O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI KURS ISHI Mavzu: O‘ZBEKISTONDA INNOVATSION SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH USULLARI VA YO‘NALISHLARI Bajardi: ________________ Qabul qildi: _______________ Toshkent-2025 Reja: KIRISH 1. Davlat innovatsion siyosatining maqsad va vazifalari........................6 2. Innovatsion siyosat yo‘nalishlari........................................................12 3. Zamonaviy sharoitda O‘zbekistonda innovatsion faoliyatning holati va uni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari............................................................23 4. Innovatsion siyosatning xorij tajribasidan foydalanish.......................27 XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Innovatsion siyosat dolzarbligi, davlat innovatsion siyosatining asosiy maqsadlari sifatida innovatsion faoliyat uchun iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish, asosiy va takomillashtiruvchi innovatsiyalarni yaratish va tarqatish asosida ishlab chiqarish samaradorligini va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion faoliyatni faollashtirishga, bozor munosabatlari va innovatsion sohada tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, innovatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, innovatsiyalarni rivojlantirish uchun ajratilayotgan davlat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabilardir. Davlatning innovatsion siyosati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishini tartibga solish vositasidir. Zamonaviy dunyoda innovatsion rivojlanish rivojlanishning muqobil bo'lmagan tamoyilidir, degan tushuncha mavjud. Innovatsiyalarni yaratish, joriy etish va ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z maruzalarida shunday fikr yuritadi ‘Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamdir. Innovatsiya bo’lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo’lmaydi. Bu sohadagi o’zgarishlarni xalqimizga keng targ’ib qilmasak, odamlarda ko’nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo’lolmaymiz. Shuning uchun ushbu faoliyatni zamon talablari darajasida rivojlantirish yangi vazirlik, qolaversa, ushbu markazning asosiy vazifasi bo’lishi kerak’1 L.P. Goncharenko davlat innovatsion siyosatini “innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag'batlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi, ya'ni yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarni, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni yaratishni nazarda tutuvchi, ilmiy O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori 1 3 tadqiqotlar, ishlanmalar va ishlanmalardan foydalangan holda xo'jalik aylanmasiga tatbiq etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ajralmas qism”2 deb ta'riflaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy sharoitlarida sanoat korxonalari uchun innovatsiyaviy va texnologik taraqqiyotga erishish o’ta muhimdir, chunki faqat shu yo’l orqali sanoat korxonalarida innovatsion faollikni oshirish, zamonaviy texnologik bazani yaratish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, samaradorlik va mehnat unumdorligin oshirish, shuningdek ularning xalqaro hamda mahalliy raqobatbardoshligini mustahkamlash mumkin bo’ladi. Shuning uchun O’zbekiston sanoat korxonalarini boshqarishning dolzarb muammolaridan biri bo’lib, innovatsion faoliyatni kerakli sifat va miqdor darajasiga erishtirishdan iboratdir. Iqtisodiyot nazariyasiga "innovatsiya" atamasi XX asr boshlarida avstriyalik Iosif Shumpeter tomonidan kiritilgan. 1970-yillarning boshlarida mikroelektronika, kompyuter texnologiyalari va nozik kimyoviy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida innovatsiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’siriga qiziqish keskin kuchaydi, bu ilmiy tadqiqotlar butun tarmoq va milliy iqtisodiyotlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi harakatlantiruvchi kuchga aylanishini yaqqol ko’rsatdi. "Innovatsiya" va "innovatsion faoliyat" tushunchalari O’zbekistonda 1992 yildan beri iqtisodiy amaliyotda keng qo’llanila boshlandi. Ko’pgina mahalliy qonun hujjatlarida innovatsion faoliyat o’ziga xos ilmiy-texnikaviy faoliyat sifatida taqdim etiladi. Iqtisodiy tizimlarning yangi sifatini shakllantirish jarayonining markazida bozor talab qiladigan jarayonlar yoki mahsulotlar samaradorligini sifat jihatidan o’sishini ta’minlovchi joriy qilingan yangilik sifatida "innovatsiya" tushunchasi yotadi deb innovatsiya tushunchasiga ta’rif beriladi. 2 Atmospheric Science, meeting on 14 april 2023, www.researchgate.net 4 E.I.Alyoxina ta’rificha "innovatsiya - bu korxonaga yangi bozorlarni o’zlashtirish, ilg’or texnologiyalar va tashkiliy va boshqaruv faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etish imkonini beradigan yangi mahsulot, xizmat, texnologiyani yaratish yoki o’zgartirishni o’zida aks ettiradi"3, 2020 yil 24 iyulida qabul qilingan 630-sonli O’zbekiston Respublikasining Innovatsion faoliyat to’g’risidagi Qonunida “innovatsiyaga fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo’llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma” sifatida ta’rif bersa, “innovatsion faoliyat — yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o’tkazilishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha faoliyat” deb ta’riflanadi. Kurs ishining maqsadi davlat innovatsion siyosatining maqsad va vazifalari, innovatsion siyosat yo‘nalishlari, innovatsion siyosatning xorij tajribasidan foydalanish uchun olib borilayotgan chora tadbirlarni taxlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab olindi: - innovatsion siyosatning mohiyatini o’rganish; -innovatsion siyosatni namoyon bo’lishining asosiy shakllari va sohalarini ochib berish; -Innovatsion siyosatning rivojlanish omillarini ko’rib chiqish; -O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida innovatsion siyosatning ahamyatini tahlil qilish. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. kirish, 6 ta savol, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 3 Science, www.scholar.google.be 5 1. Davlat innovatsion siyosatining maqsad va vazifalari Davlat innovatsion – siyosati ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar, tajribakonstruktorlik ishlari yoki fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda iqtisodiy aylanmaga kiritiladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yaratish tushuniladigan innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Davlat innovatsion siyosati mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, aholining turmush sifati va darajasini oshirish, texnologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun innovatsion faoliyat ustuvorliklarini tan olishdan kelib chiqib shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Davlat innovatsion siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: innovatsion faoliyat uchun mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligining o’sishi, fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini hal etishni ta’minlaydigan iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratish; fan-texnika salohiyatini rivojlantirish, uni oqilona joylashtirish va samarali foydalanish, uning strukturasini shakllantirish; fan va texnikaning mamlakat iqtisodiyoti rivojiga, eng muhim ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishga, moddiy ishlab chiqarish sohasida ilg’or tarkibiy o’zgarishni ta’minlashga, uning samaradorligi va raqobatbardoshligi o’sishi qo’shadigan hissasini oshirish; mamlakatning mudofaa qobiliyatini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini mustaxqamlash. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun davlat innovatsion siyosatning quyidagi vazifalarini hal etishi lozim: davlat ustuvor siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash va amalga oshirish; 6 iqtisodiyotda ilg’or tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash; innovatsion faoliyat infratuzilmasi yaratish va rivojlantirish; mahalliy innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorda qo’llabquvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; innovatsion faoliyatni rivojlantirishda fan, ta’lim, ishlab chiqarish va moliya-kredit sohasining o’zaro aloqalarini ta’minlash; xalq xo’jaligining rivojlanish sur’ati, proporsiyasi va strategiyasini, uning tarkibiy muvozanatlanganligini belgilab beradigan asosiy yo’nalishlarda iqtisodiyotning rivojlanishini barqarorlashtirish uchun ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishni ta’minlash. Innovatsion sohada davlat organlarining asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat innovatsion siyosatini shakllantirish; innovatsion jarayonlarning huquqiy asosini yaratish, ayniqsa, innovatorlarning mualliflik huquqlarini va intellektual mulkni himoya qilish; innovatsiyalarni, shu sohadagi raqobatni rag’batlantirish, innovatsion risklarni sug’urtalash, eskirgan mahsulot chiqarganlik uchun davlat jarima choralari joriy qilish; innovatsion soha infratuzilmasini shakllantirishda qatnashish; fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, innovatsiyalarning ijtimoiy va ekologik yo’nalganligini ta’minlash; ustuvor ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga resurslar ajratish; davlat sektori tashkilotlarida innovatsion jarayonlarni institusional ta’minlash; innovatsion va ilmiy-texnik faoliyat shaxslarning jamiyatdagi maqomini oshirish; 7 bilan shug’ullanadigan innovatsion soha uchun kadrlar tayyorlash; mintaqalarida innovatsion jarayonlarni tartibga solish; innovatsion jarayonlarning xalqaro jihatlarini tartibga solish; milliy innovatsion tadbirkorlik manfaatlarini himoya qilish. Davlat innovatsion siyosatining eng muhim tamoyillari quyidagilar sanaladi: mahalliy ilmiy salohiyatga tayanish; ilmiy ijod erkinligi, ilmiy sohani izchil demokratizatsiyalash, ilmiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda ochiqlik va oshkoralik; fundamental ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishini rag’batlantirish; mamlakatdagi yetakchi ilmiy maktablarni saqlab qolish va rivojlantirish; fan va texnika sohasida sog’lom raqobat va tadbirkorlik uchun sharoitlar yaratish, innovatsion faoliyatni rag’batlantirish va qo’llabquvvatlash; mamlakatning milliy xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash maqsadida ilmiy tadqiqot va loyihalarni tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish; fan va ta’limni integratsiyalash, barcha pog’onada malakali ilmiy kadrlar tayyorlash to’laqonli tizimini rivojlantirish; tadqiqotchilar, tashkilotlar va davlatning intellektual mulk huquqini himoya qilish; ochiq axborotlarga qiyinchiliksiz ulanishni va uni erkin ayirboshlash huquqini ta’minlash; mulkchilik shakli xilma-xil bo’lgan ilmiy-tadqiqotchilik va tajribakonstrukorlik tashkilotlarini rivojlantirish, kichik innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash; fan yutuqlaridan keng foydalanish uchun iqtisodiy sharoitlar yaratish, O’zbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy ahamiyatga ega bo’lgan fantexnika yutuqlari keng tarqalishiga ko’maklashish; 8 ilmiy mehnat nufuzliligini oshirish, olimlar va mutaxassislar uchun turmush va ish sharoitlari yaratish. Milliy innovatsion tizim (MIT) bu xususiy va davlat instutlari va tashkilotlarining to’ri bo’lib ularning faoliyati va o’zaro hamkorligi yangi texnologiyalarni yaratish, o’zlashtirish, takomillashtirish va tarqatishga olib keladi. O’zbekistonda MIT hali ham shakllanish jarayonida (sxemaga qarang). 1-jadval Manba: daryo.uz saytidan olingan Innovatsion siyosatning negizlari mamlakatdagi real, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy vaziyatga mos keladigan iqtisodiy qonunlar to’plamini qabul qilish yo’li bilan asos solinadi. Boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari aynan ularda belgilab qo’yilgan. 9 O’zbekiston Respudlikasida bir qancha innovatsiyalar va ilmiytexnik faoliyatning tartibga soluvchisi me’yoriy-huquqiy xujjatlar ishlib chiqilgandir. Shulardan: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 545-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15-oktabrdagi “Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 545-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2022 yil 17-maydagi PQ-245-sonli “O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2021-yil 10dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi pq-42-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”4gi qarori shular kabilardandir. Zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyatni me’yoriy-huquqiy tartibga solish quyidagilarni ta’minlashi lozim bo’lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va joriy qilishni nazarda tutadi: 1) innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotishdan olingan foyda va mablag’larning bu ulushini imtiyozli soliqqa tortish hisobiga davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar va xususiy shaxslar o’z daromadlarining sezilarli qismini innovatsion faoliyatga kiritishdan manfaatdorligi; 2) kooperatsiya bo’yicha barcha hamkorlar va qatnashchilarning innovatsion g’oyani tovar ko’rinishigacha yetkazish va soliq to’lovlarini kamaytirish yoki soliqlardan ozod qilish hisobiga ularni bozorda tijorat asosida sotish; 3) innovatsion faoliyat qatnashchilarining kafolatlangan va imtiyozli kredit olish imkoniyati; 4) ilmiy jamoalarning ham, alohida olimlar va mutaxassislarning ham intellektual mulk huquqlari himoya qilinishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2022 yil 17-maydagi PQ-245-sonli “O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori 4 10 5) innovatsion jarayon qatnashchilari va ijrochilarining ham, bu jarayonlarni moliyalashtiruvchi investorlarning ham sug’urta himoyasi va umume’tirof etilgan ijtimoiy maqomini ta’minlash. 11 2. Innovatsion siyosat yo‘nalishlari Zamonaviy jahon iqtisodiy rivojlanishiga xos bo’lgan jihat dunyoning yetakchi mamlakatlari postindustrial jamiyat shakllanishining yangi bosqichiga – asosan bilimlar yaratish, tarqatish va foydalanishga asoslanadigan iqtisodiyot yaratishga o’tishi hisoblanadi. Noyob ko’nikma va qobiliyatlar, ularni doimiy ravishda o’zgarib turadigan faoliyat sharoitlariga moslashtirish, yuqori malaka yetakchi ishlab chiqarish resursiga, shaxs va tashkilotning ijtimoiy maqomi va moddiy farovonligining asosiy omiliga aylanadi. Intellektual kapitalga (inson kapitaliga) investitsiyalar resurslarni joylashtirishning eng samarali usuliga aylanadi. Nomoddiy aktivlar firmalar va korporatsiyalar mablag’larida tobora kattaroq ulushni tashkil etmoqda. Yangi fan-texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning jadallashuvi innovatsion siklning keskin qisqarishi, mahsulot va texnologiyalarni yangilash sur’atining tezlashishini belgilab berdi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, davlatning izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va uning tashqi bozordagi raqobatbardoshligi ta’minlanishi (texnologiyalar ortda qolishini bartaraf etish) birinchi navbatda rivojlangan milliy innovatsion tizim mavjudligi bilan ta’minlanadi. Milliy innovatsion tizimning barcha elementlari shakllanishi va samarali o’zaro aloqa qilishi davlat innovatsion siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi. U yoki bu mamlakatning davlat innovatsion siyosati, qoidaga ko’ra, ma’lum bir nazariy modelning «sof» ifodasi hisoblanmaydi, balki turli yo’nalishdagi choratadbirlar to’plamini ifodalaydi, bunda milliy innovatsion siyosatlarning jiddiy o’ziga xosliklarini qayd etish mumkin. Turli mamlakatlarning zamonaviy bosqichdagi innovatsion siyosatida quyidagi eng muhim yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin (1-jadval). Innovatsion siyosatni shakllantirishda uning harakatidagi asosiy yo’nalishni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, bu esa innovatsion siyosatning ikkita asosiy modelini ajratib ko’rsatishga imkon beradi. 1. Umummilliy yo’nalishdagi ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni bajarishga yo’naltirilgan innovatsion siyosat modeli. Bu yerda asosiy maqsad mamlakat uchun 12 ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan sohalardagi ijobiy imkoniyatlarning rivojlanishini rag’batlantirish hisoblanadi. 2. Ilmiy-texnik bilimlarni tarqatishga yo’naltirilgan innovatsion siyosat modeli. Bunday siyosatning asosiy maqsadi – yangi texnologiyalarni o’zlashtirish, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish qobiliyatini oshirish hisoblanadi. Bu ko’pincha innovatsion infratuzilmani, ta’lim tizimi va professional tayyorgarlikni takomillashtirishga tegishli. O’tkazilayotgan innovatsion siyosatga qarab, dunyo mamlakatlarini uch guruhga ajratish mumkin. 2-jadval Dunyo mamlakatlarida davlat innovatsion siyosatining asosiy yo’nalishlari: Innovatsion siyosat yo‘nalishi O’ziga xosliklar Innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruv va rejalashtirish tizimlarini optimalash Fan va innovatsiyalar Milliy innovatsion sohasida davlat Tizim strukturasini tomonidan optimallash moliyalashtirishni optimallash Fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish Universitet va korporatsiyalarning Mamlakat ichkarisida simmetrik yaqinlashuvini biznes va fanning rag’batlantirish (universitetlar) Fan va innovatsiyalar innovatsion sohasiga yirik davlat kooperatsiyasini qo’yilmalari va milliy rag’batlantirish xususiy kapitalni jalb qilish 13 Mamlakat Yaponiya, Norvegiya, Hindiston, Chili AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Tayvan, Avstraliya Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Sloveniya AQSh, Finlyandiya Isroil, Finlyandiya Innovatsion sohaga xorijiy kapital jalb qilgan holda xususiy sektorning innovatsion faolligini rag’batlantirish Kompleksli integratsiya Xalqaro innovatsion Tarmoqlarga integratsiya Texnologik ixtisoslashuv Innovatsion sohada aloqalar o’rnatish uchun maxsus Ichki innovatsion sharoitlar Tarmoqlarni yo’lga yaratish qo’yish Milliy mintaqalar tashabbuslarini rag’batlantirish Davlat fan sektorini qayta strukturalash Fan va ta’limni integratsiyalash tashabbusi bilan chiqish Buyuk Britaniya, Irlandiya, Xitoy, Koreya, Malayziya, Hindiston, Isroil Finlyandiya, Isroil, Niderlandiya, Xitoy Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Hindiston AQSh, Irlandiya Norvegiya, Fransiya, Germaniya, Finlyandiya Bolgariya, Polsha, Litva Latviya, Chexiya Estoniya, Ruminiya, Chexiya, Kichik va o’ta biznesni Milliy innovatsion Slovakiya, Latviya, innovatsion Tizimni shakllantirish Estoniya, sohaga jalb qilish Turkiya, Chili Yuqori texnologiyalar sohasida Chexiya, Ruminiya, ustuvor eksport Chili, yo’nalishlarini Turkiya aniqlash Manba: muallif tomonidan tuzildi 1. Fanda yetakchilikka, innovatsion siklning barcha bosqichlarini qamrab oladigan keng miqyosli maqsadli loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan, qoidaga ko’ra, harbiy sohada ilmiy-innovatsion salohiyat ulushi katta bo’lgan mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya). 14 2. Qulay innovatsion muhit yaratish, butun iqtisodiyotni optimallashga yo’naltirilgan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Shveyцariya). 3. Innovatsion infratuzilmani rivojlantirish, jahon fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga moyillikni ta’minlash, fan va texnologiyalar sohasida turli sektorlar harakatlarini muvofiqlashtirish yo’li bilan yangiliklar kiritishni rag’batlantiradigan mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya). Ta’kidlash joizki, har bir mamlakatda davlat innovatsion siyosatini shakllantirishga yondashuv mamlakatlarning milliy xususiyatlariga qarab farqlanadi: Finlyandiya – iqtisodiyotni diversifikatsiyalash; Fransiya – kichikroq texnologik firmalar yaratish; AQSh – milliy iqtisodiyotni qayta strukturalashni qo’llab-quvvatlash. Har bir davlat, o’zining innovatsion siyosatini ishlab chiqar ekan, o’z oldiga ma’lum bir maqsadlarni qo’yadi va rivojlanishning barcha ichki va tashqi omillari yig’indisni hisobga olib, talab qilingan innovatsion faollik darajasiga erishishga imkon beradigan u yoki bu taktika va strategiyani tanlab oladi. Innovatsion faollik darajalarini chegaralash(gradatsiyalash) quyidagi yo’nalishlarni ko’zda tutadi: 3-jadval Texnologik innovatsiyalarni Qisman ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar rag’batlantirish bilan cheklanadi; kiritishga yo’naltiriladi; Milliy iqtisodiyotni isloh qiladi; Jahon hamjamiyatining ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarini o’zgartiradi. Manba: muallif tomonidan tuzildi Innovatsion faollik darajasi to’laligicha innovatsion strategiya bilan, to’g’rirog’i, uning ko’rsatkichlari bilan belgilanadi, innovatsion jarayon esa bunda jamoat tizimining tarkibi bo’yicha ham, darajasi bo’yicha ham har xil elementlarini jalb qiladigan jarayonni ifodalaydi. Shu sababli bu elementlarning innovatsion 15 jarayondagi integratsiya darajasi va ularni amalga oshirish samaradorligi innovatsion strategiya ko’rsatkichlarining muvofiqlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Innovatsion strategiya bu – jamiyat rivojlanishi yo’nalishiga muvofiq texnologiyalarda ham, texnologiyalarni boshqarishda ham yangiliklar kiritishni tanlash va amalga oshirish tizimlarini o’zgartirish jarayonini belgilab beradigan qoidalar va me’yorlar to’plamidir. Innovatsion strategiyaning eng oliy vazifasi – innovatsion jarayon qatnashchilarining manfaatlari va turli yo’nalishdagi jarayonlarni maksimal darajada uyg’unlashtirish hisoblanadi. Yangiliklar kiritishni amalga oshirish, ko’p ilm talab qiladigan mahsulot chiqarish va eksport qilishda muvaffaqiyatga erishgan rivojlangan mamlakatlar tajribasi innovatsion siyosat rivojlanishi strategiyalarining ayrim turlarini ajratib ko’rsatishga imkon beradi. Ushbu strategiyalar quyidagilar: 4-jadval Oshirish Ko’chirib o’tkazish O’zlashtirish Manba: muallif tomonidan tuzildi «Ko’chirib o’tkazish» strategiyasi mavjud xorijiy ilmiy-texnika salohiyatidan foydalanish va yangiliklar kiritishni o’z iqtisodiyotiga ko’chirib o’tkazishdan iborat. Bu strategiya birinchi navbatda, Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda foydalanilgan, AQSh, Angliya, Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda xorijda talab yuqori bo’lgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish uchun yuqori samarali texnologiya litsenziyalar xarid qilingan, kelgusida fundametal tadqiqotlar va loyihalardan tortib to innovatsiyalarni joriy qilish, ularni mamlakat ichkarisida va jahon bozorida amalga oshirishgacha bo’lgan butun innovatsion siklni ta’minlagan o’zining ilmiy-texnik va ilmiyislomiy salohiyati yaratilgan. «O’zlashtirish» strategiyasi shundan iboratki, arzon ishchi kuchiga tayangan o’zining yo’qotilayotgan ilmiy-texnik salohiyati bir qismidan foydalangan holda 16 ilgari sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarish o’zlashtiriladi, kelgusida ishlab chiqarishga muhandislik-texnik hamkorlik qilish hamda iqtisodiyotning davlat va bozor shakllarini uyg’unlashtirgan holda innovatsion faoliyatni kuchaytirishni ta’minlash, o’zining ilmiy-tadqiqotchilik va tajribakonstruktorlik ishlarini o’tkazishga qodir bo’lgan ilmiy-texnik salohiyat tiklanadi. Bundan strategiya Xitoyda va Janubiy-Sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida qabul qilingan. Klassik misol – Janubiy Koreyaning raqobatbardosh avtomobil sanoati, yuqori samarali hisoblash texnikasi, maishiy elektronika vositalari ishlab chiqarishning yaratishi. Rivojlanish darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar, birinchi navbatda, AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya amal qiladigan «oshirish» strategiyasi shundan iboratki, o’zining ilmiy-texnik salohiyatidan foydalangan, chet ellik olimlar va konstruktorlarni jalb qilgan, universitetlarning fundamental fanlari va firmalarning amaliy fanlarini integratsiyalagan holda doimiy ravishda ishlab chiqarishda va ijtimoiy sohada amalga oshiriladigan yuqori texnologiyalar, yangi mahsulotlar yaratiladi, ya’ni innovatsiyalarni muntazam oshirish ro’y beradi. O’zbekiston mavjud intellektual salohiyatga va ilmiy-texnik resurslarga tayanadigan innovatsiyalarni faollashtirish strategiyasini tanlab olishi zarur. O’tgan asrning 50-60-yillarida SSSR , AQSh, Yaponiya va G’arbiy yevropa mamlakatlaridan iqtisodiyotning fuqarolik sektorlarida biroz ortda qolgan holda to’rtinchi texnologik ukladni o’zlashtirish, ilmiy-texnologik rivojlanishda jahon yetakchilaridan biri bo’lgan. Biroq 70-80-yillarda beshinchi texnologik ukladni o’zlashtirish va tarqatishda (mudofaa sanoati kompleksining ayrim yo’nalishlarini istisno qilganda) ortda qolish qayd etildi va kuchaydi, bu esa iqtisodiy o’sish sur’atining pasayishiga olib keldi. Shunday qilib, 90-yillarda Rossiyaning jahon texnologik makonidagi pozitsiyalari iqtisodiyotning texnologik tanazzulga uchrashi tufayli bir necha marta yomonlashdi. Bu beshinchi texnologik ukladni o’zlashtirish va tarqatishning asosi bo’lgan yuqori texnologiyali mudofaa kompleksining qisqartirilishi; sobiq SSSR 17 respublikalari va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi texnologik aloqalarning uzilishi; mashinasozlik va kengil sanoat korxonalarining aksariyati xususiylashtirilishi va vayron qilinishi; ko’p ilm talab qiladigan, yuqori innovatsiyalarni texnologiyali davlat tomonidan mahsulotlarning kamayishi; qo’llab-quvvatlashning tayanch qisqartirilishi, innovatsion strategiyaning yo’qligi; mahalliy texnologik tovarlar ishlab chiqarish o’rnini import egallashi; yangi raqobatbardosh mahsulotlarning asosi sifatida ixtirolar sonining keskin qisqarishi bilan asoslanadi. Oxirgi o’n besh yil ichida Rossiyada ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatning asosiy ko’rsatkichlari yomonlashdi: tadqiqotchilar, konstruktorlar, muhandislar soni keskin qisqardi, ularning sezilarli darajada qisqarishi ro’y berdi, ko’plab ilmiy, konstruktorlik va muhandislik maktablari soni minimal holatga keltirildi yoki umuman tugatildi. Ixtirochilik faolligi bir necha baravar pasaydi – aholining har 1000 kishisiga to’g’ri keladigan rezidentlarning ixtirolarga arizalar soni qisqardi. Demak, XXI asrning boshiga kelib, Rossiya tanazzulga yuz tutgan, deformatsiyalangan (shaklan o’zgargan), bir necha o’n yillikka ortga qaytarilgan innovatsion salohiyatga ega bo’ldi. Agar inersion-bozor strategiyasiga amal qilinadigan bo’lsa, bu holat kuchayadi va yana kamida ellik yilga cho’zilib ketadi. V.L.Inozemцev quyidagicha tavsiflaydigan holat ro’y beradi: «Bugungi Rossiyada boshqa barcha sharoitlar eng qulay bo’lgan holda u jahon ilmiy taraqqiyotining karvonboshisiga aylanishi uchun sharoitlar yo’q... Rossiya sanoati rivojlangan mamlakatga aylanish uchun harakat qilish mumkin va zarur, chunki postindustrial davlatlar doirasiga tez kirib borish uchun unda hech qanday imkoniyat yo’q. Rossiya yuzaga kelgan vaziyatdan faqat o’z kuchlariga tayangan holda chiqib keta olmaydi, u har qanday usullar bilan xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar oqimini jalb qilishi zarur... Rossiya postindustrial dunyo yetakchilari qatoridan o’rin egallash 18 imkoniyatini butunlay qo’ldan chiqardi va endi hech qachon bu o’rinlarga da’vogarlik qila olmaydi»5. Agarda Rossiya bir qutbli dunyoni shakllantirishga qarshilik ko’rsatadigan bo’lsa, u qashshoqlik va inqiroz yoqasiga kelib qolishi mumkin. Innovatsion-texnologik o’sish texnologiyasi – agarda u o’z vaqtida qabul qilinadigan va davlatning keng miqyosli qo’llab-quvvatlashida izchillikda amalga oshiriladigan bo’lsa – Rossiyaga texnologik jarlikka qulash yo’nalishini o’zgartirish hamda postindustrial jamiyatning moddiytexnik poydevori sifatida oltinchi texnologik ukladni o’zlashtirish va tarqatishning ayrim yo’nalishlarida yetakchi bo’lib olish uchun oxirgi imkoniyat beradi. Gap albatta, u jahon ilmiy yoki texnologik taraqqiyotining yetakchisi bo’lishi xaqida borayotgani yo’q. Biroq u XXI asring dastlabki o’n yilliklarida ilmiy-texnologik o’zgarishlarning ayrim yo’nalishlarida yetakchi bo’lib olish imkoniyatini hali saqlab turibdi. Lekin buning uchun ushbu imkoniyatlarni, mavjud salohiyatni to’g’ri baholash, ilmiy va texnologik «nisha»larni asosli ravishda belgilashi hamda o’z kuchlari va resurslarini ularni tezroq o’zlashtirishga mujassam etish zarur, chunki vaqt kutib turmaydi, kechikib qolish esa bu «nisha»larning boshqalar tomonidan band etilishiga olib kelishi mumkin. Innovatsion o’sish strategiyasini amalga oshirish va XXI asrda global ilmiytexnologik makonda munosib o’rin egallash uchun nimalar qilish kerak? Birinchidan, mamlakatning mavjud ilmiy, ixtirochilik va konversion loyihalarni, to’plangan ilmiy kashfiyot va ishlanmalarni, mahalliy ixtirolarni, konstruktorlik yutuqlarini inventarizatsiyalash, ob’ektiv malakali baholashni o’tkazish, Rossiya yetakchi o’rinlardan birini egallash yoki yetakchilar orasida bo’lib qolishi (oltinchi ukladning dastlabki ikki avlodini o’zlashtirish va tarqatish davrida, 10-20 yil) mumkin bo’lgan kam sonli ustuvor yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish uchun potensial samarasi va yangilik darajasi bo’yicha ularni texnologik ukladlar va avlodlar bo’yicha tasniflash. Bu yerda ixtiro uchun berilgan arizaning 5 Голованов Е.Б. Теневая экономика. Конспект лекций.-Челябинск, 2015.-С.8. 19 jahon miqyosidagi yangiligini baholaydigan patent idorasi ekspertlari foydali bo’lishi mumkin. Lekin ularning soni kam. Innovatsion mahsulotlar yangiligi, raqobatbardoshligi va samaradorligiga asosli baholar berishga qodir bo’lgan akademik olimlar va oliy o’quv yurtlarining professoro’qituvchilari, texnologlar va iqtisodchilarni jalb qilish, ITKIga qo’yilmalar va investitsiyalarni kutilayotgan – iqtisodiy (tijorat) va boshqa foydali natijalar bilan taqqoslash lozim. Inventarizatsiya bo’yicha ishlar birinchi navbatda, innovatsion-texnologik ustuvorliklar bo’yicha o’tkazilishi va nafaqat fuqarolik mahsulotlarini, balki ikki xil yo’nalishdagi vazifalar bajaradigan mudofaa texnologiyalarini ham qamrab olishi lozim; bunga yetarli miqdorda byudjet mablag’lari ajratish zarur. Bunday ishlar MDH boshqa mamlakatlarida, birinchi navbatda, uni tarmoqlarda integratsiya uchun yetarli salohiyatga ega bo’lgan mamlakatlarda (Ukraina, Belarus, Qozog’iston) ham o’tkazish maqsadga muvofiq. Ikkinchidan, mamlakat ichkarisida ham, sanoat texnologiyalaridan foydalanish xalq xo’jaligida (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy) eng katta samara, shuningdek, MDH mamlakatlari va boshqa manfaatdor mamlakatlar bilan sa’yharakatlarni birlashtirishda integratsion samara beradigan jahon bozoridagi integratsion maydonda ham texnologik «nisha»larni baholash bo’yicha ishlarni parallel ravishda o’tkazish mumkin. Gap innovatsion o’sish katta samara berishi mumkin bo’lgan global, sivilizatsion va milliy rivojlanishning «og’riqli nuqtalari»ni aniqlash xaqida boradi. Bu nafaqat tamomila yangi sanoat va qishloq xo’jaligi tovarlari, transport va axborot xizmatlarining shakllanayotgan bozorlari, balki sog’liqni saqlash, xavfli epidemiyalarga qarshi kurashish, ekologiya, ta’lim, madaniyat va h.k. sohalardagi milliy va global muammolarni hal qilishda jiddiy o’sishga erishish mumkin bo’lgan yo’nalishlar hamdir. Bu yerda, albatta, birinchi o’rinda iqtisodchilar turadi, lekin tibbiyot mutaxassislari, demograflar, pedagoglar, madaniyat namoyondalari va boshqalar ham kerak. Uchinchidan, aytib o’tilgan ikki yondashuvni birlashtirish istiqbolli jahon bozorlarida va ayniqsa, avvalgi ilmiy va texnologik aloqalar saqlanib qolgan hamda yangi avlod texnika va texnologiyalarini birgalikda o’zlashtirish va uchinchi 20 mamlakatlar bozorlarida birgalikda ishtirok etish ehtiyoji vujudga kelgan MDH mamlakatlarining qayta integratsiyalanayotgan bozorlarida ishtirok etish uchun strategik innovatsion ustuvorliklar ro’yxatini aniqlashga imkon beradi. Kuchlarni sochib yubormaslik uchun bunday ustuvor yo’nalishlar ro’yxati keng bo’lmasligi, shu bilan bir paytda differensiatsiya qilingan, faqat integratsion-innovatsion o’sishda ishtirok etishga qiziqishi va imkoniyatlari bo’lgan manfaatdor mamlakatlarnigina qamrab olishi lozim. Biroq MDH mamlakatlari bilan cheklanib qolmaslik kerak; ayrim yo’nalishlar bo’yicha Sharq mamlakatlari (Hindiston, Xitoy), Boltiqbo’yi va sobiq Iqtisodiy hamkorlik ittifoqi mamlakatlari (Vetnam, Sharqiy yevropa davlatari), shuningdek, G’arbiy yevropa mamlakatlari (Germaniya, Fransiya, Italiya) bilan birgalikdagi ustuvorliklar, innovatsion dasturlar va loyihalar amalga oshirilishi mumkin. To’rtinchidan, birgalikdagi muhim qiziqishlarni ifodalaydigan tanlab olingan va muvofiqlashtirilgan integratsion-innovatsion ustuvorliklar qatnashchilar soni har xil bo’lgan davlatlararo maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion dastur va loyihalarning ob’ektiga aylanishi lozim. Hozircha bunday dastur va loyihalar soni juda kam bo’lib, ularning sonini oshirshi talab etiladi. Shu bilan bir paytda yevropa Ittifoqi dasturlari doirasidagi loyihalarda, «Evrika» yevropa investitsion dasturida, ЦERN yevropa reaktori va Xalqaro kosmik stansiya turidagi boshqa xalqaro dastur va loyihalarda faolrok ishtirok etish zarur. Beshinchidan, istiqbolda beshinchi va oltinchi texnologik ukladning ilg’or texnologiyalarini o’zlashtirish uchun investitsiyalarning, avvalo to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining innovatsion yo’nalganligini ta’minlash zarur. Xorijiy qatnashchilar ishtirokidagi investitsion loyihalarning ham, investitsion va boshqa asbob-uskuna va texnologiyalar xaridining ham innovatsion-texnologik ekspertizasi aynan shunga qaratilgan bo’lishi lozim. Eksportni qo’llab-quvvatlash va import o’rnini bosish siyosati, bojxona siyosati innovatsion ustuvorliklarni qo’llabquvvatlashga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Oltinchidan, innovatsion o’sish strategiyasning global jihatlarini institusional ta’minlash zarur. Gap avvalo, xalqaro huquq me’yorlariga javob beradigan 21 qonunchilik xaqida, qulay innovatsion muhit yaratish xaqida, tashqi bozorda innovatsion ustuvorliklarni amalga oshirish qatnashchilarining manfaatlarini va mahalliy intellektual mulkni himoya qilish xaqida boradi. Innovatsion ustuvorliklarni amalga oshirish hamda tashqi bozorda innovatsion dastur va loyihalarni bajarishda rossiyalik qatnashchilarning pozitsiyalarini mustahkamlash uchun xalqaro strategik ittifoqlar va baynalmilal korporatsiyalar yaratish yo’lidan borish zarur. Ettinchidan, jahon bozorlarida innovatsion o’sish uchun kadrlar masalasini hal qilishda yangicha yondashuvlar zarur. Xorijga emigratsiya qilgan ilmiy xodimlar yirik va hozirgacha amalda foydalanilmay qolib kelayotgan zaxira hisoblanadi. Baholarga ko’ra, 1991-1997 yillarda ularning soni 13,6 ming kishini tashkil qilgan, ularning ko’pchiligi xorijiy tadqiqotchilik tashkilotlari va universitetlarda bilim va tajriba orttirgan bo’lib, rossiyalik ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda faol hamkorlik qilishi mumkin. Tanlab olingan strategik ustuvorliklar bo’yicha fan, oliy o’quv yurtlari va ishlab chiqarishning integratsiyasi ularni amalga oshirishga iqtidorli yoshlarni jalb qilishga xizmat qiladi. Har bir innovatsion dasturda (loyihada) innovatsion o’sishni kadrlar bilan ta’minlash, jumladan, shu sohada xalqaro hamkorlikni ta’minlash bo’yicha resurslar bilan ta’minlangan bo’lim ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. 22 3. Zamonaviy sharoitda O‘zbekistonda innovatsion faoliyatning holati va uni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari Iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarida innovatsiyalarni boshqarishning asosini rejalashtirish, motivatsiya va nazorat qilish funktsiyalari tashkil etadi. Boshlanish nuqtasi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, resurslar imkoniyatlarini va bozorda mavjud yoki potentsial talabni muvofiqlashtirishni o’z ichiga olgan rejalashtirish funktsiyasidir. Bu, birinchi navbatda, maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan investitsiyalarni yaratishni ta’minlaydi. Natijada, innovatsion faoliyatni rejalashtirish innovatsion mahsulotlarni etkazib berish, sotish xavfini va moliyalashtirishning etarli emasligi xavfini minimallashtirishga imkon beradi. Innovatsion faoliyat zamonaviy jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini tavsiflovchi asosiy omil bo’lib, bu hukumat va mahalliy darajada qayd etiladi. Innovatsion jarayon fundamental va amaliy tadqiqotlar, konstruktorlik ishlanmalari, marketing, ishlab chiqarish va sotish bosqichlaridan o’tib, g’oyaning mahsulotga izchil o’zgarishini o’z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi vaqtda innovatsion faoliyat - bu ishlab chiqarish, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zini keyingi innovatsion rivojlanish samaradorligini oshirish maqsadidan tizimli ravishda o’zgartirish, ishlab chiqarishning yangi yoki yangilangan usuli va uni tashkil etish tufayli mahsulotning yangi sifatini olish uchun ilmiy, texnik va intellektual salohiyatdan foydalanish bo’yicha maxsus chora-tadbirlar tizimidir. Zamonaviy rivojlanish bosqichida bu kabi vazifalarni hal etishni innovatsion faoliyatni jonlantirishga yo’naltirilgan sharoitlarni yaratmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Innovatsion iqtisodiyotni qurishda sanoat korxonalari muhim rol o’ynaydi, ular kelgusi iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy natijalarni yaratadi. Innovatsiyalarni rivojlantirishda asosiy rol fundamental tadqiqotlar olib boradigan, mutaxassislar tayyorlaydigan, ilmiy hamkorlik va almashinuv uchun 23 shart-sharoitlarni ta'minlovchi, yangi kompaniyalarning paydo bo'lishiga hissa qo'shadigan universitetlarga tegishli. Ilmiy innovatsiyalarda, qoida tariqasida, fundamental tadqiqotlar va ilmiy ta'limini davlat tomonidan moliyalashtiradigan mamlakatlar muvaffaqiyatga erishadi. O‘zbekistonda fan va innovatsiyalar bo’yicha barcha jarayonlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bilan shug’ullanish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida»6gi PQ3416-sonli qarori bilan innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik O’zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organiga aylandi. Innovatsiyani rivojlantirish bo’yicha so’nggi besh yilda turli tarmoqlardagi innovatsion va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘zining ishlanmalari, o‘sish nuqtalarini izlash bilan shug‘ullanuvchi 10 ga yaqin davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan quyidagi tashkilotlar tashkil qilindi: 1. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi. 2. Xalqaro molekulyar allergologiya markazi. 3. "Yashnobod innovatsion texnoparki" DUK. 4. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi. 5. Ilg’or texnologiyalar markazi. 6. “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” DUK. 7. Ilmiy-texnik axborot markazi. 8. "Yoshlar innovatsiya markazi" DUK. 9. "Innovatsiya texnologiyalari markazi" MCHJ. 10. "Innovatsiya, texnologiya va strategiya" markazi. 6 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyayevning 2017 yil 29 noyabrdagi qarori 24 Bugungi kunda innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, ilmiy texnik faoliyatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakat ilmiy salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish tizimining asoslari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019 — 2021 yillarda o’zbekiston respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF5544-sonli, 2020 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF-6097-sonli, 2021 yil 1 aprel kungi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo’yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi PF6198 sonli Farmonlariga, shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3365-sonli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-3416 - sonli, 2018 yil 27 aprelda «Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida» PQ3682-sonli Qarorlari hamda 2020 yil 24 iyuldagi O’zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to’g’risida” 7gi O’RQ-630-sonli Qonuniga asoslanadi. Yuqoridagi qonun, farmon va qarorlar ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik va laboratoriya - eksperimental bazani mustahkamlash, innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yaqin kelajakda ilmiy infratuzilmalarning moddiy –texnik, laboratoriya va tajriba bazalarini kuchaytirish maqsadida respublikada ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan har tomonlama tizimli o’zgarishlar asosini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Biroq, bugungi kunda mamlakatda tarmoqda innovatsiyalarni jadal rivojlantirish uchun qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani yangilashga ham 7 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi 2020 yil 24 yanvar .//Xalq so`zi , 2020 yil 25 yanvar. farmoni 25 e’tibor qaratishi zarur. Shu bilan birga, standartlar predmetlarini mavjud va kelajak texnologiyalarga muvofiqligini muntazam ravishda tahlil qilib borish kerak. 5-jadval Yo'nalishlar Holat Rivojlantirish imkoniyatlari Texnologiyalarni O’zbekistonda rivojlantirish sohasini yaxshilash IT Yetarli dasturlash tillarini o’qitilishi va rivojlantirilishi, IT texnologiyalari bo’yicha loyihalar Tadbirkorliknin o’stirish Startaplar To’g’riroq, kichik ekosistemasining o’rta bizneslarga rivojlantirilishi moliyaviy va va ma’rifiy qo’llab-quvvatlash Texnologik sohalar uchun Ma’naviy-ma’rifiy loyihalar va onlayn ta’lim o’quv-uslublar va ta’lim infrastrukturasi platformalari orqali sohalarni rivojlantirish texnologik bilimlarni oshirish Innovatsion loyihalar va Innovatsion loyihalarni To’g’riroq va innovatsion Fanlararo-texnologik startaplar moliyaviy uchun moliyalashtirishning qo’llab- qulayliklari quvvatlash startaplarni qo’llab- quvvatlash uchun dastlabki daromadlarni moliyaviy yanada kengaytirish Intelektual himoya qilish mulkni Intelektual mulkni Intelektual himoya mulk qilishni huquqlarini himoya qilish rivojlantirish va ularga berishning rivojlantirilishi Manba: muallif tomonidan tuzildi 26 e’tibor 4. Innovatsion siyosatning xorij tajribasidan foydalanish Iqtisodiyotni modernizatsiyalash mamlakatni innovatsion rivojlantirishning asosiy va muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, ya’ni yangi g‘oya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalo, ta’lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini rag‘batlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga ko‘maklashadigan bir qator aniq texnik yechimlarni joriy qilish talab etiladi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir. Aks holda, O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borish asosiy masallardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko‘tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo‘lib, o‘z faoliyati doirasida yuqorida aytib o‘tilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Innovatsion rivojlanish tizimli jarayon bo‘lib, aniq belgilangan chora-tadbirlarni rejaga asosan, ya’ni strategik tarzda amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son farmoni bilan 2019– 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish maqsadli ko‘rsatkichlarining tasdiqlanishi ayni muddao bo‘ldi. Strategiyaning bosh maqsadi etib mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi darajasi va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson 27 kapitalini rivojlantirish ko‘rsatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi esa strategiyaning muhim vazifalaridan biri deb belgilangan. Ma’lumki, innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. “Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio”so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish”(yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida”8 deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi. “Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi. Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Innovatsiyalarni yaratish,aniqlash va joriy etishga qaratilgan huquqiy,tashkiliy,iqtisodiy,texnologik shart-sharoitlar,qarorlar,usul va uslublar yig‘indisi hamda ulardan amaliyotda foydalanish esa innovatsion siyosat debataladi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda innovatsion siyosatning o‘tkazilishi, eng avvalo, muayyan tarmoqlarda innovatsion salohiyatga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. Bunday siyosat, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning texnik jihozlanganligini yaxshilash, tarmoqlar, korxonalarning texnologik darajasini ko‘tarish, umuman milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va boshqa shu kabilardan iborat bo‘lgan qo‘shimcha raqobat 8 Api.ziyonet.uz 28 ustunliklari manbalarini aniqlashga qaratiladi. Ikkinchidan esa, raqobat ustunliklari ko‘pincha bozorning yirik raqobatchilarda keltiradigan daromadining kamligi va o‘zlashtirish vaqtida ko‘lamlarining kichikligi tufayli qiziqish uyg‘otmaydigan bo‘g‘inlarida yaratiladi. Uchinchidan, raqobat ustunliklariga uzluksiz ravishda mablag‘lar sarflashni talab etadigan yangi ishlanmalar muntazam mukammalashib borgan taqdirdagina saqlab qolinadi. Shulardan kelib chiqib, aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda davlatning investitsion-innovatsion o‘zgarishlar siyosati ilmiy-texnologik tsiklning barcha bosqichlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishni hisobga olgan holda shakllantirilar ekan. AQSH, Yaponiya, Germaniya va Frantsiya tajribasining ko‘rsatishicha, mamlakatning barqaror rivojlanishiga erishining muhim omillari investitsiyalar va innovatsion ishlanmalar hisoblanar ekan, mana shuning uchun ham bu mamlakatlarda investitsion jarayonni faollashtirish uchun sharoitlar yaratib berish vazifalari, xususan innovatsion strategiyasini yaratish, milliy iqtisodiyotning preferentsial tarmoqlariga selektiv yordam ko‘rsatish, xususiy va qarz investitsiyalarini jalb etish va joylashtirish hamda to‘g‘ridanto‘g‘ri va portfel investitsiyalar o‘rtasidagi munosabat masalalari birinchi darajali bo‘lib hisoblanadi. 6-jadval Yo’nalishlar Foydalanish Xususiyatlari va foydalari imkoniyatlari Xorij innovatsion Xorij davlatlari Xorij siyosatlarining siyosatlaridan innovatsion foydali o’rganish siyosatlarining innovatsion ta’tilda o’qish, rivojlantirilishi ularning muvofiq aloqalarini ta’minlash texnologik rivojlantirish strategiyalarini o’rganish 29 o’zining strategiyalari va faoliyatining uchun nazariy Xorij innovatsion Xorij innovatsion O’zbekiston innovatsion siyosatining amaliy siyosatlarining siyosatining samaradorligini amaliy mustahkamlash, tahlil qilish samaradorligi ularning va innovatsion muvofiq foydalanish mustaqil o’zini global yo’nalishlardan sohalarda qilayotgan ishlari analiz qilish Xorij siyosatlarining Xorij innovatsion Qabul qilingan xorij innovatsion o’zini o’rganish va siyosatlarining siyosatlarining ularning innovatsion yo’nalishlari bilan qabul qabul qilinadigan qismlari qilingan modelllari ularning va muvofiq yo’nalishlari Xorij innovatsion Xorij siyosatlarining rivojlanishi o’zbek siyosatlarining o’zbek innovatorlariga qanday o’xshash O’zbekiston innovatsion siyosati uchun va rivojlanish tajribani joriy etish ularning va qanday farq qilishi innovatsion moddeliga bosqichlari ta’siri, O’zbekistonning xorij innovatsion siyosatlarining va ularning muvofiq elementlarini qo’llab-quvvatlash va uning rivojlanishini yaxhsilash rivojlanishini qo’llab-quvvatlash Manba: muallif tomonidan tuzildi Jahon tajribasini o‘rganib quyidagicha xulosa qilish mumkinki, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning investitsion omili ichki raqobatning rivojlanishini kuchaytiradi, mahalliy iste’mol yo‘naltirilgan tarmoqlarni bozorini rivojlantirish kengaytiradi, uchun yangi eksportga shart-sharoitlar yaratadi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish uchun moddiy baza bo‘lib xizmat qiladi. 30 O‘zbekiston sharoitlarida bunday samarali investitsion-innovatsion siyosatni qo‘llash, bizning fikrimizcha, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilishga, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga, infrtatuzilmani, transport va aloqa vositalarini kengaytirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, mahalliy tovarlar va texnologiyalarni tashqi bozorlarga olib chiqish jarayoni va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or shakllarini o‘zlashtirilishi bilan uzviy bog‘liq. Xorijiy investitsiya mamlakatlarda dasturlari, soliq (AQSH, va Yaponiya investitsiya mamlakatlari) imtiyozlari, maqsadli jadallashtirilgan amortizatsiya siyosati kabi moliyaviy oqimlarni boshqarish vositalaridan foydalanish orqali amalga oshirilayotgan innovatsion jarayonlar mamlakatning makroiqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, AQSH va Yaponiyada iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadlarida soliq islohotlari o‘tkazildi va amortizatsiya chegirmalari tizimi takomillashtirildi. Jadallashtirilgan amortizatsiya siyosati ishlab chiqarish apparatini yangilash negizida raqobatbardosh tarmoqlar rivojlanishini tezlashtiradi. Bunda yaratilgan amortizatsiya fondi ish haqi manbai sifatida foydalaniladigan joriy daromadlar fondidan takror ishlab chiqariladigan kapital fondiga aydanadi va u ayniqsa inqiroz sharoitida iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chet mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, yirik moliya-sanoat birlashmalari qo‘llab-quvvatlash ham innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari qatoridan o‘rin olgan. O‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, moliya-sanoat birlashmalari yirik moliya va sanoat kapitaliga ega yuridik shaxslarning birlashuvini ifodalaydi. Moliyasanoat birlashmalari iqtisodiyotning innovatsion yo‘lga qadam qo‘yishiga yordam beradi, ilmiy-texnik yutuqlarni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlar yaratadi, mamlakat iqtisodiyotiga barqarorlik va boshqaruvchanlik baxsh etadi. Ta’kidlash joizki, asosiy kapitalning o‘sib borishida nisbatan yirik korporatsiyalarning ulushi katta bo‘ladi, ular o‘rtasida qo‘shilib ketish va yutilish hisobiga yuzaga kelgan eng yiriklari alohida ajralib turadi. Shuningdek, bunda yirik korxonalar bilan alohida tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab31 quvvatlovchi kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni kuchaytirishga yordam beruvchi xo‘jalik va moliyaviy mexanizmlarning yaratilishi iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Konsolidatsiyalashtirilgan kapitalni davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligi bozor yo‘nalishidagi amaliy-tadqiqotchilik markazlarining rivojlanishida o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyotni innovatsion tavsifda rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi mintaqaviy rivojlanish sohasida uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish hisoblanadi. Bunday siyosat Italiyada muvaffaqiyat bilan olib borilmoqda va u o‘zaro bog‘liq vazifalarning yechimini topishga, xususan, investitsiyalar va yangiliklarni joriy etish asosida raqobat ustunliklarini yaratishga qaratiladi. Bu yerda mintaqaviy rivojlanish dasturini amalga oshirishda alohida mintaqalarning o‘ziga xos xususiyatlari, sanoat qudratining rivojlanish darajasi, yuqori malakali kadrlar va ilmiy-tadqiqot markazlarining mavjudligi e’tiborga olinadi. Bu mintaqada ilg‘or ilmiy markazlarni va Italiya iqtisodiyotida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan nisbatan rivojlangan va raqobatbardosh tarmoqlarda yo‘ldosh ishlab chiqarishlarni yaratishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunday siyosat alohida mintaqalarning rivojlanishidagi notekislik va qoloqlikni bartaraf etishga imkon beradi. Italiya tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqalar iqtisodiyotini tartibga solish tarmoq va hududiy ustuvorliklarni o‘stirish tamoyiliga rioya etilgan shroitda ancha samarali hisoblanadi. Mazkur holatda eng kuchli raqobat ustunligiga ega tarmoq yuqori darajada murakkab talab yaratadi va ham ichki, ham tashqi bozor uchun sanoat ahamiyatiga molik mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beruvchi sifatida chiqadi. Bunday siyosat yuritish orqali iqtisodiy jihatdan nisbatan qoloq mintaqalarni ularning hududida bozorga oraliq mahsulotlar yetkazib beradigan aralash tarmoqlarni joylashtirish hamda ularning xususiy ilmiy-maorif bazasini, tadqiqot laboratoriyalarini barpo etish yo‘li bilan iqtisodiy rivojlanishini jadallashtiradi, bu esa markaziy hokimiyatning qarz va subsidiyalaridan foydalanishga qaraganda ko‘proq samara keltiradi. O‘zbekiston sharoitida davlatning bunday qo‘llabquvvatlash tajribasidan foydalanish, bizning fikrimizcha, alohida hududlarning teng 32 rivojlanishiga respublika sanoati aralash tarmoqlarida innovatsion faoliyatni faollashtirishga yordam ko‘rsatishi mumkin. Xorijda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan yana biri fiskal siyosat o‘tkazishdir, uning yordamida davlat mamlakatning makroiqtisodiy ahvoliga ta’sir ko‘rsatadi. Modomiki, tartibga solishning mazkur turi bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar qisqa vaqt oralig‘ida o‘z natijalarini berar ekan, demak u ancha ta’sirchan usul hisoblanadi. Germaniyaning fiskal tartibga solish sohasidagi tajribasi shundaki, bunda davlat federal yerlarning soliq salohiyatini tenglashtirish davomida transfertlardan foydalanadi hamda “jon boshiga” to‘g‘ri keladigan daromadlarni tenglashtirishda esa “aks transfert”larni faol qo‘llaydi. 33 Xulosa va takliflar Yuqoridagi ta'riflar asosida innovatsion siyosatning quyidagi maqsadlarini shakllantirish mumkin: – innovatsion faoliyatni rivojlantirishning huquqiy asoslarini shakllantirish; – mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni yaratish; – davlat, fan va biznesning o‘zaro hamkorligini rag‘batlantirish; – jamiyat hayotining turli jabhalarida ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish; va boshq. Metodologik jihatdan innovatsion siyosat bir qator muhim tamoyillarga asoslanadi: – fundamental tadqiqotlar rivojlanishini rag‘batlantirish; – innovatsion siyosatning asosi sifatida mahalliy ilmiy salohiyatdan foydalanish; – huquqiy munosabatlarni tartibga solish, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish va innovatsion faoliyatni texnik jihatdan ta’minlashda davlatning alohida rolini e’tirof etish; – ilmiy-texnikaviy faoliyat va ta’limning integratsiyasi; – resurslarni fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga jamlash; – ilmiy-texnikaviy sohalarda raqobat va tadbirkorlik uchun tegishli shartsharoitlar yaratish; – barcha darajadagi malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratish va ta’minlash; – davlatning zamonaviy yutuqlarini targ‘ib qilish va ularni yanada yuksaltirish muqarrarligini, shuningdek, mamlakat uchun ahamiyatini anglash. 34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Инновационное развитие: экономика, интеллектуальные ресурсy, управление знаниями/ Под. ред. Б.З. Мильнера. – ИНФРА-М, 2010. 2. Бабаскин С.Я. Инновационный проект: методy отбора и инструмента анализа рисков: Издательство «Дело» АНХ, 2009. – 240 с. (Сер. «Образовательнyе инновации») 3. Стерхова С.А. Инновационный продукт: инструментy маркетинга: Издательство «Дело» АНХ, 2008. – 296 с. (Сер. «Образовательные инновации») 4. Инновационный тип развития экономики. Учебник. / Под общей редакцией. А.Н. Фоломьева. – М.: РАГС, 2008. 5.Генри Чесбро. Открyтые инновации/Пер. с англ. В.Н. Егорова. – М.: Поколение, 2007. – 336с. 6. Харгадон, Эндрю. Управление инновациями. Опыт ведущих компаний: Пер. с англ. – М.: ООО «И.Д. Вильямс», 2007 – 304 с.: ил. – Паралтит.англ. 7. Кузyк Б.Н., Яковец Ю.Б. Россия – 2050 Стратегия инновационного развития. –М.: «Экономика», 2008 – 621 с. 8. Васильев Л.Н. Развитие инновационной деятельности в США или как удвоить ВВП. –М.: Экономика, 2005 – 406 с. 9. Abdurahmonov Q.Х. Mehnat iqtisodiyoti – Т.: MEHNAT, 2009 - 540 . 10. Гончаренко Л.П, Арутюнов Ю.А. Инновационная политика. Учебник. – М.: КНОРУС, 2010. 35
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )