O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS T A’ L I M V A Z I R L I G I ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI BOTANIKA VA O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI KAFEDRASI Aliyeva Gulnoza Tilavovna SAMARQAND SHAROITIDA INTRODUSIYALANAYOTGAN KOLUMB O’TINING SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARI «5420100 - biologiya» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavriat darajasini olish uchun BITIRUV MALAKAVIY ISH Ilmiy rahbar:__________prof. Xo’jayev J.X. «____»_________2014 y. Bitiruv malakaviy ishi botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2014 yil 7 iyundagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnoma № 11). Kafedra mudiri dots.Haydarov X.Q. Bitiruv malakaviy ish YaDAKning 2014 yil iyundagi majlisida himoya qilindi va foizga baholandi (bayonnoma № ). YaDAK raisi_____________ SAMARQAND – 2014 2 MUNDARIJA KIRISH..…………………………………………………………………………..3 1. ADABIYOTLAR SHARHI..…………………………………………………..6 1.1. Istiqbolli noan’anaviy o’simliklar introduksiyasi……………………..……6 1.2. Kolumb o’tining biofiziologik xususiyatlari…………………………..….14 2. TADQIQOT O’TKAZISh SHAROITLARI, OBYEKTLARI VA USLUBLARI……………………………………………………………………..27 2.1. Tadqiqot sharoitlari………………………………………………….…….27 2.2. Tadqiqot obyekti……………………………………………………………30 2.3. Tadqiqot uslublari……………………………………………………….…30 3. TADQIQOT NATIJALARI…………………………………………….........33 3.1. Suv miqdori…………………………………………………………………34 3.2. Transpirasiya jadalligi………………………………………………………37 3.3. Suv saqlash qobiliyati……………………………………………………….40 3.4. Suv tanqisligi………………………………………………………………..42 XULOSALAR…………………………………………………………………….46 TAVSIYALAR..………………………………………………………………….47 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI…………………………….48 ILOVALAR…………………………………………………………….…………56 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston mutaqillikka erishgandan so’ng chorvachilikka qishloq xo’jaligining muhim tarmoqlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu tarmoqni yanada rivoshlantirishning asosiy omillaridan biri faqatgina mustahkam yem-xashak zahirasini yaratish bo’lib qolmay, balki uning assortimentini ham yuqori hosilli ko’p yillik to’yimli oziqabop ekinlar bilan boyitish muhim ahamiyatga egadir. Kh.Shomurodov., O.K.Khasanov, T.Rakhimova [72] larning ko’rsatishicha, antropogen va texnogen omillar va Orol dengizini qurishi natijasida so’ngi yillarda O’zbekistonda 15 mln.ga yaqin tabiiy yaylovlar inqirozga uchragan. Ayniqsa, cho’l va tog’ oldi adir o’tloqlarning 80% dan ko’prog’ida o’simliklar qoplami inqirozga uchragan bo’lib, chorvachilikning ozuqa bazasi keskin kamaymoqda. Chorvachilikni rivojlantirishning asosiy negizini chorva mollarini sifatli va to’yimli ozuqa bilan ta’minlash tashkil yetadi. Aniqlanishicha, chorva mollari mahsuldorligi va mahsulotning sifat darajasi ularning ozuqasiga bog’liq, ya’ni bir turdagi o’simlik bilan oziqlanuvchi mollarning mahsuldorligi (bu o’tning qanchalik boy oziqaga ega bo’lishiga qaramasdan) past bo’ladi. Shuning uchun ozuqa aralashmasi turli o’simliklardan tashkil topishi lozim. Ozuqalarning tarkibi va sifati har doim ham chorva mollarining fiziologik ehtiyojiga javob bermaydi. Bu esa oziqaning ortiqcha sarflanishiga va mahsulotlarni tannarxining oshishiga olib keladi. Shu bois keyingi yillarda yangi serhosil va to’yimli barqaror urug’li ozuqabop ekinlar sinab ko’rilmoqda. Beda, makkajo’xori kabi an’anaviy yemxashak ekinlari bilan birgalikda noan’anaviy o’simliklarni tanlash, ularning biologik xususiyatlari va yetishtirish usulalarini o’rganish natijasida serhosil- oziqabop turlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga joriy yetish davr talabidir. Bu muammoni hal etish uchun mahalliy va xorijiy florada mavjud o’simliklar tarkibini saqlab qolish, ko’paytirish va oziqaviy qimmatli yem-xashak 4 o’simliklari bilan boyitish lozim. Bu sohada Markaziy Osiyo ilmiy muassasalarida muayyan darajada yutuqlarga erishilgan [48]. So’nggi yillarda yaylovlarni tiklash bo’yicha muayyan tizimlar ishlab chiqilgan.Xalq xo’jaligi uchun muhim bo’lgan bu muammoni aniq bir mintaqa sharoitlarini hisobga olgan holda turli fitomeliorantlarni ilmiy asosda o’rganib hal etish lozim.Tabiiy yaylovlarning hosildorligi iqlim sharoitlariga bog’liq bo’lganligi bois yog’ingarchilik kam bo’ladigan yillari ko’pgina o’simliklar yaxshi o’smaydi. Shu sababli tabiiy o’tloqzorlar bilan bir qatorda istiqbolli yem-xashak o’simliklarini sug’oriladigan yerlarda yetishtirib, mo’l hosil olish tadbirlarini ishlab chiqish nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, keyingi yillarda respublikamiz qishloq xo’jaligi tarmoqlarida yangicha islohotlar olib borilmoqda. Fermer xo’jaliklari ko’p tarmoqli bo’lib, dehqonchilik, bog’ va sabzavot-polizchilik bilan birga chorvachilikni ham o’z ichiga qamrab oladi. Hozirgi kunda dehqon, fermer xo’jaliklarining yer resurslari cheklangan bo’lib, ularda ilgaridan tadbiq etilgan almashlab ekish tizimi yaroqsiz bo’lib qoldi. Shu bois, qisqa muddatli rotasiyani joriy qilish, tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarini inobatga olib, almashlab ekish tizimini yangi noan’anaviy o’simliklar bilan boyitilishi zarur. Shunday noan’anaviy istiqbolli yem-xashak o’simliklaridan biri Kolumb o’ti hisoblanadi. Kolumb o’ti hosildorligi va ozuqaviylik qiymati jihatidan asosiy yem-xashak ekinlaridan biri bo’lgan makkajo’xoridan ustun turadi. Turli darajada sho’rlangan tuproqlarda o’sa olishi va qurg’oqchilikka chidamlilik xususiyatlari bilan ham an’anaviy yem-xashak o’simliklaridan ajralib turadi. Kolumb o’tini bir mavsumda 2-3 marta o’rib olish mumkin. Bunda yashil massa hosildorligi gektaridan 2100 sentnergacha, urug’ hosildorligi esa 8-17 sentnerni tashkil etadi Hozirgi suv tanqisligi, tuproqlarning turli darajada sho’rlanishi sharoitlarida muhitning noqulay omillari ta’siriga chidamli bo’lgan, sifatli va to’yimli ozuqaviy ekinlarning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish, ularni yetishtirishning mintaqavaiy agrotexnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish dolzarb masalalar hisoblanadi. 5 Bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikamiz iqtisodini taraqqiy ettirishning eng muhim omillaridan biri bu, chorva mollari sonini ko’paytishshsh, mahsuldorligini oshirish bo’lib, bu borada katta ishlar qilinmoqda. Bu ayniqsa, sut, go’sht yetishtirishga ixtisoslashgan shirkat va fermer xo’jaliklarining tashkil etilishida namoyon bo’lmoqda. Bunday xo’jaliklar yerdan oqilona foydalanish maqsadida chorva mollari uchun serhosil yem-xashak o’simliklarini ekish va ko’paytirish lozimdir. Tadqiqotning maqsadi – introduksiya sharoitlarida Kolumb o’ti (Sorghum almum Parodi) ning suv almashinuv xususiyatlarini o’rganishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: - Kolumb o’ti urug’larining laboratoriya va dala sharoitlarida unuvchanligini aniqlash; - o’simlik rivojlanishining turli fazalarida suv miqdorini aniqlash - transpirasiyaning kunlik va rivojlanish fazlaridagi jadalligi o’rganish; -Barglarning suv saqlash qobiliyati aniqlash ; - Barglarning suv tanqislik darajasini o’rganish -Kolumb o’tini yetishtirishda suvdan rasional foydalanish yo’llarini ilmiy asoslash. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ilk bor Samarqand viloyatining o’ziga xos tuproq-iqlim sharoitlarida Sorghum almum Parodi ning o’sishi, rivojlanishi va suv almashinuv xususiyatlari o’rganildi.Kolumb o’tining introduksiya sharoitlarida bioekologik va fiziologik xususiyatlari o’rganildi va tavsiyalar tayyorlandi. Tadqiqot natijalaridan xo’jalik rahbarlari, chorvachilika iqtisoslashgan fermerlar va qishloq xo’jaligi xodimlari foydalanishi mumkin. Olingan natijalar, shuningdek oliy o’quv yurtlarida biologlar va agronomlar tayyorlashdagi o’quv jarayonlarida ozuqaviy ekinlarning bioekologik va fiziologik xususiyatlarini tushuntirishda qo’llanilishi mumkin. Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi 58 betdan iborat. Unda kirish, adabiyotlar sharhi, tadqiqot sharoitlari, ob’ektlari va uslublari, tadqiqot natilalari, xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati berilgan. Ishda 3 –jadval, 3-rasm, 74- foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan. 6 I.ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. Istiqbolli noan’anaviy o’simliklar introduksiyasi XIX - XX asrlarga kelib turli davlat olimlarida ahamiyati jihatidan qimmatli hisoblangan o’simlik turlariga bo’lgan qiziqish yanada ortdi. Bu o’z navbatida davlatlar orasida o’simlik turlarining o’zaro ayriboshlash ishlarining avj olishiga sabab bo’ldi. Amaliyot talablariga ko’ra, introduksiya tushunchasi kelib chiqdi va o’simliklarni tabiiy sharoitga moslashtirishga e’tibor kuchaydi. Introduksiya so’zi lotincha «introductio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «kiritish» ma’nosini anglatadi. Introduksiya deganda odatda vatanida yovvoyi holda tarqalgan o’simliklarni yangi muhitga moslashtirish orqali madaniylashtirish tushiniladi. O’simliklar introduksiyasi ularning ajdodiy belgi va xususiyatlar bilan birgalikda turli usullarda olib boriladi [ 10,12,15]. Dunyoning o’simlik boyliklarini o’rganishda ko’plab introduksion tadqiqotlar olib borilgan bo’lib, bunday tadqiqotlar buyuk introduktor N.I. Vavilov nomi bilan bog’liqdir. U tomonidan yaratilgan irsiy o’zgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni va geografik hududlar sharoitiga ko’ra madaniy o’simliklar belgilarining o’zgarishlari qonuni katta ahamiyatga ega. Chunki, N.I. Vavilov tomonidan kashf etilgan madaniy o’simliklarning kelib chiqishi va xilmaxillik markazlari haqidagi ta’limot introduksiyalash tizimining dunyo fanlari ichida oldingi safga chiqib olishiga imkon yaratdi. Natijada, O’rta Osiyo xususan, mamlakatimiz florasi ham ko’p sonli foydali o’simliklar bilan to’ldirildi. Ko’plab oziq- ovqat, yem-xashak, texnik, dorivor va boshqa o’simliklarning yangi turlari ishlab chiqarishga tadbiq etildi [16,73]. Hozirgi vaqtda dunyoning madaniy o’simliklari florasi bizga ayon. Shuning uchun ham asosiy etibor tabiiy florani yetarlicha o’rganishga qaratilgan. Chunki, dunyoning tabiiy o’simliklar boyligini o’rganib, mamlakatimiz xalq xo’jaligiga 7 yangi noan’anaviy o’simliklarni introduksiya qilib madaniylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Introduksiya qilish jarayonida quyidagi yovvoyi o’simliklar guruhini o’rganish katta ahamiyatga ega: 1. Oziq – ovqat uchun asosan mavasidan foydalaniladigan o’simliklar- donli, yong’oqsimon, xushbo’y hidli va o’zida zararsiz bo’yoq saqlovchilar. 2. Dorivor xususiyatiga ega bo’lgan o’zida yuqori darajada biologik faol moddalarni – alkaloidlar, glikozidlar, kumarinlar, triterpinlar, antibiotiklar, vitaminlar, flavonoidlar, gormonlar, biogen stimulyatorlar va boshqalarni saqlovchi o’simliklar. 3. Efir moyli o’simliklar bo’lib, ular asosan atir – upa va oziq – ovqat sanoatida ishlatiladi. 4.Yuqori moyli (jirnomaslichniye) o’simliklar. Ularning tarkibida tez quriydigan va texnik moylar mavjud. 5.Smolali va kamedenosli o’simliklar. 6.Yem – xashak o’simliklari. 7.Manzarali o’simliklar va boshqalar [74]. M.G. Agayevning [2] ma’lumotlariga ko’ra, sobiq ittifoqning tabiiy o’tloqzorlari va yaylovlarida 11 mingdan ortiq o’simlik turi tarqalgan va bu butun flora tarkibining diyarli yarmini tashkil qiladi. Floradagi o’simliklarning jami 5 mingdan ortiqroq turi o’rganilgan bo’lib, ulardan 58 % ini chorva mollari yaxshi iste’mol qiladi hamda 3 % i ozuqabop ekin sifatida ekiladi. Bulardan 400 dan ortiq turi ustida tajribalar o’tkazib madaniylashtirish choralarini ko’rish kerak. Sobiq ittifoq xududida oziqabop o’simliklar intiroduksiyasi asosan 40yillarning oxirida keng rivojlandi.Ayniqsa, keyingi 25-30 yil ichida turli ekologik sharoitda 300 dan ortiq o’simlik turlari o’rganib chiqildi. O’tkazilgan tajribalar natijasida 12 oilaga mansub 100 ta tur o’simlik muhim deb topilib, ishlab chiqarish va xo’jaliklarda foydalanish uchun 50 dan otiq oziqabop o’simlik turi taklif qilindi [ 9,12,59]. O’simliklar introduksiyasi sohasida ish olib borgan Ye.I. Sinkevich, N.P. Larionova, I.A. Dubrovina [59] kabi olimlarning fikriga ko’ra, keng ekiladigan oziqabop o’simliklarni O’rta Osiyo xududida ikki barobar ko’paytirishning imkoniyati bor. 8 Respublikamizda esa ozuqabop o’simliklar turlarini ko’paytirish ko’p yillar juda sekin rivojlandi.Chunki, ilmiy izlanishlarning deyarli barchasi donli, moyli, texnik va boshqa tur o’simliklarni o’rganishga qaratildi. Hozirgi paytda yem – xashak sifatida 20 dan ortiq o’simlik turi ishlatiladi. Bularga makkajo’xori, javdar, ko’plab dukkaklilar va boshqa o’simliklar misol bo’lib, asosan yashil massa uchun yetishtiriladi.Lekin ularning yem – xashaklik sifatini yanada oshirish xususida deyarli seleksiya ishlari olib borilmagan.Shu boisdan introduksioner va seleksioner olimlarning oldidagi asosiy muammolardan biri, mahalliy florada mavjud ozuqobop o’simliklarning yem – xashaklik sifatini oshirish choralarini ko’rish chekka floradan mamalakatimiz iqlim – sharoitlariga mos keladigan yoki ozuqobop o’simliklarni keltirib introduksiya qilishdir[55]. Tabiiy floraning boy bo’lishiga qaramasdan hozirgacha ko’pgina tumanlar dehqonchiligida mahalliy sharoitga moslashgan serhosil yem – xashak o’simliklari yetishmaydi. Ayniqsa, respublikamizning shimoliy hududlarida sovuqqa chidamli bo’lgan vegetasiya davri qisqa o’simliklar deyarli yo’q. Foydalaniladigan o’simlik navlari esa urug’ bermaydi. Lekin, asosiy muammo yem – xashak o’simliklari sonining turli tumanligini oshirishda emas balki, sifatli ozuqabop o’simlikni topib ularni respublikamiz hududiga introduksiya qilishdadir. Bu esa chorva mollarini yetarli darajada ozuqa bilan ta’minlashda va ballansli rasion tuzishda muhim ahamiyatga ega[56]. O. Imomovning[27] aytishicha, respublikamizda yem - xashak o’simliklarga bo’lgan tanqislik asosan erta bahorda, mart oyining boshlarida yoki kech kuzda noyabr oyining oxirgi kunlariga to’g’ri keladi, chunki bu paytda dalada vegetasiyalanayotgan o’simliklar bo’lmaydi. Shuning uchun ham yovvoyi floradan yaxshi iste’mol qilinadigan, bahorda erta o’suvchi va kuzgi sovuqqa chidamli o’simliklarni topishga to’g’ri keladi. Ma’lum ma’noda, tabiiy ozuqabop o’simliklarning turlar tarkibini boyitish masalasi kelib chiqadi. Yovvoyi sharoitda o’suvchi ko’plab qimmatga ega o’simliklar ekologik jihatdan moslashuvchanlik xususiyatiga (plastiklikka) ega ekanligi o’tkazilgan ko’plab tajribalardan ma’lum. Mamlakatimiz florasi hayvonlar 9 iste’mol qiladigan o’tchil o’simliklarga juda boy. Ular foydali turlar introduksiyasi uchun asosiy manbaa bo’lib xizmat qiladi M.M.Maxmudov va boshqalarning [38] fikricha, Respublikamizning tabiiy flora boyliklaridan foydalangan holda, har bir xududga tegishli tabiiy iqlim sharoitida silos, ko’k massa yoki pichan tayyorlashda foydalaniladigan maxsus oziqabop o’simliklarning har xil turlarini yetishtirishni keng yo’lga qo’yish mumkin. Mamlakatimiz tabiiy florasining boyligi nafaqat o’simliklar sonining ko’pligi, balki turlar tarkibining har xilligi bilan ham tavsiflanadi. Yangi introduksiya qilinayotgan o’simliklar mamlakatimiz florasini boyitish bilan birgalikda seleksiya sohasi uchun kelejak tur sifatida gibrid, poliploid va mutagen o’simlik yaratib, ishlab chiqarishga joriy qilishda muhim ahamiyatga ega [ 48]. Ma’lumki, ozuqabop o’simliklar o’rtasida bug’doydoshlar oilasining vakillari alohida o’rin tutadi. O’rta Osiyoning turli mintaqalarida bir qator tropik bug’doydoshlarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi olimlar tomonidan introduksiya jarayonida o’rganilgan [9,11,13,49]. Anashunday noan’anaviy introduksion yem – xashak o’simliklari biri Kolumb o’ti yoki qora jo’xori hisoblanadi. Kolumb o’ti – g’umay va sudan o’tining tabiiy gibridi bo’lib, birinchi marta 1943 yilda Argentina botanigi Lorenso Parodi tomonidan tavsiflandi va madaniylashtirildi. Keyinchalik Kolumb o’ti Afrika, O’rta yer dengiz mamlakatlari hamda Amerikaning tropik va subtropik mintaqalariga tarqaldi. Kolumb o’tining urug’i asrimizning 60-yillarida Argentinadan O’rta Osiyo va Tojikistonga olib kelingan va madaniy o’tloqlarda yem-xashak sifatida yetishtirilgan. O’zbekistonga keltirilgan bunday subtropik boshoqlilarning turlari asosan ilmiy tekshirishlar va ozuqabop o’simlik yaratish uchun manba bo’lib xizmat qilgan [10,12,49]. Boshqa ma’lumotlarga ko’ra jo’xorining bu yangi turi MDH dalatlari orasiada birinchi bo’lib, 1957-yil Turkmanistonga introduksiya kilingan va ko’p 10 yillar Kopitdag’ etaklarida yetishtirilgan. 1964-yildan boshlab Kolumb o’tini Tojikiston FA ga qarashli Botanika instituti to’la o’rgangan [ 18,58]. Lekin bu o’simlikka bo’lgan qiziqish asosan asrimizning 80-yillarida boshlandi.Ya’ni, yuqori hosildorlika ega bu o’simlik 1980-1984- yillarda B.P. Radjibxandari [49] tomonidan Turkmaniston va O’zbekistonning qurg’oqchil mintaqalari sharoitida o’rganilib, o’simlikning biologik va xo’jalik xususiyatlari ustida tadqiqotlar olib borildi [ 33]. Kolumb o’ti yuqori maxsuldor potensialga ega, qurg’okchilikga va sho’rlikga chidamli o’simliklar qatorida, hozirgi paytda Ukrainaning cho’l va o’rmon cho’lli mintaqalarida yangi introdusent sifatida yetishtirilmoqda [47,18,58]. Sug’orilmaydigan yerlarda o’sa oladigan issiqsevar bu o’simlik, seleksiya uchun ham dastlabki material hisoblanadi.Ya’ni, Ukrainaning M.Grishka nomli milliy botanika bog’ida Yu.Uteush va I.Glabeslar rahbarligida Kolumb o’tining Parana nomli yangi nav yaratildi Bu yerda bugungi kunda ham Kolumb o’ti va boshqa jo’xori avlodi turlari ustida kompleksli introduksion- seleksion ishlar olib borilmokda. Yaratilgan bir nechta yangi nav namunalari yuqori ekologik chidamli va maxsuldor ko’rsatkichlarga ega. Asosan energetik va yem-xashak maqsadida foydalanilmoqda [62]. O’zbekiston sharoitida ham Kolumb o’ti noan’anaviy yem- xashak o’simligi sifatida o’tganilmoqda. Ya’ni, Janubiy Orolbo’yi mintaqasida o’simlikning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari to’g’risida K.S. Safarov, B.A.Tashmuxamedovlar[56] bu A.K.Safarov, tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. O’zbekiston viloyatlarining o’ziga xos iqlim sharoitlari ya’ni, havoning kunlik va yillik harorati orasidagi farqning kattaligi, havo namligining past va quyoshning kuchli qizdirishi tufayli introdusentlar maxsus e’tiborni talab etadi. Keyingi yillarda Respublikamizda Kolumb o’ti kabi noan’anaviy yem – xashak o’simliklarining bir nechtasi introduksiya jarayonida har tomonlama o’rganilmoqda. Ulardan olinadigan yashil massa va silosning ozuqaviylik tomonlari aniqlanib, chorva mollarining mahsuldorligiga ta’siri tekshirib 11 ko’rilmoqda. Introduksion o’simliklarning ayrimlarining ontogenez davridagi morfogenez ko’rsatkichlari tekshirib chiqilmoqda.Bularning barchasi xo’jalikda yem – xashak ekinlarining ishlatilish samaradorligini oldindan aytishda, kerakli agronomik usullarni belgilab olishga hamda ularni amalga oshirish muddatini belgilab olishga yordam beradi. Ayrim hollarda o’simlik hayotidagi generativ fazaning kechish ko’rsatkichlari aniqlanadi, ekiladigan urug’likning organik tinim davri sabablari o’rganib chiqiladi[27]. Masalan, istiqbolli noan’anaviy yem- xashak o’simliklaridan tikonli artishok (Cynara scolymus L.) ning bioekologik xususiyatlarini Samarqand viloyati sharoitida Z.B. Nomozova [42]; Karrak (Cuosinia) turkumi bir necha turining bioekologik xususiyatlari B.S. Islomov[29] tomonidan o’rganilmoqda. Xorazm va Toshkent iqlim sharoitlarida Crotalaria alata va Guizotia abyssinica ning ekobiologik va ekofiziologik xususiyatlari N. Raximova tomonidan aniqlandi. Janubiy Orolbo’yida Distichlis spicata L. o’simligi A.B. Ajiyev, P. Xalmuratov, G. Turdishev [3] tomonidan ko’paytirilmoqda.Jizzax viloyati sharoitida qand juxorining(Sorghum saccharatum) bioekologik ko’rsatkichlari S. Mavlanova, A. Safarov[36] tomonidan o’rganilmoqda. Afrika tarig’i, nut(Cicer arietinum), amarantning bir nechta navi (Amaranthus hybridus, A. Edulis,A. cruentus, A. hypochondriacus ), qashqarbeda, abyssinica),krotalyariya(Crotalaria alata) kabi raps, nug(Guizotia noan’anaviy o’simliklarining fiziologok va biokimyoviy xususiyatlari yem- xashak Janubiy Orolbo’yi mintaqasida A.K.Safarov, K.S. Safarov, B.A.Tashmuxamedov[56] lar tomonidan; Qizilqumning sho’r tuproqli muhitida bir yillik galofitlar M.M. Maxmudov, B. Bekchanov, L.S. Ortiqova [38] lar tomonidan o’rganilmoqda.. Toshkent tuproqiqlim sharoitida Afrika tarig’i(Pennisetum americanum (L.)Schumann (P.typhoideum Rich.))ning bioekologik xususiyatlari to’g’risida S. Mavlanova, A. Safarov[36]lar ilmiy izlanish olib bormoqda. Respublikamizda noan’anaviy yem – xashak o’simliklari bilan bir qatorda, oziq- ovqatlik, dorivorlik va manzarali xususiyatlari ega bo’lgan istiqbolli noan’anaviy o’simliklar ustida ham ilmiy izlanishlar olib borildi.Ya’ni, oziq – 12 ovqat maqsadida Zarafshon vodiysi sharoitida marjumakning Qozon va Mayiskiy navlarini Z.J. Jo’rayeva[23]; Samarqand viloyati sharoitida topinamburning Interes navini Z.I. Umurzakova [63]; Toshkent vohasida amarant o’simligining ikki turini (Amaranthus hybridus, A. cruentus)M. Mamajonov, A. Qosimov [37]; steviya(Stevia rebaudiana L.) o’simligida B.I. Boyqobilov[6]; bamiyani (Hibiskus esculentus L) N. Safarova, T. Raximova[57]. Xorazm viloyati sharoitida qand lavlagining Sonya, Vektoriya, Perla, Ramonskaya navlarining bioekologik xususiyatlarini. Xorazm vohasida istiqbolli soya navlarining bioekologik va morfofiziologik xususiyatlarini D.R.Annamuratova [2010]; Toshkent iqlim sharoitida sabzavot va poliz ekinlarini R.F. Mavlyanova[35]; Andijon viloyati sharoitida bug’doy (Tritikum aestivum L.) ning ayrim navlarini bioekologik xususiyatlarini A.A. Imirsinova[28]; Farg’ona viloyatida batat (Ipomea batatus L.), bayra (Sorghum baera sp.), bamiya (Hibiskus esculentus L), momordika (Momordica charantia) o’simliklarini V.M Maxmudov, A.V. Maxmudovlar[39] o’rganishgan; Istiqbolli dorivor o’simliklarni o’rganishda O’zR FA «Botanika» IIChM ga qarashli Botanika bog’i tibbiyot botanikasi laboratoriyasi olimlarining xizmatlari katta bo’ldi .Ma’lumki, bu laboratoriya dorivor o’simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi bo’yicha ixtisoslashgan bo’lib, dorivor va efir moyli o’simliklar turlarining xilma- xil kolleksiyasining mavjudligi jihatidan Respublikada eng yirik markaz sanaladi. O.A. Ashurmetov, B.Yo. To’xtayevlar[2003] ning ma’lumotiga ko’ra, dorivor o’simliklarning bu kolleksiyasida 254 tur o’stirilmoqda. O’zbekistonning sho’r tuproqlari sharoitida dorivor o’simliklarning birlamchi introduksiyasi va hozirgi vaqtdagi istiqbollari O.A. Ashurmetov, B.Yo. To’xtayevlar[4] tomonidan o’rganilgan. Dorivor o’simliklarning qoqio’tdoshlar oilasiga mansub ayrim vakillarida Toshkent iqlim sharoitida Turkman mandragorasi(Mandragora turcomanica Mizg.) da va amorfa(Amorpha fruticosa L.)da M.D.Jabborova [24];go’zal belladonna(Atropa belladonna L.)da F.M. Dusmurodova, T.T. Raximova [22];.Valeriana (Valeriana officinalis L.)da E.E. Abdunazarov, B.Yo. To’xtayev 13 [1]; Jizzax viloyati sharoitida kalendula (Calendula officinalis W.) o’simligida I.E. Jabborova, S.E.Esanqulov, D.A. Imomovalar[25] ilmiy izlanishlar olib borganlar. B.Yo. To’xtayev, A.K. Safarov, B.I. Eshonqulovlar[61] Buxoro viloyatining sho’r tuproqlari sharoitida Glycyrrhiza glabra L., Calendula officinalis W., Galega officinalis L.,Carthamus tinchorus L., Ocimum gratissimum L., Matricaria recutita L. Kabi dorivor o’simliklarni va ekdisteroid saqlovchi qalinpo’st – koronariya (Coronaria coreacea (Molnch) Schischk ex Forschk), Silene viridiflora, Rhaponticum intigrifolium, alkaloid saqlovchi Fumaria vaillantii Loise o’simliklarining Toshkent sharoitidagi biologik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi aniqlangan.Shuningdek, Stachus L.turkumi ayrim vakillarining bioekologik ko’rsatkichlari R.A. Eshmuratov, K.S. Safarov [67]lar tomonidan o’rganilgan. Introduksiya qilinayotgan istiqbolli manzarali o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlarini Toshkent vohasida I.V. Belolipov [8]; Manzarali suv o’simliklarini va Kanna(Canna hybrida hort.) o’simligining gibrid turlarini A.Sh. Samatova [55]; O’zbekistoning janubiy hududlarida manzarali o’simliklarni L.Yo. Yoziyev[31]; Orolbo’yi mintaqasida T. O.Otenov, I.A. Groxovatskiy, A.J. Ospanovlar[44] tomonidan o’rganilgan. Keyingi paytlarda tropik va subtropik o’simliklarga bo’lgan qiziqishning ortishi sababli ularning genofondini introduksiya sharoitida o’rganish ko’chaydi.Chunki, tropik va subtropik o’simliklar ularning faqatgina manzarali va dorivorlik xususiyatlarigagina ega bo’lmay, balki ularning ko’pchiligi tropik va subtropik tabiatga ega bo’lgan noyob o’simliklar sanaladi[34]. Umuman olganda Respublikamizga introduksiya qilinayotgan istiqbolli noan’anaviy o’simliklar o’rtasida ozuqabop yem- xashak o’simliklar kamchilikni tashkil etadi. Chorvachilik ozuqa zahirasini mustahkamlashda qo’shimcha manba bo’lib yuqori hosilli ko’k massaga boy noan’anaviy ozuqabop o’simlik turlari xizmat qiladi.Shunday ozuqabop o’simliklarning ba’zilari ozuqa maqsadida qo’llanilayotgan bo’lsada, haligacha madaniylashtirilmagan. Shu boisdan Kolumb o’ti kabi xo’jalik uchun ko’p tomonlama foydali belgilarga ega bo’lgan istiqbolli 14 noan’anaviy ozuqabop o’simliklarning morfo fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o’rganib, ishlab chiqarishga joriy qilish muhimdir. 1.2. Kolumb o’tining biofiziologik xususiyatlari Kolumb o’ti (Sorghum almum Parodi) – bug’doydoshlar (Graminea) oilasining jo’xori (Sorghum) turkumiga mansub ko’p yillik yem-xashak o’simligi bo’lib, vatani Argentina. Kolumb o’ti jo’xorining Sudan o’ti (S. sudanense) turining g’umay (S.halepense )ishtirokida chatishtirilishi natijasida paydo bulgan tabiiy gibrid hisoblanadi. Uni 1943 yilda Argentina botanigi Lorenso Parodi [70] fanga kiritgan. Kolumb o’ti ota-onasi ajdodidan quyidagi yaxshi sifatlarini meros qilib olgan.Ya’ni, g’umayga o’xshash sifatlariga ko’p yillikligi, ildizining yuqori darajada kraxmalga boyligi, sovuqqa va qurg’oqchilikga chidamliligi kiradi. Shuningdek u Sudan o’tidan yuqori va sifatli yashil massali hosildorlik, yaxshi o’zlashtiriladigan ozuqaviylik kabi xususiyatlarni meros qilib olgan.[ 47,51,62] O’rta Osiyo sharoitida ko’p yillik jo’xori-g’umay gibridlarining asosiy kamchiligi sovuqqa chidamsizligidir, chunki ularning chuqur joylashmagan ildizlari qishki sovuqdan zararlanadi. Jo’xori turkumiga o’ttizdan ortiq bir yillik va ko’p yillik turlar kiradi va ular asosan tropik, subtropik va yer sharining o’rtacha kengliklarida yetishtiriladi. Jo’xorilarning tashqi ko’rinishi ro’vaklash davrigacha makkajo’xoriga o’xshab ketadi. Jo’xoriga o’xshash o’simliklar yuqori darajadagi oziqaviy va texnik qiymatga ega.Ular foydalanilishiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi: donlik(S.Vulgare pers),qandli (S.saccharatum (L) Boerl); texnik(S. Technikum) va yem-xashak [58]. Yem-xashak guruhining bir yillik turiga sudan o’ti(S.Sudanese (Piper)Hitche), ko’p yillik turiga esa g’umay (S.Halipense(L) Pens)o’simliklari mansub bo’lib, ularning tarkibiga Kolumb o’ti(S.Almum parodi) ham kiradi[62]. 15 Sorghum avlodi vakillari ko’pchiligi asosan yem -xashak o’simligi sifatida katta axamiyatga ega. Ularning ko’pgina turlari yovvoyi holda tarqalgan va 10 turga yaqini madaniylashtirilgan. Jo’xori avlodi vakillari baland bo’yli o’simliklar bo’lib, poyalari tik o’sadi. Ko’pgina vakillarida asosiy poya yaxshi rivojlangan va yon novdalarining quyi qismidagi kurtaklarida tuplanish zonasi shakllangan. Ko’p yillik o’simliklarda esa baquvvat ildizpoyalari va poya bo’ylab yon novdalar rivojlangan. Novdalar poya uzunligi bo’yicha rivojlanadi. Ba’zi vakillarida, masalan Sudan o’tida asosiy poya yaxshi rivojlanmagan. Generativ novdalari ko’p mikdorda bo’lib to’pgul bilan yakunlanadi. To’pgulidagi gulli boshoqchalar mayda novdalarda ikkitadan joylashgan – ikki jinsli[30]. Jo’xori avlodining ko’pgina turlari kserofit sharoitlarda, quruq va yarimquruq tropik va subtropik xududlarda tarqalgan. Shuning uchun ko’pgina turlari qurg’oqchilikga va tuproqning sho’rlanishiga chidamli bo’ladi. Jo’xorilar – qisqa kun o’simliklari hisoblanadi, ammo xar xil turlarida yorug’ kunning uzunligiga munosabati maxsuldorligi har xil bo’ladi. Jo’xori turkumi vakilarining urug’ yuqori temperatura bilan quyosh radiasiya orasida korrelyativ aloqaga bog’liq bo’ladi. Jo’xorilar uchun optimal foto davr sutkada 10-11 soatni tashkil etadi. Bunda vegetativ va reproduktiv bosqichlarning davomiyligi bir xil bo’ladi. Foto davrning pasayishi yoki ko’payishi rivojlanishni sekinlanishiga olib keladi[68]. Jo’xorilar uchun geterozis xodisasi yaxshi rivojlangan. Gibridlar ota-ona o’simliklaridan poyalarini uzunligi, yer ostki va yer ustki massasi va urug’larining xosildorligi bilan farq qiladi. Jo’xorilarning yashil massasida glyukozid topilgan, keyinchalik undan sinil kislota hosil bo’ladi. O’simliklarda glyukozid shakarlardagi gidroksil guruhining vodorod atomi, boshqa xar xil organik birikmalar – spirtlar, ketonlar, fenollar, kislotalar bilan almashinishi natijasida hosil bulgan. Glyukozid qattik kristallik modda yoki amorf birikma bo’lib, gidrolizlanish natijasida bitta yoki bir nechta aglyukon birikmaga parchalanadi. Aglyukonlar zaharli xususiyatlarga ega. Jo’xorilarda aglyukon - sinil kislota HCN mavjud. Sianogen glyukozidi oddiy 16 jo’xorida 1902 yili Dunstan va Genri olimlari tomonidan aniqlangan va ajratib olingan.Bu modda arabcha «durra» so’zidan olinganligi uchun durrin deb nomlangan. Keyinchalik sinil kislota jo’xorining xar xil turlarida keng o’rganila boshladi. Jo’xorining xar xil navlari va turlarida xar xil mikdorda sinil kislota topilgan. Uning to’planishi xar bir turning bir qator ekologik va biologik xususiyatlariga bog’liq.Ya’ni, yosh o’simliklarda o’ta qurg’oqchil sharoit ta’sirida ko’p mikdorda zaharli moddalar to’planishi aniqlangan. Bundan tashqari, jo’xori turkumi vakillarining yem- xashagi tarkibidagi sinil kislotasining miqdoriga tuproq - iqlim sharoitlari hamda o’g’itlash tizimi ta’sir etadi. Sinil kislotaning mikdori o’simliklarning yoshligida ko’p to’planib, o’sgan sayin pasayib boradi.Bundan tashqari, har xil navga mansub o’simliklar turlicha miqdorda kislota to’playdi hatto uning miqdori bir o’simlikning turli a’zolarida ham turlicha bo’ladi [12,17,30]. Ko’pgina olimlarning fikricha, jo’xori turkumi o’simliklarida sianogen glyukozidining sinteziga asosan ikkita omil ta’sir etadi,ya’ni birinchisi tuproqlarda azotning yuqori mikdorda bo’lishi yoki bu elementni o’g’itlar bilan yuqori me’yorda kiritilishi bo’lsa, ikkinchisi tuproqlarda fosforning yetishmasligidir. A.V. Bogdan [68] ning ma’lumotlariga ko’ra, o’simliklarda glyukozidlarni sintezini kaliy ham tezlashtiradi. Kolumb o’tining ko’p xususiyatlari turkum vakillarining xususiyatlariga o’xshash bo’lishi olimlar tomonidan o’rganilgan[71, 47 51,62]. Parodi Kolumb o’tining uchta asosiy kenja turini ajratgan: var.typicum, var. parvispiculstum va var. Rundolphiamu, ular bir biridan bir qator xususiyatlar bilan fark kiladi. Tur haqida birinchi ma’lumotlar berilgandan so’ng uni quruq va o’zgaradigan namli tropik va subtropiklarda o’rgana boshladilar. Qisqa vaqt mobaynida ilmiy adabiyotlarda Kolumb o’tining umumiy tavsifiga bag’ishlangan ko’pgina ishlar paydo bo’ldi. Ko’p yillik jo’xorining yangi turi juda tez tarqaldi. 1947 yili uni janubiy Afrikada sinadilar[71]. Hozirgi vaqtda Kolumb o’ti Avstraliya, janubiy Afrika, O’rta yer dengizi mamlakatlari, janubiy Amerikaning qurg’oqchil tropik va subtropik rayonlarida keng tarqalgan. Kolumb o’tining 17 qurg’oqchilikka yuqori chidamliligi, tez o’sishi va ko’p yillik rivojlanishi ko’pchilikda juda katta qiziqish uyg’otdi[41,68]. Kolumb o’ti yuqori maxsuldor potensialga ega, qurg’oqchilikga va sho’rlikga chidamli o’simlik bo’lganligi uchun bugungi kunda jo’xori turkumining boshqa turlari bilan kompleks introduksion seleksion ishlar olib borilmokda. Kolumb o’tidan dunyo chorvachiligida asosan yem-xashak va alternativ maqsadlarda foydalaniladi [ 62,18]. Kolumb o’ti – ko’p yillik kalta ildizli baland o’sadigan tropik va subtropik mamlakatlarda keng tarqalgan yem -xashak o’simligidir.U balandligi 2-4,5 metrga yetadigan 40 tagacha tuplanadigan o’tloqzorlarni hosil qiladi. Turning poyalari tuksiz 1 sm diametrda, parenxima bilan to’ldirilgan va ko’p sondagi barglar bilan qoplanga[9,11,12, 32]. Barglari katta tuksiz, uzunligi 50-70 sm, eni 2-4 sm. To’pguli – kam osilib turadigan ro’vak to’pgul (ko’pincha shakli piramidasimon), 50-60 sm uzunlikda. Kolumb o’ti tashqi belgilari bo’yicha sudan o’tiga o’xshaydi. Turning somatik hujayralarida 2n= 40 xromosoma mavjud[9,10,13,58]. Ukrainanining o’rmon cho’lli mintaqalari sharoitida Kolumb o’tining bo’yi 230-300 sm ga yetib, 3-5 ta mahsuldor poya shakllanadi. Barglari uzunchoklansetsimon, uzunligi 60-80 sm, eni 3-6 sm bo’ladi. poyalarning soni 18-26 gacha. O’simliklarda tuplangan Barglari poyalarini yarimigacha qoplab oladi. To’pgulining uzunligi 40-45 sm, urug’lari jigarrang-qora. 1000 donning og’irligi – 8,5-9 grammga yetadi[58,62]. Kolumb o’tining yirik yer ostki qismni shakllanadi. Uning qalin va ingichka (to 20-25 sm) tuproqning pastki qatlamlariga chuqur yo’nalgan popuk ildiz sistemasi mavjud. Ildizlari suvli, oq yoki qizg’ish bog’lamlar orqali kalta (1,5-2 sm) tugun oraliqlariga bo’lingan, oxirida o’tkirlashgan tugun oraliqlari bilan tugaydi, tuproq sathiga nisbatan yuzaroqda joylashgan. Ko’p vaqtda ildizlar yer ustiga o’sadi va ulardan yer ustki qo’shimcha ildizlar hosil qiladi. Kolumb o’tining ildizlari unumdor namli tuproqlarda yaxshi shoxlanadi, bog’lamlarda mayda popik ildizchalarni va yon kurtaklarni hosil qiladi , ular qulay sharoitda 18 o’sadi va yangi novdalarni hosil qiladi. Ildizlarning asosiy qismi tuproqning ustki 0-20 sm yoki 40 sm gacha qatlamida joylashadi. Ildiz sistemasi ko’pgina yon shoxlangan ildizlardan tuziladi va qalin mayda ildizchalar bilan qoplangan, tuproqqa pastga qarab to 2 m va undan chuqurrok kirib boradi [9,13,58]. Kolumb o’ti asosan urug’lar orqali ko’payadi. Urug’lari juda yuqori unuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lib, tropik va subtropik sharoitlarida ayniqsa tez unib chiqadi. Ushbu turning urug’larining tinim davri qisqa,ya’ni yaxshi pishgan urug’lar bir haftadan keyin unish qobiliyatini tiklab oladi. Tuproqdan unib chiqqan o’simtalar dastlab sekin rivojlanadi. Shuningdek, yer ostki qismining o’sishi ham dastlab sust bo’ladi.O’simliklar ko’karib chiqqanidan so’ng 25-30 kun o’tgach tuplanish davri boshlanadi. Tuplanish ba’zi o’simliklarda vegetasiyaning oxirigacha davom etadi.Agar qurg’oqchil sharoit uzoq davom etib, o’simlik o’sishdan to’xtasa tuplanish xam to’xtaydi. Lekin kurtaklarning differensiasiyasi davom etadi va qulay sharoitda o’simliklar yana qaytadan rivojlanishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan ularda uzun vegetativ novdalar qaytadan paydo bo’lib, naychalash davri boshlanadi [51,62]. Odatda tuplanish boshlanganidan keyin ikki -uch hafta o’tgach, uzun vegetativ novdalar paydo bo’ladi va naychalash davrining belgilari kuzatila boshlaydi. Bir oydan keyin esa to’pgullar paydo bo’lib, gullash boshlanadi. Vegetasiya davrining umumiy muddati o’simlik unib chiqqanidan to gullash boshlanilishiga qadar 70-75 kunni tashkil etadi. Gullash dastlab to’pgulning yuqori qismidan boshlanadi va keyinchalik gullash pastga qadar davom etib, to’pgulning barchasi gullaydi.O’simlikning bitta to’pguli 1-2 hafta mobaynida gullasa, bir tup o’simlik esa muhit omillariga bog’liq ravishda 3-4 xafta davomida gullaydi. Urug’larning hosil bo’lishi ham o’simliklarning gullash dariga o’xshash bo’lishi kuzatiladi, ya’ni urug’larning yetilishi ro’vakning yuqori qismidan boshlanib, pasga qadar davom etadi. Gullash davriga kelib o’simliklarning bo’yi 2-3 m ga yetadi[47,32]. Agar o’simlikning yer ustki qismi o’rib olinsa, takror o’sgan o’simliklarda o’sish boshlanishdan to gullashigacha bo’lgan davr 50-60 kungacha qisqaradi[32]. 19 Kolumb o’ti jadal o’sish xususiyatiga ega bo’lib, o’rilganidan keyin 2-3 kundan o’tgach o’sishning qaytadan boshlanishi kuzatiladi.O’simliklarning vegetasiyasi uchun sharoitda qulay bo’lsa, novdalarning qayta o’sishi tezlashadi va sutkada 4-5 sm tashkil etadi. Ushbu tur o’simliklarining vegetasiya davomida rivojlanishi va fazalarining o’tishi boshqa navlarning rivojlanishidan keskin farq qiladi[49,51]. Kvinslend (Avstraliya) sharoitida bir necha navlar solishtirilib o’rganilganda, Kolumb o’tida vegetasiya davrlarining kechishi jo’xori avlodning boshqa turlariga nisbatan uzunrok bo’lishi kuzatilgan [71]. Kolumb o’ti o’simligining ko’pgina navlarida yer ostki qismida ozuqobop ildiz tizimi shakillangan bo’lib, ba’zi navlarda (masalan S.almum crooble ) ildizlarning yuqori hosil berishi kuzatiladi. Lekin, Kolumb o’ti navlarining eng yaxshi ildiz hosili ham g’umaydan qolishadi. [32]. Kolumb o’ti –ko’p yillik o’simlik. Lekin turning ko’p yililik xususiyatlari turli muhit sharoitlarida va foydalanishning xar xil sistemalarida turlicha bo’lishi kuzatiladi. Qurg’oqchil mintaqalarda ba’zi navlarning vegetasiyasi ko’p yillik o’simliklar kabi davom etadi va uch yil mobaynida yashil massa va urug’ hosili beradi. Namlik yetarli bo’lgan sharoitlarda esa Kolumb o’tining vegetasiya muddati ko’p yillik o’simliklar singari davom qiladi va jo’xorining boshqa turlarga nisbatan tezroq o’sishi kuzatiladi. [58]. Kolumb o’ti o’simliklarining me’yorida o’smasligi ba’zida tuproklarda azot yetishmasligi bilan bog’iq bo’ladi. Chunki bu elementdan o’simliklar butun vegetasiya mobaynida foydalanadi va o’sish jarayonining jadallashishida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Agar o’simliklarning me’yorida o’sib- rivojlanishi uchun sharoiti qulay bo’lsa va o’simlikdan okilona foydalanilsa, Kolumb o’ti bir joyda 56 yilgacha vegetasiya qilishi mumkin[62]. Kolumb o’ti subtropik mintaqalardan kelib chiqqan o’simlik bo’lganligi sababli, fiziologik jarayonlarning kechishi hamda o’sishi va rivojlanishining me’yorda borishi uchun ma’lum sharoitlarni talab qiladi. Turning rivojlanishiga ta’sir etadigan muxitning eng muhim omillaridan biri harorat va yog’ingarchilik 20 miqdoridir. Hatto, o’simliklar vegetasiyaning turli davrlarida ekologik sharoitlarga bu tur xar xil munosabat ko’rsatadi [47,32]. Kolumb o’ti yuqori haroratga talabchan o’simlik bo’lib, dengiz sathidan 1800 m balandlikdagi tropik mintaqalarda eng yaxshi vegetasiyalanadi. Shuning uchun ham bu o’simlikning asosiy navlari tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Urug’lar o’rtacha harorat 25-300 S ga teng bo’lganda juda yaxshi unadi.Urug’lar ekilgandan keyin yoki unish davrida haroratning 10-12 0S gacha pasayishi urug’larning unish jadalligini keskin unishiga sabab bo’ladi. Vegetasiyaning pasaytiradi va ularnig notekis boshqa davrlarida ham Kolumb o’ti o’simliklari tanasida boradigan barcha fiziologik jarayonlarning kechishi hamda o’sishi va rivojlanishing me’yorida borishi uchun optimal haroratning yuqoriligi kuzatiladi va bu harorat 20-250S ni tashkil etadi. Past (10-120S) haroratda o’simliklarda fiziologik jarayonlarning kechishi buziladi va o’simlik o’sishdan to’xtaydi. O’rtacha harorat O 0S ga teng bo’lganda esa o’simliklarning yer ustki qismi halok bo’ladi. Past harorat (10-120S) uzoq vaqt davom etmasa, o’simliklarning yer ustki qismi saqlanib qoladi va qulay sharoit boshlanishi bilan o’sishda davom etadi.Agar past harorat (10-120S) uzoq vaqt davom etib, o’simliklarning yer ustki qismi halok bo’lsa, qulay sharoitda vegetativ organlar ildizlardan o’sa boshlaydi. Past harorat ta’sirida, o’simliklarning rivojlanish davomiyligi keskin susayadi, gullash kechikadi va urug’ xosildorligi ham keskin pasayadi. Navlar orasida sovuqqa chidamlilik qobiliyati va qulay sharoit boshlangandan so’ng o’sish kobiliyatini qayta tiklash ko’rsatkichlari turlicha bo’ladi [9,13,17,18,49]. Avstraliya sharoitida Krish va CPY 11856 navlari sovuqqa chidamli nav hisoblanadi. Kolumb o’tining haroratga bo’lgan munosabati ko’p jihatdan yog’ingarchilik mikdorining ortishi yoki pasayishiga ham bog’liq bo’ladi. Yog’ingarchilik mo’l bo’lib tuproq va havoning namligi ko’tarilsa, barcha fiziologik jarayonlar jadallashib, vegetasiya davrlarining o’tishi tezlashadi [68,71]. O’rta Osiyo sharoitida Kolumb o’ti havo harorati 30-350S bo’lganda faol rivojlanadi va urug’lari yozning o’rtasigacha pishib yetiladi. Fenologik fazalar 21 o’tishi ham ikkinchi o’rim o’simliklarida birinchisiga nisbatan tezroq kechishi kuzatiladi[9,14,40]. Kolumb o’ti qurg’oqchilikga chidamli o’simliklardan hisoblanadi. Parberyning [71] ma’lumotlariga ko’ra namlik yetishmagan har qanday sharoitda o’sa oladi. O’rta Osiyo sharoitida bu tur sudan o’tiga nisbatan qurg’oqchilikka chidamliroq bo’lishi aniqlangan. Kolumb o’ti o’simliklari tanasida boradigan barcha fiziologik jarayonlar hamda o’sish va rivojlanish jadalligi yog’ingarchilik miqdori bir yilda o’rtacha 400-625 mm ni tashkil etganda me’yorda kechadi. Kolumb o’ti yog’ingarchilik miqdori bir yilda 200 mm ga teng bo’lgan sharoitda ham boshqa turlarga nisbatan yaxshiroq o’sishi kuzatilgan[47,62]. Janubiy Afrika va Avstraliyaning qurg’oqchil mintakalarida hamda Kvinslend va Yangi janubiy Uels shtatlari sharoitida yaxshi o’sganligi sababli bu turni ko’p yillik va bir yillik o’simlik sifatida madaniylashtirishdi[68]. Kolumb o’ti qurg’oqchilikga chidamli o’simlik bo’lsada, namlik yetarli sharoitida jo’xorining boshqa turlariga nisbatan yaxshi o’sib rivojlanadi. [47,33,66]. Kolumb o’ti – yorug’sevar qisqa kun o’simligi hisoblanadi.Lekin yorug’lik kam bo’lgan soya sharoitda ham o’sa oladi,bunda faqat o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi sust bo’lib, hosildorlik pasayib ketadi. Yorug’lik yetarli bo’lgan sharoitda barcha fiziologik jarayonlar, ayniqsa fotosintez jarayonining faollanishi kuzatiladi. Jo’xori turkumining bashqa turlari kabi Kolumb o’tida ham fotosintezning S3 yo’li xosdir. Shuning uchun ham yetarli yorug’lik ta’sirida o’simliklarning yer ustki qismi massasining ortishi jadal bo’lib, yashil massa hosildorligi yuqori bo’ladi [51,66]. Radjbxandarining[50] ma’lumotlariga ko’ra, Kolumb o’ti mexanik tarkibi, unumdorligi va nordonligi har xil bo’lgan ko’pgina tuproklarda yaxshi vegetasiya qiladi. Ayniqsa yaxshi g’ovaklashgan, organik moddalarga boy tuproklarda yuqori hosil beradi. Bunday sharoitda u bir joyda uch va undan ortiq yil o’sishi mumkin. Kolumb o’ti unumdorligi past tuproqlarda ham o’sa oladi, lekin o’g’itlash choralari ko’rilganda va birinchi navbatda azotli o’g’itlar kiritilganda hosildorlik ortadi. 22 Ukraina sharoitida Kolumb o’tining me’yorda o’sib rivojlanishi uchun quyidagi o’g’itlar bilan foydalanadilar:gektariga 20 tonna organik o’g’itlar,80 kg azotli, 45 kg fosforli va 45 kaliyli o’g’itlar kiritilganida yaxshi natja berishi aniqlangan[62]. V.V.Nikitin, S.R.Mustafev [40], A.A. Pronuza va boshqalarning[47] fikricha, Amudaryo o’rta oqimi jongol tuproklari sharoitida Kolumb o’ti yaxshi vegetasiya qiladi va u ekilgan yili 2-3 marta, vegetasiyaning ikkinchi yilida esa 4 martagacha qayta o’riladigan sifatli yem-xashak massasini hosil qiladi. Kolumb o’ti Turkmanistonning qator mintaqalarida qand jo’xori va makkajo’xori (VIR-42) bilan solishtirilib o’rganildi va u xo’jaliklarda foydalanish uchun istiqbolli ekin ekanligi aniqlandi. B. P. Radjbxandari, I. S. Belyuchenkolarning[51] aytishicha, boshqa o’simliklarga nisbatan haddan tashqari sho’r va tuproq sho’rlanishiga ham Kolumb o’ti chidamlidir,ammo qaloq tuproqli sharoitda fiziologik jarayonlarning borishiga yomon ta’sir qiladi. Natijada o’simlikning o’sishi va rivojlanishi jarayonlari ham yomonlashib, hosildorlik pasayib ketadi [47]. V.F. Glyaubertene, K.M. Ivanovskaya [19] larning ma’lumotlariga ko’ra chorva mollari Kolubm o’tining yashil massasini gullash davri tugaguncha bo’lgan muddatda yaxshi istyemol qiladi, keyinchalik (generativ) poyalari tez dag’allashadi va uni istyemol kilinishi keskin pasayadi. Eng kimmatbaxo yashil massa to’pgul hosil bo’lgan paytga to’g’ri keladi.Chunki bu paytda o’simliklarda foydali organik moddalarning miqdori ortadi.Shu bilan birga o’simliklarning barglar bilan qoplanishi ham 80-90% tashkil etishi kuzatiladi. Meva tugish paytiga kelganda esa bu ko’rsatkich 40-45 % ga pasayib ketadi. Agar o’simliklar vegetasiyalanishi uchun sharoit qulay bo’lsa, Kolumb o’tini xar 7-10 hafta mobaynida gullash boshlanishida, urug’lar hosil bo’lib ulgurmasdan oldin o’rish mumkin. Kolumb o’tining yuqori biologik xususiyati biri o’rilgandan keyin qayta o’sish kobiliyati bo’lib, uni bir yilda uch martagacha takror o’rib olish mumkin. 23 Mol boqish uchun esa o’simliklar kamida 5-6 xaftalik bo’lishi kerak,chunki bu paytda o’simliklar tarkibidagi sianidli glyukozidning mikdori hayvonlar uchun xafvli bo’lmaydi.Muhitning qurg’oqchil sharoitida o’simliklarning xaddan tashqari ko’p o’rilishi va o’simlik yaxshi o’sib ulgurmasdan takror mol boqilishi o’simlikning o’sib rivojlanishiga yomon ta’sir etadi va uni o’tloqzorlardan yo’qolishiga sabab bo’ladi [17]. Parbery [71] Palmir (Kolumbiya) tadqiqot markazida Kolumb o’tining biokimyoviy tarkibini dengiz sahidan 1006 m balandlikda o’rtacha harorat 24 0S teng bo’lgan va yog’ingarchilikning miqdori yillik 1000 mm ni tashkil qilgan sharoitida o’sgan o’simliklarda batafsil o’rgangan.Ulaning fikricha Kolumb o’tining yashil massa tarkibida protein mikdori 12-15%, kletchaka 25-35 %, moy 3-5 % AEM – 50-55%, yelimligi 8-10, kul mikdori 8-12% tashkil etadi. Kolumb o’tining 100 kg yashil massasida 30 ozuqa bo’ladi. 1 ozuqa birligi teng yashil massa birligiga mavjud 113 gramm protein bilan ta’minlanadi[19]. Kolumb o’ti Tojikistonning sug’oriladigan tuproqlari sharoitida yaxshi hosil beradi va undan sifatli yem-xashak tayerlanadi. A. A. Pronuza [1984]bo’yicha Kolumb o’tinig ro’vaklash fazasida barglarning tarkibida xom protein -15,8%, kletchatka -29,9%, kul -12,9% ni tashkil etadi. I.A.Karimov va I.S. Belyuchenkolarning[33] aytishicha, Tojikistonda Kolumb o’tidan hosil qilingan yaylovlardan o’rib olingan yashil massa tarkibida protein – 16,6%, yoglar – 2,2%, kletchatka – 29-31% tashkil qiladi. Ozuqaviyli qimmati jihatidan bu tur sudan o’ti bilan bir katorda turadi. Lekin sudan o’ti bilan Kolumb o’ti rivojlanishining bir xil davrlarida, yashil massasi tarkibidagi sinil kislotaning mikdori Kolumb o’tida nisbatan kam bo’lishi aniqlangan[ 17]. A.V. Bogdan [68] kabi olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, jo’xorilarning barcha turlari orasida Kolumb o’tining yashil kislota to’planadi. massasida kam mikdorda sinil 24 D. V. Parbery [71] Avstraliyaning qurg’oqchil sharoitida rivojlanishning turli davrlarida Kolumb o’tining biokimyoviy tarkibiga azotli va fosforli o’g’itlarni ta’sirini o’rgangan.Shu bilan birgalikda, Kolumb o’ti rivojlanishining turli bosqichlarida sianogen glyukozidning to’planish jadalligiga ham azot, fosfor va kaliyning ta’siri etishi o’rganildi.Bunda o’simlik tarkibidagi sianogen glyukozidning eng yuqori konsentrasiyasi vegetasiyaning birinchi haftasiga to’g’ri kelishi aniklandi. Vegetasiyasning uchinchi xaftadan boshlab glyukzidning mikdori pasayadi va o’rish paytiga (10 xafta) borib 0 % tashkil etadi. Bu tajribalar natijasida azotning glyukozidlar mikdorining ko’payishiga ta’siri qilishi aniqlandi. Kolumbiyada o’simliklarida o’g’itlarning o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, Kolumb o’ti sianogen glyukozidi mikdorining ortishi tuproqqa kaliyli kiritilishi bilan bog’liqdir. O’simliklar tarkibida sianogen glyukozidining yuqori konsentrasiyada bo’lish davomiyligi (vegetasiyasining to’rtinchi xaftasigacha ) tuproqqa fosfor solmasdan azot va kaliy o’g’itlarining kiritilishi natijasida uzoq muddat saqlanadi. Forforning kiritilishi glyukozid miqdorini keskin pasaytiradi.Boshqa o’g’itlar ishlatilmasdan faqat fosfor kiritilgan tajribalarda glyukozidning miqdori o’simliklarning yoshiga qarab pasayib borishi kuzatiladi. V. V.Nikitin, S. Mustafayevlarning[40] yozishicha Kolumb o’ti o’simliklaridan yem- xashak sifatida foydalanilganida asosiy e’tibor o’rish muddatlarini tanlashga yoki mol boqish vaqtini belgilab olishga qaratiladi.Chunki, o’simlik yashil massasi tarkibidagi oziq moddalar chova mollari uchun yetarli bo’lib, glyukzid miqdorining kamligi muhimdir.Bunda yashil massa tarkibida sianidli glyukozidning mikdori 100 gramm kuruk modda tarkibida 0 mg dan to 25 mg gacha bo’lsa o’simlikni yem-xashak sifatida istyemol qilinishi umuman xafvli bo’lmaydi.Hatto 25-50 mg ham hayvonlarga kuchli ta’sir etmaydi. Lekin glyukozid mikdorining 50-75 mg bo’lishi xafvli hisoblanadi, undan ortig’i esa mol boqish uchun juda ham xafvlidir. Kolumb o’tining o’rilgan pichanida 3-4 soatdan keyin zaharli moddalar shakarlar ta’sirida parchalanadi (shakarlar sinil kislota bilan birikib zararsiz 25 birikmalarni hosil qiladi).Yosh o’simliklar o’sgan sari tarkibidagi shakarlar va boshqa organik birikmalarning mikdori ko’payib, zaharlani moddalar miqdori kamayib boradi[68,49]. Kolumb o’tining o’rilgan yashil massadan asosan siloslash va pichan tayerlashda ishlatiladi. Kolumb utining yashil massasidan yukori xosildorlik olinadi. Namlik yetarli bo’lgan tropik va subtropik mintaqalarda har 6-8 haftada gektaridan 50-55 tonna yashil massa olish mumkin. Hosildorlik bir yilida gektariga 200 tonna va undan ko’proqni tashkil etadi.Kolumb o’ti ko’p tarqalgan bunday mintaqalarda urug’larning maxsuldorligi ham yuqori bo’lishi kuzatiladi. Bir o’rimda urug’ hosildorligi 15 s/ga va undan ko’proni tashkil etadi [49,18]. Tojikistonda o’stirilgan tropik ko’p yillik bug’doydoshlar issiq harorat ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadi va yer ustki qismidan yuqori hosil shakllanadi. 1964-1967 yillarda o’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, Kolumb o’ti o’simliklarining ekilgan yildagi bir yillik yashil massa hosildorligi boshqa bir yillik jo’xorilardan qolishmaydi.Aksincha, Kolumb o’ti ko’p marotaba o’rilishi va yer uski qismida yuqori hosili yashil massa to’plashi bilan boshqa turlardan farq qiladi.Bu o’simlikning bir yillik yashil massa hosildorligi gektariga 1800-2000 sentnerni tashkil etadi[47] V. V.Nikitin,S. Mustafayevlarning[40] ma’lumotiga ko’ra, Kolumb o’ti beda va bermud o’ti bilan ekilgan yili yashil massa xosilining 20% i beda va bermud o’tiga va 50% xosildorlik Kolumb o’tiga to’g’ri keladi. Kolumb o’tining ikkinchi o’rim yashil massa hosilining miqdori birinchi va uchinchi o’rim hosiliga nisbatan ko’p bo’lishi hamda ular orasidagi farq gektaridan 180-190 tonnagacha oshishi kuzatiladi Kolumb o’ti o’simliklaridan sug’oriladigan yerlarda gektaridan 2100 s, lalmi yerdan esa 600-800 sentnergacha yashil massa hosili olish mumkin[18]. A. A. Pronuza, I. S Belyuchenko, I. A. Karimov [47]larning aytishicha, O’rta Osiyoda o’sadigan ko’p yillik tropik bug’doydoshlar yuqori urug’ maxsuldorligiga ega bo’lib bir yilda ikki marotaba urug’ hosilini olish mumkin. Turkmanistonda 26 vegetasiyaning birinchi yilida Kolumb o’tining urug’ maxsuldorligi 12 s/ga, ikkinchi yilda esa 15 s/ga ni tashkil etadi. O’zbekiston sharoitida Kolumb o’tining urug’ hosildorligi birinchi o’rimda 9,7 s/ga ni tashkil qilsa, vegetasiyaning ikkinchi o’rida 15,5 s/ga ni tashkil etadi[40]. O’rta Osiyo sharoitida Kolumb o’tinig urug’ hosildorligini birinchi yili sharoitiga qarab 12-15 s/ga gacha , ikki yilda esa 20-22 s/ga gacha oshirish mumkin. Tojikistondagi Yavan tumanining sug’oriladigan yerlarida Kolumb o’tining urug’ xosildorligi 20 s/ga ni tashkil etdi [47,51]. Umuman olganda Kolumb o’ti muhitning noqulay omillari ta’siriga chidamli bo’lgan, yuqori yashil massa va urug’ hosili beradigan ozuqabop o’simlik hisoblanadi.Shu boisdan Kolumb o’ti kabi noan’anaviy ozuqabop yem –xashak o’simliklarining bioekologik, morfofiziologik va biokimyoviy xususityatlarini introduksiya sharoitlarida har tomonlama mukammal o’rganish davr talabidir. 27 2. TADQIQOT O’TKAZISH SHAROITLARI, OBYEKTLARI VA USLUBLARI Dala tajribalari Samarqand shahri SamDU botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi tajriba maydonchasida. Laboratoriya tahlillari botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasida laboratoriyasida amalga oshirildi. Tajriba maydonini tanlash va tajriba o’tkazish, tuproq va o’simliklarning namunalarini olish va tahlil qilish, fenologik kuzatishlar O’zPITI [21] metodlari va Samarqand qishloq xo’jaligi instituti olimlarining tavsiyalari asosida amalga oshirildi. 2.1. Tabiiy iqlim sharoitlari Samarqand viloyatining tabiiy iqlim sharoiti Zarafshon daryosi havzasining o’rta qismida joylashganligini ko’rsatadi. Zarafshon daryosining iqlimi kontinental bo’lib, quyosh radimasiyasining kuchliligi, sutkalik va mavsumiy o’zgarib turishi, kam bulutligi, uzoq davom etadigan jazirama issiq va quruq yer mavsumi hamda bir muncha sovuq qish bilan tavsiflanadi. Tabiiy sharoiti tekisliklarning pastligi, okean va dengizlardan uzoqligi bilan ajralib turadi. Relyefning bunday murakkab va notekisligi sababli har bir hudud o’ziga xos tabiiy sharoitga ega. Quyosh radiasiyasi barcha tabiiy jarayonlarning negizi hisoblanadi. Quyosh yiliga o’rta hisobda 2389 soat nur sochib turadi[45,46]. Yog’ingarchilik miqdori oylar bo’yicha ham keskin farq qiladi. Tog’ oldi tekisliklarining pastliklarida yog’ingarchilik tog’li mintaqalarga qaraganda ancha kam yog’adi. Samarqand viloyatida o’rta yillik yomg’ir miqdori 345 mm atrofida bo’ladi [45]. Qishloq xo’jalik ekinlarining vegetasiyasi davrida yog’ingarchilikning eng kam bo’lishi, asosan iyul-avgust oylariga to’g’ri keladi. Vegetasiya davri davomiyligi 230-240 kunga cho’ziladi. Umumiy yog’in miqdorining 30-50% bahorga, 25-40% qishga, 10-412% qishga, 1-10% yozga to’g’ri keladi. 28 Madaniy o’simliklarning yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqishda havo harorati katta ahamiyatga ega. Samarqand viloyati sharoitida samarali harorat yig’indisi 3800-42000s ga to’g’ri keladi. Eng issiq iyul va sovuq yanvar oylari hisoblanadi. Bu davrda yozda havo harorati +42, +430S gacha ko’tarilishi, qishda esa -22-230S gacha pasayishi mumkin. Tuproq va iqlim sharoiti dehqonchilikning eng muhim omillaridan biridir va hosildorlikni belgilovchi asosiy shart-sharoitlardan biri hisoblanadi. Iqlim sharoiti agrotexnik sharoitlarning barcha qirralarini ochib beruvchi omillardan hisoblanadi[46]. Tadqiqot ishlari o’tkaziladigan maydon Samarqand shahri hududida Zarafshon daryosining chap qirg’oqlari yaqinida joyldashgan. Bu hududdda apreldan to oktyabrning boshlarigacha kuzatiladigan iqlim sharoitlari Kolumb o’tining o’sish va rivojlanishi uchun eng qulay palla hisoblanadi. Ko’p yillik ma’lumotlarga asosan, vegetasiya davrida havoning o’rtacha harorati 19,6-21,80S ga to’g’ri keladi. Ammo bu muddatlarda har bir oyning iqlim sharoiti bir-biridan forq qiladi. Asosiy ekin sifatida Kolumb o’ti o’simligini aprelning ikkinchi o’n kunligida ekish, urug’larning unish va o’sishi uchun eng qulay muddat hisoblanadi. May oyi Kolumb o’tining o’sishi va rivojlanishi, ayniqsa tuproqlarining shakllanishi uchun qulay iqlim sharoitidir. Yoz oylari iyun-iyulda yog’ingarchilik deyarli bo’lmasligi, havo haroratining yuqori bo’lishi va ekinlarni sug’orish uchun suv manbalarining va havo nisbiy namligining kam bo’lishi, o’z navbatida, tuproq qurg’oqchiligini keltirib chiqaradi. Umuman, Kolumb o’ti o’simligi qurg’oqchilikka chidamli bo’lsada, bu muddatlardagi iqlim sharoiti o’simlikning interaktiv organlarini hosil bo’lishiga ta’sir etishi mumkin. Bu davrda ayrim kunldari maksimal harorat darajasi +42+430S gacha yetadi. Shunday bo’lsada Kolumb o’ti o’simligi takroriy yoki ang’iz ekini sifatida ham ekish mumkin. Ko’p yillik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, avgust oyida, havo harorati yuqori va yog’ingarchilik juda kam yoki umuman bo’lmaydi. Quruq kunlari sodir bo’ladigan maksimal harorat iyulga nisbatan kamroq bo’ladi. Bu vaqtda sug’orish 29 orqali tuproqning namligi ChDNS nisbati 70% dan kam bo’lmagan holda saqlab turishga yaxshi natija beradi[45,46]. Ko’p yillik ma’lumotlarga asosan sentyabr oyida o’simliklarning vegetasiya jarayoni davom etadi. Bu davrda maksimal harorat 25-300S dan oshmaydi, minimal harorat 10-120S dan pastga tushmaydi. Bu esa ang’izda ekilgan Kolumb o’tining o’sishi, rivojlanishi va hosil elementlarining shakllanishi uchun qulay. Oktyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab havo harorati keskin pasaya boshlaydi. Ikkinchi o’n kunlikning boshlarigacha ang’izda ekilgan Kolumb o’tining ikki marta yashil massa va don olish mumkin. Gullash davrida o’rib olingan Kolumb o’ti o’simligidan esa silos tayyorlanadi. Samarqand viloyati tuproqlari xilma-xil bo’lib, eng katta maydonlar (sharqiy qismi) da och tusli bo’z tuproqlar keng tarqalgan. Markaziy qismlarda tipik bo’z tuproqlar, daryo atroflarida esa o’tloq, o’tloqi-botqoq, bo’z – o’tloqi tuproqlar mavjud. Bu tuproqlarning aksariyati eskidan sug’oriladigan, dehqonchilik qilib kelinayotgan tuproqlardir[5]. Samarqand viloyatida avtomorf va gidromorf tuproqlar keng tarqalgan bo’lib, bu tuproqlar, asosan, Zarafshon vodiysi allyuvialterrassasida paydo bo’lgan. Miyonqol orolining daryolari, Qoradaryo va Oqdaryo qirg’oqlari bo’ylab asosan o’tloq, o’tloqi-bo’z, bo’z-o’tloqi, o’tloqi-botqoq tuproqlar tarqalgan. Samarqand viloyati sug’oriladigan maydonlarining 48,6% tuproqlari tipik bo’z, 40,4% o’tloq-bo’z, 8.6% och tusli bo’z va 2,4% o’tloqi botqoq tuproqlardan iborat [5] Samarqand shahrining tuproqlari, asosan tipik bo’z, bo’z, och tusli bo’z, o’tloqi – bo’z tuproqlardan iborat. Granulometrik tarkibi o’rtacha qumoq, gumus miqdori kam sizot suvlar 3-5 metr chuqurlikda joylashgan. Tajriba o’tkazilgan xo’jalik tuproqlarining fizik-kimyoviy xossalari va ularning unumdorlik darajalari P.U.Uzoqov, M.Yo.O’rinboyeva va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida chuqur tahlil etilgan. Tajriba maydonlari ko’p yillar davomida bug’doy va paxtachilik bilan band bo’lgan hamda eskidan sug’oriladigan yerlar qatoriga kiradi. 30 Ma’lumotlardan aniqlanishicha, tuproqning ustki haydov (0-30 sm) qatlamida gumus miqdori 1,34%, harakatchan azot 13,2 mg/kg, fosforning mg/kg va almashinadigan kaliyning 256 mg/kg ni tashkil etadi. Haydov osti (30-60 sm) qatlamida ular tegishlicha 1,06%, 6,1 mg/kg, 20,8 mg/kg, 235 mg/kg ga teng. Haydalma qatlam hajmiy massasi 1,14 g/sm3 bo’lib, ostki qatlamda 1,25 g/sm3 va o’rganilgan qatlamlarda tuproq eritmasining muhiti kuchsiz ishqoriyligi (pH =7,1) aniqlandi. Granulometrik tarkibi o’rtacha qumoq. Bu tuproqlarda gumus, azot va fosfor miqdori kam ekanligi yuqoridagi jadvalda ko’rinib turibdi. Umuman olganda, Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoiti Kolumb o’tini yetishtirish uchun qulay bo’lib, bir yilda ikki marta urib sifatli don va yashil massa, ya’ni yem-xashak, silos olish mumkin. 2.2. Tadqiqot ob’yekti Tadqiqot obyekti sifatida Kolumb o’tining Tojikiston Respublikasida keng tarqalgan «Hosildor» navi tanlab olindi (2.1 -rasm). 2.3. Tadqiqot uslublari Dala tajribalarini o’tkazish, tuproq va o’simlik namunalarini olish va ta’lil qilish, fenologik kuzatishlar O’zPITI [21] uslublar va O’zR FA O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti olimlarining tavsiyalari asosida amalga oshirildi. O’simliklarning bioekologik xususiyatlarini ontogenezda o’rganishda T.A.Rabotnov [53] va I.G.Serebryakov [60] uslublari qo’llaniladi. O’simliklarning mavsumiy rivojlanish maromoni o’rganish I.N. Beydeman [7] uslublarida bajarildi. Barglardagi suv miqdori kuniga 7 marta tortish yo’li bilan aniqlandi [20]. 31 2.1-rasm. Kolumb o’tining umumiy ko’rinishi. 32 Barglardagi to’liq to’yinishga nisbatan suv tanqisligi Chatskiy [69] metodi bo’yicha mavsum davomida kuniga 3 marta: soat 8, 13, 18 da aniqlandi va Stocker formulasi asosida hisoblab chiqildi. Kolumb o’ti o’simligi barglarining suvni bug’latish jadalligi torzion tarozida tezlik bilan tortish [26 ] usuli bilan aniqlandi. Tajriba ertalab soat 5 dan kech soat 21 gacha har ikki soatda uch marta takrorlanish asosida olib borildi. Barglarni tortib olishdan oldin psixrometr yordamida havo harorati va nisbiy namligi aniqlandi. Assimilyasiya qiluvchi a’zolarning suv saqlash qobiliyati A.A.Nichiporovich [41] metodi bilan o’rganildi. Tuproq namligi transpirasiya jadalligini aniqlashdan bir kun oldin yoki keyin A.A.Rode [54] metodi bo’yicha 50 sm chuqurlikgacha aniqlandi. Tuproq namunalari tuproq burg’usi yordamida 50sm chuqurlikkacha har 10 sm dan uch marta takrorlinish asosida olindi va 105 S0 li termostatda doimiy og’irlikkacha quritildi. Tajribalarda urug’larning 1000 ta don massasi, urug’larning tinim davri, o’sish energiyasi, o’sish kuchi davlat standarti bo’yicha aniqlandi. 33 3. TADQIQOT NATIJALARI 3.1. Kolumb o’ti barglaridagi suv miqdori Suv barcha tirik organizmlar uchun zarur omil bo’lib, suv yetishmasa organizm halok bo’ladi yoki anabioz holatiga o’tadi. O’simliklarning hayoti ham suv bilan bog’liq bo’lib, suv yetarli bo’lgandagina organizmda boradigan barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlar ma’lum izchillikda davom etadi. O’simlik hujayralaridagi suv miqdori 70-80% va ayrimlarida esa 95% ga yetadi. Suv hayotiy jarayonlar uchun zarur omil hisoblanib, barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda qatnashadi. O’simlik urug’lari muayyan namlik bo’lganidagina unadi, uning o’sishi va rivojlanishi ham yetarli namlik bo’lganida amalga oshadi. Suv fotosintez va nafas olish, mineral oziqlanish, o’simlik tanasining turgor holati, moddalar transporti kabi jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Suv o’simlik tanasining haroratini mo’tadillashtiradi. O’simlik organizmida sodir bo’ladigan barcha hayotiy jarayonlarning jadalligi ularning suv bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi [52,64]. Respublikamiz qishloq xo’jaligi asosan sug’orma dehqonchilikka asoslanganligini hisobga olsak, qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish va hosilning hajmi muayyan hududni, aniqroq aytganda, o’simliklarni vegetasiyasi davomida yetarli darajada suv bilan ta’minlashga bog’liqligi namoyon bo’ladi. Shuning uchun Kolumb o’ti kabi suv tanqisligi, tuproqlarning turli darajada sho’rlanishi sharoitlarida muhitning noqulay omillari ta’siriga chidamli bo’lgan, sifatli va to’yimli ozuqaviy ekinlarning suv rejimini o’rganish ularning ekologik xususiyatlarini, muhitning turli omillariga fiziologik moslashishini aniqlash va ularning mahsuldorligini oshirish uchun muhimdir. Shu sababdan, Kolumb o’ti o’simliklari suv rejimining asosiy ko’rsatkichlari – barglardagi suv miqdori, transpirasiya jadalligi, suv tanqisligi va suv saqlash xususiyatlari o’rganildi. 34 O’simlik tanasidagi suvning miqdori ularning o’sishi, rivojlanishi, fotosintez jarayoni, organik moddalarning hosil bo’lishi va hosildorlik darajasini belgilaydi.Shuning uchun ham qishloq xo’jalik ekinlari, jumladan, Kolumb o’ti o’simliklari barglardagi suv miqdorini aniqlash, ularning suv almashinuvi xususiyatlarini o’rganish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tashqi sharoit omillarining o’zgarishi ko’pchilik o’simliklarda suv miqdorining o’zgarishiga olib keladi. Suv taqchil sharoitda esa o’simlik barglari va to’qimalarida suvning miqdori keskin kamayadi [52,37]. Ma’lumki, to’qimalarda suv miqdorining keskin kamayishi o’simliklar tanasida boradigan asosiy fiziologik jarayonlarning sustlashishiga, natijada o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi jadalligining ham sustlashishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bizning tadqiqot ishlarimiz avvalo Kolumb o’ti o’simliklari barglaridagi suv miqdorini turli iqlim sharoitlari ta’sirida o’rganishga qaratildi. Samarqand viloyati sharoitida Kolumb o’ti o’simligi barglaridagi suv miqdori 3.1.1- jadvalda keltirilgan. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan Kolumb o’ti o’simligi barglaridagi suv miqdori tashqi muhitning turli omillari ta’siri hamda o’simlikning o’ziga xos biologik xususiyatlariga bog’liq ekanligi kuzatiladi. O’z navbatida o’simlik barglaridagi suvning miqdori kun davomida ham o’zgarib turadi. Ertalabki soat 800 va 1000 largacha barglardagi suvning miqdori barcha variantlarda eng yuqori darajaga ega bo’lib,tush vaqtida(soat 1400) esa havo haroratining ortishi natijasida barglardagi suvning miqdori eng past darajada bo’lishi aniqlandi . Natijalarning bunday ko’rsatkichlarga ega bo’lishini o’simliklarning qurg’oqchilikka chidamlilik darajasi bilan izohlash mumkin Aniqlanishicha, o’simliklar rivojlanishning dastlabki davrlarida barglardagi suvning miqdori nisbatan kamroq, ro’vaklash va gullash davrlariga kelib bu ko’rsatkich eng yuqori darajaga ko’tariladi. Olingan natijalar mos ravishda kunlik o’rtacha ko’rsatkich o’simliklarning tuplanish davrida o’rtacha 70,8 % ni, 35 minimal ko’rsatkich soat 800 da 74,8%, maksimal ko’rsatkich soat 1400 da 67,3% ni tashkil etishi aniqlandi. Kolumb o’ti o’simliklarning naychalash davrida barglaridagi suv miqdorining minimal ko’rsatkich soat 800 da 75,3%, maksimal ko’rsatkich soat 1400 da 68,6% ni, kunlik o’rtacha ko’rsatkichi esa o’rtacha 72,1 % ni tashkil qildi. O’simliklarning ro’vaklash davriga kelib barglaridagi suv miqdorining minimal ko’rsatkich soat 800 da 76,2%, maksimal ko’rsatkich soat 1400 da 69,8% ni, kunlik o’rtacha ko’rsatkichi esa o’rtacha 73,2 % ni tashkil etdi. Kolumb o’ti o’simliklarning gullash davrida barglaridagi suv miqdorining minimal ko’rsatkich soat 800 da 78,8%, maksimal ko’rsatkich soat 1400 da 73,2% ni, kunlik o’rtacha ko’rsatkichi esa o’rtacha 75,8 % ni tashkil qilishi aniqlandi. O’simliklarning sut pishish davriga kelib barglaridagi suv miqdorining pasayishi kuzatildi.Bunda suv miqdorining minimal ko’rsatkich soat 800 da 71,0%, maksimal ko’rsatkich soat 1400 da 66,5% ni, kunlik o’rtacha ko’rsatkichi esa o’rtacha 68,4 % ni tashkil etdi. Umuman olganda, Kolumb o’ti o’simligi barglaridagi suv miqdori tashqi muhitning turli omillari ta’siri hamda o’simlikning o’ziga xos biologik xususiyatlariga bog’liq holda kun davomida ham o’zgarib turadi. Ertalabki soat 800 va 1000 largacha barglardagi suvning miqdori barcha vegetasiyaning barcha davrlarida eng yuqori darajaga ega bo’lib,tush vaqtida(soat 1400) esa havo haroratining ortishi natijasida barglardagi suvning miqdori eng past darajada bo’lishi aniqlandi. 36 3.1.-jadval Samarqand viloyati sharoitida Kolumb o’ti o’simligi barglaridagi suv miqdori (ho’l vaznga nisbatan % hisobida Aniqlangan soatlar Fazalar 800 tuplanish naychalash ro’vaklash ro’vaklash sut pishish Kunlik o’rtacha Kunlik o’zgarish diapazoni 1000 1200 1400 1600 1800 73,4 71,2 67,3 68,2 69,6 70,8 7,1 75,3 74,7 71,6 68,6 71,0 71,8 72,1 6,7 76,2 75,0 73,4 69,8 72,0 72,8 73,2 78,8 77,6 75,9 73,2 74,2 75,3 75,8 71,0 70,1 67,6 66,5 67,0 68,2 74,8 68,4 6,4 5,6 4,5 37 3.2. Kolumb o’tining transpirasiya jadalligi O’simliklar tanasida sodir bo’ladigan eng muhim fiziologik jarayonlardan biri transpirasiya bo’lib, o’simliklarning suv almashinuvi xususiyatlarini tavsiflashda muhim ahamiyatga ega. Chunki, transpirasiya jadalligi o’simlik turlariga va tashqi muhit sharoitlariga sharoitlarda bevosita bog’liq. Ayniqsa, suv taqchil transpirasiya jadalligining boshqarilishi o’simliklar tanasidagi suv miqdori va natijada fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning boshqarilishida muhimdir. Suv taqchil sharoitlarda transpirasiya jadalligining keskin ko’tarilishi o’simliklar tanasida suv taqchiligi sodir bo’lishiga va ko’pchilik fiziologik jarayonlarning buzilishiga, natijada umumiy hosildorlikning kamayishiga olib keladi.Shuning uchun ham dorivor, yem-xashak va boshqa qishloq xo’jaligi o’simliklari ustida tadqiqot o’tkazgan ko’pgina olimlar o’z tajribalarida transpirasiya jadalligiga katta etibor qaratganlar [64,1]. Olingan natijalarga ko’ra, Kolumb o’ti o’simliklari barglaridan suvning bug’latilishi, ya’ni transpirasiya kun davomida va o’simliklarning vegetasiyasi mobaynida o’zgaradi. Kolumb o’ti o’simliklari barglarida transpirasiya jadalligining yuqori ko’rsatkichlari yoz oylari (iyun va iyul) da kuzatilib, bevosita havo va tuproq o’simliklarning harorati hamda biologik Barcha varianlarda Kolumb o’ti o’simliklari xususiyatlariga bog’liq bo’ldi. ontogenezining boshlang’ich davrlarida transpirasiya jadalligi nisbatan past, ro’vaklash va gullash davrlarida kuchaydi, vegetasiyasining oxirgi davrida transpirasiya jadalligi yana kamaydi. Bunday o’zgarishlar rivojlanishning turli muddatlarda qayd qilindi. O’rganilgan barcha soatlarda variantlarda transpirasiya jadalligi eng yuqori, kechki ertalabki soatlarda esa soatlarda past, tushki yana past bo’ldi. 38 3.2. – jadval Kolumb o’tining rivojlanish fazalarida transpirasiya jadalligi, mg.g/soat Rivojlansh fazalari tuplanish naychalash ro’vaklash gullash sut pishish to’la pishish 00 0 7 22 S 223,6 234,7 241,7 252,4 245,9 193,6 00 0 9 27 S 251,8 319,6 412,1 430,2 329,9 229,7 Aniqlash soatlari va havo harorati 11 310S 1300 370S 1500 340S 1700 320S 361,2 452,8 334,5 251,9 408,7 491,3 399,8 290,5 486,4 553,8 479,3 325,6 511,9 584,7 498,7 332,5 439,4 510,8 412,7 324,3 321,1 415,4 304,9 259,3 00 1900 280S 177,9 208,9 229,4 251,3 237,6 166,5 39 Transpirasiya jadalligini ifodalovchi egri chiziqning maksimal nuqtasi barcha variantlarda soat 1300 ga minimal nuqtasi esa kechki soat 1900 ga to’g’ri keldi. Transpirasiya ko’rsatkichlari o’simliklarning tuplanish davrida eng past bo’lib, bunda transpirasiya jadalligining maksimal nuqtasi soat 1300 da o’rtacha 491,3 mg/g. soat ni, minimal nuqtasi esa ertalab soat 700 da 223,6 mg/g.soat ni tashkil etishi aniqlandi. Transpirasiya ko’rsatkichi o’simliklarning naychalash davrida tuplanish davriga nisbatan yuqoriroq bo’lib, bunda transpirasiya jadalligining maksimal nuqtasi soat 1300 da o’rtacha 452,8 mg/g. soat ni, minimal nuqtasi ertalab soat 700 da 234,7mg/g.soat ni tashkil etishi kuzatildi. Transpirasiya ko’rsatkichi o’simliklarning ro’vaklash fazasida naychalash fazasiga nisbatan yuqoriroq bo’lib, bunda transpirasiya jadalligining maksimal nuqtasi soat 1300 da o’rtacha 553,8 mg/g. soat ni, minimal nuqtasi esa ertalab soat 700 da 241,7mg/g.soat ni tashkil etishi kuzatildi. Transpirasiya jadalligi o’simliklarning gullash davrida eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ldi(4.2.4-jadval), mos ravishda transpirasiyaning maksimal nuqtasi soat 1300 da 415,4 mg/g. soat ga, minimal nuqtasi ertalab soat 700 da 252,4 mg/g.soat ga teng ekanligi aniqlandi. Transpirasiya jadalligi o’simliklarning to’la pishish davrida eng past ko’rsatkichga ega bo’ldi. Mos ravishda transpirasiyaning maksimal nuqtasi soat 1300 da 584,7 mg/g. soat ga, mg/g.soat ga minimal nuqtasi esa ertalab soat 700 da 193,6 teng ekanligi aniqlandi. Vegetasiyaning qolgan davrlarida o’simliklar transpirasiya jadalligining ko’rsatkichlari oraliq o’rinni egalladi. Shuningdek, transpirasiya jadalligining nisbati rivojlanish fazalari orasida ham bir biridan farq qilishi kuzatildi.Rivojlanishning barcha davrlarida transpirasiya jadalligining minimal va maksimal ko’rsatkichlari o’simliklarning gullash davrida eng yuqori, o’simliklarning boshangich tuplanish davri va to’la pishish davrlarida esa eng past bo’lishi aniqlandi.Chunki, Kolumb o’ti va boshqa juxori (sorghum) turkumi vakillarini yetarli oziqa bilan ta’minlab, barcha agrotexnik tadbirlarni to’g’ri qo’llaganimizda u suvdan tejab foydalanadi va 40 transpirasiya jadalligi past bo’lsa ham hosildorlik yuqori bo’ladi.Bu esa juxori turkumi vakillarining qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar ekanligini ko’rsatadi. 3.3. Barglarning suv saqlash qobiliyati O’simliklar suv almashinuv jarayonining muhim ko’rsatkichlaridan biri, to’qimalarning suv saqlash qobiliyati bo’lib, bu jarayon ko’pgina omillarga bog’liq ravishda o’simlikda kechayotgan ko’pgina fiziologik jarayonlar va hosildorlikka katta ta’sir etadi[52]. Suv saqlash qobiliyati dinamik ko’rsatkich bo’lib, bu jarayon o’simlikning o’sishiga, o’sish fazalariga, vegetasiya davridagi meteorologik sharoitga, agrotexnik tadbirlarga, navlarning xususiyatlariga, sutkalik vaqtga, tuproq – iqlim sharoitiga, suvsizlikning davom etish muddatiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Ma’lumki, qurg’oqchilik sharoitida, qurg’oqchilikka chidamli o’simliklarning suvni saqlash qobiliyati chidamsiz navlarga nisbatan ancha yuqoriligi kuzatiladi.Chunki o’simlik hujayrasining suvsizlikka chidamliligi yoki suvni saqlash qobiliyati, suvning membranadan o’tish jarayonlarini ta’minlovchi bir butun fiziologik ko’rsatkich hisoblanadi. Tadqiqotlarimiz natijasida, Kolumb o’ti ham suv tanqisligi kabi muhitning noqulay omillari ta’siriga nisbatan chidamli o’simlik hisoblanishi va turli muhit sharoitlarida o’ziga xos suv saqlash qobiliyatini namoyon etishi aniqlandi (2-rasm) Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan aniqlanishicha, Kolumb o’ti barglarining suv saqlash qobiliyati (yuqotilgan suv hisbida) rivojlanishning dastlabki tuplanish bosqichida nisbatan yuqoriroq bo’lib, gullash bosqichiga kelib pasayishi va oxigi pishish bosqichlariga borib yana ko’tarilishi kuzatildi. Barglardagi suv saqlash qobiliyatining o’zgarishi varianlar orasida ham o’zaro bir – biridan farq qilib, o’simliklarning tuplanish bosqichida o’rtacha 13,5 % ni tashkil qildi. 41 2-rasm.Rivojlanishning turli bosqichlarida Kolumb o’ti barglarining suv saqlash qobiliyati , Vegetasiya davrlari Tajriba variantlari tuplanish naychalash ro’vaklash gullash sut pishish to’la pishish Kolumb o’ti 13,5 15,4 16,3 25,1 19,8 14,9 42 O’simliklarning suv saqlash qobiliyati rivojlanishning naychalash bosqichida tuplanish bosqichiga nisbatan pastroq bo’lib, o’rtacha 15,4 % ni tashkil etishi aniqlandi. Rivojlanishning ro’vaklash bosqichiga kelib barglarining suv saqlash qobiliyati naychalash bosqichiga nisbatan ham pasayishi kuzatildi.Ya’ni, bu bosqichda barglarining suv saqlash qobiliyati o’rtacha 16,3 % ni tashkil qildi. Kolumb o’tining gullash bosqichida barglarining suv saqlash qobiliyati eng past ko’rsatkichga ega bo’lib, mos ravishda bu ko’rsatkich o’rtacha 25,1 % ga teng bo’lishi aniqlandi. Kolumb o’ti o’simliklarning suv saqlash qobiliyati rivojlanishning sut pishish, mum pishish va to’la pishish bosqichlarida gullash bosqichiga nisbatan yuqoriroq bo’lib, sut pishish bosqichida o’rtacha 19,8 % ni, to’la pishish bosqichida esa 14,9 % ni tashkil etishi aniqlandi. Umuman olganda, Kolumb o’ti o’simliklarining suvga bo’lgan talabi vegetasiyaning gullash davrida nisbat ortishi kuzatildi va shuning uchun barglarining suv saqlash qobiliyati ham eng past ko’rsatkichga ega bo’ldi.Shu nuqtai nazardan o’simliklarni gullash fazasida yetarlicha suv bilan ta’minlanishi ularni normal rivojlanishiga ta’sir etib, mo’l va sifatli hosil olishga imkon beradi. 3.4. Barglarning suv tanqisligi O’simliklarni introduksiya qilish jarayonida ularni yangi tuproq-iqlim sharoitlariga moslashtirishda ulardagi suv tanqisligini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda qishloq xo’jaligi o’simliklariga ko’pincha yoz faslidagi jazirama issiqlar tufayli tuproqda namlikning kamligi, havo haroratining yuqori bo’lib, nisbiy namligining pasayishi kabi omillar salbiy ta’sir qiladi. Natijada o’simlik tanasida kechadigan ko’pgina fiziologik jarayonlar buziladi. Shu jumladan, o’simliklardagi suv muvozanatining tengligi buzilib, barglarda suv tanqisligi paydo bo’ladi. Suv tanqisligi har qanday tabiiy sharoitda o’sayotgan 43 o’simlik tanasida vujudga keladi. Lekin bu jarayonning miqdori turli xil o’simlik va navlarda turlicha bo’lib, o’simliklarning biologik xususiyatlariga, turiga, yashash muhitiga va boshqa omillarga bog’liqdir[52]. Ayrim tadqiqotchilarning aytishicha, barglardagi o’simliklarning tuproq va atmosfera qurg’oqchiligiga bo’lgan suv tanqisligi chidamliligini ko’rsatuvchi jarayon bo’lib, qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar tanasidagi suv tanqisligi miqdorining kamligi bilan tavsiflanadi. Shu bois introduksiya qilib o’rganilayotgan Kolumb o’ti o’simliklari barglaridagi suv tanqisligi Samarqand sharoitlarda o’stirib o’rganildi. Ma’lumki, o’simliklaning suv tanqisligi asosan kunduzgi soatlarda havo haroratining kutarilishi natijasida ro’y beradi.Chunki, bu vaqtda transpirasiya jarayoni jadallashadi va o’simlik qabul qilayotgan suv uning o’rnini qoplolmay qolganligi sababli nisbiy tenglik buziladi. Tadqiqotlarimiz natijasida Kolumb o’ti o’simliklarida ham barglarining suv tanqisligi ertalabki soatlarda (800) past bo’lishi,tush paytida (soat 1300) esa eng yuqori ko’rsatkichda bo’lib, kechga qadar (soat 1800) yana kamayib borishi aniqlandi. Suv tanqisligining kunlik o’rtacha kattaligi vegetasiya davomida 8,711,6% atrofida o’zgarganligi kuzatildi (3.4.1-jadval). Shu bilan birgalikda, barcha variant o’simliklarida bir xil tarzda vegetasiyaning boshlang’ich tuplanish bosqichida suv tanqisligi minimal qiymatga, gullash bosqichida esa maksimal qiymatga ega bo’lishi kuzatildi. Vegetasiyaning boshqa bosqichlarida barglarning suv tanqislik ko’rsatkichlari oraliq o’rinni egalladi. Suv tanqisligining minimal va maksimal ko’rsatkichi o’simliklarning tuplanish fazasida mos ravishda ertalab soat 800 da 3,1% va soat 1300 da 11,8 % tashkil qilishi aniqlandi. Bu ko’rsatkich, o’simliklarning naychalash bosqichida mos holda minimali ertalab soat 800 da o’rtacha 3,8 % ni,maksimali soat 1300 da 13,2% ni tashkil etdi. Kolumb o’ti barglarining suv tanqislik ko’rsatkichlari o’simliklarning ro’vaklash va gullash bosqichlarida eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’lishi kuzatildi. 44 3.4.-jadval Aniqlangan soatlar 00 Fazalar 8 Tuplanish 3,1 Naychalash 3,8 Kunlik diapazoni Rivojlanishning turli bosqichlarida Kolumb o’ti barglarining suv tanqisligi (to’liq to’yinishga nisbatan % hisobida) 00 13 18 Kunlik o’rtacha 11,8 8,1 7,6 13,2 9,7 8,9 9,4 12,7 11,0 11,2 00 8,7 Ro’vaklash 4,6 Gullash 5,8 17,4 15,1 12,8 11,6 4,2 14,9 11,6 10,2 10,7 sut pishish 15,8 Suv tanqisligining minimal ko’rsatkichi o’simliklarning ro’vaklash fazasida o’rtacha 4,6 % ni, maksimali 15,8 % ga teng ekanligi aniqlandi. Bu ko’rsatkich, o’simliklarning gullash fazasida minimali o’rtacha 5,8 % ni, maksimali 17,4 % ga teng ekanligi aniqlandi(3-rasm). Shunday qilib, Kolumb o’ti barglarining suv tanqisligi o’simlikning gullash davrigacha ortib boradi va keyinchalik pishish davrining boshlanishi bilan pasaya boshlaydi.Bunday davomiylik, bizning fikrimizcha, birinchidan o’simlikning gullash fazasiga borgan sari suvga talabining ortib borishi va barglarning yetilish darajasi bo’lsa, ikkinchidan bu paytda havo haroratining ko’tarilishi va nisbiy namlikning kamayishi kabi omillarga bog’liq bo’ladi. Shu sababdan ham yem-xashak uchun yetishtirilayotgan Kolumb o’ti o’simliklari barglarning yetilish darajasi ortib, sifatli ozuqa tarkibigi ega bo’lgan ro’vaklash davrining tugashi va gullash davrining boshlanish vaqtda o’rib olinadi. 45 3.1-rasm.Tajriba o’tkazish jarayoni. 46 XULOSALAR 1.Kolumb o’ti Respublikamizning noan’anaviy yangi yem- xashak o’simligi bo’lib, Samarqand viloti sharotida uning suv almashinuv xususiyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. 2. O’simliklar barglardagi davrlarida nisbatan suvning miqdori rivojlanishining dastlabki kamroq(70,8%), ro’vaklash(73,2%) va gullash (75,8%)davrlariga kelib bu ko’rsatkich yuqori darajaga yetishi aniqlandi. 3. Transpirasiya jadalligining minimal va maksimal ko’rsatkichlari o’simliklarning boshangich tuplanish davrida nisbatan past(415,4) gullash davrida eng yuqori(584,7), pishish davrida (452,8) esa yana past bo’lishi aniqlandi. 4. Kolumb o’ti barglarining suv saqlash qobiliyati (yuqotilgan suv hisbida) rivojlanishning dastlabki tuplanish bosqichida nisbatan yuqoriroq bo’lib (13,5), gullash bosqichiga kelib pasayishi(25,1) va oxigi pishish bosqichlariga (14,9)borib yana ko’tarilishi kuzatildi. 5. Barglarining suv tanqisligi rivojlanishning barcha bosqichlarida ertalabki soatlarda (800) past bo’lishi,tush paytida (soat 1300) esa eng yuqori ko’rsatkichda bo’lib, kechga qadar (soat 1800) yana kamayib borishi aniqlandi. 47 TAVSIYALAR Samarqand sharoitida Kolumb o’ti o’simliklaridan yuqori hosil olish uchun barcha agrotexnik tadbirlarni to’g’ri yo’lga qo’yib, vegetasiya davomida 4-5 marta sug’orish, ayniqsa o’simliklarni ro’vaklash va gullash bosqichlarida suvdan qoldirmaslik tavsiya etiladi. 48 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Абдуназаров Э.Э., Тўхтаев Б.Ё. Тошкент воҳаси шароитида Valeriana officinalis L.нинг транспирация жадаллиги// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. IV Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Тошкент, 2009. – Б. 61-64. 2. Агаев М.Г. Основы теории акклиматизации фитоинтродуцентов и ее значение для освоения новых популяционный анализ кормовых интродукция использование: и кормовых растений Материалы растений // естественной IX Экологофлоры, Международного симпозиума по новым кормовым растениям. – Сыктывкар, 1999. – С. 7-10. 3. Ажиев А.Б., Халмуратов П., Турдышев Г. Перспектива выращивания Distichlis spicata (L.) Greene в Южном Приаралье // Проблемы рационального использования и охрана биологических ресурсов Южного Приаралья:Сборник тезисов.Международной научно- практической конференции. –Нукус, 2006.- С. 20. 4. Ашурметов О.А.,Тўхтаев Б.Ё. Ўзбекистонда доривор ўсимликлар интродукциясининг тарихи, муаммолари ва истиқболлари// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Хива, 2003. – Б.17-20. 5. Бобохўжаев И.И., Узоқов П.У. Тупроқшунослик. – Тошкент: Меҳнат, 1995. - 512 б. 6. Бойқобилов Б.И. Тошкент иқлим шароитида Stevia rebaudiana ни қисқа кунга ўтказиб уруғ олиш // Ёш ботаник олимларнинг II Республика конференцияси:Маърузалар тезислари. –Тошкент: Chinor ENK, 2000.Б.16-17. 7. Бейдеман И.Н.Методика изучения фенологии растений и растительных сообществ-Новосибирск: Наука. 1974.-153с. 8. Белолипов И.В. Интродукция травянистых растений природной флоры Средней Азии. – Ташкент: Фан, 1989. - 149 с. 49 9. Белюченко И.С. Злаковые кормовые растения тропического пояса. Ч.2/ М.: УДН, 1970. -212 с. 10.Белюченко И.С. Тропические многолетние кормовые злаки (особенности биологии и интродукции): Автореф дис... докт.биол.наук. –М.:1984.- 32 с. 11.Белюченко И.С. Климатические условия и особенности развития растительности травяных сообществ южных районов СССР// Экологические аспекты тропической агрономии.– М.: УДН,1986.-С. 72-84. 12.Белюченко И.С., Каримов И.А. Урожайность зеленой массы тропических и бореальных злаков на юге Таджикистана //Докл. ВАСХНИЛ – 1987, №10. -С.24-26. 13.Белюченко И. С., Каримов И. А., Иванов В. А. Трава Колумба - перспективная кормовая культура для юга Таджикистана // Экспресс-информация Тадж. НИИ животноводства. -1988 . – 5 с. 14.Белюченко И. С., Раджбхандари Б. П., Каримов И. А., Многолетнее copro перспективная кормовая культура для Узбекистана // Экспрссс-информация УзНИИТИ. 1982. - 9 с. 15.Вавилив П.П., Кондратьев А.А., Новые кормовые культуры. - М.: Россельхозиздат, 1975. – 280 с 16.Вавилов П. П. Новые кормовые культуры. - М., Россельхозиздат, 1983. – 130 с. 17.Варшавская В.Т. Колумбова трава // Земледелие.- №1.- 1994.- С-21 18.Головин В. П., Варшавская В. Т. Колумбова трава - лучшее многолетнее сорговое растение // Материалы I и II международных конференций по селекции нетрадиционних культур и нетрадиционных технологиям. - Республика Крым, Симферополь, 1993. - С. 45-46. 19.Гляубертене В.Ф., Ивановская К.М. Биологическая и биохимическая характеристика перспективных силосных растений:Содержание питательных веществ в надземной массе сильфии пронзеннолистной и маральего корня и их изменение во время вегетации / Труды АН Литовской ССР. Серия В, 1987; Т. 4 (100)). – С. 110-118. 50 20.Гусев Н.А. Некоторые методы исследования водного режима растений. Л: 1960.- 61 с. 21.Дала тажрибларини ўтказиш услублари– Тошкент, ЎзПИТИ ,2007.-256 б. 22.Дусмуродова Ф.М., Рахимова Т.Т. Гўзал белладонна -Atropa belladonna L.нинг Тошкент ботаника боғи шароитидаги онтогенези // Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. IV Республика илмийамалий конференциясининг материаллари.- Тошкент, 2009. 85-87 б. 23. Жўраева З.Ж. Зарафшон водийсида гречиха ўстиришнинг биологик ва технологик асослари: Қ-х.ф. н... дис. ... - Самарқанд,СамҚХИ, 2002.- 170 б. 24. Жабборова М.Д. Интродукция шароитида Amorpha fruticosa L.(Fabaceae) нинг онтогенез даврида новдалар тизимининг шаклланиши// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. V Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Қарши, 2011. – Б. 67-71 25.Жабборова И.Э.,.Эсанқулов С.Э, Имомова Д.А. Calendula officinalis W. ўсимлигининг ўсиши ва ривожланишига тупроқ намлигининг таъсири// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. IV Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Тошкент,2009.-Б. 89-91 26. Иванов А.А., Силина А.А., Цельникер Ю.Л. О методике быстрого взвешивания для определения транспирации в естественных условиях // Ботан. журнал.1950.Т 35. -№ 2.- С.171-185. 27.Имомов О.Н. Айрим ѐввойи ем- хашак ўсимликлари уруғларининг Чуст – Поп адирлари шароитида унувчанлиги // Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. V Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Қарши, 2011.-Б.111-114. 28.Имирсинова А.А. Андижон вилояти иқлим шароитида кузги юмшоқ буғдой (Tritikum aestivum L.) айрим навларининг биоэкологик хусусиятларини: Био. фан. ном. дисс.автореф.- Тошкент,2004.-19 б. 29.Исломов Б.С. Биоэкологические особенности исчезающих кормовых видов рода Кузния //Чўл-яйлов чорвачилиги генофондидан экологик 51 жиҳатдан мутаносиб фойдаланиш муаммолари.-Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Самарқанд, 2010.-б.206-209. 30.Исаков Я. И. Сорго. - М.: Россельхозиздат, 1982. - С. 71-77 31.Ёзиев Л.Ё. Средиземноморская флора как очаг для интродукции древесных растений в южный Узбекистан// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. V Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Қарши, 2011.-Б.7-12. 32.Колчанов Р.А. Белгородской Фенология развития области ЦЧЗ. //Флора травы Колумба в условиях и растительность Центрального Черноземья : Материалы научной конференции. -Курск,2002.-С. 91. 33.Каримов И.А., Белюченко И.С. Многолетние злаки Среднеазиатского региона// Травяные экосистемы Евразии: Материалы международной научной конференции- Краснодар, 1994. -С. 92-94. 34.Кармашина Н.М., Печеницын В.П. Итоги и перспективы интродукции тропических и субтропических растений в Узбекистан// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. IV Республика илмий – амалий конференция материаллари.- Тошкент, 2009. 3-4 б. 35.Мавлянова Р.Ф. Роль интродукции для развития овощеводства в Узбекистане// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. V Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Қарши, 2011. –Б. 12-17. 36.Мавланова С., Сафаров А.К. Интродукция шароитларида қанд жўхорининг биоэкологик хусусиятлари// Ўзбекистон флораси биохилмахиллиги ва ундан оқилона фойдаланиш муаммолари: Республика илмий конференция материаллари.- Самарқанд, 2011. -Б. 104-105. 37.Мамажанов М., Қосимов А.К. Амарант икки турида сув алмашинуви хусусиятлари // Биология ва экологиянинг долзарб муаммолари: Хоразм Маъмун академияси илмий ишлар тўплами.- Хива, 2001, 45-48-б. 38.Махмудов М.М., Бекчанов Б., Ортиқова Л.С.Агротехнические основы интродукции однолетних кормовых галофитов на засолѐнных почвах 52 Кызылкума// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. IV Республика илмий –амалий конференция материаллари.- Тошкент, 2009. Б.110-113. 39.Махмудов В.М., Махмудов А.В. Фарғона вилоятида ноанъанавий экинларини иқлимлаштиришнинг биоэкологик асослари// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Хива, 2003. –Б.43-46 40.Никитин В. В., Мустафаев С. Многолетнее сорго - на поля : хозяйств // Сельское хозяйство Узбекистана. - Ташкент. -1981.,- № 3. -С. 36-37 41.Ничипорович А.А. О потере воды срезанными частями растений в процессе завядания//Журнал опытн. агрономии Востока.1926.Т.3.вып.1. С.76-92. 42.Номозова З.Б. Самарқанд вилояти шароитида интродукция қилинаѐтган Cynara scolymus L. нинг биоэкологик хусусиятлари. Б. ф. н... дис… Тошкент, ЎзР ФА “Ботаника”ИИЧМ, 2011. - 151 б. 43.Орипов Р., Халилов Н. Ўсимликшунослик. – Тошкент: Шарқ, 2006.- 395 б. 44.Отенов Т.О., Гроховатский И.А., Оспанов А.Ж.Некоторые особенности роста и развития древесных растений на юга Приаралья// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. IV Республика илмий – амалий конференция материаллари.- Тошкент, 2009. Б.38-40. 45.Пардаев Г.Р. Климат Самарканда.- Ташкент, Фан. 1976. –87 с 46.Петров Ю.М. Самарканд: климат и погода. - Л.: Гидрометеоиздат, 1982. 104 с. 47.Пронуза А. А:, Белюченко И. С, Каримов И. А. Влияние климатическых условий на развитие травы Колумба // Интродукция тропических растений в южные районы СССР. -М.: УДН, 1986.-C. 148-159. 48.Раббимов А.Чўл озуқабоп ўсимликлари селекцияси ютуқлари//Чўл-яйлов чорвачилиги генофондидан экологик жиҳатдан мутаносиб фойдаланиш муаммолари.-Республика илмий-амалий материаллари.- Самарқанд 2010й.-Б.239-241. конференциясининг 53 49.Ражбхандари Б.П.Основы культуры травы Колумба(Sorghum almum Parodi) в сухих субтропиках СССР: Автореф. дисс… канд. сель-хоз наук. –М,1984.-16 с. 50.Ражбхандари Б.П.Влияние азота и площади питания на продуктивность травы Колумба// Полезные растения тропиков и субтропиков и перспективы их интродукции в южных районах СССР.- М.:УДН, 1984.С. 116-122. 51. Раджбхандари Б. П., Белюченко И. С. Биологические особенности травы Колумба // Интродукция тропических растений в южые районы СССР. - М.: УДН, 1986. - С. 92-102. 52.Рахманина К.П. Водный режим растений основных типов растительности Западного Памиро-Алая: Автореф.дисс. докт. биол. наук.-Свердловск, 2004. -48 с. 53.Работнов Т.А. Жизненный цикл многолетних травянистых растений в луговых ценозах// Труды БИН АН СССР. 1950. Серия3. Вып.6.-С.7-204 54.Роде А.А. Основы учения о почвенной влаге.- М: Гидрометеоиздат . 1969.287с. 55.Саматова А.Ш.Перспективы внедрения канны гибридной в озеленение Узбекистана// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. IV Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Тошкент, 2009. 47-48 б. 56.Сафаров А.К.,Сафаров К.С., Ташмухамедов Б.А. Изучение физиолого – биохимических особенностей новых и нетрадиционных растений и их интродукция в почвенно-климатических условиях Южного Приаралья// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. IV Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Тошкент, 2009. 138141 б. 57.Сафарова Н., Рахимова Т. Бамия уруғларининг биокимѐвий таркиби // Тарихий фармонга 5 йил: Хоразм Маъмун академияси илмий ишлар рўйхати.- Хива, 2002. 114-146 б. 54 58.Сивак Е.Е.Эффективность интродукции колумбовой травы в Центральном Черноземье. Курск: Изд. КГСХА. 2006.- 191с. 59.Синькевич Е.И., Ларионова Н.П., Дубровина И.А. Некоторые энергетические и почвенно-ботанические аспекты оценки интродуцентов //Эколого-популяционный анализ кормовых растений естественной флоры, интродукция и использование. Материалы IX Международного симпозиума по новым кормовым растениям.–Сыктывкар,1999.–С.181-184. 60.Серебряков И.Г. О методе изучения ритмики сезонного развития растений в геоботанических стационарах // Доклады совещаний по стацио- нарным геоботаническим исследованиям.М.-Л. Изд.АН СССР, 1954.- С.145-159. 61.Тўхтаев Б.Ё., Сафаров А.К., Эшонқулов Б.И. Бухоро воҳасининг шўр тупроқларида доривор ўсимликлар интродукцияси ва хусусиятлари// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари. Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Хива, 2003. 96-98 б. 62.Утеуш Ю.А. Новые перспективные кормовые культуры. – Киев: Наукова Думка, 1991. – 120 с. 63.Умурзакова З.И. К вопросу интродукции топинамбура в Самаркандской области// Ўсимликлар интродукцияси: муаммолари ва истиқболлари: Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари.- Хива, 2003. 99-100 б. 64.Хўжаев Ж.Х. Ўсимликлар физиологияси. – Тошкент: Меҳнат, 2004.-223 б. 65.Шматько И.Г., Шведова О.Е. Водный режим и засухоустойчивость пшеницы.- Киев: Наук. думка, 1977,-200 с. 66. Чернер Р. И. Некоторые физиологические особенности травы Колумба // Биология кормовых злаков тропиков и субтропиков. - М.: УДН,1979.-С.102-107. 67.Эшмуратов Р.А., Сафаров К.С.Интродукция шароитидаги Stachus L.туркуми айрим турларининг суткалик ва мавсумий гуллаш динамикаси //Ўзбекистон флораси биохилма-хиллиги ва ундан оқилона фойдаланиш муаммолари. Республика илмий конференция материаллари.- Самарқанд, 2011. Б. 18-20 б. 55 68. Bogdan A. V. Sorghum almum.In: "Tropical pasture and fodder plants". Logman group Ltd. -London, Ncw York, 1977. - P. 264-269. 69. Catsky I. Determination of water deficit in disks cut of foliage leaves // Bot.Caz. vol 53. 1960. -P. 76-78. 70.Parodi L.R. Une nueva especie de «Sorghum» cultivada ed la Argentina // Rev. Argent. Agron., 1943.10.- p. 361-372. 71.Parbery D. В. Muhiple harvesting of irrigated sorghum in northern Australia. J. Austr. Inst Agri. Sci. -1966. - 3. - P. 44-46. 72.Shomurodov Kh., Khasanov O., Rakhimova T. Regrelsion of the Aral Sea and Desertification of the arid Pasturel of Uzbekistan New Dimensions in Desert Technology Abstracts of the desert technology.-7 International Conference Omaid Bhawan Palace,Todhpur, India,Nowember 9-14.2003.-p.52-54. 73.www. bioloji. Ru 74.www. referat. ru 56 ILOVAlAR 57 Ilmiy tadqiqot olib borilgan yillardagi ob-havo ma’lumotlari («Dahbed» meteostansiyasi ma’lumotlari bo’yicha, 2012-2013 yillar) Yillar 1 I 2 II 3 III 4 2012 2013 5,6 2,1 3,1 2,7 11,2 9,0 2012 2013 19,3 16,4 20,3 18,6 31,6 27,7 2012 2013 -6,7 -7,2 -13,6 -8,8 -1,0 -4,5 2012 2013 5,1 6,2 1,9 3,0 14,6 17,8 2012 2013 20,0 27,6 20,2 21,3 34,1 44,1 1-ilova Oylar IV V VI VII VIII IX 5 6 7 8 9 10 0 Havoning o’rtacha harorati, C 15,9 20,3 25,5 27,1 26,0 20,0 17,3 22,7 26,9 27,4 26,8 21,1 0 Havoning maksimum harorati, C 29,2 32,6 38,0 41,2 38,2 37,1 33,4 36,2 38,3 39,9 41,0 35,7 0 Havoning minimum harorati, C -6,2 11,6 13,1 16,3 13,7 5,4 0,9 11,3 13,7 11,5 9,6 7,3 Tuproq yuza qatlamining o’rtacha harorati, 0C 25,3 29,2 31,8 34,0 33,2 27,1 23,1 30,1 32,5 35,3 33,9 28,3 Tuproq yuza qatlamining maksimum harorati, 0C 54,0 55,6 61,0 61,2 61,1 58,0 55,0 60,1 64,5 66,3 67,6 61,2 X 11 XI 12 XII 13 O’rtach a yillik 14 16,3 14,7 9,3 5,6 4,5 0,5 15,4 14,7 32,7 35,2 24,2 22,1 23,0 12,8 30,6 29,8 1,1 2,6 -0,6 -4,1 -7,0 -13,1 2,2 1,6 23,4 24,1 11,8 8,2 6,5 0,5 20,3 20,2 52,3 51,2 35,0 23,5 27,3 13,0 45,0 46,3 1-ilovaning davomi 58 2012 2013 -8,0 -11,5 -15,3 -14,5 -1,9 -5,5 2012 2013 6/17 6/11 6/14 7/16 8/16 6/15 2012 2013 32,3 14,9 72,1 83,2 67,2 56,1 Tuproq yuza qatlamining minimum harorati, 0C 3,0 9,4 10,9 13,5 12,6 2,4 -2,6 8,7 10,1 11,9 6,3 4,3 Shamolning tezligi m/s 5/13 5/12 4/15 4/11 4/10 5/12 6/15 4/12 4/11 5/11 5/12 5/11 Yog’in miqdori, mm 65,3 52,5 15,8 0,6 1,8 5,9 11,2 21,2 4,5 0,0 0,3 3,3 -1,4 2,0 -7,9 -5,2 -11,7 -14,4 0,5 0,9 5/14 5/13 4/9 5/11 5/11 5/12 6,2 31,9 13,4 116,2 0,3 25,4 5/13 5/12 Jami 333,4 368,2
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )