BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANLARINI O‘QITILISH JARAYONIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN FOYDALANISH MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………………… 3 I.BOB. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanishning nazariy asoslari……………… 1.1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iste’dodini rivojlantirish 5 omillari…………………………………………………………………………. 1.2. Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida mehr-shafqat hissini tarbiyalash 16 ………………………………………………………………..………………… II.BOB. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanishning shakl metod va vositalari……. 2.1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iste’dodini rivojlantirish 19 omillari…………………………………………………………………………. 2.2. Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida mehr-shafqat hissini tarbiyalashning 22 shakl, metod va vositalari XULOSA………………………………………………………………………. 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………. 1 33 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”-deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir1.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Kurs ishing maqsadi. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanishni o’rganish va tahlil qilish. Kurs ishing obyekti: Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitilish jarayonida sharq 1 Xalq og‘zaki ijodi va ma’naviy tarbiya masalalari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2020. – 215 b. 2 mutafakkirlari merosidan foydalanish jarayoni. Kurs ishing predmeti: Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitilish jarayonida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanishning mazmuni, shakli va metodlari. Kurs ishing vazifalari: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iste’dodini rivojlantirish omillari na haqida ma’lumot to’plash; Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida mehr-shafqat hissini tarbiyalashni tahlil qilish; Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iste’dodini rivojlantirish omillarini bayon etish; Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida mehr-shafqat hissini tarbiyalashning shakl, metod va vositalarini yoritish. Kurs ishing tuzilishi: U kirish, asosiy qism, ikki bob ya’ni to’rtta reja , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 3 I.BOB.Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitilish jarayonida Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanishning nazariy asoslari 1.1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iste’dodini rivojlantirish omillari Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o’rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forbiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug’ilganda mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi2. Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo’lgan ma’lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko’radi, o’z bilimlarining chinligini aniqlaydi»3 . Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o’zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va xotiralar ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Odamlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o’sha iqbolning belgisidir. Ayniqsa hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi». Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga 2 3 Qodirov B. Forobiy tafakkuri va pedagogik qarashlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004. – B. 32. Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: Fan, 1968. – B. 112. 4 bilimning chuqur o’zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo’ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo’ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo’lsayu, isbotlar chinakamiga bo’lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi»4. Ibn Sinoning aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga xarakat qiladi. Uning fikricha, xayot, xayotiy quvvat uch shaklda: o’simlik, xayvonot va inson shaklida namoyon bo’ladi. Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki xunar egallashga intilishida o’qituvchining unga bilim, xunar o’rgatishi zarurligini uqtiradi.Ilm fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy yuksaklikka ko’taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi Tarq qil bor narsani, jon barchidin a’lodurur, Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so’lu sog’. Jon agar bir shisha bo’lsa, ilm sham chirog’. Xikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog’. Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik. Ul chiroq so’nsa, sening ham o’lganingmasmu shu chog’5. Uning fikricha, ta’lim-tarbiya, avvalo, aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan o’rgatishni, jismoniy tarbiyani (bunga tibbiyot ilmi hizmat qiladi), axloqiy tarbiyani, nafosat tarbiyasini hamda yoshlarni ma’lum hunarga o’rgatish masalalarini o’z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya inson uchun nixoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta’bir joiz bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi 4 5 Karimov N. Abu Ali Ibn Sino falsafasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002. – B. 54. Ibn Sino A.A. Donishnoma. – Toshkent: Fan, 1980. – B. 95. 5 to’g’risidagi qomus sanaladi6. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov bo’lib, uning yordamida hatto osmon sari yo’l ochiladi: Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, Bilim tufayli, go’yo ko’kka yo’l topiladi. Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to’qqizo’n asr vaqt o’tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo’ldi. Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilmma’rifatni rivojlantirishga yo’naltirish yetakchi o’rin tutadi. Binobarin, ilmma’rifat zulm va bid’atdan forig’ bo’lish yo’lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat dar anjuman», «Safar dar vatan» g’oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida o’zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahsmunozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil bo’lgan ilm puxta va mustahkam bo’ladi7. Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o’zlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri kelishi, bu yo’lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiy o’z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon bo’luvchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug’lagan bo’lsa, ta’limiyaxloqiymuammolarni yorituvchi asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, ushbu jarayonning o’ziga xos jihatlari, yo’llari, shakl va usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi. Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari, shu jumladan, komil insonni shakllantirish kontseptsiyasining mazmunini o’rganish muayyan davrlarda dolzarblik kasb etgan. Shu bois bu yo’lda bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig / Nasrga solgan va izohlar bilan nashrga tayyorlagan A. Rustamov. – Toshkent: Fan, 1971. – B. 58. 7 Bahovuddin Naqshband. Ta’limoti va tariqati. – Toshkent: Movarounnahr, 2003. – B. 74. 6 6 Xususan, navoiyshunos olimlar O.Sharafiddinov, I.Sultonov, A.Hayitmetov, N.Mallaev, T.Jalolov, V.Zohidov va boshqalar tomonidan samarali ravishda olib borilgan tadqiqotlar shular jumlasidan sanaladi. Alloma tomonidan yaratilgan asarlar mazmunidan anglanadiki, ularda ilgari surilgan qarashlarning markazida inson va uning kamolotini ta’minlash g’oyasi turadi. Mazkur o’rinda navoiyshunos olim V. Zohidov quyidagi fikrni ifoda etadi: “Navoiy ijodi hamda amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo’nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yaxshi yashashi, bu uchun zarur jamiyat masalalaridir”8. Alisher Navoiy ilm-fanning inson kamolotidagi o’rni, bilimlarni o’rganish asosida hosil bo’lgan aql va idrokning inson hayotidagi ahamiyati hamda aqliy tarbiya va uning mohiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Alloma insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlari xususida so’z yuritadi hamda mazkur sifatlarning har biriga to’laqonli ta’rif berib o’tadi. qanoat, sabr, tavoze (adab), o’zgalarga nisbatan mehr-muhabbatli bo’lish, ishqda vafodorlik, saxovat, himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko’ngillik (hilm) kabi xislatlarni ijobiy fazilatlar sirasiga kiritadi va ularning har biriga ta’rif berganidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy qarashlarini dalillar bilan to’ldiradi. Asarda, shuningdek, axloqiy fazilatlarning antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo’llari ham bayon etilgan. Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo’lish insonga atrofdagi kishilar o’rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo’lishga yordam beradi. Odobga ega bo’lishning inson hayotidagi rolini ko’rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: “Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo’ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’ngilda abadiy qoladi9. 8 9 Zohidov V. Navoiy va insonparvarlik g‘oyalari. – Toshkent: Fan, 1991. – B. 37. Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. – B. 59. 7 Yoshlarni ko’zga ulug’ ko’rsatadi. Ularning yurish-turishini xalq ulug’vor biladi. O’ziga qarshi xalq tomonidan bo’ladigan hurmatsizlik eshigini bog’laydi va kishini hazil-mazaxdan va kamsitilishidan saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik yo’liga soladi va odam mijoziga odamgarchilik manzilida orom beradi. Adabdan muhabbatga bezak va pardoz yetadi, adab tarkidan do’stlikning ravnaq va bahosi ketadi. Adab va tavozu’ do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki tomondan yorug’lik yetkazadi. Tavozu’li va adablilarga ta’zim va hurmat yetadi va u urug’ni ekkan bu qimmatbaho hosilni to’plab oladi. Xalq muomalasida yaxshi axloqning boshlang’ichi shu xislatlar va bu xislat qattiq o’rnashsa, muhabbatga xalal yetishi maholdir. Agar har ikki tomonda yaxshi xulq bo’lsa, adabi va tavozu’ evaziga ta’zim paydo bo’ladi”10. Demak, yaxshi xulqning asosi bo’lgan odob Alisher Navoiyning talqinida barcha insoniy xislatlarning bosh bo’g’ini sanaladi. g’anoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm (yumshoq ko’ngillik) kabi ijobiy fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo’lishiga urg’u berib o’tadi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarini ularning har biriga to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. Alisher Navoiy qanoatni to’ldiruvchi insoniy fazilatlar sabr, saxiylik, karam, muruvvat, himmat ekanligi ta’kidlab o’tadi. Mazkur xislatlarning bir-biriga yaqinligi hamda ularni insonning obro’-e’tiborini yuksak darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi xislatlar sanalishini aytib o’tadi. Ayni o’rinda sabr deb ataluvchi xislatga shunday ta’rif beradi: “Sabr achchiqdir – ammo foyda beruvchi, qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir. U o’rtoqdir – suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib boruvchi; u ulfatdir – umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi. Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga yetkazuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi. 10 Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. – B. 61. 8 Achchiq so’zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminida maqsad hosil bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida sog’liq yuz beradi”. Asarda saxiylik sifatiga esa insoniylikning haqiqiy mezoni deya ta’rif beriladi. Alisher Navoiyning talqinicha, saxiylik, saxovat odamlarning mushkulini oson qilish maqsadida ularga beriladigan minnatsiz yordamdir. Alloma insonlarni bir-birlariga nisbatan saxovat ko’rsatishga da’vat etadi. Himmatlilik, muruvvat, karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu fazilatlarga ta’rif berar ekan, mutafakkir quyidagi fikrlarni qayd etadi: “Saxiylik (qo’li ochiqlik) kishilik bog’ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik o’lkasining to’lqinli daryosi, balki u to’lqin daryosining asl gavharidir. Yaxshilik, karam – bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko’tarmoq va uni o’sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir11. Karam birovning mashaqqat tikani og’irligini ko’tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o’sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og’ziga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik”. “Muruvvat karamning urug’-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu xislatlarga ega bo’lsa izzat va hurmatga sazovor bo’ladi” kabi fikrlar asosida esa muruvvat deb ataluvchi xislatga ta’rif beriladi. Alisher Navoiy karam va muruvvat sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni esa egizak farzandlardir deya ta’kidlaydi. Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»12. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, 11 12 Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. – B. 69. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – B. 24. 9 salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur». Abdurahmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas meros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan “Baxoriston” asarida ta’lim-tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiyning fikricha, ilm inson uchun xayotiga yo’l ochuvchi va uni o’z maqsadiga erishtiruvchi omildir. Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta anglab olishga yordam beradi, mehnatni yengillashtiradi. Jomiy yoshlarni ilmlarni egallashga da’vat etdi13. Jomiy o’z pedagogik qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi. Yuqoridagi misralarda qilingan nasihat da’vat garchi shoxlarga qaratilgan bo’lsa ham, xar bir ish va xolatda tadbir va aql bilan ish tutish, do’stlarga yaqinroq bo’lish, yomonlik qilishdan saqlanish, adolatli bo’lish xar bir insonga qarata qilingan xitobdir. Jomiy manmanlik, kekkayishlarni qoralaydi, g’ururlikni nodonlikning belgisi deb biladi. Inson hatto, boshqalardan biror sifati bilan yuqori darajali bo’lsa ham, kamtar bo’lishi kerak deydi. Jomiy manmanlik nodonlik belgisi ekanligini uqtirib, yoshlarni bu illatlardan xoli, pok bo’lishga undaydi. Jomiy to’g’ri so’zlikni inson uchun zaruriy eng yaxshi xususiyat hisoblaydi, izhor etiladigan fikr so’z va harakat bilan uzviy birlikda bo’lmog’I kerak. Shoirning ta’kidlashicha, dilkashlik, shirinso’zlik, ochiq chehralik va quvnoqlik kishilarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh etadi. Ulug’ adib o’z asarlarida hasislikni, o’grilikni keskin qoralaydi, oqilona yashash, ortiqcha boylikni muxtojlarga berish, qanoatli bo’lish g’oyalarini olg’a suradi. Jomiy ilmlarni egallashda tajribaga alohida e’tibor beradi, hayotda foydalanilmagan ilmni jonsiz, keraksiz ilm hisoblaydi. U ta’lim oldiga yosh avlodni jamiyatga, odamlarga foydali xizmat qiladigan qilib yetishtirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi. 13 Jomiy A. Baxoriston. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – B. 53. 10 Jomiy kitobni bilim manbai der ekan, muallimni kelgusi yosh avlodga bu sifatlarni xosil qiluvchi ustoz sifatida ulug’laydi, ularni hammadan ko’ra ortiq hurmat qilishga da’vat qiladi. Shu bilan birga, Jomiy xar bir muallim chuqur bilim, aql, eng yaxshi axloqiy fazilatlar sohibi bo’lishi kerakligini ham aytadi. Jomiy bunday ideal o’qituvchiga Aleksandr Makedonskiyning tarbiyachisi Arastuni (Aristotelni) misol qilib ko’rsatadi. Demak, aqliy va axloqiy jixatdan komil o’qituvchi xar bor o’qituvchida aqliy qobiliyatni rivoj toptira oladi. “...Mirzo Ulug’bekning umumbashariy qadriyatlarga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz Ulug’bek nomi berilgan ma’naviyat maskanlari, mahallalar, ko’chalar va shaharlar juda ko’p. Yurtimizda dunyoga kelib ko’z ochayotgan har o’n chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug’bekning muborak ismi berilyapti deb aytsak, mubolag’a bo’lmaydi. Bularning barchasi — millatimizning buyuk allomaga bo’lgan cheksiz hurmati va ehtiromlaridan darak beradi” 14. Mirzo Ulug’bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va himmatli bo’lishga, halollik va rostgo’ylikka da’vat etadi. Ulug’bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning o’zidan ham olishni tavsiya etadi. Ulug’bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargohiga aylantiradi. Ulug’bek “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan shiorni ilgari suradi va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo’yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining o’qitilishiga jiddiy e’tibor beriladi. 14 Mirzo Ulug‘bek va uning ilmiy merosi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. – B. 45. 11 Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: qur’on, Hadis, Tafsir, fiqh bilan birga riyoziyot, handasa ilmi, hay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi dunyoviy ilmlar o’rgatilgan. Ulug’bek ilm fani ravnaqi uchun kurashgan, ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo’shgan fuqarolarni doimo rag’batlantirib, o’qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat ehtirom bilan qarashni targ’ib etgan. Uning mana shu say’i harakatlari tufayli ta’lim-tarbiya sifati yaxshilana bordi, madrasalarda o’qish-o’qitish ta’limni jonlantirishga katta ahamiyat berildi. Madrasadagi o’quv tizimi isloh qilinib, unda falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o’qitishni joriy etdi, ta’lim mazmunining sifatini oshirdi, madrasalarda o’qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi. Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari bolaning aqliy qudrati va qobiliyatini o’stirishda muhim vosita bo’lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar bo’lib yetishishlariga xizmat qiladi. Ulug’bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo’lishiga, o’z pedagogik mahoratlarini, bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg’ulotni yuksak saviyada o’tkazishga da’vat qiladi, ana shu bilangina o’quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi avval o’zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim. Ulug’bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kecha-yu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o’zimizga qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga yetdik”. Biz, asosan Davoniyning insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliy va axloqiy shakllanishi masalalariga to’xtalamiz. Avvalo, Davoniy va boshqa 12 mutafakkirlarga ergashib o’zining axloqiy qarashlarini o’z salaflari kabi talqin etdi15. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga ega bo’lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok qilishni to’g’ri talqin etdi16. Davoniy insonning kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog’liq ekanligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar bilan aloqada shallanib tarbiya topgan inson o’zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo’lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. Shuning uchun u “Axloqi Jaloliy” asarida jamiyatni adolatli — fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo’lishi kerak, deydi. Bular: Birinchisi — hukmdor odamlarni e’zozlashi; Ikkinchisi — davlat ishlarini adolatli ijro etishi; Uchinchisi — hirs va shahvatga berilmasligi; To’rtinchisi — hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g’azabga yo’l qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi; Beshinchisi — xalqning ehtiyojini qondirish uchun xudoning irodasidan kelib chiqishi; Oltinchisi — xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi; Yettinchisi — halqqa nisbatan odil bo’lishi; Sakkizinchisi — har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi; To’qqizinchisi — har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni; O’ninchisi — adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l qo’ymaslik kabilardir. Jaloliddin Davoniy. Axloqi Jaloliy. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2015. – B. 45. https://azkurs.org/pedagogika-nazariyasi-pedagogika-tarixi-pedagogika-oliy talim.html?page=147&utm_source=chatgpt.com 15 16 13 Shuningdek, Devoniy hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan.Ko’rinib turibdiki, adolatli shox timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan shaxsdir. Davoniy “Axloqi Jaloliy”da ijtimoiy-siyosiy masalalarga qayta-qayta murojaat etadi. Chunonchi, jamiyatning paydo bo’lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, adolatli va adolatsiz podsholar, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o’rni, aqliy va axloqiy tarbiya, insonda ijobiy xislatlarni tarkib toptirish masalallari va boshqalar shular jumlasidan. Davoniy o’z asarida insonni ijtimoiy mavjudot sifatida qaraydi, inson faqat jamiyatda, kishilar orasida, ular bilan munosabatda shakllanadi, degan fikrni ilgari suradi. U o’tmish olimlarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlaridagi an’analarni rivojlantirgan holda o’z qarashlarini o’tkir ruhshunos olim sifatida ham talqin etadi, uning fikricha bola yaxshi fazilatlarni ta’lim-tarbiya natijasida egallashi mumkin. Chunki, bolada his-tuyg’u juda erta shakllana boradi, u ulg’aya borgan sari ayrim juz’iy narsalarni ham ajrata boshlaydi, tana a’zolari mustahkamlanadi, narsa va hodisalarni bir-biridan ajrata boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to’g’risida tasavvurga ega bo’la boshlaydi, aqli to’lishib, ongi o’sadi, deydi olim. Ana shu paydo bo’lgan sezgi va aql orqali tashqi dunyoni bilishi mumkin deydi. Bola o’ta ta’sirchan va taqlirchan bo’lishini ta’kidlar ekan, olim yaxshi fazilatni ham, yomon fazilatni ham u tezda qabul qilaverishi mumkinligini alohida uqtirib o’tadi. Bola qalbini naqsh solinadigan, sur’atlarni osonlikcha tushirish mumkin bo’lgan taxtaga o’xshatadi. Davoniyning fikricha, bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo’lishi uning keyingi tarbiyasiga ham bog’liq. Chunki hayotda har kuni bola ko’radigan, muloqotda bo’ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon ta’sir etadi. Bolada har kuni kerak bo’ladigan insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota-ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to’g’rilik va rostgo’ylikni o’rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so’zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda o’rganiladi. Shunga ko’ra bunday xislatlarni bolalarda har kuni tarbiyalanib borilishi muhim. Bunday tarbiyada esa ota-ona oldiga katta 14 vazifalar qo’yiladi. “Ota va ona bola tarbiyasida bab-baravar mas’uliyatlidir”, deydi Davoniy. “Ota bolaning yaxshi fazilatlarni egallab, kasb-hunar o’rganib borishi, ilmfanni chuqur o’zlashtirib olishi uchun moddiy asos, ya’ni kiyim-kechak, kerakli buyumlar bilan ta’minlaydi. Ona bola tarbiyasida asosiy qiyinchiliklarni boshidan kechiruvchi sanaladi.U bolaga yashash uchun quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shafqatini ayamaydi. Bolaga oddiy axloqiy qoidalarni o’rgatish, yurish-turish, yeyish-ichish qoidalariga rioya etish, o’z qilmishi oldida javob berish mas’uliyatini his etishini tarkib toptirishda ota va ona burchlidir.Bola tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda maktabga chiqqandan so’ng muallim ham javobgar sanaladi”, deydi olim. Buning uchun muallimning o’zi ham yaxshi tarbiya topgan bo’lishi shart. Shu o’rinda Davoniy muallimning xislatlariga, bola va uning o’rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor beradi. Davoniy muallimni “Ma’naviy padar” deb ataydi. Chunki ota bolani jisman hayotga keltirib, jismonan tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazadi, deydi olim. Ruh qanchalik badanga yaqin tursa, muallim ham tarbiya borasida ota-onaga shunchalik yaqin deb ko’rsatadi. U otaona tarbiyasi bilan muallim tarbiyasini taqqoslar ekan, muallimning tarbiya usuli, metodlari ota-onanikidan yuqoriroqdir, deb ta’kidlaydi. Chunki, ota-ona tarbiya usullari, metodlari bilan muallimchalik qurollanmagan bo’ladi, muallim esa tarbiya berish bilan birga ilm cho’qqilarini egallashda ham zahmat chekadi va shogirdning olgan ta’limi va tarbiyasi umrbod uning hayot yo’lini belgilab beradi, deb aytadi. Shu o’rinda Davoniyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlarini keltirish o’rinlidir. Chunki olimning qarashlarida aqliy tarbiya va bilimlarni egallash masalalari muhim o’rinni egallaydi. Bolalarga bilim berish yoshlikdan boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Mutafakkirlarning fikrini davom ettirgan holda Davoniy ham inson aqlining qudratiga, uning ijtimoiy hodisalarni bilishiga, aql ilohiy ulug’ bir ne’mat, haqiqat mezoni ekanligiga ishonadi. Chunki inson aql yordamida o’z xatti-harakatini, faoliyatini boshqaradi. 15 Davoniyning fikricha, aql ijtimoiy hayotning barcha sohasida, xoh davlat ishida, xoh ilmni o’rganishda, xoh ijobiy xulq-odob qoidalarini egallashda bo’lsin, xoh shirinsuxanlik, she’riyatda bo’lsin, faol qatnashadi. Uning bu aqidasi, ya’ni aqliy bilishga tayanishi ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq masalalarini talqin etishida ko’proq namoyon bo’ladi. Davoniy shuning uchun ham bolalarga ta’lim-tarbiya berishda aqliy tarbiyaga katta o’rin beradi. Ilm kishilarni yomon odatlardan, razil ishlardan saqlaydi, ilm bilan shug’ullanish har bir inson uchun hech qachon kech bo’lmaydi, deydi Davoniy. Aflotundan: “qancha vaqtgacha ta’lim olish va ilm o’rganish yaxshi? — deb so’rabdilar. U: nodonlikning va johillikning ayb ekanligi qay vaqtgacha bo’lsa, ilm o’rganish o’sha vaqtgacha yaxshidir deb javob bergan ekan17 . 1.2. Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida mehr-shafqat hissini tarbiyalash. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo’ladi. Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi. Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan tabiiy, ijtimoiy va 17 Donolar so‘zi. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. — 112-b. 16 gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim o’rin tutadi. Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo’lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O’z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O’z mazmunida ezgu g’oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo’layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi. Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo’lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g’oyalar yotadi.Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi. Aqliy tarbiya o’quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi. Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: 1. Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish. 2. Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish. 3. Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish. 4. Bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur 17 yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish. Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkuri rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo’lib, quyidagi belgilarga ko’ra aniqlanishi mumkin: 1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi. 2. Mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olish jarayoni. 3. Fikrlash ko’nikmasiga egalik. 4. Bilimlarni egallashga bo’lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi. Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o’ziga xos o’rin tutadi. Ilmiy qarash(yunoncha «idea»- g’oya, tasavvur, tushunchalar yig’indisi) muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g’oya bo’lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o’zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, ixtirochilik ko’nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish va ma’lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi. Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur–inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi. E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch bo’lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy 18 qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi. 19 II.BOB. Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitilish jarayonida sharq mutaffakkirlari merosidan foydalanishning shakl, metod va vositalari. 2.1.O’quvchilar aqliy tarbiyasini shakllantirishda Sharq allomalari qarashlaridan foydalanish. Boshlang’ich sinflarda aqliy tarbiyani shakllantirishda quyidagi metodlardan foydalanish zarur deb hisoblaymiz. Bu esa o’quvchilarning aqliy tafakkurining shakllanishida muhim o’rin egallaydi. Kuzatish va nazorat qilish, suhbat va hikoya, tushuntirish, rag’batlantirish va tanbeh berish, ma’qullash, ku’rgazmalilik, na’muna ku’rsatish, ishontirish, bahs, munozara kabilar18. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, boshlang’ich sinf o’qituvchilari dars jarayonida yozma ishlardan faqat ona tili darslarida foydalanishadi. Bunday mashg’ulotlar aksariyat hollarda, o’quvchilarning yozma savodhonligini tekshirishga qaratilgan bo’ladi (insho, diktant). Vaholanki, “o’qish” boshqa darslarda ham yozma ish turlaridan foydalanish yaxshi natijalarga olib keladi. Yozma ishlar bolalarni mustaqil fikrlashga, dunyoqarashini o’stirishga hizmat qilishi bilan birga, barcha o’quvchilarning mavzu yuzasidan olgan bilimlarini tekshirib ko’rishga imkon beradi. Bo’lim yoki mavzu yakunida yozma ishlar tashkil etilganda o’quvchilar darsda olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, mavzuga qayta murojaat etish orqali asar haqidagi tasavvurlari yanada teranlashadi, xotirasidan mustahkam joy oladi. Yozma ishlarni bajarish jarayonida o’quvchilarda Vatanga nisbatan g’urur, muhabbat tuyg’ulari tarbiyalanadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi yozma ish uchun o’zi mustaqil holda mavzu tanlashi ham mumkin, albatta, bu mavzular ham shoir asarlaridagi asosiy g’oyalarga qaratilishi lozim. Mavzular quyidagi mazmunda “Men sevgan shoir”, “Vatanim kuychisi”,”O’zbekiston – vatanim manim”, “Men nechun sevaman O’zbekistonni” kabi mavzularda bu’lishi mumkin. Demak, dars jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma, ijodiy Karimov B. Boshlang‘ich sinflarda aqliy tarbiyani shakllantirish metodlari // Pedagogik mahorat asoslari. — Toshkent: Fan, 2019. — B. 45. 18 20 ishlaridan samarali foydalanish aqliy tafakkurning shakllanishida muhim o’rin tutadi. Yozma ishlar “O’qish” darsida amalga oshiriladigan ishlarning rejasida ko’rsatilishi, uning maqsadi, ularga qu’yiladigan talablar aniq belgilangan bo’lishi lozim19. 1. Yuqoridagi fandan yozma ishlarni uyushtirishdan oldin,o’quvchilar mavzu yuzasidan bilim,ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari shart. 2. Yozma ishlarni tashkil qilishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari,qiziqishlari,talablari hisobga olinishi lozim. 3. Yozma ishlarni erkin mavzuda tanlash qoidasiga amal etish zarurki, bunda bola o’z imkoniyatlarini o’zi hisobga oladi. 4. Yozma ish mavzusi o’quvchini o’ziga jalb qila oladigan darajada jarangdor bulishi lozim. 5. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xar bir o’qituvchi, eng avvalo, tashkil qilinadigan darsning mazmunini chuqur o’rganishi, uning natijalariga jiddiy e’tibor berishi va bu bilan uquvchi shaxsiga ijobiy tasir etishga intilmog’i,Vatanga muxabbat,milliy g’urur,Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish,qolaversa,ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yo’llarini izlamog’i lozim. Boshlang’ich sinflarda dars ta’limi va tarbiya ishlarining markaziy qismi hisoblanib, o’quvchilarni bilim, ko’nikma,malakalar bilan qurollantirishda, milliy qadriyatlarimiz haqida tushunchaga ega bo’lishida,axloqiy sifatlarni hosil qilishda muxim ahamiyatga ega. Ma’lumki boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan “O’qish” darslari ham umumiy didaktik talablarga javob berishi,jumladan,darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga tayanish,shoir va ijodkorlarimizning asarlaridagi tarbiyaviy g’oyalardan foydalanish imkoniyatlarini izlash lozim. Jo‘rayev A. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish // Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy metodlar. — Toshkent: O‘qituvchi, 2020. — B. 63. 19 21 Dars jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining dunyoqarqshi shakllana boradi, mustaqil fikrlashga o’rganadi, dunyoviy bilimlar bilan tanishadi va ularning uzluksizligi rivojlanib boradi. Xar bir darsning muvaffaqiyati uning oldiga qo’ygan maqsadiga bog’liqdir. Qachonki,maqsad aniq va puxta ,o’quvchini xar bir taraflama rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa ,darsning samaradorligi ta’minlanadi. Bugungi kunda pedagogik jarayonining samaradorligini ta’minlash masalasi xar qachongidan ham dolzarb muammo hisoblanadi. Bunda boshlang’ich sinf o’qituvchisi pedagogik jarayon oldida quyidagi maqsadlarni qo’ya olishi kerak: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining faoliyati hamda milliy istiqlol negizida ifodalangan barkamol insonni shakllantirish xaqidagi fikrlardan dars jarayonida unumli foydalanish. Darsda o’rganilayotgan mavzu xarakteridan kelib chiqqan holda ijodkor ilgari surayotgan g’oyani aynan o’quvchi ongiga yetkaza olish yo’lini tanlay bilish. Dars jarayonida turli didaktik va texnik vositalardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish. Dars loyixasini mukammal tuza olish va kutiladigan natijani oldindan ko’ra olish lozim. Bugungi kunda maktablarda sinf-dars shaklidagi mashg’ulotlardan foydalanib kelinmoqda va ularga quyilgan talablar ham o’zgarib bormoqda.darslarni qiziqaqrli uyushtirish uchun o’qituvchilar yangicha dars turlaridan turli-tuman interfaol usul va vositalardan foydalanishlari lozim. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’qish darslarida keltirilgan asarlardan, jumladan, A.Oripov asarlaridan foydalanganda dars loyihasini tuzishda o’quvchining yoshi, individual xususiyati va darsning davomiyligiga alohida e’tibor qaratishi o’quvchilarning bilimlarini sinash va qiziqishlarini oshirish maqsadida boshqortirma, rebus, o’yin-topishmoq kabi dars samaradorliigini oshiruvchi vositalardan foydalanuvshi lozim. 2.2. Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida Sharq mutaffakkirlari merosidan foydalanish yo'llari 22 Yaxshi xulqning asosi bo’lgan odob Alisher Navoiyning talqinida barcha insoniy xislatlarning bosh bo’g’ini sanaladi. g’anoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm (yumshoq ko’ngillik) kabi ijobiy fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo’lishiga urg’u berib o’tadi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarini ularning har biriga to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. O'tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma'naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o'z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo'lamiz. Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o'zining ma'naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo'sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo'lmoqda. "Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko'ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o'zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo'ylik, halollik, o'z-o'ziga talabchanlikni targ'ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi20. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o'quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisq-u fasod ishlardan o'zini olib qochishga undaydi" . Shuning uchun ham ta'lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yana bir yiriq allomalardan biri Burxoniddiy Marg'inoniydir. Burxoniddiy Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi g'oyalari shaxsni har tomonlama va uyg'un rivojlantirishning asosiy vositasi bo'lib xizmat qilgan21. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta'limotining yirik nomoyondasi Burxoniddiy Yassaviy A. Hikmatlar / Nashrga tayyorlovchi: H. Boltaboev. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. — B. 72. 21 Qodirov M. Burhoniddin Marg‘inoniy merosi va axloqiy tarbiya masalalari // O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy merosni o‘rganish muammolari. — Toshkent: TDShI nashriyoti, 2018. — B. 89. 20 23 Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e'tiqod, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o'rinni egallaydi . Alloma Marg'inoniy o'zining axloqiy-huquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma'naviyatini rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo'shgan. Farzandga adab, hunar o'rgatmakni meros deb bilg'il. Agar sen xoh unga adab o'rgatg'il, xoh o'rgatmag'il turmush mashaqqatlarining o'zi unga o'rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur. Kaykovus 44 bobdan iborat bo'lgan "Qobusnoma"22 asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o'zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo'pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning mas'uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg'u beriladi. Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta'lim va tarbiyaga oid yondashuvlar, g'oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to'g'ri foydalanish - ta'lim jarayonida o'qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq mavzuiga bo'lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka erishganimizdan so'ng, tarixiy va madaniy merosimizni o'rganishga bo'lgan ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma'naviy qadriyatlarimizning mazmunidagi axloqiy g'oyalarni bilishga bo'lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib borayotganligidir. Biz amaliyotni 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tadik. Biz amaliyot vaqtida o‘quvchilar bilan Amir Temurnining tavvalludiga bag’ishlangan tadbir kechasini uyushtirdik. Bu tadbirga barcha boshlang’ich sinf o’quvchilari va Kaykovus. Qobusnoma / Fors tilidan tarjima, izoh va so‘zboshi muallifi: N. Komilov. — Toshkent: Sharq, 2001. — 320 b. 22 24 boshlang’ich sinf o’qituvchilari faol qatnashishdilar. O’tkazilgan tadbirda Amir Temur hayoti va faoliyati bo’yicha o’zlarining qarashlari bilan qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirildi. O’tkazilgan tadbir ssenariysi: AMIR TEMUR- FAXRIMIZ, IFTIXORIMIZ TADBIR SSENARIYSI 1-boshlovchi: Siz - Amirsiz, Siz -Temursiz, Jaxongir sulton, Imondirsiz, vijdondirsiz, Siz aziz inson! Qalblar aro kutarmoqda Ruxingiz isyon, Sizday mard zot tug’ilsa deb, umidvor jaxon, Temur bobo, nomingizni Yod etajakmiz. Olam aro ruhingizni shod etajakmiz. 2-boshlovchi Kuhna Keshning akrabosi Sizni qumsagay, Oksaroyning ostonasi Sizni qumsagay, Karvon ko’rgan sardobasi Sizni qumsagay, Samarqandning minorasi Sizni qumsagay, Temur bobo, nomingizni Yod etajakmiz. Olam aro ruxingizni shod etajakmiz. 1-boshlovchi: —Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilarlar! 2-boshlovchi: — Shu sahnada qo’limizni ko’ksimizga quyib, sizlarga samimiyat ila boqib ulug’ bobokalonimiz buyuk sohibqiron sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’shlangan bugungi “Amir Temur – faxrimiz, iftixorimiz” nomli tadbirimizga XUSH KELIBSIZ!deymiz. 25 1-boshlovchi: —Tadbirimizni ochish uchun so’zni maktabimiz direktori Gulmuradov Salohiddinga beramiz. 2-boshlovchi: — Marhamat, ustoz! Maktab direktori : Amir Temur haqida gapirib bo’lgach tadbirni ochiq deb e’lon qiladi 1-boshlovchi: - Buyuk saltanatni tikladi Temur, ‘ Istagi: avlodim otsa zo’r tomir, Mulki Turon dunyo uzugi bo’lib, Xalqim osoyishta ko’rsaydi umr. 2-boshlovchi: Sohibqiron aytar: ey farzand, Aqling bo’lsin ezgulikka band. O’sib ulg’aygin sen komil bo’lib, Shundagina tole’ing bo’ladi baland! 1-boshlovchi: Buyuk davlat arbobi, o’zbek xalqining suyukli farzandi, milliy qahramon, biz yosh avlodga har tomonlama ibrat bo’lgan bobomiz Amir Temur haqida eshitmagan, bilmagan kishining o’zi bo’lmasa kerak! 2-boshlovchi:To’g’ri aytasiz, Amir Temurni butun dunyo taniydi, lekin biz yoshlar Sohibqiron haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak. Amir Temur haqida qancha bilsak shuncha oz. Dunyoqarashimiz kengayishi, ma’naviyatimizni oshishi uchun buyuk ajdodlarimiz haqida ko’p o’qishimiz, ko’p bilishimiz kerak, ilmiy merosidan foydalanib, ilm-fan va madaniyatimizni yanada rivojlantirishimiz, ajdodlarga munosib avlod bo’lishimiz kerak! Ular bilan faqat faxrlanishning o’zi kamlik qiladi. 1-boshlovchi: Sezib turganingizdek endigi navbat bobomiz Amir Temur hayoti va siyosiy faoliyatiga doir tarixiy ma’lumotlarga. 2-boshlovchi:Marhamat! Sahnaga bir o’g’il bola va bir qiz bola chiqib, quyidagi tartibda ma’lumotni o’qib aytadi: 1-o’quvchi: XIV asr boshlari. O’zbekiston hududi mug’ullarga qaram bo’lib, 26 Chig’atoy ulusi deb atalgan davrlar edi. O’sha vaqtlarda Chig’atoy ulusi bir nechta mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan, bu bekliklar o’zaro tinimsiz urishar edi. O’zbek Xalqi bu urushlardan,hamda og’ir soliqlar, og’ir mehnat, ocharchilik, eng avvalo adolatsizliklardan qattiq charchagan edi. 2-o’quvchi: O’zbek xalqiga tarqoq xalqni birlashtiradigan, adolatsizliklarga chek quyib adolatli davlat qura oladigan, ilm-fan va madaniyatga homiylik qiladigan, xalq faravonligini ta’minlaydigan, mard, jasur va aqlli bir buyuk qahramon, hukmdor juda ham kerak edi va shunday inson 1336 yil 9-aprelda Kesh ya’ni Sharisabzda Barlos beklaridan biri Tarag’ay Bahodir oilasida dunyoga keldi. Taqdiriga buyuk hukmdor bo’lish bitilgan o’sha chaqaloq Amir Temur edi. Otasi o’g’lining irodasi va jismonan kuchi temirdek mustahkam bo’lsin deya ramziy ma’noda Temurbek deb ism quydi. 1-o’quvchi:Temurbek bolalikdan kamondan o’q otish, yugurish, ot choptirish, kurash kabi musobaqalarda qatnashib jismonan kuchli bo’lib toblandi, madrasada dunyoviy fanlardan tahsil olib bilimli bo’ldi, birinchi pir ustozi Shayx Shamsiddin Kulolga shogird tushib diniy bilimlar olib ma’nan yetuk bo’ldi. 2-o’quvchi:Sohibqiron Xalqni mo’gullar zulmidan ozod qilish va adolatga tayangan davlat tuzish yo’lida ko’plab janglar olib bordi. Kurashlar davom etdi va nihoyat 1370 yil 11 aprelda Amir Temur O’rta Osiyoning ko’plab bekliklarini birlashtirib, o’z davlatiga asos soldi, Samarqand shahrini o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. 1-o’quvchi:Samarqand mo’g’ullar bosqini davrida xarobaga aylantirilgan edi. Shuning uchun bu shahar kimsasiz bo’lib qolgan edi. Amir Temur Samarqandni mamlakat poytaxti deb e’lon qilgach qaytadan qurdirdi, bu shaharda ko’pgina bunyodkorlik ishlarini olib bordi, jumladan turli yillarda saroy, ko’plab masjidlar, madrasalalar, karvonsaroylar, katta so’lim bog’lar, bozorlar, hashamatli imoratlar qurdirib Samarqandni Yer yuzining sayqaliga aylantirdi. Barbod bo’lgan madaniyatni qayta tikladi, ilm-fan rivojiga homiylik qildi. O’zining renessans davriga asos soldi. 2-o’quvchi:Amir Temur o’z davlatida boshqaruvini mustahkamlagach, dunyoda 27 adolat va tinchlikni o’rnatish, o’zaro diniy urushlar va millatchilikka barham berish maqsadida hamda mamlakat xavfsiziligini saqlash strategik nuqtai nazardan 13721402-yillar davomida Farg’ona, Xorazm, Xuroson, Eron, Iroq, Kavkaz, Hindiston, Oltin O’rda, Misr, Turk sultonligi kabi yirik hududlarni o’z tasarufiga olib davlatini imperiyaga aylantirdi. Bundan tashqari, Rus knyazliklari va Yevropaning ko’pgina hududi Amir Temurga vasal ya’ni qaram bo’ldi. 1-o’quvchi: Amir Temurning dunyo tarixida iz qoldirgan janglar Oltin O’rda xoni To’xtamishxonga va Turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi bo’lgan janglar hisoblanadi. Amir Temur orasida To’xtamishxon va Boyazid Yildirimlardan qudratliroq ekanligi o’zaro janglarda ma’lum bo’ldi. 2-o’quvchi: Amir Temur 1405-yil fevral oyida Xitoyga yurish chog’ida Xitoyga yetmasdan O’tror shahrida og’ir xastalikka chalinib vafot etdi. Amir Temur 1402yilda vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirgan maqbaraga dafn qilingan. Bugungi kunda mazkur muhtasham maqbara Amir Temur maqbarasi deyiladi. Amir Temurdan so’ng uning bunyodkorlik ishlari va davlatni adolatli boshqarish o’g’li Shohrux Mirzo va nabirasi Mirzo Ulug’bek Tarag’ay tomonidan davom etirildi. Amir Temur asos solgan Temuriylar davlati 137 yil yashadi. Amir Temur va davlati nafaqat o’zbek davlatchiligi tarixida, balki jahon tarixida munosib o’chmas iz qoldirdi. 1-boshlovchi: Endigi navbat Vatan madhiga, sahnaga Maktabning iste’dodli o’quvchilardan biri Jamshid Soliyevga 2-boshlovchi: marhamat! Birgalikda qo’shiqni tinglaymiz. Jamshid Sardor Mamadaliyevning”Vatan” qushig’ini kuylaydi. Qo’shiq tugagach, tadbirning ikkinchi qismi boshlanadi. 1-boshlovchi: Mana bobomiz Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar bilan tanishib oldik. 2-boshlovchi: Bu hali hammasi emas albatta, Amir Temur haqidagi mavzuni davom ettiramiz. Endi sahnaga Amir Temur siymosini yoritib beruvchi “Amir Temur bunyodkor va adolatli hukmdor” mavzusini bayon ettish uchun faol o’quvchilarimizni taklif etamiz. Marhamat! 28 Sahnaga bir o’g’il bola va bir qiz bola chiqadi 1-o’quvchi: Bugun barcha davlat muassasalarida sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi keng nishonlanmoqda. Bunday ulug’ tantana albatta mustaqilligimiz sharofati bilan o’tkazilib kelinadi. Bu tinchligimizdan, ozod va farovon hayot kechirishimizdan dalolat. Ajdodlarni hurmat qilish, milliylikni qadrlash biz o’zbek xalqiga xos. 2-o’quvchi: Sobiq Ittifoq davrida Markaz tomonidan milliy qadriyatlarimiz va dinimiz keskin qoralangan edi, eskilik sarqitiga chiqarilgan edi. Ajdodlarimiz savodsizga, o’tgan buyuk hukmdorlarimiz esa kallakesar, mayshatparast zolimga chiqarilgan edi, Vatanimiz tarixini o’rganish xalqimizga taqiqlab quyilgan edi, milliyligimizni yo’qotish yo’li bilan xalqimizni o’zlariga to’laligicha manqurt qul qilib olmoqchi bo’lishdi. Xususan Amir Temur shaxsiyatiga ko’p tuhmat toshlari otildi, u kishining tarixi ataylab soxtalashtirildi. Amir Temur bir savodsiz, qonxur, vaxshiy hukmdor bo’lgan deya Chingizxonga tenglashtirilgan edi. Amir Temurning qattiq qo’llik bilan siyosat yuritgani rost, chunki o’sha zamonning o’zi shuni talab qilgan edi, qattiqqo’l siyosatini vaziyatdan kelib chiqqan holda amalga oshirgan edi. 1-o’quvchi: O’zingiz o’ylab ko’ring, ko’pgina shaharlarda hashamatli imoratlar va bog’lar qurdirgan, ilm-fan homiysi bo’lgan, adolat uchun kurashgan hukmdor vaxshiy va savodsiz bo’lishi mumkinmi? Albatta yo’q! Mustaqillik sharofati bilan Amir Temur haqidagi noto’g’ri tushunchalar va soxta tarix aslida yolg’on va tuhmat ekanligi isbotlandi. Asl haqiqat XIV-XVI asrlarda yozilgan tarixiy manbalarni o’rganishda ayon bo’ldi. 2-o’quvchi: 1996-yil O’zbekistonda Amir Temur yili deb e’lon qilindi va sohibqironning 660 yilligi ko’tarinki ruhda keng nishonlandi. Butun jahon ilm-fan va madaniyatni qo’llab-quvvatlovchi tashkilot YUNESKO tomonidan Amir Temur bunyodkor va adolatli hukmdor bo’lganligi rasman tan olindi. Bu albatta biz uchun ham, jahon uchun ham tarixiy voqea bo’ldi. 29 1-o’quvchi: Qoralading tarix bir zotni kup bor Qonga buyadi deb azim dunyoni. Xush, asli emasmi uzing aybdor Tug’dirgan, yechilmas bu muammoni. 2-o’quvchi: Samarqand unvonin usiz kim bilar, Takrorlanmas edi balki tilimda. Temur desam, ko’zga Samarkand kelar, Samarqand deganda Temur dilimda. 1-boshlovchi: Endigi navbat Vatanimiz tarixi va unda Amir Temurning o’rni mavzusidagi video lavhamizga 2-boshlovchi: Marhamat! Birgalikda ko’ramiz Video proyektordan video lavha quyiladi 1-boshlovchi: Yana navbat Vatan madhiga 2-boshlovchi: Yana Jamshid Soliyevni sahnaga taklif etamiz. Jamshid qo’shiq aytadi. 1-boshlovchi: Sahnada turgan o’quvchilarning tadbir bo’yicha she’rlari bor 2-boshlovchi:Keling ularni birgalikda tinglasak. So’zga chiqqan o’quvchilar navbat bilan 4 qatordan Amir Temur imoratlari nomli she’r aytadi; Temurxondin hikoyat aylagaylabu imoratlar, Zamonlardin rivoyat aylagaylar bu imoratlar. Falak, gumbazlaringni Yerda kurdim men shu maʼvoda, Ajab sexru sinoat aylagaylar bu imoratlar. Buyuk bu saltanat dongi karitgay ming ayrlarni, Ayrlarni bidoyat aylagaylar bu imoratlar. Tamomi yetti iqlimni sharaf ovozasi kezgay, Mukim xolda sayohat aylagaylar bu imoratlar. 1-boshlovchi: Endigi so’z navbatini Tarix fani o’qituvchisi ustozimiz Botirova 30 Fazilatga beramiz. 2-boshlovchi:Marhamat. 1-boshlovchi: Amir Temur, A. Navoiy, Z.M. Bobur kabi bobolarga va ular qoldirgan buyuk merosga doimo hurmatda bo’laylik! 2-boshlovchi: Shu bilan Amir Temur bobomiz tavalludiga bag’ishlab tayyorlagan bugungi tadbirimiz nihoyasiga yetdi. 1-boshlovchi: —Barchangizga sog’lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilaymiz. Yurtimiz kelajagi bo’lmish yosh va barkamol avlodni tarbiyalashdek olijanob ishda hech qachon charchamang! 31 Xulosa O'zbek xalqi o'zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta'lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do'stlik, iymon-e'tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o'ziga xos tajribasini to'plagan. Bizga ma'lumki, ma'naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o'z-o'zidan vujudga kelmaydi, balki ulaming kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta'sir ko'rsatgan. Qadimda Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g'oyalar bugungi kunda ham muhim ta'lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma'naviy ozuqa berib kelmoqda.Uzoq va boy tarixga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim-tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do'stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma'naviyatimizning o'zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta'lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, "Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o'tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi". Har bir xalqning ta'lim-tarbiyaga oid an'analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo'lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o'z farzandlarini barkamol inson bo'lishini istaydi, o'zlari eta olmagan orzu-umidlariga bolalarining etishligini o'ylaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to'xtalib: "Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib 32 qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz" Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog'liq"23 deya ta'kidlab o'tdi. Sharq mutafakkirlarining ilmiy, ma’naviy me’rosini oʻrganish asosida allomalarimizning, barkamol, komil insonni tarbiyalash xususidagi qarashlari bilan tanishib chiqib, undagi ilgari surilgan gʻoyalar, bugungi kunda oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun naqadar zarurligini tushunildi. Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarni sharq mutaffakkirlari merosidan foydalanib o’qitishning sababi boshlang’ich sinf o'quvchilarida tarixiy ajdodlarining o’tmishda bajargan ishlari va qarashlarini o’rgatishdan iborat. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o'rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega" .Ular o'z asarlarida shaxs ma'naviyati, insonda odobaxloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo'lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o'z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni ulug'laydilar va shunday Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan jamiyat va xalqparvar davlatdir // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaati. — Toshkent: O‘zbekiston, 2022. — B. 15. 23 33 fazilatlarga ega bo'lishga barchani chorlaydilar. Ma'naviy yuksak, zamonaviy ilmfanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g'oya yoki mafkura aslo o'z ta'siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyukdir. Adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan jamiyat va xalqparvar davlatdir // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaati. — Toshkent: O‘zbekiston, 2022. — B. 15. 2. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. — Toshkent: O‘qituvchi, 1992. — B. 24. 3. Bahovuddin Naqshband. Ta’limoti va tariqati. — Toshkent: Movarounnahr, 2003. — B. 74. 4. Beruniy A. R. Tanlangan asarlar. 1-jild. — Toshkent: Fan, 1968. — B. 112. 5. Donolar so‘zi. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. — 112 b. 6. Ibn Sino A. A. Donishnoma. — Toshkent: Fan, 1980. — B. 95. 7. Jaloliddin Davoniy. Axloqi Jaloliy. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2015. — B. 45. 8. Jo‘rayev A. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish // Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy metodlar. — Toshkent: O‘qituvchi, 2020. — B. 63. 9. Jomiy A. Baxoriston. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. — B. 53. 10.Karimov B. Boshlang‘ich sinflarda aqliy tarbiyani shakllantirish metodlari // Pedagogik mahorat asoslari. — Toshkent: Fan, 2019. — B. 45. 34 11.Karimov N. Abu Ali Ibn Sino falsafasi asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2002. — B. 54. 12.Kaykovus. Qobusnoma / Fors tilidan tarjima, izoh va so‘zboshi muallifi: N. Komilov. — Toshkent: Sharq, 2001. — 320 b. 13.Navoiy A. Mahbub ul-qulub. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. — B. 59. 14.Navoiy A. Mahbub ul-qulub. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. — B. 69. 15.Qodirov B. Forobiy tafakkuri va pedagogik qarashlari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2004. — B. 32. 16.Qodirov M. Burhoniddin Marg‘inoniy merosi va axloqiy tarbiya masalalari // O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy merosni o‘rganish muammolari. — Toshkent: TDShI nashriyoti, 2018. — B. 89. 17.Xalq og‘zaki ijodi va ma’naviy tarbiya masalalari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2020. — 215 b. 18.Yassaviy A. Hikmatlar / Nashrga tayyorlovchi: H. Boltaboev. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. — B. 72. 19.Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig / Nasrga solgan va izohlar bilan nashrga tayyorlagan A. Rustamov. — Toshkent: Fan, 1971. — B. 58. 20.[Elektron manba] Pedagogika nazariyasi, tarixi, oliy ta’lim: https://azkurs.org/pedagogika-nazariyasi-pedagogika-tarixi-pedagogika-oliytalim.html?page=147&utm_source=chatgpt.com (murojaat qilingan sana: 10.05.2025) Internet saytlari 1. https//ziyonet.uz 2. https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/pedagogik-psixologiya/boshlang-ich-talim-fanlarini-o-qitilish-jarayonida-sharq-mutafakkirlari-merosidan-foydalanish 3. https//www.oriens.uz 35
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )