10-mavzu. Texnik tizimlarda tarmoq xavfsizligi. Reja : 1. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining xavfsizligini ta’minlash Tizim ishlashiga ta’sir qiluvchi kiber hujumlarni aniqlash va tahdidlardan himoya qilish, hujumlarni qaytarish mexanizmlarini o‘rganish. 2. Commodo, FirewallPro, Avast Internet Security Kerio tarmoqlararo ekran dasturlaridan foydalanish Tayanch so’z va iboralar: Internet, model, Operatsion Commodo, FirewallPro, Avast Internet Security, Kerio, Control files, AVG, VPN online redo log files, Operativ jurnal. Tarmoq xavfsizligi Yillar davomida tashkilotlar kichik shaharcha aholisi uylarining eshiklarini qulflamagandek tarmoq xavfsizligiga e’tiborsiz edi. Internet va global tarmoqning keng tarqalishi tarmoqqa bo‘lgan bunday munosabatga o‘z ta’sirini o‘tkazishi natijasida ochiq eshiklar yopiladigan va qulflanadigan bo‘ldi. Xavfsizlik nima uchun muhim? Xavfsizlik muhimdir, chunki kompyuter tizimlari va tarmoqlari himoyalanishi zarur bo‘lgan keng spektrdagi axborot va resurslarni o‘zida saqlaydi. Siz Internet orqali xarid qilish uchun o‘z kredit kartangizdan foydalanganingizda siz shartnoma tuzayotgan vaqtda Internetdagi sotuvchi sizga xavfsiz aloqa ta’minlayotganiga ishonasiz va Siz berayotgan ma’lumotlar uchun hech qanday xavf yo‘qligiga ishonch bildirasiz Bugungi kundagi identifikatsiyaga tahdid yuqori bo‘lgan davrda tashkilot xodimlari Xavfsizlik bo‘limiga o‘zining ijtimoiy himoya nomeri yoki oilaga oid axborot kabi shaxsiy ma’lumotlari himoyadaligiga ishonadi. Talaba tajriba natijalarini kiritayotganida har gal kompyuterda ishlash imkoni borligi va dastur ishlayotganiga ishonch hosil qiladi. Bular nima uchun tarmoq xavfsizligi zarurligini namoyon etuvchi ba’zi sabablardir. Bu va boshqa sabablarni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 1. Axborot va resurslarni shunday himoyasiki, bunda tijorat yoki tashkilotlar muammo va uzilishlarsiz o‘z faoliyatini saqlab qoladi. 2. Tibbiy yozuvlar kabi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanishi kafolatlanadi 3. Identifikatsiya va kredit kartalarini o‘g‘irlanishidan himoya etadi. 4. Ish jarayonlari oqimini oila a’zolari, talabalar va tashkilot xodimlarining ishlashi va o‘yinlar o‘ynashida to‘xtash va buzilishlar yuz bermaydigan etib,engillashtiradi. 5. Kompyuter xakerlarini keyingi zararli hujumlar uyushtirishdan to‘xtatadi. Xavfsizlik bo‘yicha amaliy tayyorgarliklar Hujumlardan amaliy himoyalanish mustahkamlikni oshirish jarayonidagi qadamdir. Mustahkamlikni oshirish o‘z tarkibiga tarmoq himoyasi va operatsion tizim usullari orqali hujumni to‘xtatish yoki oldini olish uchun belgilangan vazifalarni qabul qiladi. Siz ishlayotgan tizimni mustahkamlash yo‘lida bir nechta umumiy qadamlar mavjud: 1. Operatsion tizim va tarmoq himoyasi imkoniyatlari bo‘yicha imkoni boricha ko‘proq ma’lumot bilishga intiling va ulardan foydalanishni o‘rganing. 2. Yangi hujumlar va ularni qayta ishlash uchun himoya tashklotlarining veb-sahifalarida tez-tez maslaxat olib turing. 3. Operatsion tizimni ishlatishingiz uchun absolyut zarur bo‘lgan xizmat va jarayonlarnigina yuriting va kerak bo‘lmaydiganlarini o‘chirib tashlang, chunki bunda hujumchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq TCP/UDP portlar va operatsion tizim dasturlari va jarayonlari sonini kamaytiradi (hujum maydonini kamaytirish deb ham ataladi). 4. Imkon bo‘lsa, alohida server, fayrvol va marshrutizatorlardan foydalaning. Ko‘p funksiya bajaradigan kompyuter va tarmoq qurilmalari hujumchilar uchun ko‘p ochiq darchalar yaratishi mumkin. Masalan, Internet, DNS va marshrutizatsiya funksiyalarini yagona serverda jamlamang. Alohida server va qurilmalarni boshqarish ham soddaroq, himoya etish ham osonroq. 5. Operatsion tizimning foydalanuvchi login va parollari, himoyalangan guruhlar, huquqlar, himoyalanish siyosatlari, loginni o‘chirish, himoya protokollari, shifrlash va autentifikatsiya kabi himoya uchun mo‘ljallangan imkoniyatlarini o‘rganing va ulardan foydalaning. Hujumchilarga qarshi imkoni boricha ko‘proq to‘siqlar qo‘ying. 6. Muntazam ravishda himoya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan darchalarning joyini aniqlash va shu erga yo‘naltirilgan himoyalash kabi usullar qanday o‘rnatilganini tekshirib boring. 7. Foydalanuvchilarni ongli ravishda himoyalanishga o‘rgatib boring. 8. Hujum yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun doimiy ravishda operatsion tizimni nazorat qilib boring. 9. Bir operatsion tizim, masalan, Mac OS X boshqa operatsion tizim, misol uchun, Windows 7 dan hujumga kamroq moyil, deb, xato qilmang. Barcha operatsion tizimlar o‘z nozik tomonlariga ega va hujumchilar barcha turdagi operatsion tizimlarga hujum uyushtirish uchun zararli dasturlar yozishadi. Android va iOS kabi mobil operatsion tizimlar ham bundan mustasno emas. Masalan, Android asosidagi smartfon va planshetlar chiqqanining birinchi yilidayoq ularga bo‘lgan hujumlar soni asosan dastur yuklash orqali hujum hisobiga 400 foizga oshdi. iOS mobil qurilmalariga bo‘lgan hujumlar Android qurilmalariga nisbatan ko‘p bo‘lmaganiga qaramasdan, ularga bo‘lgan hurujlar ham o‘sdi. Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish Operatsion tizimlar tizim mustahkamligini ta’minlovchi ko‘p imkoniyatlarga ega. Sozlash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning ba’zilari quyidagilardir: 1. Tarmoq tizimida ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi tizimga mustahkam parol bilan kirishni talab eting. 2. Foydalanuvchilar tarmoqqa kirishi vaqtida autentifikatsiya va shifrlashning operatsion tizimlaringiz taklif eta oladigan eng mukammal shakllaridan foydalaning. 3. Tarmoq ulanishlari uchun raqamli sertifikatsiyali himoyadan foydalaning. Raqamli sertifikatsiya tarmoq kompyuterlari o‘rtasida uzatish asl ekanligini tekshirish, ya’ni ulanayotgan qurilmalar haqiqatda o‘zligi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun zarur. 4. Jild va fayllar xavfsizligi uchun huquqlarni sozlab qo‘ying. 5. Umumiy foydalanish huquqlari kabi umumiy foydalaniladigan resurs himoyasidan flydalaning. 6. Foydalanuvchilar uchun “qiyin” parolь talabi va tarmoqqa ma’lum marta kira olmagandan keyin foydalanuvchi hisob yozuvini bloklash kabi xavfsizlik siyosatini o‘rnating. 7. Simsiz tarmoq uchun tizimda mavjud eng yuqori himoya darajasini o‘rnating. 8. Uzoqdan ulanishlar, ayniqsa simsiz tarmoqlar xavsizligi uchun Virtual xususiy tarmoq – VPNdan foydalaning. 9. Muntazam ehtiyot uchun nusxalash kabi buzilishdan keyin tiklash texnologiyalaridan foydalaning. Hatto ko‘p narsani biladigan odamlar ham ba’zida uyga ishdan nozik ma’lumotni olib kelishi va operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Bir misol – yuqori lavozimda ishlovchi havfsizlik xizmati ofitseri mahfiy fayllarni uyda ular bilan ishlash uchun olib kelgan, deylik. Bu fayllar etarlicha himoyalanmagan va ihtiyoriy odam, shuningdek, Internet orqali hujum uyushtiruvchi yoki chet el razvedka agentligining josusi tomonidan ochib ko‘rish mumkin. Boshqa bir misolda kompaniyaning server administratori o‘z uyidan uzoqdan ulanish usuli bilan serverga ba’zi texnik xizmatlar ko‘rsatish uchun kirgan. Afsuski, uning uy kompyuteri virus tekshiruvchi dasturdagi yangilanish xizmatining vaqti tugagan sababli virus bilan zararlangan edi. Natijada virus serverga o‘tib ketdi. Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish. Siz tarmoqda ishlata oladigan bir nechta mustahkamlash usullari mavjud. Ulardan ba’zi usullar maxsus tarmoq uskunalaridan foydalanishni talab etadi, boshqalari esa o‘z ichiga dasturiy ta’minotni oladi. Tarmoqni mustahkamlash usullarining eng oddiylari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. tarmoqning ma’lum qismlariga kim kirganini nazorat qilish uchun tarmoqni kommutator va marshrutizator asosida loyihalash; 2. tarmoq fayrvollari va opersion tizim fayrvollaridan foydalanish; 3. xavfsizroq simli tarmoqlarni loyihalashda yulduzsimon topologiyasidan foydalanish; 4. tarmoqdagi faollikni muntazam nazorat qilish. tarmoq Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi samarali himoya yechimlari Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda. Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi. Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qara-tishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi: axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish (Eavesdropping); xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service) portlarni tekshirish (Port scanning). Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa liniyalari, Internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin. Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib berish va aksincha) standartidagi raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman sezilmaydi. Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni bajaraveradi. Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina oldindan ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud: IPSec (Internet protocol security) protokoli; VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq; IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi. Ipsec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish imkonini beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro aloqasida dastur va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Ipsec protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning sirliligini, ya’ni faqatgina yubo-ruvchi va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini, axborotning sofligini hamda paketlarni autentifikatsiyalashni amalga oshiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy vosita bo‘lib qoldi, Ipsec protokoli esa aynan quyidagilar uchun samarali himoyani ta’minlaydi: bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda; uzoq masofadan turib, korxonani Internet orqali boshqarishda; homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda; elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda. VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida ta’riflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar o‘rtasida barcha ma’lumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani ta’minlashga qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi. VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN tarmog‘iga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali himoyalangan tunelni qurish mumkin. Bunday tarmoqni yaratish uchun sizga har bir tarmoq qismining bitta kompyuteriga filiallar o‘rtasida ma’lumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus VPN shlyuz o‘rnatish kerak. Har bir bo‘limda axborot almashishi oddiy usulda amalga oshiriladi. Agar VPN tarmog‘ining boshqa qismiga ma’lumot jo‘natish kerak bo‘lsa, bu holda barcha ma’lumotlar shlyuzga jo‘natiladi. O‘z navbatida, shlyuz ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradi, ishonchli algoritm asosida shifrlaydi va Internet tarmog‘i orqali boshqa filialdagi shlyuzga jo‘natadi. Belgilangan nuqtada ma’lumotlar qayta deshifrlanadi va oxirgi kompyuterga oddiy usulda uzatiladi. Bularning barchasi foydalanuvchi uchun umuman sezilmas darajada amalga oshadi hamda lokal tarmoqda ishlashdan hech qanday farq qilmaydi. Eavesdropping hujumidan foydalanib, tinglangan axborot tushunarsiz bo‘ladi. Bundan tashqari, VPN alohida kompyuterni tashkilotning lokal tarmog‘iga qo‘shishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tasavvur qilamiz, xizmat safariga noutbukingiz bilan chiqqansiz, o‘z tarmog‘ingizga ulanish yoki u yerdan biror-bir ma’lumotni olish zaruriyati paydo bo‘ldi. Maxsus dastur yordamida VPN shlyuz bilan bog‘lanishingiz mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib borishigiz mumkin. Bu nafaqat qulay, balki arzondir. VPN ishlash tamoyili. VPN tarmog‘ini tashkil etish uchun yangi qurilmalar va dasturiy ta’minotdan tashqari ikkita asosiy qismga ham ega bo‘lish lozim: ma’lumot uzatish protokoli va uning himoyasi bo‘yicha vositalar. Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi. 10.1-rasm. Virtual Ethernet qurilmasi IDS tizimlari arxitekturasi tarkibiga quyidagilar kiradi: himoyalangan tizimlar xavfsizligi bilan bog‘liq holatlarni yig‘ib tahlillovchi sensor qism tizimi; sensorlar ma’lumotlariga ko‘ra shubhali harakatlar va hujumlarni aniqlashga mo‘ljallangan tahlillovchi qism tizimi; tahlil natijalari va dastlabki holatlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni ta’minlaydigan omborxona; IDS tizimini konfiguratsiyalashga imkon beruvchi, IDS va himoyalangan tizim holatini kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan mojarolarni kuzatuvchi boshqaruv konsoli. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (NIDS) ishlash tamoyili quyidagicha: 1. tarmoqqa kirish huquqiga ega bo‘lgan trafiklarni tekshiradi; 2. zararli va ruxsatga ega bo‘lmagan paketlarga cheklov qo‘yadi. Sanab o‘tilgan xavfsizlik bosqichlarini qo‘llagan holda Eavesdropping tahdidiga qarshi samarali tarzda himoyalanish mumkin. DOS (Denial-of-service) tarmoq hujumning bu turi xizmat qilishdan voz kechish hujumi deb nomlanadi. Bunda hujum qiluvchi legal foydalanuvchilarning tizim yoki xizmatdan foydalanishiga to‘sqinlik qilishga urinadi. Tez-tez bu hujumlar infratuzilma resurslarini xizmatga ruxsat so‘rovlari bilan to‘lib toshishi orqali amalga oshiriladi. Bunday hujumlar alohida xostga yo‘naltirilgani kabi butun tarmoqqa ham yo‘naltirilishi mumkin. Hujumni amalga oshirishdan oldin obyekt to‘liq o‘rganilib chiqiladi, ya’ni tarmoq hujumlariga qarshi qo‘llanilgan himoya vositalarining zaifligi yoki kamchliklari, qanday operatsion tizim o‘rnatilgan va obyekt ish faoliyatining eng yuqori bo‘lgan vaqti. Quyidagilarni aniqlab va tekshirish natijalariga asoslanib, maxsus dastur yoziladi. Keyingi bosqichda esa yaratilgan dastur katta mavqega ega bo‘lgan serverlarga yuboriladi. Serverlar o‘z bazasidagi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga yuboradi. Dasturni qabul qilgan foydalanuvchi ishonchli server tomonidan yuborilganligini bilib yoki bilmay dasturni o‘rnatadi. Aynan shu holat minglab hattoki, millionlab kompyuterlarda sodir bo‘lishi mumkin. Dastur belgilangan vaqtda barcha kompyuterlarda faollashadi va to‘xtovsiz ravishda hujum qilinishi mo‘ljallangan obyektning serveriga so‘rovlar yuboradi. Server tinimsiz kelayotgan so‘rovlarga javob berish bilan ovora bo‘lib, asosiy ish faoliyatini yurgiza olmaydi. Server xizmat qilishdan voz kechib qoladi. 10.2-rasm. Xizmat qilishdan voz kechish (DoS) hujumini tashkil qilish Xizmat qilishdan voz kechish hujumidan himoyalanishning eng samarali yo‘llari quyidagilar: tarmoqlararo ekranlar texnologiyasi (Firewall); IPsec protokoli. Tarmoqlararo ekran ichki va tashqi perimetrlarning birinchi himoya qurilmasi hisoblanadi. Tarmoqlararo ekran axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT)larida kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni boshqaradi va ma’lumotlarni filtrlash orqali AKT himoyasini ta’minlaydi, belgilangan mezonlar asosida axborot tekshiruvini amalga oshirib, paketlarning tizimga kirishiga qaror qabul qiladi. Tarmoqlararo ekran tarmoqdan o‘tuvchi barcha paketlarni ko‘radi va ikkala (kirish, chiqish) yo‘nalishi bo‘yicha paketlarni belgilangan qoidalar asosida tekshirib, ularga ruxsat berish yoki bermaslikni hal qiladi. Shuningdek, tarmoqlararo ekran ikki tarmoq orasidagi himoyani amalga oshiradi, ya’ni himoyalanayotgan tarmoqni ochiq tashqi tarmoqdan himoyalaydi. Himoya vositasining quyida sanab o‘tilgan qulayliklari, ayniqsa, paketlarni filtrlash funksiyasi DOS hujumiga qarshi himoyalanishning samarali vositasidir. Paket filtrlari quyidagilarni nazorat qiladi: fizik Interfeys, paket qayerdan keladi; manbaning IP-manzili; qabul qiluvchining IP-manzili; manba va qabul qiluvchi transport portlari. Tarmoqlararo ekran ba’zi bir kamchiliklari tufayli Dos hujumidan to‘laqonli himoyani ta’minlab bera olmaydi: loyihalashdagi xatoliklar yoki kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarning har xil texnologiyalari himoyalana-yotgan tarmoqqa bo‘ladigan barcha suqilib kirish yo‘llarini qamrab olmaydi; amalga oshirish kamchiliklari — har bir tarmoqlararo ekran murakkab dasturiy (dasturiy-apparat) majmua ko‘rinishida ekan, u xatoliklarga ega. Bundan tashqari, dasturiy amalga oshirish sifatini aniqlash imkonini beradigan va tarmoqlararo ekranda barcha spetsifikatsiyalangan xususiyatlar amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiladigan sinov o‘tkazishning umumiy metodologiyasi mavjud emas; qo‘llashdagi (ekspluatatsiyadagi) kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarni boshqarish, ularni xavfsizlik siyosati asosida konfiguratsiyalash juda murakkab hisoblanadi va ko‘pgina vaziyatlarda tarmoqlararo ekranlarni noto‘g‘ri konfiguratsiyalash hollari uchrab turadi. Sanab o‘tilgan kamchiliklarni IPsec protokolidan foydalangan holda bartaraf etish mumkin. Yuqoridagilarni umumlashtirib, tarmoqlararo ekranlar va IPsec protokolidan to‘g‘ri foydalanish orqali DOS hujumidan yetarlicha himoyaga ega bo‘lish mumkin. Port scanning hujum turi odatda tarmoq xizmatini ko‘rsatuvchi kompyuterlarga nisbatan ko‘p qo‘llanadi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq virtual portlarga e’tibor qaratishimiz kerak. Chunki portlar ma’lumotlarni kanal orqali tashuvchi vositadir. Kompyuterda 65 536ta standart portlar mavjud. Kompyuter portlarini majoziy ma’noda uyning eshigi yoki derazasiga o‘xshatish mumkin. Portlarni tekshirish hujumi esa o‘g‘rilar uyga kirishdan oldin eshik va derazalarni ochiq yoki yopiqligini bilishiga o‘xshaydi. Agar deraza ochiqligini o‘g‘ri payqasa, uyga kirish oson bo‘ladi. Hakker hujum qilayotgan vaqtda port ochiq yoki foydalanilmayotganligi haqida ma’lumot olishi uchun Portlarni tekshirish hujumidan foydalanadi. Bir vaqtda barcha portlarni tahlil qilish maqsadida xabar yuboriladi, natijada real vaqt davomida foydalanuvchi kompyuterning qaysi portini ishlatayotgani aniqlanadi, bu esa kompyuterning nozik nuqtasi hisob-lanadi. Aynan ma’lum bo‘lgan port raqami orqali foydalanuvchi qanday xizmatni ishlatayotganini aniq aytish mumkin. Masalan, tahlil natijasida quyidagi port raqamlari aniqlangan bo‘lsin, aynan shu raqamlar orqali foydalanilayotgan xizmat nomini aniqlash mumkin Port #21: FTP (File Transfer Protocol) fayl almashish protokoli; Port #35: Xususiy prInter server; Port #80: HTTP traffic (Hypertext Transfer [Transport] Protocol) gipermatn almashish protokoli; Port #110: POP3 (Post Office Protocol 3) E-mail portokoli. Kerio Control Bu sahifada hozircha hech qanday matn yoʻq. Siz bu atamani boshqa sahifalar ichidan qidirib koʻrishingiz yoki ushbu sahifaga oid qaydlarni koʻrib chiqishingiz mumkin. Nima uchun bu kerak? Kerio 7-versiyasida bir nechta qo'shimcha (yangi) modul mavjud: o'rnatilgan antivirusSophos odatdagidekMakafi Buzilishning oldini olish moduliQovurg'a . Bundan tashqari, ba'zi qo'shimcha funktsiyalar mavjud - masalan, tashqi antivirus plaginlaridan foydalanish. Bularning barchasi muntazam yangilanishni talab qiladi va ishlab chiqaruvchi bunday imkoniyatni bermaydi :) Faqatgina bitta usul mavjud - ushbu modullarning barchasini va ular uchun zarur ma'lumotlarni Kerio mahsulotlariga muvofiq ravishda qayta ishlangan ma'lumotlarga mustaqil ravishda yangilash. Muammo bunday ma'lumotlarning manbalarini topishda emas, balki uning taqdim etilish shakli Kerio mahsulotlari tomonidan yoki qabul qilingan ma'lumotlarga ishlov berish usuli bilan belgilangan muayyan standartlarga mos kelishini ta'minlashdir. Mutlaqo barcha modullar yangilanishlari uchun protokoldan foydalanadilarhttp (https) ), ma'lum bir tarzda tuzilgan veb-sayt yaratish talab qilinadi, shundan Kerio tayyorlagan mahsulot yangilanadi. Buning uchun nima kerak? 10.3-rasm. Xizmat ko’rsatish serverlari Aslida, har qanday konfiguratsiya, tur va joylashuvning veb-serveri - bu OT dan qat'iy nazar barcha talablar tipikdir. Biz vazifani iloji boricha soddalashtiramiz - operatsion tizimning ichki imkoniyatlaridan foydalanamizWindows i.e. IIS har qanday versiyasi ( bu erda ko'rib chiqilganIIS7). Biz quyidagi mahsulotlar uchun oynani yaratamiz:WebFilter, McAfee, Sophos, Snort va ClamAV. Bir nechta tushuntirishlar - antivirus uchun yangilanishlarMcAfee va ClamAV barqaror aloqalarda joylashgan va qoida tariqasida ular uchun oyna unchalik zarur emas. Biroq, barcha Internet manbalariga kirish ta'minlanmaydigan yopiq tizimlar mavjud, ammo bunday tizimlar uchun oynani almashtirish mumkin emas - uni flesh-diskdan to'ldirish mumkin. Ko'zgu antivirusidagi mahsulotlar soniga kiritilishi mumkinAvast! - bu antivirusdan foydalanish server litsenziyasini anglatishi va bunday dastur mustaqil ravishda yangilanishi sababli amalga oshirilmadi. Texnik jihatdan oyna yasangAvast! oson va m. u yaqinda amalga oshiriladi. Snort uchun yangilanishlar - Bepul va har doim mavjud, yagona muammo shundaki, ushbu yangilanishlarni Kerio foydalanadigan qoidalarga muvofiq qayta ishlash kerak. Sophos uchun yangilanishlar Internetda qidirish kerak va bunday manbalar mavjud, ammo ma'lumotlar taqdimoti, yangilanishi va yaxlitligi formatida beqaror. Nimadan boshlaymiz? Ma'lumotni saqlash uchun kerakli fayl tuzilishini yaratishdan. Keling, uni veb-serverimiz joylashgan jismoniy (yoki virtual) kompyuterda yarataylik. Ushbu struktura oddiy. (yana, soddaligi uchun biz yordam dasturlaridan birida berilgan tavsifdan foydalanamiz, keyinchalik foydalanish mumkin bo'lgan tavsif): Bundan tashqari, biz skriptlarimiz va oraliq natijalarni saqlash uchun papka yaratamiz - c: \\ autoit. Endi biz veb-serverni sozlaymiz (uning o'rnatilishi o'quvchi uchun qiyinchiliklarga olib kelmaydi deb taxmin qilinadi). O'rnatish paytida yaratilgan andoza joylashgan saytdan foydalanamiz c: \\ inetpub \\ wwwroot. Sozlamalarda nimani o'zgartiramiz: 1. Sayt bog'lanishiga uchta nom qo'shing(barcha ismlar shartli, ularning formati muhimdir) http protokoli uchun Updater, antivirusupdater.MyLocalDomain.ru va nomi sifatida -IP kompyuterning manzili 172.16.101.1, unda mijozlar yangilanishlarni tinglashlari va barcha tarmoq manzillarini tinglashlari mumkin. Nega shunday: manzil bo'yicha 10.3-rasm. Xizmat ko’rsatish serverlari nomyuqoriga ko'taruvchi har doim ham imkoni bo'lmaydigan DNS yozuvini talab qiladi. Bundan tashqari, Kerio-ning 64-bitli versiyalari qisqa nomlar bilan DNS javoblarini to'g'ri ishlamaydi, shuning uchun biz uni iloji boricha nom sifatida ishlatamiz.IP veb-server manzili. Uzun domen nomi versiyalarda ishlatilishi kerakKCONTROL 7.1.1 va KCONNECT 7.1.4 - Ism 23 belgidan iborat bo'lishi kerak, jumladan davrlar yoki undan ko'p. Tabiiyki, ismlar sizning didingizga qarab tanlanishi mumkin. Kerio yangilanishlar uchun protokoldan foydalanadihttps . Yamoq bunday bog'lanishni to'g'ridan-to'g'ri protokolni ko'rsatib olib tashlashi mumkin, masalan, masalan WebFilter - http: // Updater, ammo kutubxona uchunSophos muallif bunday imkoniyatni bermadi, bizni qoldirdiHTTPS protokoli, shuning uchun sayt bog'lanishida biz tizim bizga taklif qiladigan har qanday sertifikat bilan buni ko'rsatamiz. 2. MIME- qo'shing sayt uchun turlari. Barcha qo'shilgan qiymatlar turga ega bo'lishi kerakmatn \\ tekis. Quyidagi qiymatlarni qo'shing: McAfee: .log .bof .gem .msc .ini .pdb .so .nrc Snort: .rules .db Sophos: .ver .vdb .dat .ide .list .php ClamAv: .cvd .cld 3. Saytdagi voqea ishlov beruvchilarida fayllar uchun modul xaritasini qo'shing.rules tadbir uchun belgilanganidek StaticFile StaticFileModule, DefaultDocumentModule, DirectoryListingModule, so'rovni cheklash fayl \\ katalogiga kiritilganligiga ishonch hosil qiling. Biz xohlagan narsani chaqiring. 4. Sayt so'rovlarini filtrlashda fayl turidagi yozuvni o'chiring* .rules. 5. Biz ilgari yaratilgan fayl tuzilishiga havola qilib virtual katalog yaratamiz va kataloglar tarkibini ko'rishga imkon beramiz (osonroq, ammo noto'g'ri - butun sayt): Hammasi - Kerio mahsulotlarini yangilash uchun sayt yaratildi. Biz tarmoqdagi mavjudligini brauzerda kerakli kataloglarni ochib tekshiramiz -http: // Updater / snort yoki http://172.16.101.1/sophos yoki http://antivirusupdater.MyLocalDomain.ru/clamav Bo'sh kataloglar ochilishi kerak. Sayt nomi haqida yana bir bor aytaman: har bir mahsulot uchun o'z nomidan foydalanish mumkin, tanlov mahsulot versiyasiga, OS bit chuqurligiga va DNS sozlamalariga bog'liq. Nom ma'lum bir mahsulotni yamash paytida tanlanadi va veb-serverga va uning sozlamalariga bog'liq emas - bu bog'lashda e'tiborga olinishi kerak. Endi saytni to'ldirish kerak. Mahsulotlarning har biri o'z sxemasiga muvofiq yangilanadi. v ushbu jarayonni avtomatlashtiradigan mustaqil dasturiy vositalar va skriptlardan foydalanish, shuning uchun ularni alohida ko'rib chiqamiz. Ushbu usul joriy yangilanish serverining asosidir. Server Kerio Control va Kerio Connectning barcha qismlarini yangilanish manbai sifatida ishlatish uchun to'liq konfiguratsiya qilingan: Sophos, McAfee Arxivga yo'l quyidagi rasmlarda ko'rsatilgan: 10.3-rasm. Kerio Control Interfeysi 10.4-rasm. Kerio Control versiyasiga tanlash Aytaylik, siz KWF 6.7.1-ning so'nggi versiyasidan o'tmoqdasiz, sizning maqsadingiz Kerio Control Appliance 8.3-ning ishlaydigan versiyasi (dasturning joriy versiyasi 2014 yil aprel) Bu holatda o'tishning asosiy "murakkabligi" KWF 6.7.1-dan Kerio Control 8.3-ga to'g'ridan-to'g'ri yangilanishni amalga oshirish zarurati emas, balki ba'zi bir asosiy versiyalarga ketma-ket o'tish. Ushbu ehtiyoj, ushbu "asosiy" versiyalarning konfiguratsiya fayllariga dasturni o'rnatgandan so'ng qayta ishlov berishni talab qiladigan ba'zi xususiyatlarning kiritilishi bilan bog'liq. KWF 6.7.1-dan Kerio Control 8.3-ga yangilash uchun siz quyidagi yangilash bosqichlarini bajarishingiz kerak bo'ladi: 1. Kerio Control 7.0.0 ga yangilang 2. Kerio Control 7.1.0-ga yangilang 3. Kerio Control 7.4.2-ga yangilang (Windows uchun so'nggi versiya) Siz kerakli tarqatishlarni bizning nashr arxivimizdan yuklab olishingiz mumkin. Versiyadan versiyaga yangilash jarayoni odatdagi eski versiyaning "tepasida" o'rnatilishi. O'rnatish dasturi Kerio boshqaruv tizimi xizmatini (Kerio Winroute Firewall) avtomatik ravishda o'chiradi, Kerio Control (Kerio Winmarshrutlash devori) joriy versiyasining o'rnatish katalogini aniqlaydi va yangilanishni talab qiladigan dastur fayllarini almashtiradi; Ilova jurnali va foydalanuvchi konfiguratsion fayllari o'zgarishsiz saqlanadi. Konfiguratsiya fayllari% programmfiles% \\ Kerio \\ papkasida joylashgan maxsus "UpgradeBackups" katalogida saqlanadi. Doimiy yangilanish jarayonining videoklipi: Kerio Control 7.4.2-ning eng so'nggi Windows versiyasiga o'tish ushbu platformadagi so'nggi yangilash bosqichi bo'ladi. O'tishning keyingi bosqichlari moslama platformasini tayyorlash, konfiguratsiya, jurnal ma'lumotlar bazasi va foydalanuvchi statistikasini ko'chirish. Qurilma platformasiga o'tish. Ushbu bo'limda biz turli xil Kerio Nazorat asboblarini tarqatish uchun tarqatish variantlarini ko'rib chiqamiz. Dasturiy ta'minot jihozini o'rnating O'rnatish paketining ushbu versiyasini quyidagi yo'llar bilan ishlatish mumkin: ISO tasvirini jismoniy CD yoki DVD-disklarga yozib olish mumkin, keyinchalik siz jismoniy va virtual xostga Kerio Control-ni o'rnatishda foydalanishingiz kerak. Virtual kompyuterlardan foydalanganda, ISO-tasvirni virtual CD / DVD-ROM sifatida ulanishi mumkin, bunda jismoniy ommaviy axborot vositalariga yozishni talab etmasdan turib, o'rnatishni yakunlash mumkin. ISO tasvirini USB-flesh-diskka yozib olish va undan o'rnatish mumkin. Ko'rsatmalar uchun bizning ma'lumot bazamizdagi tegishli maqolaga (kb.kerio.com/928) murojaat qiling. VMware virtual moslamasini o'rnating VMware-ning turli xil virtualizatsiya vositalariga Kerio Control VMware Virtual Appliance-ni o'rnatish uchun tegishli Kerio Control VMware Virtual App tarqatish paketidan foydalaning: VMware Server, Workstation, Player, Fusion uchun arxivlangan (*. Zip) VMX faylidan foydalaning: VMware pleeriga virtual modulni o'rnatish VMware ESX / ESXi / vSphere Hypervisor uchun virtual modulni import qilish uchun maxsus OVF havolasidan foydalaning: http://download.kerio.com/uz/dwn/control/kerio-control-appliance-1.2.34567-linux.ovf VMware ESX / ESXi avtomatik ravishda OVF konfiguratsiya faylini va unga mos keladigan virtual qattiq disk rasmini (.vmdk) yuklab oladi OVF formatini ishlatishda quyidagi jihatlarni hisobga olish kerak. Kerio Control virtual modulida virtualizatsiya serveri bilan vaqtni sinxronlashtirish o'chirilgan. Shu bilan birga, Kerio Control-da Internet vaqtining umumiy tarmoq manbalari bilan vaqtni sinxronlashtirish uchun ichki vositalar mavjud. Shunday qilib, virtual mashina va virtualizatsiya serveri o'rtasida sinxronlashdan foydalanish ixtiyoriydir. Virtual mashinani o'chirish va qayta boshlash vazifalari standart qiymatlarga o'rnatiladi. Ushbu qiymatlarni "majburiy" o'chirish va "majburiy" qayta ishga tushirish rejimiga o'rnatish qobiliyati saqlanib qoldi, ammo bu o'chirish va qayta boshlash parametrlari Kerio Control virtual modulida ma'lumotlarning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Kerio Control virtual moduli ushbu deb nomlangan narsani qo'llab-quvvatlaydi "Yumshoq" o'chirish va "yumshoq" qayta ishga tushirish, bu sizning mehmon OS-ni kerakli tarzda o'chirish yoki qayta boshlash imkonini beradi, shuning uchun standart qiymatlardan foydalanish tavsiya etiladi. VMware vSphere-da virtual modulni (ovf) o'rnatish Hyper-V uchun virtual qurilmani o'rnatish Arxivlangan (* .zip) tarqatishni yuklab oling, uni kerakli papkaga oching. Yangi virtual mashinani yarating, "Mavjud virtual qattiq diskdan foydalanish" variantini tanlang, faylni yuklab olingan arxivdan chiqarib tashlangan faylni diskdagi rasm sifatida belgilang. MS Hyper-V-ga virtual modulni o'rnatish Apparat platformasiga o'tishga tayyorgarlik ko'rishning navbatdagi muhim jihati tanlangan asbob platformasida tarmoq Interfeyslarining to'g'ri konfiguratsiyasi hisoblanadi. Dastur Apparatida tarmoq Interfeyslarini sozlash Kerio Control Software Appliance soxta grafik Interfeysida siz IPmanzillarni / bir nechta manzillarni statik yoki dinamik rejimda sozlashingiz, VLAN Interfeyslarini yaratishingiz va PPPoE rejimida Interfeysni sozlashingiz mumkin. Izoh: Kerio Control dasturiy ta'minotining dasturiy ta'minotini tarqatishdagi tarmoq Interfeyslarining dastlabki konfiguratsiyasi barcha Kerio Control Appliance yig'ilishlari uchun bir xil, faqat Kerio Control-dan foydalanish mumkin bo'lgan turli xil virtualizatsiya muhitlarida virtual tarmoq Interfeyslarini sozlashda farqlar mavjud. Hyper-V-da virtual tarmoq Interfeyslarini tayyorlash Hyper-V virtual kalitini to'g'ri va minimallashtirish uchun siz quyidagi amallarni bajarishingiz kerak: Fizik va virtual tarmoq Interfeyslarini xaritalash Virtual ko'prik xizmati serverning jismoniy Interfeysida mavjudligini tekshiring Kerio Control Hyper-V virtual moslama tarmoq Interfeysi uchun tezkor sozlash variantini ko'rish uchun quyidagi videoni tomosha qiling: VMware vSphere-da virtual tarmoq Interfeyslarini tayyorlash VSphere-da virtual tarmoq Interfeyslarini tayyorlashda taxminan bir xil harakatlar zanjiri. Bir nechta virtual kalitlarni yaratish, ularning soni virtual tarmoq aloqasiga bo'lgan ehtiyojingizga bog'liq. MUHIM: Quyida tavsiflangan protsedura hujjatlashtirilgan imkoniyat emas, shuning uchun istalmagan oqibatlarga yo'l qo'ymaslik uchun ma'lumotlarni uzatishni boshlashdan oldin ma'lumotlarni ishonchli saqlashga nusxalash orqali to'liq zaxira nusxasini yarating. Shunday qilib, biz tajovuz qilamiz! Birinchidan, joriy dastur protokoli ma'lumotlar bazasini saqlang. Buning uchun, belgilangan yo'lda joylashgan jurnal fayllarini saqlang % programfiles% \\ kerio \\ winroute xavfsizlik devori \\ jurnallari \\ * Ushbu ma'lumotlarning eng yaxshi saqlanishi uchun, uni topshirishdan oldin, mavjud bo'lgan xavfsiz saqlash uchun zaxiralash tavsiya etiladi. Keyin, joriy foydalanuvchilar statistik ma'lumotlar bazasini saqlang. Ushbu ma'lumotlarning barchasi papkada joylashgan firebird ma'lumotlar bazasi faylida to'plangan % programfiles% \\ kerio \\ winroute xavfsizlik devori \\ yulduz \\ ma'lumotlar \\ U erdan bizga faqat star.fdb fayli kerak bo'ladi. Ushbu ma'lumotlarning yaxshi saqlanishi uchun, uzatishdan oldin, kirishingiz mumkin bo'lgan va xavfsiz saqlanadigan zaxira nusxasini olish tavsiya etiladi. Nazorat savollari : 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10. Tarmoq xavfsizligi deganda nimanai tushunasiz ? Operatsion tizim xavfsizligi nima ? Firewall, Kerio dasturlari vazifalarini tushuntiring. Port protocollari qanday vazifalarni bajaradi? Server xizmati deganda nimanai tushunasiz ? FTP server qanday vazifani bajaradi ? IDS tizimlari arxitekturasini tushutrirb bering. (NIDS) ishlash tamoyili tushutrirb bering. VPN tarmog‘iga qanday ulanish mumkin ? http:// bilan https:// farqi nimada ?
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )