Shamol energiyasini elektr nergiyasiga aylantiruvchi shamol vertikal turbinasi Loyiha rahbari: talaba J.R.Alijonov Ijrochi: o’qituvchi I.I.Maripov , o’qituvchi V.T.Rahmonov Loyiha maqsadi: Sayyoramizda insonlar ko’payib borish natijasida odamlarning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoji ortib bormoqda shuning uchun elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni muqobil energiyadan foydalangan holda qondirish.Bizning loyihada shamol energiyasidan elektr energiyaga aylantirishning vertikal shamol turbinasidan foydalanish. Shamol turbinamizning jamiyatdagi ahamiyati va muqobil energiyadan keng foydalanish: Bizlar hozirda foydalanayotgan IES hamda AES yaxshi elektr energiyasini yetkazib beryapti lekin bizning atrof muhitimizdagi ekologiyani va nafas olayotgan atmosferani katta miqdorda zararlayapti.Bunday eletr energiyasini olishda biz qayta tiklanmaydigan yoqilg’ilardan foydalanamiz va bular bir kun kelib tugash ehtimoli bor albatda.Shuning uchun biz qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishimiz kerak.Bularga shamol energiyasidan foydalanish quyosh energiyasidan foydalanish kabi muqobil energiya manbalari kiradi.Bunday energiyalardan elektr nergiyasi olish ekologiyamizga ham zarari yo’q. Shamol turbinamizni har qanday shaxs ko’rganda uning ishlash prinsipi bilan tanishib chiqishi uchun dastaval biz uchun shamol energetikasi va undan foydalanish haqida dastlabki qisqacha malumot bilishi kerak. Shu boisdan ham quyida shamol energetikasi haqida qisqacha malumotlar keltrib o’tilgan. Shamol energetikasi – mexanik, elektr va issiqlik energiyani olish uchun shamol energiyadan foydalanish nazariy asoslarni, usullarni va vositalarni ishlab chiqadigan hamda energetikada shamol energetikasidan maksadga muvofoq bо‘lgan soha va masshtablarni belgilaydigan fan va texnikaning tarmog‘idir. Shamol energiyasidan eng maqbul foydalanish nazariy va amaliy masalalarni, qurilmalarni va ularning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni smarali ishlatish hamda shamol energetik qurilmalardan foydalanish tajribani umumlashtiradi. Zamonaviy shamol energetikasi keskinlik bilan rivojlanayotgan energetikaning tarmoqlardan biri hisoblanadi. Uning bir yilda usish sur’atlar 30% ga yaqin. Shamoldan olingan elektr energiyasining afzalliklari Shamol energiyaning afzaliklarga, birinchi navbatda, yaqin bо‘lishi, barcha joylarda tarqalganligi va amalda resurslarning tuganmasligi kiradi. Energiya manbani qazib olish va iste’mol qilish joyiga transportlash zaruriyati yо‘q: shamol о‘zi uning yо‘lida о‘rnatilgan shamol dvigatelga о‘tadi. Shamolning ushbu о‘ziga xos xususiyati yetib borish qiyin bо‘lgan (chо‘l, sahro, tog‘lik va b.), markazlashgan energiya ta’minoti manbalardan uzoq bо‘lgan mintaqalar va katta yer maydonda taksimlangan nisbatan kichik (quvvati 100 kVt-gacha) energiya iste’molchilar uchun juda muhim axamiyatiga ega. Yer yuzida shamol energiyasining paydo bo’lish sabablari Shamol vujudga kelishining asosiy sababi yer yuzalarni quyosh bilan notekis qizdirishdan sodir bo‘ladi. Yer yuzalar bir jinsli emas: quruqlik, okeanlar, tog‘lar, urmonlar bir xil kenglikdagi yuzalarni har xil qizishini belgilaydi. Yernig aylanishi ham havo oqimlarning aylanishiga olib keladi. Ushbu barcha sabablar atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasini murakkablashtiradi. U yoki bu darajada bir biriga bog‘langan qator yakka sirkulyatsiyalar vujudga keladi. Ekvatorda yer yuzalarning yaqinida kuchsiz o‘zgaruvchan shamollar bilan tinchlik sohasi joylashgan. Tinchlik sohasidan shimol va janub tomonida passatlar sohalari joylashgan, ular Yerning g‘arbdan sharqqa aylanish oqibatda ular g‘arbga og‘ish xususiyatiga ega. Shunday qilib, shimoliy yarim sharda doimiy shamollar shimol-sharqdan keladi, janubiy yarim sharda esa - janub-g‘arbdan. Yer atmosferaning umumiy sirkulyatsiyalanish sxemasi Bizning shamol generatorimiz ham shamol energiyasidan foydalanib elektr energiyasini ishlab chiqaradi.Shamol turbinamizning shakli vertikal shamol parragi deyiladi.Vertikal shamol turbinamizning o’zgacha ko’rinishlari shundaki kuchsiz shamollarda ham ishlay olishi va boshqa vertikal shamol turbinalarga nisbatan ikki karra tez ishlay olishi. Bizning loyihamizdagi vertikal shamol turbinasini dastaval chizmasi bilan tanishib chiqamiz: a) Yon tomondan ko’rinishi b) to’g’ridan ko’rinishi 1-rasm Vertikal shamol turbinamiz ko’rinishi 1-rasm a) da ko’rsatilgan holda bo’ladi. Rasmdagi 1) shamol parragimiz tayanchi korpusi. 2) Shamol parragimizni shamol yo’nalishiga moslab burib turuvchi dum qismi. 3) Parraklarni yarmini to’sib turuvchi yarim silindr. 4) Shamolda aylanuvchi parraklar. 1-rasm b) 1-tayanch (korpus), 2-Yarim silindr, 3-shamol ro’li, 4Parraklar. Shamol turbinamiz ishlash prinsipi va ish unumdorligini oshirib beruvchi tamoyillari: Shamol parragimiz odatdagi shamol generatorlarga nisbatan ikki karra tezroq ishlaydi.Boisi shamol turbinamizning yarmi parraklari yarim silindr bilan to’sib qo’yilgan.Bunda shamol kelganda parraklar aylanish yo’nalishida kelgan shamol parraklarni aylantiradi unga qarshi kelgan yarim silindr bilan aylanib o’tib ketadi. Boshqa turdagi vertikal shamol parraklar doimiy holatda shamolga to’g’ridan to’g’ri qo’yiladi va bu esa shamol geberator ish unumdorligini pasaytradi.Bizning yangi dizayndagi shamol generatorimizda bu kamchilik bartaraf etilgan.Aynan shu texnologiya bilan bizning shamol turbina ish unumdorligi ikki barobarga oshdi. a) Chizma ko’rinishi b) real holat ko’rinishi 2-rasm 2-rasm a) da yarim silindrga joylashtirgan parraklar tizimini chizma ko’rinishi ifodalangan yani eskizi. 2-rasm b) holatda yarim silindrga joylashtirgan parraklarni real holatdagi tasviri ko’rsatilgan. Aynan shu yarim silindrga joylashtrishimiz parraklar shamolda aylanishida teng yarim yelkani shamolga yo’naltiradi qarama qarshi yo’nalishda aylanayotgan yarim yelkani shamol to’sqinligidan himoya qiladi. Ya’ni aytmoqchi bo’lgan asosiy ishlash mexanizmi shamol parrakga tasir qilayotganda parrak yelkalarining yarmi bizdan ketuvchi yarim yelka bizga qarab keluvchi bo’ladi bir ondagisini tasavvur qilsak.Ana o’sha yarim yelkadagi parraklarga bizning turbinamizda shamol qarshilik ko’rsatmaydi.Ana shu ish sikli doimiy ravishda aylanma harakatda davom etib turadi. Amaliyotda natijalar olish uchun nazariy g’oyamizni hayotda sinab ko’rish uchun maket yasab natija oldik aynan shu loyihadagi shamol turbinasining bir necha marta kichraytrilgan shaklida. 3-rasm Biz shamol turbinamizning bir donasi 1kVt elektr energiyasi ishlab chiqarishi uchun o’lchamlari qanday bo’lishi ekanligi bilan tanishib chiqmiz: Shamol oqimi quvvati hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz; N shamol . oqimi=0,0049 ⋅ q ⋅V ⋅ F Shamolning oqimi quvvatini aynan shu ifoda orqali topamiz. kg m q- havoning zichligi ( m ) ; V- havo oqimining tezligi ( s ) ; 3 2 F- shamol tasir etayotgan maydon yuzasi ( m ); kg m q=1.29 m havoning zichligi; V= 5 s deb o’rtacha shamol tezligi 3 2 qiymatini olsak; F=12 m deb bitta parrak yuzasini olsak; N shamol . oqimi=0,0049 ⋅ 1.29 ⋅5 ⋅12=0,379 W Shamol energetik qurilmasi quvvatini topish formulasi 2 N sham .ener .qur . =0,00386 ⋅q ⋅V ⋅ D ⋅ ε par . ⋅η¿ ⋅η gen kg kg q-havo zichligi ( m ); q=1.29 m 3 3 m V- havo oqimining tezligi ( s ) ; 2 D -ish g’ildiragining diametri (m); m V= 5 s D=4 (m) (a x b)= (4 x 3)m ε par. - parraklarda isrof bo’lgan havo oqimi energiyasi (birliksiz kattalik); ε par. =0.6 η¿ va η gen – reduktor va generatorning foydali ish koefitsenti (FIK) η¿ =90 % η gen=80 % Hisoblash ishlari Shamol energetik qurilmasining quvvatini topamiz; 2 N sham .ener .qur . =0,00386 ⋅ 1.29 ⋅ 5⋅ 4 ⋅0.6 ⋅ 90 ⋅80 =1720.8 Wat Shamol turbinamizning ham parrak yuzasi 4 x 3 (m) bo’lgani uchun ham quvvatini topib oldik.Endi 1720.8 Wat bu quvatning hammasi ham elektr energiyasi quvvatiga aylana olmaydi chunki ishqalanish kuchlari, qarshilik kuchlari yo’lida har qanday mexanizmda ham energiya isrof bo’ladi. Bu energiyaning 1000 Wat quvvati elektr energiyasi bo’lganda 720 wat isrof bo’ladi. Elektr generatorimiz 12 volt kuchlanish chiqarib bersa tok kuchini hisoblaymiz. P=IU ⇒ I = P U Hisoblash ishi quyidagicha bo’ladi I= P 1000 = =83 A U 12 12 volt olishimizning sababi bunday kuchlanishni saqlash, rostlash bizga qulay pateriya kamayadi va inson uchun ham havfli emas. Vertikal shamol turbinamizni Respublikamizning barcha joylarida ishlatishga mo’ljallangan. Shamol energetik qurilmamizning bir nechta fizik parametrik kattaliklari bilan tanishib chiqamiz; Shamol g‘ildirakning maqbul tezyuruvchaligi empirik formula bo‘yicha aniqlanadi: Z = 4 π / n =4 π / 6 =2.1 bu yerda p - shamol g‘ildirakdagi kurakchalar soni. shamol g‘ildirakning aylanish davri T: Т= 2 π πD = w ZV = π∗4 2.1∗4 =1.5 Vertikal shamol turbinamizni Respublikamizning barcha joylarida ishlatishga mo’ljallangan. Zamonaviy shamol generatorlar 3...4 m/s-dan to 25 m/s-gacha shamol tezliklarda ishlaydi. Aynan bizning qurilma ham shamol tezligi past bo’lgan holatlarda ham ishlaydi. Bizning loyihadagi Vertikal shamol turbinamiz uchun zarur bo’ladigan mablag’. T/r Shamol turbinasi qismlari Narxi 1 Parraklar (6 ta); yarim silindr; va tayanch 4 500 000 (4,5 mln) korpus. (bu detallar barchasi plastik so’m chiqindini qayta ishlab quyiladi.) 2 Elektr generator (dinam) 1 800 000 (1,8mln) so’m 3 Podchivnik ( 4 ta) va qotirish vositalari (bolt 900 000 so’m va gayka) 4 Parraklar o’rnatiladigan metal tir o’qi 400 000 so’m 5 Yarim silindr sistemasini burab beruvchi 946 000 so’m shamol ro’li (kontur shaklidagi qattiq plastik) 6 Jami: (1 AQSh dollari 10683 so’m ga teng 8 546 400 so’m (28.10.2021y) (kapitalbankda) 800 (AQSh dollar) Yuqoridagi jadvalda hisoblangan qiymat nisbiy bo’lib bu qiymatdan sal yuqori yoki past narxda tayorlanishi mumkin.Aynan hisoblagan qiymatimiz 01.11.2021 sanaga muvofiq hisoblangan vaqt o’tishi bilan bu qiymat sal oshish holati yuz berishi mumkin,Sababi ehtiyot qismlari narxi oshishi narxlarning oshishi bilan bog’liq. Shamol generatorimizning ishlatiladigan bir nechta joylarga misollar keltiramiz. a) b) c) 4-rasm 4-rasm a) da ko’rinadiki biz shamol turbinamizni ochiq tabiat zonalarga o’rnatsak bo’ladi.Bunday joylarda elektr energiyasi yetib bormagan uyxo’jaligi, fermerlik va chorvalik tashkilotlari keng foydalanadi.Fermer yoki bog’dorchilik yerlari, yerlarni sug’orishda va tomchilatib sug’orish vositalarni ishlatishda shamol turbinadan foydalanadilar. 4-rasm b) va c) rasmlarda shahardagi ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun ham mo’ljallangan.Bunda biz baland ko’p qavatli uyning bo’sh bo’lgan tom qismidan foydalanamiz. Shu bilan bir nechta xonadon muqobil energiya bilan doimiy taminlanadi. Quyidagi rasmda yana bir misol ko’rsatib o’tilgan; 5-rasm a) da Shamol turbinamizni qo’yib foydalanadigan joylardan yana bir misol shaharlarda bekatlar ustiga o’rnatib bekatni elktr chiroqlarini yoqishda va doimiy elktr manba bilan taminlashda foydalaniladi. 5-rasm b) da Hozirda amaliyotda natijalar olish uchun yangi geometrik shakladagi shamol turbinamizni kichraytrilgan maketi ko’rsatilagan. a) b) 5-rasm O’zbekistonda shamol energetikasining potensiali va uning salohiyati kelajakdagi istiqboli: O‘zbekistonda alternativ energetika O‘zbekiston boy an’anaviy energetik resurslarga ega: tabiiy gaz, ko‘mir, neft, slanes yoqilg‘isi, uran, gidroenergetik resurslaridir. Uran va slanes yonilg‘ilardan tashqari, qolgan barcha energetik manbalarning resurslari mamlakatning energetik balansida keng foydalaniladi. Lekin, 2020 yillarga borib, uglevodorod energiya tashuvchilarining kamaiyshi, an’anaviy energiya resurslarining tugashi sababli, 2030 yildan keyin mamlakatda iqtisodiy energetik nostabilliga olib kelishi mumkin.Shuning uchun ham biz hozirdanoq muqobil energiya turlaridan keng foydalanishimi kerak.Shu jumladan shamol energiyasida ishlovchi turbinalarning yangi texnologiyadagi turlaridan ommaviy foydalanish zarur. Ekspert baholariga ko‘ra, O‘zbekistonda qayta tiqlanadigan energiya manbalarining potensiali 51 mlrd. t n.e.-ga yaqin, texnikaviy potensiali esa – 182,32 mln. t n.e.-ni tashkil etadi, bu esa qazib chiqariladigan birlamchi energetik manbalarning hozirgi yillik hajmidan 3,1 marta kattadir. O‘zbekistondagi qayta tiqlanadigan energiya manbalarining potensiali (mln. t n.e.) QTEM turlari Gidroenyergiya, jami v sh.j. yirik daryolar kichik daryo, suv ombori va kanallar Quyosh energiyasi Shamol energiyasi Biomassa Geotermal suvlar Perotermal resurslar (quruq tog‘ jinslarining issiqligi) Jami Yalpi 9,2 8,0 1,2 50973 2,2 O‘zlashtirilgan 0,72 0,90 0,10 0,2 6700000 Texnikaviy 26,2 1,81 0,51 176,8 0,4 0,5 0 0 50993,8* 182,32 0,72 0 0 Yuqoridagi jadval malumotidan biz ko’rishimiz mumkinki shamol energiyasi yalpi 2,2 mln.t n.e. va 0.4 mln. t n.e. ekanligi malum bo’lyapdi.O’zlashtrilgan haqida hech qanday statistik malumot keltrilmagan.Bu esa hali shamol energiyasidan foydalanish uchun ko’proq izlanishlar inovatsiyalar qilishimiz kerakligini ko’rsatadi. О‘zbekistonda shamol energetikaning potensiali О‘zbekistonda shamol oqimlar, ularning vujudga kelish о‘ziga xos xususiyatlar va Respublikaning Osiyo qit’adagi geografik vaziyati tufayli, mavsumli tavsiflarga egadir. Respublikaning tekislik hududlarda shamolning о‘rtacha yillik tezligi 2...5 m/s tashkil etadi. Umuman olganda О‘zbekiston bо‘yicha shamol energiyasining yalpi potensiali 2223,2 ming t n.e. bilan baholanadi va mintaqalar bо‘yicha ancha notekis taqsimlangan: 4,3 ming t n.e.