Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tarmoq markazi “Axborot tizimlari va texnologiyalari”
yo‘nalishi tinglovchisi M.Ibragimovaning “Kredit tizimi asosida “Zamonaviy
dasturlash tillari” mavzusidan ta’lim natijalarini baholash usullari” bitiruv
malakaviy ishiga
TAQRIZ
M.Ibragimova tomonidan bajarilgan bitiruv ishi Kredit tizimi asosida
“Zamonaviy dasturlash tillari” mavzusidan ta’lim natijalarini baholash usullari
mavzusiga bag‘ishlangan. Mavzuni tanlash raqamli muhitda Kredit-modul tizimida
“Zamonaviy dasturlash tillari” fanining ta’lim natijalarini baholashda, avvalo,
talabaning Bloom taksonomiyasi bo‘yicha shakllangan kompetensiyalarini
aniqlashga e’tibor qaratilgan. Baholashning asosiy vositalari sifatida onlayn testlar
va kvizlar (LMS platformalarida avtomatlashtirilgan) orqali nazariy bilimlar
muntazam tekshirilib borishini nanarda tutgan. Laboratoriya va amaliy ishlar maxsus
rubrikalar hamda chek-listlar yordamida, kodning to‘g‘riligi, samaradorligi va
hujjatlashtirilishiga qarab ball bilan baholanishini ta’kidlagan. Katta loyihaviy
topshiriqlarda code review va pair programming jarayonlari formativ baholash
imkonini berib, talabalarga o‘zaro fikr almashish va yuzaga kelgan xatolarni tezda
tuzatish sharoitini yaratishini nazrda tutgan. Yakuni, analitik panellar orqali
to‘plangan baho ma’lumotlari vizual ko‘rinishda talaba va o‘qituvchiga taqdim
etilib, o‘z-o‘zini baholash va ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirishni
qo‘llab-quvvatlashiga bag‘ishlangan.
Bitiruv ishining dolzarbligi hozirgi paytda baholash vositalarini ishlab
chiqishda bir qator muammolarga duch kelinmoqda: test sinovlariga haddan tashqari
tayanish, amaliy topshiriqlarning bir xil tipda boʻlishi, “soft skill” va
metakoʻnikmalarni (masalan, kodni hujjatlashtirish, Git orqali hamkorlikda ishlash)
yetarlicha hisobga olmaslik kabi kamchiliklar mavjud. Bitiruv malakaviy ishida
ushbu muammoni hal etish maqsadida kredit tizimi talablariga mos, koʻp o‘lchovli
baholash usullarini ishlab chiqish va ularni “Zamonaviy dasturlash tillari” kursi
misolida amaliy sinovdan oʻtkazish rejalashtirilayotganini ta’kidlagan.
Bitiruv ishining maqsad va vazifalari kredit-modul tizimi sharoitida
“Zamonaviy dasturlash tillari” fanida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy
ko‘nikmalarini kompleks, ko‘p bosqichli baholash usullari hamda ularning o‘quv
jarayoniga integratsiyasi, Kredit-modul tizimi talablari asosida “Zamonaviy
dasturlash tillari” fanida talabalar bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini kompleks
baholaydigan, avtomatlashtirilgan va ko‘p bosqichli baholash modelini yaratish
hamda uni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘qitish samaradorligini
oshirishga qaratilgan.
Tadqiqot metodologiyasi avvalo, kredit-modul tizimida ta’lim natijalarini
kompetensiya yondashuvi orqali o‘lchashga qaratildi. O‘lchov vositalari sifatida
Bloom
taksonomiyasi
bilan
uyg‘unlashtirilgan
kompetensiya-indikatorlar
matritsasi, analitik dashboarddan eksport qilingan CSV jadvallar hamda ekspertlar
bahosi uchun analitik rubrikalar qo‘llangan.
Ish strukturasi ikkita bobni o‘z ichiga oladi: I-bobda kredit-modul tizimida
ta’lim natijalarini baholash va “zamonaviy dasturlash tillari” fanida amaliy qo‘llash,
kredit-modul tizimida baholash o‘quv yuklamasini (kreditlar) aniq o‘lchash va har
bir kredit bo‘yicha kompetensiyaga erishishni tekshirishga qaratilgan. Baholash
uzluksiz (formatif + summativ), shaffof (oldindan e’lon qilingan mezonlar) va
talaba-markazli bo‘lishi shart. Natijalar Bloom taksonomiyasi va LO (learning
outcomes) bilan konstruktiv bog‘lanadi: bilish → tushunish → qo‘llash → tahlil /
sintez / baholash keltirib o’tilgan.
II-bob baholash natijalarini tahlil qilish va ta’lim jarayonini takomillashtirish.
Baholash natijalarini tahlil qilish — talabalar javoblari, loyihalar yoki kod
sharhlaridan olingan ma’lumotlarni yig‘ib, ularni statistik ko‘rsatkichlar (o‘rtacha
ball, murakkablik darajasi, xatolik turlari) hamda kompetensiyalar bo‘yicha kesib
o‘rganish jarayonidir. Natijada, dars uslublari va topshiriqlar murakkabligi
talabalarning real ehtiyojlariga mos ravishda qayta tuziladi, o‘qituvchi va talaba
o‘rtasida muloqot kuchayadi, o‘quv motivatsiyasi oshadi. Shunday qilib, baholash
ma’lumotlarini
tizimli
tahlil
qilish
ta’lim
jarayonini
iterativ
ravishda
takomillashtirib, yuqori o‘quv natijalariga zamin yaratadi.
Ishning afzalliklari: kredit-modul tizimidagi baholash talabaning har bir
vazifasini aniqlik bilan og‘irlaydi, real vaqt analitikasi orqali shaffoflikni
ta’minlaydi va doimiy feedback berib, o‘zlashtirishni tezlatadi. Avtomatlashtirilgan
testlar natijalarni darhol ko‘rsatadi, amaliy loyiha va kod sharhlashlari esa haqiqiy
dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Natija: stress kamayadi, kompetensiyalar
aniq o‘lchanadi, o‘rtacha ball ko‘tariladi.
Tavsiya sifatida shuni ta’kidlashni istardimki, muallif ishning amaliy
qismini, masalan, o‘zining kanali tahlilini yoki foydalanilgan strategiyalarni
ifodalash uchun Nazariyani onlayn testlar, amaliyani mini-loyiha va code-review
bilan baholang; natijalarni LMS’da real vaqtda ko‘rsatsa maqsadga muvofiq bo‘lar
edi. Bu ishning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.
Xulosa: mazkur ish bitiruv malakaviy ishiga qo‘yiladigan talablarga javob
beradi, nazariy va amaliy jihatlarning yuqori darajada ishlab chiqilganligi bilan
ajralib turadi, shuningdek, muallifning tadqiqotchilik qobiliyatini namoyish etadi.
Himoya qilish uchun tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar:
PhD D.Zaripova