Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universteti Urganch filiali Dastur injinering 941-24 Talabasi Bahodirov Og’abek MAVZU: MILLIY DINLAR Tayorladi: Baxodirov. O imzo______ Qabul qildi: Qadamboyev. SH imzo______ Reja 1. Yahudiylik ta’limoti 2. Veda va veda dinlari 3. Konfusiychilik 4. Daosizm Yahudiylik Eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda paydo bо‘lgan. Yakkaxudolilikka asoslanadi. Millat dini. Bu dinning kitobiy asoslari eramizdan avv.IV - III asrlarda shakllandi. Xudo –Yahve deb yuritilgan. Muqaddas kitobi Tavrot. Payg‘ambari Muso. Tavrot Musoga Tur tog‘ida Yahve tomonidan berilgan. Ta’limotga kо‘ra, Yahve odamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatadi, shanba kuni esa dam olish bо‘lib, mehnatga qо‘l urilmaydi. Yahudiylikda shanba ulug‘ kundir. Yahudiylikda haloskor-messiyaning kelishi haqidagi ta’limot ham mavjud. Ushbu din ta’limotiga kо‘ra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay tog‘ida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Yahudiylikning muqaddas kitoblarida Bani Isroil bilan Tangri orasidagi “ahd”ga keng о‘rin berilgani uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun ham, bu din “Ahd” dini sifatida ham e’tirof etiladi. Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg‘ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Bani Isroilning 12 qabilasiga asos solgan, deb hisoblanadigan Ishoq payg‘ambarning о‘g‘li YA’qubning 12 о‘g‘lidan birining ismi “Yuda” yoki “Yahuda” bо‘lgan degan taxmindan kelib chiqqan holda uning ismiga monand ravishda “yahudiy” atamasi shakllangan. Muso payg‘ambarning “Biz senga qaytib, yolvordik” sо‘zlariga tayanib bayon etilgan boshqa bir taxminga kо‘ra, yahudiy sо‘zi arabcha هادhoda о‘zagidan kelib chiqqan bо‘lib, “qaytish” va “tavba qilish” ma’nolariga ega. tarixiy manbalarda “ibroniy” atamasi (ibr. “Ibri” – “narigi tomonning odami, kelgindi”) Frot va Iordan daryolarining narigi tarafidan kelgan kо‘chmanchilarga nisbatan ishlatilgan. Yahudiylarning о‘zlari orasida keng tarqalgan qarashlarga kо‘ra, “Isroil” atamasi “Xudo bilan kurashib uni yenggan” degan ma’noni anglatadi. “Ibtido” kitobining 32 – bobi 28 – matnida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan ishlatiladigan “Isroil о‘g‘illari” nomi YA’qub payg‘ambarga Xudo tomonidan berilgan. Yaxudiylar tarixi. Falastinda (Kan’on yoki Xanaan) Misr xukmronligining ta’siri susaygan miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda bu mamlakatda bir qancha xanaanlardan tashkil topgan mayda shahar-davlatlar bо‘lgan. Tavrotda yozilishicha, Xudo xazrati Ibroxim, Isxok, Yaqub payg‘ambarlarga va’da qilgan mamlakat bо‘lib, Nux payg‘ambar о‘g‘li Xom, uning о‘g‘li Kan’on naslidan tarqalgan butparast xalqlarning yeri bо‘lgan. Yangi yerlarni egallashda Kan’onning tub xalqi bilan olib borilgan kurashlarda Isroil qabilalarining vaqtinchalik birlashuvi va о‘zaro bir-birlari bilan hamkorligi bir tomondan mustahkamlanib borsa-da, ikkinchi tomondan, Isroil qabilalarining keyinchalik bepoyon Kan’on yerlarining turli tomonlariga sochilib ketib joylashib olishlari ularning bir-birlaridan ajralib, tarqalib ketishlariga ham zamin yaratdi. Falastinning tub xalqi-kan’oniylar Misr bosqinchi zolimlariga qarshi tinimsiz kurashi, uzluksiz urushlar, “dengiz orti xalqlari”ning Falastinning О‘rta yer dengizi sohillarida yashaydigan butparast filistiylar va boshqa chet el bosqinchilarining paydar-pay hujumlaridan holsizlangan Falastinni Isroil qabilalari tomonidan bosib olinishi ancha oson va tez kechdi. (Falastin sо‘zi ana shu xalq nomidan olingan bо‘lib “filistiylar mamlakati” degan ma’noga ega bо‘lgan). Falastinga isroilliklar kirib kelganlaridan sо‘ng jangovar filistiylar ularga ham birday qarshi kurashni boshlab yubordilar va betinim ketma-ket hujum qilib turdilar. Miloddan avvalgi XI asrning ikkinchi yarmida filistiylar yahudiy qabilalarining chegara oldi viloyatlariga bostirib kirib, ularning bir necha qal’alarini qо‘lga kiritdilar. Filistiylar isroilliklarga yana bir necha og‘ir zarbalar berib, Isroilning asosiy shaxri Silomni qо‘lga kiritdilar. Ichki va tashqi vaziyat bani isroil qabilalarini о‘zlarining yagona birlashgan davlatlarini vujudga keltirishni taqozo etdi. Miloddan avvalgi XI asr oxirlarida – 1049 yilda Umumxalq majlisida Dovud yaqinida zabt etilgan, yaxudiy qabilalari yashaydigan hududlarda joylashgan qadimgi Iyerusalim shahrini о‘ziga poytaxt qilib belgiladi. Uning qarorgohi shaxar yaqinidagi baland Sion (Sinay) tepaligida joylashgan bо‘lib, bu tepalik tabiiy harbiy qal’a vazifasini xam о‘tar edi. Ossuriyaliklar yuz minglab odamlarni asir qilib haydab olib ketdilar va ularning о‘rniga о‘zlarining bepoyon mamlakatlarida yashab turgan axolini olib kelib joylashtirdilar. Isroilning qismati Yaxudiyaga xam xavf solib turardi. Miloddan avvalgi VIII asr oxirlarida Yaxudiya podshoxi Xizqiya (Yezekiya) Iyerusalimda ossuriyaliklar qamalida qoldi. Miloddan avvalgi VII asrning oxirlarida Ossuriyaning halokatidan sо‘ng Bobil, Misr bilan raqobatlashib Ossuriyaga qarashli Old Osiyo davlatlarini birin-ketin bosib ola boshladi. Shunday qilib Isroil davlati miloddan avvalgi 722 yilda Ossuriya tomonidan, Yaxudiya esa 586 yilda Bobil tomonidan bosib olindi. Yaxudiya Misrning xomiyligiga umid bog‘lab zimdan mil. av. 590 yilda Bobilga qarshi urush boshladi. Bobil armiyasi yaxudiylarning xarbiy kuchlarini tor-mor keltirib, Iyerusalimni qamal qildi. Yaxudiya mil. av 586 yilda davlat sifatida batamom yо‘q qilindi. Kayxusrav yaxudiylarga shunday yaxshiliklar qilsada, ammo ularning yanada kuchayib ketib kelgusida о‘zining davlatiga xavf solishi mumkinligidan ularni о‘z qо‘lida maxkam tutib turdi. Shu bois xam shaxar va ibodatxonaning qayta tiklanishi uzoq davom etdi va u miloddan avvalgi V asr oxirlari va IV asr boshlarida kо‘rib bitkazildi. Mil. av. 621 yilda Yaxudiya podshoxi Iosiy diniy isloxot о‘tkazdi: din ishlari qat’iy markazlashtirildi. Yuqorida aytilganidek, mil av 722 yilda Isroilni Ossuriya (Shom, Suriya) podshoxligi va miloddan avvalgi 586 yilda bо‘lgan Yaxudiyani Bobil podshoxligi bosib oldi va yaxudiylarning kо‘p qismini asir qilib xaydab olib ketdilar. Yaxudiylar asirlikda 50 yil qattiq azob chekib yurdilar. Yaxudiylikda Yaxve nomini tilga olish man etiladi, о‘rniga «adonay» (mening parvardigorim) deb о‘qiydilar va gapiradilar. «Yaxve» sо‘zining ma’nosi xozirgacha noanik. Yaxve kadimgi ibroniylarning xudolaridan birini nomi bо‘lgan, u avval bosh xudo. Keyinchalik bu qabila uni yagona xudo deb e’tiqod qila boshlaganlar. Beruniy о‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida yozishicha, yaxudiylar bu sо‘zni somiy tillaridagi hoda - tavba qilmoq , tavba qilganlar sо‘zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalarda bu fikr notо‘g‘ri. Aslida bu sо‘z YA’qub payg‘ambarning о‘g‘li Yahudo nomiga nisbat berilgan. 2 ta manbasi bor. 1. er.avv. XIII asrda Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketishga boshchilik qilgan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tavrot. 2. Talmud (qad. Yahudiy tilida lameyd-о‘rganish) miloddan av.IV asrlarda vujudga kelgan va yozma Tavrotdan farqli ravishda og‘zaki tarzda shakllangan. Unda 248 ta vasiyat, 365 ta ta’qiq mavjud. Esxatologik, ya’ni oxirat tо‘g‘risidagi tasavvurlar bor. “Tanah” va “Talmud” Yahudiylikning ana shunday manbalaridan hisoblanadi. “Tanah” (xristianlarda “Qadimgi ahd”) “Tora” (“Tavrot”), “Naviim” (“Payg‘ambarlar”) va “Ketuvim” (“Kitoblar”) kabi uch bо‘limdan tashkil topgan. “Tanah” nomi esa, ana shu uch bо‘limning ibroniycha bosh harflarining qо‘shilishidan hosil bо‘lgan. Mazkur manba “Kitve kodesh” (“Muqaddas kitoblar”), deb ham yuritiladi. “Tanah” (“Qadimgi ahd”) xristianlikning ham muqaddas kitobidir. Shunday bо‘lsa–da, ularning bо‘limlari borasida juz’iy farqlar uchraydi. Jumladan, “Bibliya”da “Qadimgi Ahd” 39 ta kitobni о‘z ichiga olsa, yahudiylikda ba’zi qismlar birlashtirilgani uchun 24 ta kitobdan tashkil topgan. “Tora” (ibr. – qonun, amr, dars, rahbar)ning о‘zi besh kitobdan iborat. U Xudo tomonidan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida taxminan mil. avv. 1571 yilda nozil qilingan, deb e’tiqod qilinadi. Yahudiylikda mil. avv. 586 yilda ravvinlar va yahudiy dini arboblari tomonidan jamlangan “Bobil Tavroti”ga tayanilsa, xristianlikda uning yunon tiliga tarjima qilinishi natijasida “Yunon Tavroti”, shuningdek, tarjima qilishda 72 ta yahudiy ruhoniy ishtirok etganidan kelib chiqib “septuaginta” deb nomlangan “Tavrot”ga asoslaniladi. 50 bobdan iborat “Ibtido” (ibr. – “Bereshit”) kitobi “Tavrot” tarkibidagi birinchi kitob hisoblanadi. Unda ilk inson va koinotning yaratilishidan to isroil xalqining Misrga kelib joylashishigacha bо‘lgan voqealar tadrijiy ravishda bayon qilingan. 40 bobdan iborat “Chiqish” (ibr. – “Shemot”) kitobida esa, isroil xalqining Muso boshchiligida Misrdan chiqishi va shu voqea bilan bog‘liq tafsilotlar hikoya qilingan. (ibr. – “Bereshit”) kitobi “Tavrot” tarkibidagi birinchi kitob hisoblanadi. Unda ilk inson va koinotning yaratilishidan to isroil xalqining Misrga kelib joylashishigacha bо‘lgan voqealar tadrijiy ravishda bayon qilingan. “Tanax”ning 2–bо‘limi bо‘lgan“Naviim” kitobi 8 bobdan iborat. Unda Hokimlar (ibr – Shoftim), I va II–Samuel, I va II Qirollar (ibr. – Malaxim), Yoshu’a, Yirmiyax, Ixzqiyol, Hashu’, Yо‘el, Amos, Ovadya, Yonah, Miha, Nahum, Xavakuk, Tzefaniya, Xagai, Zakariyyo, Malaxi kabi payg‘ambarlar faoliyati, jumladan, ularning yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilish borasidagi harakatlari, hayot yо‘llari va amallari haqida sо‘z boradi Ma’lumki, Bibliya ikki kismdan ya’ni “Qadimgi axd” va “Yangi axd” kismlaridan iborat, Tavrot va Zabur “Qadimgi axd” qismiga, payg‘ambar Iyso alayxissalomga milodiy yil boshlarida nozil kilingan Injil “Yangi axd” qismiga kiritilgan bо‘lib, xristianlar Bibliyaning ikkala qismini, yaxudiylar esa faqat “qadimgi axd” qismini tan oladilar va e’tiqod qiladilar. Yahudiylikning asosini 10 ta nasihat tashkil qiladi: 1. Yahvedan boshqani iloh sanamaslik 2. but, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik 3. bekordan bekorga xudo nomi bilan qasam ichmaslik 4.Shanba kunini hurmat qilish 5.ota-onani hurmat qilish 6.nohaq odam о‘ldirmaslik 7.zino qilmaslik 8.о‘g‘irlik qilmaslik 9.yolg‘on guvohlik bermaslik 10. yaqinlarning narsasiga kо‘z olaytirmaslik Yahudiylikda 3 ta qadimiy oqim bor: 1) saduqiyliar; Dovud payg‘ambar davrida yashagan podshoh Saduq nomi bilan bog‘liq. Ular diniy ishlarda faqat qonunni tan olganlar qiyomatda о‘lganlarning qayta tirilishini tan olmaydilar. 2) farziylar; ma’nosi tushuntirish, ajratib kо‘rsatishdir. Musoning qonunini oddiy odamlarga о‘rgatganlar 3) esseylar; Quddusdagi kо‘pgina ruhoniylar Xudo ulardan talab qilganidek yashamas edilar. Ayrim diniy mansablarga Musoning qonuniga muvofiq bо‘lmagan odamlarni tayinlaganlar, bu ba’zi ruhoniylarga yoqmagani sababli Quddusni tashlab chiqib ketadilar va yahudiy sahrolarida joylashib, shu yerlarda о‘z jamoalarini tashkil qildilar. Ularni esseylar deb ataganlar. Esseylar Messiyaning kelishi va Quddusni tozalashini kutib ibodat qilganlar. Vedalar va veda dinlari Er.avv. 2-ming yilliklar о‘rtalarida Hindistonga Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari farq qilgan xalqlar kirib kelgan, ular sanskrit tilida gaplashardi va о‘zlarini oriylar deb ataganlar. О‘zlari bilan birga muqaddas yozuvlarini ham olib keldilar. Ular Vedalar(bashorat) deb nomlangan. Bu yozuvlar tarkibida turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar, tarixiy-falsafiy ma’lumotlar, axborotlar mavjud edi. Kitob yakunlanmagan, oxiri ochiq edi. Vedalarda 33ta, ba’zan 333 ta yoki 3339 ta afsonaviy xudolar tо‘g‘risidagi madhiyalar bitilgan, deb kо‘rsatiladi. Vedalarda xudolar – osmon, quyosh, havo, yer, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan. Vedalarning kitob shakliga keltirilishi va braxmanlar tomonidan sharhlanish davri. Bu taxminan miloddan avvalgi VIII asrlardan boshlanadi. Bu davrda din ishlari bilan mashg‘ul bо‘lgan, kohinlar jamoalari – braxmanlar yuzaga kelgan. Veda ta’limotining fundamental asoslari ham saqlab qolindi. Mazkur asoslar quyidagi besh qoidada aks etgan: 1. Vedalarning muqaddasligi; 2. Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi; 3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish; 4. Sanskritning muqaddas til ekani; 5. Sigirning muqaddas ekani. Braxmanlik Er.avv. 1-ming yillikda veda tarafdorlari о‘z dinlarini isloh qilib, yangi diniy qonun-qoidalarga asos soldilar va uni braxmanlik deb atadilar. Braxmanlik ta’limoti kastalarga (tabaqa) bо‘lingan: 1. kshatriylar- xudoning qо‘lidan yaratilgan podsholar, knyazlar, jangchilar. 2. vayshlar – xudoning sonidan yaratilgan savdogarlar va hunarmandlar 3. shudralar – xudoning oyog‘idan yaratilgan oddiy xalq, dehqonlar. Kastachilik Manu qonunlari bilan mustahkamlangan. Hinduiylik Er.avv. VI asrda Hindistonda paydo bо‘lgan. Kо‘pxudolilikka asoslanadi. 1. Koinotning yaratuvchisi bо‘lgan Braxma 2. Dunyo nizomini ushlab turuvchi Vishnu 3. Koinotni halok qilish qudratiga ega Shiva Marhumlarni kuydirib, kulini Gang daryosiga oqizadilar. Konfusiychilik Qadimgi Xitoyda Lao-Szi ta’limoti bilan deyarli bir davrda Kun-Szi paydo bо‘ldi. Konfusiy qad.Xitoy faylasufi. О‘z ta’limotida osmon sirlarini tilga olmaydi, ruhlar va narigi dunyo tushunchalariga kam e’tibor beradi. Uning asosida inson va uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olam hamda jamiyatdagi о‘rni va vazifasi turadi. Konfusiy ta’limotidagi insoniy munosabatlar 1. davlat boshlig‘i bilan amaldorlar о‘rtasidagi munosabat 2. ota-onalar bilan farzandlar о‘rtasidagi munosabat 3. er bilan xotin о‘rtasidagi munosabat 4. katta va kichik, aka-ukalar о‘rtasidagi munosabat 5. dо‘st-birodarlar о‘rtasidagi munosabat О‘g‘ilning ota-ona oldidagi vazifalari 1. har doim tо‘la hurmat qilishi 2. ularga eng suyukli taomni keltirishi 3. betob bо‘lib qolganlarida chuqur qayg‘urishi 4. vafot etganlarida yurak-yurakdan achinishi 5. xotirasiga qurbonliklar qilishi. Konfusiy Daosizm Falsafiy ta’limot bо‘lib, mil.avv.IV – III asrlarda Xitoyda paydo bо‘lgan. Falsafiy prinsiplari DAO-DESZIN kitobida bayon etilgan bо‘lib, Lao-Szi tomonidan yozilgan. Asosiy tushunchasi dao(yо‘l) u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi, manbai deb tushunilgan. Dao osmon xudosi ramziga teng. Baxtli bо‘lishni istagan odam daoni taniy olishi kerak. Odam mikrokosm(kichik dunyo) bо‘lib, vafoti bilan ruh tanadan ajralib chiqib, Daoga qо‘shilib ketadi. Daoda De kuchi mavjud bо‘lib, u faoliyatsizlikni bildiradi. Daosizmda yaxshi ishlardan kо‘ra kо‘proq о‘z ichki dunyosini tinglash(meditatsiya) ustun qо‘yiladi. Sintoiylik VII–VIII asrlarda tо‘la shakllangan Sintoiylik (xitoycha, “shin”,“sin”– Xudo va “dao”, “to” – yо‘l, ya’ni, Xudolar yо‘li) yapon xalqi diniy e’tiqodi, afsonalari va marosimlari majmui bо‘lishi bilan bir qatorda unda tabiat hodisalari, ajdodlar ruhi, magiya hamda shomonlikning elementlarini yaqqol uchratish mumkin. Sinto ibodatxonalarida amalga oshiriladigan arkonlar sodda va ixcham. Ta’limotga ergashuvchilar ibodatxonaga kelgach, mehrob oldidagi yog‘ochli katak yashikka tanga otib, toat qilishdan oldin ma’budlarni о‘ziga jalb qilish maqsadida chapak chaladilar. Sintoiylikka kо‘ra, kishining yakka tartibdagi duo qilishi biror bir odat yoki matnga asoslanmay, balki istalgan tilakning fikran aytilishi kifoya hisoblanadi. Sinto ta’limotiga kо‘ra, qon, kasallik va о‘lim poklikka putur yetkazgani uchun badani qon bemor, dardmand yoki azadorlar ibodatxonalarni ziyorat qilishi mumkin emas. Shuning uchun sintoiylikda marhum bilan bog‘liq amaliyot va dafn marosimi shakllanmagan. Ibodatxonalarda kannusilar bilan bir qatorda Miko (kannusilarning yordamchilari), musiqachi, raqqos va diniy xodimlar faoliyat kо‘rsatishadi.Kannusilar ibodat vaqtida maxsus oq rangli kimono, qat–qat tannura (yubkasimon kiyim) va qora rangli bosh kiyimda bо‘ladilar. Xulosa: Milliy dinlar bir millatning ma’naviy, madaniy va tarixiy o‘zligining ajralmas qismidir. Ular o‘z xalqining e’tiqodlari, qadriyatlari va an’analarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, milliy dinlar boshqa dinlar va madaniyatlar bilan muloqotga kirishib, yangi shakllar va qadriyatlarni o‘zlashtirishi ham mumkin. Milliy dinlar – muayyan xalq yoki millatga xos bo‘lgan diniy e’tiqod va marosimlar tizimidir. Ular odatda ma’lum bir millatning tarixiy rivojlanishi, madaniyati va urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Milliy dinlar boshqa xalqlarga keng tarqalmasa-da, ular o‘z xalqining identifikatsiyasi, birligi va ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Foydalanilgan adabiytlar: 1. Dinshunoslikka kirish. (Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma). Tahrir hay’ati: T. Xoliqov, Sh. Toshpo‘latov. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti, 2019. 2.Arxiv.uz. 3. Mirzayev M., Egamov A. Dinshunoslik asoslari. Toshkent: Toshkent Islom Universiteti nashriyoti, 2015.
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )