Bajarilishi uch yilga moʻljallangan amaliy loyihalar mavzusi
“Farmatsevtika va biotexnologiya” yoʻnalishi
№
Amaliy loyiha mavzusi
1.
Turli tuproq-iqlim sharoitida Salvia Tadqiqot shakli: Turli tuproq-iqlim sharoitida Salvia sclarea ning ekoformalarini introduksiya qilish
sclarea ning ekoformalarini introduksiya
va biologik faol moddalarini tadqiq etish boʻyicha amaliy loyiha bajariladi.
qilish va biologik faol moddalarini
tadqiq etish.
Amalga oshirish muddati: 3 yil.
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Ilmiy tadqiqot natijalari:
1.Toshkent botanika bog‘i sharoitida Salvia sclarea ning ekoformalarini ekologo-biologik xususiyatlari
tadqiq etiladi;
2.Generativ va vegetativ ko‘paytirish usullari orqali yetishtirishning samarali usullari ishlab chiqiladi
va birlamchi onalik pitomniklari yaratiladi;
3.Ikki xil sharoitda o‘stirilgan Salvia sclarea ning turli ekoformalari tarkibidagi efir moylari,
flavonoidlar, terpenlar kabi biologik aktiv moddalari aniqlanadi;
4. Salvia sclarea turli ekoformalarining mikorizal assotsiatsiyalari o‘rganiladi va ularni o‘simliklarning
yashovchanligini oshirishdagi roli baholanadi.
Natijalarni sinovdan oʻtkazish: Loyiha natijalari asosida Toshkent botanika bog‘ida va Samarqand
viloyatida yetishtirilgan efir moylari tarkibi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Salvia sclarea
ning ekoformasi respublikaning Toshkent va Samarqand viloyatlarida sinovdan o‘tkaziladi.
Natijalarni chop etish: Olingan tadqiqot natijalari intellektual mulk obyektlari uchun hujjatlar
tayyorlanadi. Tadqiqot natijalar asosida tavsiyanomalar, oʻquv qoʻllanmalar hamda nufuzli jurnallarda
va Web of Science va Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda maqolalar chop
etiladi.
Moliyalashtirishning umumiy hajmi: 10700 BHM.
Bajarilishi uch yilga moʻljallangan amaliy loyihalar mavzusi
“Farmatsevtika va biotexnologiya” yoʻnalishi
№
Amaliy loyiha mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Mahalliy Ganoderma resinaceum
zamburug‘ini intensiv usulda
yetishtirish va undan granulali
shifobaxsh choy olish texnologiyasi
Ishlab chiqish
Tadqiqotning shakli: Mahalliy Ganoderma resinaceum zamburug‘ini intensiv yetishtirish uslubini va
mevatanalaridan granulali shifobaxsh choy ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish boʻyicha amaliy
loyiha bajariladi.
Amalga oshirish muddati: 2 yil.
Ilmiy-tadqiqot natijalari:
- mahalliy Ganoderma resinaceum zamburug‘ini mahalliy sharoitga mos, samarali va barqaror
intensive yetishtirish usuli ishlab chiqiladi.
- mahsuldorlik va biofaol moddalarning to‘planishi bo‘yicha optimal substrat tarkibi, harorat, namlik,
yorug‘lik, ventilyatsiya hamda boshqa mikroiqlim sharoitlari aniqlanadi.
- Ganoderma resinaceum quritilgan mevalari asosida granulali shifobaxsh choy tayyorlash
texnologiyasi ishlab chiqiladi.
- quritish, maydalash, granulalash, qadoqlash va saqlash jarayonlari bo‘yicha texnologik xarita ishlab
chiqiladi.
- tayyor choy tarkibining biokimyoviy tahlillari o‘tkazilib, undagi foydali moddalarning
(polisaxaridlar, triterpenlar, antioksidantlar) saqlanish darajasi baholanadi.
- Ganoderma resinaceum asosida ishlab chiqilgan granulali shifobaxsh choyning sanoat namunasi
tayyorlanadi.
Natijalarni sinovdan oʻtkazish: tadqiqot natijalari Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi
tashkilotlarda sinovdan oʻtkaziladi.
Ilmiy natijalarni chop etish: tadqiqot natijalariga intellektual mulk obyektlari uchun tegishli hujjatlar
olinadi. Nufuzli ilmiy jurnallarda va Web of Science hamda Scopus maʼlumotlar bazasida
indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etiladi.
Moliyalashtirishning umumiy hajmi: 5400 BHM.