Lisoniy ziddiyatlar, lisoniy tasnif va uning turlari REJA 1. Lison haqida 2. Lisoniy ziddiyatlar 3.Lisoniy tasnif va uning turlari Lison-UMIS tabiatli lisoniy birliklarning serqirra , koʻp qavatli sathlaridan tashkil topgan barqaror, tashqi muhit ta'siriga oʻta sezgir, oʻzgarish, rivojlanish va moslashish immanent qobiliyatini oʻzida mujassamlashtirgan murakkab qurilishli ierarxaik sistemasidir. Lison deyilganda ma'lum jamiyatning barcha a'zolari uchun avvaldan tayyor holga keltirib qoyʻilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsad uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning oʻzaro birikish qonuniyatlari yigʻindisi tushuniladi. Ziddiyat (qarama-qarshi)-lisoniy birliklarning ifodalanishidagi farqlarga muvofiq ifodalovchilarning va, aksincha, ifodalovchilardagi farqlarga muvofiq ifodalanmishlarning muhim lisoniy farqlanishi. Masalan, b va t fonemalari orasida ziddiyat mavjud boʻlib,shunga muvofiq bosh va tosh birliklari orasida shakliy-mazmuniy qaramaqarshilik munosabati amal qiladi Tabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni bo'lganligi kabi lisoniy paradigmada birliklarni bir-biriga bog'lab turuvchi, paradigmaning yashovchanligini ta'minlovchi omil lisoniy ziddiyatdir. Demak, lisoniy ziddiyat falsafiy qarama-qarshilik birligi va kurashi qonunning tildagi xususiylashlashmasi, voqelanishi. Lisoniy ziddiyatni aniqlash yoki lisoniy ziddiyatga bunday yondashish ziddiyatli va ziddiyatsiz munosabatni farqlashni taqozo qiladi. Shaxsson shakli boʻlgan -miz va -siz (o'qiymiz-oʻqiysiz) har xil lisoniy morfologik birlik boʻlib, bir paradigmaning turli a'zolari sifatida ziddiyatli munosabatda boʻladi. Ba'zilar oyʻ so'zini aytganda , oʻ ni til oldi , boshqalar esa til orqa unlisi sifatida talaffuz qiladi .Baribir , bu soʻz oʻ tovushlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar, "fikr", "xayol" ma'nolarini beradi . Lisoniy birliklarning varianti orasidagi bunday munosabat ziddiyatsiz munosabat deyiladi Tilshunoslar lisoniy ziddiyatni bir necha tomondan tasniflaydilar: 1. Ziddiyat tizimida tutgan o'rniga koʻra . 2.Ziddiyat a'zolarining oʻzaro munosabatiga koʻra. 3.Turli vaziyatda ziddiyatning amal qolishiga koʻra. Lisoniy ziddiyat , ziddiyat tizimi munosabatiga koʻra , o'lchami va uchrovchanlik belgilari bilan farqlanadi. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida Tasnif (arabcha) "saralash", "tartibga solish") narsa va predmetni aniq va doimiy o'ringa ega boʻlgan guruh (sinf) ga boʻlish. Agar tasnif ilmiy asosga ega boʻlsa, u uzoq davr mobaynida amal qiladi. Masalan, kimyoviy elementlar tasnifi bugungi kunda ular soni 200 dan oshib ketayotgan boʻlsa-da o'zgarmasin amal qilmoqda Tasniflash bo'lishdan barqaror tabiatliligi bilan ajralib turadi. Tògri tasniflashda ham oddiy bo'lishda amal qiladigan barcha tamoyillar asos boʻlib xizmat qiladi. Ya'ni tasnifda ham boʻlishdagi kabi : 1) tasniflangan bo'laklar hajmi tasniflanayotgan butunlik hajmiga teng boʻlishi; 2)tasnif bir asosda amalga oshirilishi; 3) tasnif (tasniflangan) guruhlar bir-birini inkor qilishi; 4) tasnif uzluksiz boʻlishi , ya'ni unda "sakrash" bo'lmasligi lozim. 1. Tasniflangan guruh hajman tasniflanuvchi butunlikka mos kelishi. Masalan, fonema unli va undoshli , leksemalar mustaqil va nomustaqil leksemaga, qo'shimcha soʻz yasovchi va grammatik qoʻshimcha ajraladi. Agar tasniflangan guruh soni ancha ancha koʻp boʻlsa "va boshqalar" , " va hokazo" tarzida sanashni tugatish ham mumkin. 2. Tasnifning bir asosda amalga oshirilishi lozimligi. Tasniflanuvchi butunlikni guruhlarga boʻlish bir belgi, asos, mezon asosidagina amalga oshirilmoqda lozim. Masalan, soʻz turkumlari uch morfologik , semantik va sintaktik belgi asosida tasniflanishi mumkin. Lekin har bir tasnifda ularning birigagina tayaniladi. Tasnifda bunga rioya qilmaslik ikki xil xatoga olib keladi: a) tasnifni amalga oshira olmaslikni keltirib chiqaradi. Masalan, soʻzlar morfologik jihatdan o'zgaruvchi va o'zgarmas , semantik jihatdan avtosemantik (mustaqil ma'noli) va sinsemantik (nomustaqil ma'noli) so'zlarga boʻlinadi. Lekin ularni bir paytning oʻzida morfologik va semantik tasnif qilib bo'lmaydi. Chunki, o'zgarmas soʻz avtosemantik ham, sinsemantik ham boʻlishi mumkin. b) tasnifning bir bosqichining oʻzida goh u , goh bu asosni qo'llash yoki biridan ikkinchisiga oʻtish tasnif izchilligiga putur yetkazadi. 3. Tasnif a'zolari (guruhlari) bir -birini inkor etishi lozim. Masalan, undoshlar til oldi , til oʻrta , til orqa , boʻgʻiz , jarangli , jarangsiz turlardan iborat deyilgan tasnifda a'zolarning ayrimlari boshqalarini inkor eta olmaydi. Ya'ni jarangli undosh til oldi undashi bilan zidlana olmaydi, til oldi va til oʻrta undashlari bir-birini inkor etish xossasiga ega. 4.Tasnifda sakrash bo'lmasligi lozim. Agar "kesim sodda kesim, murakkab fe'l kesim, murakkab ot kesimga boʻlinadi " tasnifini amalga oshirsak, xatoga yoʻl qoyʻgan bo'lamiz. Chunki dastlab kesimni sodda va murakkabga, so'ngra fe'l va ot kesimga boʻlish toʻgʻri va izchil tasnifni beradi Tasnif dixotomik ,politomik yoki dixopolitomik boʻlishi mumkin. Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruhga ajratiladi:"fonemalar unli va undoshga ajraladi" kabi.Politomik tasnifda guruh soni ikkidan ortiq boʻladi:"Grammatik qo'shimcha lugʻaviy shakl hosil qiluvchi , sintaktik shakl hosil qiluvchi va lugʻaviy sintaktik shakl hosil qiluvchiga boʻlinadi" , yoki "fe'llar nutq fe'llari, ruhiy-holat fe'llari va h.k."kabi. Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabki bosqichda ikkiga, keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror tizimni turli asosda tasnif qilish har xil natija beradi. Masalan, undosh fonemani ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra jarangli va jarangsizga, hosil boʻlish oʻrniga koʻra lab, til, boʻgʻiz undoshiga ajratish mumkin. Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, substansial belgilariga koʻra yoki muhim boʻlmagan zohiriy xossasiga asoslangan boʻlishi mumkin. Shu boisdan tabiiy yoki yordamchi tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birliklarning ichki, barqaror belgilariga asoslanadi. Yordamchi tasnifda birliklarning ontologik boʻlmagan xossasini bildiruvchi belgilarga tayanadi. Masalan, "soʻzlarning boʻgʻin sonlariga koʻra tasnifi (bir boʻgʻinli,ikki boʻgʻinli va koʻp boʻgʻinli soʻzlar)", "unlilarning tilning gorizontal holatiga koʻra tasnifi" va h.k. Lisoniy paradigma — bu biror tilning leksik yoki grammatika jihatidan bir-biri bilan o‘xshash yoki o‘xshash bo‘lgan birliklar to‘plamini anglatadi. Paradigma atamasi ilk bor tilshunoslikka F. de Saussure tomonidan kiritilgan bo‘lib, u tilni ko‘plab alternativalardan iborat tizim sifatida ko‘rgan. Lisoniy paradigma va lisoniy tasnif — tilshunoslikda til tizimini va uning tarkibiy qismlarini o‘rganishdagi asosiy kontseptual tushunchalar hisoblanadi. Lisoniy paradigma tilning funksional tizimini va uning o‘zaro aloqalarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Lisoniy paradigma va tasnif o‘rtasida chambarchas bog‘lanish mavjud. Paradigma — bu til birligining shakllanishi va o‘zgarishi jarayonini, tasnif esa ularni tizimli ravishda guruhlashni ifodalaydi. Lisoniy paradigma til birligi shakllarining o‘zaro aloqasini aks ettirsa, tasnif bu shakllarni guruhlash va sistematizatsiya qilishga xizmat qiladi. Masalan, o‘zbek tilida otning paradigmasi (birlik, ko‘plik, tasrif shakllari) tasnif bilan birga ishlatiladi. Bunday tasniflar yordamida tilshunoslar tilning o‘zgaruvchanlik va barqarorlik jihatlarini tahlil qilishlari mumkin. Bunda paradigmaning har bir elementi tasniflashda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, chunki ular tilning turli qatlamlarida o‘zaro aloqada bo‘lishadi. Lisoniy paradigma va tasnif tushunchalari tilshunoslik, tarjima, lingvistik tasvirlash, tilni o‘rgatish va kompyuter lingvistikasida keng qo‘llaniladi. Masalan, zamonaviy lingvistika, komputer tilshunosligi va sun'iy intellekt tizimlarida lisoniy paradigmalardan foydalanish orqali tilni avtomatik ravishda tahlil qilish va tarjima qilish tizimlari yaratiladi. Lisoniy paradigma: Lisoniy paradigma tilshunoslikda, asosan, tildagi shakl o‘zgarishlarini o‘rganish va tushunishda muhim ahamiyatga ega. Paradigma — bu til birligining turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqalarni tasvirlaydi va ular qanday qilib bir birini almashtirishi mumkinligini ko‘rsatadi. E'tiboringiz uchun katta rahmat!
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )