O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti «Iqtisodiyot» fakulteti "Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar )" yo‘nalishining II kurs ___guruh talabasi ______________________ o’g’lining Malakaviy amaliyotga tayyorlagan HISOBOTI Amaliyotning ob‘ekti: “Agrobank” ATB Beshariq filiali Korxonadan tayinlangan rahbar: __________ (f.i.o.) (imzo) Kafedradan tayinlangan rahbar: ____________ (f.i.o.) Hisobot topshirilgan sana Hisobotning ro‘yxat raqami № Hisobot bahosi_______________ Ball _______ ________ (imzo) ___________________ Kun oy yil _______________ ________ % Fergana-2025 yil 1 MALAKAVIY AMALIYOTNING MUNDARIJASI KIRISH 3 bet 1. “Agrobank” ATB Beshariq filiali rivojlanishi tarixi ………………... 5 bet 2. “Agrobank” ATB Beshariq filiali boshqaruv strukturasining tavsifi .… 9 bet 3. “Agrobank” ATB Beshariq filiali ichki va tashqi aloqalari ........…… 13 bet 4. “Agrobank” ATB Beshariq filiali iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili ....... 16 bet 5. “Agrobank” ATB Beshariq filiali iqtisodiy faoliyatini yaxshilash yo‘llari... 21 bet XULOSA ..............................……......……………………................ 25 bet FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …..................... 27 bet 2 KIRISH Oliy o’quv yurti talabalarning nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash uchun turli korxona va tashkilotlarga amaliyotga jalb qilinadi. Shu sababli biz ham unversitetimiz davomida tomonidan malakaviy amaliyotga yo`naltirildik. Bu amaliyot o’qish davomida olgan bilim ko’nikmalarimizni mustahkamladik. Nazariy olgan bilimlarimizda amaliyotda qo’lladik. yanada Biz “Iqtisodiyot” yo`nalishi talabalari ham 2-bosqichni tamomlaganimizdan so’ng amaliyotni yaxshi tajribalar orttirish uchun 2 hafta mobaynida amaliyotda bo`ldik. Men “Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” yo`nalishi IU-22-guruh talabasi Mamadaliyev Sanjabek , nazariy bilimlarimni amalda qo`llash maqsadida 2024 yil 27-iyundan 2024-yilning 8-iyuniga qadar “Agrobank” ATB Beshariq filialida amaliyot o`tadim. Bu vaqt mobaynida men bankning har bir bo`limida ularning ishlarini o`rgandim. O`rganganlarimni tahlil qilib bir necha rejalar asosida yoritib boraman. Malakaviy amaliyot o'quv rejasiga muvofiq amalga oshirildi. Malakaviy amaliyot “Agrobank” ATB Beshariq filialida 27.05.2024 yildan 08.06.2024 yilgacha 2 hafta davomida bo'lib o'tdi. Malakaviy amaliyotning ob’yekti sifatida– Farg’ona viloyati Beshariq tumanida joylashgan “Agrobank” ATB Beshariq filiali tanlandi. Malakaviy amaliyotning maqsadi – “Agrobank” ATB Beshariq filiali faoliyatida amaliy ishtirok etish asosida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, kasbiy ko'nikmalar va tajriba oshirish; yakuniy hisobot yozish uchun materiallarni to'plash, tahlil qilish, umumlashtirish. Maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar hal etiladi: - universitet amaliyot rahbaridan amaliyot haqida asosiy tushunchalar va ko’rsatmalar olish, kerakli hujjatlarni olish, tashkilotdagi amaliyot rahbari 3 aloqalarini, shuningdek, ish tartibi, xavfsizlik qoidalariga oid qoidalarni aniqlashtirish; - “Agrobank” ATB Beshariq filiali bilan umumiy tanishish (Tarixi, nizomi, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish xususiyatlari, tarmoqqa mansubligi bozordagi mavqei bilan tanishish); - “Agrobank” ATB Beshariq filialining tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash; - xodimlarning funksional vazifalarini o'rganish; - “Agrobank” ATB Beshariq filialining boshqarish usullarini tahlil etish; - “Agrobank” ATB Beshariq filialining ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rganish; - “Agrobank” ATB Beshariq filialida iqtisodiy baholash, tahlil va rejalashtirishni o’rganish; - “Agrobank” ATB Beshariq filialining biznes-rejasini o‘rganish; - “Agrobank” ATB Beshariq filialida mehnatni tashkil etilishi va undan foydalanish samaradorligi bilan tanishish (xodimlar soni, tarkibi, malakasi, mehnat taqsimoti, ish haqi, mehnatni normalash holati); - “Agrobank” ATB Beshariq filialida xodimlar mehnat unumdorligi, rag’batlantirish tizimi, o‘qitish va malaka oshirishni tashkil etish holati bilan tanishish; - Hisobot uchun ma’lumotlar to‘plash; - Amaliyot natijalarini rasmiylashtirish. Malakaviy amaliyot hisoboti o’z ichiga kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adaboyotlar ro’yxatini oladi. 1. “Agrobank” ATB Beshariq filiali rivojlanishi tarixi. Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 4 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. Bank missiyasi - iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi, zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha ilg'or texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko'rsatishdir. Bank tarixi 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan. 1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi. 1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi. 1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi. 5 1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi. 1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi. 1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi. 1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi . 2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi. 2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi. 2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi. 2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi. 2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi. 2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklar aro tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi. 2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi. 6 2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi. 2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi. Hozirgi kunda bank o’z mijozlariga qulayliklar yaratish maqsadida o’zining tizimini raqamlashtirilgan elektron holatga bosqichma – bosqich o’tkazmmoqda. Shu vaqtgacha bank o’z mijozlariga kredit olishning ONLINE shaklini joriy etgan va olingan kreditlarni to’lashni osonlashtirish uchun, ya’ni uydan chiqmagan holda “Agrobank Mobile” ilovasi orqali to’lash imkoniyatini joriy etgan. Bundan tashqari “Agrobank Mobile” ilovasi orqali bank mijozlari electron tarzda plastic kartalariga buyurtma berishi, plastik kartalarini online boshqarishi, pul mablag’arini erkin konvertatsiya qilishi, boshqa davlat to’lovlariga to’lovlarni amalga oshirishlari, omonatlar ochishi va boshqa bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Ilova Android va IOS operatsion tizimlari uchun tayyorlangan. Bank o`zining tijorat faoliyati davomida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta`minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va deposit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investititsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoniga amal qiladi hamda mijozlar va kontragentlar uchun ham, aksiyadorlar, potensial investorlar va regulyator uchun eng yuksak darajada, ochiq no`lib qolgan holda, ishonchlilik, likvidlik va mustaqillik prinsiplariga qat`iy rioya etadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-son va 2017 yil 12 sentabrdagi PQ-3270-son Qarorlarining bank tizimini institutsional rivojlantirshni yanada isloh qilish, tijorat banklarining kapitallashuv, barqarorligi va likvidliligi darajasini xalqaro standardlarga muvofiq oshirish, ko`rsatilaytogan bank xizmatlari spektrini kengaytirish bo`yicha ijrosini taminlash, shuningdek, 7 milliy va xalqaro reyting agentliklaridan yuqori ko`rsatkichlarini qo`lga kiritish maqsadida doimiy ravishda o’zining xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirib bormoqda va xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar bilan keng ko’lamda hamkorlik qilmoqda. Bankka oid ma’lumotlarni internetdagi rasmiy veb sayti www.agrobank.uz orqali yoki telegramdagi rasmiy T.me/agrobank kanali orqali olishingiz va bankdagi yangiliklardan boxabar bo’lishingiz mumkin. “Agrobank” ATB Beshariq filiali quyidagi tamoyillarga amal qiladi: a) mijoz manfaatlari – eng oliy maqsad; b) bank sohasidagi yetakchilik; c) zamon o’zgarishlariga tez moslashish; d) xizmat sifati; e) xodimlar haqida qayg’urish. 8 2. “Agrobank” ATB Beshariq filiali boshqaruv strukturasining tavsifi. 1-jadval. Bankning kuzatuv kengashi tarkibi. F.I.Sh. Haydarov Axadbek Yaxyobekovich Rustamov Erkin Erkamovich Darvishev Nurbek Muratovich Mirzayev To'lqin Eshqobilovich Ortiqov Shahobiddin Hamroyevich Zaynutdinov Xurshid Davronovich Axmedov Umid Masharipovich Xamraxo’jayev Ne'matxon Yaxyoxanovich Kadirova Durdona Lukmanovna Egallab turgan lavozimi O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri o'rinbosari - Kuzatuv kengashi Raisi O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o’rinbosari- Kuzatuv kengashi a’zosi O‘zbekiston – Ummon investitsiya kompaniyasi Investitsiyalar bosh menejeri - Kuzatuv kengashi a’zosi O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi – Qishloq va suv xo’jaligi, agrosanoat, tabiat resusrlari sohalari iqtisodiyoti va moliyasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari- Kuzatuv kengashi a’zosi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi Iste’mol bozorlari muvozanatini kuzatish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi boshlig’i - Kuzatuv kengashi a’zosi Bank Esxata, Kuzatuv kengashi a’zosi, Moliyaviy ekspert – Xorijiy tajribaga ega mustaqil a’zo Microsoft (Daniya) - Sun'iy intellekt yechimlari arxitekturasi departamenti direktori - Xorijiy tajribaga ega mustaqil a’zo O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va hududiy filiallar bilan ishlash” fakulteti dekani, iqtisod fanlari nomzodi - Mustaqil a'zo Alyans bank, Ukraina kengashining mustaqil a’zosi, Mustaqil director, Silk Road Group BV (Belgiya) bosh direktori - Xorijiy tajribaga ega mustaqil a’zo 9 2-jadval. “Agrobank” ATB boshqaruvi tarkibi. F.I.Sh. Mamatqulov Rustam O'ktamovich Kaxorov Erkin Azizjonovich Amanov Ilyos Sidikovich To'rayev Azamat Shuxratovich Turdiyev Jamshid Zaynidinovich Xaydarov Jahongir Xoliqulovich Egallab turgan lavozimi Boshqaruv Raisi Boshqaruv Raisining birinchi o'rinbosari Boshqaruv Raisi o'rinbosari Boshqaruv Raisi o'rinbosari Boshqaruv Raisi o'rinbosari Boshqaruv Raisi o'rinbosari Ochilov Vohid Abdumalikovich Boshqaruv Raisi o'rinbosari Yo'ldoshev Akrom Oblaqulovich Bank buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori - bosh buxgalter Kiyamov Muxiddin Temirovich Yuridik department direktori Sherov Abduraxmon Sattorovich Bosh analitik - menejer 1-chizma. “Agrobank” ATBning boshqaruv strukturasi. 10 2-chizma. “Agrobank” ATB Beshariq filialining boshqaruv strukturasi. Tijorat banki ikki bo’limga bo’lingan bo’lib, bular: 1. Front ofis; 2. Bek ofis. Front ofis – mijozlarga xizmat ko’rsatadi va bank mahsulotlarini sotadi. Bank mahsulotlari tarkibiga quyidagilar kiradi: omonatlar; plastik kartalar; kreditlar; pul o’tkazmalari. 11 Bek ofis – bank mahsulotlarining hujjatlarini shakllantirish, to’plash va arxivlashtirish bilan shug’illanadi. “Agrobank” ATB Beshariq filialida 11 ta bo’lim mavjud bo’lib, jami 31 ta xodim ishlaydi. “Agrobank” ATB Beshariq filialida quyidagi bo’limlar mavjud: 1. Xodimlar bilan ishlash bo’limi; 2. Muammoli kreditlar bilan ishlash bo’limi; 3. Kreditlarni boshqarish bo’limi; 4. Oilaviy tadbirkorlikni kreditlashtirish bo’limi; 5. Qishloq xo’jaligi bo’limi; 6. Kassa bo’limi; 7. Chakana biznes bo’limi; 8. Korporativ biznes bo’limi; 9. Chakana amaliyotlar kassasi; 10. Ichki nazorat bo’limi; 11. Buxgalteriya bo’limi. 3-jadval. Xodimlarning bo’limlar bo’yicha taqsimoti. № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 Bo'limlar nomi Xodimlar bilan ishlash bo’limi Muammoli kreditlar bilan ishlash bo’limi Kreditlarni boshqarish bo’limi Oilaviy tadbirkorlikni kreditlashtirish bo’limi Qishloq xo’jaligi bo’limi Kassa bo’limi Chakana biznes bo’limi Korporativ biznes bo’limi Chakana amaliyotlar kassasi Ichki nazorat bo’limi Buxgalteriya bo’limi Jami 12 Ishchilar soni 1 2 2 4 5 4 5 2 2 2 2 31 3. “Agrobank” ATB Beshariq filiali ichki va tashqi aloqalari. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi. Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llabquvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan. «VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KFV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan. Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir. Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya 13 bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi. Agrobank ATB Beshariq filiali quyidagi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi: 1. Сбербанк; 2. Золотая Корона; 3. UNISTREAM; 4. Contact (2022-yilning iyul oyida pul o’kazmalari bo’yicha shartnoma muddati tugadi); 5. MoneyGram; 6. Western Union; 7. Asia Express. Agrobank ATB Jalaquduq filialining yurtimiz ichidagi rasmiy hamkorlari quyidagilar: 1. Agro Express. 14 UNISTREAM – jismoniy shaxslarning tezkor pul o’tkazmalari xalqaro tizimi. Rossiya MDH mamlakatlari va uzoq xorij davlatlari bo’ylab naqd pulingizni qulay, tez va xavfsiz yuborishingiz mumkin. UNISTREAM tizimi dunyoning 90 mamlakatlarida 100000dan ortiq xizmat punktlarini qamrab oladi. O’zbekistonda UNISTREAM o’tkazmalari bilan NBU, Agrobank, Asaka Bank, Xalq Bank, Trastbank, Ipak Yo’li Banki, Kapitalbank, Hamakorbank, Invest Finance Bank, Turon Bank va boshqa banklar ishlaydi. Asia Express – Rossiya Federatsiyasining xalqaro pul o’tkazmasi tizimi. Contact – Rossiya Federatsiyasining xalqaro pul o’tkazmasi tizimi. MoneyGram – Amerikaning iqtisodiy kompaniyasi. Western Union – Amerikaning iqtisodiy kompaniyasi bo’lib, 200dan ortiq va hududlarda o’z filiallari va mijozlariga ega. Золотая Корона – bu Rossiyada, yaqin va uzoq xorijiy davlatlarda pul mablag’larini tez, manzilsiz yetkazib berish xizmati. Ushbu xizmat jismoniy shaxslarga hisobraqamni ochmasdan tez, ishonchli va qulay ravishda pul yuborish imkonini beradi. Kompaniyaning dunyo bo’ylab 60000 dan ortiq shoxobchalari mavjud. Bundan tashqari “Agrobank” ATB yurtimizdagi barcha tijorat banklari o’zaro aloqa qilib boradi. Yana “Agrobank” ATB quyidagi professional uyushma va birjalarning a’zosi hisoblanadi: O’zbekiston banklar assotsiatsiyasi (O’BA); O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi (O’RVB); “Toshkent” Respublika fond birjasi (RFB); VISA xalqaro to’lov tizimi. “Agrobank” ATB O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga bo’ysunadi. 15 4. “Agrobank” ATB Beshariq filiali iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurituvchi subyektlar va aholining moliyaviy faoliyatini tijorat banklarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Milliy iqtisodiyotimiz modernizatsiya va diverfikantsiya qilish sahroitda “Agrobank” ATB samarali faoliyat yuritib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi bo`ylab mijozlarga yaxshi xizmat ko`rsatib ishonchini oqlamoqda. Mijozlarning olqishiga sazovor bo`lib kelmoqda. Moliyaviy xolati xam yildan yilga ortib bormoqda, aktivlari, mijozlari ko`payib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi tijorat banklarining “Axborot-reyting” va “Mudis” xalqaro reytining agentliklari tomonidan “Agrobank” ATBning moliyaviy iqtisodiy ko`rsatkichlari barqaror deb baxolangan. Quyidagi malumotlarda bankning 2020-yildan 2022-yil yakunlari bo`yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalariini taxlil qilib o`tamiz. Bankning 3 yillik moliyaviy xolatini quyidagi jadvalda ko`rishingiz mumkin. 4-jadval. “Agrobank” ATBning moliyaviy ko`rsatkichlari (mln. so`mda). N°- Koʻrsatkichlar 2020-yil 2021-yil 2022-yil 1 Aktivlar 23 618 804 39 988 737 53 084 701 2 Majburiyatlar 18 501 716 30 642 600 43 580 567 3 Oʻz kapitali 5 117 088 9 346 137 9 505 268 Manba: “Agrobank” ATB yillik hisobotlari (2020,2021,2022- yillar). 16 5-jadval. Foiz ko`rinishidagi xolati. Yillarga nisbatan foiz koʻrinishida koʻpayishi yoki kamayishi 2022-yil 2020- 2022-yil 2021- 2021-yil 2020- yilga nisbatan yilga nisbatan yilga nisbatan Aktivlar 224,8% 132,75% 169,3% Majburiyatlar 235,5% 142,22% 165,62% Oʻz kapitali 185,7% 101,7% 182,65% N°- Koʻrsatkichlar 1 2 3 Manba: “Agrobank” ATB yillik hisobotlari (2020,2021,2022- yillar). Jadval malumotlariga qaraganda “Agrobank” ATBning moliyaviy holati yildan yilga barqarorlashayotganini ko`rishimiz mumkin. 2020-yilga kelib bankning aktivlari qiymati 23 618 804 mln. so’mga teng bo’lgan bo’lsa, 2021 yili bu ko’rsatkich 39 988 737 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022yilga kelib esa bu ko’rsatkich 53 084 701 mln. so’mga yetdi. 2020-yilga kelib bankning majburiyatlari qiymati 18 501 716 mln. so’mga teng bo’lgan bo’lsa, 2021 yili bu ko’rsatkich 30 642 600 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022yilga kelib esa bu ko’rsatkich 43 580 567 mln. so’mga yetdi. 2020-yilga kelib bankning o’z kapitali qiymati 5 117 088 mln. so’mga teng bo’lgan bo’lsa, 2021-yili bu ko’rsatkich 9 346 137 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022yilga kelib esa bu ko’rsatkich 9 505 268 mln. so’mga yetdi. 2022-yili aktivlari 2020-yilga nisbatan 224,8%ga, 2021-yilga nisbatan 132,75%ga, 2021-yil aktivlari esa 2020-yilga nisabatan 169,3%ga ko`paygan. 2022-yili majburiyatlari 2020-yilga nisbatan 235,5%ga, 2021-yilga nisbatan 142,22%ga, 2021-yil majburiyatlari esa 2020-yilga nisabatan 165,62%ga ko`paygan. 2022-yili o`z kapitali 2020-yilga nisbatan 185,7%ga 2021-yilga nisbatan 101,7%ga, 2021-yil o`z kapitali esa 2020-yilga nisbatan 182,65%ga o`sgan. 17 6-jadval. “Agrobank” ATBning foyda va zarar haqidagi moliyaviy koʻrsatkichlari (mln. so’mda). N°- Koʻrsatkichlar 2020-yil 2021-yil 2022-yil 1 Foizli daromadlar 3 383 401 6 263 097 8 540 587 2 Foizli xarajatlar 2 242 781 4 868 532 5 654 232 3 Operatsion xarajatlar 913 751 1 267 022 1 542 765 4 Foizsiz daromadlar 1 206 922 1 444 852 1 754 152 5 Foizsiz xarajatlar 732 129 424 042 645 258 6 Soliq toʻlaguncha 615 357 411 322 556 214 411 322 644 254 foyda 7 Jami yil foydasi 490 000 Manba: “Agrobank” ATB yillik hisobotlari (2020,2021,2022- yillar). 7-jadval. Yillarga nisabatan foiz ko`rinishida ko`payishi yoki kamayishi. N°- Koʻrsatkichlar 2022-yil 2020- 2022-yil 2021- 2021-yil 2020- yilga nisbatan yilga nisbatan yilga nisbatan 1 Foizli daromadlar + 252,43% + 136,36% +185,1% 2 Foizli xarajatlar + 252,1% + 116,14% + 217,1% 3 Operatsion xarajatlar + 168,84% + 121,76% + 138,66% 4 Foizsiz daromadlar + 145,34% + 121,41% + 119,7% 5 Foizsiz xarajatlar - 88,13% + 152,17% - 57,9% 6 Soliq toʻlaguncha - 90,39% + 135,23% - 66,8% + 156,63% - 83,94% foyda 7 Jami yil sof foydasi +131,48% 18 Manba: “Agrobank” ATB yillik hissobotlari (2020,2021,2022- yillar). Jadval ma`lumotlariga qaraganda, “Agrobank” ATBning moliyaviy ko`rsatkichlari: 2020-yilda bankning foizli daromadlari 3 383 401 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkich 6 263 097 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 8 540 587 mln. so’mga yetdi. 2020-yilda bankning foizli xarajatlari 2 242 781 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkich 4 868 532 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 5 654 232 mln. so’mga yetdi. 2020-yilda bankning operatsion xarajatlari 913 751 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkich 1 267 022 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 1 542 765 mln. so’mga yetdi. 2020-yilda bankning foizsiz daromadlari 1 206 922 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkich 1 444 852 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 1 754 152 mln. so’mga yetdi. 2020-yilda bankning foizsiz xarajatlari 732 129 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkich 424 042 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 645 258 mln. so’mga yetdi. 2020-yilda bankning sof foydasi 490 000 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkich 411 322 mln. so’mga teng bo’ldi. 2022-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 644 254 mln. so’mga yetdi. 2022-yili foizli daromadlar 2020-yilga nisbatan 252,43%ga, 2021-yilga nisbatan 136,36%ga, 2021-yil foizli daromadlar esa 2020-yilga nisbatan 185,1%ga ko`paygan. 2022-yili foizli xarajatlar 2020-yilga nisbatan 252,1%ga, 2021-yilga nisbatan esa 116,14%ga, 2021-yili foizli xarajatlar 2020-yilga nisbatan 217,1%ga ko`paygan. 2022-yili operatsion xarajatlar 2020-yilga nisbatan 168,84%ga 2021-yilga nisbatan 121,76%ga, 2021-yil operatsion xarajatlar esa 2020-yilga nisbatan 138,66%ga ko`paygan. 19 2022-yili foizsiz daromadlar 2020-yilga nisbatan 145,34%ga 2021-yilga nisbatan 121,41%ga ko’paygan, 2021-yil foizsiz daromadlar esa 2020-yilga nisbatan 119,7%ga kamaygan. 2022-yili foizsiz xarajatlar 2020-yilga nisbatan 88,13%ga kamaygan, 2021yilga nisbatan 152,17%ga ko’paygan, 2021-yil foizsiz xarajatlar esa 2020-yilga nisbatan 57,9%ga kamaygan. 2022-yili soliq to’laguncha foyda 2020-yilga nisbatan 90,39%ga kamaygan, 2021-yilga nisbatan 135,23%ga ko’paygan, 2021-yil soliq to’laguncha foyda esa 2020-yilga nisbatan 66,8%ga kamaygan. 2022-yili yillik sof foyda 2020-yilga nisbatan 131,48%ga 2021-yilga nisbatan 156,63%ga ko’paygan, 2021-yil yillik sof foyda esa 2020-yilga nisbatan 83,94%ga kamaygan. Xuloasa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda “Agrobank” ATB samarali faoliyat yuritib, moliyaviy holat barqaror holatga aylangan. Shuning uchun “Axborot-reyting” milliy reyting agentligi tomonidan barqaror deb topilgan. 20 “Agrobank” ATB Beshariq filiali iqtisodiy faoliyatini yaxshilash 5. yo‘llari. 2017-2021-yillar uchun mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ning 3tamoyili bankning barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilab beradi, ular aktivlar va passivlar tuzilmasini diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, shuningdek bankni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlar belgilab berilgan. Bank o’zining tijorat faoliyatida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va deposit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston PF-4947-sonli Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoniga amal qiladi hamda mijozlar kontragentlar uchun ham, aksiyadorlar, potensial investorlar regulyatorlar uchun eng yuksak darajada ochiq bo’lib qolgan holda, ishonchlilik, likvidlilik va mustaqillik printsiplariga qat’iy rioya etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son va 2017-yil 12-sentabrdagi PQ3270-son Qarorlarining bank tizimini institutsional rivojlantirishnni yanada isloh qilish, tijorat banklarining kapitallashuv, barqarorligi va likvidliligi darajasini xalqaro standartlarga muvofiq oshirish, ko’rsatilayotgan bank xizmatlari spektrini kengaytirish bo’yicha ijrosini ta’minlash, shuningdek, milliy va xalqaro reyting agentliklaridan yuqori reyting ko’rsatkichlarini qo’lga kiritish maqsadida bankning asosiy strategic ustuvorligi quyidagi strategik vazifalarni bajarishni ta’minlash hisobiga investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat: 21 Raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish; Chakana biznesni rivojlantirish; Tavakkalchiliklarni va kapitalni boshqarish tizimlari samaradorligini oshirish; Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish hamda biznes-jarayonlarni takomillashtirish; Bank foydaliligi va rentabelligini oshirish asosida barqaror rivojlanishni ta’minlash; Asosiy faoliyat turlari bo’yicha strategik maqsadlarga erishish bank bozoridagi pozitsiyalarning yanada kuchayishiga olib kelishi lozim. Bu bankka kelgusida ham barqaror va ishonchli bankning iqtisodiy o’rnini saqlab qolish, shuningdek, bo’lajak investorlar uchun jozibador bo’lish imkonini beradi. Yuqoridagi asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan quyidagi yo’nalishlardagi ishlarni faollashtirishni tavsiya qilaman: - sug’urta va lizing xizmalarini ko’rsatuvchi sho’ba korxonalar tashkil - mijozlarga xizmat ko’rsatishda har tomonlama qulay va muvofiq etish; tuzilmani tashkil etish; - malakasi va mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan xodimlardan tarkib topgan jamoani shakllantirish, xodimlarning ishga bo’lgan qiziqishini oshirish; - bank-moliya sohasidagi yangi zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lgan holda, bankning kundalik ish faoliyatini takomillashtiruvchi texnologiyalarni muntazam ravishda amaliyotga joriy qilish; - bank xatarlarini har tomonlama tahlil qilish orqali ularni boshqarish tizimini yaratish; - bank faoliyatining adekvat o’sish tizimini yaratish; - respublikaning aholisi gavjum markazlarida bank infratuzilmalarini ochish va chakana xizmat ko’rsatishni kengaytirish; 22 - yuridik va jismoniy shaxslardan tarkib topgan mijozlar sonini ko’paytirish - zamonaviy biznes ko’lamliligi va sharoitiga hamda xalqaro standartlarga mos keladigan boshqaruv tizimini tashkil etish; - raqobatchilar faoliyatini atroflicha tahlil qilgan holda, muntazam o’zgaruvchan foiz va tarif siyosatlarini amaliyotga joriy qilish; - chakana xizmatlar faoliyatini kengaytirish - amaldagi jismoniy shaxslarni kreditlash va omonatlarni jalb qilish dasturlarini mukammallashtirish; - plastik kartochkalar dasturini ommalashtirish (debet kredit kartochkalar, overdraft) va terminallar sonini oshirish, aholi gavjum joylarga bankomatlar o’rnatish; - bank xizmatlari hajmini oshirish; - moliya bozorida o’sib borayotgan raqobatchilik sharoitida ko’rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va mukammallashtirish; - xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, chet el kredit liniyalarini jalb qilish; - jahonning nufuzli banklari bilan vakillik munosabalarini o’rnatish; - bank-moliya bozorida marketing izlanishlarini kengaytirish orqali yangi xizmat turlarini amaliyotga tadbiq etish; - bank filiallariga yuqori malakali, bankning investitsion faoliyatini yanada faollashtirish va xizmat saviyasini yanada ko’tarishga qodir bo’lgan, tashabbuskor yosh xodimlarni jalb qilishni rag’batlantirish; - xodimlarni xalqaro standartlar asosida bilimini oshirish, o’qishi uchun sharoit yaratish - xodimlar o’rtasida raqobatni rag’batlantirish; - jahonning nufuzli banklari bilan o’zaro xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha dasturlar tayyorlash; - aholining banklarga bo’lgan munosabatlarini yaxshilash va ularning banklarga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni ko’paytirish; 23 - kredit berish tizimini qulay va osonlashtirish; - ortiqcha qog’ozbozlik ishlarini kamaytirish; - xalqaro pul o’tkazmalari sifatini oshirish; - bank aksiyalarini ochiq aksiya bozorlarida sotish orqali yirik investorlarni jalb qilish; - banklarni asta-sekinlik bilan xususiylashtirish; - bank xodimlarining mijozlar bilan ishlashdagi tartib-intizomlariga ko’proq e’tibor berish; - banklardagi ish vaqtini to’liq bajarilishini nazoratga olish; - banklarda ishchi xodimlarning ish vaqtidan tashqari qo’shimcha vaqt ishlagani uchun ustama ish haqi berish va bu jarayonning to’g’ri amalga oshirilishini nazoratga olish; - bank tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar miqdorini oshirish; - imtiyozli kreditlarni olishning vaqtini qisqartish; - kredit olayotgan mijozning kreditni qaytara olish qobiliyatini o’rganib chiquvchi guruh tashkil etish. 24 XULOSA Har bir mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivolanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog’liqdir. Iqtisodiyotni samarali boshqarish, uning muhim sub’ekti bo’lgan tijorat banklar faoliyatini o’rganishni, ularning ishlash mexanizmi, funksiya va operatsiyalarini bilish taqozo qiladi. Men Mamadaliyev Sanjarbek Husanjon o’g’li ishlab chiqarish amaliyotini “Agrobank” ATB Beshariq filialida o’tadim. Amaliyot davri mobaynida bankning faoliyatini, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari bilan tanishdim. Bank 20 dan ortiq bank mahsulotlari va moliyaviy xizmatlarni taklif etib, mijozlarning keng doirasiga xizmat ko’rsatmoqda. Xizmat ko’rsatishning keng tarmog’i bo’lgan bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay bo’lishiga ko’maklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, shuningdek, xususiy tadbirkorlik va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi. Bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari O’zbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish o’rinlarini yaratishga ko’maklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash bo’yicha loyihalarni moliyalashtirish, aholining mehnatga layoqatsiz qismi bo’lmish nafaqadagi aholini nafaqa pullari bilan ta’minlashdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash bank faoliyatida alohida o’rin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, o’z omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qo’yadi. Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik ko’mak berish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 30 25 yildan ortiq vaqt mobaynida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotgani bank ishonchliligi va barqarorligi ko’rsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bankning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni xizmat ko’rsatish saviyasini oshirib, yetakchi o’ringa chiqishi uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak: - boshqaruv va operatsion jarayonlarni samarali tashkil etish bo’yicha eng yaxshi namunaviy bank darajasiga chiqish; - bank xizmatlari doirasini yanada kengaytirish bo’yicha qo’yilayotgan talablarga javob beradigan information texnologiyalar, tizimini yaratish; - namunaviy korporativ madaniyatni yaratish, mehnat samaradorligini oshirish; - bankning yuqori bahoga ega brendini shakllantirish va mijozlarning bankka nisbatan yuqori xayrihohlik darajasiga erishish; - aholining bankka bo’lgan tushunchalarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni kengaytirish; - mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish; Men 2 hafta davomida amaliyot o’tagan bo’lsam, ushbu davr mobaynida asosan kreditlar bilan amalga oshiriladigan xizmatlar bilan ishladim. Orada “Agrobank” ATB Farg’ona viloyati boshqarmasining buyrug’iga binoan Beshariq tumani Oltinko’l MFY hududida 2024 yil boshidan beri mijozlar tomonidan olingan kreditlarni boshqarish va kredit menejirligi bilan shug’illandim. Ushbu vaqt davomida shuni tushundimki, hozirgi vaqtda aholining ayrim qismi banklarning ish faoliyati bo’yicha qarashlari umuman noto’g’ri ekan. Shuning uchun ham birinchi navbatda aholining banklarga bo’lgan fikrlarini to’g’irlash zarur. Shundagina aholi qo’rqmasdan bank xizmatlaridan foydalanadi. Mening 2 haftalik malakaviy amaliyotdan to’plagan xulosalarim shulardan iborat. 26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika institutiga amaliy tashrifi, 12.06.2020; 2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni. 3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-son va 2017 yil 12 sentabrdagi PQ-3270-son Qarorlari. 4. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki to’g’risida”gi Qonuni 154-son 21-dekabr 1995-yil; 5. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonini 216-son 26-aprel 1996-yil; 6. O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2003-yil 3-sentabrdagi 1270-son bilan ro’yxatga olingan “Banklarning hisob siyosati va moliyaviy hisoboti to’g’risida”gi Nizomi; 7. “Bank ishi” Toshkent-2017; 8. “Bozor, pul va kredit” jurnal. T.: 2016-2017-yillar; Internet saytlari 1. www.agrobank.uz; 2. www.norma.uz; 3. www.lex.uz; 4. www.gazeta.uz. 27
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )