O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Iqtisodiyot fakulteti ____ guruh _-kurs talabasining “Iqtisodiyot nazariyasi”fanidan “O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlari” mavzusi bo‘yicha Kurs ishi Bajardi: ____________________ Qabul qildi: _________________ TOSHKENT-2025 Reja: 1 Kirish………………………………………………………………………..…...3 1.O’zbekiston aholisini oziq -ovqat maxsulotlari bilan uzluksiz taminlash….…..6 2.Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash………....21 3.Oziq-ovqat maxsulotini ko’paytirish yo’llari………………………………....32 4.Oziq -ovqat xavfsizligini taminlashning ichki va tashqi omillari…………….39 5. Agrosanoat majmuasi sohalari…………………………………………….....45 Xulosa………………………………………………………………………......49 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………..51 Kirish 2 Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki O‘zbekiston dunyoda eng mazali va foydali meva-sabzavotlar etishtirish borasida ulkan salohiyat hamda imkoniyatga ega mamlakat hisoblanadi. Binobarin, yurtimizning noyob tuproq-iqlim sharoiti, respublikamizda quyoshli kunlar bir yilda o‘rtacha 320 kun bo‘lishi, to‘rt faslning izchil almashinuvi keng turdagi yuqori sifatli meva-sabzavotlarni etishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Bu borada prezidentimiz 2023-yil 7-sentabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘llagan. O‘zbekiston eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik tarafdori ekanini ta’kidladi.1”Ozbekistonda eng zarur maxsulotlar savdosi va transirovkasida to’liq erkinlik hamda oziq-ovqat yuklari harakatini tartibga soladigan qoidalarni soddalashtirish tarafdori .Savdo yo’llari xavfsizligi va ochiqligini taminlash davlatlararo munosabatlar o’zgarmas tamoil bolib qolishi zarur “-deb aytganlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlament yuqori palatasining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarga xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi kurs ishi aynan mana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanish omillari keltiramiz .Parlament a’zolari, vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari mas’ul xodimlari, bog‘dorchilik, uzumchilik hamda sabzavotchilik xo‘jaliklari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, olimlar, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan O‘zbekistonda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, iste’molchilarning talabini to‘liq qondirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor berilayotgan. Sohaning huquqiy asosi, ayniqsa, Yer kodeksi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, 1 . Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taminlash tug'risida O'zbekiston respublikasi prezidenti 16.01.2018 yil PF 5303 son farmoni. 3 “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda bir qator qonunosti me’yoriy-huquqiy hujjatlari bu borada hal qiluvchi ahamiyat kasb etyabdi.kurs ishida aytib o‘tganimdek, yurtimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida qishloq xo‘jaligining meva- sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal sur’atlarda rivojlanayapti. Qonun loyihasida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha umumiy qoidalar, ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish, sog‘lom ovqatlanishga erishish, oziq-ovqat xavfsizligida axborot ta’minoti, yakuniy qoidalarni belgilash nazarda tutilgan.Bizning yurtimizdan yetishib chiqqan, G‘arbda „Avitsenna“ degan nom bilan shuhrat qozongan buyuk alloma Ibn Sino bobomiz o‘rta asrlardayoq „Kimki uzoq va sog‘lom hayot kechirishni istasa, avvalo, ovqatning sifati va miqdoriga e’tibor qaratsin“, deb ta’kidlaganlar. Albatta, dunyo aholisi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish — uzoq davom etadigan jarayon. Bu maqsadga erishishda barcha davlatlar hukumatlari, ishlab chiqaruvchilar, olimlar va tibbiyot xodimlari yaqin hamkorlikda ish olib borishlari lozim. Kurs ishining maqsadi va vazifalari oziq ovqat xavfsizligiga qanday erishish yo’llarini aniqlash va uni aholiga yordam berish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda ishda quyidagi vazifalar belgilandi; - O’zbekiston aholisini oziq -ovqat maxsulotlari bilan uzluksiz taminlash yo’llarini izlab topish. - Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun chiqarilgan loyixalar bilan tanishib chiqish. -Oziq-ovqat maxsulotini ko’paytirish yo’llari va qishloq xo’jaligini rivojlantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish. 4 -Oziq -ovqat xavfsizligini taminlashning ichki va tashqi omillari bilan tanishish. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Kurs ishi tarkiban kirish, 4 ta savol, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Mavzuni mazmunini yoritishda 8ta rasm va 4 ta jadvaldan foydalanildi. 5 O’zbekiston aholisini oziq -ovqat maxsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash. O‘zbekiston zamini o‘zining qadimiy va boy dehqonchilik an’analari, g‘oyat xilma-xil, mazali va noyob qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan azaldan shuhrat qozonib keladi.Agrotarmoq iqtisodiyotimizdagi yetakchi sektorlardan biri bo‘lib, mehnatga layoqatli aholimizning 27 foizi ushbu sohada mehnat qiladi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada samarali va resurs tejaydigan sohaga aylantirish, qishloqda aholi hayot darajasini yaxshilash, xalqimizni arzon va barqaror narxlarda xavfsiz va vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.Bizning yurtimizdan yetishib chiqqan, G‘arbda “Avitsenna” degan nom bilan shuhrat qozongan buyuk alloma Ibn Sino bobomiz o‘rta asrlardayoq “Kimki uzoq va sog‘lom hayot kechirishni istasa, avvalo, ovqatning sifati va miqdoriga e’tibor qaratsin”, deb ta’kidlaganlar.Albatta, dunyo aholisi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish – uzoq davom etadigan jarayon. Bu maqsadga erishishda barcha davlatlar hukumatlari, ishlab chiqaruvchilar, olimlar va tibbiyot xodimlari yaqin hamkorlikda ish olib borishlari lozim, deb hisoblaymiz. 2 Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan “Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, eksport qilishni integratsiya qilish, eksport hajmini oshirish” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtgan.Tadbirda qayd etilganidek, Respublikada meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat koʻrsatish va sotish (eksport qilish) jarayonlarini oʻzaro integratsiya qilish, klasterlar (kooperatsiya) faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va eksport hajmini oshirish masalalari ko’zda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- 2 . Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami: Kompleks geografik tadqiqotlar; innovasiya va amaliyot: -Andijon, 2022. 6 yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllabquvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga asosan: - fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga — meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi; - meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik “revolver” kredit ajratiladi deganlar. Bunda, ushbu kredit hisobidan klaster va kooperatsiyalarning tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini soʻndirishga yoʻl qoʻyilmaydi.Ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Jamgʻarmaga 2 trillion soʻm byudjet ssudasi ajratilgan. 3 1-rasm.2023 yilga nisbatan narxning o’sish dinamikasi Manba: https://aniq.uz/uz/yangiliklar 3 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekistonda-oziq-ovqat-narxlari-o’tgan-yilga-nisbatan-oshishi-foto-1 7 Dastlab, matbuot anjumanida, oʻtgan qisqa vaqt mobaynida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan mazkur hujjat yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni aytib o’tishgan. Jumladan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “klaster — fermer — tijorat banki” tizimida uch tomonlama shartnoma loyihasi ishlab chiqilgan. Respublikada 2023-yil uchun 25 ming gektar yangi mevali bogʻ va 50 ming gektar tokzorlar plantatsiyalarini barpo qilish boʻyicha loyihalar shakllantirilib, 549 gektar bogʻ-tokzorlar barpo etildi. Shuningdek, 13,2 ming gektar maydon koʻchat ekishga tayyorlandi. Agentlik tomonidan sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklaring talablari oʻrganilib, 100 million dona eksportbop sabzavot-poliz koʻchatlari issiqxonalarda yetishtirilyapti. Anjumanda yana shu ham taʼkidlandiki, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga plyonka ostiga urugʻlik kartoshka ekish ishlari boshlangan. Bugungi 2024-yil mart kunga qadar 267 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan 29 300 tonna urugʻlik kartoshkalar uchun 191,1 milliard soʻmlik sabzavot hamda poliz koʻchatlari boʻyicha 794 ta fermer xoʻjaliklari bilan 11 million 563 ming dona sabzavot koʻchatlarini yetishtirib berish uchun 7,2 milliard soʻmlik shartnomalar tuzildi. Ayni paytda Agentlik hududiy boʻlimlari va loyiha ofislari tomonidan shartnomalarni tuzish ishlar davom ettirilyapti.Shuningdek, mevasabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb etish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida 2023-yil 10-15-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan amaliy seminarda, mevasabzavotchilik klasterlariga oʻziga biriktirilgan mahsulot yetishtiruvchilar uchun bogʻ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazishga koʻmaklashuvchi 250 nafar konsultant-trenerlari tayyorlangan. Joriy 2023-yil 22-28-yanvar kunlari Qishloq xoʻjaligi vazirligida Agentlik ishtirokida yangi meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish boʻyicha hududlardan 159 ta talabgorlardan 64 ta istiqbolli deb topilgan loyihalar aniqlandi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qadoqlash, quritish, saqlash va qayta ishlash 8 boʻyicha respublikadagi 132 ta korxonaning roʻyxati shakllantirildi. Shundan 89 ta quritish va qayta ishlash korxonalari (yillik ishlab chiqarish quvvati 546 ming tonna) saralab olindi. Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirigʻiga asosan 500 gektar maydonda zaytun plantatsiyalarini barpo etilishi belgilangan boʻlib, Oltinsoy tumanida dastlabki bosqichda 50 gektar tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan maydonga Turkiya davlatidan olib kelingan 66 ming dona zaytun koʻchatlari ekish ishlari yakunlandi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati. 2-rasm.Yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari 2023-yil (tonnada.)4 Manba:www.o’zbekiston oziq-ovqat yetishtirish .uz malumotlar asosida Bunda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish maqsadida oxirgi yillarda sabzavotlar, kartoshka, poliz ekinlarining yuqori sifatli, kasallikka chidamli hamda serhosil urug‘larini joriy etish choralari ko‘rilgani, intensiv bog‘lar va uzumzorlar yaratilgani hamda bog‘ va tokzorlarda fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini chuqurlashtirishga doir aniq maqsadli ishlar ham olib borilgani 4 www.review.uz 9 muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish, hosilni saqlash, ichki iste’mol bozorini boyitish, aholini, eng avvalo, qish-bahor faslida meva-sabzavot mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda uning eksport qilinishini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada birgina 2023 yilning o‘zida 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva etishtirildi.O‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash, etishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish doimiy e’tibordadir. Misol uchun, o‘tgan 2023 yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 tonna sig‘imga ega bo‘lgan 114 ta yangi sovitish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga etkazildi. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarning eksportini kengaytirish, narx-navo -barqarorligini saqlash imkonini bermoqda. — Yurtimizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishning asosiy negizini keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy, institutsional o‘zgarishlar tashkil etdi, — dedi Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari B. Tajiev. — Bu islohotlar mamlakatimizda oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash imkonini berdi. Shu bilan birga, bugungi globallashuv sharoitida respublikamizning ushbu yo‘nalishdagi imkoniyatlaridan yanada unumli foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini izchil oshirib borish kun tartibiga qo‘yilmoqda. Binobarin, davlatimiz rahbarining mamlakatimizni 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2023 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida alohida qayd etilganidek, zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini hamda meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab 10 yuqori bo‘lgan tayyor, ekologik toza to‘qimachilik hamda engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilda 5,6 marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi5. Tabiiyki, ushbu maqsadlarga erishish mamlakatimiz agrar soha vakillari, ilmiy doiralari, shuningdek, parlament a’zolari oldiga dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Fermer xo‘jaliklari, agrosanoat korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida tegishli huquqiy asoslarni takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish ayni muddaodir.Davra suhbatida bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni yanada rivojlantirish, sohadagi shartnomaviy munosabatlarning monitoringini olib borish, fan hamda ishlab chiqarish hamkorligini -chuqurlashtirish, tarmoqning eksport salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi 2023-yil dunyoda 840 milliondan ortiq kishi to’yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. Bu jahon aholisining deyarli har sakkiz nafaridan biri, deganidir. Bundan tashqari, sayyoramiz nufusining 30 foizidan ziyodi to’laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqdaki, bularning barchasi oziq-ovqat xavf-sizligini ta’minlash naqadar dolzarb masala ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Oziq -ovqat xavfsizligi - bu faol va sog'lom hayot uchun zarur bo'lgan oziq -ovqat mahsulotlariga doimiy ravishda kira olmaslik. Boshqacha qilib aytganda, butun dunyoda millionlab odamlar bor, ular oziq -ovqat etishmasligidan aziyat chekishadi va ertasiga yoki kunning oxirida o'zlarini to'ydira oladimi yoki yo'qligini aniqlay olmaydilar. Bu oziq -ovqat xavfsizligini aniqlashning asosidir.2023-yilda, masalan, har 9 amerikalikdan biri oziq -ovqat xavfsizligidan aziyat chekayotgani haqida xabar berilgan. Bu 37 million kishiga teng, ularning 11 milliondan ortig'i bolalardir. Ochlik va oziq -ovqat xavfsizligi bir -biri bilan chambarchas bog'liq va aytish mumkinki, oziq -ovqat xavfsiz bo'lmaganda, ular och qoladilar. Ochlik 5 Soliyev A. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot. - Toshkent: 2021. 11 qashshoqlik va kasalliklarga olib keladi, garchi qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydiganlarning hammasi ham oziq -ovqat xavfsizligiga duch kelmaydilar, chunki qashshoqlik chegarasidan yuqori yashaydiganlar ham oziq -ovqat xavfsizligiga duch kelishi mumkin.Oziq -ovqat xavfsizligi xavfli tushunchadir, chunki u alohida -alohida mavjud emas. Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy izolyatsiya, sog'lig'ining o'tkir va surunkali muammolari, arzon uy-joylarning etishmasligi, ish haqining pastligi va yuqori tibbiy xarajatlar kabi bir-biriga o'xshash masalalar ta'sir qilishi mumkin. Bu omillar, shuningdek, oziq -ovqat xavfsizligiga olib kelishi mumkin va aksincha, uni murakkab va xavfli hayot holatiga aylantirishi mumkin.Ularning barchasi sog'liqni saqlashning ijtimoiy omilidir va oziq -ovqat xavfsizligiga qarshi samarali choralar ko'rilganda, bir -biriga o'xshash muammolarni hal qilish kerak. Bu erda oziq -ovqat xavfsizligining sabablari, oqibatlari va echimlari batafsil muhokama qilinadi. Oziq -ovqat xavfsizligining sabablari Qonun loyihasida qo‘llanilgan 15 ta asosiy tushunchaning mazmuni bayon etilgan: “oziqovqat xavfsizligi”, “oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash”, “oziq-ovqat balansi”, “oziq-ovqat tanqisligi”, “davlatning oziq-ovqat mustaqilligi”, “davlatning oziqovqat zaxirasi”, “hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari”, “sog‘lom ovqatlanish”, “xomashyosi”, “oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining oqilona me’yorlari”, “oziqovqat mahsulotlarini zarur darajada ishlab chiqarilishi”, “oziq-ovqat mahsulotlarga jismonan erishishga qulaylik”, “oziq-ovqat mahsulotlariga erishishning iqtisodiy qulayligi”, “qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosining aylanma zaxirasi”, “iqtisodiy xavfsizlik”.Bunda:Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organi, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlariga aniqlik kiritilmoqda; Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda; vakolatli davlat organiga oziq-ovqat xavfsizligini tizimli ta’minlash uchun boshqarish tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha hukumatga taklif ishlab chiqish va taqdim etish, tarmoqlararo tuzilmalarni va joylardagi ijro hokimiyati organlari 12 faoliyatini muvofiqlashtirish, ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, blokcheyn texnologiyasi yoki boshqa raqamli texnologiyalardan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotlarini butun qiymat zanjiri bo‘ylab kuzatish imkonini beruvchi izma-iz nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hukumatga taklif ishlab chiqish va boshqa ko‘plab vazifalar yuklatilmoqda. Meva -sabzavot mahsulotlarining tabiiy vazn yo'qotilishini sezilarli darajada kamaytirish va saqlash muddatini ko'paytirish uchun hosilni yig'ib olgandan so'ng mahsulotlarni iloji boricha tezroq sovutish va saqlashning optimal parametrlarini saqlab turish kerak. 1-jadval. Meva va sabzavotlarni saqlash muddati- harorat va namlikka bog'liq Meva va sabzavotlarni saqlash muddati- harorat va namlikka bog'liq Nomi Harorat, ° S Namlik, % Saqlash muddati Olmalar -1+4 90-95 1-8 oy Baqlajon 8-12 90-95 1-2 hafta Brokkoli 0-1 95-100 1-2 hafta gilos -1+2 90-95 3-7 kun qulupnay 0 90-95 5-7 kun Karam 0-1 95-100 3-7 oy Sabzi 0-1 95-100 4-8 oy Rangli karam 0-1 95-100 2-4 hafta Seldr 0-1 95-100 1-3 oy Olxo'ri -1+2 90-95 1-8 hafta Smorodina -0,5 -0 90-95 7-28 kun 13 Bodring 8-11 90-95 1-2 hafta Sarimsoq 0 70 6-8 oy Uzum -1-0 90-95 4-6 oy Qovun 4-15 85-90 1-3 hafta Piyoz -1-0 70-80 6-8 oy Armut -1+3 90-95 1-6 oy Kartoshka (yosh) 4-5 90-95 3-8 hafta Kartoshka 4-5 90-95 4-8 oy Malina -0,5 -0 90-95 2-3 kun Qalapmir 7-10 90-95 1-3 hafta Shaftoli -1+2 90 2-6 hafta Gilos -1+2 90-95 2-3 hafta Manba: https://cyberleninka.ru Dehqonchilik yerlariga kirishning etishmasligi Oziq -ovqat yerdan etishtiriladi yoki ishlab chiqariladi. Bunda daromad ham ishlab chiqariladi. Biroq, ko'p odamlar o'z erlariga ega emaslar, yoki dehqonchilik qilinadigan yerlarga ega bo'la olmaydilar. Yerga egalik qilish qishloq xo'jaligi hosildorligini kuchaytiradi, chunki undan oz miqdorda turli xil oziq -ovqat ekinlari etishtirish mumkin. Qishloq xo'jaligi erlariga kirish imkoni bo'lmasa, bu oziq -ovqat ekinlarini etishtirish uchun asosiy resurs yo'qligini anglatadi.Bu yuqoridagi nuqta bilan chambarchas bog'liq. Erni tortib olish - bu an'anaviy ravishda oilalar yoki guruhlar yoki jamoalarga tegishli bo'lgan yerlarni yirik sarmoyadorlar yoki nufuzli davlat amaldorlari olib qo'yganda.Ular erni imperiyalarini kengaytirish, tabiiy boyliklarni qazib olish yoki hatto eksport qilish uchun oziq -ovqat etishtirish uchun sotib olishadi. Yerni tortib olish mahalliy jamoalarni omon qolish uchun oziq -ovqat va sabzavot etishtirish 14 uchun zarur bo'lgan resurslardan mahrum qiladi. Yakuniy natija - qashshoqlik va ijtimoiy beqarorlik, bu esa oziq -ovqat xavfsizligini yanada yomonlashtiradi. Konflikt, zo'ravonlik va urushlar. Mojarolar, urushlar va zo'ravonlik oziq -ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va etkazib berishga ta'sir qiladi. Yillar davomida fuqarolar urushi hukm surgan ko'pchilik mamlakatlarda oziq -ovqat xavfsizligi juda yuqori. Masalan, Afrikadagi Somali va Janubiy Sudan. Oxirgi misol Suriyaning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidir, bu mojarodan salbiy ta'sir ko'rsatdi. 2023 yil oktyabr oyida FAO hisobotiga ko'ra, 5,5 million suriyalik oziq -ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelgan va buning bir qismi mojaro tufayli. Mojarolar bilan bog'liq oziq-ovqat tanqisligi, hatto urush tugagan bo'lsa ham, yillar davomida oziqovqat inqirozini keltirib chiqarishi mumkin. Adolatsiz savdo qoidalari. Katta korporatsiyalarning mahalliy oziq -ovqat ishlab chiqaruvchilari bilan biznes yuritish usullari adolatsizdir va fermerlarni mehnatlari yoki ishlab chiqarishlari uchun mukofotlamaydi.Yaxshi manbali fermerlar oziq-ovqat etkazib berish bo'yicha shartnomalar tuzishlari mumkin edi, lekin kichik fermerlar ko'pincha shartnoma tuzilgan fermer xo'jaliklarida ishchi sifatida ishlaydi. Bunday amaliyotlar, ayniqsa, mayda dehqonlar va moliyaviy barqaror bo'lmagan kishilar uchun oziq-ovqat xavfsizligining oshishiga olib keladi. Aholining tez sur'atlar bilan o'sishi . Biz dunyoda yashayapmiz, bu erda o'lim ko'rsatkichlariga qaramay, tug'ilish darajasi yuqori. Aholining ko'payishi, har kuni ovqatlantirish uchun qo'shimcha og'izlar borligini anglatadi. Aholining ko'payishi, mavjud oziq -ovqat mahsulotlarining cheklangan o'sishi, oziq -ovqat xavfsizligining oshishini anglatadi. Agrofuellar makkajo'xori va shakarqamish kabi o'simliklardan ishlab chiqariladi. Bunday bioyoqilg'i ishlab chiqarish iqlim o'zgarishiga qarshi javob sifatida paydo bo'ladi. Afsuski, fermer xo'jaliklari bioyoqilg'i uchun bunday o'simliklar va ekinlarni etishtirishga yo'naltiriladi, bu esa oziq -ovqat uchun mavjud bo'lgan don sonini kamaytiradi.Bu ham bunday donlarning narxini oshiradi. Bioyoqilg'iga bo'lgan talabning ortishi Malayziya va Indoneziya kabi mamlakatlarda o'rmonlarning kesilishi, oziq -ovqat xavfsizligiga yanada tahdid solishi bilan ham 15 bog'liq. Buning sababi shundaki, o'rmonlarni kesish natijasida erlar tozalanadi va iqlim o'zgaradi, buning oqibatida suv toshqini va ob -havoning noqulayligi yuzaga keladi, shu bilan ekinlar nobud bo'ladi. Tabiiy ofatlar. Qurg'oqchilik, toshqinlar, tayfunlar, siklonlar va boshqa tabiiy ofatlar butun hosilni yo'q qilishi yoki ekinlarni yo'q qilishi mumkin. Bu, ayniqsa, qishloq xo'jaliklari va oilalari uchun halokatli, ular odatda bunday hosilga tayanib, kundalik rizqini kichik dehqonchilik bilan ta'minlaydilar. Iqlim o'zgarish. Iqlim sharoitining o'zgarishi qishloq xo'jaligiga tubdan ta'sir ko'rsatdi. Dehqonlar iqlim o'zgarishining ta'sirini boshdan kechirmoqda, chunki yomg'ir avvalgidan ko'ra erta tushadi va qurg'oqchilik uzoq davom etadi. Chuchuk suv, shuningdek, dengiz sathining ko'tarilishi, bo'ronlar, toshqinlar va boshqa ob -havo hodisalari natijasida tez -tez uchrab turadi6. Oziq-ovqat chiqindilari. Har yili milliardlab dollarlik qutulish mumkin bo'lgan oziq -ovqat tashlanadi, asosan rivojlangan mamlakatlarda. Masalan, koronavirus pandemiyasi paytida fermerlar milliardlab oziq -ovqat mahsulotlarini tashlamoqda, chunki ilgari bunday oziq -ovqat sotib olgan restoran va supermarketlar yopilgan.Ishlab chiqarish darajasi iste'mol darajasidan yuqori, ya'ni oziq -ovqat tashlanishi kerak, lekin odamlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ochlikdan o'lishmoqda. FAO ma'lumotlariga ko'ra, har yili butun dunyo bo'ylab 1,3 milliard tonna oziq -ovqat isrof qilinadi. Korporativ gigantlarning bozor ustuvorligi Gigant ko'p millatli qishloq xo'jaligi korxonalari va eksportchilari oziq-ovqat bozoriga kirib kelishdi, ya'ni kichik fermerlar o'z mahsulotlarini sotish imkoniyatlari cheklangan. Shunday qilib, ular adolatsiz narxlarda sotadilar va ulkan korxonalar bozorni nazorat qiladilar, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini yuqori narxlarda sotish, ko'pincha iste'molchilarni haddan tashqari tanlab olib, isrofgarchilikka olib keladi Oziq -ovqat mahsulotlarini "moliyalashtirishOziq -ovqat qimmatbaho tovarga aylandi va xalqaro bozorlarda tovar sifatida sotilmoqda. Xalqaro oziq -ovqat 6 . Qayumov A.A., Qodirov R.B. Qishloq xo'jaligi geografiyasi va iqtisodiyoti. -Andijon, 2020. 16 bozorida narxlarning oshishi jiddiy va uzoq davom etadigan oziq -ovqat inqirozini keltirib chiqaradi. Bu shuni anglatadiki, ko'p jihatdan ochlik, to'yib ovqatlanmaslik va oziq -ovqat xavfsizligi bozorning ustuvorligi va yuqori daromad olish uchun ochko'zlik natijasida bo'lishi mumkin Oziq -ovqat xavfsizligining oqibatlari . 1.Bolalarga ta'siri Oziq -ovqat xavfsizligi bo'lmagan yoki oziq -ovqat xavfsizligi bo'lmagan oilalardan chiqqan bolalar kasalxonaga yotqizishni talab qiladi va anemiya va astma kabi surunkali kasalliklarga chalinish xavfi yuqori. Bundan tashqari, ular tez -tez og'iz sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelishadi.Bolalarning oziq -ovqat xavfsizligi, shuningdek, hayot sifatining yomonligi bilan bog'liq bo'lib, ularning kundalik maktab mashg'ulotlariga, shuningdek, tengdoshlari bilan ijtimoiy muloqotga kirishiga to'sqinlik qiladi. 2-jadval Go‘shtlarni saqlash muddati Manba: https://e-library.namdu.uz saytidan ma’lumotlar asosida olindi. Oziq -ovqat xavfsizligi ochlikka olib keladi Ochlik, shuningdek, oziq -ovqat etishmasligidan kelib chiqishi mumkin. Ochlik yiliga milliardlab dollarga tushadi, AQSh har yili taxminan 178,9 milliard dollar sarflaydi. Bu hukumatni pulni infratuzilma, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi boshqa loyihalarga jamlash o'rniga, xalqni oziqlantirishga ko'proq mablag 'sarflashga majbur qiladi.Oziq -ovqat narxining oshishi. Oziq -ovqat xavfsizligi oziq -ovqat mahsulotlarining etishmasligini anglatadi, bu esa mavjud oziq -ovqat mahsulotlarini sotib olishga 17 qimmatga tushadi. Bu shuni anglatadiki, narxlar oshadi va tegishli mahsulotlar qimmatroq bo'ladi. Odamlarning oziq -ovqat, parvarish, ovqatlanish va sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari ham cheklanib qolishi mumkin, bu esa millatni yanada xavfli qiladi. 2. Ishsizlik Agar millat oziq -ovqat bilan ta'minlanmasligiga ishonchsiz bo'lsa, iqtisodiyot sekinlashadi. Bu shuni anglatadiki, ko'p odamlar ishsiz qoladi, ish haqi yo'qoladi va daromad yo'qotadi.Sog'liqni saqlash bilan bog'liq xarajatlarning o'sishi.Oziq -ovqat xavfsizligi darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, yurak kasalliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinish xavfi shuncha yuqori bo'ladi. Demak, yuk sog'liqni saqlash tizimiga yuklangan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, oziq-ovqat xavfsizligi bo'lmagan uy xo'jaliklari bir yilda tibbiy yordam uchun 6100 dollarga yaqin mablag 'sarflashgan, bu esa oziq-ovqat bilan ta'minlangan uy xo'jaliklari uchun 4200 dollarni tashkil etgan, bu esa xarajatlarning 45 foizga oshishiga olib keladi. 3.Shiddatli ziddiyat Zo'ravonlik oziq -ovqat xavfsizligiga sabab bo'lishiga qaramay, buning teskarisi ham to'g'ri. Oziq -ovqat xavfsizligi, ayniqsa, oziq -ovqat narxining ko'tarilishi tufayli, xavf tug'diradi va zo'ravon to'qnashuvlarga olib keladi. Bu yagona sabab bo'lmasligi mumkin, lekin boshqa omillar bilan bir qatorda, masalan, siyosiy yoki iqtisodiy sohalarda, oziq -ovqat xavfsizligi, zo'ravon to'qnashuvlar qachon va qachon paydo bo'lishini belgilaydigan omil bo'lishi mumkin. Oziq -ovqat xavfsizligi uchun yechimlar .Oziq -ovqat xavfsizligi butun dunyo bo'ylab 820 milliondan ortiq odamni qamrab oladi va hech bir mintaqa bundan mustasno emas. Hukumatlar va xalqaro institutlar global muammo bo'lib, oziq -ovqat xavfsizligini bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadini qo'ydi, unga 2030 yilgacha erishish kerak. Oziq -ovqat xavfsizligiga erishish, ovqatlanishni yaxshilash, ochlikni to'xtatish va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirish - ikkinchi maqsad.2030 yilgacha oziq -ovqat xavfsizligiga erishish har bir shaxs, oila, guruh, tashkilot, korporatsiya, muassasa va hukumatga bog'liq. Aksariyat muassasalar va davlatlar 18 tomonidan ko'p narsa qilinmagan, lekin kelajakda oziq -ovqat xavfsizligiga umid bor. Bu erda oziq -ovqat xavfsizligini bartaraf etishning mumkin bo'lgan echimlari keltirilgan.Shuningdek qarang: Yangi tadqiqotlar iqlim o'zgarishi natijasida sodir bo'lgan dengiz issiqlik to'lqinlari delfin populyatsiyasiga xavf tug'dirishi mumkin. 1. Oziq -ovqat chiqindilarini kamaytiring. Oziq-ovqat, asosan, samarasiz tayyorgarlik, yo'llarning noto'g'riligi yoki yomonligi, xaridorlarning haddan tashqari tanlanishi va omborxonalarning etishmasligi tufayli isrof qilinadi. Agar saqlash omborlari yaxshilansa va oziq -ovqat mahsulotlarini qanday ishlatishga yetarli tayyorgarlik ko'rilsa, oziq -ovqat kamroq isrof qilinadi va oziq -ovqat xavfsizligi ta'minlangan jamiyat paydo bo'ladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, FAO har yili butun dunyo bo'ylab 1,3 milliard tonnaga yaqin oziq -ovqat chiqindilarini hisoblab chiqadi. 2. Tijoratlashtirish xavfini kamaytiring. Agar oziq -ovqat jamiyat yoki millatni boqish uchun etishtirilsa, oziq -ovqat xavfsizligi darajasi pasayadi. Dehqonlar ko'proq oziq -ovqat ekinlarini yetishtirishlari mumkin va bozorda oziq ovqat ekinlari yetarli bo'lganda pulli ekinlarni etishtirishlari mumkin bo'ladi.Oziq ovqat mahsulotlarini bozorda sotish xavfi kamroq bo'ladi. Hukumatlar, shuningdek, fermerlarga hamma uchun etarli bo'lgan oziq -ovqat borligini bilish imkonini beradigan dasturlarni amalga oshirishi kerak. 3. Amaldagi infratuzilmaviy dasturlarni takomillashtirish Ba'zi fermerlar infratuzilmaning yomonligi, yo'llar, omborxonalar va oziq -ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari tufayli o'z mahsulotlarini bozorga chiqara olmaydilar. U muhtoj bo'lganlarga yoki qayta ishlashga olib borishdan ko'ra, fermer xo'jaliklarida chiriydi. Agar infratuzilma yaxshilansa, bozorda ko'proq oziq -ovqat bo'ladi va oziq -ovqat xavfsizligi darajasi pasayishi mumkin. Bitta oziq -ovqat mahsulotiga yoki asosiy mahsulotga e'tibor qaratish, oziq -ovqat xavfsizligini kamaytirish uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, oziq -ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun yaxshi ovqatlanish uchun diversifikatsiyalangan va sog'lom ovqatlanishning ahamiyati to'g'risida treninglar o'tkazish kerak. Oziq -ovqat mahsulotlarining xilma -xilligi va diversifikatsiyalangan dietaning ahamiyati 19 to'g'risida bilimli jamoatchilik bilan bozorlarda asosiy oziq -ovqat mahsulotlari yetarli bo'ladi. 3-jadval. Respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesnining ulushi.(2000-2021-yillar) Manba: http://iqtisodiyot.tsue.uz 4. Hosildorlik oralig'i.Dehqonchilik qiladigan erlarimizning ko'pchiligi tabiiy unumdorlik darajasidan mahrum bo'lib, yillar avvalgidek hosil bera olmaydi. Bu farqni bartaraf etish uchun hukumatlar va qishloq xo'jaligi institutlari ekinlar hosildorligini oshirish strategiyasi va dasturlarini, ayniqsa, tuproqni boshqarish va yerni yaxshilash kabi qishloq xo'jaligini barqaror intensivlashtirishning o'ziga xos usullarini ishlab chiqdilar. Tuproqni konversiya qilishdan saqlanish kerak, chunki u tabiiy yashash joylari va o'rmonlarga kirib, biologik xilma -xillik va yovvoyi tabiatga ta'sir qiladi va parnik gazlari chiqindilarini oshiradi. O'rnatilgan strategiya yoki dastur oziq -ovqat hamma uchun mavjud bo'lishi, yovvoyi tabiat va o'rmonlarga ta'sir qilmasligini ta'minlashi kerak. 20 5. Iqlim o'zgarishini yengish yo'lida ishlash.Iqlim o'zgarishi hayotimizga va oziq -ovqat mahsulotlariga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Agar biz iqlim o'zgarishiga qarshi kurashsak va dehqonchilik bilan barqaror shug'ullansak, biz va kelajak avlodlar uchun oziq -ovqat yetarli bo'lishini ta'minlay olamiz. Bu oziq -ovqat xavfsizligiga qarshi kurashda qo'shimcha qadam. 2 Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash. Aslida oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, u, eng avvalo, aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq keyingi paytda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi aholi soni va ehtiyojlarining ortishidan orqada qolayotgani, ayniqsa, qishloq xo’jaligi hamda qayta ishlash sanoati rivoji uchun yetarli sharoit mavjud bo’lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotgani tashvishlanarlidir.Shunday murakkab bir paytda O’zbekistonimizda aholining muhim kundalik iste’mol tovarlariga bo’lgan talabi to’liq qondirilibgina qolmay, katta miqdorda eksport qilinayotgani tahsinga loyiq. Gap shundaki, yurtimizda jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to’g’ri kelmoqda. Bu optimal, ya’ni maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko’pdir. Qolaversa, 180 turdan ortiq har xil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar dunyoning 80 ta davlatiga eksport qilinayotgani kimni quvontirmaydi deysiz. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti bosh direktori Joze Gratsianu da Silva 2014 yilning 5-6 iyun kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan “O’zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzuidagi xalqaro -konferensiyada so’zlagan nutqida mamlakatimizda mazkur jabhada qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga alohida to’xtalib, jumladan, shunday degan edi: “2000 yillarning boshlaridan bugungi kungacha O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasida hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ulkan taraqqiyotga erishdi. 2000 yildan boshlab qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va hosildorlik muttasil oshirib kelinayotgani bunday hayratlanarli yutuqlarning bosh omilidir”.Darhaqiqat, O’zbekiston — qishloq 21 xo’jaligida ko’p yillik boy tajriba va yuksak ilmiy salohiyatga ega mamlakat. Biroq mustabid tuzum davrida paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olishi oqibatida iqtisodiyot biryoqlama yo’ldan ketdi. Istiqlolga erishgach, soha tubdan isloh qilinib, yurtimiz qishloq xo’jaligi tarixida tamomila yangi davr boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 1991 yil 29 noyabrdagi “Respublikada dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va -tadbirkorlik faoliyatini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni bunda tamal toshi bo’lib xizmat qildi. Respublikamiz agrar soha xodimlarining bugungi mehnatlari zamirida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish orqali xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishdek yuksak vazifalar mujassam. Soha ravnaqiga qaratilayotgan e’tibor, qishloq odamlariga yaratib berilayotgan munosib mehnat sharoitlari tufayli ushbu ezgu maqsadga to’liq erishilmoqda. Bunday deyish uchun asoslarimiz yetarli, albatta. Masalan, 1990 yilda yurtimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go’sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, asosan, import hisobiga qondirilgan bo’lsa, bugungi kunda ularning deyarli barchasi o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar evaziga qoplanmoqda. O’tgan davrda aholi soni 11 milliondan ziyod o’sganiga qaramay, jon boshiga go’sht iste’moli 1,4 barobar, sut va sut mahsulotlari 1,5 karra, kartoshka 1,9 marta, sabzavot 2,6 barobardan ziyod, meva 6,3 marta ortgani ko’p narsani anglatadi. Shubhasiz, bu muvaffaqiyatlar negizi birinchi yurtboshimizning tashabbuslari bilan 1989 yilda, ya’ni sobiq ittifoq davridayoq, qishloq aholisini ijtimoiy himoya qilish, ularning daromadlarini oshirish va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish maqsadida ko’plab oilalarga tomorqa berila boshlanganiga borib taqaladi. Uzoqni ko’zlagan holda boshlangan ushbu sa’y-harakatlar Prezidentimizning 1991 yil 11 yanvardagi “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari va qishloq joylarida yashovchi boshqa fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo’jaliklarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq, yanada keng quloch yozdi.Mazkur tarixiy hujjatda 1991 yilning sentyabriga qadar ajratib beriladigan tomorqa uchastkalari rasmiylashtirilishini 22 ta’minlash, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda 1989-1990 yillarda ajratib berilgan barcha tomorqa yerlarini qayta ro’yxatga olish, foydalanilmayotgan uchastkalarni muhtoj oilalarga berish, yer uchastkalari ajratishda ijtimoiy adolatga rioya etilishini qat’iy nazoratga olish kabi vazifalar belgilab olingan ediki, bu yurti, xalqi uchun har qanday xizmatga tayyor turgan davlatimiz rahbarining qahramonligi va yuksak jasorati namunasi bo’ldi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Amalga oshirilgan bunday oqilona tadbirlar natijasida 1,5 million oila o’z tomorqa maydonlarini kengaytirish, 500 mingdan ortig’i yangi tomorqa olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu ma’noda aytganda, bu mazkur islohot tufayli respublikamizdagi 2 milliondan ortiq oila, ya’ni o’rtacha 10 milliondan ziyod qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi ijobiy hal etildi, degani emasmi? Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda yerni haqiqiy egasiga berish va qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini ko’paytirish yo’lidagi ana shunday yirik siyosiy-ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar takomillashtirilib, jamoa va shirkat xo’jaliklarining yerlarini xususiy mulkchilik shaklidagi fermer xo’jaliklariga uzoq muddatga ijaraga berish amaliyoti boshlandi. Bugungi kunda yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer xo’jaliklari faoliyat ko’r-satayotgan bo’lib, ularning 36 mingdan ortig’i ko’p tarmoqli yirik sub’yektlardir. Ularda dehqonchilik yoki chorvachilik bilangina cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnologiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalari jalb etilgan holda, qo’shimcha tarmoqlar o’zlashtirilgan. Bu aholi, ayniqsa, qishloq odamlarining bandligini ta’minlash, daromadini oshirish, ichki bozorni arzon va yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda muhim omil bo’lmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi haqida gap ketganda, istiqlol yillarida ekin maydonlarining tarkibi o’tgan asrning 90-yillaridagiga nisbatan tamoman o’zgarganini alohida ta’kidlash o’rinlidir. Agar o’sha paytlarda asosiy maydonlarda g’o’za parvarishlangan bo’lsa, hozirgi paytda paxta maydonlari deyarli 2 barobar qisqartirilib, ularning o’rniga don, sabzavot, poliz, moyli ekinlar ekilib, bog’ hamda tokzorlar barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2023 yil 20 oktyabrdagi “Oziqovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni 23 ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni bu jarayonda dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Unga asosan, 2023 yil hosilidan e’tiboran 75,8 ming gektar, 2012 yil hosilidan esa yana 30,1 ming gektar paxta maydonlari qisqartirilgan bo’lsa, Asaka, Jomboy hamda Yangiyo’l tumanlarida bu ekin o’rniga to’lig’incha mevasabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirila boshlandi. Prezidentimizning 2022 yil 29 dekabrda qabul qilingan “2023- 2024 yillar davrida qishloq xo’jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu boradagi islohotlarning uzviy davomi bo’ldi. Unga ko’ra, 2022- 2023 yillar mobaynida 170,5 ming gektar paxta va 50 ming gektar g’alla maydonlari o’rniga oziq-ovqat ekinlari ekilishi belgilanib, joriy yilning o’zida paxta maydonlari 30,5 ming gektarga qisqartirildi. Bularning samarasi o’laroq, mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 2 barobardan ziyod oshdi, xususan, kartoshka 7 marta, meva qariyb 4,1 marta, sabzavot 2,8 marta, sut va sut mahsulotlari 1,7 marta, go’sht 1,3 barobar o’sdi.Eng muhimi, O’zbekiston juda qisqa vaqt ichida g’alla mustaqilligini qo’lga kiritib, don va don mahsulotlarini eksport qiluvchi davlatlar safidan mustahkam o’rin egalladi. E’tibor qiling: 2000 yilda atigi 2 million tonnadan ziyodroq g’alla hosili yetishtirgan dehqon va fermerlarimiz 2015 yilda 4,1 million tonna, 2023 yilda esa 7 million 300 ming tonnadan ziyod sara don yig’ishtirib olib, o’zbek dehqonlarining hech kimdan kam emasligini amalda isbоtladilar. Hozirgi kunda oziq-ovqat xavfsizligi muammosi jahon iqtisodiyoti va siyosatining rivojlanishidagi asosiy muammoga aylandi. Qurg'oqchilik va tabiiy ofatlar oziq - ovqat narxining keskin oshishiga va dunyoning rivojlanayotgan mintaqalariga qattiq ta'sir ko'rsatdi. Mutaxassislarning fikricha, agar odam kamida sutkasiga 90g to'liq oqsilni olsa, oziq - ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanishning yuqori darajasi ta'minlanadi. Biroq, dunyo aholisining yarmidan ko'pining ratsioni sog'lom ovqatlanish me'yorlariga javob bermaydi: oqsilli oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi kuzatilmoqda, ularning asosiy manbalari hayvonot mahsulotlari va ba'zi o'simlik mahsulotlari hisoblanadi. Shu bilan birga, aholining katta qismi uchun go'sht narxi juda yuqori hisoblangani bois, bunday sharoitda uning o’rnini bosuvchi o’simlik - soya eng muhim proteinli oziq - ovqat mahsulotiga 24 aylanadi. O’zbekistonda ayniqsa so’ngi yillarda o'simlik moyi bilan ta'minlash muammosi dolzarb bo’lib turibdi, chunki aholining unga bo'lgan ehtiyoji yil sayin ortib bormoqda. O'simlik moylari nafaqat oziq - ovqat sanoatida, balki qimmatbaho texnik xom ashyo sifatida ham foydalanish uchun yuqori salohiyatga ega - ular qurituvchi moy, linolyum, bo'yoq va lak ishlab chiqarish, sovun tayyorlashda va tibbiyotda xom ashyo bo'lib xizmat qiladi. To'yinmagan yog'li kislotalarning mavjudligi tufayli ular hayvon yog'lariga qaraganda foydaliroqdir. O’zbekistonda soya bozorining shakllanish asoslarini o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, oziq ovqat muammosini hal qilishning eng samarali usullaridan biri bo'lgan soya ishlab chiqarish hajmini rivojlantirish va ko'paytirish maqsadga muvofiqdir. Lekin shu bilan birga, soya mahsulotlarini qayta ishlash mahsulotlarining asosiy iste'molchisi bo'lgan chorvachilik sanoatini davlat tomonidan qo'llab - quvvatlash darajasiga e'tibor qaratish lozim. Shu munosabat bilan hukumatimiz tomonidan ushbu tarmoq mahsulot sifatini oshirish va uning istiqbolli turlarini kengaytirish, xom ashyosidan to’liq hamda samarali foydalanishni tartibga solish maqsadida bir qator meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Shu jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31 yanvardagi “2023- yilda moyli ekinlarni yetishtirish bo’yicha Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda “ O‘zpaxtayog‘ ” AJ tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” dasturiga muvofiq7, mamlakatda moyli ekinlarni yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda mazkur dastur asosida ishlab chiqilgan chora tadbirlarning belgilangan muddatlarda va to‘laqonli bajarilishi ustidan muntazam monitoring yuritish, aniqlangan kamchilik va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2022 yil 14 martdagi ― 2023-2024 yillarda Respublikada soya ekini ekishni va soya doni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2832 - sonli qarorida aholini arzon va sifatli iste’mol o‘simlik moyi bilan ta’minlash maqsadida, turlicha tuproq va iqlim sharoitlariga moslashgan, ertapishar, serhosil, kasallik va 7 . Qodirov R.B. Aholi va mehnat resurslari. - Toshkent 2021. 25 zararkunandalarga chidamli bo‘lgan soyaning nav va duragaylarini yaratish hamda uni ekish, soya o‘simligini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan xorijiy hamkorlarni jalb qilishdek muhim vazifalarni amalga oshirish ishlari e’tirof etilgan. 4-jadval Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining kimyoviy tarkibi. Manba: https://arm.ssuv.uz 1. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda soya o’simligini yetishtirish iqtisodiy jihatdan eng samarali usullardan biri hisoblanadi chunki o'simlik moylarini ishlab chiqarish hayvonlarga qaraganda 5-7 barobar arzonroqdir. 2. Soya mahsulotlari ishlab chiqarish va bozorining rivojlanish istiqbollarini baholab, biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, ular hozirgi asrda odamlarning ratsionida hech bo'lmaganda muhim o'rinlardan birini egallaydi. Bu baho butun dalillarga asoslangan bo'lib, ularning eng muhimi jahon ahamiyatiga ega. Bu barcha mamlakatlarning barqaror rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirishga bo'lgan intilishidir, uning hal qiluvchi jihatlaridan biri oziq - ovqat muammosini dunyo aholisining asta - sekin o'sishi sharoitida hal qilishdir. Bu insoniyat ko'pchiligining hayvon oqsillarini istemol qilishdan o'simlik oqsillariga o'tishi oziq - ovqat muammosining keskinligini bartaraf etish imkoniyatini ochib beradi. Odamlar oziq - ovqat uchun ishlatadigan 350 turdagi o'simliklardan, soya tarkibida oqsil, yog’, mineral tuzlar va vitaminlarning eng uyg'un kombinatsiyasi mavjud. Masalan, soya oqsili go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarishning tannarxini pasaytiradi va ishlab 26 chiqarish jarayonini yaxshilaydi. Har yili dunyoda oziq -ovqat, ozuqa va sanoat maqsadlarida foydalanish uchun soya oqsiliga bo'lgan talab oshib bormoqda. Soyaqimmatbaho yog'li va yuqori proteinli ekin. Soya oqsilining aminokislotalar tarkibi barcha o'simlik oqsillari manbalaridan eng muvozanatli hisoblanadi va ba'zi istisnolardan tashqari, yuqori sifatli hayvon oqsillari tarkibiga o'xshaydi. Shu tufayli, soya fasulyesi bir yillik dukkakli va moyli ekinlar orasida ekish maydoni va donning yalpi hosili bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi . Bunday sharoitda, soya va uning qayta ishlangan mahsulotlari bozorini shakllantirish usullarini o'rganish zarurati O‘zbekiston uchun sabzavot va hayvon oqsillari yetishmasligi muammosini hal qilishda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasida soyaning 4 ta istiqbolli (mahalliy Baraka, To’maris-man 60, Ustoz MM-60 va horijiy Vilona) navlari ustida olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki tuproqda namlik sharoiti yetarli bo’lganda hosildorlik gegtariga Vilona va To’maris-man 60 navlarida 20-21 sentner, Baraka va Ustoz MM-60 navlarida 27-30 sentnerni tashkil etdi, kimyoviy tarkibi ko‘rsatkichlaridan esa 45-52% oqsil va 17-25% moy mavjudligi aniqlandi. Bundan tashqari soya o‘simligi, oqsilli oziq-ovqat mahsulotlari etkazib beruvchi, chorva va pararandalar uchun to‘yimli ozuqa, shuningdek tuproq unumdorligini oshiruvchi bo‘lib hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, soya maydonlarini kengaytirish va uni qayta ishlashni yo’lqa qo’yish orqali go'sht ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish, mamlakatning oziq - ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ish o'rinlarini yaratish, go'sht ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va sifatini yaxshilash, byudjet daromadlarini ko'paytirish va mavjud resurslarni samarali boshqarishga yordam beradi. 27 3-rasm.Oziq-ovqat narxlarining o‘zgarishi.(foiz hisobida)8 Manba:www.Toshkent shaxar narx navolari.uz Monitoring natijalari 8 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganini ko‘rsatgan. Masalan, oq karamning narxi 61,5 foiz, olmaning narxi 15,4 foiz, sariq piyozning narxi 10,3 foiz, makaronning narxi 4,7 foiz, mol go‘shtining narxi 4,6 foiz, o‘simlik moyining narxi 3,1 foiz, limonning narxi 1,6 foiz, bodringning narxi 1,3 foiz pasaygan. Guruch, shakar va margarinning eng past narxlari esa o‘zgarishsiz qolgan. 10 turdagi mahsulot narxlari esa oshgan. Bu borada pomidor yetakchi bo‘lgan. Uning eng past narxi 5950 so‘mdan 9990 so‘mga ko‘tarilgan. Banan va sut narxi ham sezilarli darajada oshgan: ularning narxi mos ravishda 3000 so‘mga va 2110 so‘mga qimmatlashgan.9 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 martdagi ― 20232024 yillarda Respublikada soya ekini ekishni va soya doni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2832-sonli qarori.Yer yuzi aholisi 8 9 www.kun.uz www.kun.uz 28 hayot faoliyati sifati har jihatdan sifatli oziq-ovqat bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq. Har bir mamlakat o‘zining iqlimiy sharoiti, yer unumdorligi, intensiv qishloq xo‘jaligi, sanoatning rivojlanganlik darajasiga qarab bu muammoni turli usullar orqali hal qilmoqdalar. Ammo shunda ham iqtisodiyoti qoloq, aholi soni yuqori mamlakatlar oziq-ovqat taqchilligi muammosini to‘la to‘kis hal eta olishmayapti. Buning oqibatida esa insonlarda to‘yib ovqatlanmaslik, ochlik, kambag‘allik, qashshoqlik ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. Ko‘rsatkichlarga nazar tashlasak, jahon aholisining 815 million nafari ocharchilikdan qiynalmoqda. O‘zbekiston global oziq-ovqat xavfsizligi reytingida 80-o‘rindan 71-o‘ringa yuqoriladi. O‘zbekiston ocharchilik darajasi bo‘yicha 2022-yilda global ochlik indeksida 10,7 ball bilan 49-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2023-yilda ushbu indeksda 107 mamlakat ichida 6,7 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi. Masalaning yana bir tomoni qishloq xo‘jaligi dunyodagi eng katta ish beruvchi tarmoqdir. Bugun dunyo aholisining 40 foizi aynan shu soha orqali tirikchilik qiladi. Demak, oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidni hal qilish bo‘yicha yechimlar mavjud va ular bugungi kunda ma’lum darajada amalga oshirilmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har yili 4 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. BMTning atrof-muhit bo‘yichatashkiloti(YuNEP)ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 1,3 mlrd.tonna oziq-ovqat mahsulotlari tashlab yuboriladi. Mamlakatimiz hududining 85 foizi cho‘l hamda yarimcho‘l yerlaridan tashkil topgan. Bugungi kunda aholi ixtiyorida 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlari mavjud. 10 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, insonning normal ovqatlanishi uchun har bir kishiga o‘rtacha yillik 113 kg sabzavot, 50,4kg kartoshka, 19,3 kg poliz, 21,3 kg meva va uzum, 40 kg go‘sht, 140litr sut, 121dona tuxum, 0,8 kg asal kabi mahsulotlar talab qilinadi. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi turlari orasida oziq-ovqat xavfsizligi milliy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida alohida o‘rin tutadi. Insoniyat tarixi davomida oziq-ovqat ta’minoti dunyo davlatlari milliy xavfsizligining eng dolzarbmuammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Milliy iqtisodiy 10 Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O’zbekiston taraqiyyot strategiyasi “ O`zbekiston. Toshkent. 2022-y. 29 tizimning tegishli rivojlanish darajasi aholining normal yashash sharoitlarini saqlab qolish qobiliyatini, umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uchun resurslarni barqaror ta’minlashni, shuningdek milliy va davlat manfaatlarini izchil amalga oshirishni belgilaydi. Aholining ovqatlanish darajasi va sifati uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tavsiflaydi, chunki “... oziq-ovqat ishlab chiqarish to‘g‘ridanto‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar va umuman har qanday ishlab chiqarish jarayonining birinchi shartidir ...”.Oziq-ovqat xavfsizligi atamasi xalqaro muomalaga 1971-1972yillarda keyin kirib keldi. Bu davrda rivojlangan mamlakatlarda ortiqcha oziq- ovqat ishlab chiqarish yuzaga kelgan. Bu muammo jahon ham jamiyatida muhokama qilina boshlangan. Bu muhokamalar zamirada 1974-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan uchinchi dunyo mamlakatlarida aholi o‘rtasida ocharchilik vujudga kelishini oldini olish yuzasidan BMT Bosh Assambleyasida Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Xalqaro majburiyatlar” ma’qullandi. Ammo bu hujjatda oziq-ovqat xavfsizligi atamasiga ta’rif berilmagan. Oziq-ovqat xavfsizligiga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,bu tushuncha birinchi marta o‘tgan asrning 70-yillarida iste’molga kirib kelgan. Keyinchalik bu tushuncha ma’no jihatdan kengayib bordi. Bu borada oziqovqat xavfsizligi kontseptsiyasining evolyutsiyasini ko‘rib chiqish bu borada kengroq davriy tushunchaga ega bo‘lishimizga yordam beradi(1-ilova). 1996yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi Rim xalqaro uchrashu- vida “Butun dunyo oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Rim deklaratsiyasi” qabul qilingan. Ushbu deklaratsiya har kimning yashash va munosib ovqatlanish huquqiga muvofiq salomatligi uchun xavfsiz va to‘laqonli oziq-ovqat mahsulotlariga erishish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan. 2023-yilda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha butunjahon sammitida Jahon banki taklif etgan ta’rifga ko‘ra“barcha insonlarning faol va sog‘lom turmush tarzi kechirishi uchun, o‘zlarining ehtiyojlariga mos, yetarli hajmdagi, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatlarni har doim olishga jismoniy va iqtisodiy jihatdan qurblari yetishi – oziq-ovqat xavfsizligini anglatadi. 30 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi: oziq-ovqat xavfsizligi sohasida me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va suv resurslaridan oqilona foydalanish; asosiy turdagi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari, xom-ashyoni ichki ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish; chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik sohasini barqaror rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ozuqa bazasini mustahkamlash; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash; aholini barcha qatlamlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishi uchun iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish; oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish. 2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturi tasdiqlandi.. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash mexanizmlari belgilangan maqsadli mezonlar asosida quyidagi tadbirlar uyg‘unligida amalga oshirish orqali ta'minlanadi: -respublikaning barcha hududlari darajasida oziq-ovqat xavfsizligini aniqlash, baholash va kutilishi mumkin bo‘lgan xavfni oldindan bilish tizimini joriy qilish; -oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha uyg‘unlashgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi joriy qilish; 31 xalqaro talablarga -respublikaning barcha hududlari darajasida belgilangan maqsadli mezonlarni bajarishni ta'minlovchi agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashni tartibga solish va boshqarish tizimini joriy qilish. 3.Oziq-ovqat mahsulotini ko’paytirish yo’llari Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oziq-ovqat yetishtirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatga qaramasdan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi aholi soni o‘sishidan orqada qolmoqda, bu esa qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yetarli sharoit mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotganini ko‘rsatmoqda. 4-rasm.O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti.11 Manba:www Tashqi eksportni hisoblash uz.saytdan olindi. 2021 yil yanvar-iyul oylari natijalariga ko'ra meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 479,4 million AQSh dollarini, jismoniy jihatdan 841,8 ming tonnani tashkil etdi. 2020 yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 19,6 million AQSh dollariga (-3,9%) kamaydi. 11 https://imrs.uz/public/infographics/99 32 Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavot (48,6%), meva va rezavorlar (36,6%) egallaydi. 2021 yil yanvar-iyul davrida 233,0 million AQSh dollariga teng 558,8 ming tonna sabzavot, shuningdek, 175,3 million AQSh dollari qiymatidagi 173,9 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi. 2021 yil yanvar-iyul oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 5,9 foizni tashkil etdi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (30,5%), Qozog'iston (24,6%), Qirg'iziston (14,5%), Pokiston (7,5%) hamda Xitoy (6,5%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 million dan ortiq kishi, ya’ni deyarli har 8 odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti. Eng so‘nggi tadqiqotlar esa sayyora aholisining 30 foizidan ziyodi to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosidan aziyat chekayotganligini, 52 mamlakatda ochlikning «jiddiy», «xavotirli» va «favqulodda jiddiy» darajalari qayd etilganini ko‘rsatmoqda. 5-rasm.O‘zbekiston global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi.12 12 https://xs.uz/uz/post. 33 2022-yil uchun Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida (GFSI) Oʻzbekiston 113 ta mamlakat orasida 73 oʻrinni egalladi. Tahlil natijalariga koʻra 2019-2022-yillar boʻyicha umumiy reytingda Oʻzbekiston oʻn ikki pogʻonaga koʻtarilib, ushbu davrda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlariga erishgan 10 mamlakat ichida birinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston “Iqtisodiy foydalana olish imkoniyati” kategoriyasi boʻyicha 18 pogʻonaga, “Sifat va xavfsizlik” kategoriyasi boʻyicha 3 pogʻonaga, “Barqarorlik va moslashish” kategoriyasi boʻyicha 36 pogʻonaga koʻtarildi.Economist Intelligence Unitʼdan GFSI oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi, shuningdek, dunyodagi 113 ta mamlakatning tabiiy resurslari va barqarorligiga oid masalalarni koʻrib chiqadi. Buning oqibatida dunyodagi 160 milliondan ortiq bolada bo‘y o‘sishi, jismoniy va intellektual rivojlanish bilan bog‘liq jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda. Keyingi uch yilda esa ushbu ko‘rsatkichlarning salbiy tomonga o‘zgarayotgani qayd etilmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida juda katta yutuqlar qo‘lga kiritildi, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi ikki barobar ortdi. Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotini yaxshilash, mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mazkur yo‘nalishda respublikamizda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik jihatdan maqsadli hamda izchil choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda yiliga 20 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. So‘nggi yillarda 800 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sig‘imlariga ega bo‘lindi. Biroq bu endilikda ehtiyojimizga kamlik qiladi. 34 Agar ishlab chiqargan mahsulotlarni saqlash kamida 10 foizga yetkazilsa, xalqimizni yil davomida bir maromdagi narxlarbop oziq-ovqat bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Oziq-ovqat xavfsizligini hal etishda bir qator qiyinchiliklar mavjudligiga qaramay, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ham miqdor, ham sifat jihatdan muntazam oshirib borish va shu orqali oziq-ovqat ta’minotini mustahkamlash borasida salmoqli natijalar qo‘lga kiritilmoqda.13 Xususan, 2023 yilda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida 4 million gektar (+358 ming gektar), shundan 2,5 million gektar asosiy, 214 ming gektar bog‘-tok qator orasi, 424 ming gektar lalmi va 903 ming gektar takroriy maydonlarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish belgilangan. Mazkur maydonlardan 8,1 million tonna boshoqli don, 528 ming tonna sholi, 579 ming tonna dukkakli, 345 ming tonna moyli o‘simliklar, 12,2 million tn sabzavot, 2,5 million tonna poliz, 4,1 million tonna kartoshka, 3,1 million tonna meva va 2 million tn uzum yetishtirilishi prognoz qilindi. Shuningdek, hududlarda dala chetlariga 71 ming fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 59 ming gektar, shundan 35 ming gektar 121 million dona tut, tok, terak, mevali ko‘chatlar hamda 24 mingga gektar poliz, sabzavot va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish ishlari yakunlandi. Chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar natijasida yil yakuniga qadar qoramollar soni 14,4 million boshga, qo‘y-echkilar 24,3 million boshga yetkazilib, 2,9 million tonna go‘sht (tirik vaznda), 12,2 million tonna sut, 9 milliard dona tuxum, 650 ming tonna baliq va 31 ming tonna asal ishlab chiqarish prognoz qilindi. Joriy yilning yanvar-may oylarida qoramollar soni 13,5 million boshga, qo‘y-echkilar 23,2 million boshga (103 foiz) va parrandalar bosh soni 89 million boshga (102,6 foiz) yetkazildi, 946 ming tonna (104,1 foiz) go‘sht (tirik vaznda), 3,7 13 Qodirov R.B. Farg'ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari. (Monografiya). - T.: Navro'z, 2020. 35 million tonna (104 foiz) sut, 20 ming tonna baliq va 2,4 milliard dona (104 foiz) tuxum yetishtirildi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha: respublikada oziq-ovqat sanoatida 22 mingdan ortiq turli mulkchilik shaklidagi (1404 ta meva-sabzavotni qayta ishlash, 1069 ta go‘sht, 1607 ta sutni qayta ishlash va 18300 tadan ortiq boshqa) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur korxonalar bilan 2023 yilda jami 75,5 trillion so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan 116,2 foiz) oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish belgilab olindi. Mamlakatimiz o‘zining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan birga, mevasabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali xorijiy davlatlarning oziq-ovqat ta’minotiga munosib hissa qo‘shayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Jumladan, BMT “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)”ning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida “Ming yillik rivojlanish maqsadlari”ga erishgani uchun maxsus mukofotiga sazovor bo‘lgan dunyodagi14 ta davlatning biri sifatida mamlakatimizning e’tirof etilgani bu boradagi islohotlarga berilgan munosib baho bo‘ldi. Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy-tadqiqot instituti hisobotlarida ham yurtimizda keyingi yillarda bu borada e’tirofga sazovor ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Oziq-ovqat xavfsizligi masalasida so‘z borganida, oziqovqat bozori barqarorligiga tahdidlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, oziq-ovqat tovarlari importini qulay bojxona-tarif tartibiga solish bo‘yicha choralarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan «2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash Milliy dasturi» ham aynan shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur yo‘nalishda respublikamizda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik jihatdan maqsadli hamda izchil choratadbirlar amalga oshirilmoqda. 36 Shu bilan birga, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Muammolarni bartaraf etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasini oshirish, aholining faol va sog‘lom hayoti uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdordagi xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari uchun jismoniy va iqtisodiy imkoniyatga ega bo‘lishi, mahsulotlarning sifatini yaxshilash, narxlar barqarorligini ta’minlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: - respublikaning barcha hududlari darajasida belgilangan maqsadli mezonlarni bajarishni ta’minlovchi agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashni tartibga solish va boshqarish tizimini joriy qilish; - oziq-ovqat xavfsizligini aniqlash, baholash va kutilishi mumkin bo‘lgan xavfni oldindan bilish tizimini joriy qilish; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan korxonalar tarmog‘ini kengaytirish; - meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan sovutish kameralari, ularni saralash va qadoqlash punktlari hamda tashish bilan shug‘ullanuvchi maxsus transport-kommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish; - qayta ishlash sanoatining material va energiya sig‘imini pasaytirish, resurs tejovchi kam chiqimli texnologiyalarga ustuvorlik berish; - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va suv resurslaridan oqilona foydalanish; - asosiy turdagi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyoni ichki ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish; - chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik sohasini barqaror rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish xajmlarini ko‘paytirish, ozuqa bazasini mustahkamlash; - qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash; - oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash; 37 - aholining barcha qatlamlari oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi uchun iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish; - meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va bir vaqtning o‘zida qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish majmualari, xoldinglar, klasterlar 14va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari faoliyatini kengaytirish; - qishloq joylarda meva-sabzavot va uzumni qayta ishlovchi korxonalar uchun zarur bo‘lgan infratuzilmalar, birinchi navbatda, yo‘llar, gaz, elektr va suv ta’minoti hamda boshqa injenerlik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz ta’minlashni yo‘lga qo‘yish va boshqalar. Jahon statistikasiga ko‘ra, oziq-ovqatdan kelib chiqadigan kasalliklar tufayli yiliga deyarli 600 million kishi kasallanadi va 420 ming kishi erta vafot etadi. Ayniqsa, oziq-ovqatdan kelib chiquvchi kasalliklar natijasidagi o‘limning 30 foizi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri kelishini alohida inobatga olish kerak. Shu sabab, iste’mol qiladigan mahsulotlarimizning xavfsiz va yuqori sifatli ekanligiga ishonch hosil qilish har birimiz uchun muhimdir. Ammo, bu mahsulotning xavfsizligi va sifati nafaqat ishlab chiqarish korxonasidagi yangi asbob-uskuna va zamonaviy texnologiyalarga, balki bu mahsulotning belgilangan talablarga mos kelishini tekshirish, ya’ni mahsulotning sifatini nazorat qilish jarayoniga ham bog‘liq. Buning uchun mahsulotning namunalari maxsus sinov laboratoriyalarida me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini aniqlashda sinovdan o‘tkaziladi. Bu faoliyat muvofiqlikni baholash sohasiga kiruvchi amallardan biri hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasida “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Akkreditlangan muvofiqlikni baholash xizmatlari shu jumladan oziq-ovqat sohasida ham hayotiy ahamiyatga molik.15 Xavfsiz oziq-ovqatlar esa inson salomatligi va xavfsizligi ta’minlash, iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab – quvvatlash va xalqaro savdoni targ‘ib qilish .Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2022-yil15-dekabrdagi“Meva sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Toshkent 2022-y 15 Karimqulov, Q. M., Uzoqov, I. E., Sarikulov, M. X., & Xursanova, M. Y. (2023).Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini aniqlash va tasniflash usullari. Science and Education, 3(9), 157-161. 14 38 masalarida dolzrab o‘ringa ega. Hozirgi kunda O‘zbekistonda milliy akkreditatsiya tizimida 462 ta sinov laboratoriyalari, 64 ta mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlari, 18 ta menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari, 14 ta inspeksiya organlari va 80 dan ortiq metrologiya xizmatlari faoliyat ko‘rsatmoqda16 Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va savdo tarmog‘ida strategiya va dasturlarning ijrosiga bog‘liqligini hisobga olgan holda soha va tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish lozim. 4.Oziq -ovqat xavfsizligini taminlashning ichki va tashqi omillari . Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning ichki omillari hisoblanadi: qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda foydalaniladigan yer va suv resurslarining hajmi, sifati va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari; oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, saqlash va sotish sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish darajasi; ichki va tashqi bozorlarda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshlik darajasi; milliy oziq-ovqat sanoati salohiyatining rivojlanganlik holati; oziq-ovqat mahsulotlari importi va eksportining nisbati; aholi keng qatlamlarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini mahsulot turlari, hajmi va sifati bo‘yicha ichki ishlab chiqarish hisobiga ta'minlash darajasi; 16 Erkaboyev, A. X. O. G. L., & Isroilova, N. F. Q. (2023). Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash. 39 aholi daromadlariga mos holda iste'mol tovarlari narxlarining o‘sish sur'ati; navi va sifati kafolatlangan, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan mahalliy urug‘ va ko‘chat ta'minotining barqarorligi; chorva hayvonlarining zotini yaxshilash va mahalliy zotlarning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha seleksiya va naslchilik ishlarining tizimli tashkil etilganligi; ichki bozor konyunkturasi talabini muntazam o‘rganib borish asosida talab va taklifning muvofiqlashtirish tizimining mavjudligi; qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga talab etiladigan moddiy-texnik resurslar ta'minotining barqarorligi hamda mahsulotlar baholari va ularni ishlab chiqarishga sarflanadigan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlarining o‘sish darajasining mutanosibligi; hududlarda, ayniqsa qishloq joylarda infratuzilmani rivojlanish darajasi va uni rag‘batlantirish mexanizmlarining mavjudligi; tabiiy yaylovlarning hosildorligi va ulardan samarali foydalanish tizimining yo‘lga qo‘yilganligi; ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun aylanma mablag‘larning yetishmasligi va bank kreditlarining yuqoriligi; xom-ashyo yetkazib beruvchi va qayta ishlovchilar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarning bozor mexanizmlariga muvofiqligi. 40 6-rasm.O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi.17 Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, margarin va o‘simlik yog‘i, go‘sht, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushi ortgan Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning tashqi omillari hisoblanadi: oziq-ovqat mahsulotlariga dunyo bo‘yicha narxni ortib borishi va rivojlanayotgan davlatlar talabining ko‘payishi; iqlim sharoitlarining o‘zgarishi; bioyoqilg‘i ishlatish ko‘lamining ko‘payishi; geosiyosiy omillar. 17 www.stat.uz 41 7-rasm.O‘zbekistonning import geografiyasi.18 Mamlakat importi ortishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: birinchi omil – Rossiya va Belarusga nisbatan AQSh, Yevroittifoq va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qo‘llanilgan iqtisodiy sanksiyalar oqibatida jahon oziq-ovqat bozorida narxlar va logistika tariflari yuqori sur’atlarda o‘sgani; ikkinchi omil – O‘zbekiston tomonidan bir qator qo‘shni davlatlarga bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport va reeksport qilish hajmining o‘sishi. Un eksporti bug‘doy va bug‘doy uni importiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlari importi umumiy hajmi o‘sishiga o‘rtacha import narxlari qimmatlashuvi qariyb 55-60 foiz darajasida ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, import 18 www.stata.uz 42 qilingan mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmi o‘sishi 4045 foiz ta’sir ko‘rsatgan. Prezident 2024 yilda 34 turdagi oziq-ovqat va tovarlar — pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok, behi, yogurt, kefir, sut mahsulotlari, makaron, cho‘chqa go‘shti importiga 2025yilgacha nol stavka joriy etilishini tasdiqladi. Piyoz, salat bargi importiga ham imtiyozlar joriy etilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining yangi ro‘yxatiga imtiyozlar joriy etilishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi. Tadbirda oxirgi ikki yilda jahonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yiliga 15−20 foizdan pasaymayotgani, o‘simlik yog‘i, sut va go‘shtning jahon narxi so‘nggi 30 yildagi, don mahsulotlari va shakar esa so‘nggi 10 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgani qayd etildi. Bunda eksport qilingan mahsulotlar tarkibi: – Sanoat mahsulotlari – 4 mlrd. – Xizmatlar – 2,3 mlrd. – Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,2 mlrd. – Kimyoviy mahsulotlar – 1 mlrd. – Mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 821 mln. – Turli tayyor mahsulotlar – 708 mln. – Mashina va asbob-uskunalar – 617 mln. – Nooziq-ovqat mahsulotlari – 475 mln. Import qilingan mahsulotlar tarkibi: – Mashina va transport asbob-uskunalari – 7,4 mlrd. – Sanoat mahsulotlari – 4,2 mlrd. – Kimyoviy mahsulotlar – 3,3 mlrd. – Oziq-ovqat mahsulotlari – 2,2 mlrd. – Xizmatlar – 1,5 mlrd. 43 – Turli tayyor mahsulotlar – 1,2 mlrd. – Mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari –1,1 mlrd. – Nooziq-ovqat mahsulotlari – 1,1 mlrd. Eksport-importda logistika, o‘g‘it va yoqilg‘i xarajatlari oshib ketgani ham oziq-ovqat narxlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatayapti. Tahlillarga ko‘ra, bu holat 2024 yilda ham, kelgusi yillarda ham saqlanib qoladi. O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga 200 ming gektar yer ajratilgani, 500 ming gektar qo‘shimcha yerlar oborotga kiritilgani ichki bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish va eksportni ko‘paytirishga xizmat qilmoqda. Eksport va import bo‘yicha qilinayotgan ishlar Bosh vazir hamda Bosh prokuror rahbarligida haftada ikki marta muhokama qilinadi. Masalan, tumanlardagi Ishchi guruhlar fermerlar va aholi tomorqalarida serdaromad meva-sabzavot ekinlari ekish, ularni urug‘lik, mablag‘, o‘g‘it, yoqilg‘i bilan ta’minlash ishlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. Har bir tumanda meva-sabzavotni eksport qiluvchi korxona tashkil etish ham bu boradagi muhim vazifa hisoblanadi 2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimiz xorijga 64,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich jami eksportning 39,4 %ini tashkil qilgan. Mahsulot eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67,1 %ga oshgan. Oziq ovqat mahsulotlari eksporti tarkibi: sabzavot va mevalar – 57,2 mln dollar don mahsulotlari – 6,6 mln dollar. 44 Agrosanoat majmuasi sohalari. Agrosanoat integratsiyasi -sanoat va qishloq xo’jaligining bir-biriga singib kеtishi, bir butun tizimga aynalishidir. • Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni istе'molchilarga еtkazib bеruvchi, yagona maqsadlarga bo’ysundirilgan tarmoq va xizmatlar yig’indisidir. Agrosanoat majmuasi 3 turga bo’linadi. • Mamlakat agrosanoat majmuasi. • Hudud agrosanoat majmuasi. • Ixtisoslashgan (go’sht, sut, don, sabzavot va poliz kabi mahsulot turlarini еtishtirish bilan shug’illanuvchi) agrasanoat majmuasi. Agrosanoar sohasi umumiy xolda 4soxani o’z ichiga oladi: Agrosanoat sohasini ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha. Mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar ishlab chiqaradigan mashinasozlik, minеral o’g’it va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati, chorvachilik uchun omuxta еm ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori darmon ishlab chiqaruvchi ixtsoslashgan korxonalar kabilar kiradi. Bu soha majmuasining asosini, yadrosini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi o’z navbatida: O’smlikchilik Chorvachilik Pillachilik Asalarichilik Baliqchilik O’rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o’simliklar еtishtirish) Ikkinchi soha Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini istе'molchiga еtkazib bеrishni ta'minlaydigan soha. Paxta zavodlari, go’sht, sut zavodlari, mеva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog’-moy zavodlari, junni, kanopni, pillani qayta ishlash zavodlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug’ullanuvchi korxonalar Uchinchi soha 45 Infratuzilma faoliyatining shart-sharoitlarini ta'minlovchisoha. Yo’l-transport xo’jaligi, aloqa, moddiy-tеxnika xizmati, maxsulotni saqlash tizimi, ombor va tovar xo’jaligi, moddiy bo’lmagan ishlab chiqarish tarmoqlariga bo’linadi. Ijtimoiy infratuzilma va uy-joy tarmoqlari, savdo, umumiy ovqatlanish kabi sohalardan iborat. Ishlab chiqarish infratuzilmasi- yo’llar, transport xo’jaligi, aloqa, omborqona va shunga o’xshashlardan iborat. Infratuzilma ikki qismdaniborat. Oziq-ovqat xavfsizligi - aholining faol xayoti uchun qancha miqdorda oziq-ovqat talab etilsa, aholiga shuncha miqdorda oziq-ovqat ta'minoti kafolatlanishi nazarda tutiladi. Binobarin, oziq-ovqat xavfsizligiga erishishda ikki usul bor: birinchisi, import qilish, ikkinchisi o’zini-o’zi mahsulot bilan ta'minlash.Oziq-ovqat qaramliligi, jamiyat o’z oziq-ovqat xavfsizligi muammosini o’zi mustaqil ravishda yеcha olmasa, vujudga kеladi. Oziq-ovqat xavfsizligi stratеgiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: •ASM mеhnat rеsurslariga nisbatan protеktsionistik choralarni ko’rish va aholi har xil qatlamlarining davlat ta'minotiga erishish; • Sanoat, saqlash, qayta ishlash va oziq-ovqatlarni tarqatish tizimida mеhnat rеsurslarining optimal muvozanatini ushlab turish; • ASM tizimini enеrgiya va rеsurs saqlash tеqnologiyasiga aylantirish; • Davlat rеja tizimi ishlashi va ASM faoliyatini ta'minlashdan iboratdir.19 Qishloq xo’jaligining eng muhim hususiyati – yеrda ish davri mahsulot ishlab chiqarish davri bilan bir-biriga mos kеlmasligidir. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish davri inson mеxnati ostida amalga oshiriladigan jarayoni (yеrni xaydash, ishlov bеrish, ekish, o’simliklarni parvarishlash, xosilni yig’ib olish va xokazo) vaqtlari va tabiiy omillarning bеvosita ta'siri ostida amalga oshadigan 19 An Image/Link below is provided (as is) to download presentation https://www.slideserve.com/orea/ romeextension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://isrs.uz/oz/page/pdf/oziq-ovqat-xavfsizligini-taminlashishlarini-kuchaytirish. 46 (o’simliklarning unishi, o’sishi, xosilga kirishi va xokazo) vaqt to’plamidan iborat. Qishloq xo’jaligini davlat tamonidan tartibga solish va qo’llab – quvvatlash zarurati- dastavval qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq holda qaramoq maqsadga muvofiqdir.Qishloq xo’jaligi murakkab biotеxnik tеxnalogik hamda ijtimoiy – iqtisodiy tizim sifatida tavsiflanadi. Unda tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy xaraktеrdagi omillar bilan birgalikda yеr, suv, o’simlik va chorva mollari organizm, yorug’lik, issiqlik, havo, tabiiy iqlim va jug’rofiy joylashuv kabi tabiiy omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 8-rasm.Agrasanoat majmuasi bog’inlari.20 Yеrlarning mеliorativ holatini yaxshilash, yangi yеrlarni o’zlashtirish va sug’orish tarmoqlarini barpo etish, ishlab chiqarishni tеxnik qurollantirish, fan – tеxnika yutuqlari va ilg’or tеxnalogiyalarni joriy etish, ekologik vaziyatni barqaror ushlab turish kabi muhim tadbirlarni amalga oshirish uchun yirik kapital mablag’lar 20 https://ya.ru/search?text=Agrosanoat+majmuasi+sohalari&source=tabbar&lr=10335 47 talab etiladiki, bu tadbirlarni yolg’iz qishloq xo’jaligi korxonalarning mablag’lari hisobidan amalga oshirib bo’lmaydi. Buning uchun davlat byudjеti hisobidan maxsus mablag’lar ajratiladi. Va nihoyat, fеrmеr xo’jaliklarining ijtimoiy rivojlanishi, ya'ni ular uchun yo’llar barpo etish, gaz, suv, elеktr ta'minoti, ijtimoiy – madaniy ob'еktlar qurish kabi umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolar ham davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. 48 Xulosa va takliflar. Bugungi kunda Oziq ovqat xavfsizligini taminlashga juda katta etibor berib kelinmoqda .Jahon mamlakatlarida eng asosan oziq ovqat yetishtirish ,va axolini qornini to’qlash uchun har qanday choralar ko’rishmoqda.Birinchi navbatda o’z aholisini jismonan baquvat ,aqlan kuchli ,va sog’lom kamol topishga harakat qilsa ,kelajakda u davlat rivojlanish ,yuksak cho’qilarga ko’tariladi desak adashmagan bo’lamiz .O’bekistonda bugungi kunda hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois, eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning ulushi 6,7 % ni tashkil etdi. Meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 25,3 % i), bu Afg‘onistonga eksport hajmidan 5,2 baravar ko‘p miqdorni tashkil etmoqda. 2023-yildan oziqovqat mahsulotlari eksporti tarkibiga qalampir va kartoshkani ham qo‘shilagnligi hududlarda eksport loyihalarining samarali ishlashidan dalolat beradi. Hududlarning oziq-ovqat iste’moli darajasining import mahsulotlar ulushida ham nisbatan mo‘tadilligi ichki ishlab chiqarish hisobidan ijobiy qondirilayotganligidan dalolat beradi.Hududlarda oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talab aholisi zich bo‘lgan hududlarda, ayniqsa, yuqoriligini kuzatish mumkin. Bunda hududlarda yetishtirilayotgan mahsulot miqdorining me’yoriy iste’mol miqorlari bilan solishtirma tahlil asosida oziq-ovqat tovarlarini talab darajasida qondirib bermayotgan hududlar aniqlandi. Ularga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Sirdaryo viloyatlari kirmoqda. Bu holatni bartaraf mahsulot yetishayotgan hududlardan ortiqcha mahsulot yetishtirgan hududlardan mahsulot yetishayotgan hududlarga mahsulot oqimini yo‘naltirish orqali bozordagi talabni qondirish va narx mo‘tadilligini ushlab turish mumkin. 2023-yilda Respublika hududlar bo‘yicha dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish tarkibida sabzavot yetishtirish Andijon (1611,0 ming t.) va kartoshka(885,3ming t.) yetishtirish Samarqand viloyatlarida yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin. Don ekinlari(885,7 ming t.) Qashqadaryo viloyatida, Surxondaryo viloyatida poliz ekinlari(307,5 ming t.), meva va rezavorlar(666,9 ming t.)Andijon viloyatida,uzum yetishtirish(555,0 ming 49 t.) Samarqand viloyatida yuqori ko‘rsatkichlar bilan kelmoqda. Hududlar bo‘yich oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda viloyatlarning yillar mobaynida shakllanib kelgan an’analari o‘ziga xos ishlash uslubi tuproq unumdorligi va ob-havoning ta’sirini yuqoriligini ta’kidlash mumkin. Hozirgi kunda yomgirni yog’ishidan unumli foydalanib kelinmoqda ,dala maydonlarida suv omborlarini yomgir suvlari bilan to’ldirib ,sugorilishi mumkin bolgan yerlarga taqsimlanib kelinmoqda .oziq -ovqatni isrof qilmaslik har bir fuqarolarni o’z farzandlari va kelajakdagi avlodni yashashi kamol topishiga juda katta hissa qo’shgan boladi. 50 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taminlash tug'risida O'zbekiston respublikasi prezidenti 16.01.2018 yil PF 5303 son farmoni. 2. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami: Kompleks geografik tadqiqotlar; innovasiya va amaliyot: -Andijon, 2022. 3. Soliyev A. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot. Toshkent: 2021. 4. Mamajonov M, Aliyev H. Andijon geografiyasi. "Hayot nashri-2020" Andijon 2022. 5. Qayumov A.A., Qodirov R.B. Qishloq xo'jaligi geografiyasi va iqtisodiyoti. -Andijon, 20. 6. Qodirov R.B. Aholi va mehnat resurslari. - Toshkent 2021. 7. Qodirov R.B. Farg'ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari. (Monografiya). - T.: Navro'z, 2016. 8.Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O’zbekiston taraqiyyot strategiyasi “ O`zbekiston. Toshkent. 2022-y. 9.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2022-yil15-dekabrdagi“Meva sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Toshkent 2022-y 10.Karimqulov, Q. M., Uzoqov, I. E., Sarikulov, M. X., & Xursanova, M. Y. (2023).Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini aniqlash va tasniflash usullari. Science and Education, 3(9), 157-161. 11. Erkaboyev, A. X. O. G. L., & Isroilova, N. F. Q. (2023). Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash. 12. Xabibullo o‘g‘li, E. A. (2022). OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA ISTE’MOLCHILAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH. 51 13. Raxmatov, M. (2023). OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA 14. https://imrs.uz/public/infographics/99 15.www.review.uz 16.www.stata.uz 17.www.kun.uz 52
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )