O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NURAFSHON FILIALI
“Kompyuter injiniringi” fakulteti
5330500 – “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi
Guruh nomi: 710-22
Fan nomi:Operatsion tizimlar
Amaliy mashg‘ulot
Tayyorladi:Ismoilov Shahzod
Toshkent-2025
Windows Operatsion tizimida WSL komponentini sozlash.
Ishdan maqsad: Talabalarni Windows Subsystem for Linux (WSL) texnologiyasi
bilan tanishtirish, uni faollashtirish va Ubuntu distributivini o‘rnatish bo‘yicha
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy qism
WSL (Windows Subsystem for Linux) — bu Windows operatsion tizimida Linux
muhitini to‘liq emulyatsiya qilmasdan, o‘zaro ishlash imkonini beruvchi
texnologiyadir. U orqali foydalanuvchilar Linux terminali, buyruq satri vositalari
va dasturlaridan Windowsda foydalanishlari mumkin.
WSL 1 – arxitekturasi Windows kerneliga asoslangan, lekin Linux tizim
chaqiruvlari tarjima qilinadi.
WSL 2 – haqiqiy Linux kerneliga ega, virtualizatsiyaga asoslangan.
Yuqori samaradorlik va Docker qo‘llab-quvvatlanadi.
WSL afzalliklari
1. To‘liq Linux buyruqlari: bash, grep, sed, awk, Git, Python, Node.js va
Docker bilan muammosiz ishlash
2. Kam resurs: oddiy VMga nisbatan kamroq CPU, xotira va disk sarfi
3. Fayllarni almashish: Windows va Linux komponentlari bir xil fayllar bilan
ishlashi mumkin