O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITET MUSTAQIL ISHI BAJARDI:ABDUVOYITOV JAVLONBEK GURUH:070-21-GURUH TOSHKENT 2025. Mavzu:”Suv va suvdanfoydalanish” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni haqida REJA 1.”Suv va suvdanfoydalanish” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni haqida 2.O’zbekistonda suv resurslari haqida 3.Hulosa “SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 10-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 21-oktabrda ma’qullangan 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837-XIIsonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019yil, № 5, 261-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021yil, 4songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 21-modda: sakkizinchi xatboshisidagi “suv obyektidan” degan so‘zlar “suv obyektidan yoki suv xo‘jaligi obyektidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari — suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari (tumanlarning irrigatsiya bo‘limlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, suv omborlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari)”; o‘n beshinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha o‘n oltinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun haq to‘lash — suv ta’minoti tashkilotlari (suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va boshqalar) tomonidan ko‘rsatiladigan suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari (suv xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, suvni boshqarish va hisobga olish vositalaridan foydalanishda ko‘maklashish) uchun shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish”; o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilari tegishincha yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin; 2) 6-modda: sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “suv xo‘jaligi sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish”; quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “suv xo‘jaligini rivojlantirish, suvdan oqilona foydalanish, suvdan samarali foydalanish, suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshirish, suv va suvdan foydalanishga doir boshqa dasturlarni tasdiqlash; suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini tasdiqlash”; to‘qqizinchi xatboshisi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin; 3) 7-modda: quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda, shuningdek ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda ko‘maklashish; suv iste’molchilari uyushmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash hamda tiklash, tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish”; beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; 4) 8-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “Suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi”; 6) 11-modda birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 7) 16-moddaning: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv obyektlaridan o‘tadigan ko‘priklar, o‘tish yo‘llarini va boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalari suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini nazorat qilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda zarur hollarda, energetika, arxitektura va qurilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan (daryo transporti yuzasidan) kelishib olinishi lozim, shuningdek toshqin suvlarini o‘tkazib yuborishni, suv obyektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning ifloslanishiga, bulg‘anishiga va kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni, ularning zararli ta’sirining oldini olishni ta’minlovchi tadbirlar o‘tkazilishini nazarda tutishi kerak”; ikkinchi tashlansin; 8) qismidagi “qishloq 182- va” degan so‘zlar chiqarib modda: to‘rtinchi qismidagi “qishloq va suv xo‘jaligi organlari” degan so‘zlar “suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin: “Suv iste’molchilari uyushmalarining faoliyatini moliyalashtirish o‘z a’zolarining har yillik a’zolik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish qoidalari buzilgan, suvdan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, shuningdek limitdan ortiqcha suv olingan, a’zolik badallari, suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, qonunning hamda shartnoma shartlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilguniga qadar suv iste’molchilariga suv yetkazib berishni to‘xtatishga haqli”; 9) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish obyektlari bo‘lishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlatxususiy sheriklik prinsiplari hamda boshqa shartlar asosida foydalanishga berilishi mumkin, bundan suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari mustasno”; 10) 21-moddaning: to‘rtinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “Suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi qismidagi “qishloq va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; o‘ninchi qismining o‘zbekcha matnidagi “Oqindi” degan so‘z “Oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 11) 27-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari bo‘yicha — suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, yer osti suvlari bo‘yicha — geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan beriladi. Sun’iy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan; irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan; suv iste’molchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — tuman ahamiyatiga molik suv obyektlaridan tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari tomonidan; o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda boshqa suv iste’molchilariga — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishilgan holda suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan beriladi”; 12) 29-moddaning matnidagi “qishloq chiqarib tashlansin; va” degan so‘zlar 13) 30-moddaning ikkinchi qismidagi “qishloq va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 14) 31-moddaning: birinchi qismidagi “vaqtincha foydalanish” degan so‘zlar “vaqtincha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suvdan vaqtincha foydalanish muddati uch yildan kam bo‘lmasligi va qirq to‘qqiz yildan oshmasligi kerak”; 15) 35-modda birinchi qismi: beshinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “suvni tejash va raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini ko‘rishi”; 16) 351-modda birinchi qismi beshinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 17) 44-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari tegishliligiga ko‘ra shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan, ayrim hollardagina sog‘liqni saqlash organlari va kurort boshqarmalari bilan kelishilgan holda boshqa maqsadlar uchun foydalanishga ruxsat berishi mumkin”; 18) 45-moddaning o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 19) 48-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv iste’molchilari uyushmalarining suvdan foydalanish rejalari tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi. Quyidagilar: tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishilgan holda — suv iste’molchilari uyushmalari bo‘yicha; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda — tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limi bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha tuzilgan hamda umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi”; 20) 49-modda: ikkinchi qismidagi “ular davlat mulki bo‘lib, xususiylashtirilishi mumkin emas” degan so‘zlar “ular davlat mulkidir” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin: “Suv xo‘jaligidan foydalanuvchi tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlari va inshootlari belgilangan tartibda, davlat-xususiy sheriklik prinsiplari asosida foydalanishga berilishi mumkin. Suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari xususiylashtirilmaydi”; uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin; 21) 501-modda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga ishlab chiqilgan va joriy etilgan suvni tejovchi texnologiyalarning kamida besh yil qo‘llanilishini ta’minlashi”; to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlarini, shu jumladan yerlarning sho‘rini yuvishda lazerli uskuna yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida har uch yilda kamida bir marta tekislashni amalga oshirishi”; 22) 51modda: nomining o‘zbekcha matnidagi “Oqindi” degan so‘z “Oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqova suvlar bilan sug‘orish davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish organlarining ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi”; 23) 56-modda: nomidagi “sanoat maqsadlarida va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun” degan so‘zlar “sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv iste’molchilari, ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suv ta’minotining aylanma hamda takroriy tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini kamaytirish va oqova suvlarning oqizib yuborilishini tugatish choralarini ko‘rishi, shuningdek suvlarning radioaktiv ifloslanishi belgilangan normalardan oshishiga yo‘l qo‘ymasligi shart”; uchinchi qismining ruscha matnidagi “selskogo i” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 24) 59-moddaning birinchi qismidagi “qishloq va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 25) 60-moddaning ikkinchi qismidagi “qishloq va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 26) 63-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv obyektlari baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga va shartlarga rioya etgan holda berilishi mumkin. Suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”; 27) 64-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv havzalarida sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlashga ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga biriktirilgan joylarda ushbu jamiyatlarning ruxsatnomasi asosida bepul yoki haq evaziga ruxsat etiladi, bundan davlat qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining va davlat biosfera rezervatlarining hududidagi suv havzalari mustasno. Suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda biriktirilishi mumkin”; 28) 68-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 29) 70-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kema qatnovi uchun suv obyektlaridan foydalanish suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”; 30) XIX bob nomining o‘zbekcha matnidagi “Oqindi” degan so‘z “Oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 31) 74-modda: nomining o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; birinchi va ikkinchi qismlarining o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 32) 75-modda: nomining o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 33) 79-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv omborlaridan foydalanish tartibi Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda, har bir suv ombori, suv omborlari tizmasi yoki tizimi uchun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi”; 34) 80-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv omborlarining tegishli texnik holatini va obodonlashtirilishini ta’minlaydigan tadbirlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish, shuningdek ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish suv xo‘jaligi organlari hamda suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi”; 35) 82-moddaning: birinchi tashlansin; uchinchi qismidagi “qishloq va” qismidagi “Qishloq va” degan degan so‘zlar so‘zlar chiqarib chiqarib tashlansin; 36) 85, 86, 87 va 90-moddalarning matnlaridagi “qishloq so‘zlar chiqarib tashlansin; va” degan 37) 98-moddaning ruscha matnidagi “selskogo i” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 38) 99-modda: birinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariyamuhofaza zonalari rejimini buzish”; ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “Oqindi” degan so‘z “Oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; 39) 101-modda: ikkinchi qismidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq va suv xo‘jaligi organlariga” degan so‘zlar “geologiya va mineral resurslar organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “oqindi” degan so‘z “oqova” degan so‘z bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”; to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin; 40) 102-moddaning birinchi qismidagi, 103-moddaning birinchi xatboshisidagi, 104-moddaning uchinchi qismidagi “qishloq va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 41) 105-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suv yetkazadigan zararli ta’sirdan muhofaza qilish, zararli ta’sirning oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning balansidagi obyektlarda tegishli budjet mablag‘lari hisobidan, suv iste’molchilari balansidagi obyektlarda esa ularning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”; 42) 110-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “Suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 43) 111-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning bosh va havza (hududiy) jadvallari, shu jumladan ekotizim ehtiyojlari uchun oqizib yuboriladigan suvlar aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining suvga bo‘lgan istiqboldagi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek suvni muhofaza qilish va suv yetkazadigan zararli ta’sirlarning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy suv xo‘jaligi tadbirlarini va boshqa tadbirlarni belgilab beradi”; 44) 113-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: “113-modda. Suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilishda suvning hisobi va hisoboti hamda monitoringini yuritish tartibi Suvdan maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv iste’molchilari belgilangan tartibda suvdan foydalanishning hisobi va hisobotini yuritadi. Suv resurslari monitoringi suv resurslarining, shu jumladan yer osti suvlarining o‘zgarishini aniqlash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda suv resurslari holatining prognozlarini ishlab chiqish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Suvdan maxsus foydalanish va maxsus suv iste’moli chog‘idagi suv resurslarining hisobi, hisoboti hamda monitoringi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2021-yil 30-noyabr, O‘RQ-733-son (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son) Hozirgi kunda aholi va qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilari tomonidan yer osti suvlaridan toʻgʻri va oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish masalasi tobora muammoga aylanib bormoqda. Jahonda yuz berayotgan iqlim oʻzgarishining natijasida mintaqamizda ham suv havzalarining suvsizlanishi, suv sarfining kamayishi, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish maqsadida yer osti suv manbalaridan ortiqcha foydalanish bilan bogʻliq antropogen taʼsirlar kuzatilmoqda. Mamlakatimizda ham suvdan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonuni bu boradagi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Hozirda respublikada 97 ta yer osti suv konlari aniqlangan boʻlib, ularning umumiy suv resurslari 63,9 mln. kub m/sutka (umumiy suv resurslarining 25%) tashkil qiladi, shundan shoʻrligi 1 g/l gacha boʻlgan suvlar 25,8 mln kub m/sut (40%)ni tashkil qiladi. Mаʼlumot uchun: Yer osti suvlari minerallanish darajasiga yoki erigan tuzlarning tarkibiga koʻra 4 turga: chuchuk (1 g/l gacha), kam shoʻrlangan (1-10 g/l), oʻrta shoʻrlangan (10-50 g/l) va yuqori shoʻrlangan (50 g dan yuqori) turlariga boʻlinadi. Yer osti chuchuk suvlari zaxiralari respublika boʻyicha bir xil tarqalmagan boʻlib, asosan Toshkent viloyatida 28 foiz, Samarqand 14 foiz, Surxondaryo va Namangan 13 foizdan, Andijon – 12 foiz va Fargʻonaga – 8 foiz toʻgʻri keladi va respublika ichimlik suv taʼminotining 67 foizini tashkil etadi. Shundan, Fargʻona (29,1%), Namangan (13,2%), Qashqadaryo (10,8%), Samarqand (11,5%), Toshkent (10,3%) viloyatlarida yer osti suvlaridan keng foydalanilmoqda. Yer osti suvlardan asosan qishloq xoʻjaligi va sanoat maqsadlarda keng foydalanilayotgan boʻlib, jami 18,6 mln. kub m/sut yoki 6,8 kub km/yil miqdorida olinmoqda. Hozirgi yer osti suvlari monitoringi tizimi 1465 kuzatuv quduqlaridan olingan suv namunalarining minerallashuv darajasiga asosan tahlil qilinmoqda. Atrof-muhit obyektlarining ifloslanishi monitoringiga koʻra, yer osti suvlarining asosiy ifloslantiruvchi moddalari sanoat, qishloq xoʻjaligi va kommunal korxonalar hisoblanadi. Respublikamizning ayrim hududlarida yer usti suv chiqarish tarmoqlari va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, ayrim shaharlar va boshqa aholi punktlarida yer osti suvlari sathining intensiv koʻtarilishiga olib kelgan. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida 6 ta yer osti suv konlari mavjud boʻlib, ular – Quyi Amudaryo, Qoraqalpoq, Ustyurt, Buzaybay, Toʻrtkoʻl va Janubiy Orolboʻyi artezian yer osti suvlari konlaridan iborat. Bugungi kunda mavjud boʻlgan jami 662 ta ekspluatatsion quduqlar yordamida turli maqsadlar uchun 46,41 ming m3/sut miqdorda suv olinmoqda. Keyingi yillarda Amudaryoning yer usti oqimining kamayishi va yer usti suvlari sifatining yomonlashishi kuzatilmoqda. Ayniqsa kam suvli davrda yer osti suvlarining minerallashuvi daryoga yaqin linza (yer osti suvlari qatlam)larda 1,3-2,4 g gacha ortib bormoqda. Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish mintaqaviy ikkilamchi shoʻrlanish jarayonlarining rivojlanishiga sabab boʻlgan. Yer osti suvlarining minerallashuvi 0,6-60,8 g/l oraliqda, asosan sulfat-xlorid-natriyli tuzlar bilan shoʻrlanish kuzatilgan. Qoraqalpoq yer osti suv koni hududidagi kanallar suvining kamayishi oqibatida Shumanay tumanida (1/3-son kuzatuv quduqda) yer osti suvlari sathining 1,5-3,5 m gacha pasayishi hamda mineral tarkib oshishi kuzatilgan 0,7-1,2 g/l ni tashkil etgan. Ustyurt yer osti suv koni hududidagi “Ustyurtgazkimyo” kompleksida (Aqsholaq uchastkasi) joylashgan 2z-sonli kuzatuv qudugʻida 2019-2021-yillarda yer osti suvlari sathining 1,8 m dan 5,0 m gacha pasayganligi va mineralizatsiyasining 2 g/l dan 8,0 g/l ga koʻtarilgani kuzatilgan. Yer osti suvlarining kamayishi va ifloslanishini oldini olish borasida nazoratni kuchaytirish va joylarda ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazish boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanishda boʻlgan 3886 ta yer osti quduqlari oʻrganilganda 2299 ta yer osti quduqlar tegishli hujjatlarsiz foydalanib kelinganligi aniqlandi. Shundan, 2472 ta (QR 11 ta, Buxoro 1226 ta, Jizzax 237 ta, Qashqadaryo 44 ta, Navoiy 310 ta, Namanganda 3 ta, Surxondaryo 438 ta, Sirdaryo 97 ta, Fargʻonada 16 ta, Toshkent viloyatida 90 ta) quduqlar tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmasdan foydalanib kelinayotgani, 760 ta quduqlarga geologik xulosalar olinmaganligi, 801 ta quduqlarga yer osti suvlariga quduq burgʻilashga ruxsatnomalar olinmaganligi, 2237 ta quduqlarda texnik pasporti yoʻqligi, 1578 ta quduqlarga suvdan foydalanish uchun ruxsatnomalar olinmaganligi hamda 112 ta holatda (Jizzaxda 63 ta, Navoiyda 22 ta, Sirdayoda 27 ta) quduq burgʻulashda qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Hozirda aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf qilish, quduqlarni qonuniy rasmiylashtirilishini taʼminlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar 2472 ta tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmasdan foydalanib kelinayotgan quduqlardan 1032 ta quduqlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi taʼminlandi. Qoʻshimcha ravishda xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida suvga, xususan, yer osti suviga boʻlgan ehtiyoji keskin oshib borayotganligini eʼtiborga olib, geologiya va gidrogeologiya boʻlinmalari tomonidan qoʻshimcha yer osti suv resurslarini aniqlashga hamda yer osti suvlarini monitoringini kuchaytirishga qaratilgan choralar koʻrish maqsadga muvofiq sanaladi. Yer osti suvlarini muhofazasini kuchaytirish va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish borasida ishlar amalga oshirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2022yil 7-dekabrdagi PQ-439-son qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berishning amaldagi tartibi bekor qilindi, yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha suv sathiga nisbatan solishtirganda 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlar (Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarining ayrim hududlari) boʻyicha yerlarni sugʻorish va ishlab chiqarish maqsadlariga quduqlar burgʻilash uchun moratoriy eʼlon qilinib, yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash, gidrogeologik xulosa berish hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sugʻorish taqiqlandi. Shuningdek, burgʻilovchi subyektlarga oʻz tasarrufidagi burgʻilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlash va ularni doimo ishchi holatda saqlash majburiyati yuklatildi. Inspeksiya tomonidan bunday holatlar aniqlangan taqdirda, burgʻilash uskunalarini musodara qilish boʻyicha sudga murojaat qilish vakolati berildi. Barcha yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga olingan suvlar miqdori haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilib, yer osti suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish va suv sathi kamayishining oldini olish boʻyicha kompleks choratadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda yangi “Suv kodeksi” loyihasi (ID73608) ishlab chiqildi. Unga koʻra, yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi vakolatli organlarga qator vazifalar belgilab berilishi koʻzda tutilmoqda. Tabiat resurslari vazirligi tomonidan yer osti suv manbalarining ifloslanishi va kamayib ketishidan muhofaza qilish maqsadida kelgusida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan: 1) Yirik sanot korxonalarida hosil boʻladigan oqova suvlarni dastlabki tozalash tizimlari samaradorligini aniqlash hamda takomillashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish; 2) Tozalanmagan oqova suvlarning suv havzalariga toʻgʻridan toʻgʻri tashlanishini oldini olish, yarmiga kamaytirish va dastlabki tozalangan suvlarni qishloq xoʻjaligi maqsadlarida qayta foydalanishni joriy etish; 3) Sanoatda aylanma suv tizimini keng joriy etish hamda tozalangan suvlarning suv aylanma tizimiga qaytarilishi darajasini 25 foizga yetkazish; 4) Yer osti suvlari sathining pasayishi kuzatilayotgan hududlarda daryo tubini chuqurlashtirish ishlarini cheklash va boshqalar. Shu bilan birgalikda suv foydalanuvchilari tomonidan suv hisobini yuritilishi borasida Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga taqdim etilishi bilan bogʻliq quyidagi hisobotlarni joriy etish taklif etilmoqda: 1. Suv resurslarining hisob-kitobini aniq yuritish, har oyda hududga kirib kelgan, chiqqan va sarflangan suvni balansini chiqarish. 2. Suv isrofgorchiligining oldini olish hamda toʻgʻri taqsimlanishiga aniqlik kiritish uchun SMART WATER elektron taqsimlash tizimini keng joriy etish, nazorat organlariga suv hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri olish imkoniyatlar yaratish. 3. Suvdan foydalanuvchilar esa oʻz navbatida Suv xoʻjaligi boʻlimidan ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit), maxsus suvdan foydalanish ruxsatnomalari, suv olishga ruxsat talonlari boʻyicha olgan suv miqdorlari haqida har 10 kunda Suv isteʼmolchilari uyushmalari (SIU) bilan hamkorlikda nazoratchilarga tegishli maʼlumotlarni taqdim qilish. 4. Yer osti suv quduqlarini toʻliq elektron suv hisoblash vositalari bilan jihozlash. Bir soʻz bilan aytganda, bugun atrofimizda roʻy berayotgan suv bilan bogʻliq ekologik muammolardan har birimiz tegishli xulosa chiqarib, suvni tejash va isrof qilmaslik tamoyilini kundalik mezonimizga aylantirishimiz zarur. Bugun bizga hayot va zavq ulashayotgan toza ichimlik suvidan kelajak avlod ham bizdek bahra olishi lozim. HULOSA Bu mavzudan shuni hulosa qilish mumkinki hozirgi qaltis davrda har bir tomchini suni avaylab uni asramog’imiz darkor sababi hozirda Global muommo qatoriga chiqqan suv tanqisli butun yer yuzini sarosimaga solmoqd, shunday ekan hech bir inson bunday vaziyatda be etibor bo’lmasligiiz lozim
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )