O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim , fan va Innovatsiyalar vazirligi __________________________________________ ___________________universiteti Iqtisodiyot fakulteti___ guruh __-kurs talabasining “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan “Pandemiya sharoitida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi, ijtimoiy siyosat” mavzusi bo‘yicha Kurs ishi Bajardi: __________________ Tekshirdi: _________________ TOSHKENT-2025 MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………….. 3 1. Aholini ijtimoiy himoya qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati……. 5 2. Aholini ijtimoiy himoya qilishning turlari va shakllari ……………… 14 3. Aholini ijtimoiy himoya qilishning oʻziga xos xususiyatlari…………. 24 4. Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining hozirgi holati.. 32 5. Ijtimoiy himoya tizimining chet el tajribasi…………………………... 34 6. Oʻzbekiston Respublikasida Aholini ijtimoiy himoya qilishning 39 tizimini yanada takomillashtirish yoʻllari…………………………... Xulosa va takliflar…………………………………………………….. 41 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………… 2 43 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy himoya — bu insonning hayoti va faol mavjudligi ehtiyojlarini qondirish, hayot sharoitining minimal darajasini kafolatlashga qaratilgan tadbirlar va muassasalar tizimidir. Aholini ijtimoiy himoya qilishdan maqsad: oilalar va individlarning moddiy ehtiyojlarini ta`minlash, nafaqaxo`rlar va nogironlarni himoya qilish, oilalarni birdamligini saqlash, bolalarga sog`lom va xavfsiz voyaga yetishlari uchun zamin yaratishdan iborat. Butun dunyoda aholini ijtimoiy himoya qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Jahon banki hisob kitoblariga ko‘ra, 2020 yilda boshlangan “Covid-19” pandemiya inqirozi tufayli jahon iqtisodiyoti 5.2 foizga, jumladan rivojlangan mamlakatlarda YAIMning o‘sish darajasi 7 foizga, bozor munosabatlari shakillanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda 2.5 foizga, aholi jonboshiga daromadlar 3,6 foizga kamayishi natijasida, dunyoda 60 million odam judayam qashshoqlashishini prognoz qilgan edi. O‘zbekistonda pandemiyadan so‘ng aholini ijtimoiy himoya qilish uchun dasturlar ishlab chiqildi. Prezidentimiz takidlaganlaridik, “Mamlakatimizda kam taminlangan aholi qatlamlari tahminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu borada xalqaro mezonlar asosida “kambag‘allik” tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi metologiyani yaratish lozim” 1. 2022 — 2026- Yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olish bo‘yicha dasturlar belgilab olingan. Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi. Rivojlangan demokratik jamiyatda Ijtimoiy himoya vazifalarini bajarishni davlat oʻz zimmasiga oladi. "Ijtimoiy himoya" tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha qonun" ida qoʻllanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda Ijtimoiy himoya ning koʻpgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda koʻp. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi, 25.01.2020 3 ahamiyatlidir. O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani Professorlar A.V.Vahabov, B.B.Bahtiyorov, R.A.Alimov, D.R.Rustamovlar2 hozirgi holatini o‘rganib o‘z takliflarini bildirishgan. Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi tizimlarini ishlab chiqish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining vazifalari. Quyidagi maqsadlardan kelib chiqqan holda kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan va hal etilgan; - O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat tizimidagi kamchiliklarni o‘rganib chiqish va shu asosida tavsiyalarni ishlab chiqish; - Chet el mamlakatlarining ijtimoiy himoya tizimini o‘rganib chiqish va O‘zbekistonda tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; - Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Kurs ishi tarkibida kirish, asosiy qismda 6 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Mavzuni mazmunini boyitishda 7 ta jadval, 5 ta rasm va statistia ma’lumotlar berilgan. 1.Aholini ijtimoiy himoya qilishning ijtimoiy-iqtisodiy axamiyati. A.V.Vahabov, B.B.Bahtiyorov, R.A.Alimov, D.R.Rustamov, “Aholini ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligini kuchaytirish mehanizmi takomillashtirish’ 2 4 O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni qurishdagi ahamiyatini ortirib borish bilan asoslanadi. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va xozirda uni takomillashtirish muhim masanla bo‘lib turibdi. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jixatdan yangi bosqichga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo‘llabquvatlashning zamonaviy tizmiga o‘tish jarayoni boshlandi. Adolat tushunchasining kelib chiqishi to‘risidagi talimotni buyuk ajdodimiz Abu Nasr Farobiy yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir adolat g‘oyasini jamiyatning asosiy davrlariga nisbatan qarab chiqan. Bunda u insoniyat jamiyatning kelib chiqishida tabiiy ehtiyojlar yotishini, bu ehtiyojlarni uyg‘unlashtirish esa adolat tuyg‘usini shakllantirishni takidlagan edi. Keyingi besh yil davomida mamlakatimizda keng miqyosidagi demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” degan tushunchasi real voqelikka aylanmoqda. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, biz mamlakatimiz yangilanish davriga qadam qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqiy etgan mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamyat qaratmoqdamiz. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, so‘z va diniy e’tiqod erkinligi, gender tenglik bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimiz nufuzli halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikkda izchil mustahkamlanib bormoqda. O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagan. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha komleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqorolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqorolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilshini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvatlashga etibor berilmoqda. 5 Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda. Bunda ushbu toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda. Yoshlar daftari. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi. 1-Jadval 2021-yilda yoshlar daftariga kirish uchun yuborilgan arizalar statistika 3 Arizalar soni Foizda Kelib tushgan arizalar 202 649 - Qabul qilingan 139 863 69 % Rad etilganlar 59 841 29.5 % Ko‘rib chiqalayotganlar 2 945 1.5 % Tuman (shaharlar)dagi har bir sektor kesimida mahallabay “Yoshlar daftari”ga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi: ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar — muomalaga va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yo‘qotgan, yetim, «Mehribonlik» uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalangan, muqaddam sudlangan, probasiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlar, shuningdek, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi farzandlari Ayollar daftari. 2021-tilda Toshkent viloyati bo‘yicha “Ayollar daftari”ga jami 37 709 nafar ayollar kiritilgan shundan 19067 nafariga yordam ko‘rsatilgan yoki belgilangan reja 50,6 foiz bajarilgan. 3 https://yoshlardaftari.uz/#/ 6 2-Jadval “Ayollar daftari’ga kiritilgan hotin-qizlarga ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risida ma’lumot 01.04.2021 yil holatiga4 18256 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollar ro‘yhatga kiritilgan bo‘lib 30 mart 1 holatiga 8 815 nafarini bandligi ta'minlangan 3815 nafari boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand ayollar ro‘yhatga kiritilgan, 2 shundan 1782 nafariga yordam ko‘rsatildi 786 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1-guruh nogironligi bo‘lgan ayollar ro‘yhatga 3 kiritilgan, shundan 280 nafariga, 2307 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 2-guruh nogironligi bo‘lgan ayollar ro‘yhatga kiritilgan bo‘lib, shundan 822 nafariga yordam ko‘rsatildi 512 nafar uy-joyini ta'mirlashga muhtoj 1-guruh nogironligi bo‘lgan ayollar ro‘yhatga 4 kiritilgan bo‘lib, shundan 95 nafariga yordam ko‘rsatilgan 1145 nafar noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila 5 a'zolarining nomida turar-joy mavjud bo‘lmagan ayollar ro‘yhatga kiritilgan bo‘lib, shundan 270 nafariga yordam ko‘rsatilgan 972 nafar qaramog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz 6 ayollar ro‘yhatga kiritilgan bo‘lib, shundan 399 nafariga yordam ko‘rsatilgan 4889 nafar tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand ayollar ro‘yhatga kiritilgan bo‘lib, 7 shundan 2454 nafariga yordam ko‘rsatilgan 3023 nafar huquqiy yordam olishga muhtoj ayollar ro‘yhatga kiritilgan bo‘lib, 8 shundan 2404 nafariga yordam ko‘rsatilgan 2004 nafar psihologik yordam olishga olishga muhtoj ayollar ro‘yhatga kiritilgan bo‘lib, 9 shundan 1746 nafariga yordam ko‘rsatilgan Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda. Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish o‘rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri 4 https://advice.uz/oz/document/2289 7 bo‘lib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo‘llabquvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu an’analar bugungi kunda yangicha ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 8 mingga yaqin qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.5 Ta’kidlash kerakki, milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni obodonlashtirishga hech qachon bunchalik katta mablag‘ ajratilmagan, eng muhimi, ularning rivojiga bu qadar jiddiy e’tibor berilmagan. Muhtoj fuqarolarni to‘g‘ridanto‘g‘ri, aniq maqsad bilan moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli choratadbirlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor aholining kam ta’minlangan qatlamlariga dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar tug‘dirishga qaratilmoqda. O‘zbekistonda 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasida so‘z boradi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2022 yil mayga qadar Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan, masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish belgilanmoqda.6 Bundan tashqari, farmon loyihasida qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan. Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026 yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi7. Ehtiyojmand oilalarga qizlarga hamda nogironligi 5 https://yuz.uz/news/obod-qishloq-va-obod-mahalla-dasturlarini-amalga-oshirish-boyicha-qoshimcha-choratadbirlar-togrisida 6 https://strategy.uz/index.php?static=deyatelnost_centra&lang=uz 7 https://lex.uz/uz/docs/-5841063 8 bo‘lgan shaxslarga oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratildi. 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish reja qilinmoqda. Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg‘un va mutanosib rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Oxirgi 5 yilda bolalarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetgan, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshdi. Qishloqlarda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratish boshlandi. Yoshlar o‘rtasida kambag‘allikni kamaytirish, ularni o‘zini o‘zi band qilishga rag‘batlantirishda “Yoshlar daftari”, yoshlar dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabaning kontrakt pullari to‘lab berildi 8. Yurtimizda ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya olishi, ish joyi va uyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rin topishi, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlar va “Bolalar shaharchasi”ning moddiytexnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatda amal qilayotgan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash amalyotni ishlab chiqish va uni amalyotga tadbiq etish lozim. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizmining ijtimoiyiqtisodiy samaradorligini baholash mamlakatda amal qilayotgan ijtimoiy dasturlarga tasir etuvchi quyidagi omillarni o‘zgarishini imkoniyatini beradi; - Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi qamrab olgan aholining ijtimoiy guruhlari va ular oila azolari daromadlarining ortishi yoki harajatlarni qisqarishi; - Ijtimoiy himoya dasturlarining amalga oshirish jarayonida jamiyatning manzilli ijtimoiy himoya dasturlari qamrab olmaydigan ijtimoiy guruhlar daromadlari va harajatlarining o‘zgarishi; - Jamiyatning ayrim toifadagi ijtimoiy guruhlarining davlat tomonida qo‘llab quvatlanishi ijtimoiy resurslardan foydalanish samaradorligi; 8 https://review.uz/uz/post/temir-daftarga-kiritilgan-oilalarning-davlat-otmlarida-oqiyotgan-farzandlariga-birinchioquv-yili-uchun-tolov-kontrakti-tolab-beriladi 9 - Faol ijtimoiy himoya dasturlarining amalga oshirilishi jarayonida aholiga munosib mehnat sharoitlari yaratilishi va aholi bandligi ortishi natijasida aholi daromadlari ortishi. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizmi faoliyatlarini baholashning jahon amalyotiga ko‘ra, ijtimoiy himoya dasturlarining samaradorligi va ularning qamrovi darajasini baholash mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat holatini tahlil qilish, baholash va uni prognozlash imkoniyatini yaratadi. Mamlakatimizda ehtiyojmandlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning keng qamrovli mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy yordamning barcha turlarini bir xil mezon va bir xil hujjatga muvofiq taqdim etish imkonini beradigan “Yagona ijtimoiy reyestr” yaratilmoqda. Yil oxiriga qadar tizim barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu tizim orqali ma’lumotlarni tizimlashtirish har bir ijtimoiy yordam oluvchining ehtiyoj darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. U oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki, bank hisoblari, olingan kreditlar va avtomobillar to‘g‘risidagi turli idoralarning tegishli bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Kambag‘allikning yuqori darajasi Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda. O‘zbekistondagi qashshoqlik haqida ma’lumotlar, ular kimlar, qayerda va qanday hayot kechirishadi. Joriy yilning 27 fevralida kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz aholisining 12-15% yoki 4-5 milllion aholi kambag‘allik sharoitidaligini ta’kidladi. Bu ularning kunlik tushumi 10-13 ming so‘mdan oshmasligini anglatadi. Hozirgi kunda kambag‘al oilaning shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanganligi Respublikadagi o‘rtacha oiladan 12 barobarga, shaxsiy mashina bilan – 11 barobarga, konditsioner bilan – 8 barobarga, changyutgich.9 Istiqbolda “Yagona ijtimoiy reyestr” dasturining to‘liq ishga tushirilishi inson omilini sezilarli darajada minimallashtiradi va natijada ijtimoiy yordamni taqsimlashdagi 9 https://review.uz/uz/post/ozbekistonda-kambagallik-darajasi-kambagallikni-kamaytirish-uchun-nima-qilish-kerak 10 korrupsiya holatlarini imkon qadar bartaraf etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, aholining eng kambag‘al qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan yordam pullari bilan cheklanib qolmasdan maqsad — aholining iqtisodiy farovonligi darajasini oshirish uchun sharoit yaratishdir. Odatda kambag‘allikka tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqish anchayin mushkul hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash odamlarni bosqichma bosqich kambag‘allikdan chiqarish hisoblanadi — boshqacha aytganda, odamlarni ana shu holatda tutib turishdan ko‘ra, kambag‘allar toifasidan chiqarish vositasi sifatida ko‘proq o‘zini ko‘rsatishi uchun tegishli sharoitlarni yaratish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan. BMT ekspertlari koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi kambagʻallikni qisqartirish uchun soʻnggi yillarda erishilgan barcha yutuqlarga tahdid solayotganiga ishora qilib, bong urmoqda. Global kambagʻallik darajasi 1998-yildan beri birinchi marta koʻtarilib ketdi, deya bayonot berdi.10 Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) prognoziga koʻra, iqtisodiyot va mehnat bozoridagi inqiroz global ishsizlikning qariyb 25 million kishiga koʻpayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik, hatto, buyuk depressiya davridan ham oshib ketishi kutilmoqda. Ish bilan bandlikning pasayishi, tabiiyki, odamlar daromadining sezilarli yoʻqotilishiga ham olib keladi. XMTning baholashicha, 2020yilning oxiriga kelib, ular 860 mlrd. dan 3,4 trln. dollargachani tashkil etadi. Koronavirus pandemiyasi oqibatlari Markaziy Osiyo uchun oldindan kutilganidan ancha jiddiy boʻldi. Jahon banki mintaqada yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizga kamayishini istisno etmayapti. Qirgʻizistonda YAIMning eng katta pasayishi kutilmoqda — minus 4 foiz. Qozogʻistonda pasayish minus 3 foizdan biroz kamroq boʻladi. Tojikis­tonda — minus 2 foiz. 10 https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/strengthening-social-protection-system 11 1-Rasm. Markaziy osiyo davlatlarida YAIMning o‘sish va pasayishi.11 2020 yil mintaqada iqtisodiyoti oʻsishi mumkin boʻlgan yagona mamlakat — Oʻzbekiston boʻlib, iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda. Karantin Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan yuz minglab mehnat muhojirlarini ham daromadsiz qoldirdi. Pandemiya tufayli butun dunyo boʻylab pul oʻtkazmalari 20 foiz ga qisqarsa, Markaziy Osiyoda deyarli 28 foizga pasayadi. Shu asnoda Jahon banki 2,6 millionga yaqin Markaziy osiyoliklar kambagʻallik chizigʻidan pastga tushib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Bunday muhim sharoitlarda hukumatlarning asosiy vazifasi nafaqat kasallikning tarqalishini jilovlash, balki aholining zaif qatlamlarini hamda ish va daromad manbaisiz qolganlarni qanday qoʻllab-quvvatlashdan ham iboratdir. 2018 yildan boshlab mamlakatimizda aholi bandligini oshirishga qaratiligan “har bir oila – tadbirkor “ dasturiga ustuvorlik qaratib kelinmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti SH.M. Mirziyoev aytganidek; “Tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun keng sharoitlar yaratishga barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. “har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlayotgan oilalarga 5.9 trillion so‘m kreditlar ajratildi..12 kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish 11 12 https://isrs.uz/oz/yangiliklar/uzbekistonda-iztimoij-siesat-tizimli-kajta-uklas-va-angi-imkoniatlar https://www.lex.uz/ru/docs/-3775209 12 o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”13. Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda aholini ijtimoiy himoya qilishning faol dasturlariga etibor qaratilmoqda. Bu esa, uz navbatida, bozor iqtisodiyoti talablariga ko‘ra to‘la mos kelib, aholidagi “boqimandalik” ruhiyati kamayishiga olib keladi. Prezidentimiz aytganidik, “ Bazi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ularning miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin, deb o‘ylaydi. Bu – bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la yechish imkonini bermaydi”14. 2020-yilning 24-26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Xarakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi . Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishi uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirishi ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadi va bandligini izchil amalga oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholi yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ro‘yobga chiqarish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralar ham rejalashtirilgan. ‘ Mirziyoev SH.M O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojatnomasi 25.01.2020 www.uza.uz 14 Mirziyoev SH.M O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojatnomasi 25.01.2020 www.uza.uz 13 13 2.Aholini ijtimoiy himoya qilishning turlari va shakllari. Pensiya - ijtimoiy ta’minotning, keksalar va mehnatga qobiliyatsiz kishilarga moddiy yordam ko‘rsatishning eng asosiy va eng ommaviy turidir. Pensiya ta’minoti barcha mamlakatlarda ijtimoiy dasturlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bugungi kunda yer yuzida yordamga muhtoj millionlab kishilarning eng zarur ehtiyojlari pensiya to‘lovlari orqali qondiriladi. Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2021 yilda 391,9 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlandi (shundan, 314,5 ming nafariga pensiya va 77,4 ming nafariga nafaqa) hamda 2022 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 039,2 ming nafarga yetdi (shundan, 3 588,4 ming nafari pensiya va 450,8 ming nafari nafaqa oluvchilar).15 Jamg‘armaning 2021 yilgi daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari 26 569,0 mlrd.so‘m yoki 105,0% ga bajarildi. 2021 yilda pensiya to‘lovlari uchun 36 621,3 mlrd. so‘m hamda nafaqa va kompensatsiya to‘lovlari 4 199,7 mlrd. so‘m ajratildi. Har oyda pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun talab etilgan mablag‘lar belgilangan muddatlarda moliyalashtirilishi hamda to‘lanishi ta’minlandi. To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida davlat byudjetidan 10 744,2 mlrd.so‘m transfert ajratildi. 2021 yilning dekabr oyida pensiyalarning o‘rtacha miqdori 922,9 ming so‘mni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 111,0 ming so‘mga yoki 14 foizga ko‘paygan. Nafaqalarning bir oylik o‘rtacha miqdori 576,9 ming so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 115,1 ming so‘mga yoki 25 foizga ko‘paydi.16 Bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi tomonidan har oyda 4 mln. nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar hamda 1,5 mln. nafardan ortiq kam ta’minlangan oilalarga yoki 6,4 mln. nafar fuqaroga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ta’minoti amalga oshirilmoqda. Ya’ni, Jamg‘arma tomonidan respublika aholisining 29 olmaydigan foiziga har oyda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. 15 16 https://lex.uz/docs/-112314 https://oz.sputniknews-uz.com/20211103/ozbekistonda-eng-kam-maosh-qancha-21206878.html 14 2022 yil 1 martdan boshlab ishlamaydigan va pensiya Afg‘onistondagi urushda o‘z baynalmilal burchlarini bajarganlarga uy-joy kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovini joriy etiladi. Shuningdek, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi. 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlar oshiriladi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2022 yil uchun davlat byudjeti loyihasida ma’lum qilindi. 3-Jadval 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya nafaqalari miqdorini oshirish bilan bog‘liq harajatlar17 1 Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining 177 710,4 taqsimlanmagan mablag‘lari 2 “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining harajatlari 2 500 000,0 3 Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi transfertlar 14 000 000,0 4 Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasiga transfertlar 1 000 000,0 5 Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga transfertlar 599 546,4 O‘zbekiston Respublikasi Respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston 6 14 115 563,5 Respublikasi byudjeti , viloyatlar va Toshkent Shahar mahaliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar Qayta taqsimlanadigan mablag‘lar 7 8 17 722 345,7 Ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorini va ayrim xizmat turlari 11 720 187,9 bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq harajatlar Byudjet tashkilotlari xodimlariga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini 9 500 650,5 to‘lash bilan bog‘liq harajatlar 10 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni 3 000 000,0 ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun harajatlar 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trln so‘m, ta’lim 17 https://daryo.uz/2021/11/16/ozbekistonda-2022-yilda-ish-haqi-stipendiya-va-pensiya-miqdori-oshiriladi/ 15 kreditlarini moliyalashtirishga 1 trln so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari uchun 599 mlrd 564 mln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Fuqarolarning keksayganda, mehnat qobiliyatini to‘la yoki qisman yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minlanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab (39-modda) qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, unda davlat pensiyalarining yagona tizimi, ularni tayinlash, hisoblab chiqish, qayta hisoblash va to‘lash tartibi belgilandi. Nogironlik pensiyasi Yoshga doir pensiyalar Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi 2-Rasm. Pensiya turlari.18 Pensiyaning 3 xil turi mavjud; 1. Yoshga doir pensiya 2. Nogironlik pensiyasi 3. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi Yoshga doir pensiya ham o‘z navbatida 2 xil bo‘ladi; 18 https://my.gov.uz/oz/life-situations/7 16 I. Umumiy asoslarda tayinlanadigan pensiya II. Imtiyozli asoslarda tayinlanadigan pensiyalar Qonun pensiya ta’minoti uchun ikkita asosiy talabni belgilaydi: 1) pensiya ta’minoti uchun huquq beruvchi shartlarning mavjudligi (pensiya yoshiga etish, nogiron bo‘lib qolish, boquvchisini yo‘qotish); 2) keltirilgan shartlarga muvofiq talab etiladigan ish stajining mavjudligi. Ushbu talablardan birortasi bo‘lmagan taqdirda pensiya ta’minoti huquqi yo‘qotiladi. Respublikaning pensiyaga oid qonun hujjatlaridagi eng muhim asosiy qoidalardan biri shuki, pensiya olish huquqiga faqat ishlagan fuqarolar ega. Shu asosiy qoidaga binoan vafot etgan ishchi, xizmatchi, kolxozchi uchun ham pensiya tayinlanadi. Ish staji bo‘lmagan fuqarolar va ularning oila a’zolari davlat pensiyalari olish huquqidan mahrumdir. Ularning ijtimoiy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.19 Respublika pensiyaga oid qonun hujjatlarida bajariladigan ishlarning xususiyati va og‘irligi bilan bog‘liq holda imtiyozlar berishga muayyan yondashuv ishlab chiqilgan. Ana shu asoslarda imtiyozli shartlari bo‘lgan pensiyalar, odatda, yoshidan qat’i nazar shunday ishlarda muayyan staj bo‘lganda yoki umum uchun belgilangan pensiya yoshi 10 yilga yoki 5 yilga kamaytirilib tayinlanadi. Mazkur imtiyozlarni olish huquqi, masalan, konchilik sanoati etakchi kasblarida ishlovchi xodimlarga, aviatsiyaning uchish yoki uchish-sinov tarkibidagi ana shunday xodimlarga, er osti ishlarida, ayniqsa zararli va ayniqsa og‘ir mehnat sharoitidagi ishlarda (kimyo, metallurgiya sanoati, metall qayta ishlanadigan qaynoq uchastkalarda), shuningdek, zararli va og‘ir mehnat sharoitidagi ishlarda to‘la ish kuni band bo‘lgan xodimlarga - 1-sonli, 2-sonli va 3-sonli ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar, ko‘rsatkichlar ro‘yxatlari bo‘yicha imtiyozli shartlar bilan pensiya olish huquqiga ega bo‘lib, ularning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida pedagog va tibbiy xodimlar uchun, ekologik falokat mintaqasida ishlagan shaxslar uchun, bevosita qariyalar, nogironlar va 19 https://my.gov.uz/oz/life-situations/7 17 mehnatga qobiliyatsiz yolg‘iz fuqarolarga xizmat qiluvchi ijtimoiy ta’minot tizimi xodimlari uchun imtiyozli pensiya ta’minoti shartlari birinchi bor belgilab qo‘yildi. Masalan, o‘qituvchilar va boshqa maorif xodimlari uchun pensiya yoshga qarab - erkaklar - 55, ayollar - 50 yoshga ettanda va kamida 25 yillik maxsus ish stajiga ega bo‘lganda; vrachlar va boshqa tibbiy xodimlarga xuddi shunday yoshga etganda va qishloq joylarda - kamida 25 yillik va shaharlarda kamida 30 yillik maxsus ish stajiga ega bo‘lganda yoshga doir pensiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ishlar va kasblar ro‘yxati bo‘yicha tayinlanadi.20 Qonun hujjatlarida besh nafar va undan ortiq bolani tug‘ib, sakkiz yoshgacha tarbiyalagan ayollar uchun, bolalikdan nogiron bo‘lganlarni xuddi shu yoshgacha tarbiyalagan onalar uchun imtiyozli pensiya ta’minoti huquqi saqlab qolingan. Muddatidan ilgari pensiya tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Pensiya tayinlash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda erkaklarga 58 yoshda, ayollarga 53 yoshda muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi mumkin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risidagi йўриқномага o‘zgartirishlar kiritildi, Hujjat «Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘RQ-642-son Qonunga muvofiq qabul qilingan. Yo‘riqnoma quyidagi sabablarga ko‘ra ishdan ozod etilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibini belgilaydi: texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi. Mazkur shaxslarga ular rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga chiqish huquqi taqdim etiladi: erkaklar — 58 yoshda bo‘lib, mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan taqdirda; 20 https://www.gazeta.uz/oz/2020/11/30/teacher/ 18 ayollar — 53 yoshda bo‘lib, mehnat staji 20 yildan kam bo‘lmagan taqdirda. Birinchidan, «Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi munosabati bilan ularga muvofiq Yo‘riqnoma qabul qilingan NHHlar aniqlashtirildi — «Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonunning 49-moddasining 8-qismi, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 14-moddasi, MKning 100-moddasi 2- qismining 1-bandi. Ikkinchidan, belgilanishicha, ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan so‘ng 30 kalendar kun ichida hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilsalar, markaz xodimlari 3 oylik davr ichida (avval — agar ishdan ozod etilganlar 10 kun ichida murojaat qilsalar) maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak. Agarda ozod etilgan shaxslar 30 kalendar kundan keyin murojaat qilsalar, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari 10 kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari zarur. Ushbu hujjat 4.05.2021 yildan kuchga kirdi.21 Avvalroq, 1 iyuldan boshlab ishlamaydigan fuqarolar pensiyaga chiqishlari uchun, ularning turmush o‘rtoqlari har oyda o‘z daromadidan ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkinligi haqida yozgan edik. 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday qo‘shimcha hujjatlar so‘ralmasdan hisoblanadi. “2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida va dasturni amalga oshirish bouyicha prezident pensiya va nafaqalarni tayinlashda tibbiy yordam uchun yana qulay kiritish maksadida yangilangan farmoyish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab, pensiyalarni ta'minlovchi shaxsning ish haqi va staji stressi ma'lumotlarning elektron bazasi — 2005 yildan birinchi yil uchun ish staji shaxsning mehnat jamoasidagi mavjud yozuvlar asosida qanday yuklovlar talab qilinadi. Bundan tashqari, uch yildan ortik davr uchun tayinlangan yoki kaita hyosoblangan pension va nafaqalarni munosib va ular bo‘yicha ortiqcha tulovini undirish bekor bo‘yicha Ishlovchilar tomonidan ta'minlanadigan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta'minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravshan har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi. Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирининг буйруғи, 04.05.2021 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 588-4 21 19 Pensiya va nafakalar shaxsning hohishiga qura ruyhatga olingan doimiy yashash yoki vaktincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va tulanadi. Pensiya ta’minoti tizimida mehnat stajining roli ancha oshganligi sababli, staj pensiya huquqining asosi etib olingan, pensiya miqdori ham stajga qarab belgilanadi, Qator hollarda esa mehnat stajiga boshqa ba’zi bir faoliyat turlarini ham qo‘shish ko‘zda tutiladi. Masalan, bolali ayollarga bolalarni uch yoshgacha parvarish qilish davri, umumiy hisobda 6 yilgacha, ish stajiga qo‘shiladi. Mollar haydab boqiladigan yaylovlarda cho‘pon xotini (uni ishga joylash imkoni bo‘lmagan joylarda) eri bilan birgalikda alohida sharoitda yashashi ham hisobga olingan. Mana shu vaqt, umumiy ish staji kamida 5 yil bo‘lsa, uning mehnat stajiga ko‘pi bilan 10 yil qo‘shiladi. Nafaqalar. Mehnat ulushiga qarab tabaqalanadigan pensiyalardan farqli o‘laroq, nafaqalar mohiyati boshqacha. Ular o‘ta muhtoj kishilarga aynan ko‘maklashishi kerak. Bolalikdan nogironlarga, qariyalar va mehnatga qobiliyatsiz kishilarga, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga nafaqalar xuddi pensiyalar singari oyma-oy to‘lab boriladi. Oylik nafaqa nogiron bolalarga 16 yoshga etguniga qadar, uni olish huquqini beradigan tibbiy dalillari bor bo‘lsa; shuningdek, ish stajiga ega bo‘lmagan 16 yoshdan oshgan, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan bolalikdan I va II guruh nogironi deb tan olingan shaxslarga to‘lanadi. Nafaqalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va bolalikdan I va II guruh nogironi yoki nogiron bolalarga nafaqa tayin qilingan ota-onalari yashaydigan joy bo‘yicha to‘lanadi.22 Tayinlangan nafaqa bolalikdan I yoki II guruh nogironiga u oladigan ish haqi, stipendiya, aliment yoki boshqa daromadlardan qat’i nazar, nogiron bolaga tayinlangan nafaqa u oladigan (unga beriladigan) boshqa nafaqalardan qat’i nazar to‘lanadi. Nafaqalarni bolalikdan nogironlarga to‘lash, etkazib berish va jo‘natish ishlari Ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Ta'kidlanishicha, ayni paytda pensiya va nafaqa oluvchilarning soni 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 147,2 ming nafar yoki 4 foizga ko‘paygan. 22 https://advice.uz/oz/category/362 20 Shundan, 2 million 849 ming nafari (74,3 foizi)ni yoshga doir pensiya, 386,5 ming nafari (10,1 foizi)ni nogironlik pensiya, 189,1 ming nafari (5,0 foizi)ni boquvchisini yo‘qotgan pensiya oluvchi oilalar va 400,3 ming nafari (10,6 foizi)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi. 4-Jadval 2021 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni to‘g‘risida ma'lumot.23 T/r Jami soni Pensiya va nafaqa oluvchilarning toifasi Shundan yangi tayinlangan Jami 3 885 915 333 450 1 Yoshga doir pensiya oluvchilar 2 849 007 224 140 2 Nogironlik pensiya oluvchilar 386 555 29 660 3 Boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar 189 067 21 309 4 Nafaqa oluvchilar 400 286 58 341 42 519 12 167 Shundan; 4.1 Yoshga doir nafaqa oluvchilar Pensiya jamg‘armasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 400 mingdan ortiq nafaqa oluvchilar kesimida yoshga doir nafaqa 37,2 ming shaxsga, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandli onalarning 5,2 ming nafariga, ish staji bo‘lmagan 1-2 guruh imkoniyati cheklangan 37,4 ming shaxsga haq to‘lanmoqda. Shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan 35 ming oilaga, 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan 117 ming bola hamda 16 yoshdan katta 1-2 guruh bolalikdan nogironligi bo‘lgan 167 ming shaxsga nafaqa to‘lanmoqda.24 Nogironlik nafaqasi nogironlik boshlangan holda, ya’ni doimiy yoki uzoq vaqt mehnat qobiliyati yo‘qotilgan holda, faqat I va II guruh yolg‘iz nogironlarga tayinlanadi hamda to‘lanadi. Pensiya tayinlash uchun zarur ish staji bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda, uning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari yuqorida ko‘rsatilgan Nizomga binoan nafaqa olish huquqiga ega. 23 https://review.uz/uz/post/pensiya-va-nafaqa-oluvchilarning-umumiy-soni-4-0392-ming-nafarga-etdi https://kun.uz/uz/news/2021/07/30/pensiya-va-nafaqalar-miqdori-oshirilishi-malumqilindi?q=%2Fnews%2F2021%2F07%2F30%2Fpensiya-va-nafaqalar 24 21 Yoshiga doir nafaqa, nogironlik nafaqasi va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan tayinlanadi. Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan holda nafaqa to‘lovi to‘xtatiladi. O‘zbekistonda hududlar, shaharlar va tumanlar kesimida kambag‘al toifadagi oilalar, ayollar va yoshlarning yagona elektron hisobga olish tizimini yaratish, kambag‘allikning qayta tiklanish xavfini bartaraf etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida so‘z boradi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash tizimini avtomatlashtiriladi. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestriga” integratsiya qilinadi. “Temir daftar” roʻyxatlari asosida epidemiyaga qarshi kurashning dastlabki kunlaridan boshlab aholini moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Avvalo, muhtoj oilalarga koʻrsatilayotgan moliyaviy yordamning ahamiyatli ekanini taʼkidlash lozim. Buning natijasida mamlakatimizda birinchi marta qiyin ahvolda qolgan barcha kishilarni toʻgʻridan-toʻgʻri moddiy qoʻllab-quvvatlash yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi kundagi iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish jarayonida ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamini himoya qilish va ularni qullab-quvatlashga qaratilgan choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Qurbon Hayiti arafasida aʼzolari qariyb 700 ming kishini tashkil etadigan 182 mingdan ziyod oilaga 1 million soʻmgacha miqdoridagi toʻlovlar amalga oshirildi. Aytish kerakki, yordam toʻgʻridan-toʻgʻri va naqd pullarda koʻrsatildi. Bundan tashqari, Prezidentimizning soʻnggi farmoniga asosan, “Temir daftar”ga kiritilgan muhtoj oilalarning har bir aʼzosi uchun 220 ming soʻmdan toʻlovlar amalga oshirildi. 2020-yilga moʻljallangan byudjetda aholining turli qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish uchun jami 8 trln. soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan (3-rasm) 22 800 700 600 500 400 300 200 100 0 14 yoshgacha bolalari bo'lgan Bola 2 yoshga to'lgunga qadar bola ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalar parvarishi bo'yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar Amaldagi son (ming) Mingga yetkaziladi Moddiy yordam oluvchi kam taminlangan oilalar Столбец1 3-Rasm. 2020 yilning yakuniga qadar “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar25 Pandemiya davrida ijtimoiy yordam oluvchilar bazasi ham sezilarli darajada kengaydi. 14 yoshga toʻlmagan bolali ehtiyojmand oilalar soni yil oxiriga kelib 2 baravarga koʻpayadi. 2 yoshgacha bola parvarishi boʻyicha nafaqa olishga muhtoj onalar soni 20 foizga oʻsadi. Moddiy yordam olayotgan kam taʼminlangan oilalar soni 100 mingtaga oshiriladi. Avvalroq O‘zbekistonda ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti 3 yildan 6 yilga oshirilishi mumkinligi, O‘zbekistonda 2026-yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.26 2022-yil 29-aprelda o‘tkazilgan Prezident ishtirokidagi yig‘ilishida “Odamlarning dardiga darmon bo‘lishga qaratilgan islohatlarimiz bu raqamlar bilan to‘xtab qolmasligi kerak, albatta. 25 https://kun.uz/uz/news/2020/08/03/temir-daftar-malumotlari-elektron-bazaga-kiritilyaptivazirlik?q=%2Fnews%2F2020%2F08%2F03%2Ftemir-daftar-malumotlari-elektron-bazaga-kiritilyapti-vazirlik 26 Янги Ўзбекистоннинг 2022–2026 йилларга мўлжалланган тараққиёт стратегияси тўғрисида 23 Masalan uyma-uy o‘tkazilgan hatlovlar mamlakatimizda hali 2.2 million aholimiz ijtimoiy yordamga muhtojligini ko‘rsatdi. Ehtiyojmand aholining muammolari bilan Respublikamizda 16 ta vazirlik va idora shug‘illansada, ular mahala darajasiga tushib ish olib bormayotgani bois odamlarda bu sohaga etirozlar ko‘p. Aslida ushbu aholi qatlami bilan viloyat, Shahar va tuman hokimlari, sector rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, ayollar faollari har kuni “honadonbay’ ishlashi kerak. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand qatlamini hisobga olish, ularga pensiya va nafaqa tayinlash, kasbga yunaltirish, bandligini taminlash borasida ishlarimiz ko‘lamini yanada kengaytiramiz”, dedi Prezident.27 3.Aholini ijtimoiy himoya qilishning oʻziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida ijtimoiy siyosat masalasi turadi. Bu siyosatning zaruriyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng kulamli islohotlar natijasida aholi boshiga tushishi muqarrar mushkulliklarni engillashtirish bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari har qanday jamiyatda shunday shaxslar toifasi doimo mavjudki, ular ob’ektiv sabablarga ko‘ra (yoshi, sog‘ligining yomonligi, mamlakatdagi ishsizlik darajasi va boshqalar) ishlab chiqarishda ishtirok eta olishmaydi. Shuning uchun ular to‘g‘risida qayg‘urishni davlat o‘z zimmasiga olishi zarur, ya’ni yaratilgan milliy daromadning bir qismini ular foydasiga qayta taqsimlashi lozim. Hozirgi kundagi iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish jarayonida ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamini himoya qilish va ularni qullab-quvatlashga qaratilgan choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi fuqorolarning huquq manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlaridan foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining birinchi bo‘lim , II bob, 14-moddasida “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsplari asosida amalga oshiradi” 28, 27 28 2022-yil 29-aprelda o’tkazilgan Prezident ishtirokidagi yig’ilishdagi nutqi O’zbekiston Respublikasi, Konstitusiyasining, birinchi bo’lim, II bob, 14-modda 24 deb aytib o‘tilganligi Ikkinchi bo‘lim, V bob, 18-moddasida “b” bandida “Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib quyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsplariga mos bo‘lishi shart”29, degan fikrlar mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish choratadbirlarining amalga oshirilishida ijtimoiy adolat prinspini ustuvorligini yaqqol isbotidir. Pensiya va nafaqa oluvchilarga hisoblangan pensiya (nafaqa) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali bilish uchun “pensiyabotuz” boti amaliyotga joriy etildi. Natijada, Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2021 yil davomida 2,2 mln. nafar fuqarolarga interaktiv va masofadan xizmatlar ko‘rsatildi. Bu ayniqsa, pandemiya sharoitida fuqarolarga qulaylik yaratdi. 2022 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 039,2 ming nafarga yetdi. So‘ngi 4 yilda pensiya va nafaqa oluvchilar soni qariyib 20 foizga oshgan.30 5- Jadval O‘zbekiston Respublikasida 2017-2022-yillarda pensiya oluvchi aholi soni31 t/r Pensiya oluvchilar soni Yil 1 3 million 141 ming 100 nafar 2017 2 3 million 296 ming 700 nafar 2018 3 3 million 484 ming 800 nafar 2019 4 3 million 677 ming 700 nafar 2020 5 3 million 845 ming 462 nafar 2021 6 4 million 039 ming 200 nafar 2022 Pandemiya davrida fuqorolarni qo‘shimcha qo‘llab-quvatlash maqsadida; - 2021 yil 1 fevral holatiga 4,9 ming nafar fuqoroning pensiya va nafaqa ishlaridan aniqlangan ortiqcha to‘lov summasining jami 12 mlrd so‘mlik qarzdorlik summalari hisobdan chiqarildi; O’zbekiston Respublikasi, Konstitusiyasining, ikkinchi bo’lim, V bob, 18-modda https://review.uz/uz/post/pensiya-va-nafaqa-oluvchilarning-umumiy-soni-4-0392-ming-nafarga-etdi 31 https://review.uz/uz/post/pensiya-va-nafaqa-oluvchilarning-umumiy-soni-4-0392-ming-nafarga-etdi 29 30 25 - 2021 yil avgust oyida 280,8 ming boquvchisini yo‘qotgan va nogiron farzandi bor oilalarga bir martalik (500 ming so‘mdan) moddiy yordam to‘lanib, Jamg‘arma hisobidan 181,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi; - 2021 yil dekabr oyida 283,9 ming boquvchisini yo‘qotgan va nogiron farzandi bor oilalarga (800 ming so‘mdan) moddiy yordam to‘lanib, Respublika byudjeti hisobidan 221,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Asosiy vazifalar; Erishilgan natijalar bilan birgalikda tizmda bir qator kamchilik va muammolar mavjud. Buni 2021 yilda pensiya jamg‘armasiga kelgan 237 mingdan ortiq fuqorolarning murojatlaridan bilish mumkin. Ushbu murojaatlar tahlili va takliflariga muvofiq jamg‘arma 2022 yilda o‘z oldiga quyidagi vazifalarni belgilab olgan. 2022 yil mart oyidan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilani aniqlashda minimal iste’mol xarajatlaridan foydalanishni joriy etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-58-son Farmoniga muvofiq, 2022 yil 1 martdan boshlab: - ishlamaydigan va pensiya olmaydigan Afg‘onistondagi urushda o‘z baynalmilal burchlarini bajarganlarga uy-joy kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovini joriy etish; - yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi. - “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida davlat xizmatlari qamrovi va tezkorligini oshirish, ularning ko‘rsatilishida aholining barcha qatlamlari manfaatlarini inobatga olinishini ta’minlash maqsadida: - 2022 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalarni birgina pasport asosida tayinlash tizimini yo‘lga qo‘yish; - 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga nafaqalarni ariza talab etilmagan holda "proaktiv" tarzda tayinlash xizmatini amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 26 - “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni elektron ko‘rinishda onlayn rejimida qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yish. - Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oylik ish haqining maksimal chegarasini bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobaridan 12 barobarga oshirish bo‘yicha Qonun loyihasini Oliy Majlisga kiritish. - Pensiya qonunchiligining mohiyati hamda tizimdagi o‘zgarishlar haqida fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini faol davom ettirish, joylarda sayyor uchrashuvlar o‘tkazish hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish ishlarini tashkil etish ishlarini davom ettirish.32 Bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida erkin narx belgilash amalyotining joriy etilganligi mamlakatimiz istimol tavar va xizmatlari bozorida narx navoning keskin oshib borishi uchun zamin yaratdi. Bu esa uz navbatida aholi daromadlarining taqchilligi holatini vujudga keltirishi va natijada aholi turmush darajasi ko‘rsatkichiga salbiy tasir ko‘rsatishini inobatga olgan holda, 1992 yil 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Erkin narxlar joriy etilishi munosabati bilan talabalar, uquvchi yoshlar, uzgalarning qaramog‘iga muxtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlar va mehnatkashlarning imtiyozli umumiy ovqatlanishini tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 22-sonli Qarori qabul qilindi. Prezidentning 7.03.2022 yildagi “Oila va хotin-qizlarni tizimli qoʻllabquvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan 2022-2026 yillarda хotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur tasdiqlandi. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab хususiy korхonalar va tashkilotlarda oхirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol 32 https://lex.uz/docs/-4780475 27 хarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanadi. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari, teхnikum va kollejlarda oʻqiyotgan хotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat byudjetidan har yili 1,8 trln soʻm yoʻnaltiriladi.33 Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha хotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat byudjetidan har yili kamida 200 mlrd soʻm moliyalashtiriladi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari boʻyicha – 50 nafar, magistratura ta’lim dasturlari boʻyicha – 10 nafar хotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali qoʻshimcha grantlar ajratib boriladi. Har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba хotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab boriladi. Bundan tashqari: Mutaхassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega boʻlmagan 500 nafar хotin-qizlarni har yili davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish; davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga хotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib borish rejalashtirilmoqda. 2022 yil 1 iyundan boshlab davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida хotin-qizlarni kasbga oʻqitishning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda:Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari huzurida malakani baholash markazlari tashkil etiladi;malakani baholash markazlari kasbiy malaka talablarini ishlab chiqadi va ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasini beradi; 33 https://review.uz/uz/post/yoshlar-va-xotin-qizlarga-33-million-somgacha-mikrokreditlar-ajratiladi 28 oʻquv kurslarini tugatgan хotin-qizlar bilimi darajasi malakani baholash markazlari tomonidan aniqlanadi va shu asosda ularga malaka sertifikatlari beriladi. Malaka sertifikatini olgan хotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar beriladi; Malakani baholash markazlari tomonidan umumiy oʻrta ta’lim maktablari, kasbhunar maktablari, akademik litsey va kollejlarning bitiruvchi sinf oʻquvchi-qizlarini aхborot teхnologiyalari yoʻnalishlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasi beriladi. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylarining reyestri joriy etiladi. 2022 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 1 yanvarga qadar Reyestrga kiritilgan hududlardagi umumiy хodimlari soni kamida 10 nafar boʻlgan va ularda ishlovchi хotin-qizlarning mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50%ini tashkil etadigan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga: 1) yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi 50% imtiyoz qoʻllagan holda hisoblanadi; 2) ularda ishlovchi хotin-qizlar mehnatiga haq toʻlash fondiga ijtimoiy soliq 1%lik stavkada hisoblanadi; 3) byudjet tashkilotlariga yillik umumiy qiymati BHMning 750 baravarigacha boʻlgan mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish huquqi berildi. Ijtimoiy himoyaning yagona organini yaratish vazifasi Prezident topshirig‘ida nazarda tutilgan va 2019-yil uchun davlat dasturida aks ettirilgan edi. . Lekin 2020-yilgi davlat dasturida yagona idorani yaratish nazarda tutilmagan edi va bu 2021-yil — “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ning dasturiga ham kiritilmagan. COVID-19 pandemiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va katta yoshdagilarga samarali va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun tizimli islohotlarning zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan, 17-fevral kuni Prezident “2021—2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari 29 to‘g‘risida”gi farmoyishni imziladi va u bilan aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi34. Tizimning tarqoqligi. O‘tgan yili xalqaro Mehnat tashkiloti, YuNISEF va Jahon banki asosiy diagnostik vosita (CODI) bazasida O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini baholadi. Tadqiqot hozirgi kunda ijtimoiy himoya tizimi turli vazirlik va idoralar orasida tarqoq holda ekanligini va ularning hech biri ushbu sohada koordinatsiya, integratsiya va yagona davlat siyosatini amalga oshirishga javobgar emasligini ko‘rsatdi. Natijada, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan strategiya va yagona qarash mavjud emas. 2001-yilga qadar ijtimoiy himoya bilan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari va hududiy ijtimoiy ta’minot boshqarmalarining keng tarmog‘iga ega yagona Ijtimoiy ta’minot vazirligi (Sobes) shug‘illangan. 2001-yilda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tuzilganidan so‘ng, ijtimoiy himoya funksiyalari ushbu idoraga o‘tkazilgan. 2020-yilda ijtimoiy himoya bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari ro‘yxati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan to‘ldirildi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining vakolati ijtimoiy yordamga muhtoj oila va bolalarni aniqlash, ijtimoiy nafaqa oluvchilarni mahalla darajasida ro‘yxatga olish va hisoblashdan iborat. Yoshlar ishlari agentligi funksiyalariga esa ijtimoiy-huquqiy himoyani tashkil etish va institutsional muassasalarni tugatgan yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bandligiga ko‘maklashish kiradi. Budjet shaffofligi va ijtimoiy himoya funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq umumiy muammolar bilan bir qatorda, kompleks va muvofiqlashtirilmagan faoliyatning yo‘qligi ko‘rilgan choralar ko‘pincha qisman bo‘lishiga sabab bo‘ladi, va natijada, maqsadli auditoriyani zaiflikdan barqaror chiqarishga yo‘l bermaydi, bu esa ko‘rilgan choratadbirlarning past samaradorligiga olib keladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ”2021-2030-yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi” farmoni 34 30 4-rasm. Nogironligi bor kishilarga ijtimoiy himoya xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha institutsional tuzilma35 Yagona idoraning tashkil etilishi, budjet mablag‘larining kamida 20−30 foizini tejab qolishga, va ularni bevosita ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarga qo‘shimcha to‘lovlar uchun yo‘naltirishga imkon bergan bo‘lar edi. 4.Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining hozirgi holati. Ijtimoiy himoya dasturlarini oluvchi kishilarning umumiy soni 2012-yilda 8,1 million nafardan 2017-yilda 6,4 million nafargacha qisqargan. Eng ko‘p pasayish ishsizlik va kam ta’minlanganlik bo‘yicha nafaqa oluvchi kishilar orasida qayd etilgan. Ishsiz fuqarolarning taxminan 1 foizi ishsizlik bo‘yicha nafaqa bilan qamrab olingan (2020-yilda ishsizlik bo‘yicha nafaqa tayinlash qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlarni hisobga olmaganda). 35 https://www.gazeta.uz/oz/2021/03/29/social-protection/ 31 YuNISEF malumotlariga ko‘ra, nogironligi bor bolalar va katta yoshdagilarning sezilarli qismi hech qanday nafaqa olmaydi — nogironlikning og‘ir shakli bilan ro‘yxatga olingan shaxslarning faqatgina 46 foizi pensiya yoki nogironlik bo‘yicha nafaqa oladi. Bundan tashqari, aholining katta qismida ijtimoiy ta’minotdan foydalana olish imkoniyati yo‘qligicha qolmoqda, chunki, 60 foiz atrofidagi ishlovchi aholi norasmiy sektorda faoliyat yuritadi va to‘lovlarni nazarda tutadigan ijtimoiy sug‘urta dasturlarida qatnashmaydi. Kelajakka sarmoya O‘zbekiston ijtimoiy himoya uchun YaIMning 9,7 foizini (shu jumladan, ijtimoiy yordam, ijtimoiy sug‘urtalash va mehnat bozori dasturlari) sarflayotgan vaqtda, mavjud tizim aholining atigi 55 foizini qamrab olmoqda, asosan aholining 44 foizini tashkil qiladigan ijtimoiy sug‘urtalash orqali.36 YuNISEFning o‘tgan yildagi tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil qilishi va mamlakat aholisining o‘rtacha yoshi 25 yoshni yashkil qilishiga qaramay, investitsiyalarning sezilarli qismi yoki YaIMning 6,95 foizi pensiya dasturlariga to‘g‘ri keladi.. Prezident o‘zining Oliy Majlisga bo‘lgan murojaatnomasida, 2020-yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni ikki barobarga oshgani, va 1,2 million nafargacha bo‘lgan kishilarni tashkil etganini hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga 2016-yil bilan solishtirganda, 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratilganini qayt etdi. Shu bilan birga, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor nafaqa oluvchi oilalar soni ham ikki barobarga ko‘paygan. Bunda, COVID-19 pandemiyasi va 2020-yildagi qat’iy karantin choralari davrida kambag‘allik toifasiga va qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar soni ham sezilarli darajada oshganligini inobatga olish kerak. Ijtimoiy himoya sohasidagi hozirgi byudjet imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy himoya bo‘yicha samarali yunalishlarni ishlab chiqish kerak. Ijtimoiy himoya funksiyalari bo‘lib berilgan vazirlik va idoralar faoliyatidagi nomuvofiqlik va tarqoqlik muammosini hal qilish zarur. 36 https://www.gazeta.uz/oz/2021/03/29/social-protection/#! 32 6-Jadval “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, uning hududiy bo‘linmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga bosqichma-bosqich ajratiladigan qo‘shimcha shtat birliklari soni37 T/r Nomi Ajratiladigaan shtat shu jumladan quyidagilar uchun: birliklari jami ijro etuvchi tuman (shahar) bo‘limlar apparat va hududiy boshqarmalar 1. Ijro etuvchi apparat 5 5 - 2. Toshkent shahar 23 1 22 3. Sirdaryo viloyati 23 1 22 4. Buxoro viloyati 27 1 26 5. Navoiy viloyati 23 1 22 6. Jizzax viloyati 27 1 26 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 35 1 34 8. Xorazm viloyati 25 1 24 9. Namangan viloyati 25 1 24 10. Andijon viloyati 33 1 32 11. Farg‘ona viloyati 39 1 38 12. Surxondaryo viloyati 31 1 30 13. Samarqand viloyati 33 1 32 14. Qashqadaryo viloyati 31 1 30 15. Toshkent viloyati 45 1 44 425 19 406 Jami: Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari hamda shahar va tumanlar bo‘limlariga qo‘shimcha shtat birliklari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy etilgan kundan boshlab ajratiladi. 5.Ijtimoiy himoya tizimining chet el tajribasi 37 https://advice.uz/oz/document/2279 33 Ijtimoiy himoya tizimining tarixiy evolyutsiyasiga nazar tashlasak u dastlab davlat jamoat muassasalari, masjid, madrasa yoki cherkovlar orqali amalga oshirilgan. Uning ilk ko`rinishi milodiy 347-yilda Rim imperiyasida ochiq hayriya maktablarining paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Keyingi bosqichlarda Rossiya, Germaniya, AQSH, Angliya va Yevropada ijtimoiy himoya tizimining asoslari va mexanizmlari yaratildi. Uzoq yillik jahon tajribasi asosida ijtimoiy himoyani amalga oshirishning zamonaviy modellari shakllandi. Ular quyidagilardan iborat: Sotsial demokratik Ijtimoiy himoyani modellari Neoliberal model Neokonservativ model 5-rasm. yillik jahon tajribasi asosida ijtimoiy himoyani amalga oshirishning zamonaviy modellari38 Sotsial demokratik model — Bunda ijtimoiy himoyaning barcha masuliyatini davlat o`z zimmasiga oladi. M: Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya Neoliberal model — unga ko`ra ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar. Bunga AQSH yaqqol misoldir. Neokonservativ model — bunda ijtimoiy himoy davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. Germniyani misol qilish mumkin. 38 Abdulazizova H.B, ijtimoiy himoya tizimining zamonaviy tendensiyalari. 34 Bundan tashqari hozirda ijtimoiy himoyaning ommaviy modellari ham mavjud: 1) Welfare — bu tizim o`z navbatida 3 ta atribut: farovonlik, ta`minot va nafaqadan tashkil topgan 2) Medical aid. Butun dunyoda ana shu modellarning u yoki bu ko`rinishiga asoslangan ijtimoiy siyosat olib boriladi. Ijtimoiy siyosat — bu davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va nohukumat jamoat birlashmalarining aholi zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirayotgan tadbirlarning maqsadga yo`naltirilganligidir. Ijtimoiy siyosat ijtimoiy totuvlik va ijtimoiy himoyaning yig`indisidan iborat. Ijtimoiy siyosatning o`ziga xos belgilari mavjud bo`lib, ular orqali dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan ijtimoiy siyosatga baho berish mumkin.39 Quyida ana shu belgilarni ko`rib chiqamiz: − Aholining pul daromadlari va tovar zaxiralari o`rtasidagi muvozanatni saqlab turish; - Fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlarni yaratish; − Ko`rsatilayotgan xizmatlar va tovarlar sifatiga bo`lgan aholi talabini qondirish; − Aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy bazasini kengaytirish; − Jamiyat aholisining ma`lumot va madaniy darajasining o`sishi uchun islohotlar olib borish. XXI asrda bozor iqtisodiyoti sharoitida globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashishi, inqirozlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga keng qamrovli ta`siri natijasida davlat qarzlarining o`sishi, ishsizlikning yuqoriligi, demografik jarayonlarning keskin o`zgarishi, ekologik muammolar, dunyodagi siyosiy beqarorliklar kabi qator omillar ijtimoiy himoyaning rolini kuchayishiga olib keldi. Chunki davlatlar rivojlangani sari aholining ham talablari oshib bormoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilishda turli mintaqalar va davlatlarda turli tendensiyalar kuzatilmoqda. Xorijiy davlatlar davlat pensiya ta’minotini fuqarolarning pensiyaga chiqqanida ega bo‘ladigan daromadiga ko‘ra uchga bo‘lish mumkin: 1. Yuqori darajadagi qoplash, qoplanish darajasi 50% dan yuqori; 39 Abdulazizova H.B, ijtimoiy himoya tizimining zamonaviy tendensiyalari 35 2. O‘rta darajada qoplash, qoplanish darajasi 50%; 3. Past darajada qoplash, qoplanish darajasi 50% dan past 7-Jadval Xorijiy davlatlar pensiya tizimini moliyalashtirish manbalari40 Davlat Ishlovchilardan ushlanmalar Ish beruvchilardan ushlanmalar (oylik ish haqidan, %) (oylik ish haqi fondidan, %) Shvetsiya 1 19.03 Belgiya 7.5 8.86 Fransiya 6.6 8.2 Gretsiya 6.67 13.33 Norvegiya 7.8 14.2 Italiya 8.7 21.3 Buyuk Britaniya 5.9 10.45 Yaponiya 8.25 8.25 Irlandiya 7.75 12.25 Turkiya 9 11 Ispaniya 4.7 23.6 Qoplanish koeffitsienti – o‘rtacha pensiya miqdorining o‘rtacha oylik ish haqi nisbatiga teng bo‘lib, Xalqaro Mehnat Tashkiloti standartlariga ko‘ra qoplanish koeffitsienti darajasi fuqaroning mehnatga layoqatli davridagi oylik ish haqi (daromadi)ning 40 foizidan kam bo‘lmasligi kerak 7 . Shaxsiy pensiya hisob raqamda jamg‘ariluvchi pensiyalarni fuqaro pensiya yoshiga yetgandagi olishi mumkin bo‘ladi. Shaxsiy hisob raqamga o‘tkazib turiluvchi sug‘urta badallari oylik yoki yillik summasi ko‘p mamlakatlarda chegaralangandir. Odatda shaxsiy pensiya hisob raqami tijorat va omonat banklarida, sug‘urta tashkilotlarida ochiladi. Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari, Afrika va Osiyoning jadal rivojlanayotgan mamlakatlarining ijtimoiy himoya tizimi bir biridan tubdan farq qiladi. Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Filippin kabi mamlakatlar ijtimoiy himoyaga YaIMning 1 yoki 2 %ini, Tunis, Janubiy Afrika, 40 http://el.tfi.uz/images/Xorijiy_mamlakatlar_pensiya_tizimi 36 Xitoy, Janubiy Koreya, Mavritaniya, Seyshill orollari va Lotin Amerikasining ba`zi mamlakatlarida YaImning 5–20 %ini ajratadilar. Osiyo inqirozi davrida rivojlanayotgan mamlakatlar 2 xil yo`l bilan ijtimoiy himoyani amalga oshirdi. Singapur, Malayziya, Indoneziya, Filippin kabi davlatlar ijtimoiy himoyaga xarajatlarni kamaytirib asosiy yukni oilaga tashladi, Janubiy Koreya, Taivan, Tailand kabi davlatlar esa aksincha ijtimoiy himoya tizimini qo`llab-quvvatlashni kengaytirdi. Umuman olganda Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy himoya modeli g`arbnikidan bir muncha farq qiladi. Ya`ni: − Aholi ijtimoiy farovonligini ta`minlashda davlatning roli juda chegaralangan, oila, mahalliy boshqaruv organlarining roli esa muhim; − Davlat ijtimoiy himoyaga xarajatlari juda past (YaIMning 7 %, YIda esa YaIMning 34 %ini tashkil etadi) − Ijtimoiy sohaga xarajatlar tarkibi ham g`arbnikidan mutloq farq qilib, ta`limga ko`proq e`tibor beriladi. Ijtimoiy himoyaning g`arb modeli ushbu sohaga davlat xarajatlarining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qariyalarga, yolg`iz yashaydiganlarga nafaqa, sog`liqni saqlashga ko`p mablag` ajratiladi. Ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari Finlandiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiyada bunday xarajatlar yuqori darajada. Davlat ijtimoiy himoyani amalga oshirishda aholining barcha qatlamini qamrab oladi. Rivojlangan mamlakatlardan AQSHda esa ijtimoiy himoyaning nomarkazlashgan ko`rinishi amal qiladi. Ya`ni ijtimoiy himoya davlat siyosati emas, u turli kompaniyalar va nohukumat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari tomonidan shtat va federal qonunchilik doirasida olib boriladi. Davlat ijtimoiy ta`minot tizimi AQShda 2 ga bo`linadi: ijtimoiy sug`urta va davlat yordami. Amerikada ijtimoiy sug`urtaning turli ko`rinishlari mavjud. Xususan, qarilik nafaqasi, ishsizlikda yordam puli, boquvchisini yo`qotganda nafaqa, ishga layoqatsiz bo`lganda, ish joyida jarohat olganda, 65 va undan yuqori yoshlilarga tibbiy xizmatlar uchun yordam kabilar shular jumlasidandir. Ijtimoiy himoyaning bugungi kundagi ahvoliga quyidagicha baho berish mumkin: − Rivojlangan mamlakatlarda asosan qariyalarni, yolg`iz yashovchilarni hamda ishsizlarni himoya qilinadi. Chunki bu mamlakatlarda iqtisodiyotning yuqori rivojlanganligi, aholi daromadlarining oshganligi, 37 hayot tarzi demografik muammolarning yuzaga kelishi va tabiiy tug`ilish miqdorining keskin tushib ketganligi bilan xarakterlanadi. Tug`ilish pastligiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda umr ko`rish yoshi yuqori hisoblanadi. Bu o`z navbatida nafaqaxo`rlarni ijtimoiy himoya qilish muddatini uzoqlashtiradi va mehnat bozorida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy faol aholiga soliq yukini og`irlashtiradi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar nafaqa yoshini uzaytirish kabi choralarni qo`llamoqdalar. Bunday muammolarni xal qilishda rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimini boshqarishning murakkab dastaklaridan foydalanadilar. − Rivojlanayotgan yoki qashshoq mamlakatlarda tug`ilish yuqori bo`lganligi sababli mehnat bozoriga ishchi kuchi yetishmasligi muammolari yo`q. Lekin bu mamlakatlarda ta`lim, sog`liqni saqlash kabi ijtimoiy soha tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ravishda ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag` miqdori va ijtimoiy farovonlik, barqarorlik ham keskin farq qiladi. 6.Oʻzbekiston Respublikasida Aholini ijtimoiy himoya qilishning tizimini yanada takomillashtirish yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish uchun bir nechta yoʻllar mavjud bo‘lishi mumkin: 1. Davlat dasturlari va siyosatlar: Hukumat, ijtimoiy himoya sohasida qo‘llanilayotgan dasturlar va siyosatlarni rivojlantirish va mustahkam qilish orqali aholini himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Bu dasturlar aholining maishiy sharoitlarini yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim va meditsina xizmatlarini ta’minlash, ijtimoiy tashqiylotlarni oldini olish, oila va oilaviy munosabatlarni mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. 2. Tashqi yordam va hamkorlik: O‘zbekiston, xalqaro tashqi yordam tashkilotlari va doimiy ravishda qo‘llanilayotgan dasturlar orqali aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ko‘mak olishadi. Bu tashqi yordam tashkilotlari o‘zaro hamkorlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiy yordam va boshqa sohalar bo‘yicha dasturlarni o‘tkazish orqali aholini himoya qilishda yordam beradi. 38 3.Ma’naviy madaniyat va tarbiya: Davlat, ma’naviyatni, milliy va madaniy bog‘bonlarni, hamda oila, maktab, o‘quv markazlari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar orqali aholining ma’naviy tarbiyasini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish orqali aholini himoya qilishda hamkorlik qiladi. 4. Qonunlar va huquqiy muhofazalar: O‘zbekistonda huquqiy qoidalar va qonunlar aholini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Davlatning qonunlar va huquqiy muhofazalari tizimini mustahkam qilish orqali, jinoyatchilik va huquqiy intizomni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurash va inson huquqlarini himoya qilishga erishish uchun ishlaydi. 5. Sog‘liqni saqlash va ta’lim: Sog‘liqni saqlash tizimi va yuqori sifatli ta’lim tizimi aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Davlat bu sohalarda reformalar va takomillashtirishlar o‘tkazadi, sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilash va ko‘mak ko‘rsatishni ta’minlash, shuningdek, ta’lim tizimini rivojlantirish va har bir o‘quvchiga yuqori sifatli ta’limni ta’minlash uchun harakat qiladi. 6. Ish va maishiyot imkoniyatlari: Ish va maishiyot imkoniyatlari aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Davlat ish joylarini yaratish, iqtisodiyotni rivojlantirish, bozorda qonun tizimini mustahkam qilish, ish haqi va maoshlar bilan bog‘liq qonunlar va dasturlar orqali aholining maishiyotini yaxshilashga harakat qiladi. Bu tizimlar va yoʻllar aholini ijtimoiy himoya qilishda yordam beradi va oʻzbek xalqi sogʻligʻi, maishiyoti, ma’naviyati va huquqiyatini taʻminlash uchun muhimdir. 39 Xulosa va takliflar Xulosa oxirida biz ijtimoiy himoya tizimlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha qisqacha xulosalar chiqaramiz O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlarining ishlash jarayonlarida kamchiliklar mavjud. Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘ri taqsimlanishini kuchli nazorat qilish bo‘yicha dasturlarini takomillashtirish zarur. Aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda yashash joyidan qat’iy nazar, Barcha aholi qatlamlari uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda teng shartsharoitlarni yaratish. Ijtimoiy sohalar xodimlari mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning manzilli bo‘lishini ta’minlash. Itimoiy himoyaning qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlash. Aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishni ta’minlash uchun iqtisodiyotning barqaror o‘sishini rag‘batlantirish zarur. Mavzuni o‘rganish natijasida quyidagi takliflarni keltirib o‘tamiz: - Ijtimoiy himoya dasturlarini to‘g‘ri ishlab chiqish orqali, Yagona idoraning tashkil etilishi, budjet mablag‘larining kamida 20−30 foizini tejab qolishga, va ularni bevosita ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarga qo‘shimcha to‘lovlar uchun yo‘naltirishga mumkin. - O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya dasturlarining samaradorligini taminlash maqsadida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash lozim. Buning uchun ta’lim tizi mda amalga oshirilayotgan islohatlarni yanada kengaytirish kerak. Ta’lim tizimida amalyot jarayonlarini ko‘paytrish orqali yoshlarni bilim darajasini oshirish mumkin. - Aholini ijtimoiy himoya qilishda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan keng foydalangan holda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yashash sharoitini yaxshilash. Aholi tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish, Turli xil imtiyozlar berish zarur. Kichik va o‘rta beznesni rivojlantirish orqali mamlakatimizda aholi daromadlarini muintazam ortib borishi va kambag‘allik darajasini kamaytirish zarur. 40 - Ijtimoiy himoya sohasidagi hozirgi byudjet imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy himoya bo‘yicha samarali yunalishlarni ishlab chiqish kerak. - O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini himoya qilish borasida yangi dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish lozim. Yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish va ijtimoiy ahvolini yaxshilash va doimiy nazorat qilib turish uchun maxsus veb sayt va uning mobil dasturini yaratish kerak. - Nogronligi bo‘lgan yoshlarni imkoniyatidan kelib chiqqan holda kasblarga tayyorlash orqali bandligini taminlash mumkin. - Viloyatlar bo‘yicha kambag‘allik darajasi statistic ma’lumot berib boruvchi veb sayt yaratish va statistic ma’lumotlar bo‘yicha mablag‘lar ajratish kerak. 41 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, - Toshkent; O‘zbekiston, 2021 2. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 14moddasi, MKning 100-moddasi 2- qismining 1-bandi. 3. «Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘RQ-642-son Qonuni 4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining birinchi bo‘lim , II bob, 14moddasida “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsplari asosida amalga oshiradi” 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi, 25.01.2020 7. «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi prezident farmoni 8. Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирининг буйруғи, 04.05.2021 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 588-4 9. 2022-yil 29-aprelda o‘tkazilgan Prezident ishtirokidagi yig‘ilishdagi nutqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-58-son Farmoniga muvofiq. 10.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 yanvar kuni “Erkin narxlar joriy etilishi munosabati bilan talabalar, uquvchi yoshlar, uzgalarning qaramog‘iga muxtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlar va mehnatkashlarning imtiyozli umumiy ovqatlanishini tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 22-sonli Qarori 11.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 7.03.2022 yildagi “Oila va хotinqizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni 42 12.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021—2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishni 13.Abdulazizova H.B, ijtimoiy himoya tizimining zamonaviy tendensiyalari. 14.A.V. Vaxabov, B.B.Baxtiyorov, Aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligini kuchaytirish mehanizmini takomillashtirish. Toshkent. 2020 15.Церкасевич Л. В. Современные тенденции социальной политики в странах ЕC: учеб. пособие. СПб., 2002. 16.www.xs.uz Xalq so‘zi 17.www.uza.uz O‘zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy sayti 18.www.norma.uz Axborot – huquqiy portal 19.www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi 20.www.gazeta.uz O‘zbekiston yangiliklari sayti 43
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )