi va bank xodimlari o’rtasida muloqot madaniyatini yanada yaxshilash, ya’ni qishloq aholisiga bank va uning faoliyati, ishlash prinsiplarini sodda shaklda tushuntirish, bankda o’zini tutish, bank xodimlari hamda bank jihozlari (bankomat, infokiosk…) bilan bevosita aloqa qila olish malakalarini oshirish; aholi mablag’larini jalb qilish. bank aktivlarini oshirish; davlat tomonidan imtiyozli kredit uchun ajratiladigan mablag’larni kamaytirish; bank faoliyatiga davlat aralashuvini kamaytirish; dasturiy ta’minot uchun mutaxassislarni jalb qilish va kompyuterlarni muntazam zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash; bank faoliyatida ma’muriy buyruqbozlik va byurokratiyani kamaytirish; Xodimlar malakasini oshirish uchun chet elga almashinuv dasturlarida ishtirok etish. AT Xalq banki tomonidan tarqatiladigan Pensiya va nafaqa pullarini plastik kartochkalarga o’tkazib fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yashash manzilidan uzoq bo’lmagan xududlarga bankomatlar o’rnatish; 26 2-3 yil muddatga tijorat foizida kafillik asosida mikroqarz kreditlarini 50.0 mln so’mgacha miqdorda ko’proq ajratish; Korrupsiya va boshqa qonun buzilish xolatlarini oldini olish maqsadida xodimlarning oylik ish xaqlarini oshirish xamda ularga bank uchun kelajakda sidqidildan ishlashlari uchun bankning o’zi tomonidan qurilayotgan uylar uchun kam foizda ipoteka kreditlari ajratish. Xulosa o’rnida shuni qo’shimcha qilmoqchimanki AT Xalq bankini rivojlantirish uchun nafaqat bank balki bankning yuridik va jismoniy mijozlari xam o’z xissalarini qo’shishlari lozim. Ya’ni fuqarolarga ishonch bildirgan xolda ularga ajratilgan imtiyozli kreditlarni mijozlar o’z vaqtida qaytarishsa bankimiz xar bir ko’rsatkich bo’yicha yuqori o’rinlar uchun kurasha olishiga ishonaman. 27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning asosiyyakunlari va 2016 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi; 2. Abduvaxidov F.T., Umarov Z.A., Djurayev K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2010. –224 b; 3. Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. O’quv qo’llanma –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 yil, 196 b; 4. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. O’quv qo’llanma. –T.:TMI, 2003.–305 b; 5. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. –T.: Moliya, 2002. b; 6.Diana Mak Noton, Donald Dj. Karlson, Klayton Tausend Ditd i dr. Organizasiya raboti v bankax: v 2–x tomax. Tom 2. Interprirovaniye finansovoy otchetnosti. Per. s ang. –M.: Finansi i statistika, 2016. –240 s; 7. Banklarda buxgalteriya bisobi. Darslik. I nashri. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. TMI, -T.: dqtisod-Moliya», 2014. 241 b; 8. Navro’zova K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi va operasion texnika. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2010 yil, 280 bet; FOYDALANILGAN VEB SAYTLAR RO’YXATI: 1. www.cbu.uz (O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki); 2. www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi); 3. www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi statistika ko’mitasi); 4. www.my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal); 5. www.xb.uz (Aksiyadorlik tijorat Xalq banki); 28
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )