O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI ―Energiya ta‘minlash tizimlari‖ kafedrasi “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan MA’RUZA TOPSHIRIQ №1 Bajardi:Salimov Abror Qabul qildi:Nizomov Norxuja Toshkent 2025 Metrologiyaning asosiy tushunchalari Ishdan maqsad: Asosiy tushuncha va ta‘riflarni o‗rganish. MAVZU : Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati 12 - variant Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism: 1. O‗zbekiston Respublikasining ―Metrologiya to‗g‗risida‖ gi Qonuni 2. MS va S bo`yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati 3. O‗zbekistonda yevropa standartlari mamlakatimiz va yevropa ittifoqi o‗rtasidagi Hamkorlik va o‗zaro aloqalar. III. Xulosa: O‗zbekiston Respublikasining ―Metrologiya to‗g‗risida‖ gi Qonuni Ma‗lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket to‗g‗risida‖ uchta, ya‗ni ―Standartlashtirish to‗g‗risida‖, ―Metrologiya va ―Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish‖ Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‗tarilishiga asos bo‗ldi. Shulardan biri, ya‗ni ―Metrologiya to‗g‗risida‖ gi qonun ustida biroz to‗xtalib o‗tamiz. Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta‗minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi. ―Metrologiya to‗g‗risida‖ gi qonun 5 bo‗limdan iborat bo‗lib, bu bo‗limlar 21 moddani o‗z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‗lga qo‗yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‗yicha keng ma‗lumotlar berilgan. ―O‗zstandart‖ agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Qonunda yana bir masala - davlat ro‗yxati belgisini qo‗yish to‗g‗risida ham bayon etilgan. ―Metrologiya to‗g‗risida‖ gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‗lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‗yxati belgisi qo‗yilishi shart. Ma‗lumki, ishlab chiqarishdagi o‗lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‗tkazib turish har doim e‗tiborda bo‗lmoqligi lozim. Ular bo‗yicha ro‗yxatlar tuziladi va o‗lchash vositalari turkumlarining ro‗yxati ―O‗zstandart‖ agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiytadqiqotlar bilan bog‗liq o‗lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‗lchovlari ―Metrologiya to‗g‗risida‖ gi Qonunning 17-moddasi asosida ―O‗zstandart‖ agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‗tkazilib turilishi lozim bo‗lgan o‗lchash vositalari guruhining ro‗yxatiga kiritilgan bo‗lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‗lgan o‗lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‗lchash natijalari bilan ta‗minlashlari lozimligi alohida ko‗rsatib o‗tilgan. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‗or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‗yicha har xil yordam ko‗rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashti-ruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo‗yicha Evropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‗yicha Xalqaro konferensiya, G‗arbiy Evropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo‗yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi. Ana shu tashkilotlar va ularning olib borayotgan ishlari, faoliyat doiralari xususida qisqacha ma‗lumot berib o‗tish maqsadga muvofiqdir. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ( MEK ) Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‗yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, chunki bu yili elektr bo‗yicha birinchi Xalqaro kongress bo‗lib o‗tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzish to‗g‗risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‗yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‗ullana boshladi. MEK nizomiga ko‗ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‗shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir. ISO va MEK faoliyatlari bo‗yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‗yicha shug‗ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‗yicha standartlashtirish bilan shug‗ullanadi. Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‗mitalar MEKning a‗zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Er qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste‗molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi. MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u erda mamlakatlarning hamma milliy qo‗mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‗lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‗azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. MEK har yili bir marta o‗z kengashiga yig‗iladi va o‗z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. 1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko‗rsatar edi. 1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM) Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir. MOZM faoliyatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: - MOZMga a‗zo bo‗lgan mamlakatlar uchun o‗lchash vositalarining uslubiy meyoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash; - qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni namunaviy va ishchi o‗lchash asboblarini uyg‗unlashtirish; - xalqaro ko‗lamda birxillashtirilgan o‗lchash birliklarini tekshirish va attestatlashini, mamlakatlarda qo‗llanishini ta‗minlash; - metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‗yicha davlat ko‗rsatmalarining birliligini ta‗minlash; - rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta‗min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta‗minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish; - metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-qoidalarini belgilash. MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to‗rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma‗ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili - fransuz tilidir. Sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti (EOKK) Sifatni nazorat qilish Evropa tashkiloti EOKK (Evropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) bo‗lib, uning birinchi konferensiyasi 1957 yilda chaqirilgan va shu yilning o‗zida uni nizomi ham tasdiqlandi. Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi (ILAK) ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarni aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISOG‗MEK Rukovodstvo 2.86) o‗tkazishga huquq berishdan iborat. O‘zbekistonda yevropa standartlari mamlakatimiz va yevropa ittifoqi o‘rtasidagi Hamkorlik va o‘zaro aloqalar. Evropa ittifoqi Kengashining 1985 yil 7 maydagi «Texnik moslashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida yangi yondoshuv to‗g‗risidagi qarori»da standartlashtirish masalalariga oid printsiplar belgilandi. Bunda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yevropa direktivalarining umumiy talablariga javob berishi kerakligi, milliy standartlar oldida halqaro va yevropa standartlarining afzalligi ko‗rsatib o‗tilgan. Evropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish yevropa standartlashtirish qo‗mitasi (SEN) va yevropa elektro texnikada standartlashtirish bo‗yicha qo‗mitasi (SENELEK)ga yuklatilgan. Yangi yondashuvning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: - MHlar (talablari)ni o‗zaro uyg‗unlashtirish (birxillashtirish) mahsulotlarga fakat muhim talablarni belgilash bilan chegaralanishi kerak va bunday mahsulotlargina yeI bozoriga kiritilishi mumkin; - Muhim talablarga mos mahsulotlarning texnik spetsifikatsiyasi (xususiyatlari), uyg‗unlashtirilgan (bir xillashtirilgan) yevropa standartlari bilan aniqlanadi; - uyg‗unlashtirilgan standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan mahsulotlar boshqa standartlar asosida ishlab chiqilgan mahsulotlarga nisbatan afzal hisoblanadi; - uyg‗unlashtirilgan yoki boshqa standartlarni qo‗llash ixtiyoriy hisoblanadi va ishlab chiqaruvchi boshqa standartlarni qo‗llagan taqdirda, ularning muhim talablarga mosligini maxsus komissiyada isbotlashi kerak. 1961 yilda tashkil etilgan yevropa standartlashtirish qo‗mitasi (SEN)ga yevropa ittifoqiga a‗zo 28 davlatning standartlashtirish bo‗yicha milliy idoralari kiradi. Bular Avstriya(ON), Belgiya(IBN/BIN), Buyuk Britaniya(BSI), Vengriya (MZSH), Germaniya (DIN), Gretsiya (ELOT), Daniya (DS), Irlandiya (NSAI), Islandiya(STRI), Ispaniya (AENOR), Italiya(UNI), Kipr(CYS), Latviya(LVS), Litva(LST), Lyuksemburg(SEE), Malta(MSA), Niderlandlar(NNI), Norvegiya(NSF), Slovakiya(UNMS), Finlyandiya(SFS), SHveytsariya(SNV), SHvetsiya(SIS), Polsha(PKN), Sloveniya(SMIS), Frantsiya(AFNOR), Estoniya(EVS) davlatlaridir. Portugaliya(IPQ), CHexiya(CNI), SENga a‗zolik ka milliy idoralar dastlab tegishli auditdan o‗tadilar va keyin SENning belgilangan talablariga mosligi tasdiqlangandan keyin, ular a‗zolikka qabul qilinadilar. SEN o‗z faoliyatini quyidagi printsiplar asosida tashkil etadi: - oshkoralik va ochiqlik, barcha manfaatdor tomonlar standartlashtirish bo‗yicha milliy idoralarga murojaat qilib, standartlashtirishishlarida ishtirok etishlari mumkin; - konsensus, standartlar o‗zaro ixtiyoriy kelishuvlar asosida ishlab chiqiladi; - milliy a‗zolarning majburiyatlari va texnik kelishuvchanlik, milliy idoralar yevropa standartlarini milliy standart sifatida qabul qilishlari va yevropa standartlariga mos bo‗lmagan boshqa standartlarni bekor qilishlari zarur; - SEN yevropa komissiyasi bilan uzviy aloqada ish olib boradi; - SENda haqiqiy a‗zolar bilan birga, assotsiatsiyalangan, affiliratsiyalangan a‗zolar hamda 2003 yilda joriy etilgan hamkor-milliy standartlashtirish idoralari faoliyat ko‗rsatadi. Assotsiatsiyalangan a‗zolar sanoatning alohida tarmoqlari bo‗yicha yevropa tashkilotlari, iste‗molchilar, atrof- muhit himoyasi bilan bog‗liq faoliyatdagi manfaatdor tomonlar, kichik va o‗rta korxonalar bo‗lib, ular SENning Bosh Assambleyasi (ovoz berish huquqisiz), Ma‗muriy va Texnik byurolar ishida ishtirok etishlari va barcha kerakli Hujjatlarni (xususan, standartlar loyihalarini) olishlari mumkin. Assotsiatsiyalangan a‗zolar qatoriga yevropa kimyosanoati kengashi(CEFIC), yevropa meditsina usku- nalarini ishlab chiqarish konfederatsiyasi(EUCOMED) va boshqalar bo‗yicha assotsiatsiyalari kiradi. Affiliratsiyalangan a‗zolar— kuzatuvchi statusiga ega standartlashtirish bo‗yicha milliy idoralar, masalan haqiqiy a‗zolikka qabul qilinmagan Markaziy va SHarqiy yevropa milliy idoralar, masalan, Albaniya(DPS), Bolgariya(BDS), Xorvatiya(HZN), Makedoniya(ISRM). Hamkor-milliy standartlashtirish idoralari— siyosiy yoki geografik sabablarga ko‗ra SENga a‗zo bo‗laolmaydigan, ISOning a‗zosi bo‗lgan milliy standartlashtirish idoralari (PSB). Bunday statusni olish uchun da‗vogar ma‗lum talablarni bajarishi kerak. Eng muhim talab, o‗zi a‗zo bo‗lgan SEN qo‗mitasi ishlab chiqqan yevropa standartlarini milliy standartlar sifatida qabul qilish va yevropa standartiga qarama-qarshi bo‗lgan tegishli milliy standartlarini bekor qilishdir. Hamkorlar SEN faoliyatida va Bosh Assambleyasi ishida, TQlar yig‗ilishlarida ishtirok etishlari mumkin, yevropa standartlari(EN) va ularning loyihalarini olishlari mumkin. Xulosa Men, ushbu mustaqil ishni bajarish mobaynida Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish zamonaviy iqtisodiyot va sanoatning muhim tarkibiy qismlari bo‗lib, global savdo, texnologik rivojlanish va mahsulot sifatini ta‘minlashda asosiy rol o‗ynashini hamda Metrologiya o‗lchovlarning aniqligi va xalqaro miqyosda uyg‗unligini kafolatlasa, standartlashtirish mahsulot va xizmatlarning yagona texnik talablarga mosligini ta‘minlashini, me‘yorlarga sertifikatlashtirish muvofiqligini tasdiqlashini esa ularning o`rganib belgilangan chiqdim. Ushbu sohalarning global ahamiyati xalqaro tashkilotlar, masalan, BIPM, ISO, IEC, IAF va ILAC faoliyati orqali yanada mustahkamlanadi, ular o‗zaro hamkorlikda metrologik infratuzilma, standartlar va sifat tizimlarini rivojlantiradi. O‗zbekiston ushbu sohalarda xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib, milliy standartlarni global me‘yorlarga moslashtirish va eksport salohiyatini oshirish yo‗lida muhim qadamlar tashlamoqda. O‗zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O‗zstandart) tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ISO 9001 kabi standartlarning joriy etilishi mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligini oshirmoqda. Amaliy jihatdan, metrologik aniqlik, standartlar ishlab chiqish va sertifikatlashtirish jarayonlari sanoat va savdoda muhim o‗rin tutadi, lekin raqamli transformatsiya va yangi texnologiyalar kabi zamonaviy muammolar yangi yechimlarni talab qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Raxmatov D.I., Qalandarov A.F. (2023). O„lchash vositalarini kalibrlash jarayonini avtomatlashtirish va uning prinsiplari. International Conference on Teaching, Education and New Learning Technologies. 2. Sativaldiyev A.K. (2023). O„lchash usullari va vositalari kursi uchun elektron darslik yaratish. Science and Education, 4(2), 1020–1025. 3. Axmedova M.A., Sativaldiyev A.K. (2023). “O„lchash usullari va vositalari” kursi uchun elektron darslik yaratish metodikasi. Science and Education, 4(2), 1020–1025. 4. Umurzakov E., Sativaldiyev A.K., Sattarov M. (2022). Modification of dying processes of blended fabric. Science and Innovation, 1(7), 245–256. 5. O‗zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy sayti (digital.uz). Foydalanilgan internet saytlari 1.O‗zstandart agentligi sayti (www.standart.uz). 2.Lex.uz – Qonunchilik ma‘lumotlari milliy bazasi. 3.UNICON.UZ – Standartlashtirish tayanch tashkiloti ma‘lumotlari.
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )