MUSTAQIL ISHGA TOPSHIRIQLAR
1. (Fizika: Uchish yo’lagi uzunligini hisoblash). Samolyotning tezlanishi a va
uchish tezligi v ni hisobga olib minimal uchish yo’lagi uzunligini hisoblash
mumkin. Quyidagi formuladan foydalanib:
𝑣2
𝑢𝑧𝑢𝑛𝑙𝑖𝑘 =
2𝑎
Foydalanuvchi tomonidan v metr/sekundlarda (m/s) va a metr/sekund kvadratda
(m/s2) qiymatlari kiritilganda uchish yo’lagi uzunligini hisoblaydigan dastur
tuzing. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija chop etilishi
shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
v = 60
a = 3.5
514.286
2. (Geometriya: Ikki nuqta oralig’i). Foydalanuvchi tomonidan ikki nuqta
koordinatalari (x1, y1) va (x2, y2) kiritilganda mazkur nuqtalarning oralig’i
uzunligini hisoblovchi dastur tuzing.
Nuqtalar oralig’i uzunligini hisoblash uchun
formulasidan
foydalaniladi. Ildizni hisoblash uchun
dasturda pow(a,0.5) kabi funksiyadan
foydalanish mumkin. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija
chop etilishi shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
x1 = 1.5 y1 = -3.4
x2 = 4
y2 = 5
8.764131445842194
3. (Joriy vaqt). 3.1 Laboratoriya mashg’ulotida joriy vaqtning GMT (Grinvich) da
ko’rsatadigan dasturi ishlab chiqilgan. Endi foydalanuvchi tomonidan soat
mintaqasi ko’rsatilganda mahalliy vaqtni chop etuvchi dastur tuzing. (Algoritm
blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija chop etilishi shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
-5
Mahalliy vaqt (00 : 00 : 00)
ko’rinishda
4. (Yillar ko’rinishida yozing). Foydalanuvchi tomonidan minutlarda qiymat
kiritilganda (masalan 1 milliard minut), mazkur minutlar necha yil va necha kunni
tashkil etishini ko’rsatuvchi dastur tuzing. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi
tuzilishi va natija chop etilishi shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
1000000000
1000000000 mlrd sekund 1902 yilu 214
kunga teng
5. (Geometriya: Oltiburchak yuzasi). Foydalanuvchi tomonidan oltiburchak tomoni
uzunligi s kiritilganda oltiburchakning yuzasini hisoblaydigan dastur tuzing.
(Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija chop etilishi shart).
Oltiburchak yuzasini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaning:
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
5.5
78.5895
6. (Yo’l xarajati). Foydalanuvchi tomonidan masofa, avtomobilning 100 kmga
mo’ljallangan yoqilg’i sarfi va yoqilg’ining narxi kiritilganda yo’l xarajatlarini
hisoblaydigan dastur tuzing. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va
natija chop etilishi shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
masofa – 900.5 km
yoqilg’i sarfi 10 l – 105 km
yoqilg’i narxi 1 l – 3800 s
325 895
7. (Moliyaviy dastur. Qiyin foyda). Faraz qilamiz, Siz har oy omonat hisobingizga
yillik stavkasi 5% bo’lgan 100 AQSh dollari hisobida pul mablag’larini kiritib
borasiz. Oylik foiz stavkasi 0.05/12=0,00417 ni tashkil etadi. Shunday qilib
birinchi oydan so’ng hisobingizdagi pul mablag’lari quyidagicha bo’ladi
100 * (1 + 0.00417) = 100.417
ikkinchi oydan so’ng pul mablag’lari
(100 + 100.417) * (1 + 0.00417) = 201.252
uchinchi oydan so’ng pul mablag’lari
(100 + 201.252) * (1 + 0.00417) = 302.507
va hokazo.
Foydalanuvchi tomonidan har oy omonat hisobiga to’ldirib boriladigan pul
mablag’i summasi kiritilganda 6 oydan so’ng omonat hisobidagi umumiy pul
mablag’lari qanchani tashkil etishini hisoblaydigan dastur tuzing. (Algoritm bloksxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija chop etilishi shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
100
608.81
8. (Geometriya: Uchburchak yuzasi). Foydalanuvchi tomonidan uchburchak
tomonlari uzunligi (tomon1, tomon2, tomon3) kiritilganda, uchburchakning
yuzasini hisoblaydigan dastur tuzing. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi
tuzilishi va natija chop etilishi shart). Uchburchak yuzasini hisoblash uchun
quyidagi formuladan foydalaning:
𝑃 = (𝑡𝑜𝑚𝑜𝑛1 + 𝑡𝑜𝑚𝑜𝑛2 + 𝑡𝑜𝑚𝑜𝑛3)/2
𝑦𝑢𝑧𝑎 = √𝑃(𝑃 − 𝑡𝑜𝑚𝑜𝑛1)(𝑃 − 𝑡𝑜𝑚𝑜𝑛2)(𝑃 − 𝑡𝑜𝑚𝑜𝑛3)
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
tomon1=3, tomon2=4,
tomon3=5
6
9. (Moliyaviy dastur. Pul birliklari). Foydalanuvchi tomonidan xarid summasi
tiyinlarda kiritilganda, mazkur summani so’mlar va tiyinlar kesimida chop etuvchi
dastur tuzing. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija chop
etilishi shart).
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
1156
11 sum 56 tiyin
10.(Ilm-fan. Energiyani hisoblash). Suv qaynashi uchun suvning boshlang’ich
temperaturasidan isish temperaturasiga yetganga qadar qancha energiya
sarflanishini hisoblaydigan dastur tuzing. Dasturda foydalanuvchi tomonidan suv
miqdori kilogrammlarda, suvning boshlang’ich va isish temperaturalari kiritilishi
inobatga olinsin. (Algoritm blok-sxemasi va dastur kodi tuzilishi va natija chop
etilishi shart).
Energiyani hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Q = M * (isishTemperaturasi - boshlanishTemperatura) * 4184
Bu yerda M – suvning miqdori (kg), Temperatura selsiylarda, Q esa Djoulda
hisoblanadi.
Natija quyidagicha bo’ladi:
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumot
M = 55.5
boshlanishTemperatura = 3.5
isishTemperaturasi = 10.5
1625484.0