-dan Farg‘ona viloyatida va 924,7 ming t n.e.-gacha Qoraqalpog‘iston Respublikada. Shamol oqimning solishtirma quvvat Respublikada о‘rtacha 84,0 Vt/m2 tashkil etadi va о‘zgaradi 20,0 Vt/m2dan Andijon viloyatda to 104,0 Vt/m2-gacha Navoiy viloyatda. Shamol energiyaning potensialini baholash О‘zbekiston meteostansiyalar shamol tezligini kо‘zatish ma’lumotlar faqat unchalik katta bо‘lmagan balandlikda (10 metr) olinganligi sababdan, zamonaviy SHEQlarni muayyan joyda qurish uchun turli xil balandliklarda shamol tezliklar bо‘yicha aniq muntazam tadqiqotlarni о‘tkazish hamda shamol kadastrni tayyorlash zarur. Bu esa zamonaviy yirik SHEQlar uchun shamol tezliklar sharoitini baholash va shamol tezligining chо‘qqili davrlar bilan iste’molchilarning yuklama talablar orasidagi mosligi ta’minlash uchun kerak. О‘zbekiston olimlarning tadqiqotlar asosida Respublikaning qator mintaqalar uchun shamol energiyasidan foydalanish imkoniyati va istiqbollari belgilangan. Masalan, Toshkent viloyat xududning Bekabad-Kokand chizig‘ida 6 m/s dan kо‘p tezligi va yilda 42% taqrorligi bilan shamollar bо‘lib turadi. Bu xududa umumiy quvvat 240 MVt va 800 mln kVt soat dan ortiq yillik elektr energiyani ishlab chiqarish bilan 400-ta dona SHEQlarni joylashtirish mumkin. Ohirgi yillar quvvati katta bо‘lmagan (3,0 va 6,0 kVt) seriyali ishlab chiqarilgan SHEQlarni pilot (tajriba) quyosh-shamol tizimi tarkibidagi obekt telekommunikatsiyaning elektr ta’minot uchun tog‘ etagi, hamda 6 kVt quvvatli SHEQning tekislik xududlarda foydalanish tajribalar tо‘plangan. 2012 yilda Toshkent viloyatida Chorvak suv ombori xududida shamol parkda birinchi 750 kVt quvvatli tajriba SHEQ qurilgan, bir yilda 1,28 mln kVt×soat elektr energiyani ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Qurilmaning balandligi - 65 m, parrakning о‘lchami 50 m, minora asosining diametri 3,6 m. Tajriba SHEQning ish natijalarga asosan О‘zbekistonda shamol potensialga ega bо‘lgan mintaqalarda о‘xshash qurilmalarni qurilish iqtisodiy samaradorligini baholash mumkin bо‘ladi. 2021 yiliga qadar О‘zbekistonda istiqbolli mintaqalarda bir vaqtning о‘zida umumiy о‘rnatilgan quvvat 50 dan to 100 MVt gacha bо‘lgan SHEQlar parkni qurilishi rejalashtirilgan. Mamlakatda SHEQlar parkni barpo etish uchun eng qulay mintaqalardan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlar hamda avtonom Respublika Qoraqalpog‘iston hisoblanadi. Mamlakatimizning yuqori salohiyatli qayta tiklanadigan energiya manbalaridan to‘liq foydalanilsa, atmosfera havosiga chiqariladigan 450 million tonnaga yaqin is gazining (uglerod ikki oksidi) bartaraf qilinishiga erishish mumkin. Respublikamizning shamol yuqori bo’lgan hududlari universitetlar olimlari tomonidan o’rganilganada quyidagi joylarda shamol kuchli esadigan shamol oqimlari topildi. Samarqand viloyatida Kattaqo‘rg‘on suv ombori va Samarqand shahridagi Cho‘ponota hududi, Bulung‘ur, Qo‘shrabot va Payariq tumanlarida ham katta potensialga ega shamol yo‘nalishlari mavjudligi aniqlandi. Aslida viloyatning 70 foiz hududi uch metr sekund tezlikdagi shamol yo‘nalishlariga egadir. Yuqoridagi aytilganlar esa 3,5 – 4 metr sekund tezlikdan ortiq shamol yo‘llaridir. Hozirgi davlatimizning energiyaga bo’lgan ehtiyojini kelajakda qondirishning muqobil energiya manbalaridan ham foydalanishni davlatimiz rahbari ham o’z qarorlarida ko’rsatib o’tganlar.Shu o’rinda shamol energiyasidan foydalanish haqida ham bir qator qaror va siyosiy islohotlarida ham aytib o’tganlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 5-maydagi PQ2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish,qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirish, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan o‘tgan xalqaro energiyatejamkor ilg‘or texnologiyalar tadqiqotlarini amaliyotga maqsadli joriy etish sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida bir qator farmonlar davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilgan. Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg'ienergetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” Prezident qarori (PQ–4779, 10.07.2020 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq: - 2020-yil 1-avgustdan hududiy elektr korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1MVt gacha bo'lgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalardan, shu jumladan o'z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish bo'yicha tarif sotish, tarqatish va yetkazib berish xarajatlarini chegirib tashlagan holda II tarif guruhi iste'molchilari darajasida belgilanadi. Loyihani qiymatini hisoblash va afzalliklari Yangi dizayndagi Vertikal shamol turbinasi Familya ism sharifi:Alijonov Jasurbek Rustamjon o’gli Telifon raqami:+998911782378 Xudud ( viloyat,tuman,shaxar): Sirdaryo viloyati Guliston shaxri. Elektron manzil: alijonovjasurbekjj@gmail.com Loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag’lar miqdori Zarur bo’lgan umumiy mablag’- 480 000 000 so’m (480 mln so’m) Loyihaning maqsad va vazifalar Yurtimizda muqobil energiyadan foydalanish imkoniyati keng bo’lib aynan bizning loyihamizda shamol energiyasidan foydalanamiz.Vertikal shamol turbinamizni Respublikamizning barcha joylarida foydalanib ekologik toza arzon elektr energiyasi yetkazib berish. Shamol turbinamizdan shaharlarda, qishloqlarda, turli xil baland binolar ustiga o’rnatib,erkin iqtisodiy zonalarda zavodlarga ishlab chiqarish korxonalarga elektr energiyasi yetkazib berishda keng foydalansak bo’ladi.Shamol turbinamiz orqali energiya olishimizda atrof muhitga hech qanday zarar yekazmasdan chiqindilar chiqarmasdan ekologik toza energiya olinadi. Loyihaning amaliyotga tadbiqi: Taklif etayotgan loyixamizni shaharlarda ko’p qavatli uylar, bekatlar, baland binolar va shunga o’xshash joylar tepa qismining bo’sh joylarida unumli foydalangan holda shamol turbinamizni o’rnatib foydalansak bo’ladi.Qishloqlarda ham ko’plab joylarida foydalanish mumkin.Shulardan bir misol elektr energiyasi yetib bormagan fermer dala yerlarida shamoldan energiya yig’ib yerlarni sug’orish suv chiqarish va tomchilatib sug’orish inshootlarini elektr energiyasi bilan taminlashda foydalanamiz.Artezyan suv chiqarish elektr matorlarini ham aynan shu kabi shamol energiyasidan foydalanib ishlatsak bo’ladi. Shamol turbinamizdan foydalanishda yana bir qulay jihati shundaki, elektr toki istemol qiladigan korxona, uy, zavod yoki dala fermerligi va shunga o’xshash ko’plab joylarda aynan istemolchining istemol qiladigan elektr energiya quvatiga mos holda o’rnatib beriladi. Har bir shamol turbinamiz 1 kilowatt quvvatga ega bo’lsa, biron bir tashkilot yoki istemolchiga 20 kilowatt elektr energiyasi kerak bo’lsa biz shamol generatorimizni 20 tasini o’rnatsak aynan shu elektr energiya istemoli qoplanadi. Vertikal shamol turbinamizdan elektr energiyasini ishlab chiqarishni bir kunda taxminan kun bo’yi 8 soat shamol essa eng kam holatda bazi bir holatlarda bundan ham ko’p soatlarni tashkil qiladi.Agar biz 1 kVt dan bo’lgan 50 ta shamol turbinamizdan 50 kVt li elektr stansiyani tashkil qilsak. Kuniga 50 kVt x 8 soat =400 kVt soat shuncha energiya ishlab chiqarar ekan. Bu qiymatni bir yilligini hisoblasak, yani 365 kunligini 50 kVt x 8 soat x 365 = 146 000 kVt * soat bo’ladi. Kun davomida jami 8 soat shamol esishi ehtimoliy holat bo’lib biz eng kam o’rtacha soatni oldik bazi hollarda bu qiymat bundan ham oshadi,ya’ni ob havo o’zgarishi fasllar almashinishi havo iqlim o’zgarishida ko’proq shamol esish holati yuz beradi va kun davomida 8 soatdan ham ko’p vatqni tashkil qiladi.Bu esa o’z navbatida biz hisoblagan energiya quvatidan oshiqni beradi va zaxirada turadi qolgan elektr energiya. Demak, shuncha yuqorida hisoblangan elektr energiya istemoli umumiy (davlat) elektr tarmog’idan olingan elektr energiyadan 146 000 kVt * soat ni shamol energiyasidan olgan elektr stantsiyasi orqali ishlab chikargan elektr energiya xisobiga tejashi mumkin ekan. Endi vertikal shamol turbinamiz orqali qurilgan 146 000 kVt*soat quvatli stantsiyasiga ketgan xarajjatlarini qoplash muddatlarini xisoblaymiz. Aynan bu shamol generatorimiz orqali qurilgan 146 000 kVt * soat quvatli stansiyamiz bir misol tariqasida ko’rsatib o’tilyapdi.Bu qiymatni istemol quvvatiga qarab hisoblab beriladi. Hozirgi kunda elektr energiya tarifi 1 kVt∙soat=295 so’m 0 tiyinni tashkil qiladigan bo’lsa, u holda ketgan xarajjatlarini qoplash muddati N ni hisoblaymiz.Endi biz bir necha yilda qoplanishini hisoblashimizda yuqoridagi tarif narxini 450 so’m deb olamiz sababi yillar o’tib tarif narxi oshib boradi. N = (Vertikal shamol turbinamiz orqali qurilgan elektr stantsiyasi uchun ketgan xarajjatlar)/ (1 kVt soatga tarif)∙(ishlab chiqarilgan elektr energiyasi) = 480000000/ 450∙146 000 =480 000 000/65 700 000=7,3 yil. Demak, taxminan hisob-kitoblarga qaraganda 6-yildan boshlab 7 yillarda ketgan xarajjatlarini qoplaydi, chunki elektr energiya narxi oshishi hisobiga. Quyosh elektr stantsiyasini qolgan 10 yilda ishlab chikargan elektr energiyasi 1 460 000 kVt∙soatga teng. Bu esa o’sha istemolchining 146 000 kVt*soat elektr energiyasi toza foydasi hisoblanadi.Shamol elektr stantsiyasi 15 yildan keyin ham ishlaydi. Qo’shimcha ma’lumotlar: Tadqiqot vositalari va usullari: Texnik jixozlar yarimo’tkazgichli qurulmalar . Loyiha ijrochilari haqida ma’lumot: Loyiha raxbari: Alijonov Jasurbek Rustamjon og’li Ijrochilar: talaba:Alijonov Jasurbek, O’qituvchi:Maripov Ilhomjon XARAJATLAR SMETASI. Respublikamizning ko’plab arzon muqobil energiyaga zaruriyati bor joylarni taminlashda ishlatiladigan yangi zamonaviy shamol turbinasi. YANGI DIZAYNDAGI ZAMONAVIY VERTIKAL SHAMOL TURBINASI Loyihaning qisqacha mazmuni (400 ta so’zdan ko’p bo’lmagan xolda) Taklif etayotgan loyixamizda shamol generatorimiz bir donasi 1 kVt energiya chiqarib bera oladi.Bu turbinasini quvvatni birlashtrib bir nechta oshiramiz va shamol elektr energiyasi qancha quvvati zarur bo’lsa shu 1. quvvatga proporsional ravishda bir nechta turbina o’rnatiladi.Shamol turbinamiz boshqa shamol turbinasidan afzalligi bir xil shamol esib turganda bizning turbina ikki karra tez aylanadi va ikki barobar ko’p quvvat chiqarib beradi. 2. 3. 4. 5. 6. 7. Loyihani amalga oshirish va qoplash muddatlari (boshlanish va yakunlash sanasi – yillarini ko’rsatiladi) Zarur bo’lgan moliyalashtirish hajmi (ming so’m) Loyihaning jamoasi xaqida ma’lumot (shaxsiy tarkib, malakasi, loyixadagi roli) Qo’llanilayotgan texnologiyalar, ularning yangilik darajasi va intellektual mulkni ximoya qilish borasida ko’rilgan choralar xaqida ma’lumot Marketing rejasi (amalga oshirish strategiyasi, bozor xajmi, qaysi auditoriyaga yo’naltirilganligi, asosiy kommunikatsiyaga sotish kanallari, raqobat muhiti va boshqalarni qamrab olgan xolda) Xarajatlar smetasining kalkulyatsiyasi (mehnatga haq to’lash fondi, material resurslarning bazaviy narxlari, mehnat intensivligi, mashina va mexanizmlarni ishlatish bilan bog’liq xarajatlar, xatarlarni sug’urtalash Loyixa qisqa muddatda amalga oshiriladi boshlanish muddati 28.10.2021 01.11.2023 gacha (Loyiha boshlanishi moliyalashtirilgandan so’ng boshlanadi) Zarur bo’lgan mablag’ 480 000 000 so’m Loyixa raxbari-J.R.Alijonov , ijrochilar I.I.Maripov, V.T.Rahmonov Bu loyixi xozirgi zamon fanining eng oxirgi yutuqlariga asoslangan bo’lib, qurilma asosan plastik chiqindilar qayta ishlanib shu materialdan ko’plab qattiq qismlari va korpus qismi teriladi. Loyixadan kutilayotgan maqsad xozirgi kunda global muommoga aylanib borayotgan elektr energiyasiga bo’lgan talabni qondirishda va ekologiyaga zarar yetkazmasdan elktr energiyasi olish.Yurtimizda aholining muqobil enrgiyadan keng foydalanishini taminlash va ularda keng tasavur uyg’otish. Shamol generatorimiz umumiy quvvatidan kelib chiqadigan narxi 1kVt ga 800 AQSh dollar ketadi.Bizda: 56,16 kVt x 800 $ = 44 931 $ bunda (1 AQSh dollari 10683 (kapitalbankda) so’m ga teng (28.10.2021y) 8. 9. 10. xarajatlari, ustama xarajatlar va boshqa xarajatlar, mahsulotning ulgurji narxi va hokazo). Shunda 56 kVt li shamol elektr stantsiyasining hisob Ishlab chiqarish rejasi (xom ashyo, materiallar, extiyot qismlar, uskunalarning turi, ishlab chiqaruvchi davlat va boshqalar). Ishalab chiqarish rejasi aynan o’zimizning davlatda bo’ladi kerakli materiallar plastik chiqindilardan tayorlanadi.Ehtiyot qismlarining bazilari o’zimizning ichki bozordan olinadi. Daromad prognozi (sotish hajmi, pul daromadlari va xarajatlar balansi, hisobga pul mablag’larining kelib tushishi prognozi va boshqalar). Xisob-kitoblarga qaraganda 6-yildan boshlab 7 yillarda ketgan xarajjatlarini qoplaydi, chunki elektr energiya narxi oshishi hisobiga. Shamol elektr stantsiyasini qolgan 10 yilda ishlab chiqargan elektr energiyasi 1 460 000 kVt∙soatga teng. . Bu esa shamol turbinasidan foydalanuvchining 1 460 000 kVt∙soat elektr energiyasi toza foydasi hisoblanadi. kitoblarga qaraganda umumiy narxi taxminan 480 000 000 so’mni tashkil qiladi. Sertifikatsiya xaqidagi hujjatlar (muvofiqlik sertifikatlari, gigiena, yong’in xavfsizligi va boshqa sertifikatlarning nusxalari). Agar innovatsion mahsulot majburiy sertifikatsiya qilish zarur bo’lgan maxsulotlar toifasiga kirmasa, yuqorida (ushbu bandda) belgilangan hujjatlar mavjud bo’lsa taqdim qilinadi Sana: Imzo:
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )