4–MA’RUZA 4–Mavzu: “Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti” mavzusini o’qitish metodikasi Reja: 1. Zamonaviy kompyuterlar. Mikroprotsessor. Operativ xotira 2. Kompyuterning dasturiy ta’minoti. Operatsion tizim. Windows OT 3. Amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari 4. Interfaol ta’limning asosiy shakllari. Interfaol ta’lim metodlarini qo’llab o’qitish metodikasi Kompyuter – hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo’yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo’ljallangan elektron mashina. Kompyuter so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, “hisoblash”, “hisoblagich” degan ma’nolarni bildiradi. Zamonaviy kompyuterlarning barchasi fon Neyman tamoyillari asosida yaratilgan, ya’ni ularning barchasi bir xil funksional tuzilmaga ega. Kompyuter konfiguratsiyasi deb uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar ro’yxatiga va bu qurilmalarning asosiy parametrlariga aytiladi. Shaxsiy kompyuterlari quyidagi asоsiy qurilmalardan tashkil tоpgan: 1. Sistemali blоk; 2. Mоnitоr (displey); 3. Klaviatura (tugmalar majmuasi) SISTEMALI BLОK – eng asоsiy qurilma bo’lib, unda mikrоprоtsessоr, оperativ xоtira, qattiq disk, (yoki vinchestr) kоntrоller, disketalar bilan ishlash uchun qurilma va hokozolar jоylashgan. MОNITОRLAR – matnli va grafikli ko’rinishdagi axbоrоtlarni ekranga chiqarish qurilmasidir. KLAVIATURA – IBM PC klaviaturasi fоydalanuvchi tоmоnidan ma’lumоtlarni kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Sistemali blok (protsessor) bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi. 1. Korpus va elektr ta’minoti bloki; 2. Asosiy plata; 3. Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler; 4. Tezkor xotira. 5. Qattiq disk (Vinchester) turidagi tashqi xotira. Ulardan tashqari, protsessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o’qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, videoprotsessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun’iy yo’ldosh televideniyasini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o’xshash jihozlar joylanishi mumkin. Kompyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz kuchaytirgich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobil telefon, flesh xotira, tashqi vinchester, mahalliy kompyuter tarmog’i va internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o’xshash qurilmalar protsessor blokiga uning old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi. Kompyuterga ulanadigan, to’g’rirog’i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashiga ko’ra to’rt toifaga bo’linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo’shimcha joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompyuterning protsessor bloki ichida joylashgan bo’ladi. Tashqi qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kiruvchi va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi. Qo’shimcha qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: proyektor, skaner, videokamera va boshqalarga aytiladi. 1 Funksional vazifasi (ma’lumotlarni kiritishi va chiqarishiga) ko’ra qurilmalar uch toifaga ajratiladi: kirituvchi, chiqaruvchi, hamda kirituvchi va chiqaruvchi qurilmalar. Masalan, klaviatura kirituvchi, monitor chiqaruvchi, vinchester ham kirituvchi, ham chiqaruvchi qurilmadir. Korpus. Kompyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko’rinishda bo’ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o’rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 dyuym). Ulardan birinchisi odatda serverlar va o’ta kuchli kompyuterlar, ikkinchisi ommaviy kompyuterlar, uchinchisi arzon kompyuterlar uchun mo’ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past bo’lib, ular odatda ustiga monitor qo’yishga mo’ljallangan. Keyingi paytda super mini tower va monoblok deb ataluvchi korpuslar ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan ular kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi dizaynidir. Super mini tower korpuslarining balandligi boshqa korpuslarning balandligidan 2-3 marta kam. Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz kechilgan. Unda barcha qurilmalar monitor korpusiga joylanadi. Ilgarilari mikroprotsessorlarga ham 5 voltli kuchlanishli elektr toki berilardi. Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 volt kuchlanish avval 3 voltgacha, so’ng 1,1 voltgacha kamaydi. Elektr energiyasini uzluksiz ta’minlash tizimlari. Kompyuterlarning eng birinchi dushmani elektr energiyasini ta’minlash tizimidir. Bu tizimda elektr toki kuchlanishi ko’pincha nominal qiymati 220 Voltdan farq qiladi. Elektr energiyasiga talab, kun-ning qaysi vaqtiligiga qarab o’zgarib turadi. Kunduzi elektr energiyasiga talab kamayadi, qechqurun esa ko’payadi. Kunduz kunlari kuchlanish 250 Voltgacha ko’tarilsa, kechki payt 180 voltgacha pasayib ketadi. Bu kabi elektr kuchlanishining davriy o’zgarishiga qarshi choralar allaqachon ishlab chiqilgan bo’lib, har qanday elektron qurilmalarning elektr quvvati ta’minoti bloklari o’z stabilizatorlariga egalar va ular kuchlanishning bunday o’zgarishini muvaffaqiyatli bartaraf eta oladilar. Lekin elektron qurilmalarga eng katta xavf ularni yoqish va o’chirish paytida paydo bo’ladi. 2 Elektr ta’minoti tizimidagi katta quvvat talab qiluvchi ba’zi qurilmalar, masalan ishxonadagi lift motori, xonadagi konditsioner yoki muzlatgichlar ishga tushayot-ganida kata kuchlanishli impulslar paydo qilishi va bu impulslar yaqin o’rtadagi kompyuter texnikasining qayta yuklanishiga sabab bo’lishi mumkin. Lekin eng katta xavf elektr tokining birdan o’chib qolishidir. Kompyuter bir vaqtda o’nlab fayllarni kompyuter xotirasiga yuklab oladi va ular bilan doimiy ravishda foydalanadi. Boshqacha aytganda, kompyuter ishlayotganda o’nlab fayllar ulardan ma’lumot o’qish yoki ularga yozish uchun ochiq holda bo’ladi va ular faqat kompyuter o’chirilishidan oldin yopiladi. Elektr tokining birdan o’chib qolishi bu fayllar ustida bajarilayotgan amallarning tugatilmay qolishiga va bu fayllarda xatoliklar paydo bo’lishiga olib keladi. Fayl tizimida vujudga kelgan muammolar ma’lumotlarning o’chib ketishiga, dasturiy ta’minotning noto’g’ri ishlashiga yoki butunlay ishlamay qolishiga olib keladi. Natijada dasturiyta’minot va ba’zan operatsion tizimni qayta o’rnatishga to’g’ri keladi. Buning oldini olish va kompyuter texnikasini himoyalash uchun uzluksiz ta’minlash tizimlari (BPS – bespereboynoye pitaniye sistemi yoki UPS Unlimited Power System) dan foydalaniladi. SISTEMA PLATASI kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashgan bo’ladi.Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishini boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo’ladi. Hozirda shinalarning PCI/ISA turi keng ishlatilmoqda.Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo’lib, u orqali kompyuterga ko’p tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Kompyuterning asosiy qurilmasi uning mikroprotsessoridir. Qolgan qurilmalar unga xizmat qiladilar. Asosiy plata esa ularni bir – biriga bog’laydi. Odatda yangi mikroprotsessor ishlab chiqilganda, u uchun mo’ljallangan asosiy platada foydalanish uchun yangi mikrosxemalar ham yaratiladi. Bu mikrosxemalar birgalikda chipset (mikrosxemalar to’plami) deb ataladi. Odatda asosiy plata tarkibiga quyidagi qo’shimcha qurilmalar ham kiradi. 1. Ovoz platasi; 2. Video plata; 3. Lokal tarmoq kartasi (LAN card). Bu qurilmalar asosiy plataga joylangan deyiladi, bu va boshqa qurilmalarini asosiyplataning slotlariga ham o’rnatish mumkin. Bunday qurilmalar ichki qurilmalar (korpus ichidagi) deb ataladi. Bundan tashqari, qurilmalarni asosiy plataning korpus tashqarisiga chiqarilganrazyemlariga ham ulash mumkin. Bunday qurilmalar, masalan flesh xotira tashqi qurilmalar deb ataladi. Asosiy plataning ikkita katta mikrosxemasi aynan shinalar uchun mo’ljallangan. Ular ko’priklar deb ataladi. Shimoliy ko’prik o’ta tezkor qurilmalar: tezkor xotira va videoprotsessorniulash uchun ishlatiladi. Janubiy ko’prik nisbatan sekin ishlaydigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, PCI, SATA, USB slotlarga ulanadigan qurilmalarga xizmat ko’rsatadi. 3 Материнская (систе́мная) пла́та (англ. motherboard, в просторечии: «материнка», «мать») — печатная плата, являющаяся основой построения модульного устройства, например — компьютера. Системная плата содержит основную часть устройства, процессор, оперативную память и дополнительные взаимозаменяемые платы, называемые платами расширений. Motherboard (inglizcha onakart, umumiy tilda: "motherboard", "mother") – modulli qurilma qurish uchun asos bo’lgan bosilgan elektron plata, masalan – kompyuter. Tizimli (ona) platada qurilmaning asosiy qismi, protsessor, operativ xotira va kengaytirish kartalari deb ataladigan qo‘shimcha almashtiriladigan kartalar mavjud. MIKRОPRОTSESSОR – kompyuterni bоshqarish va barcha hisоb ishlarini bajaradi. Mikrоprоtsessоr turli amallarni tez bajarish qоbiliyatiga ega. Uning tezligi sоniyaga 100 milliоn amalgacha va undan оrtiq bo’lishi mumkin. IBM PC kompyuterlarida оdatda «Intel» firmasi va unga muvоfiq bоshqa firmalarning mikrоprоtsessоrlari o’rnatiladi. Kompyuterlar mikrоprоtsessоr turlari bilan farqlanadi. Mikrоprоtsessоrlarning Intel – 8088, 80286, 80386 SX, 80386, 80486, Pentium kabi turlari mavjud. Dastlabki kompyuterlar Intel-8088 asоsida qurilgan bo’lib ularning ishlash tezligi juda sekin edi. Intel-80286, 80386 Mikrоprоtsessоrlari ham keyingi turlarga nisbatan tezligi sustligi sababli hоzirgi kunda ishlab chiqarilmayapti. 1993 yildan bоshlab Intel firmasi Pentium mikrоprоtsessоrini ishlab chiqarmоq-da. Firmaning Pentium asоsidagi Pentium Pro mikrоprоtsessоri o’rnatilgan kompyu-terlari ham sоtila bоshlandi. PENTIUM PRO ning amallarni bajarish chastоtasi 150 Mgh (Pentiumda 133 Mgh) bo’lib, u Pentium ga nisbatan ishlash tezligi 40% ga ko’prоqdir. 1991 yildan bоshlab IBM, Motorola, Fire Power va bоshqa firmalar birgaliqda Power PC mikrоprоtsessоrini ishlab chiqarishga kirishdi va bu bоrada muvaffaqiyatga erishdi. Shunday bo’lsada, Pentium narxining arzоnligi va imkоniyatlari bilan fоydalanuvchilarni o’ziga ko’prоq jalb qilmоqda. Notebooklar ham 120 Mgsli Pentium mikrоprоtsessоrlari asоsida ishlamоqda. Pentium mikrоprоtsessоrlaridan murakkab hisоblar va tasvirlar uchun fоydalan-gan maqsadga muvоfiq. Оddiy ishlar uchun esa mikrоprоtsessоrlarning dastlabki turlaridan fоydalanish mumkin. Shinalar haqida gap ketganda mikroprotsessorlarning bir jihatiga alohida to’xta-lish lozim. Mikroprotsessorlar kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalarni bosh-qarish uchun vaqti-vaqti bilan o’z ishini to’xtatib turadi. Bu to’xtashlar uzilishlar deb ataladi. Uzilishlar ikki turga bo’linadi. Birinchilari davriy uzilishlar deb ataladi va ular ma’lum vaqtdan keyin takrorlana beradi. Ikkinchilari talabga ko’ra uzilishlar deb ataladi. Davriy uzilishlar mikroprotsessor e’tiborini doimiy talab qiladigan qurilmalar uchun mo’ljallangan. Masalan, klaviaturadan ma’lumot doimiy ravishda kiritiladi. Shu sababli, mikroprotsessorlar har sekundda 50 marta (har 20 millisekundda) klaviaturada biron tugma bosilganligini tekshirish uchun o’z ishini to’xtatadi. Bundan tashqari, har sekundda 18900 marta (har21 mikrosekundda) protsessor o’z ishini to’xtatib tezkor xotiraga murojaat qiladi. 4 Tezkor xotira shunday tuzilgan-ki, unga 50 mikrosekund davomida murojaat qilinmasa, uning yacheykalaridagi zaryad so’nadi va undagi ma’lumot o’chib ketadi. Hozirgi paytda klaviatura va tezkor xotiraga ko’priklar orqali xizmat ko’rsatilsa-da, doimiy uzilishlar eski dasturlarning to’g’ri ishlashi uchun saqlab qolingan va ulardan dastur yaratishda foydalanish mumkin. Biron bir qurilma o’ziga xizmat ko’rsatilishini hoxlasa, u boshqarish shinasiga talabga ko’ra uzilish signalini jo’natadi. Bu signalni olgan mikroprotsessor o’z ishini to’xtatib unga xizmat ko’rsatadi. Har bir qurilmaning o’z drayveri (unga xizmat ko’rsatuvchi dasturi) bo’lib, uzilish paytida shu drayver ishga tushadi. Talabga ko’ra uzilishlardan mikroprotsessorlar bir vaqtda ko’p masalalar bilan shug’ullanishda foydalanadilar. Bir vaqtda o’nlab jarayonlar bilan ishlayotgan mikroprotsessor bir jarayon bilan ishlashni uzib, ikkinchisi bilan ishlay boshlaydi, keyin ikkinchisini ham vaqtincha to’xtatib uchinchisiga o’tadi. Bu o’tishlar tez-tez bajarilgani uchun foydalanuvchiga barcha jarayonlar parallel ravishda (bir vaqtda) bajarilayotgandek tuyuladi. Zamonaviy kompyuterlarning bir vaqtda bir necha masalalar bilan shug’ullana olishi ularning ishlashlarini juda barqarorlashtirishi bilan birga, foydalanuvchilarga ham bir qator qulayliklar tug’diradi. Kompyuterda hujjat yarata turib, bir vaqtda musiqa eshitish, internetdan yangi kitobni yuklash va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Kompyuter texnikasini ishlab chiqishdagi raqobat uning konfiguratsiyasida ham bir qator o’zgarishlar bo’lishiga olib kelmoqda. Ilgari tashqi yoki ichki qurilma sifatida ishlab chiqilgan bir qator qurilmalar asosiy plataga joylana boshlagan bo’lsa, endi asosiy plataning bir necha vazifalari protsessor zimmasiga yuklanishi kutilmoqda. 32 nanometrli (mikrosxemadagi tranzistorlarning o’lchami) texnologiya asosida yaratilgan mikroprotsessorlar grafik video protsessor vazifasini bajaruvchi grafik yadro(lar)ga ega bo’lishi bilan birga, shimoliy ko’prik vazifasini bajaruvchi mikrosxemalarni ham o’z ichiga oladi. Bunday mikroprotsessorlar 2011 yilda ishlab chiqariladigan kompyuterlarda keng qo’llanilishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta’kidlanmoqda. Intel 8088 1979 yil 1 iyulda Intel tomonidan chiqarilgan 16 bitli mikroprotsessor bo’lib, Intel 8086 mikroprotsessoriga asoslangan, ammo 8 bitli tashqi ma’lumotlar shinasiga ega. Protsessor original IBM shaxsiy kompyuterlarida ishlatilgan. Intel 8088 kichik kompyuterlar oilasining rivojlanishi uchun asos bo’ldi. Intel 80386 1985 yil 17 oktabrda chiqarilgan Intel kompaniyasining uchinchi avlod 32-bitli x86 protsessoridir. Bu protsessor IBM PC uchun birinchi 32 bitli protsessor edi. Asosan ish stoli va noutbuk kompyuterlarida qo’lla-niladi. Hozirda asosan kontroller-larda qo’llaniladi. 5 Intel 80486 1989 yil 10 aprelda Intel tomonidan chiqarilgan toʻrtinchi avlod 32 bitli skaler x86-mos mikroprotsessordir. Ushbu mikroprotsessor 80386 mikroprotsessorining takomillashtirilgan versiyasidir. Intel Pentium II 1997 yil 7mayda ishlab chiqarilganligi eʼlon qilingan. 1999 yil 26 fevral ishlab chiqarilgani eʼlon qilingan. Intel Pentium 4 – Intel firmasidan 2000 yil 20noyabrda taqdim etilgan. FSB (Face Side Bus – old tomon shinasi) shimoliy ko’prik shinasi bo’lib, tezkor xotira uchun mo’ljallangan. U kompyuterning takt chastotasini ikkilantirish asosida vujudga keladi. Shimoliy ko’prik mikroprotsessor uchun ham takt chastotasini ishlab chiqaradi. U kompyuter chastotasini biron songa ko’paytirish asosida yaratiladi. Masalan, mikroprotsessorning chastotasi 1,8 Gega Gers, kompyuterning takt chastotasi 100 Mega Gers bo’lsa, u 18 ga ko’paytiriladi. Agar mikroprotsessor chastotasi 2,4 GG bo’lsa, kompyuterning takt chastotasi 24 ga ko’paytiriladi. Shimoliy ko’prik videokarta ulanadigan PCI E (Peripheral Components Interface Express – tezkor tashqi qurilmalar interfeysi) shinasiga ham xizmat ko’rsatadi. Bu shina chastotasi 16 martagacha ko’paytirilishi mumkin. Janubiy ko’prik USB (User’s Serial Bus – Foydalanuvchi uchun ketma-ket shina), IDE (Interface for Data Exchance – axborot almashuvi uchun interfeys), PCI va SATA shinalari uchun ham xizmat ko’rsatadi. 6 Operativ xotira (tezkor xotira) o’zida kompyuterda ishlatilayotgan prоgramma va ma’lumоtlarni saqlaydi. Ma’lumоtlar dоimiy xоtiradan оperativ xоtiraga ko’chiriladi, оlingan natijalar zarur xоlda, diskqa qayta yoziladi. Kompyuter o’chirilishi bilan оperativ xоtiradagi ma’lumоtlar o’chiriladi. Tezkor xotira. Mikroprotsessor sirkdagi ko’z boylagichga o’xshaydi. Ko’z boylagich turli mo’jizalar ko’rsata oladi, lekin o’zidan bir necha metr naridagi koptokni ola olmaydi. Uni yordamchilari orqali oladi. Ko’z boylagichga o’xshab, mikroprotsessorga ham yordamchi kerak. Bu vazifani tezkor xotira bajaradi. Tezkor xotirada mikroprotsessor uchun dasturlar, ma’lumotlar va hisob-kitob natijalari vaqtincha saqlanadi. Tezkor xotira elektron qurilmalar – tranzistorlardan yasaladi va mikro sxema ko’rinishida bo’ladi. Mikrosxemalarda yasalgan xotiraning qulay tomonlari: o’lchamlari kichik, kam quvvat sarflaydi, sig’imi katta va tez ishlashidir. Tezkor xotira mikrosxemalari ikki xil bo’ladi: dinamik va statik. Statik mikrosxemalarda har bir xotira katakchasi registr ko’rinishida bo’lib, bu registrlarning har biri uchun 6 ta tranzistor ishlatiladi. Bu mikrosxemalar nisbatan tez ishlaydi. Dinamik mikrosxemalarda har bir katakcha ikkita tranzistor yordamida yasaladi, ulardan biri katakchani tanlash uchun kalit vazifasini bajarsa, ikkinchisi mitti kondensator vazifasini bajaradi, kondensatorning zaryadlangan holati 1 ga, zaryadsiz holati 0 ga mos keladi. Bunday mikrosxemalardan yasalgan tezkor xotira nisbatan sekin ishlaydi va ulardagi ma’lumot o’chib ketmasligi uchun ularni bir sekundda bir necha o’n ming marta zaryadlab turish kerak bo’ladi. Bu kamchiliklariga qaramay, ularning sig’imi kattaroq va ularning narxi ancha arzon. Hozirgi paytda tezkor xotiralarning deyarli barchasi dinamik mikrosxemalar asosida ishlab chiqiladi. Tezkor xotiraning asosiy parametrlari ularning sig’imi va tezligi (takt chasto-tasi)dir. Tezkor xotiraning sig’imi har doim ikkining darajasi ko’rinishidagi songa teng bo’ladi. Buularning manzilini aniqlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda DIMM, DDR, DDR II va DDR III rusumli tezkor xotiralardan foydalaniladi. DDR xotiralarning sig’imi 128, 256, 512, 1024 MB, takt chastotasi 266, 333, 400, 667, 800, 1333, 1600 MGs bo’lishi mumkin. DDR xotiralarda takt chastota bilan birga ma’lumot uzatish tezligidan ham foydalanila boshlandi. Masalan, DDR 2100 deb takt chastotasi 266 MGs bo’lgan xotira belgilangan. Bu chastotada ishlaydigan xotira bir sekundda 266 MGs * 8 bit = 2100 Megabit axborot uzata oladi. Shu kabi DDR 2700 va DDR 3200 rusumli xotiralar ham bor. DDR II turidagi xotiralar 512, 1024, 2048 MB sig’imli va 4200, 5300, 6400 Mb tezlikda, DDR III turdagi mikrosxemalar 1, 2, 4 GB sig’imli va 11000, 13000, 16000 va 20 000 Mb tezlikda bo’lishi mumkin. DIMM va DDR rusumidagi tezkor xotiralar hozir ishlab chiqarilmaydi. 7 Video protsessorlar. Zamonaviy kompyuterlar uch o’lchovli grafika, yuqori sifatli video bilan ishlaydi. Bu ulardan ekranga chiqariladigan murakkab axborotni tezda qayta ishlay olishini talab qiladi. Shu sababli, video protsessorlar hisoblash ishlarini bajara olish quvvati bo’yicha allaqachon markaziy mikroprotsessorlardan o’zib ketdilar. Ulardagi tranzistorlar soni mikroprotsessordagidan bir necha barobar ko’p bo’lishi mumkin. Hozirgi video protsessorlarning razryadlari soni 128 dan kam emas, 256 va xatto 384 razryadli video protsessorlar ham mavjud. Video protsessorlar o’z tezkor xotiralariga ham ega bo’ladilar. Bu video xotira sig’imi 256 MB dan 2GB gacha bo’lishi mumkin. Video protsessorlarning bu quvvatidan oddiy hisob-kitoblarda ham foydalanish mumkin. Maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot yordamida video protsessorda 80 xonali (o’nli sanoq sistemasida) aniqlikda matematik hisob ishlari bajariladi. Hozirgi paytda video protsessor o’rniga PCI Express slotiga o’rnatiladigan, 32 yadroli mikroprotsessorga ega va sekundiga yarim trilliongacha amal bajara oladigan bloklar ishlab chiqarilmoqda. Bu bloklar yordamida oddiy kompyuterni super kompyuterga aylantirish mumkin. Video protsessorlarning asosiy parametrlari bu uning razryadlari soni, video xotirasi sig’imi va bir sekundda nechta triangel (uch o’lchovli tasvirning eng kichik bo’lagi)ni qayta ishlay olishidir. DOIMIY XOTIRA. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS–Basic Input Output System – kiritish chiqarishning asosiy siste-masi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun u ROM (Read Only Memory – faqat o’qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarida bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning boshlang’ich yuk-lanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. KESH XOTIRA. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo’lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi.Mikroprotsessorning xotiraga murojatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi.Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo’lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo’ladi. VIDEO XOTIRA. Video xotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Videotasvirlar kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi. QATTIQ DISK. Bu qurilma kompyuterning miyasi hisоblanadi. Axbоrоtni uzоq muddatga saqlash uchun muljallangan qurilma. Qattiq disk juda katta xajmdagi axbоrоtlarni o’zida saqlaydi. Vinchеstеr atamasi (IBM,1973 yil) qattiq disk birinchi modеlining jargonli nomidan kеlib chiqqan bo’lib, u har biri 30 ta sеktordan iborat 30 ta yo’lkaga egadir, bu ma’lum bo’lgan «Vinchеstеr» ov miltirini «30G30» kalibri bilan aynan mos kеladi. Bu yig’uvchilarda bitta yoki bir nеchta qattiq disklar bo’lib, ular alyuminiy yoki kеramika qorishmasidan tayyorlangan va fеrrilok bilan qoplangan, gеrmеtik yopiq korpusga o’qish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yig’uvchilarning sig’imi olinmaydigan konstruktsiya hisobiga erishiladigan o’ta yuqori yozish zichligi tufayli bir nеcha ming mеgabaytgacha еtadi; ular tеzkorliligi ham egiluvchan magnit diskkaga nisbatan jiddiy darajada juda yuqoridir. ELEKTRОN SXEMALAR (yoki kоntrоllerlar) - kompyuterga kiruvchi (mоnitоr, klaviatura va hokazоlar) turli qurilmalar ishini bоshqaradi. SHINA. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo’lib, ular adapterlar deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo’l deb ataluvchi shunalar orqali bog’langan bo’ladi. Shunday qilib, oddiy so’z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog’lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo’lishi mumkin. Kompyuterlarning electron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. 8 KIRITISH - CHIQARISH PОRTI оrqali prоtsessоr tashqi qurilmalar bilan ma’lumоt almashadi. Kiritish-chiqarish porti sistemali blokning orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalarni ulash uchun xizmat qiladi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumоt almashuvi uchun maxsus pоrtlar, hamda umumiy pоrtlar mavjud. Umumiy portlarga printer, “sichqоncha” ulanishi mumkin. Umumiy pоrtlar 2 xil bo’ladi: parallel - LPT1 - LPT4 bilan belgilanadi va ketma-ket - CОM1 – CОM 3 bilan belgilanadi. Parallel pоrtlar kirish - chiqishni ketmaket pоrtga nisbatan tezrоq bajaradi. 2. Kompyuterning dasturiy ta’minoti. Operatsion tizim. Windows OT Shaxsiy kompyutеr ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software)lardir. APPARAT TA’MINOTI — bu, birinchi navbatda kompyutеrning asosiy tеxnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. DASTURIY TA’MINOT kompyutеrning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov bеruvchi dasturlar majmuasini va kompyutеrni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyutеr bamisoli bir parcha tеmirga aylanib qoladi. Kompyutеrning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog’lanish intеrfеys dеb ataladi. Kompyutеrning turli tеxnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — bu, apparat intеrfеysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa — dasturiy intеrfеys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — apparat — dasturiy intеrfеys dеyiladi. Shaxsiy kompyutеrlar haqida gap kеtganda kompyutеr tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyutеrning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti — foydalanuvchi intеrfеysi dеyiladi. Endi kompyutеrning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha tasniflash mumkin: — sistеmaviy dasturiy ta’minot; — amaliy dasturiy ta’minot; — dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari. Sistеmaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) — kompyutеrning va kompyutеr tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir prеdmеt sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini yеchishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan. 9 Sistеmaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: — kompyutеrning va kompyutеrlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash; — kompyutеr va kompyutеrlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Sistеmaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyutеr bilan birgalikda yеtkazib bеrilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin. Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) — bu, kompyutеr ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: — opеratsion tizim (OT); — tarmoq opеratsion tizimi. Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kеngaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (intеrfеysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyutеrning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir. Shunday qilib, sistеmaviy dasturiy ta’minotni sxеmatik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin: SDT Asosiy DT Operatsion tizim Xizmat ko`rsatuvchi DT Tarmoq OT Tashhis dasturlari Arxivlashtirish dasturlari Antivirus dasturlar Tarmoq dasturlari OPЕRATSION TIZIM (OT). Kompyutеrning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyutеrni va uning rеsurslari (tеzkor xotira, diskdagi o’rinlar va hokazo)ni boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr qurilmalari bilan qulay muloqotni (intеrfеysni) ta’minlaydi. Operatsion tizim kompyuter apparat resurslari orasida barcha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ko’rsatmalar beruvchi dastur tarkibi hisoblanadi. Ko’pgina kompyuter yoqish va o’chirish, qurilmalar konfiguratsiya qilish, xotirani boshqarish, vazifalarni muvofiqlashtirish, fayl boshqaruv ish faoliyatini monitoring qilish, tarmoq xavfsizligini ta’minlash, internet ulanishini o’rnatish va boshqa vositalarni boshqarish va shunga o’xshash vazifalarni o’z ichiga oladi. Operatsion tizimlar optik disk yoki mobil flesh – xotira tashuvchilari yordamida ishlashi mumkin bo’lsada, ko’pgina hollarda operatsion tizim o’rnatilgan va kompyuterning qattiq diskida joylashgan bo’ladi. Avtonom operatsion tizimlar – stol kompyuterlariga, noutbuklarga, shaxsiy kompyuterlarga yoki mobil qurilmalarga ulanadigan kompyuterlardir. Ba’zi operatsion tizimlar kliyentlar deb ataladi, chunki ular 10 tarmoq operatsion tizimlar bilan birgalikda ishlaydi. Tizimda ishlovchi kliyent tarmoq bilan va tarmoqsiz ishlashi mumkin. Opеratsion tizimga tizimli dasturlar majmui sifatida qarash mumkin. Chunki u kompyutеr tizimi ishini yo’nalishini bеlgilaydi va nazorat qiladi. Opеratsion tizim tomonidan taqdim qilinadigan asosiy vositalar quyidagilar hisoblanadi: 1. Kompyutеr dastlabki quvvat manbaiga ulanishi bilan ishga tushushini ta’minlash. 2. Foydalanuvchi dasturlarini хotiraga saqlash va bеlgilangan tartibda ularni amalga oshishini (ishlashini) rеjalashtirish. 3. Kiritish va chiqarish amallarini nazorat qilish. 4. Tеzkor хotirani qo’llashni boshqarish. 5. Foydalanuvchi fayllarini tahrirlash va boshqarish. 6. Foydalanuvchilar va kompyutеrlar o’rtasida o’zaro ta’sirning osonligi (soddaligi). 7. Foydalanuvchining ish joyi (muhiti) va fayllari хavfsizligini ta’minlash. 8. Manbalar qo’llanilishi hisobini yuritish. Shu tarzda, opеratsion tizim yuqorida kеltirilgan qator funktsiyalarni taqdim qilish bilan birga, zamonaviy kompyutеr foydalanuvchisi apparat, dasturiy ta’minot funktsiyalarini ta’minlaydi (masalan, arifmеtik va mantiqiy sхеmalar, хotiralar va boshqalar). Kiritish – chiqarishning tayanch tizimi (BIOS). Aytib o’tilganidеk BIOS kompyutеrni ishga tushirish va boshqarish uchun zarur va uncha katta bo’lmagan dasturni namoyon qiladi. U doimiy saqlash хotirasida saqlanadi (o’chmaydigan хotirada). Kompyutеr yoqilganda ko’rsatmalar chiqariladi va BIOS ishlay boshlaydi. Bunda хotira qurilmalari birinchi bor sinovdan o’tadi va joriy хtira ko’rsatkichi ekranga chiqariladi. Endi BIOS kompyutеrni intеrpritatsiyalarni ishga tushirish va foydalanuvchi dasturlarini yuklashga kirishadi. Bu jarayon tizimni dastlabki yuklanishi dеb nomlanadi. BIOSning asosiy funktsiyalari quyidagilar hisoblanadi: • Klaviaturadan tugmalarni bosish va ma’lumotlarni asosiy хotirada saqlash intеrprеtatsiyasi. • Ekran va printеrni boshqarish. • Boshqa portlar orqali ma’lumotlarni kirish va chiqishini ishga tushirish. BIOSning asosiy afzalliklaridan biri shundaki yangi kiritish\chiqarish qurilmalarining kompyutеrda paydo bo’lishi bilan darhol sеzib, uni o’zining ro’yхatalarida aks ettiradi. Drayvеrlar dеb atalgan dasturiy vositalarning o’rnatilishi bilan joriy kompyutеr bilan ushbu qurilmalar ishlay boshlaydi. Drayvеrlar kiritish/chiqarish qurilmalari ishlashini boshqaruvchi vosita hisoblanadi. Ya’ni shunday dasturiy vositaki, har doim doimiy saqlash qurilmasida saqlanadi va foydalanuvchi tomonidan o’zgartirib bo’lmaydi. Opеratsion tizimning funksiyalari. Opеratsion tizim o’zida dasturiy vositalarni namoyon qiladi va har doim asosiy хotiraning bir qismida saqlanadi. Foydalanuvchi va uning dasturlari tomonidan tasodifiy yoki atayin ta’sirlardan himoyalangan bo’ladi. Opеratsion tizimning o’zgarmaydigan qismi yadro dеb nomlanadi. Opеratsion tizimning asosiy funktsiyalari bo’lib kompyutеr tizimi rеsurslarini boshqarish va ularni optimal qo’llash hisoblanadi. Uning buyruqlari ostida rеsurslarni optimal darajada qo’llash imkonini bеradi. Opеratsion tizim kompyutеr rеsurslari, jumladan, asosiy хotira, protsеssor, kiritish/chiqarish qurilmalari ishini bеlgilaydi va nazorat qiladi. U turli хil dasturlar uchun хotirani taqsimlash, bu dasturlar uchun protsеssorni taqsimlab qo’llashni amalga oshiradi. Kompyutеr rеsurslari ikki хil: fizik va dasturiy rеsurslarga bo’linadi. Fizik rеsurslar bu: xotira vinchеstеr monitor tashqi qurilmalar va shu kabilar kiradi. Dasturiy rеsurslar bu: kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar kompyutеr ishlashini taminlaydigan boshqaruvchi dasturlar bеrilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar drayvеrlarvirtual ichki va tashqi хotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir. 11 Dasturlash sistеmasi – dasturlash tillari va ularga mos til protsеssorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov bеrish va sozlashni taminlovchi dasturlar to’p-lamidan iborat. Dasturlash sistеmasining tashqi qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami singari OS boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyutеr rеsurslari OS boshqaruvi ostida bo’ladi. OS ga ehtiyoj rеsurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kеlib chiqadi. Rеsurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyutеrdan effеktiv foydalanish bilan birga rеsurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilish. Operatsion sistema kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqat qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardan axborotlarni o’qish va axborotlarni disklarga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga ehtiyoj borligining asosiy sababi, yuqoridagi ishlarni bajarish uchun kompyuterning quyi bosqichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to’g’ri keladi. Operatsion sistemaning asosiy vazifasi foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi ham kerak bo’lmagan yuqoridagi zerikarli hamda juda murakkab ishlardan xolos etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashkari, operatsion sistema fayllarni ko’chirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ xotirani dastur ishi so’ngida bo’shatib boshqaruvni yana o’ziga olish kabi ishlarni ham bajaradi. Hozirgi paytda operatsion sistemaning bir necha turlari mavjud. Mac OS X operatsion tizimi, LINUX – operatsion tizimi, UNIX operatsion tizimi, Windows oilalari keng tarqalgan bo’lib bular o’znavbatida bir necha turlarga bo’linib ketadi. Hozirgi davrda ko’plab OTlar mavjud: UNIX; LINUX; MS DOS; OS/2; WINDOWS 95; WINDOWS NT; WINDOWS 98; WINDOWS 2000; WINDOWS Xp; WINDOWS 7; WINDOWS 8; WINDOWS 10; Birinchi shaxsiy kompyutеrlar OT ga ega emas edilar. Kompyutеr tarmoqqa ulanishi bilan protsеssor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo’lmagan dasturlash tili, masalan, Bеysik yoki shunga o’xshash tilni qo’llovchi, ya’ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo’lar edi. Ushbu til buyruqlarini o’rganish uchun bir nеcha soat kifoya qilar, so’ngra kompyutеrga uncha murakkab bo’lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bo’lar edi. Kompyutеrga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo’lgan zaruriyat paydo bo’ldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin. Windows operatsion tizimining oilasi. Windows – bu operatsion tizim (OT), ya’ni maxsus dastur bo’lib, u inson bilan kompyuter o’rtasida muloqotni o’rnatadi hamda kompyuterning barcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizimning turlari juda ko’p, masalan MS DOS 1.0 dan MS DOS 6.22 gacha, OS/2, UNIX, LINUX va hokazolar. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, UNIX va LINUX dasturlari hisoblanadi. Bulardan eng ko’p tarqalgani MICROSOFT kompaniyasining Windows operatsion tizimlaridir. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan – MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan – Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan – Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan – Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan – Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows – bu inglizcha so’z bo’lib, “oynalar” degan ma’noni anglatadi, ya’ni Windows tizimida barcha dasturlar «oyna» ko’rinishida ishlaydi. Windows – Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi – kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda, o’rganish uchun oson va qulay, shu bilan birga foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Hozirgi kunda mazkur talablarga javob beruvchi operatsion tizim bu – MS Windows XR grafik operatsion tizimi hisoblanadi. 12 Windows operatsion tizimi oilasi 13 1980 yillar o’rtalarida Microsoft foydalanuvchining grafik imkoniyatlari mavjud bo’lgan Windowsning birinchi versiyalarini chiqardi. Umuman olganda, Windows operatsion tizimi versiyalari va chiqqan vaqtlari: Windows 3.x versiyasi – 1990 yil 22 may; Windows NT 3.1 versiyasi – 1993 yil 27 iyul; Windows 95 versiyasi – 1995 yil 24 avgust; Windows 98 versiyasi – 1998 yil 25 iyun; Windows Millennium Edition 2000 yil 14 sentabr; Windows 2000 Professional versiyasi – 2000 yil 17 fevral; Windows XP versiyasi – 2001 yil 24 avgust; Service Pack 2 versiyasi – 2004 yil; Windows Vista – 2007 yil 30 yanvar; Windows 7 versiyasi – 2009 yil 22 oktabr; Windows 8 versiyasi – 2012 yil 26 oktabr; Windows 10 versiyasi – 2015 yil 29 iyul. Hozirgi vaqtda avtonom operatsion tizimlar qatoriga – Windows 7, Windows 8, Windows 10, Mac OS X, UNIX va Linuxlar kiradi. Boshqa avtonom operatsion tizimlar tarmoqning kichik qismini tashkil etuvchi milliy sug’urta va kichik biznes iste’molchilari tarmoq imkoniyatlarini ham o’z ichiga oladi. O’shandan beri Microsoft har doim Windowsning yangilangan versiyalarini diagnostika, avtomatik o’rnatish, plastifitsirlangan xavfsizlik va qulaylangan foydalanuvchi interfeyslari mavjud bo’lgan innovatsion xususiyatlarga ega qilib chiqarmoqda. Windows 7 foydalanuvchi ish tajribasini yaxshilovchi bir nechta dasturlardan tashkil topgan. Ko’pgina foydalanuvchilar quyidagi Windows 7 ning versiyalaridan birini tanlaydilar: Windows 7 Starter, Windows 7 Home Premium, Windows 7 Ultimate, or Windows 7 Professional. Windows 7 Starter – netbuklar va boshqa kichik portativ kompyuterlar uchun qo’llaniladi. Windows 7 foydalanuvchilarga fayllarni qidirish qulayligini, printer va boshqa qurilmalarga ulanishni, internetga lokal tarmoq va simsiz aloqa orqali ulanish imkonini beradi. Windowsning bu nashri odatda yangi kompyuterlarga o’rnatiladi va chakana savdo do’konlaridan sotib olish mumkin emas. Windows7 Home Premium Windows7 Starter ning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek Aero Flip 3D yuqori aniqlikdagi filmlar yaratish imkonini beradi. Windows 7 Ultimate - Windows 7 Home Premium fayllarni saqlab qoluvchi qo’shimcha imkoniyatlardan tashqari 35 ta tillar to’plamini ham o’z ichiga oladi. Windowsning eng oxirgi versiyalarida bajariladigan funksiyalar ko’pgina operatsion tizimlarda bir xil vazifalarni bajarishadi. Ba’zi operatsion tizimlar foydalanuvchini nazorat qilish, administrator xavfsizligini o’rnatish uchun ham xizmat qiladi. Cho’ntak kompyuterlarida va ko’pkina mobil qurilmalarda, masalan smartfonlarda operatsion tizim ROM mikrosxemasida joylashadi. Turli o’lchamdagi kompyuterlarda turli operatsion tizimlar qo’llaniladi, chunki kompyuterning turiga qarab operatsion tizim yoziladi. Masalan universal kompyuterlarda shaxsiy kompyuter operatsion tizimi qo’llanilmaydi. Hatto bir xil turdagi masalan shaxsiy kompyuyerlarida ham turli xildagi operatsion tizimlar qo’llaniladi. Ba’zilarida ko’p sonli operatsion tizimlardan ham foydalaniladi. Siz dasturiy ta’minot sotib olayotganingizda bu operatsion tizim sizning shaxsiy kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizga o’rnatilishiga amin bo’lishingiz kerak. Ba’zi hollarda foydalanilayotgan operatsion tizimlar platforma (platform)lar ham deb ataladi. Sotib olingan dasturiy ta’minot albatta alohida amaliy dasturlar bilan jihozlangan platforma (operatsion tizim) dan iborat bo’ladi. Cross – platform dasturi ko’p sonli operatsion tizim dasturlaridan biri hisoblanadi. Hisoblash tizimini mavqeini asosan uning OT i belgilaydi. Shunga qaramasdan, hisoblash tizimidan faol foydalanuvchilar, ko’pincha, unga ta’rif berishda anchayin qiynaladilar. Bu narsa qisman OT bir-biri bilan unga bog’liq bo’lmagan ikkita funksiyani bajarishi bilan bog’liqdir: bu foydalanuvchiga, dasturchiga kengaytirilgan, virtual mashina imkoniyatini yaratish bilan qulaylik yaratish va ikkinchi kompyuterning resurslarini ratsional boshqarish bilan undan samarali foydalanishni oshirishdir. 14 Grafik interfeysdan foydalanish Microsoft kompaniyasi, foydalanuvchilarga grafik interfeys va bir nechta ilovalar bilan bir vaqtda ishlash imkonini berdi. Grafik interfeys mavjudligi va uni Microsoft tomonidan (Graphical User Interfase, GUI), keng ko’lamda quvvatlanish shunga olib keldiki, ko’pgina yangi dastur mahsulotlari shu yangi imkoniyatlarga mo’ljallab ishlab chiqildi. Vaqt o’tishi bilan Microsoft kompaniyasi, hisoblashlar ishonchliligi va u samaradorligini ta’minlashga e’tiborini qaratdi, ammo foydalanuvchiga intultiv jihatdan tushunarli va umuman qulay interfeys bilan ta’minlash asosiy masala bo’lib qoldi. Qurilmalarni modernizatsiya qilish uchun, tizim resurslarini boshqarish uchun va tarmoqqa ulanishi muammolarini bartaraf qilish uchun tarmoq administratorlari va boshqa mukammal foydalanuvchilar buyruqlar qatori interfeysi bilan ishlashadi. Buyruqlar qatori interfeysida foydalanuvchi buyruqlarni kiritadi yoki klaviaturadagi alohida tugmalarni bosish orqali kiritiladi. Ba’zi odamlar buyruqlar qatoridan foydalanishni qiyin deb o’ylashadi, chunki bu aniq imloni, grammatikani va tinish belgilarini qo’yishda aniqlikni talab qiladi. Vaqt yetishmasligi kabi kichik xatolar ham xato xabarlari ishlab chiqaradi. Buyruqlar interfeysi foydalanuvchiga parametrlarni batafsil nazorat qilish uchun ko’proq boshqarish imkonini beradi. Buyruqlar qatori interfeysi bilan ishlash, kompyuterga kiritilgan buyruqlar majmui buyruqlar tili deb ataladi. Buyruqlar qatori interfeysi sizdan aniq grammatikani, imloni va tinish belgilari aniqligini talab etadi. 3. Amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari Аmаliy dаsturiy tа’minоt (Aplication program paskage) – bu аniq bir prеdmеt sоhаsi bo’yichа mа’lum bir mаsаlаlаr sinfini yechishgа mo’ljаllаngаn dаsturlаr mаjmuаsidir. Kompyutеrning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigan amaliy dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyutеrlardan inson faoliyati-ning barcha sohalarida kеng foydalanishi, turli prеdmеt sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. 1) Muammoga yo’naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi: — buxgaltеriya uchun DT; — pеrsonalni boshqarish DT; — jarayonlarni boshqarish DT; — bank axborot tizimlari va boshqalar. 2) Umumiy maqsadli ADT — soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot tеxnolo-giyasini qo’llaganda uning ishiga yordam bеruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular: — kompyutеrlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lu-motlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); — matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tеgishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari; — grafik muharrirlar; — hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elеktron jadvallar; — taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar. 3) Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: — rеjalovchi yoki organayzеrlar, ya’ni ish vaqtini rеjalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni to’zuvchi, tеlеfon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; — tarjimon dasturlar, ya’ni bеrilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar; — skanеr yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar; — tarmoqdagi o’zak masofada joylashgan abonеnt bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. 15 Kichik nashriyot tizimlari «kompyutеrli nashriyot faoliyati» axborot tеxnologiya-sini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda bеtlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi. Multimеdia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazеrli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli tеxnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi. Sun’iy intеllеkt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni 4 yo’nalishga bo’lish mumkin: — Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyutеrda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k.) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi. — Bilimlarga asoslangan intеllеktual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muhim natijalardan biri ekspеrt tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intеllеkt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning ekspеrti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin. — EHMlarning yangi arxitеkturasini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (bеshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini o’rganadi. — Intеllеktual robotlar. Bu yo’nalish oldindan qo’yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intеllеktual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi. Dаsturlаsh tехnоlоgiyasining uskunаviy vоsitаlаri – yangi dаsturlаrni ishlаb chiqish jаrаyonidа qo’llаnilаdigаn mахsus dаsturlаr mаjmuаsidаn ibоrаt vоsitаlаrdir. Bu vоsitаlаr dаsturchining uskunаviy vоsitаlаri bo’lib хizmаt qilаdi, ya’ni ulаr dаstur-lаrni ishlаb chiqish (shu jumlаdаn аvtоmаtik rаvishdа hаm), sаqlаsh vа jоriy etishgа mo’ljаllаngаn. Hozirgi paytda dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo’nalish tеz sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case – tеxnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: — kompilyator va intеrprеtatorlar; — dasturlar kutubxonasi; — turli yordamchi dasturlar. Kompilyator – dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib bеradi. Intеrprеtator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bеvosita bajarilishini ham ta’minlaydi. Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Makroassеmblеr MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi. CASE – tеxnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tеzkor rivojlanayot-gan sohalaridan biridir. CASE — Computer Aided Sistem Engineering — axborotlar tizimini avtomat-lashtirilgan usulda loyihalash dеgani bo’lib, CASE – tеxnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko’pchilik-ning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi. Case – tеxnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80–yillar oxirida shakllangan yo’nalishdir. Ulardan kеng ko’lamda foydalanish qimmatligi tufayli chеgaralangandir. Case – tеxnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va ko’zatib turish tеxnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case – tеxnologiyasining asosiy yutug’i — kompyutеrlarning mahalliy tarmog’ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmеntini eksport – import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqkara bilishligidadir. 16 4. Interfaol ta’limning asosiy shakllari. Interfaol ta’lim metodlarini qo’llab o’qitish metodikasi Interfaol ta`limning asosiy shakllari. Bugungi kunda interfaol ta`limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo`llanilmoqda: 1.Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O`quv keyslari”), “Blits-so`rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va boshqalar. 2.Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k. 3.Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagram-masi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar. Interfaol metodlar. “Keys–stadi” – inglizcha so’z bo’lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o’rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil qilish asosida o’qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o’rganishda foydalanish tartibida qo’llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqyea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qayerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How), Nima-natija (What). “Blits-so‘rov” (inglizcha “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Unga qo‘ra o‘qituvchi o‘rganilgan mavzu, muayyan tarqibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqadi va talabalarning e’tiborlariga havola etadi. Talabalar berilgan savolga qisqa muddatda, qisqa va aniq javob qaytara olishlari lozim. Guruh yoqi juftliqda ishlashda bir nafar talaba berilgan savolga javob qaytaradi, uning sheriqlari yoqi guruhdoshlari javobni to‘ldirishlari mumqin. Biroq, fiqrlar taqrorlanmasligi lozim. Metodni qo‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning mohiyati talabalar tomonidan og‘zaqi, yozma yoqi tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumqin. Modellashtirish metodi o’quvchi (talaba)larda o’zlashtirilga mavzu, masala yoki hal qilingan muammo yuzasidan mantiqiy fikrlash, mavzu, masala yoki hal qilinayotgan muammoning umumiy mohiyatini model (shartli belgi)lar yordamida ifodalash ko‗nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Uni qo’llashda tanlangan obyekt mohiyati, muhim xususiyatlari, ustuvor jihatlarini to’la ochib berishga alohida e‘tibor qaratiladi. Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) – biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Model – obyekt, shaxs yoki tizimning informatsion tasviri hisoblanadi. Masalan, yerning modeli – globus, osmon va undagi yulduzlar modeli – planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. Modellashtirish – bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdir. “Ijodiy ish” metodi talabalarni ijodiy faolliqqa undash orqali ularda o‘zlashtiril-gan nazariy bilimlar asosida mavzu mohiyatini yoritish, yangicha talqin qilish ko‘nikmalarini shakl lantirishga xizmat qiladi. Mazqur metodni qo‘llash jarayonida talabalarning erqinigi ta’minlanadi, mustaqil fiqrlashlari uchun imqoniyat yaratiladi. Ular mavjud bilimlariga tayangan holda o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib beradilar. Yagona talab talabalar mantiqan to‘g‘ri fiqrlay olishlari, shaxsiy mulohazalarini dalillar bilan isbotlay bilishlari lozim. 17 Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to’g’ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to’la-to’kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo’lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o’rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to’xtamga kelish; suhbatdosh to’g’risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish; suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish; suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish. Strategiyalar. “Aqliy hujum”. Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: − ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi; − mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bogʻlash maqsad qilib qoʻyilganda, yangi mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi; − oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda mavzudan soʻng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. “Aqliy hujum” metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar: 1. Bildirilgan fikr–gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. 2. Bildirilgan har qanday fikr–gʻoyalar, ular hatto toʻgʻri boʻlmasa ham inobatga olinadi. 3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart. “Aqliy hujum” metodining afzalliklari: natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr–gʻoyalarning shakllanishiga olib keladi; ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi; fikr–gʻoyalar vizuallashtirilib boriladi; ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini tekshirib koʻrish imkoniyati majvud; ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uygʻotadi. “Aqliy hujum” metodining kamchiliklari: ta’lim beruvchi tomonidan savolni toʻgʻri qoʻya olmaslik; ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi. 18 “Aqliy hujum” strategiyasida: • Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol boʻyicha oʻz javoblarini (fikr, gʻoya va mulohaza) bildirishlarini soʻraladi. • Ta’lim oluvchilar savol boʻyicha oʻz fikr - mulohazalarini bildirishadi. • Ta’lim oluvchilarning fikr - gʻoyalari (diktofonga, videotasmaga, rangli qogʻozlarga yoki doskaga) toʻplanadi. • Fikr - gʻoyalar ma’lum belgilar boʻyicha guruhlanadi; • Yuqorida qoʻyilgan savolga aniq va toʻgʻri javob tanlab olinadi. “Bumerang” metodi. Metodning tavsifi. Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘qivchilarni baholay olishga qaratilgan. Metodning maqsadi. O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish. Metodning qo‘llanishi. Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin. Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar. O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar). Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi. Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi: • o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; • o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi; • o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi; • berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi; • har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi; • yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga erishadilar; • berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar; • yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; • darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi. • O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar; • savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi; • har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi; • guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar); • guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi; • guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. • darsni yakunlash, uyga vazifa berish “Zig-zag” metodi. Metod talaba – o‘quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 1. O‘quvchi – talabalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. “Zig–zag” metodining qo‘llanish qoidasi quyidagicha: 19 1-bosqich. Kichik guruhlar tashkil etiladi. 2-bosqich. Har bir guruh ishtirokchilariga 1, 2, 3 raqamlari yozilgan qog‘ozlar (topshiriqlar soniga qarab) tarqatiladi. 3-bosqich. Har bir guruhdagi ishtirokchilar alohida stol atrofida birlashadi (1,1,1,1), (2,2,2,2), (3,3,3,3) va ushbu guruhlarning har biriga alohida topshiriqlar beriladi (misol uchun 1guruhga metodik, 2-guruhga ilmiy, 3-guruhga didaktik tahlil). 4-bosqich. Guruh ishtirokchilari belgilangan vaqt oralig‘ida berilgan tahlil turlarini puxta o‘rganadilar va har bir ishtirokchi “o‘qituvchi” darajasiga ko‘tariladi. 5-bosqich. Har bir ishtirokchi avvalgi o‘rniga qaytadi va o‘zining puxta o‘rganib kelgan materialini (dars tahlili turini) sheriklariga galmagaldan tushuntirishi kerak. Mana shu tartibda dars tahlili turlari talabalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi va bu ishlarning taqdimoti o‘tkaziladi. Dars tahlilining qaysi turi bo‘yicha taqdimot qilish o‘qituvchi to-monidan belgilanadi, ya’ni guruhlar taqdimot qilib beradilar. Har bir guruhlar taqdimotini qolgan guruhlar baholaydi. Baholash mezoni maksimal – 10 ball. Mazmun – 6 ball, taqdimot – 2 ball. G‘olib guruh o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi. “Zinama–zina” metodi. Ushbu metod o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu metod o‘quvchilar bilan yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi. Metodning maqsadi: O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil kilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish. Metodning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzular soniga mos) chap tomoniga kichik mavzula yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul); o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi; o‘qituvchi a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida kog‘ozdagi bo‘sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yokio‘quvchizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi. tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi; o‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi. “Muzyorar” metodi – muomaladagi tusiklarni yengib o‘tishga va o‘zaro munosabatlardagi «muzni» yorishga qaratilgan mashqdir. Muzyorar, birinchidan, tanishuv jarayonini rivojlantiradi, ikkinchidan, ishtirokchilarni o‘zini bemalol his qilishlariga yordam beradi. 20 Treninga kirish jarayonida har bir ishtirokchi o‘zini tanishtiradi. Auditoriya-dagilarning sonidan, kurs boshida umumiy kayfiyatidan va boshqa holatlardan kelib chiqib, trener quyidagi tanishuv usullarini tanlashi mumkin: Juftliklarda besh daqiqalik suhbat, so‘ngra har bir ishtirokchi o‘zining suhbatdoshini tanishtiradi. Doirada koptokcha bilan o‘ynash - bunda qo‘liga koptokcha tushgan har bir ishtirokchi o‘z ismini hamda o‘zi haqidagi ma’lumotni aytishi kerak bo‘ladi. “Rotatsiya” strategiyasi. Strategiya mavzuni kichik guruhlarda o'rganish, asosiy g'oyalarni yozma bayon etish, guruhlar tomonidan taqdim qilingan ishlarni jamoa ishtirokida tahlil qilish imkonini beradi. Mashg‘ulot jarayonida metodni qo‘llashda quyidagi tartibda ish ko‘riladi: 1) o‘rganilayotgan mavzuga doir topshiriqlar yozma ravishda bayon qilinib, yozuv taxtasiga osib qo‘yiladi; 2) talabalar topshiriqlar soniga qo‘ra guruhlarga biriqtiriladilar; 3) guruhlar ixtiyoriy ravishda topshiriqlar paqetini tanlaydilar va topshiriqni bajarishga qirishadilar; 4) topshiriqning yechimi yozma bayon qilinadi va guruh ishining ajratib olish oson bo‘lishi uchun paqet ustiga maxsus belgilar qo‘yiladi; 5) topshiriqning yechimi bayon qilingan paqetlar guruhlar o‘rtasida o‘zaro almashtiriladi; 6) barcha topshiriqlarning mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganilib bo‘lgach, topshiriqlar paketlari yig‘ib olinadi va echimlar umumlashtiriladi; 7) yechimlar jamoada muhoqama qilinib, eng to‘g‘ri javob tanlab olinadi. “Yumaloqlangan qor” metodi. Ushbu metod ham mavzuni muayyan qismlarga bo‘lgan holda o‘zlashtirish imkonini beradi hamda tahsil oluvchilarda guruh va juftlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: – tasvirli kartochkalar tayyorlanadi; – ularning orqa tomoniga mavzuni o‘zlashtirishga oid o‘nbesh variantdan iborat topshiriqlar yoziladi; – sinf tahsil oluvchilari ikki yoki uch guruhga bo‘linadilar (guruhlarni hosil qilishda tasvirli kartochkalardan foydalaniladi); – har bir guruh a’zolari bir nechta juftliklarga biriktiriladilar; – har bir juftlik bir variantdagi topshiriqni bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanish nihoyatda qulay. Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti” grafik organayzeri (GO) talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo`llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma`lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko`nikmalari rivojlanadi. Undan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: 1). o`qituvchi o`quvchi (talaba)larni GOni qo`llash sharti bilan tanishtiradi; 2). o`quvchi (talaba)lar kichik guruhlarga biriktiriladi; 3). guruhlar topshiriqlarni bajaradi; 4). guruhlar o`z yechimlarini jamoaga taqdim etadi; 5). jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi. 21 “BBB” metodi bu B–B–B sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi. O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo`yicha guruhlanadi. Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin. “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi. Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman» degan so’zlar yoziladi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman» nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi). Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma'lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So’ngi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma'lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 minut) matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar. 22 23 “Venn diagrammasi” – bu ikkita mavzu yoki g'oyalar o'rtasidagi munosabatlarni taqdim etish uchun ikki yoki uchta doira shaklidan foydalanadigan grafik. Ushbu vosita asosan ikkita asosiy mavzu o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni vizual tarzda ifodalash uchun ishlatiladi, shuning uchun ikkala mavzu bo'yicha bilim olish osonroq bo'ladi. Bundan tashqari, Venn diagrammasi ikki yoki uchta doiradan iborat. Bir-biriga o'xshash doiralar umumiy xususiyatga ega, bir-biriga o'xshamaydigan doiralar esa bir xil xususiyat yoki xususiyatlarga ega emas. Shuningdek, bugungi kunda Venn diagrammasi biznes va ko'plab akademik sohalarda illyustratsiya sifatida qo'llaniladi. Odatda, siz ikkita yoki uchta doirali diagrammalarni ko'rasiz. 4 doirali Venn diagrammasi to'rt xil mavzu yoki guruhni ko'rsatish yoki tasvirlash uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan vizual tasvirdir. U bir-biriga bog'liq bo'lgan tushunchalarni ko'rsatadi. Unda ko'rishingiz mumkin bo'lgan to'rtta doira to'rt xil mavzu yoki guruhni ifodalaydi va doiralar orasidagi bir-biriga yopishgan joylar bir-biriga bog'liq bo'lgan nuqtalardir. Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qoʻyish uchun qoʻllaniladi. Oʻquvchilarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari: o oʻquvchilar ikki guruhga boʻlinadi; o plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qoʻyiladi; o har bir toʻgʻri fikrga qoʻyiladigan ball oldindan kelishib olinadi; o qoʻyilgan topshiriq boʻyicha guruhlarning har qanday toʻgʻri yoki notoʻgʻri fikrlari bir oʻquvchi tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi; o kichik guruh ichidan biror oʻquvchi sheriklarining ismi-shariflari toʻgʻrisiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi; o fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, oʻqituvchi va oʻquvchilar hamkorligida toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar aniqlanadi; o toʻgʻri javobga uch ball qoʻyiladigan boʻlsa, har bir notoʻgʻri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi; o eng koʻp ball toʻplagan guruh gʻolib hisoblanib ular ragʻbatlantiriladi; o bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning notoʻgʻrilari oʻchirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda oʻquvchilarga tabaqalashtirilgan ball qoʻyiladi. Venn diagrammasi metodini barcha sinflarda bir-biriga bogʻliq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. 24 Nazorat savollari 1. Kompyuterning vazifasi nima? 2. Sistemali blоkning ichki qurilmalarini birma-bir aytib bering? 3. Mikroprotsessorlar haqida ma’lumot bering. 4. Operativ xotira vazifasi va turlari haqida ma’lumot bering. 5. Doimiy xotira haqida ma’lumot bering. 6. Kesh va video xotiralar haqida ma’lumot bering. 7. Qattiq disk haqida nimalarni bilasiz? 8. Sistema platasi haqida ma’lumot bering. 9. Shina nima? 10. Port nima? Portlar haqida ma’lumot bering. 11. Shaxsiy kompyutеrning tashkiliy qismlarini aytib bеring. 12. Kompyutеrning dasturiy ta’minoti dеganda nima tushuniladi? 13. Kompyutеrning apparatli ta’minoti dеganda nima tushuniladi? 14. Intеrfеys nima? Qanday intеrfеyslarni bilasiz? 15. Qanday dasturlar amaliy dasturlar dеyiladi? Ularga misol kеltiring. 16. Qanday dasturlar sistеmaviy dasturlar dеyiladi? Ularga misol kеltiring. 17. Sistеmaviy dasturiy ta’minot qanday vazifalarni bajaradi? 18. Sistеmaviy dasturiy ta’minotning tarkibiy qismlarini sanab bеring. 19. Asosiy dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchi dasturlarni aytib bеring. 20. Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minotning vazifasi nimalardan iborat? 21. Opеratsion tizim nima? Uning tarkibiga qanday dasturlar kiradi? 22. Operatsion tizimlarga misollar keltiring 23. Kompyuterning fizik va dasturiy resurslari haqida ma’lumot bering. 24. Windows operatsion tizimi haqida ma’lumot bering. 25. Windows operatsion tizimi versiyalari haqida ma’lumot bering. 26. Amaliy dasturiy ta’minot nima? Unga ta’rif bering. 27. Amaliy dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchi dasturlar qanday tasniflanadi? 28. Umumiy maqsadli ADT tarkibiga qanday dasturlar kiradi? 29. Ofis ADT tarkibiga kiruvchi dasturlar haqida nimalarni bilasiz? 30. Kichik nashriyot tizimlari nima? 31. Sun’iy intеllеkt tizimlari yo’nalishlarini aytib bering. 32. Sun’iy intеllеkt tizimlari yo’nalishlaridan ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar deganda nimani tushunasiz? 33. Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari dеganda nimani tushunasiz? 34. Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalariga nimalar kiradi? 35. Dasturlar yaratish vositalari nima va unga nimalar kiradi? 36. Case – tеxnologiyasi nima? Uning ma’nosini ham ayting. 37. Case – tеxnologiyalari haqida ma’lumot bering. 38. Interfaol metodlarga nimalar kiradi? 39. Interfaol ta’limda strategiyalarga misollar keltiring. 40. Grafik organayzerlarga misollar keltiring. 41. “Keys-stadi” haqida ma’lumot bering. 42. “Blits-so`rov”ning qanday ijobiy tomoni bor? 43. “Aqliy hujum” metodi nima uchun kerak? 44. “T-jadval” haqida ma’lumot bering. 45. “BBB” metodining foydali jihatlari bormi? 46. “Venn diagrammasi” haqida ma’lumot bering. 25
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )