BERDIYEVA O’.A. “SOLIQ M A’ MURCHILIGI” FANIDAN MA’RUZA MATNLARI Tuzuvchi: Berdiyeva U. A. “Soliq ma’murcliiligi” fanidan ma’ruza matnlari - T:.TMI, 2022. - 110 bet. Uslubiy qo‘llanma Toshkent moliya instituti o‘quv-uslubiy Kengashi majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. ( 25 fevral 2022 yildagi No7 son qarori). Taqrizchilar: Usmanova M.S. - TMl, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedras prof. v.b., i.f.n. Shadibekova D.A. — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Biznes boshqaruvi va logistika” kafedrasi dots., i.f.n. (turdosh OTMdan) 2 “Soliq ma’murchiligi” fanidan MA’RUZA MATNLARI MUNDARIJASI t/r Nomlar Betlar Kirish 4 1-mavzu: Soliq ma’murchiligi fanning mohiyati, maqsadi va vazifalari 6 2-mavzu: Soliq ma’murchiligi tizimining tashkiliy va huquqiy asoslari 12 3-mavzu: Soliq ma’murchiligini amalga oshirishda davlat soliq xizmati organlarining o’mi 4-mavzu: Soliq idoralarida soliqlar va yig'mlar hisobining yuritilishi 5-mavzu: Soliq to’lovchilar va soliq obyektlartini hisobga olish tizimi 23 39 51 6-mavzu: Soliqlarini undirish mexanizinini va uni takomillashtirish 63 Tarqatma materialar 86 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 107 3 KIRISH Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida davlatning iqtisodiyotni artibga solishdagi roli kuchayib, o‘z oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalami malga oshirishda awalombor soliq siyosati, shu jumladan soliq na’murchiligi ham muhim vosita bo' lib xizmat qiladi. Ma’lumki, soliq tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad ;oliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish orqali ishlab ihiqarishni yanada rivojlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga srishishdir. Har bir mamlakatda ham ushbu maqsadga faqat izchil soliq siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi. Respublikamizda so’ngi yillarda soliq islohotlariga alohida e’tibor qaratilib, soliq organlari faoliyatini tubdan isloh qilish, soliq qonunchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quwatlashga qaratilgan tendensiyasi muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan so’ngi paytlarda qabul qilinayotgan farmon va qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani ragLbatlantirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilayotganligi alohida ahamiyatga ega. Mamlakatimiz soliq ma’murchiligini takomillashtirish asosan soliq to’lovchilar va davlat o’rtasida soliq munosabatlari samaradorligi va sifatini oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, bu soliq siyosatimizning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan ham, Prezidentimiz soliq yukini pasaytiruvchi potensial zaxira, halol soliq to’lovchilar orasida raqobat rejimi tengligini ta'minlash va soliq tizimi faoliyati bilan bog‘liq xarajatlami pasaytirish orqali soliq ma’murchiligi darajasini oshirilishiga soliq siyosatining muhim yo’nalishi sifatida qaramoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g‘risida”gi PF4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida “soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish, soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish orqali soliqlar va boshqa majburiy to’lovlaming yig‘iluvchanligini oshirish” 2017-2021 - yillarda amalga oshiriladigan eng muhim vazifa qilib belgilandi1. 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7 - fevraldagi “O'zbekiston Respublikasiru yanada rivojlanlirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g‘risida"gi PF-4947-sonli famtoni 4 Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan 2017 -yil 18 - iyulda qabul qilingan PF-5116-sonli farmonida, Prezidentimiz amaldagi soliq tizimi xususan uning muhim yo’nalishi bo’lgan soliq ma’murichiligini amalga oshirishdagi quyidagi muammolami qayd etib o’tdi2: - soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga ega soliqlaming yetarli darajada unifikatsiya qilinmaganligi, soliq qonunchiligining o’zgaruvchanligi, soliq to’Iovchilar tomonidan o’z soliq majburiyatlarini to’liq bajarish imkonini bermayapti; - soliq to’lovchilaming soliqlami to’lash bo’yicha o’z konstitutsiyaviy burchini ixtiyoriy bajarishini ta'minlashga qaratilgan huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida takomillashtirilmagan; - soliq organlarining Davlat byudjetiga tushumlar to’liqligini ta’minlash faoliyati ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlaming yigtiluvchanligini oshirish va soliq to’lovchilami hisobga olish imkonini bermayapti; - soliq organlarining tashkiliy tuzilmasi soliq solish obyektlarini to’liq qamrab olish va sohq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy to’lovlami o’z vaqtida yigtish, davlat va mahalliy byudjetlar daromadlarini to’ldirish mavjud resurslami safarbar qilish imkonini bermayapti; - soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish holati soliq ma’muriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlamayapti. - soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi, soliqqa oid huquqbuzarliklami aniqlash va ulami barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirib, soliq tolovchilaming sud organlariga murojaatlari ko’payishiga olib kclmoqda. Soliqqa oid huquqiy munosabatlaming ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyatini takomillashtirishni, soliq siyosatining o’rta muddatli va istiqbolli yo’nalishlarini ishlab chiqish, soliq ma’murchiligini barqaror rivojlanishi uchun uning normativ-huquqiy bazasini, tashkiliy va uslubiy jihatlarini ilg‘or xorij tajribasidan foydalangan holda shakllantirishni talab etadi. JO'zbekiston Rcspubltkasi Preadenti Shavkat Mirayoyevning “Soliq ma'muriyatchiligini tubdan takomillashtirish. soliqlar va boshqa majburiy to'lovlaming yig'iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g'nsida"gi 30.03 2018 yildagi 5116-sonli farmoni. 5 1-MAVZU: SOLIQ MA’MURCHILIGI FANNING MOHIYATI, MAQSADIVA VAZIFALARI Reja: 1. “Soliq ma’murchiligi” fanining predmeti va funksiyalari, o’qitishning zarurligi 2. “Soliq ma’murchiligi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog‘liqligi 3. “Soliq ma’murchiligi” fanining maqsadi va kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati Tayanch so'z va iboralar: soliq ma’murchiligi, predmet, o’rganish obyektlari, obyekt-subyekt munosabatlari tizimi, funksiya, rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, motivlash, nazoratni ta’minlash, soliq mexanizmi, fanlar bilan aloqadorlik, ma’muriy boshqarish. l.“Soliq ma’murchiligi” fanining predmeti va funksiyalari, o’qitishning zarurligi Soliq ma’murchiligi keng tushuncha bo’lib, u soliq siyosatining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi va davlat bilan soliq to’lovchi o’rtasidagi munosabatlarga bog‘liq bo’lgan bir qator yo’nalishlarini qamrab oliadi. Soliq tizimining shakllanishi va uni rivojlantirish zaruriyati, shuningdek, soliq mahnurchiligini yo’lga qo’yish muhim hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda bugungi kunda, soliqlar va soliq tizimini nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish, soliqlami amaliyotda qo’llanilishi, xususan, soliq ma’murchiligi, uning vazifalarini o’rganish hamda samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51moddasida fiiqarolaming qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig4imlami to’lash bo’yicha majburiyatlari ifodalangan. Ushbu asosda soliq to’lovchilaming davlat byudjetiga soliqlar va bosh majburiy to’lovlami to’lash bo’yicha munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilab berilgan. Soliq ma’murchiligi fanning vazifalari talabalarga soliq ma’murchiligi funksiyasining turlari, rejalashtirishning uslublari, soliq nazorat va hisob yuritilishda muammolar yechish masalalari, soliq ma’murchiligida ishlatiladigan asosiy tushunchalar va atamalar qo’llanilishini o’rgatishdan iborat. 6 Soliq ma’murchiligi fanining predmeti soliq organlari faoliyati va to’lovchilari o’rtasida vujudga keiadigan soliq munosabatlarini (harakatini), soliqlar mexanizmini har tomonlama o’rganishdan iboratdir. Soliq ma’murchiligi fanining predmeti soliq voqe’liklari pul munosabatlarini o’rganishdan iborat bo’ladi. Bu pul munosabatlari soliq to’lovchilar bilan davlat o'rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu o’rtadagi munosabatni chuqur o’rganish, ulami to’g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdir. To’g‘ri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlaming iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlami tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolat va insof tamoyillariga amal qilishi zarur. Byudjetga soliqlami olishda soliq toTovchilar bo’yniga ortiqcha ogTrlik osmaslik, ulami o’z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so’ndirib qoymaslik, ulaming dasturlari va rejalarini tez-tez o’zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko’zda tutiladi. Bu yerda tomonlaming do’stona munosabatda boTishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar boTishini o’rgatadi. Fanning predmetini chuqur o’rganish shuni ko’rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo’ravonlik munosabati boTguday boTsa, ikkinchi tomon unga javoban o’z daromadlari, boshqa soliq obyektlarini har xil yoTlar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday xuquqiy hujjatlaming ham kuchi yetmay qolishi mumkin. Daromadlami, soliq obyektlarini yashirish holati ham munosabatlami buzadi. Demak, yuridik shaxslami soliqqa tortish fanini chuqur o’rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin. Soliq ma’murchiligi - jarayon sifatida o'zining fimktsiyalarida namoyon boTadi. Shu o’rinda, “funksiya” - lotincha “functio” (ijro qilmoq, bajarmoq) so’zidan olingan boTib, «biron kimsa yoki narsaning ish faoliyat doirasi, vazifasi», degan ma’nolami bildiradi.3 Soliq ma’murchiligi faoliyat doirasi va vazifasi sifatida subyektning obyektga aniq ta’sir etish yo’nalishlarini o’zida aks ettiradi. Ma’murchilik ko’p qirrali va murakkab tushuncha boTib, uni muhim belgilariga ko’ra, turkumlab o’rganish mazkur fanning maqsadiga muvofiqdir. ’ Qarang: 0’zbektihmng izohli lug'ati - M. Rus tili. 1981. - 170-bet 7
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )