O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI “IQTISODIYOT VA MENEJMENT”KAFEDRASI KURS ISHI MAVZU: O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari va MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi. 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) ta’lim yo’nalishi Bajardi 2-kurs 201-guruh talabasi Ibodullayev Sardorbek Ilmiya rahbar: ______________ Termiz – 2020 0 «Tasdiqlayman» Iqtisodiyot va menejment kafedrasi mudiri: ________p.h.d.Sh.Otamurodov «___»_________ 2020 y. Kurs ishi (loyiha) ni bajarish yuzasidan topshiriqlar “MAKROIQTISODIYOT” fani bo’yicha 2-kurs 201 – guruh talabasi Ibodullayev Sardorbek Murodulla o`g`li TOPSHIRIQ 1. Ishlanadigan loyiha (mavzu): O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari va MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi. 2. Boshlang’ich ma’lumotlar: Bugungi kundagi MDH davlatlari tashqi iqtisodiy aloqalari va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish. 3. Qo’llanmalar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov. 4. Chizma qismining tuzilishi: 1. 1-rasm. Mamlakat to’lov va savdo balansining asosiy mazmuni 2. 1-jadval. O’zbekiston Respublikasining yirik hamkor-davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasi 3. 2-jadval. O’zbekiston Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo’lgan davlatlar. 5. Yozma qismining tuzilishi: Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini o’rganish shu jumladan MDH davlari bilan tashqi savdo faoliyatini o’rganish. 6. Qo’shimcha vazifa va ko’rsatmalar: O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan so’ngi yillardagi iqtisodiy aloqalari tahlili 7. Kurs (ishi) loyihasini bajarish rejasi: Kirish, 5 ta reja va xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat . 1 2 3 4 5 himoyalandi Rahbar _____________________________________ (imzo) 1 2-ilova TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI KURS ISHI (loyihasi) ga MULOHAZA Talaba Ibodullayev Sardorbek Murodulla o`g`li (ismi va familiyasi) Mavzu : O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari va MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi. 1. Mavzuning dolzarbligini asoslash _____________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 1. Qismlar bo’yicha bajarilgan ish tavsifnoma (ishning nazariy va Amaliy ahamiyati, zamonaviy-ilmiy uslublardan foydalanganligi) __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 3. Muallif ishga baho (mustaqilligi, intizomliligi va boshqalar) __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 4. Umumiy xulosalar (ishning topshiriqga mos kelishi, talab darajasiga javob berishi, himoyaga qo’yilish imkoni) __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Rahbar __________________________________ «____»_______________ 2020 yil 2 3-ilova TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI KURS ISHI (loyihasi) ga TAQRIZ Talaba________________________________________________________________________ (ismi va familiyasi) Mavzu________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 1. Mavzuning dolzarbligini asoslash _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 2. Ishning tarkibini baholash _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 3. Mavzuning baholanishi va uning afzallik tomonlarini ko’rsatish _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 4. Ishda foydalanilgan adabiyotlarga baho berish _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 5. Ilmiy munazara yuritish qobiliyatiga baho berish _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 6. Xulosa va takliflarning ochiqligi va dalillari asoslanganligi _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 7. Jadval va grafiklar, chizmalar sifatiga berilgan baho, ishni rasmiylashtirishning talab darajasiga javob berishi__________________________________________________________ 8.Ishdagi kamchiliklar _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 9. Mualifning qaysi taklifini ishlab chiqarishga joriy etish maqsadga muvofiq _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 10. Ishning qo’yilgan talab darajasiga mos kelishi to’g’risida umumiy xulosa _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ Taqrizchining (F.I.SH.) ish joyi, unvoni_____________________________________________ _____________________________________________________________________________ imzo «_____»______________2020 yil 3 «Tasdiqlayman» Iqtisodiyot va menejment kafedrasi mudiri: ________p.h.d.Sh.Otamurodov «___»_________ 2020 y. Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasida bajarilgan kurs ish(loyiha)larini Baholash mezonlari № Mezonlar 1. 2. Mavzuning dolzarbligi Ishning ilmiy –uslubiy yangiliklari va ijodiy yondoshish darajasi Ilmiy-amaliy xulosalar Tushuntirish qismining rasmiylashtirilishi (natijalarning ilmiy texnikaviy,ishlab chiqarish iqtisodiy,madaniy sohalarga mosligi va ishning ilmiy, ijodiy tahlil etilishi.) Talabaning himoya qilish darajasi, pedagogik mahorati. Savollarga aniq va to’liq javob berishi jami 3. 4. 5 Maksimal bal 0-1 bal To’plagan ball 0-1 b 0-1 bal 0-1 ball 0-1 bal 5 *) Ushbu baholash mezonlari kafedra yig’ilishida muhokama qilinib ma’qullangan. Bayonnoma №___ «___»_______________ 2020 yil. O’qituvchi: _____________________________ *)Asos: Universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib, uslubiy kengash tomonidan ma’qullangan bitiruv malakaviy ishlarni baholash mezonlari va kurs ishlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish haqidagi universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan berilgan ko’rsatmalar. 4 MUNDARIJA KIRISH ................................................................................................................... 6 ASOSIY QISM 1. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari ........................ 7 2. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar................. 14 3. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari………………………………………………………………………. 24 4. MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili..................................................................................... 30 5. O`zbekiston Respublikasining so`ngi yillardagi Tashqi iqtisodiy faoliyati o’zgarishlari tahlili……………………………………………………………….. 38 XULOSA VA TAKLIFLAR................................................................................ 48 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ................................... 51 5 KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Davlat rivojlanishining barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, alohida regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston va MDH davlatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va qo’llabquvvatlashdan iborat. Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi MDH davlatlari tashqi iqtisodiy aloqalari va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat. Kurs ishining predmeti: MDH davlatlari tashqi iqtisodiy aloqalarining kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat. Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 5 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 6 1. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdoiqtisodiy bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi, transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro bog’liq masalalrni kompleks hal etish zaruratini Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni anglamoq lozim. amalga oshirish mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir : - xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi; BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar, konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk 7 himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular jumlasidandir; - tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi – Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq, investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta boshladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: - maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo; - ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash; - ishlab chiqarishni joylashtirish; - investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar; - axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar; - mehnat resurslari harakati yo’nalishlari. Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi transport - ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart. 8 Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar kiradi: -xalqaro savdo; -ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv; -fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash; mamlakatlar o’rtasidagi valyuta moliyaviy hamda kredit aloqalari; kapital va ishchi kuchining harakati; -xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik. Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.). Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt: • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi; • sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l qo‘yilmаsligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o^ro mаnfааtdorlik; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqkri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri - tashqi savdo bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishkr (xizmаtlаr) sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni, ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshirdi. Uni tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u quyidagilarga ajratiladi: 9 1. Tayyor maxsulotlar savdosi 2. Yig’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi 3. Barter operatsiyalari 4. Eskirgan uskunalar savdosi 5. Xom-ashyo savdosi 6. Litsenziyalar savdosi 7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar. 8. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga egadirlar. Shuni takidlash joizki, xalqaro savdo tashqi iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlang’ich, muvofiqlashtiruvchi va ko’paytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning horijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning darajasiga bog’liqdir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi. 9. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya maxsuloti hisoblanadi. Ular ular davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayrboshlashida keskin sakrashni tug’dirdi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayrboshlash kengayishi va chuqurlashishiga olib keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari o’rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish -iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo, investitsiyaga oid vamoliyaviy faoliyatini qamrab oladi. 10 10.Hozirgi jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini o’stirish, xalq xo’jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillariga aylanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va uni boshqarish mexanizmining samaradorligi ko’p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar turi - bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining yo’nalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir. Tovar oqimining yo’nalishi bilan bog’langan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning bir mamlakatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatga olib kirilishini belgilaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan bog’langan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga ko’ra tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga bo’linadi. Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot intellectual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga doir mutloq huquqlar (intellektual mulk) bilan xalqaro ayrboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda tovar deganda har qanday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan energiyaning barcha turlari) va ko’chmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo faoliyatining predmeti bo’lgan havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari hamda fazoviy ob’yektlar tushuniladi. Xalqaro tashishlar to’g’risidagi shartnoma chog’ida foydalaniladigan transport vositalari tovar hisoblanmaydi. Hozirgi davrda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni qayd etish o’rinli : Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi. Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot bozorining shakllanishi. 11 Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari), xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement) hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar davlatlararo savdo, investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat yuritadi. Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoatmoliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish, qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda. To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari, texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtmatakliflar tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C 12 tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda. Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat hajmi tobora ortib bormoqda. U ayniqsa, davlatlar o’rtasidagi tovar oborotida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda. Unda ichki bozordagiga nisbatan ko’proq ishtrokchi qatnashmoqda. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va uning mexanizmi bozor munosabatlarining sohasi sifatida quyidagi yangi xususiyatlarga ega bo’lmoqda: - jahon iqtisodiyoti ko’lamining kengayib borishi, ustiga-ustak sotuvchilar va iste’molchilarning alohida joylashganligi natijasida transport muammosining ortib borishi; - ba’zi resurslarning (asosan yer, tabiiy-qazilma boyliklarning) kam harakatliligi va manzilga bog’liqligi. Bunga davlatning aralashuvi ham ta’sir etadi (migratsiya qoidalarini joriy etish, chet elliklarga yer sotish, chet el investitsiyalarini va firmalar faoliyatini cheklash, tashqi savdoda proteksionizmga yo’l qo’yish); - xalqaro ayrboshlashda milliy valyutadan foydalanishning zarurligi va valyuta bozoriga bog’liqlik (ayniqsa, valyuta nazorati va uni tartibga solish masalalarida); - mahsulotlarni xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirishga e’tiborning ortishi; - axborot muhiti va uning haqqoniyligiga e’tiborning ortishi. Axborot manbalari, uni to’plash va qiyoslash uslubiyatida muammolarning yuzaga kelishi, milliy va xalqaro statistikaga e’tiborning ortishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar unifikatsiya qilinishiga bo’lgan intilish. 13 2. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaro murakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizi mining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: Yalpi ichki mahsulot(YaIM) - bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i, elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi. Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM) ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki, YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan). Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga 14 tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi -bu narxlar ana shu subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi, shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi. Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining xilmaxilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagona ko’rsatkich orqali baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlar dan foydalaniladi: 1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli jon boshiga hisobi. 2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi. 3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish (ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi). 4. Aholining turmush darajasi va uning sifati. 5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari. Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini juda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita -mamlakatda asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati, darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: 1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va turlari bo’yicha); 15 2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi; 3) Asosiy fondlar qaytimi koeffitsienti; 4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo sarflanadi. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak, mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi. Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin. Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi. Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport kvotasi esa 25-30%, MDH davlatlarida 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga 16 keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: • Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi • Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi • Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi • Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari • To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari: • Savdo balasi • Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi • Kapital harakati va kredit balansi • Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobi 1-rasm Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni Manba: O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov. 17 Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q. Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti. Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik harajatlari1 Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda, O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari I.A.Ahmedov, A.M.Alimov. 1 18 mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi. Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi2 Xizmatlar va nosavdo operatsiyalar balansi boshqa mamlakatlarga ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul kirib kelishi va boshqa mamalakatlar xizmatidan foydalanilganlik uchun pulning chiqib ketishi nisbatini ta’riflaydi. Iqtisodchilar xizmatlarni omilli va omilsizga ajratadilar. Omilli xizmatlar milliy investitsiyalardan tadbirkorlik yoki ssuda kapitali shaklidagi tushumni o’z ichiga oladi. Bunga pul tushumlari ya’ni dividentlar shaklida, milliy korxona va firmalar foydasining repatriatsiyasi, horijliklarning milliy patent, litsenziya va menejmentdan foydalanganligi uchun to’lovlar va boshqalar kiradi. Omilsiz xizmatlar oqimiga turizm, yo’lovchi va yuklarni transportda tashish, sug’urta, telekommunikatsiya uchun to’lov va tushumlar kiradi. Savdoga aloqador bo’lmagan , davlatlararo xizmatlar uchun to’lovlar va tushumlar nosavdo oqimlar yoki operatsiyalar deb ataladi. Ular qatoriga pul mablag’larining razmiy o’tkazmalari (masalan, tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalarni boshdan kechirayotgan mamlakatlar uchun yordam ko’rsatish), qarindosh va yaqinlar uchun shaxsiy o’tkazmalar va boshqalar. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari I.A.Ahmedov, A.M.Alimov. 2 19 Kapital harakati va kredit balansi xalqaro kapital va kredit shaklidagi valyuta mablag’larining kirim va chiqimlari nisbatini aks ettiradi. Kapital harakati tadbirkorlik va ssuda investitsiyalari shaklida bo’lishi mumkin va oldi-sotdi jarayonida milliy moliyaviy aktivlar - tashkilot va korxonalarning aksiya va obligatsiyalari, kredit bilan birga boshqa qarz majburiyatlari va horijiy rezidident va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladi. Kapital harakatining hisobi ko’p hollarda savdo balansi va xizmatlar balanslari zararini qoplovchi rolida ishtrok etadi. Mamlakat ma’lum davr mobaynida tovar va hizmatlarni, ularni ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq iste’mol qilsa, davlat va shaxsiy horijiy kredit, qarzlar, va boshqa horijiy kapital oqimlari talabni qoplay olmayotgan joriy ishlab chiqarish, joriy iste’molni moliyalashtirishga yordam beradi, ya’ni bu sof salbiy eksport. Boshqa bir muhim tarkibiy qism, asosan joriy operatsiyalar balansi, kapital harakati balansi zararlarini qoplash rolini o’ynovchi mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobidir. Agar to’lov balansining aktiv saldosi joriy operatsiyalar balansining salbiy saldosini qoplamasa, yoki aksincha to’lov balansining aktiv saldosi kapital harakati mablag’larining salbiy saldosini qoplamasa va nihoyat ikkala balans ham sof salbiy qoldiqqa ega bo’lsa, mamlakatda ilgari to’plab qo’yilgan valyuta zaxiralari tashqi qarzni qoplovchi ishonchli manba bo’lib hizmat qiladi. Xalqaro savdoning samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash va bir tizimga keltirish har qaysi mamlakat uchun nihoyatda muhim va murakkab vazifa hisoblanadi. Buning uchun maxsus-ilmiy iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazish talab qilinadi. Bunday tadqiqotlar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos jarayonlarni chuqur o’rganish bilan birga, ilg’or hisob-kitob usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Jumladan, bu tarmoqlararo balanslar tuzish usullariga asoslanmog’i lozim. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni bashorat qilganda, tovar aylanishidan tashqari transport, kreditlar, va boshqa moliyaviy operatsiyalar, ilmiy texnik axborotlarning importi-eksporti, yirik ko’lamdagi loyihalarni amalga oshirishdagi 20 xalqaro hamkorlik kabi tashqi aloqalarning turlari ham hisobga olinadi. Quyidagi yo’nalishlar katta istiqbolga ega: 1. Qishloq ho’jaligining unumdorligini oshirish mqasadida agrotexnikani (naslchilik va o’simliklar genetikasi, zararkunandalarga qarshi kurash, o’g’itlar, sug’orish ishlari va hokazolarni) rivojlantirish. 2. Tabiiy muhitni saqlash, himoyalash va yaxshilash. 3. Energetika xo’jaligi (atom energiyasi, elektrotxnika, transport energetikasi va hokazolar). 4. Texnik kibernetika. 5. Kosmik fazo tadqiqotlari. 6. Geologiya va okeonografiya. 7. Suv resurslari va sho’r suvlarni tozalash muammolari. 8. Sog’liqni saqlash va aholi o’sishini tartibga solish. 9. Qurilishni yaxshilash va arzonlashtirish. Hozirgi vaqtda qator ilmiy-texnik axborotlarning xalqaro almashinuvidagi ko’pgina kamchiliklar (takrorlanish, tarqoqlik, bir shaklga keltirishning yo’qligi) samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Axborotlarning halqaro almashinuvi o’zaro foydalidir, chunki axborotlar (ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy va boshqalar) importi uning zaxiralarini oshiradi. Shubxasiz, axborotlarning xalqaro almashinuvning kengayishi nafaqat iqtisodiy, balki umummadaniy nuqtai nazardan ham g’oyat samaralidir. Insoniyat o’z rivijlanishining shunday bosqichiga qadam qo’ydiki, endilikda ko’pgina mamlakatlarning hamkorlik aloqalarini talab qiluvchi ulkan loyihalarni amalga oshirish mumkin. Ularni amalga oshirish uchun yirik moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan birga ilmiy-texnik tartibdagi ulush ham zarur. Bu esa bitta davlatning qo’lidan kelmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligi -korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini baholash ko’rsatkichi bo’lib, ushbu faoliyatning natijalarini va uni amalga oshirishga ketgan harajatlarni o’zaro taqqoslashdan iborat. 21 Umumiy ko’rinishda tashqi iqtsiodiy aloqalarning samaradorligi (samarasi) quyidagi yo’llar orqali aniqlanadi: • Xalq ho’jaligi darajasida - eksport maxsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan harajatlar, transport va tashqi savdo sarflari, import qilinayotgan o’xshash tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni tejab qolish va import tovarlaridan foydalanishning samarasini aks ettiruvchi import tovarlarning narx bahosiga taqqoslash; • Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar darajasida - uni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlarni tashqi savdo tashkiloti jo’natmalarining eksport foydalanuvi va qo’shimcha to’lovlarning boshqa turlarini hisobga oluvchi boshlag’ich narxlariga qiyoslash; • Import tovarlarining iste’molchilari (buyurtmachilari); • Milliy valyutadagi ichki narxlarni (tashqi savdi tashkiloti xalq ho’jaligiga topshiradigan narxlarda) horijiy tovarlardan foydalanishning samarasini hisobga olgan holda, shu turdagi tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishning tannarxiga (harajatlariga) taqqoslash; • Eksportchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida -tovarlarni yetkazib berishning topshiriladigan narxlarida ishlab chiqaruvchilarga to’lovlarni (belgilangan ustamalar, transport sarflarini hisobga olgan holda) mamlakat chegaralaridagi narxlarda ifodalangan valyutada qiyoslash; • Importchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida tovarlar importi uchun (transport va nakladnoy sarflarini hisoga olgan holda) valyutada to’lovlarini milliy valyutadagi transport va boshqa sarflarni chiqarib tashlab, ularning xalq xo’jaligiga (buyurtmachilarga) topshirilish narxlaridagi ichki qiymatini solishtirish; • Moliya vazirligi darajasida -tashqi savdo almashinuvining saldosini hisobga olgan holda, import tovarlarining ichki narxini (topshirish baxosini) eksport maxsulotlarining boshlang’ich narxiga taqqoslash; 22 Keltirilgan tahlillar shu asosda korxonaning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo’llarini ishlab chiqishga ijobiy ta’sir qiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va unda davlatning faol ishtroki MDH davlatlarining o’ziga xos xususiyatidir. Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining deyarli barcha yo’nalishlarini o’ziga qamrab olgan va uni tartibga solib turadi, ichki va tashqi axvolni taxlil qilishdan boshlab, tashqi iqtisodiy startegiyani ishlab chiqish, geografik va tarkibiy sohalarni muhimligini aniqlab, nazorat qilish va tartibga solishda moliyaviy rag’batlantirish uslublarini qo’llaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda puxta o’ylangan davlat siyosati, davlatni rivojlantirishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni asosiy ta’sirchan omillardan biriga aylantirdi. Bu siyosat MDH davlatlarining milliy manfaatlarini hisobga olgan holda jahon xo’jaligiga uni yirik xalqaro iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va moliayviy savdo markaziga, jahon iqtisodiy otiga qo’shilishi uning salmoqli qatnashchisiga aylantirdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishida qonunchilik, administrativ-huquqiy, iqtisodiy va norasmiy kabi bir birini to’ldiruvchi 23 uslublardan keng foydalaniladi. 3. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`z tashqi siyosatini o`zi belgilash uchun keng imkoniyatga ega bo`ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning vositachiligisiz o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatadi.” O`tgan 28 yil davomida milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o`rin tutadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish maqsadida 1990-yil 12-iyulda tashkil etilgan O`zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qo`mitasi 1992-yil 12-fevralda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992-yil 21-fevralda esa O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi 24 Farmoniga asosan, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi. Shuningdek, bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ushbu yo`nalishning huquqiy asoslari yaratildi. O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, “Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasi to’g’risida”gi va “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning dasturiy nutqlari va ma’ruzalariga, mamlakatimiz tomonidan imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi. Jumladan, 1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to`g`risida”gi Qarori, 1992-yil, 25-may. 2. “O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to`g`risida”gi Qonuni, 1992-yil, 2-iyun. 3. “O`zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalarini belgilash to`g`risida”gi Qonun, 1992-yil, 3-iyul. 4. Prezident I.A.Karimovning “O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoni, 1994-yil 25-fevral. 5. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarori, 1994-yil, 16-mart. 6. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O`zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qonun, 1995-yil, 6-yanvar. 7. “O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaro to`g`risida”gi Qonun, 1995-yil, 22-dekabr. 8. “O`zbekiston Respublikasining Konsullik Ustavini tasdiqlash to`g`risida”gi Qonun, 1996-yil, 29-avgust. 25 9. “O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi to`g`risida”gi Qonun, 2013-yil. O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O`zbekiston Republikasi Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo`sliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”3. O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda huquqiy normalar asosida o`z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi. Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asosda amalga oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng ko`lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar va shartsharoitlarni ta’minlab beradi”.4 O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: - Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik. Demak, butun dunyo davlatlari bilan u qaysi dinga e’tiqod qilishi, millati, tilidan qat’iy 3 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O`zbekiston”, 2012. 6-b. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. 6 – T.: “O`zbekiston”, 1998. 227-bet. 4 26 nazar teng manfaatli hamkorlik olib borish, jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga mas’ullikni anglatadi. - Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish. “Suveren tenglik” tushunchasi boshqa davlatlarning o`ziga xosligini e’tirof etishni, ularning mustaqilligini, o`z siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tizimini o`zi erkin tanlash, rivojlantirish, shuningdek o`z ichki qonunchiligini o`zi yaratish huquqlarini hurmat qilishni anglatadi. - Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. Tashqi siyosatda ana shu prinsipning amalga oshirilishi, eng avvalo, BMT Ustavida (2-moddaning 7-bandi) hamda BMT Bosh Assambleyasining davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik to`g`risidagi hamda ularning mustaqilligi va suverenitetini saqlash to`g`risidagi 1965-yilgi deklaratsiyada qayd etilgan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga asoslanadi. - Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish. Ushbu tamoyilda xalqaro munosabatlar sub’ektlari o`rtasida yuzaga keladigan har qanday masalalar xaqlarning qonuniy manfaatlari, tinchligi va xavfsizligi tahdid ostida qolmasligini ko`zlab, faqat tinch yo`l bilan hal etilishi kerak. Bu BMT Ustavining 2-moddasi 3-bandida va VII bobida o`z ifodasini topgan. O`zbekiston bu tamoyilni Bosh qomusimizda mustahkamlab qo`yish orqali har qanday murakkablikdagi masalalarni zo`rlik ishlatmay, tinch yo`l bilan hal etishga ustuvorlik beruvchi tinchliksevar davlat ekanligini ma’lum qildi. - Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik. O`zbekiston har qanday nizolarni hal etishda harbiy harakatlarsiz, qurol ishlatmasdan bartaraf etishni nazarda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida ushbu masalaga alohida to`xtaldi: “O`zbekiston urush, harbiy mojarolarning oldini olishga qaratilgan har qanday tashabbusni qo`llab quvvatlashga tayyor”. - Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi. O`zbekiston jahon 27 hamjamiyatining teng huquqli a’zosi ekan, unda tan olingan tartib va qoidalarga ham bo`ysunadi. - Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish. Demak, xalq farovonligi, mamlakat xavfsizligi masalalari tashqi siyosatda ham eng ustuvor maqsadlardan etib belgilanadi. “Prinspda, mohiyatan, milliy manfaatlarning boshqa barcha manfaatlar, xususan, mintaqaviy, global, mafkuraviy va shu singari manfaatlardan ustuvorligi e’lon qilinadi hamda ikki va undan ortiq davlatlar o’rtasidagi o’zaro yaqin hamkorlik shakllariga, ayniqsa, o’z suverenitetining muayyan qismini davlatlardan ustun turuvchi tuzilmalarga berish bilan bog’liq munosabatlarga ehtiyotkor yondashish talabi yotadi”5. - Tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik. Tashqi siyosat orqali yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsad qilingan ekan, harbiy bloklar va uyushmalarga kirmasdan tinchlik yo`lida hamkorlik amalga oshiriladi. - Davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi. Teng huquqlilik tamoyilida har ikki tomonning ham manfaatlari hisobga olinadi, birinchi tomonning ustunligiga yoki ikkinchi tomonning butkul qaramligiga yo`l qo`yilmaydi. - Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Tashqi siyosatni olib borishda o`zaro do`stlik, sheriklik an’analariga sodiq qolish. Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosati tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda ko`rish mumkin: 1. O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Tursunov A.S. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tashqi siyosat. T.:TDYI, 2005. 28-bet. 5 28 2. O`zbekiston Respublikasi o`z iqtisodiy munosabatlarini ikki tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar ustuvorligini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratdi. 3. O`zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning global va mintaqaviy tizimlariga faol qo`shilib, mamlakatda tinchlikni, barqarorlikni ta’minlamoqda. 4. O`zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan ijobiy hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o`z nufuzini oshirib bormoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi 6. “Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan: Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllabquvvatlash; Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish; tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 28.01.2019 yildagi PF-5343-sonli farmoni 6 29 4. MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Har qanday davlat hoh kichik hoh katta bo’lsin, iqtisodiy intеgratsiyasiz rivojlanishi tеz bormaydi. Buni ko’pgina davlatlar o’z tajribalarida isbotlashdi. Iqtisodiy intеgratsiyani rivojlantirishga qaratilgan O’zbеkiston Rеspublikasi siyosati ham iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlanishiga erishishga qaratilgan. Iqtisodiy intеgratsiya iqtisodiyotga bеvosita quyidagi natijalaga erish imkoniyatini bеradi: - tovarlar, kapitallar, хizmatlar erkin harakat qiladi; raqobat kuchayadi; - ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi; ishlab chiqarish samaradorligi ortadi; sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqariladi; istе’molchilarning talabi ortib boradi; taklif qilinadigan tovarlar nomеnklaturasi ko’payadi; - bozorlarning rivojlangan shakllari paydo bo’ladi va umumiy bozorlar tashkil qilinadi; ishsizlik darajasi pasayadi; milliy iqtisodiyotdagi farqlar yo’qolib boradi; yangi kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi; - milliy iqtisodiyot rivojlanib boradi; eng muhimi kishilar hayoti farovonligi oshadi va h.k. Bu natijalarga erishish uchun O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Osiyo, MDH davlatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan qolavеrsa, Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikka erishishga harakat qilishi kеrak. O’zbеkiston dunyo хo’jaligi tizimiga kirib borar ekan, uning хalqaro iqtisodiy aloqalari uzoq va yaqin хorijiy mamlakatlari bilan taraqqiy etmoqda. O’zbеkiston Rеspublikasi a’zo bo’lib kirgan eng muхim birlashmalardan biri - Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH) bo’lib, u 1991 yil dеkabrda tuzilgan. Hozir MDH ga Ozarbayjon Rеspublikasi, Armaniston Rеspublikasi, Bеlorus Rеspublikasi, Qozog’iston Rеspublikasi, Tojikiston Rеspublikasi, Qirg’iziston Rеspublikasi, Moldova Rеspublikasi, Rossiya Fеdеratsiyasi, Turkmaniston Rеspublikasi, O’zbеkiston Rеspublikasi va Ukraina kiradi. O’zbеkiston sobik Ittifoq rеspublikalari 30 bilan aloqalarga katta ahamiyat bеrib, avvalboshdonoq Mustaqil davlatlar hamdo’stligini hamdo’stlik tuzish g’oyasini mamlakatlarining qo’llab-quvvatladi. hududiy yaqinligi Bunday va hamkorlikka iqtisodiy jihatdan bog’langanligi emas, balki chuqur tariхiy, madaniy va ma’naviy aloqalar, katta tariхiy davr mobaynida хalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo’lmoqda. Hamdo’stlik maqsadlari quyidagilar: • dеmokratik huquqiy davlatlar tuzish, ular o’rtasidagi munosabatlar davlat mustaqilligini va suvеrеn tеnglikni o’zaro tan olish va hurmatlash, o’z taqdirini o’zi bеlgilash huquqi, tеng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik, har qanday tazyiqlardan voz kеchish, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, inson huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan kichik millatlar huquqlarini hurmat qilish, majburiyatlarini va boshqa umum tan olingan хalqaro huquq tamoyillari va normalarini halol bajarish asosida rivojlanadi; • bir-birlarini hududiy butunligini va mavjud chеgaralar buzilmasligini tan olish va hurmat qilish; • chuqur tariхiy ildizlarga ega bo’lgan хalqlarning tub manfaatlarini hamda qo’shnichilik va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash; • fuqarolararo va millatlararo totuvlikni saqlash. Ayni vaqtda O’zbеkiston Rеspublikasining MDHga a’zoligi unga bir qator muhim vazifalarni millat, iqtisodiyot manfaatlariga muvofiq hal etish imkonini bеradi: -ishlab chiqarishni, aholi ta’minotini (avvalo oziq-ovqat bilan) qo’llab-quvvatlashni ta’minlovchi ko’lamda koopеrativ хo’jalik takomillashtirish; 31 aloqalarini rivojlantirish va - MDHning bir qator tovarlarini bozorda, ayniqsa an’anaviy mahsulotlarni sotish sohasida yetakchi mavqеni saqlash; - sobiq ittifoqchi rеspublikalar ega bo’lgan хom-ashyo rеsurslaridan foydalanish; - O’zbеkistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga хizmat ko’rsatuvchi transport kommunikatsiyalaridan kafolatli va хatarsiz foydalanish. O’zbеkistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi mехanizmini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari iqtisodiy erkinlashtirish, uni bozor tamoyillariga izchillik bilan o’tkazish, хo’jalik tuzilmasini qayta qurishdan iborat umumiy yo’l bilan bеlgilanadi. MDH davlatlari O’zbеkistonning asosiy savdo iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga rеspublika tashqi savdo umumiy hajmining 30% dan ortig’i to’g’ri kеladi. O’zbеkiston va MDH mamlakatlari mol ayirboshlash dinamikasi tеnglik va o’zaro foydali tamoyillarga asoslangan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil rivojlanayotganligidan dalolat bеradi. 2000-2019 yillar davomida O’zbеkiston bilan yirik savdo aloqalarini olib boruvchi davlatlar Rossiya, Qozog’iston, Ukraina hisoblanadilar. Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarning shakli va tarkibi tubdan o’zgarib bormoqda. O’zbеkistonning mavqеi tobora mustahkamlanmoqda. MDHdagi ko’pgina mamlakatlar bilan savdo-to’lov sohasida O’zbеkiston ijobiy saldoga egadir. Rossiya O’zbеkistonning eng muhim savdo hamkori hisoblanadi. O’zbеkiston Rеspublikasidan asosan paхta tolasi, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, yonilg’i mahsulotlari, kimyo mahsulotlari eksport qilinadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi va davlatlar iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega. O’zbеkiston Rеspublikasi birinchi Prеzidеnti I.A. Karimov intеgratsiya haqida gapirar ekan, manfaatlar birikuvining хilma-хil mехanizmlari va shakllari hamda intеgratsiya turlari mavjudligiga asoslanadi. "Biz intеgratsiya jarayonlari va bozor islohatlarini rivojlantirishga, Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat bеramiz. Faqat o’zining tor milliy qobig’ida qolib kеtmagan bozorgina хorijiy 32 invеstitsiyalarning katta oqimini jalb qilib, mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishi va farovonligini ta’minlay oladi". O’zbеkistonning mavqеi mintaqada ahamiyatli bo’lishiga qaramay, bir qancha jug’rofiy-siyosiy omillar mamlakatning stratеgik imkoniyatlarini chеklab qo’yadi. Mamlakat qolgan Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi singari dеngizga chiqish yo’liga ega bo’lmaygina qolmay, balki jahon transport kommunikatsiyalariga erkin kira olmaydigan davlatlar bilan qurshab olingan. Ammo shular bilan bir qatorda suv rеsurslarining chеklanganligi, Farg’ona vodiysida aholining zichligi, qishloq хo’jaligida band bo’lgan aholi salmog’i kata ekanligi rеspublikamizda intеgratsiya jarayonlarini rivojlantirishni to’хtatmaydi. O’zbеkiston Markaziy Osiyoda va MDH doirasida paхta yetishtiruvchi asosiy mamlakat bo’lib hisoblanadi. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 mln. Tonna paхta tolasi yetishtirsa, uning 1,4 mln. tonnasi o’zbеk tolasidir. O’zbеkiston paхta tolasi yetishtirish bo’yicha dunyoda to’rtinchi o’rinda, uni eksport qilish bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi. O’zbеkiston gaz uzatish tizimi MDH davlatlarining yagona gazquvur tizimiga kiradi. U Markaziy Osiyo, Rossiya va Ukraina kabi Yevropa davlatlariga gaz uzatish tехnik imkoniyati bilan birgalikda 9 ta bosh gaz transport tarmog’i nafaqat O’rta Osiyo uchun, MDHning Yevropa qismi davlatlari va Kavkazorti uchun ham umumdavlat ahamiyatiga ega. Rеspublikada yuk va yo’lovchilarni mamlakat ichkarisida va tashqari tashishni MDH, yaqin va uzoq хorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni ta’minlovchi tarmoqlangan transport tizimi shakllandi. O’zbеkiston Qozog’iston Rеspublikasi bilan mustahkam transport aloqasiga ega. Bu aloqa orqali rеspublikamizning Rossiya, Хitoy, Osiyoning boshqa davlatlari va Tinch okеani rеgioni avtoyo’llariga chiqishi ta’minlanadi. O’zbеkistonning bеvosita ishtirokida Transosiyo magistralining bir qismi hisoblangan, Janubiy-MDHni G’arbiy Yevropa bilan tutashtiradigan va Transsibir magistralidan 1500 km qisqa bo’lgan Tajan-Saraхs-Mashхad yangi yo’li ishga tushirildi. Shu bilan bir qatorda O’zbеkiston va Markaziy Osiyo mamlakatlariga Poti porti orqali Yevropa 33 bilan bog’lanish imkoniyatini bеruvchi Turkmaniston va Transkavkaz yo’li orqali o’tgan transport yo’lagi o’zlashtirildi. Rеspublika avtomobil yo’llari tarmog’i rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha MDH mamlakatlari orasida yetakchi o’rinda turadi. Mavjud avtomobil yo’llari rеspublika hududdi orqali Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston, ular orqali esa Pokiston, Hindiston, Eron, Janubi-MDH davlatlari yo’llariga tranzit yuk va yo’lovchilarning uzluksiz o’tishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining MDH Davlatlari bilan hamkorigi O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 3367,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud. Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarning o‘zaro tenglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida izchil amalga oshirilishi bilan izohlanadi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro anglashuv va hurmatga asoslangan barqaror aloqalarga tayanadi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi. 1996-yildan buyon Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu komissiyaning 7 ta majlisi bo‘lib o‘tgan. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 829,0 million AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi va Qirg’iziston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda. 34 O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdoiqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2019-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 541,9 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir. «O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport- kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta‘sir munosabatlarni ko‘rsatadi. Madaniy-gumanitar rivojlantirishning muhim hamkorlik ikki tomonlama omilidir. O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va san‘at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar bilan birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir. Ikki mamlakat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil qilingan. Shu kungacha qo‘shma komissiyaning to‘rtta majlisi bo’lib o‘tgan. Majlislar Dushanbe shahrida 2002-yil 22-avgust kuni hamda 2009-yil 18-fevralda tashkil etilgan, Toshkent shahrida 2015-yil 23-iyun kuni hamda 35 2016-yil 28-dekabrda tashkil etilgan. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha 497,0 million AQSH dollarini tashkil etdi. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasini 1992-yil 20-mart kuni tan olgan. Shu kunning o‘zida ikki mamlakat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalar o’rnatildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik 2004-yil imzolangan Strategik hamkorlik va 2005-yil imzolangan Ittifoqdoshlik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanmoqda. Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar ja’dal sur’at bilan rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari orasida Rossiya Federatsiyasi birinchi o’rinda turadi. 2019-yil yakunlariga ko’ra ikki davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash 6,6 mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi. Ozarbayjon Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, informatsion va kommunikatsion texnologiyalar, temir yo‘l transporti, soliq, maxfiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdek, gumanitar, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishга doir qator hujjatlar imzolandi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha 51,8 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ukraina ham O‘zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy sheriklaridan sanaladi. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 377,9 million AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasi hamkorlikni mustahkamlashga Belarus Respublikasi alohida e’tibor bilan qaratadi. har tomonlama Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi. So‘nggi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo кomissiyaning (HK) ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida 2008-2017-yillarga mo‘ljallangan 36 iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. O‘zbekiston va Belarus hukumatlari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolangan. MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 330,8 million AQSh dollarini tashkil etdi. Armaniston, Moldova bilan MDH hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Gruziya O’zbekistonning eng muhim tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat – 1995-yilning 4-sentabrida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida imzolangan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hisoblanadi. Ikki tomonlama savdoiqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-gruzin Qo‘shma komisiyasi tartibga soladi. 2014-yilning 20- oktabrida Toshkent shahrida mazkur komisiyaning navbatdagi yetinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2019-yil yakunlari bo‘icha ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar aylanmasi hajmi 118,8 million AQSh dollarini tashkil etdi. 37 5. O`zbekiston Respublikasining so`ngi yillardagi Tashqi iqtisodiy faoliyati o’zgarishlari tahlili Tashqi savdo aylanmasi. Hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat borasida so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019 yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2018 yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta’minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi dinamikasi (mlrd. AQSh doll.) O‘zbekiston Respublikasining TSA dinamikasi tahlili 2019 yilda o‘tgan yilga nisbatan eksport va import hajmlarini o‘sishini ko‘rsatdi. 2017 yilga nisbatan TSA 1,6 barobarga oshdi va import (1,9 barobar) esa eksportga (1,3 barobar) nisbatan tezroq o‘sdi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (yanvar-dekabr, mlrd. AQSh doll.) 38 TSAning uchdan bir qismini MDH davlatlari tashkil etib, so‘nggi yillarga nisbatan kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy munosabatlarning geografiyasi kengayotganidan dalolat bermoqda. Respublikamizda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,6 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 120,0 %ni tashkil etdi. O‘sish sur’atiga ega bo‘lishiga qaramay, MDH davlatlarining ulushi 2018 yilga nisbatan 1,7 foiz punktga kamaygan. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning hajmlari dinamikasi (yanvar-dekabr, mln. AQSh dollari, ulush %da) 2019 yilda boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi MDH davlatlariga nisbatan tezroq o‘sdi (o‘sish sur’ati 129,7 %) va jami TSAdagi ulushi 65,4 %ni tashkil etdi. Xususan, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlar bilan TSAda so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatildi. Misol uchun, so‘nggi uch yilda TSA Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan 3 barobarga hamda Tojikiston va Qozog‘iston bilan 2 barobarga oshgan. Afg‘oniston bilan tashqi savdo 39 aylanmasi yiliga 600 mln. AQSh dollari darajasida saqlanib qolmoqda. Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilganini mamlakatning tashqi savdodagi faoliyatini ijobiy natija sifatida baholash mumkin. Boshqa davlatlar (qo‘shni davlatlardan tashqari) bilan esa TSAda eng yuqori ulush Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya va Germaniya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy hamkor-davlatlar qatorida Eron va Fransiya bilan faol tashqi savdo balansi ta’minlangan. O‘zbekiston Respublikasining yirik hamkor-davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (yanvar-dekabr, mln. AQSh. dollari) 1-jadval7 Davlatlar Xitoy Xalq Respublikasi eksport import saldo Rossiya Federatsiyasi eksport import saldo Qozog‘iston eksport import saldo Koreya Respublikasi eksport import saldo Turkiya eksport import saldo 7 2017-yil 4 754,2 2 025,5 2 728,7 -703,2 4 728,7 2 019,2 2 709,5 -690,3 2 055,8 1 057,6 998,2 59,4 1 387,6 143,3 1 244,3 -1 100,9 1 552,5 877,8 674,7 203,1 2018-yil 6 433,5 2 875,4 3 558,1 -682,7 5 655,9 2 117,3 3 538,6 -1 421,3 2 919,6 1 352,2 1 567,4 -215,2 2 159,2 108,7 2 050,5 -1 941,8 2 057,6 944,8 1 112,8 -168,0 2019-yil 7 620,9 2 519,0 5 101,9 -2 582,9 6 626,9 2 492,5 4 134,4 -1 641,9 3 367,7 1 429,7 1 938,0 -508,3 2 755,4 93,6 2 661,8 -2 568,2 2 525,2 1 203,6 1 321,6 -118,0 1-jadval. O`zbekiston Resoublikasining yirik hamkor-davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 40 davomi Davlatlar Germaniya eksport import saldo Qirg‘iziston eksport import saldo Afg‘oniston eksport import saldo AQSh eksport import saldo Turkmaniston eksport import saldo Tojikiston eksport import saldo Litva eksport import saldo Eron eksport import saldo Yaponiya eksport import saldo 2017-yil 620,0 32,5 587,5 -555,0 253,7 178,3 75,4 102,9 617,8 615,6 2,2 613,4 215,0 32,1 182,9 -150,8 177,9 69,9 108,0 -38,1 237,9 186,1 51,8 134,3 265,7 6,2 259,5 -253,3 325,3 267,2 58,1 209,1 166,2 14,5 151,7 -137,2 41 2018-yil 778,7 53,7 725,0 -671,3 402,8 269,7 133,1 136,6 604,6 602,5 2,1 600,4 415,0 36,8 378,2 -341,4 302,8 59,5 243,3 -183,8 390,5 237,5 153,0 84,5 291,2 12,6 278,6 -266,0 306,8 172,9 133,9 39,0 707,5 18,8 688,7 -669,9 2019-yil 980,1 53,9 926,2 -872,3 829,0 679,0 150,0 529,0 618,0 615,1 2,9 612,2 596,2 29,1 567,1 -538,0 541,9 145,1 396,8 -251,7 497,0 344,2 152,8 191,4 466,5 22,6 443,9 -421,3 424,2 219,6 204,6 15,0 413,6 27,8 385,8 -358,0 davomi Davlatlar Italiya eksport import saldo Ukraina eksport import saldo Latviya eksport import saldo Hindiston eksport import saldo Fransiya eksport import saldo Belarus eksport import saldo 2017-yil 175,7 22,6 153,1 -130,5 290,0 106,0 184,0 -78,0 295,0 82,3 212,7 -130,4 324,9 33,8 291,1 -257,3 257,1 148,9 108,2 40,7 182,4 27,4 155,0 -127,6 2018-yil 305,5 28,1 277,4 -249,3 427,2 100,1 327,1 -227,0 438,7 46,3 392,4 -346,1 286,5 25,1 261,4 -236,3 312,8 196,3 116,5 79,8 418,5 41,3 377,2 -335,9 2019-yil 402,3 26,6 375,7 -349,1 377,9 113,6 264,3 -150,7 374,2 48,9 325,3 -276,4 355,5 25,0 330,5 -305,5 345,7 205,7 140,0 65,7 330,8 47,6 283,2 -235,6 Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (612,2 mln. AQSh dollari), Qirg‘iziston (529,0 mln. AQSh dollari), Tojikiston (191,4 mln. AQSh dollari), Fransiya (65,7 mln. AQSh dollari) va Eron (15,0 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. O‘zbekiston jahonning 193 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,1 %), Rossiya Federatsiyasida (15,7 %), Qozog‘istonda (8,0 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (6,0 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg‘izistonda (2,0 %) qayd etilgan. 42 O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar (2019 yil yanvar-dekabr, mln. AQSh dollari, ulush %da) 2-jadval8 Top 10 davlatlar Xitoy Xalq Respublikasi Rossiya Federatsiyasi Qozog‘iston Koreya Respublikasi Turkiya Germaniya Qirg‘iziston Afg‘oniston AQSh Turkmaniston TSA 7 620,9 6 626,9 3 367,8 2 755,4 2 525,2 980,1 829,1 618,0 596,2 541,9 Eksport 2 519,0 2 492,5 1 429,7 93,5 2 1 203,6 53,9 679,0 615,1 29,1 145,1 Import 5 101,9 4 134,4 1 938,0 2 661,8 1 321,6 926,2 150,0 2,9 567,1 396,8 Ulush, % 18,1 15,7 8,0 6,5 6,0 2,3 2,0 1,5 1,4 1,3 TSAning choraklar kesimidagi tahlili ular orasida mavsumiylik borligini ko‘rsatdi va eng yuqori TSA 12 mlrd. AQSh dollari bilan 2019 yilning III choragiga to‘g‘ri kelib, 2017-2018 yilllarning mos davriga nisbatan 1,5 barobar oshganini ko‘rsatdi. 2017-2019 yillardagi tashqi savdo balansi hajmlari o‘sishiga alohida e’tibor berish talab etiladi. Ya’ni, 2018 yilning III choragida eng yuqori passiv tashqi savdo balansi kuzatilib, 2017 yilning III choragidagi aktiv tashqi savdo balansiga nisbatan 2,6 mlrd. AQSh dollarga oshgan va 2019 yilning IV choragiga kelib passiv savdo balansi 2,1 mlrd doll. tashkil etdi. Eksport. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar sonini 5895 taga yetkazdi va ular tomonidan 17,9 mlrd. AQSh dollari qiymatdagi (2018 yilga nisbatan o‘sish 28,0%) tovar va xizmatlar eksport qilinishini ta’minladi. 2-jadval. O`zbekiston Resoublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo’lgan davlatlar 43 8 Eksport tarkibi (2019 yil yanvar-dekabr, ulush %) 1-diogramma9 Oltin 3% Xizmatlar 2% 2% Energiya manbalari va neft mahsulotlari 5% 5% 28% To'qimachilik mahsulotlari 5% Oziq-ovqat mahsulotlari 5% Rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar 9% Kimyo mahsulotlari va buyumlari 21% Boshqalar 15% Mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari Qora metal va undan tayyorlangan buyumlar Paxta tolasi Eksport tarkibida tovarlar ulushi 80,1 %ni tashkil etib, ular asosan qimmatbaho metallar (kumush bilan birga 28,2 %), energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (14,1 %), to‘qimachilik buyumlari (9,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,5 %, aksariyat meva-sabzavot – 6,7 %), rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar (5,3 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga eksportning yo‘nalishi bo‘yicha farqlanishlar 29,1 mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, MDH mamlakatlariga eksportning 80 % xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, keyingi o‘rinlarda eksport hajmi bo‘yicha energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (asosan tabiiy gaz) hamda meva-savzavot va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda. 9 1-diogramma. Eksport tarkibi (2019-yakunlari bo’yicha) 44 MDH mamlakatlari yo‘nalishiga mashina va asbob-uskunalar, qora va rangli metallar, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti nisbatan tezroq o‘sdi, faqatgina paxta tolasi eksportida pasayish kuzatildi. 2019 yilda eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilga nisbatan, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari hamda kimyo mahsulotlari va buyumlaridan tashqari barcha tovar va xizmatlarda o‘sish kuzatilgan. MDH va boshqa davlatlarga eksport tarkibi (2019 yil yanvar-dekabr) ТаркибиМлн. АҚШ долла3-jadval10 Mln. AQSH dollari MDH Boshqa Jami davlatlari davlatlar 11536,9 17901,7 6364,8 Tarkibi Jami shu jumladan: Paxta tolasi Oziq-ovqat mahsulotlari Kimyo mahsulotlari va buyumlari Energiya manbalari va neft mahsulotlari Qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar Rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar Mashina va asbobuskunalar hamda ularning qismlari To‘qimachilik mahsulotlari Oltin Xizmatlar Boshqalar 281,6 1517,5 876,9 2524,9 1,3 960,9 405,8 1403,0 280,4 556,6 471,1 1121,9 349,6 102,8 246,8 951,3 153,3 798,0 451,4 307,0 144,3 1626,6 4918,3 3560,2 843,5 815,1 1850,9 364,8 811,5 4918,3 1709,3 478,7 Import. Respublikada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalga 3-jadval. MDH va boshqa davlatlarga eksport tarkibi (2019-yil) 10 45 oshirilayotgan islohotlar importni keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Shu bilan birga, mamlakatga kiritilayotgan salmoqli investitsiyalar natijasida so‘nggi yillarda import hajmi oshib kelayotganligini kuzatish mumkin. Jumladan, hisobot davrida import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollarni (2018 yilga nisbatan 124,9 %) tashkil etib, valyutani erkinlashtirish boshlangan davrga nisbatan 1,7 barobarga oshgan. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari (43,8 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,2 %) hamda xizmatlar (10,0 %) hisobiga to‘g‘ri keldi. Import tarkibi (2019 yil yanvar-dekabr, ulush %) 2-diogramma11 Mashinalar vaasbob-uskunalar Kimyo mahsulotlari va buyumlari Boshqalar Xizmatlar 7% 4%1% Oziq-ovqat mahsulotlari 8% 44% 10% Qora metal va undan tayyorlangan buyumlar 13% Energiya manbalari va neft mahsulotlari 13% Rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar 2019 yilda import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2018 yilga nisbatan mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari importining ulushi 36,1 % dan 43,8 % gacha o‘sdi, oziq-ovqat mahsulotlari va kimyo mahsulotlari importining ulushi esa 9,1 % dan 7,8 %ga va 15,3 %dan 11 2-diogramma. Import tarkibi (2019-yakunlari bo’yicha) 46 13,2%ga kamaydi. Umuman olganda, barcha mahsulotlarda o‘sish kuzatilishiga qaramasdan, ularning (mashina va asbob-uskunalardan tashqari) jami importdagi ulushi pasaymoqda. So‘nggi uch yildagi umumiy import hajmining o‘sishi (1,7 barobar) fonida xizmatlar importining mutloq o‘sishiga qaramasdan (1,2 barobar) uning jami importdagi ulushi kamaymoqda (4,1 foiz punkt). Oziq-ovqat mahsulotlarining importi hajmlarining o‘sishiga shakar xomashyosi (6,1 barobar o‘sish), kakao, un va qandolat mahsulotlari (va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) (1,7 barobar), sitrus (2,2 barobar) hamda go‘sht va sub oziq-ovqat mahsulotlari (2,1 barobar) importi ta’sir qilgan. Energiya tashuvchi va neft mahsulotlari importi oshishiga esa qayta ishlangan neft mahsuloti importining oshganligi (125 barobar) bevosita ta’sir etgan. Qishloq xo‘jaligi uchun mashina va asbob-uskunalar (90 barobar), avtomobillar uchun uskuna va ehtiyot qismlar (87 barobar), ekskovator va buldozerlar (119 barobar) hamda tibbiy asbob va moslamalarning (146 barobar) nisbatan yuqori o‘sishi hisobiga jami import hajmini oshishiga olib kelgan. 47 XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdoiqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin: - Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi. - O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi. - O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda MDH mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi. - O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi; - O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi: - Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o`sishi kuzatildi. 48 - O`zbekistondan MDH davlatlariga asosan xom ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda; - O`zbekistonga MDH davlatlaridan asosan tayyor mahsulotlar import qilinmoqda; - O`zbekiston hamkorlik va istiqbolli MDH mamlakatlar yo`nalishlardan bilan hisoblanadi. neft-gaz Bu sohasidagi borada MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq. - O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim; Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur. 2000-yildan 2019-yilga qadar o`zaro tovar ayirboshlash hajmi o`sishi kuzatildi. Demak, savdo aylanma hajmi yildan-yilga o`sib, yanada barqaror tus olmoqda. O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko`lami MDH mamlakatlari ichida eng yuqoriligi qayd etildi: savdo aylanmasi 2000-yilda 100 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo`lsa, 2019-yilga kelib 6,6 mlrd AQSH dollariga yetdi. Bu O`zbekiston va Rossiya o`rtasida savdo aylanmasi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini bildiradi. Ko`rinib turibdiki, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik mustahkamlanish bilan bir qatorda, iqtisodiy yo`nalishdagi sheriklik yildan-yilga o`sib bormoqda. Shuningdek, O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. O`zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida MDHning yetakchi davlatlari – Rossiya, Ukraina, Belarussiya bilan manfaatli hamkorlik 49 aloqalarini o`rnatdi. Ushbu aloqalar bir necha bosqichlarni bosib o`tib, uning dastlabki bosqichlarida (1992-1999-yillar) mamlakatlar o`rtasida hamkorlikning huquqiy asoslari shakllandi va bu holat keyingi bosqichda iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishiga asos bo`lib xizmat qilmoqda. 2. O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarni tahlil qilishda iqtisodiy hamkorlik davlatlararo aloqalardagi ustuvor yo`nalish ekanligi va bu aloqalar ikkinchi bosqichda (2000-2019-yillar) jadal rivojlangani aniqlandi. 3. O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar bundan keyin ham rivojlanishda davom etadi. Chunki mazkur davlatlar iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan birday manfaador. Bugungi kunda O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: O`zbekiston va MDH mamlakatlari uchun manfaatli bo`lgan yuqori samarali ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo`llabquvvatlash va ularni rag`batlantirish; MDH (investitsiya nashrlari, mamlakatlari loyihalari iqtisodiy va tahlil, investorlarini biznes takliflar xom-ashyo ma’lumotlar bilan ta’minlash viloyatlarning investitsiya salohiyati shuningdek, investitsiyaga oid va uchun bazasi, mehnat har bo`yicha bir to`laqonli axborot hududiy matbuot salohiyati to`g`risida hudud bo`yicha veb-sayt konferensiyalar, tashkil etish, seminarlar va taqdimotlar ko`lamini yanada kengaytirish; Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo`yicha o`quvchi-yoshlarda hududidagi kengroq qo`shma O`zbekiston-Qozog’iston, tasavvur hosil qilish korxonalarga O`zbekiston-Belarussiya) uchun viloyatlar (O`zbekiston-Rossiya, sayohat va ekskursiyalar tashkil etish; Bu kabi tadbirlar O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman. 50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI I. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa huquqiy-me’yoriy 1.1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qaror va farmonlari. 1.2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2015. 1.3.”Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida(yangi tahriri)”gi qonuni 1.4.”Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni II. Monografiya va ilmiy adabiyotlar O’zbek va rus tillarida 1. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov. 2. Международные экономические отношения /Под ред. Хасбулатова Р.И. М.: Новости, 1991.Т.1. 2009 3. ПеброМ. Международные экономические, отношения. - М.: Прогресс-Универс, 1994. Internet saytlari 1. http://www.press-service.uz/uz/news/archive/ 2. http://mfa.uz/uzb/hujjatlar/vaz mahk/ 3. http://www.stat.uz 4. http://www.lex.uz 5. http://www.uza.uz 6. http://finless.ru 7. http://www.mof.go.jp 51 валютно-финансовые
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )