IBRATLI HIKMATLAR TOSHKENT «OZBEKISTON» 2007 www.ziyouz.com kutubxonasi 84 (5U) I 14 T u z u v c h i : Anvar Sobirjon M u h a r r i r : Karim Boronov Ibratli hikmatlar /Òuzuvchi A.Sobirjon. -Ò.: «Ozbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007. 64 b. Kitobda ibratli rivoyatlar, hikoyatlar, hikmatlar va latifalar jamlangan. Ulardagi purmano fikrlar bugungi kunimiz uchun ham oz qadrini yoqotmagan. Ushbu ibratli hikmatlar har birimizni doimo mehr-oqibatli, odob-axloqli bolishga undaydi. Ushbu majmua keng kitobxonlar ommasiga moljallangan. BBK 84(5U)I ISBN 978-9943-01-114-4 © «OZBEKISTON» NMIU, 2007-y. 2 www.ziyouz.com kutubxonasi YUSUF XOS HOJIB HIKMATLARIDAN (Nasriy bayoni) Olamga odamzod sara mavjudot sifatida keldi, u salohiyat, bilim va zakovatga ega boldi. Unga tabiat aql va ong ato qildi, sozlash qobiliyatini berdi, uni andisha, xushxulq va gozal fel bilan taminladi. Unga bilim hadya qildi, shu tufayli inson uluglikka erishdi, zakovatlar ato qildi, shu tufayli inson chigal jumboqlarni hal qildi. Tabiat kimga zakovat, aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qol uradi. Bilimning buyukligini va zakovatning ulugligini anglagin, bu ikkalasiga ega bolgan sara kishilar uluglikka erishadilar. * * * Sen ozingning eson-omonligingni istasang, tilingdan zinhor yaramas sozlarni chiqarmagin. Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab ijod etgan buyuk adib va shoir, mashhur «Qutadgu bilig» asarining muallifi. 3 www.ziyouz.com kutubxonasi Bilib-tushunib sozlangan soz donolikdan dalolatdir, nodon-johilning sozi oz boshini yeydi. Kop sozlashdan ortiqcha naf kormaganman, sozning kopidan foyda ham topmaganman. Sozni kop sozlamasdan biroz oz sozlagin, ming sozli chigalni bir soz bilan yechgin. Haddidan ortiq sozlaganlarni ezma deyiladi, shuningdek hech sozlamaganlarni gung deb ataladi. Modomiki shunday ekan, ortacha yoriqqa amal qil, ortacha yoriqqa amal qilgan odam yuksaklikka erishadi. * * * Odam muloyim, xushfel, ochiq chehrali, zakovatli, bilimli bolishi kerak. Bilimni saralab, saylab olish uchun zakovatli bolish kerak, ishlarni kongildagidek bitirish uchun esa bilimli bolish kerak. Odam yaroqli va yaroqsiz narsalarning farqini kora bilsa, kerakli va keraksiz narsalarni orin va joyiga qoya bilsa, Yaxshi va yomonni farqlay bilsa va ajrata olsa, qanday ishda bolmasin ozini tuta olsa, Shundagina barcha ishlari tugal va pishiq-puxta boladi¾ * * * Bilimsizning tili doim berk bolishi kerak, bilimlining tili sozga erkli bolishi kerak. 4 www.ziyouz.com kutubxonasi Bilimlining sozi yerga suv kabi zarurdir, suv oqib tursa, yerda turli nematlar unadi. Bilimli kishining ovozasi kamaymaydi, oqar va qaynar buloqning zilol suvi kamaymaydi. Donolar suvga serob yerga oxshaydilar, qayeriga oyoq bosilsa, suv chiqadi. Nodonlarning kongillari qum choli kabi boladi. Yemish, giyoh osishi u yoqda tursin, unga daryo oqib kirsa ham tolmaydi. * * * Andishasiz odamdan zinhor yiroq tur va qoch, uyat-andishaliklarga mendan ming-ming olqishlar bolsin. Jamiki ishda shoshilma, sabrli bol, ozingni bosib ol, sabrli odamlar orzu-istaklariga yetadilar. Ozgalarga ziyon soginma, ozing ham ziyon korma, faqat yaxshilik qil, orzu-havasni bosgin. * * * Tilingdan yolgon soz chiqarma, bu yolgon qadringni tushiradi. Qarindoshlarga, yaqinlarga yaqinlik bogla, katta va kichikka ochiq chehra bilan kulib boq. Non-tuzingni keng tut, odamlarga yedir. Davlating ziyoda bolsa, unga magrurlanmagin, qolingdan kelganicha yaxshilik qil, yomonlik qilmagin. Ichimlik ichma, janjalga aralashma, undan uzoq yur, zino qilma va fosiq, tuban degan nom olma. 5 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Odamlarga achchiq va dagal sozlamagin, dagallik misli olov, kuydiruvchi yolindir. Sokin, ogir, vazmin va muloyim bol, faqat yaxshilik qilgin. Gofil odam farzandi behisob mol-dunyo yigadi, lekin nima uchun terayotir, bu unga nasib etadimi, bu haqda sira oylamaydi. * * * Tabiatan aql-hushdan mahrum bolmay bunyodga kelgan bolada bilish qobiliyatining asosi yoshligidan mavjud boladi. Osib voyaga yetgani barobarida asta-sekin organib boradi, nimaga orgatilsa, oshani organib boradi va bilib oladi. Bilimni bir-bir ozlashtirib boradi va oqibatda dono boladi, song uning bilimlari elga manfaatlar keltiradi. Bolani bilimli qilmoqchi bolinsa, unga yoshligidanoq bilim orgatib borish kerak. Bola kichikligidan bilim organib boradi. Aqlidrok esa tugma boladi. Bilimni, sanat-hunarni, fazilatlarni, ezgu felxulqni, yol-yoriqlarni odam hayoti jarayonida organadi va shakllantiradi. Bilim, hunar, yol-yoriqlarni asta-sekin organadi, ulgaygach, shakllanib bilimli boladi. 6 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Shoshqaloqlik, kaltafahmlik, feli tezlik odatlari nodonlikning belgilaridir. Shoshilib qilingan ish kongilsizlikka olib keladi, shoshib yeb-ichganlar dardga mubtalo boladilar. Barcha ishda ham ogirlik va vazminlikka amal qil, faqat toat-ibodatgagina shoshilgin. * * * Andisha har turli nojoya ishlardan saqlaydi, turli yaxshi ishlarga yollaydi. Andisha juda yaxshi xislat, u kishi uchun chiroydir, barcha ezgu ishlar uchun boshbogdir. Tili chin, kongli togri bolish kerak, xalqqa manfaat keltirish hamda ozni baxtiyor qilish uchun bu xislatlar zarurdir. * * * Qaysi ishni qilmoqchi bolsang, eng avval oz kongling bilan kengashib korgin. Barcha gaplaringni aytib odamlardan maslahat ol, lekin kongil chopmasa, u ishdan ozingni chetga olgin. Boshqalardan kora ozingga ozing mehribonroqdirsan, kongling xohlamagan ishni qoygin. * * * Xizmat qilish uchun hammadan avval qonunqoida va tartib-nizomni bilish zarur, xizmat qilish 7 www.ziyouz.com kutubxonasi yol-yoriqlari, aytmish-demishlari togri bolishi kerak. Kirish-chiqish, oltirish-turish, odob qoidalarini bilish kerak boladi, xizmat qoidalarini bilmasa, odam behudaga mehnat chekadi. * * * Giybatchi kishiga aralashma, uzoqlash, giybatchi tilida ot yonadi, korgin. Dunyoning fisqu-fasodlari giybatdan chiqadi. Yana tamagir bilan yaqin bolma, shubhasiz u senga dushman boladi. Agar biror tamasi bolsa, bu tamagir seni ini yoki aka deb ataydi. Agar tamasi bolmasa, u yuzini ogiradi, kormagandek ozini uzoqlashtiradi. Tamasiz yoru birodarlar va dostlar tutungin, ularga ishongin va qaygusiz yashagin. Yoru birodar, joralar sevinch va qayguda, yaxshilik va yomonlik kunlarda kishining kuniga yaraydilar. Ozing seni sevuvchilar koproq bolishini istasang, tuz va non yedir, chehrangni ochiq tut. Bu ikki yoriq tufayli odamlarning muhabbati ortadi, yomon va yaxshi kunlarda ular burchlarini otayveradilar. Talimda bunga mos soz aytilgan, bu sozga amal qilgin, ey xulqi xush: Odamlarga kulib boqib tuzu non yedirgin, shirin sozlilik bilan chehrangni ochiq tutgin. 8 www.ziyouz.com kutubxonasi Odamni maftun qiluvchi mana shu ikki qiliqdir, men bulardan bolagini topmadim, topilsa sen uni ista. * * * Ikki turli kishiga aralashma, uzoqlash, aralashdingmi, bas, fitna kotaradi. Biri giybatchi, chaqimchilik qiluvchi kishi, biri ikkiyuzlamachi, tamagir kishi. Shuningdek, ichuvchi kishini dost tutma, u vafo qilmaydi, konglingni ogritib qoyadi. Oz manfaatini istovchi dostga kongil berma, manfaat kormasa dushman boladi, undan umid uzaver. Doim yaqinlik qilib tursinlar desang, soratuvchi bolginu sorama, soz bilan hojat qilaver. * * * Tartib-nizom orgatuvchi, xalq bilan aralashib sinab biluvchi kishi juda yaxshi sozlagan: Johilni ortiq yaqin tutmaslik kerak, yaqin tutsang, shubhasiz, qilmaydigan ishlarni qiladi. Talimda bundan ham yaxshiroq aytilgan, ishga bilim bilan qol urish kerak: Johilga yaqinlashma, ozingni tutgin, ozini tutgan kishi baxtiyor yashaydi. Johil kishidan zinhor uzoq tur, johilning xulqi mutlaqo tubandir. 9 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Uy olmoqni istasang qoshnilarni surishtirgin, yer olmoqni istasang suvini surishtirgin. Yomonga aralashma, salomat yurgin, felatvoringni togri tut, yorga otdek ziyrak bolgin. Sozingni oylab sozla qaygu-alam kelmaydi, vaqt kunlaringni behuda ketkazma afsus, attang kelmaydi. Ortiqcha gerdayma olqish topasan, ortiqcha xasis bolma qargish topmaysan. * * * Dostlar, yoru birodarlar, qarindoshlarning ziyofatlari boladigan bolsa, borib ishlarni nazorat qilib komaklashish kerak. Ziyofatda yot, begona mehmonlardan xabardor bolib, yegulik-ichguliklarning yetish yo yetmasligini, kop yo ozligini mezbonga aytib, tartibqoidani nazorat qilib turish kerak. Yaqinlar, qoshnilar, oshna-ogaynilar sen uchun ziyofat bersalar yoki tangrini ortaga qoygan dostlar seni ziyofatga taklif qilsalar, bularnikiga ham albatta borgin va kongillarini olgin, ularni sevintirgin, ozing ham sevingin, ey ogil. * * * Ovqatni lazzatlanib yegin, yeyishingni korgan uy bekasi ozida yoq sevinsin. 10 www.ziyouz.com kutubxonasi Birov mehnat singdirib senga ovqat hozirlasa, mehnatini behuda qilib, ovqatni ahamiyatsiz qoldirma. Kongli hushyor kishi juda togri sozlagan, uning sozlariga nazar solsang, rango-rang manolar beradi: Odamning kongli yupqa shisha misolidir, uni juda ham ehtiyot qilgin, qozgatma, sinadi. Odamning odamdan kongli qolsa halovat ketadi, yaqinlik uziladi, foyda uzoqlashadi. Yaqinlik istasang, odamlar konglini avaylagin, kongil qolsa yaqinlik ketadi, umidingni uzaver. Ovqatni meyorida yegin, kop ovqat yemagin, bu haqda zakovatli aziz bunday deb talim beradi: Kop yeyuvchilarning ovqati badhazm boladi, ovqati badhazm bolgan kishi doim dardmand boladi. Dard tomoqdan kiradi, shuning uchun nafsingni tiygin, ovqatni bir meyorda oz-ozdan yeb, oz-ozdan ichgin. * * * Yeb-ichiladigan narsalaring orasta, pokiza bolishi kerak, kelgan mehmonlar toyib yeb turib ketsin. Dostlarni, qarindoshlarni, ular xoh uzoq, xoh yaqin bolsinlar, barchasini ziyofatga taklif qilgin, haqlariga rioya qilgin. Keladigani keladi, kelmagani esa, uni ham chaqirgan bolganliging uchun, sendan kongli qolmaydi. 11 www.ziyouz.com kutubxonasi ABUL FAROJ HIKOYATLARIDAN Buyuk faylasuf Buzurgmehrdan sorashibdi: Odamlar nazarga ilmaydigan bebaho fazilat nima? Kamtarlik, deb javob beribdi u. * * * Bir qalandar shunday debdi: Kimki keragidan ortiqcha yigishga urinsa, boshqalar uchun jon kuydirayotgan boladi. * * * Daraxtga osilib turgan ayolni korib Suqrot: Hay-hay! Qani endi daraxtlar ham shunaqa hosil bersa ekan! debdi. * * * Arastudan: Nega baxillarning tori hamisha tarang? deb sorabdilar. Abul Faroj (12261286) Kichik Osiyoning Molatya shahrida yashab ijod etgan shoir va adib. 12 www.ziyouz.com kutubxonasi Shunda u: Chunki ular faqat ozlarining omadsizligidan emas, balki ozgalarning yutugidan iztirob chekadilar, deb javob beribdi. * * * Odamning tabiati juda galati-da, debdi bir donishmand, davlati qoldan ketsa qayguradi-yu, ammo umri behuda otib ketayotganiga aslo parvo qilmaydi. * * * Suqrot bir boy bilan birga yolga chiqqan ekan. Safarda, qaroqchilar shu ortada izgib yurishibdi, degan xabarni eshitib qolishibdi. Boy: Obbo, xudo urdi! Ular meni tanib qolishsa, nima boladi, desa, Suqrot: Obbo, xudo urdi! Ular meni tanimay qolishsa, nima qilaman? debdi. * * * Birov qattiq nonni suvga ivitib, huzur qilib yeb otirgan faylasufni korib hayron bolibdi va: Qattiq nonni ham mazza qilib yeyish mumkin ekanmi? deb sorabdi. Albatta. Men faqat qotgan non mazali bolib tuyulgunga qadar nafsimni tiyib otiraman, debdi faylasuf. 13 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Buzurgmehr zindonda yotganda dostlari undan: Shunday qora kunga tushganingda ozingga qanday tasalli beryapsan? deya sorashibdi. Tort hikmatli sozni qayta-qayta takrorlayapman, debdi u. Birinchisi, bularning hammasi peshonamda bor ekan, koryapman, demak, taqdirdan qochib qutulib bolmaydi. Ikkinchisi, bu kulfat ming ogir bolsa ham chidamasdan, sabr qilmasdan, iloj yoq. Uchinchisi, hali bu holva, bundan ogirroq kunga ham tushish mumkin. Tortinchisi, ehtimol bu ahvoldan bugunerta qutulaman, balki allaqachon qutulgan hamdirmanu ammo ozim bexabardirman. * * * Bir qush sayyodning tuzogiga ilinib qolibdi. Meni nima qilmoqchisan? sorabdi qushcha sayyoddan. Nima qilardim, soyib yeyman, debdi sayyod. Qushcha yolvora boshlabdi: Meni juvonmarg qilma, yaxshi odam! Meni yeb baribir toymaysan, undan kora qoyib yubor, men senga uchta foydali maslahat beraman, ular senga mening goshtimdan kora koproq foyda keltiradi. Birinchi maslahatimni hoziroq, sening qolingda turganimda eshitasan. Ikkinchi maslahatimni uchib, mana shu daraxtning shoxiga qonganimda 14 www.ziyouz.com kutubxonasi tinglaysan, uchinchisini esa huv anavi xarsang toshga borib qonganimda aytaman. Qani eshitaylik, bolmasa, debdi sayyod. Birinchi maslahatim shuki qoldan bergan narsangga hech qachon afsuslanma. Bu maslahat sayyodga xush yoqibdi va u qushchani qoyib yuboribdi. Ikkinchi maslahatim shuki, bolmagan narsaga zinhor ishonma! debdi qushcha daraxt shoxiga qonib. Keyin qanotlarini qoqib, shundoq debdi: Ey, xom sut emgan inson! Meni soyganingda-ku, ichimdan ikki dona bebaho marvarid toparding! Sayyod nima qilishini bilmay, oyogi kuygan tovuqday betoqat bola boshlabdi. Uchib ketmasingdan uchinchisini ham ayta qol, deb iltijo qilibdi qushchaga. Bir pasda birinchi va ikkinchi maslahatni unutgan odamga uchinchisining nima keragi bor?! Qoldan bergan narsangga afsuslanma, bolmagan narsaga zinhor ishonma, deb hozirgina senga aytmadimmi? Sen esa meni qoyib yuborganingga achinib, ichimda marvarid borligiga ishonib otiribsanmi? Qushning ichida marvarid boladi, degan gapni hech qachon eshitganmiding! Ey laqma, marvarid bahrning qarida boladi-ku?! * * * Aflotun shunday degan ekan: Nodonning nodonligini ikki xislat aytib 15 www.ziyouz.com kutubxonasi turadi: birinchidan, gapi tuturuqsiz, ikkinchidan, javobi poyma-poy boladi. * * * Buzurgmehrdan: Nega dostning dushmanga aylanishi osonu, dushmanning dost bolishi qiyin? deb sorabdilar. Imoratni buzish qurishdan, jomni sindirish payvand qilishdan, pulni sarflash topishdan osonroq-da, debdi u. * * * Shoh Husravga shunday savol berishibdi: Kimlarga tezroq aql kirishini istarding? Dushmanlarimga, debdi u. Hammaga malumki, aqlli odam yovuzlikdan qochadi. Bolar bolmasga yurish qilavermaydi. Esi pastdan xudo saqlasin. Ahmoqlarni bemani ishdan qaytarib bolmaydi. * * * Bir podshoh Diogendan: Sening mol-davlating, yer-suving qayerda? deb soragan ekan, u oz shogirdlari va homiylariga ishora qilib: Mana shu kishilarda, debdi, ularga bergan bilimlarni nazarda tutib. 16 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Bir faylasuf shunday degan ekan: Aqlli odam ahmoqni darrov taniydi, chunki aqli kirguncha bir vaqtlar ozi ham shu taxlitda bolgan. Ammo ahmoq aqlli odamni tanishi amrimahol, chunki u hech qachon aqlli bolmagan. * * * Bir kishi: Hayotda kozlamagan voqea sodir bolib qolsa, shundan yomoni yoq, debdi. Kozlab yurgan narsang sira amalga oshmasa, undan ham yomonroq, debdi ikkinchisi. * * * Anushervon shunday degan ekan: Bekorchilik kishini behuda xayollarga olib boradi, behuda xayollar esa kishining osoyishtaligini buzadi. * * * Bir faylasuf mashal kotarib borayotgan qizni korib: Qarang! Otga ot tushibdi! debdi. * * * Pifagorning uzugiga quyidagi sozlar oyib yozilgan ekan: «Bir lahzalik omaddan kora, bir lahzalik omadsizlik afzal». 2Ibratli hikmatlar 17 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Bir donishmand shunday degan ekan: Pashsha yara chiqqan azogagina qonganidek, ahmoq ham odamlarning faqat nuqsonini koradi. * * * Bir kishi shunday degan ekan: Men ogiz ochmaganimdan kora ogiz ochganimga kop marotaba pushaymon bolganman. * * * Ikki holatda kishining izzat-nafsiga putur yetadi, debdi bir donishmand. Ozing uchun bir nima iltimos qilsang yoki ahmoqlar bilan muomala qilishga majbur bolsang. * * * Hakim bir bemorga: Gosht bilan baliq yemagin, debdi: Ey birodar, gosht bilan baliq sotib olishga qurbim yetganda ehtimol sening oldingga kelmagan bolarmidim, debdi bemor. * * * Ovchining qopqoniga tushgan ikki tulkidan biri: Endi qayerda uchrasharkanmiz, deb qoyibdi. Qayerda bolar edi. Uch kundan keyin postak bozorida bolsa kerak-da, debdi ikkinchisi. 18 www.ziyouz.com kutubxonasi KALILA VA DIMNANING SOZLARI Kalila dedi: Naql qilibdurlarki, bir maymun bir duradgorning yogoch ustida otirib pona bilan uni yorayotganini kordi. Duradgor bir ponani qoqqandan keyin ikkinchisini chiqarib olar, uni boshqa yerga qoqar va shunday qilib yogochni yorib borardi. Duradgor zarur ish bilan bir yoqqa ketdi. Buni korgan maymun unga daxli bolmagan ishga aralashib duradgorning ishini davom ettirmoqchi boldi. U orqasini yogochning yorigiga qilib, yuzini ponaga qaratib yogoch ustiga minib oldi. Uning dumi yogochning yorigiga tushib turgandi, u ponani sugura boshladi. Maymun ponani chiqargan ham ediki, dumini yogoch qisib oldi. Maymun hushidan ketdi, to duradgor yetib kelguncha shu ahvolda yotdi. Duradgor esa kelib maymunni urib oldirdi. Shuning uchun debdurlarki: «Duradgorlik maymunning ishi emas». «Kalila va Dimna» IIIIV asrlarda Hindistonda yaratilgan asar. 19 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Dimna dedi: Odamlarning mavqei har xil boladi. Istedod va qobiliyatli odamlar past martabadan baland martabaga chiqib oladilar. Irodasi zaif, aqli kam bolganlar esa yuksak mavqedan pastga tushib ketadilar. Yuksak darajaga chiqmoq juda qiyin, pastga qulash esa juda oson gap. Chunonchi, ogir toshni yerdan uzishga kop kuch va mehnat talab qilinadi, uni yerga tashlash uchun esa kuch sarf etilmaydi. * * * Katta va masuliyatli ish, ogir yuk kuchli va baquvvat odamni charchata olmaydi. Gariblik va yolgizlikdan aqlli odam qorqmaydi... Farosatli va hushyor odamlar har narsaning yolini tez topa oladilar. * * * Ishning muvaffaqiyatli tugashi yordamchilarning kopligida emas, ishbilarmonliklaridadir. Baland toqqa chiqqan bilan odamning nufuzi baland bolmas, balki inson oz boshiga bir dunyo balo orttiradi. Hunar egalari quyi mansabda bolsalar-da, aqlli odamlar ularga mensimaslik bilan qaramasliklari kerak. * * * Sichqon hamma bilan hamxona bolsa ham uning ozori borligi uchun odamlar ularni qirib 20 www.ziyouz.com kutubxonasi yoqotishga tirishadilar. Lochin yirtqich qush bolsa ham undan foydalanish umidida odamlar yaxshilab parvarish qiladilar. * * * Dimna dedi: Deydilarki, bir tulki ormon oralab ketayotib, bir daraxtning tagida nogora yotganini korib qolibdi. Shamol esgan sari daraxt butoqlari nogoraga tegar va nogoradan dahshatli ovozlar chiqar edi. Tulki nogoraning ovozi yogonligi va jussasining kattaligiga qarab nogoraning yogi bilan goshti ham ovozi va jussasiga yarasha kop bolsa kerak, deb ogzining suvi keldi. Kop urinib nogorani yorishga muvaffaq boldi. Lekin qurigan teridan bolak hech narsa topmagach: «Gavdasi yogon va ovozi baland narsaning ichi bosh bolar ekan», dedi. * * * Dimna dedi: Naql qilibdurlarki, yoldan uzoq, otkinchilardan xoli bir yerda kol bor edi. Unda uch baliq yashar edi. Bulardan ikkisi tadbirchan va ehtiyotkor, biri esa xom va tajribasiz edi. Kunlarning birida tasodifan ikki ovchi kol yonidan otib qoldi, kozlari uchta baliqqa tushdi. Ular ertaga kelib uchala baliqni tutishga vadalashib jonab ketdilar. Baliqlar ularning sozini eshitgan edilar. Ularning biri tadbirli bolib, zolim zamonaning zulmi va gaddor falakning vafosizligini korgan, aql va tajriba orttirgan edi. U darhol ehti21 www.ziyouz.com kutubxonasi yot chorasini korib, suv kelar tarafdan chiqib, boshqa kolga borib oldi. Kop vaqt otmay baliqchilar kelib, suvning kirar va chiqar tomonini mahkam bekitdilar. Birinchi baliqqa nisbatan tajribasizroq, lekin aql va farosatdan mahrum bolmagan ikkinchi baliq vaziyatni korib shunday dedi: Fursatni qoldan berdim, gofillar ishining oxiri shunday boladi. Endi tadbir va hiylani ishga solish payti keldi. Tipirchilab u yoq-bu yoqqa qochgan bilan foyda yoq. Umidsizlikka tushmay najot yolini axtarmoq kerak. Shuni deb baliq suv yuziga qalqib chiqdi va ozini olganga solib yotdi. Bir baliqchi uni olib, olgan gumon qildi va suv chiqib ketadigan ariq boyiga tashladi. Baliq sudrala-sudrala oqar suvga tushib oldi, hiyla ishlatib oz jonini qutqardi. Xom va tadbirsiz baliq esa ozini yoqotib, u yoqdan-bu yoqqa qochib yurar, goho suv ostiga shongir, goho yuzaga chiqar edi, oqibat baliqchilar toriga ilindi. * * * Dimna dedi: Aqlli odam olishuvga oshiqmaydi, tayyorgarlik kormasdan katta va tahlikali ishni boshlamaydi. Dushman bilan mumkin qadar yumshoq muomala qilib nizoni tinchlik va dostlik yoli bilan hal etishga tirishadi. Donishmand kimsalar ozlarining zaif dushmanlariga ham mensimaslik bilan qaramaydilar, chunki dushman kuchsiz bolsa, har xil hiyla va nayrangga murojaat qiladi, shu yol bilan u galaba qozonishi mumkin. 22 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Kalila dedi: Bir toda maymunlar bir togda yashar edilar. Bir kun quyosh botib, dunyo yuzini zulmat pardasi qoplaganda jilovsiz izgirin har tomonga yugura va maymunlarga hujum qila boshladi. Bechora maymunlar sovuqdan titrar va isinish uchun biron chora axtarar edilar. Nogoh bir joyda yaltiroq qurtni korib qoldilar. Uni chog deb oylab, talay otin yigib atrofiga qaladilar va hadeb puflay boshladilar. Ularning qarshilaridagi daraxt ustida bir qush: «Bu olov emas, kechalari yaltirab korinadigan yaltiroq qurt», deb qichqirib, faryod qilar edi. Maymunlar esa uning gapiga etibor bermas edilar. Shu asnoda otkinchi bir odam kelib ahvolni kordi va qushga: «Ozingni kop koyitma, ular sening sozingga quloq soladigan, foydasiz ishdan voz kechadiganlardan emas, ularga nasihat qilish qilichni toshga urish va shakarni suv ostiga bekitish bilan barobardir», dedi. Qush odamning sozlariga etibor bermay, maymunlarning xatosini tushuntirish uchun daraxtdan tushib ular yoniga keldi. Maymunlar uni orab olib boshini uzib tashladilar. * * * Kalila dedi: Ikki ortoq bor edi. Biri sodda va ikkinchisi hiylagar edi. Ular bir kuni savdogarchilik qilish uchun bir yoqqa ketisharkan, yoldan bir xalta tilla topdilar, soddadil hiylagarga dedi: 23 www.ziyouz.com kutubxonasi Omadimiz ongidan keldi, endi bularni bolib olib orqaga qayta qolaylik. Hiylagar dedi: Taqsim qilib otiramizmi? Hozir kimga qancha kerak bolsa olib, qolganini ehtiyot qilib bekitib ketaylik. Zarur bolganda yana kelib keragini olarmiz. Soddadil uning soziga konib «xop» dedi. Oltindan keragicha olib, qolganini bir daraxt ostiga komdilar. Shaharga kelib, har biri oz uyiga ketdi. Ozini aqlli deb hisoblagan hiylagar ertasi kun borib, komilgan tillaning hammasini olib ketdi. Soddadil oz qolidagini xarjlab bolgach, hiylagar qoshiga kelib dedi: Yur, oltindan picha olib kelaylik, juda muhtoj bolib qoldim. Hiylagar u bilan birga tilla komilgan joyga keldi, lekin hech narsa topmadilar. Hiylagar soddadilning yoqasidan ushlab: Tillalarni sen olgansan, chunki bolak hech kimning bundan xabari yoq edi, dedi. Soddadil bechora, olmadim, deb har qancha ont ichsa ham foydasi bolmadi. Hiylagar uni qoziga olib borib, bolgan gapni aytib berdi va tillalarni davo qildi. Qozi soradi: Guvoh va dalil bormi? Hiylagar dedi: Ostiga tilla komilgan daraxt guvohlik berib, tillani bu noinsof olib ketgan. Qozi bu sozni eshitib, hayron boldi. Ancha gapu sozdan keyin ertasiga guvohlik bergan daraxt yoniga borishga qaror qilindi. Hiylagar sevinib uyiga keldi va otasiga dedi: Bu tilla hangomasini oz foydamizga hal etish sizga bogliq bolib qoldi. Sizga ishonib daraxt guvohlik beradi, dedim. Endi 24 www.ziyouz.com kutubxonasi mening gapimga konsangiz, olib kelgan tillalarim ozimizga qoladi va yana shuncha tillaga ega bolamiz. Otasi soradi: Men nima qilishim kerak? Hiylagar dedi: U daraxtning ichi kovak bolib, unga on odam bemalol yashirinsa boladi. Kechasi borib u yerga joylashib olishingiz kerak, ertaga qozi daraxt tagiga kelganda, daraxt nomidan guvohlik bersangiz boldi. Otasi dedi: Ey ogil, makr-hiyla kopincha hiylagarning oziga zarar yetkazadi. Tagin sening makring ham qurbaqa makriga oxshab qolmasin. Ogli soradi: Qurbaqa qanday makr ishlatibdi? Hikoyat. Otasi dedi: Bir qurbaqa ilonga qoshni edi. Qurbaqa har bolalaganida ilon uning bolalarini yeb ketardi. Qurbaqaning bir qisqichbaqa dosti bor edi. Bir kun qurbaqa uning yoniga borib, dedi: Ey birodar, menga bir chora korsat. Keyingi paytlarda bir zor va shafqatsiz dushman paydo bolib qoldi, u bilan olishib yenga olmayman. Ozim bu yerga organib qolganim uchun hech qayoqqa keta olmayman. Manzilim gozal, ob-havosi musaffo, yeri zumraddek yam-yashil. Qisqichbaqa dedi: Gam yema. Ozingdan kuchli dushmanni yolgiz hiyla bilangina yengib boladi. Falon joyda latcha degan bir hayvon yashaydi. Sen bir qancha baliq tutib, ularni osha hayvonning uyasidan to ilonning inigacha tokib bor. U hayvon hid bilib uyasidan chiqadi, baliqlarni yeb-yeb ilonning uyasigacha keladi va sen ilondan xalos 25 www.ziyouz.com kutubxonasi bolasan. Qurbaqa bu hiyla bilan ilonni oldirtirdi. Bir necha kundan song haligi hayvon ovqat izlab boyagi baliq yegan yolidan keldi, lekin baliqni topmay, qurbaqani va uning bolalarini yeb ketdi. Bu masalni men, har kim birovga choh qazisa ozi yiqilib tushishini korsatish uchun sozlab berdim. Hiylagar ogil dedi: Ota, qoying, gapni qisqa qiling. Bu ish andak mehnat talab qilsa hamki, foydasi kop. Chol bechorani mol-dunyo hirsi va otalik muhabbati yoldan urdi, u oglining gapiga kirdi. Ertasi kuni qozi shahardan chiqib daraxt ostiga keldi. Tomosha qilish uchun anchagina boshqa odamlar ham unga ergashib kelgan edi. Qozi yuzini daraxtga ogirib, tillalarning nima bolganini soradi. Daraxtdan, tillalarni soddadil olib ketgan, degan sado chiqdi. Taajjublangan qozi daraxt atrofida aylanib yurib, unga diqqat bilan razm soldi. Daraxtning katta kovagi borligini kordi-da, masalani tushundi. Oz-oziga: «Xiyonatga marhamat yoq», deb daraxt atrofiga shox qalatdi va ot qoydirdi. Chol bir soatcha chidab jim turdi, lekin halok bolishini bilib yolvora boshladi. Qozining buyrugi bilan uni daraxt ichidan chiqardilar. Qozi savol-javob qilib haqiqatni bildi, soddadilning togriligi, hiylagarning makri malum boldi. Chol chekkan azoblariga va nomusiga chiday olmay shu yerning ozidayoq jon berdi. Hiylagarni jazolab, 26 www.ziyouz.com kutubxonasi adabini berdilar va otasining oligini yelkasiga qoyib shaharga jonatdilar. Soddadil esa togriligi tufayli hamma tillalarni olib oz uyiga ravona boldi. * * * Kalila dedi: Unchalik boy bolmagan savdogar bir kun safarga chiqmoqchi boldi. Uning yuz botmon temiri bor edi. Shu temirni bir oshnasining uyiga qoyib ketdi. Savdogar safardan qaytib temirni soraganida oshnasi dedi: Men omonatingni uyning burchagiga qoyib xotirjam yuraveribman, osha burchak yonida sichqonning uyasi bor ekan, lanatilar fursatni ganimat topib, butun temirni kemirib qoyishibdi. Savdogar dedi: Gaping togridir. Men ham sichqon juda temirga och boladi deb eshitgan edim. Uy egasi suyunib, savdogar sozimga ishondi va temiridan voz kechdi, deb mulozamat qila boshladi, song dedi: Uzoq safardan kelibsan, mening uyimda qol. Mehmon qilaman. Savdogar dedi: Bugun zarur ishlarim bor, ertaga kelarman. Savdogar kochaga chiqib oshnasining oynab yurgan oglini olib ketib, oz uyiga yashirib qoydi. Ertasi kun savdogar oshnasining uyiga kelganda u yiglab otirar edi. Savdogardan: Oglimni kormadingmi? deb soradi. Savdogar dedi: Kecha senikidan ketayotganimda bir qirgiy bir godakni changaliga olib uchib ketayotganini korib qoldim. Osha sening ogling bolmasin? 27 www.ziyouz.com kutubxonasi Oshnasi jahl bilan dedi: Sen axir aqlga togri kelmaydigan yolgonni nega gapirasan?! Esingni yedingmi, axir kichkina qirgiy bir bolani kotarib olib keta olarmidi? Savdogar istehzoli kulib dedi: Unchayam ajablanma. Axir yuz botmon temirni sichqon yeb qoyadigan bu shaharda on botmon keladigan bolani qirgiy kotarib ucholmaydimi? Oshnasi gapni qayerga burayotganini fahmlab uy egasi dedi: Sichqon temirni yemagan, bolamni keltirib temiringni olib ket. 28 www.ziyouz.com kutubxonasi KAYKOVUSNING AYTGANLARI Ey farzand, ... aql yuzasidan bilgilki, otaonaning izzat va hurmatini boyinga olish lozimdir. Nima uchun ota-onamni hurmat qilaman deb konglingga keltirma. Bilgil, ular sening uchun olimga ham tayyor turadilar... Agar har farzand aqlli va dono bolsa, otaonaning mehri-muhabbatini ado qilishdan bosh tortmaydi. Ota-onaning ishi seni parvarish qilish va senga yaxshilik orgatishdir. Ey farzand, ota-onaning konglini ranjitma, ularning qalbini azoblama. Sen ota-onaning haqiga din nuqtai nazaridan rioya qilmasang ham, aql va muruvvat nuqtai nazaridan rioya qil, korgil, ota-ona seni jon-dil bilan parvarish qilmishlar, agar sen ularga nisbatan xato ish qilsang, sen hech yaxshilikka sazovor emassan, chunki har kishi ota-ona (asl)ning Kaykovus (1021) XI asrda yaratilgan «Qobusnoma» asarining muallifi. 29 www.ziyouz.com kutubxonasi yaxshiligini bilmasa, birovning yaxshiligiga baho berolmaydi va oz farzandingning seni hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmat qil, chunki sen ota-onang uchun nima ish qilsang, farzanding ham senga shunday ish qiladi. Odam mevaga, ota-ona daraxtga oxshaydi. Daraxtni yaxshi tarbiya qilsang, mevasi yaxshi va shirin boladi, shuningdek, ota-onaga izzat va hurmatni koproq qilsang, sening haqingdagi ularning duosi tezroq mustajob boladi... Meros olish hirsi bilan ota-onaning olimini aslo istamagil... (Molsizlikdan qashshoq bolsang ham, aqldan boy bolishga harakat qil, chunki mol bilan boy bolgandan aql bilan boy bolgan yaxshiroqdir: aql bilan mol toplasa boladi, ammo mol bilan aql toplab bolmaydi. Johil tezda kambagallashadi, ammo bilgilkim, aql bir qimmatbaho narsaki, uni ogri olib keta olmas, otda yonmas, suvda oqmas.) Agar aqling bolsa, hunar organ, chunki hunarsiz aql libossiz tan yoki afti yoq odamdir, debdurlarki, bilim aql siymosidir. Ey farzand, agar sen har qancha notiq bolsang ham, ozingni bilganlardan pastroq tutgil, toki soz bilimdonligi vaqtida bekor bolib qolmagaysan. Kop bil-u, oz sozla; kam bilsang, kop sozlama, chunki aqlsiz kishi kop sozlaydi, deganlarki, jim otirish salomatlik sababidir. Kop sozlovchi aqlli odam bolsa ham, xalq uni aqlsiz 30 www.ziyouz.com kutubxonasi deydi va aqlsiz kishi jim otirsa, odamlar aqlli hisoblaydilar. Agar sen juda ham pok, yomon ishlardan ozingni saqlovchi bolsang ham, ozingni maqtamagil, chunki oz foydang uchun guvoh bolsang, seni, hech kim eshitmaydi, harakat qilki, xalq seni maqtasin va shunday sozlagilki, bu soz senga foyda keltirsin, bekor va zoye ketmasin. Ey, farzand, yolgon va behuda soz aytmagilkim, behuda soz devonalarning sozidir. Har kishiga gapirmoqchi bolsang, qaragilkim, u sening sozingning xaridorimi yo yoqmi. * * * Ey farzand, sen har qancha yigit bolsang ham, aqling qari bolsin. Men senga: «Yigitlarga oxshamagil» demoqchi emasman. Yigitlikni mukammallashtir, yengil tabiatli yigitlardan bolma, yigitlarga ogirlik munosibdir va donishmand Aristotolis debdir: «yigitlik jununning bir navidir». (Lekin sen) johil yigitlardan bolmagilki, johillikdan balo paydo boladi. Yigitlik zamonida yashagilki, qarigan chogingda oz holingga yiglamagil. Har qancha yosh bolsang, olimdan bexabar bolma (chunki olim) na qarini va na yosh yigitni qoyadi. Hikoyat. Shunday eshitganmanki, bir shaharda bir sanatkor ustaning dokoni bor edi va qoziqqa bir kozani osib qoyardi. Qabristonga olik keltirsalar, usta bir tosh olib kozaga tashlardi. 31 www.ziyouz.com kutubxonasi Usta har oyda kozadagi toshlarni sanab, bir oyda qancha odam olganini bilardi, yana kozadagi toshlarni olib tashlab, kozani bosh qilib qoziqqa osib qoyar va olik kelishi bilan kozaga bir oygacha tosh tashlardi. Necha yilgacha usta shu bilan mashgul boldi. Kunlardan bir kuni usta oldi, bir necha kundan song ustani bir odam qidirib keldi. Bu odamning uning olganidan xabari yoq edi, qarasa dokonning eshigi bogliq edi. U odam ustaning qoshnisidan: «Usta dokonida yoq, qayerga ketgan?!» deb soradi. Qoshnisi: «Sanatkor usta ham kozaning ichiga tushdi», deb javob berdi. * * * Ey, farzand, hushyor bol, yigitlik vaqtingda takabbur bolma... Hamma vaqt yigitlar bilan hamsuhbat bolaverma, qarilar bilan ham hamsuhbat bol. Majlisni ham qarilar, ham yigitlar suhbati bilan ziynatla, (chunki) qarilarning bilganini yigitlar bilmaydilar. Yigitlarning odati shundayki, qarilarni masxara qilib oynaydilar, (chunki) ular qarilarni yigitlikka muhtoj deb biladilar, shunga asoslanib qarilarni masxaramazax qilib, behurmat qilishlari yaxshi emas. Yigit ozini hammadan dono deb biladi, ammo shu ishi bilan hammadan nodondir. Bas, ey, farzand, ana shunday yigitlardan hisoblanma, qarilarni hurmat qil, ularning haqida behuda soz aytma, ularning oldida odob va kamtarlik bilan sozla. 32 www.ziyouz.com kutubxonasi Hikoyat. Shunday eshitganmanki, yuz yoshga kirgan va qaddi yoydek bukilgan bir qari kishi qoliga hassa ushlab borar edi. Bir yigit uni masxara qilib dedi: «Ey shayx, ushbu yoyni qanchaga sotib olding, ayt, men ham sotib olay». Shayx: «Agar uzoq yashasang, sabr qilsang, bu yoyni senga tekinga beradilar», deb javob beribdi. Ey farzand, qarilikka yetsang, yigitlardan uzoq bol, chunki qarilikda yigit felini qilish yomon korinadi. Yigitlikda esa qarilar felini qilmoq ham yomon korinadi. Oziga oro bergan qaridan qoch, chunki tashqi tomonini bezagan qari johil yigitdan yomonroq boladi, nopok qarilardan qoch, yigitlik zamonini ganimat bil va unga munosib ish qil. Hamma xaloyiqning umri quyoshga oxshaydi: yigitlarning quyoshi sharqdadir, qarilarning quyoshi garbdadir, garbda bolgan quyosh tez botadi, shuning uchun qarilarga yigitlik felini qilish nomunosibdir. * * * Bor molingga qanoat qil, qanoat bitmastuganmas davlatdir va sen qanday ahvolda bolsang ham, rizq-rozingga yetishasan. Mol berish xalqning ziynatidir, ammo isrofdan hazar qilgil. Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgina emas, ovqatda, kishining qiliqlarida, nutqida ham isrof boladi, isrof tanni aldaydi, 3Ibratli hikmatlar 33 www.ziyouz.com kutubxonasi nafasni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni oldiradi, kormaysanmi, chiroqning tirikligi yog bilandir. Agar yogni haddan tashqari kop solsang, yog pilikning boshiga chiqib chiroq ochadi, yog esa chiroqning yonishiga sababchi edi, isrof jihatdan olimiga sabab boldi... Donishmandlar debdilarki, har qanday ishda ham isrof qilmagil, isrofgar hamma vaqt ziyon koradi. Ammo tiriklikni talx qilguvdek qattiq (pishiq) ham bolmagil. Turmushning zarur ishlari uchun baxillik qilmagil. Joningga javr qilma: mol har qancha aziz bolsa ham, joningdan aziz emas. Alqissa harakat qilib yiqqan molingni joy-joyiga sarf qilgil. * * * Ey farzand, ozingni mol jam qilishdan gofil tutmagil, ammo halollik bilan mol toplashga harakat qil. Mol uchun ozingni xavf-xatarga qoyma. Molni jam etganingdan keyin, yaxshi saqlagil va har bir yaramas ish uchun sarf qilaverma, chunki molni saqlash yigishdan qiyindir. Agar kerak vaqtida zarur ish uchun sarf qilsang, harakat qilib uning ornini tezda toldirgil. Agar xarj qilingan narsaning ornini toldirmasang, Korunning boyligidek bolsa ham, bir kunda yoq boladi. Mol doim turadi deb, unga kongil qoymagil, chunki bir kun emas, bir kun moling yoq bolib qolsa diltang bolmagaysan. Agar moling kop 34 www.ziyouz.com kutubxonasi bolsa, uni qadrlab, bir tadbir bilan ishga yaratgil, qadr-qimmat va tadbir bilan (ishga) yaratilgan ozgina mol qadr-qimmat qilinmagan, tadbirsiz ishlatilgan kop moldan yaxshiroqdir. Agar mol oz bolsa, yaxshi saqlashni zarur deb bilgilki, kimki ozgina molni saqlay olmasa, kopni ham saqlay olmaydi. Mol yigishda sustkashlik qilmagil, chunki sustkashlik baxtsizlikning shogirdidir. Ozing mehnat qil, chunki mol mehnat bilan yigiladi, sustkashlik bilan parokanda boladi. Donishmandlar deganlarki, harakat qiling, obod bolasizlar va ozga qanoat qiling, badavlat bolasiz, kamtar boling, dostingiz kop boladi. Shuning uchun ham kop mehnat bilan topilgan davlatni sustkashlik bilan qoldan boy bermoq aqlli kishining ishi emasdir, qashshoq bolib qolsa, pushaymon qilish befoydadir. Demak, mehnat ustiga mehnat qilgilki, moling barqaror bolgay va sen undan bahramand bolgaysan. Mol qanchalik aziz bolsa ham, dostlardan ayamagil, chunki molni goringga olib ketmaysan, ammo kiriming qancha bolsa, chiqiming ham shu miqdor bolishi lozim, toki sen qashshoqlikka giriftor bolmagaysan. 35 www.ziyouz.com kutubxonasi HAZRAT NAVOIY OGITLARI (Nasriy bayoni) Qanoat bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi; u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, urugi izzat va shavkat hosilini beradi; u bir daraxtdirki, unda qaram bolmaslik va hurmat mevasi bordir. Qanoat kishi kongliga ravshanlik yetkazadi, koz undan yoruglik kasb etadi. Qanoatli darvishning qattiq noni tamagir shohning noznemat tola dasturxonidan yaxshiroqdir. Qanoatga odatlangan faqirning yovgon umochi olgir boyning novvotu holvasidan totliroqdir. Shoh udirki olmaydi-yu, beradi, gado udirki sochmaydi-yu teradi. Har kim qanoatga odatlangan bolsa, shohlik-gadolik tashvishini bilmaydi. Garchi, tirikchilik uyi doim tor, bu haqda qancha mubolaga qilsang, orni bor. Qanoat bir qorgonki, unga, kirsang, nafsning galvasidan qutulasan. Qanoat bir choqqiki, unga chiqsang, Alisher Navoiy (14411501) buyuk ozbek shoiri. 36 www.ziyouz.com kutubxonasi dost-dushmanga muhtojlikdan xalos bolasan. Qanoat xokisorlikdirki, natijasi yuksaklik, muhtojlikki, foydasi ehtiyojsizlik. Qanoat ekindir, urugi boylik; daraxtdir mevasi muhtojsizlik, maydir achchiq, lekin nashasi shodlantiruvchi, yoldir qattiq, lekin borar manzili sevintiruvchidir. Qanoatda qancha rohat va farogat bolsa, uni aksi bolgan tamada shuncha razillik va uqubat bor. Xasis tabiatli odamning dosti tilamchi va nokasdir; razolat ularning fel-atvoriga mosdir. Ular munosabatiga kamsitishlik va yengiltaklik xosdir. Har kimda bu sifatlar mavjud bolsa, bunday odamni xalq yomon koradi. Ana shu tufayli nokaslik, razillik rivojlanadi, odamgarchilik va insoniylik esa zavol topadi. Bular or-nomus uyini kuydiruvchi bir otdir; izzat-hurmat xirmonini sovuruvchi va ulugvorlik shamini ochiruvchi bir yeldir. Tamagirning biror nima olishga ochligi, xuddi yeb toymasning taomga ochkozligiga oxshaydi. U biri tubanlar harakati bolsa, bu biri hayvonlar odati. Qanoat shunday bir javharkim, elni bu ikki balodan xalos qiladi va xalqni bunday odatdan qutqaradi. Tamagirlik va nokaslik shunday yomon felki, bular goyo ikki yoqimsiz egizakdir. Unisi bundan yomon bunisi undan yomon; ikkalasi ham yomondan yomon. Bularning biri nokas va birining iqboli past; ikkalasining mohiyati birdir. 37 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Inson uchun yana bir ulug farz ehson qilishdirki, bu haqda kop gaplar aytilgan. Masalan, «Odam yaxshiliklarning quli», degan hadis ham shu jumladandir. Hamma talimotlarda va hamma millat kishilari qoshida yaxshilikka yaxshilikdan boshqa mukofot yoqligi isbotlangan. Ehson degan sifatni abadiy saodat deb, uni fitna va ofat yajujini daf qilish uchun qurilgan bir tosiq deb bil. Insoniyat bogining eng gozal daraxti ehsondir va odamiylik xazinasining eng bebaho gavhari ham ehsondir. Barcha yoqimli sifatlar va tahsinga loyiq ahvollar ehson natijasidir va ehson tufayli yuzaga kelgandir. Barcha yaxshiliklarning jami ehsondir va barcha yaxshiliklar haqiqatan undandir. * * * Vafo shunday bir pokiza kongilli mahbubaki, u tabiati va kongli pok bolmagan kimsaga rom va ulfat bolmaydi; vafo shunday bir nazokat matlubaki, u zoti toza, tabiati pok bolmagan odamga yaqinlashmaydi va unga ragbat korsatmaydi. Vafo shunday asl gavharki, u insoniyat tojiga ziynatdir. * * * Hilm (muloyim tabiatlik) inson vujudining hushmanzara mevalik bogidir va odamiylik 38 www.ziyouz.com kutubxonasi olamining javohirga boy togidir. Yumshoq kongillilik hodisalar tola dengizdagi kishilik kemasining langari desa boladi va insoniyat qadrini olchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham boladi. Hilm axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim daydi turlarining eng chidamli matosidir. U yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi. Hilm natijasida odam xaloyiqning izzathurmatiga sazovor boladi; hilm tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi. Katta kishilar yoshlarni masxara va kulgi qilsa, ular qoshida ozi shuncha obrosiz va bachkana tuyuladi; yoshlar ham kattalarga nisbatan hazil va yengiltaklik qilsa, uning qoshida uyatsiz, etiborsiz boladi. Bu davr bogining xas-xashak singari odamlari, shamoldek betayin, yengiltak kishilari oldida hilm ahli goyo ogir tabiatli va yomon felli deb kamsitiladilar. Ularning ozlari esa, quyundek tuproqni havoga tozitadilar va yengiltabiatlari bilan boshlarini goyo kokka yetkazadilar. Tog jussasini oyoq osti qilmoq odatlari; daladashtlardagi zarralarni havoga sovurmoq bularning salobatlari. Bunday odamlar yeldek har eshikdan kirishga or qilmaydi; otdek otashdonni qizdirishdan ozga ishni bilmaydi. Yel garchi lolaning tojini uchiradi, ammo tog qoyalari 39 www.ziyouz.com kutubxonasi kamariga qanday tasir qila oladi? Ot tog etagidagi xas-xashaklarni kuydirishi mumkin, lekin quyosh uchquniga qanday tenglasha oladi... Yel agar kokka yetsa ham, bari bir yengil va qadrsiz; tog agar tuproqqa botsa ham salobatlidir. Yelning orasida otga yoqiladigan xas-xashaklar bor; hilm mazmunida esa, shoh tojiga qadalgudek chog kabi qizil lal bor. * * * Tilga ixtiyorsiz elga etiborsiz. Kop, bemaza sozlaydigan ezma kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga oxshaydi. Tili yomon odam xalq konglini jarohatlaydi, oz boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshiylarcha baqirmogi eshakning bemahal hangramogi. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan dostona soz aytadi; yo kongliga tushishi mumkin bolgan yuz gam uning sozi bilan daf boladi. Sozda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki: «nafasning joni bor...» Ozi xunuk, gapi bemani, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga oxshaydi. Baxt bagishlovchi toza ruh manbai ham til; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilini tiyolgan odam donishmand, oqil; sozga erk bergan odam beandisha va pastkash. Til shirin va yoqimli bolsa yaxshi; til bilan dil bir bolsa yana yaxshi. Til bilan dil insondagi eng yaxshi azolardir. Bostonda gulsafsar, gulguncha va rayhonlar eng yoqimli gullardir. 40 www.ziyouz.com kutubxonasi Odam tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaqul bolib chiqsa tilning ofatidir. * * * Tama xorlikka sabab; tamagir boy xor va tuban. Kimki tama bilan biror narsani olishi mumkin bolsa-yu, lekin olmasa bu tama yoqligi bolib, har qanday sahovatdan qolishmaydi. Bu xil saxiylar olijanobu, tama ahli esa xasisu nokaslardir. * * * Kop gapiruvchi, kop yeguvchi dozax toriga oshiqib ketuvchi. Sozlamoqqa berilgan, yemoqqa qul bolgan odam bilim sharofatidan mahrum boladi. Hasadchi bemor; balki halokatli dardga giriftor. Fisq-fujurchi va may sotuvchi ziyon koruvchi va ziyon keltiruvchidir; igvogar, giybatchi najosat yeguvchi. Bangi va nashavand odamzod nomusini yerga uruvchi. Tamagirning umri zoye; malolligi oshkora. Erkak kishi kop yasansa, beva ekani bilinadi, yasantusan ayollar odatidir. * * * Hazil qilaverishdan hurmatsizlik ortadi; hazilning oxiri janjalga olib keladi. Kop hazillashish 41 www.ziyouz.com kutubxonasi nomus va hayo pardasini chok etadi; adab va hurmat egalarini beburd va beobro qiladi. Qolingdan kelgancha tazim va adab binosini yiqitma; hayo va hurmat pardasidan tashqari chiqma! * * * Xato qilmoq odamga xos xususiyatdir. Xatosini anglab, ogoh tortgan saodat egasidir. Oz xatosini etirof etgan odam bu xatodan xalos bola oladi. Kimki, xatosini boyniga olmay, behuda dalil keltirib aljiray bersa, gunohi yanada ortadi. Xato qilgan ozini qanchalik lof urib oqlasa, xatosi shunchalik royirost korinadi. Uning ustiga kibrlanib tortishuv olib borsa, xalq orasida battarroq rasvo boladi. * * * Qariyalar muhtojlikka tushib qolsa, kasbhunar qila olmasa va tilashga tili bormasa, ularga rahm-shafqat qilishga shoshil va qolingdan kelgancha ehson qil. Lekin, kambagal yigit ketmon chopa olsa, otin tashimoqni uddalasa, unga ehson qilmoq isrof qilmoqdir. * * * Tinch va xotirjamlik bilan ichilgan yovgon umoch, hijolat va mashaqqat bilan yeyilgan qandli kulchadan yaxshiroq. Eski chopon bilan bemalol tuproqda otirmoq zarbof ton kiyib birov oldida tik turgandan yaxshiroq. 42 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Yigitlik umr gulshanining bahoridir va hayot oqshomining tongidir. Bu biri tufayli ishrat gullari ochiladi; u biri sababli zavq va shodlik uylari yorishadi. Insonning gozalligi undan; bashar avlodining qudrati undan. Asabu tomirlarga quvvat ham; qol-oyoq va azoyi badanga salomatlik ham undan. Kongilga ishq tugyonining tushishi ham, shox gozallarga moyillikning paydo bolishi ham undan. Yigitlarning oz husnijamoliga magrurligi, osha navqironlik tufayli, qarilarning esa koz yosh tokib, yolvoruvchan bolib qolishi undan mahrum bolgani tufayli. Koz uyi mashali undan ravshan; yuz bogi anjumani undan gulshan. Gozallar husni istignosiga sabab ham u; oshiqlarga ishq balosining jabru jafosi boisi ham u. Zoravonlar boshida mamlakatlarni bosib olish ishtiyoqi ham undan, kuchsizlarning diyorini tark etib, gariblik ixtiyor etishi ham undan... * * * Turgun yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda turgan tuproq qayda-yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda? Biri qimirlamay turgani uchun kishilar oyogi ostida poyandoz boladi; ikkinchisi esa, harakatda bolgani tufayli, yuksaklarning yuksagi boladi. Azob va mashaqqat tavoze va adabning negizidir. Safar esa ranj-mashaqqatga sababdir. Safar erituvchi va kuydiruvchi qoradir. U erish43 www.ziyouz.com kutubxonasi kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab xom gildan tozalovchidir. Safar ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. Safar xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir. Safar kishilarni olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, garoyibotlar dunyosidan xabardor qiladi. Aziz kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga musharraf va mukarram bolmoq ham safardan; fayzli, ulug zotlar xizmatida izzat va hurmat topmoq ham safardan. Yolovchining yurishiga quvvat beruvchi ham safar va kongliga har tomonga borish zavqini soluvchi ham safar. Musofirni turli joy va manzillar bilan tanishtiruvchi ham u; dunyoni kezish yoliga soluvchi ham u. Issiq-sovuqda jonga orom beruvchi ham u; achchiq-chuchukdan kongilni ogohlantiruvchi ham u. Safar vodiysida musofirning oyogiga kop dardu balo tikanlari sanchiladi, lekin, har qadalgan tikandan bir maqsad guli ochiladi. Yol mashaqqati zarbidan kishining azoyi badani qaqshaydi; vujud yolovchilar oyogi bilan toptaladi va har azosi u oyoqlar ostida ushaladi. Ammo, konglining vayronligi tuzaladi va ruhi kozgusi ravshan tortib, jilo topadi. Har olkaning gozalligi, har manzilning osoyishtaligini safarda yuruvchilardan sora va musofirlardan eshit. Safar qilmagan orom olish 44 www.ziyouz.com kutubxonasi farogatini qaydan bilsin? Musofirlik azobini chekmagan vatandagi hayotning qadrini qanday anglasin? Oqmaydigan dengiz suvini ichsa boladimi? Oqar daryoning zilol suvlaridan ichishni tark etsa boladimi? Odam uchun doim harakatda bolish hayotlikdan asardir; jonsiz mavjudotlar tiriklik nishonasidan bexabardir. * * * Umrni ganimat bil; sogliq va omonlikka shukr qil. Boylik orttirish yolini axtarma; kamsuqumlik bilan iftixor qil. Etiqodingni hammaga aytib yurma; pulingni sovurma. Befoyda gapni kop aytma, foydali gapni eshitishdan hech qaytma. Oz gapirgan oz yanglishadi: oz yegan oz kasallanadi. Ochlik negizida hikmat bor; toqlik tagida gaflat bor. Qorin toygazish hirsini kongildan yoq qil; ozing och qolsang ham bir ochni toq qil. Ozingni yasantirishni xayolingdan chiqar; gozal libos kiyishni istasang, bir yalangochning egnini butla. Libos har qancha zebodir, kiyganingdan kiydirganing yaxshidir. 45 www.ziyouz.com kutubxonasi LUQMONI HAKIMNING NASIHATLARI 1. Kimga pandu nasihat qilsang, unga avvalo ozing amal qil. 2. Sozni oz qadringga loyiq gapir. 3. Odamlarning qadrini bil. 4. Hammaning haq-huquqini angla. 5. Siringni maxfiy tut. 6. Dostni qiyin kunda sina. 7.Dostni foyda va ziyonda imtihon qil. 8. Notavon va nodon odamdan qoch. 9. Dono va ziyrak dostni tanla. 10. Yaxshi ishga astoydil kirish. 11. Sofdil va dono kishilar bilan maslahat qil. 12. Sozni isboti bilan gapir. 13. Yoshlikni ganimat bil. 14. Yoshlikda ikki dunyo ishlarini qilib qol. 15. Yoru dostlaringni aziz tut. 16. Dost-dushmaningga yuzingni ochiq tut. 17. Ota-ona ganimat. Luqmoni Hakim Sharq xalqlari orasida tengi yoq hakim va donolik timsoli hisoblangan afsonaviy shaxs. 46 www.ziyouz.com kutubxonasi 18. Ustozni otangdek ulug kor. 19. Xarjni kirimga qarab qil. 20. Hamma ishda ortacha yol tut. 21. Olijanoblikni ozingga shior qil. 22. Mehmonga xizmatni qoidadagidek bajar. 23. Birovning uyiga kirganda koz va tilingga ehtiyot bol. 24. Libosingni va badaningni toza tut. 25. Jamoat bilan hamdard bol. 26. Farzandingga ilmu adab orgat. 27. Iloji bolsa, farzandga chavandozlik va merganlikni orgat. 28. Etik va kavush kiyishni ong oyoqdan boshla, yechishni esa chap oyoqdan. 29. Birov bilan ish qilsang, osha odamga loyiq ish qil. 30. Kam yeyish va oz gapirishni odat qil. 31. Ozingga yoqmagan narsani ozgaga ravo korma. 32. Ishni avval oylab, chorayu tadbir bilan qil. 33. Oqimay ustozlik qilma. 34. Odamlarning yaxshiligiga tama qilma. 35. Pastkashdan vafo kutma. 36. Barcha ishda andishali bol. 37. Qilinmagan ishni bajarilgan hisoblama. 38. Bugungi yumushni ertaga qoldirma. 39. Ozingdan kattaga hazil qilma. 40. Ozingdan kattaga sozni chozma. 41. Hojatmand kishilarni noumid qaytarma. 42. Otgan janjalni eslama. 47 www.ziyouz.com kutubxonasi 43. Odamlarning yaxshiligini oz yaxshiliging bilan aralashtirma. 44. Boyliging miqdorini dostu dushmanga bildirma. 45. Qarindoshni qarindoshdan ayirma. 46. Yaxshi odamni giybat bilan yod qilma. 47. Faqat ozingni oylama. 48. Kopchilik turgan bolsa, sen ham ularga ergash. 49. Odamlarning oldida tish kavlama. 50. Ogzing va burning suvini baland ovoz bilan tashlama. 51. Esnasang, qolingni ogzingga qoy. 52. Odamlarga qarab kerishma. 53. Jiddiy sozni hazilga aralashtirib gapirma. 54. Birovni birovning oldida xijolat qilma. 55. Qoshu kozing bilan imlab chaqimchilik qilma. 56. Aytgan sozingni yana qaytarma. 57. Birovni bemani kuldirishdan tiyil. 58. Ozingni va yaqinlaringni odamlar oldida maqtama. 59. Ozingni xotinlardek yasatma. 60. Bolalaring nima desa, oshani qilaverma. 61. Tilni saqla. 62. Gapirayotganingda qolingni silkitma. 63. Hamma odamni hurmatlashni unutma. 64. Igvogar odam bilan suhbatdosh bolma. 65. Iloji boricha birov bilan urishma va xusumat qilma. 66. Birovning kuch-qudratini sinovchi bolma. 48 www.ziyouz.com kutubxonasi 67. Uluglar sinovini yaxshilik bilan yodla va gumon qiluvchi bolma. 68. Oz noningni ozgalar dasturxonida yema. 69. Ishda shoshqaloqlikka yol qoyma. 70. Mol-dunyo topaman, deb ozingni qiynoq ostiga tashlama. 71. Gazabing kelganda sozni tanlab gapir. 72. Quyosh chiqquncha uxlama. 73. Odamlar oldida yolgiz yema. 74. Kattalardan oldinda yurma. 75. Yoshi uluglar sozlayotganida ularning gapiga qoshilma. 76. Boshingni osiltirib otirma. 77. Kochada ongu chapga alanglayverma, balki togriga boqib, yerga qarab yur. 78. Mehmon huzurida birovga gazabingni sochma. 79. Mehmonga ish buyurma. 80. Devona va mast bilan sozlashma. 81. Mahalla boshida bekorchi va beboshlar bilan otirma. 82. Foyda-yu ziyonga ozingni urib, obroyingni tokma. 83. Manman va takabbur bolma. 84. Odamlarning senga xusumat qilishidan qoch. 85. Jang va fitnadan qochuvchi bol. 86. Ozingni ota xor qilmaslikka intil. 87. Xoksor va kamtarin bol. 4Ibratli hikmatlar 49 www.ziyouz.com kutubxonasi FAXRIDDIN ALI SAFIY HANGOMALARI Bir kozi ogrib azob chekib yurgan Sahhib Rumiy ismli xushfel kishi motabar bir zotning qoshiga kelibdi. U kishining oldida bir talay xurmo bor ekan. Hech narsadan parhez qilmaydigan Sahhib ularni yeya boshlabdi. Shunda motabar zot: Ey Sahhib, kozing ogrib turibdi. Parhez qilsang bolardi, debdi. Hazratim, tashvishlanmang, sog kozim bilan korib yeyapman, deb javob beribdi Sahhib. * * * Umrida shaharni kormagan bir arab Bagdodga kelibdi. Bagdod xalifasi bir kuni u bilan bir tovoqdan taom yeb otirgan ekan, banogoh mehmonning oldidagi bitta qilga kozi tushib qolibdi. Ey arab, ana shu qilni olib tashlagin, debdi u. Faxriddin Ali Safiy XI asrda yashab ijod etgan fors-tojik adabiyoti namoyandasi. 50 www.ziyouz.com kutubxonasi Arab qolidagi luqmani dasturxonga qoyib, qolini artibdi. Taomdan olmaysanmi? sorabdi xalifa. Yoq, debdi arab, mehmonning luqmasiga qaraganda qilni ham koradigan kishining taomidan yeb boladimi! * * * Bir badaviy arab safarda bor-yogini xarjlab tamom qilibdi. Hatto yegulik biror narsasi ham qolmabdi. Bir parcha nonga kozi tort bolib ketayotganida, bir kishiga duch kelibdi. Yolovchi toxtab undan sorabdi: Ey birodar, qaydin bolursan. Sening qabilangdan, debdi badaviy ozgina tamaddi umidida. Yaxshi, debdi yolovchi, qani otir-chi bolmasa, birodar, bir hol-ahvol sorashib olaylik. Yolovchi otirib, yelkasidan torvasini olibdi. Uni yechib, ichidan non va gosht olib yer ekan, sorabdi: Xosh, bizning qabiladan bolsang, mening manzilimdan otdingmi? Otdim, debdi badaviy tamshanib. Qalay, tinchlikmi? sorabdi yolovchi, bemalol kavshanar ekan. Ha, tinchlik, debdi badaviy. Hamma yoq toqchilik va mamurchilik. Menga oxshab ochidan tirishib yurgan kishi yoq. Meni Baqo degan itim bor edi, kordingmi? 51 www.ziyouz.com kutubxonasi Kordim, debdi badaviy, qoylaringni shunday qoriqlab yuribdiki, borini bir yillik yolga ham yaqin yolatmaydi. Barakalla, oziyam juda ajoyib it-da. Xosh, oglim Xolid qalay? Xolidmi? Juda shox bola bolibdi-da. Maktabxonada hech kimga kun bermaydi, mudarrisning boshiga chiqib oladi. Baland ovoz bilan Quron tilovat qilganda odamning ogzi ochilib qoladi. Barakalla, ota ogil. Xosh, onasini ham kordingmi? Xolidning onasi qalay? Onasimi? Shunday ochilibdiki, husnu jamolda va qaddu kamolda unday xotinni ikki olamda ham topib bolmaydi. Oh, oh, oh, tilingga shakar. Shunaqa bolgan degin. Ha, barakalla. Xosh mening obkash tuyamni ham kordingmi? E, bolmasa-chi? Jonivor shunchalik semiribdiki, orqasidagi orkachi ham korinmay ketibdi. Korgan kishi uni fil deydi, fil. Qasrimga ham kozing tushgandir, albatta. Bay, bay, bay. Ayvoni osmonni opay deydi-ya. Qani endi, hozir ana shunday qasri azim bolsa-yu, oltirib toyguningcha ovqatlansag. Ammo bu gaplarga yolovchi parvo ham qilmabdi. U ozining xonumoni, qasru ayvonining omonligini bilib olguncha, ishtaha bilan nonu goshtni kavshab, toyib ham olibdi. Badaviyga hatto mulozimat uchun bolsin ol demabdi. Ozi 52 www.ziyouz.com kutubxonasi toygach, qolgan-qutganlarini yigib, torvasiga solibdi. Badaviy qarasa, unga qilgan yaxshilik va xushomadlaridan hech narsa unmaydi. Juda xafa bolib ketibdi. Yolovchi ketaman deb turganida bir it paydo bolibdi. Yolovchi qolidagi suyaklarni unga tashlab, endi yolga tushmoqchi ham ekanki, badaviy chuqur xorsinib debdi: Qara, umr ekan-da. Sening Baqo otlik iting tirik bolganda, bu suyaklar unga nasib qilgan bolarmidi. Yolovchi dong qotib qolibdi. Baqo oldimi? Aytmasdan ilojim qancha, debdi uning tazirini berishga qasd qilgan badaviy, koz oldimda olsa-ya. Nahot? Nima sababdan oldi? Ochkozlikdan, debdi badaviy, hammasini bir ozi yemasdan boshqa itlarga bersa ham bolardi-ku, yoq, hammasini yeyman deb oyladi shekilli-da. Nimani axir? betoqat bolib sorabdi yolovchi. Tuyaning goshtini-da. Obkash tuyaning goshtini. Oziyam rosa semirgan ekan jonivor. Yo parvardigor, nahotki obkash tuyam ham olgan bolsa? Ha, bolmasa sening kuchugingni deb, biror kishi tuya soyarmidi? Ochiqroq gapirsang-chi, tuyani qanday jin uribdi? 53 www.ziyouz.com kutubxonasi Hech qanday, debdi badaviy yuziga qayguli tus berib, rahmatlik Xolidning onasi taziyasi kuni soyildi. Xolidning onasi ham oldimi? Bolmasa-chi, shunday musibat tushganda har qanday ona ham olishi turgan gap. Nega oladi endi? Iye! Esing bormi ozi! Ajali yetgandan keyin oladi-da. Menimcha uning miyasi lat yegan bolsa kerak. Miyasi? Nega miyasi lat yeydi. Qanday oldi, axir? Qandayligini bilmayman-ku, harholda boshini Xolidning qabriga uraverib lat yetkazgan bolsa kerak. Vo ajab, Xolid ham oldimi? Nachora, bandalik ekan, xafa bolma, debdi unga tasalli bergan bolib badaviy, qasring ayvoni yiqilib, devorning ostida qolib ketmaganida hozir ajoyib yigitcha bolib qolar edi. Yolovchining toqati toq bolibdi. Bu mudhish xabarlarni eshitib boshiga mushtlab, yuzini yulibdi. Yerdagi xaltasiga ham qaramay dod vo vaylo, vo musibato deb figon chekib, uyiga tomon ravona bolibdi. Badaviy esa xotirjam yerdan xaltani olib, bir chekkaga chiqib ogzini ochibdi-da, ishtaha bilan non va goshtni tushira boshlabdi. * * * Bir kuni ikki kishi qozi Shurayhning oldiga janjallashib kelib, biri ikkinchisidan katta mol 54 www.ziyouz.com kutubxonasi davo qilibdi. Unisi esa, men bu kishini umrimda kormaganman, qanday qilib qarzdor bolishim mumkin, deb, tonib turib olibdi. Qozi davogardan sorabdi: Osha molni qayerda bergan eding? Falon sahroda, bir daraxtning ostida. Osha daraxtni topa olasanmi? Bolmasa-chi, debdi davogar, cholning ortasida bitta-yu bitta daraxt. Xop, debdi qozi, borib osha daraxt bargidan olib kel. Chunki barglar gapning rostini aytadi. Davogar barg olib kelgani ketibdi. Sherigi esa qozining yonida qolibdi. Qozi boshqa kishilarning arzini eshitishga kirishibdi va unga etibor ham bermabdi. Ancha vaqt otgandan keyin, gap orasida qozi unga luqma tashlab qoyibdi: Osha daraxtga yetib bordimikin? Hali yetmagan bolsa kerak, debdi noxosdan haligi kishi, u yer ancha uzoq. Qozi debdi: Borakallo. Endi iqror bola qolgin. Chunki sen avval hamma narsadan tonding. Endi malum boldiki, sen u daraxtni bilar ekansan. U kishi xijolatda qolibdi. Qozi tadbir bilan uning konglini yumshatib olgan qarziga iqror qilibdi. Shu asnoda davogar ham daraxt barglarini olib kelibdi. Barglar guvohlikni berib boldi, debdi qozi davogarga, mana, olgan narsasini qaytib beradi. 55 www.ziyouz.com kutubxonasi Haligi kishi davogarni oz uyiga olib boribdi, izzat-ikrom korsatib, molini topshiribdi. * * * Luqmoni Hakimni bir kishi sotib olib dargohida xizmat qildirar va undagi ilmi hikmatni gohigohida sinab korarkan. Bir kuni imtihon tarzida buyuribdi: Ayo, Luqmon. Menga bir qoyni soyib, eng yaxshi azosini olib kelgin. Bosh ustiga, debdi Luqmon va qoyni soyib tili bilan yuragini xojasiga keltirib beribdi. Ancha muddat otgandan keyin, xoja uni yana chaqirib, debdi: Ayo, Luqmon. Bir qoyni soygin-da, menga uning eng yomon azosini olib kelgin. Luqmon qoyni soyib, yana tili bilan yuragini kotarib kelibdi. Xoja debdi: Bu nechuk asrorki, qoyning eng yaxshi azosini sorasam ham, eng yomonini sorasam ham til va yurakni kotarib kelding? Luqmon debdi: Ayo Xoja, agar pok bolsa, hech narsa til va yurakdan yaxshi emas. Agar nopok bolsa, hech narsa ulardan yomonroq ham emas. * * * Bir hakimdan qaysi taom eng xushboy va lazzatli, deb sorab qolibdilar. Qorin och paytida yeyilgan taom, debdi hakim. 56 www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Bir hakim ajoyib bir bazmda otirgan ekan, badovoz xonanda ortaga chiqib ashula boshlabdi. Shunda hakim: Qadimgi hakimlarning kitoblarida boyoglining ovozi kishining olimidan darak beradi, deyilgan. Agar shu gap rost bolsa, bu mutribning ovozi boyoglining olimidan ham darak bola oladi, debdi. * * * Bir hakim sira may ichmas ekan. Bir kuni yoru dostlari undan: Ayo donishmand, nechun may ichmaysan, deb sorabdilar. Hakim debdi: Men aqlimni ichadigan narsani sira ham ichmayman. * * * Bir kishi tabibning qoshiga kelib arz qilibdi: Qorin ogrigi kasaliga giriftor bolibman, bir ilojini qiling. Bugun nima yegan eding? sorabdi tabib. Ertalab tuzlangan mol goshti yegan edim. Ustidan besh-oltita tuxum va bir oz sariyog yedim. Song mevalarga kozim tushib, bir talay anor bilan olmurut yegandim. Yaxshi, debdi tabib, bu dardning bittayu-bitta davosi bor. Agar bu kecha olsang 57 www.ziyouz.com kutubxonasi olding, agar olmasang, ertaga shahar minorasiga chiqib ozingni tashla. Ana shundagina sen qorin ogrigi dardidan, qorin ogrigi dardi esa sendan qutuladi. * * * Bir kishi tabibning huzuriga kelib shunday debdi: Ayo tabib, uch kundan beri bemorman, sira ishtaham yoq, bir ilojini qilmasang bolmaydi. Tabib uning tomirini ushlab korib: Bugun qanday taom yeding? deb sorabdi. Uch kecha-kunduzdan beri hech narsa yemayman hisob, debdi bemor. Harholda, ozmi-kopmi nimaiki yegan bolsang hammasini ayt. Yegan narsam ogizga olishga ham arzimaydi, debdi u. Mayli, arzisa-arzimasa, nimaiki ittifoqo ogzingga tushgan bolsa ham aytgin. Obbo, qoymading-da, debdi bemor va yegan ovqatini sanay boshlabdi. Yoningga kelayotgan edim, yolda kallapaz dokoni yonidan otayotib, pishirilayotgan hidi dimogimga xush yoqdi. Kirib oltita kalla olib yedim, sen uchta deb hisoblayvergin. Keyin tort botmon non yedim, sen ikki botmon faraz qil. Undan keyin konglim shirinlikni tusab qoldi, borib sakkiz botmon bodom holvasidan olib yedim. Sen tort botmon hisoblagin. Muzdakkina narsaga konglim sust ketgan edi, borib yigirma botmon amiriy uzum olib 58 www.ziyouz.com kutubxonasi yedim, sen on botmon hisoblagin. Qarasam qovunfurush dokoni oldidan chiqib qolibman. Xisraviy degan qovundan qirqtasini olib yedim, sen yigirmata deb bilgin. Bu sozlarni eshitib hangu mang bolib qolgan tabib shunday debdi: Ana endi sen hisoblagin, men aytib beray: sen olti yil sarsom (miya yalliglanishi) kasaliga giriftor bolasan, uch yil faraz qilgin. Undan keyin tort yil diq (siqilish, ozish) kasaliga mubtalo bolasan, sen ikki yil hisoblayvergin. Song ikki kozing kor boladi, sen bir kozim deb oylagin, ikki oyoging shol boladi, sen biri deb hisobla. Undan keyin ich ogrigi kasaliga chalinib, shu kasaldan olasan, qabrga qoyib, ustingga yuz eshakka yuk boladigan tuproq bostiradilar, sen ellik eshak deb faraz qilgin. Bor, senga javob. * * * Bir shoir tabibning qoshiga kelib arz qilibdi: Ayo tabibi hoziq, bir narsa yuragimda tugun bolib turibdi. Shuning zarbidan butun vujudim qaqshab ogriyotganga oxshaydi. Biror iloji bormikan. Tabib ham odamlarni yaxshi tushunadigan bir kishi ekan: Bolmasam-chi, debdi u, olamda dard yoqki, uning davosi bolmasa. Xosh, hali hech kimga oqib bermagan shering bormi? Bor, debdi shoir. 59 www.ziyouz.com kutubxonasi Oshani oqi. Shoir sherini oqiy boshlabdi. Tabib uni maqtab, tahsinlar aytibdi. Keyin osha sherni yana bir marta va yana bir marta oqishni iltimos qilibdi. Shoir sherini uch karra oqib bergach, tabib: Endi bor. Senga shifo shu. Yuragingda tugun bolib turgan narsa shu shering edi. Ana endi yozildi, debdi. * * * Bir kishi tabibga mazasi qochayotganini aytibdi.Tabib debdi: Bugun nima yeganding? Uch botmon yarmi kuyuk goja ichdim, debdi bemor. Tabib unga: Sen yanglishibsan, mol tabibining qoshiga borgin, men odamlarning tabibiman, debdi. * * * Bir donishmand tabibdan sorashibdi: Ayo tabibi hoziq, aytgin-chi, bosaning mijozi issiqmi, sovuqmi? Tabib debdi: Unisini aniq bilmaymanu, lekin kopi kongilni aynitadigan boladi. * * * Bir munajjimni dorga osadigan bolishibdi. Boyniga arqon solishgan paytda undan sorabdilar: 60 www.ziyouz.com kutubxonasi Sen munajjim odamsan. Oz toleingdagi ana shu mavridni bilarmiding? Ha, debdi munajjim, ammo mening bilishimcha, olimimning mavridi boshqa edi, dor ham pastroq edi. * * * Bir kishi tabibning oldiga kelib: Bir ilojini qiling, taqsir. Ertalabdan beri tinmay qornim ogriyapti, debdi. Ertalab qanday taom yegan eding, sorabdi tabib. Bir talay kuyuk non. Tabib xizmatkorini chaqirib, koz ogrigi dorisidan olib kelishni buyuribdi: Ayo taqsir, mening qornim ogriyapti-ku, koz dorisini nima qilaman? Tashvishlanma, debdi tabib, kozing sog bolsa, kuyuk nonni yemagan bolarding. * * * Sharqning mashhur mutafakkir olimi Abu Rayhon Beruniy Sulton Mahmud Gaznaviyning qoshida mulozim edi. Bir kuni safarda Sulton Mahmud tort tomonida eshigi bor uyda otirar ekan. U hakimni chaqirib shunday debdi: Qani, hukm qil, bu eshiklarning qaysi biridan chiqib ketaman. Ogohlantirib qoyay, agar hukming notogri bolsa, boshing ketadi. 61 www.ziyouz.com kutubxonasi Gaznaviyning bu qadar qahru gazabidan Beruniyni vahm bosibdi. Chor-nochor usturlobini olib mulohaza qilibdi va bir narsalarni yozib, ehtiyotkorlik bilan Gaznaviyning yostigi ostiga tiqib qoyibdi. Mahmud Gaznaviy unga etibor ham bermasdan, darhol bir munshiyni chaqirib, shimoliysharq tomondan teshik ochishni aytibdi. Songra osha yerdan tashqari chiqib, Beruniyning yostiq ostiga qoygan qogozini olib kelishni buyuribdi. Mulozimlar darhol olib kelibdilar. Oqisalar, hakim bunday deb yozibdi: «Sulton hech qaysi eshikdan chiqmaydilar. Devorni shimoliy-sharq tomonidan teshib chiqadilar». Sulton hayron bolib qolibdi. Keyin olimning salohiyatiga tahsin aytib, shu yerning ozidayoq yuz ming diram pul, ot va tonlar berib, ayonlari orasida izzatini bajo keltiribdi. 62 www.ziyouz.com kutubxonasi MUNDARIJA Yusuf Xos Hojib hikmatlaridan (nasriy bayoni) ......... 3 Abul Faroj hikoyatlaridan ........................................... 12 Kalila va Dimnaning sozlari ........................................ 19 Kaykovusning aytganlari ............................................. 29 Hazrat Navoiy ogitlari (nasriy bayoni) .................... 36 Luqmoni Hakimning nasihatlari ................................ 46 Faxriddin Ali Safiy hangomalari ................................ 50 63 www.ziyouz.com kutubxonasi IBRATLI HIKMATLAR Rassom H. Qutluqov Badiiy muharrir H. Mehmonov Texnik muharrir U. Kim Musahhihlar Sh. Ori pova, M. Rahimbekova Kompyuterda tayyorlovchi N. Begmatova Bosishga ruxsat etildi 10.07.2007. Bichimi 70´901/32. «Tayms» harfida ofset usulida chop etildi. Shartli bosma tabogi 2,34. Nashr tabogi 2,50. Nusxasi 5000. Buyurtma ¹ 07-83. Bahosi shartnoma asosida. Ozbekiston Matbuot va axborot agentligining «Ozbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 100129. Toshkent, Navoiy kochasi, 30. www.ziyouz.com kutubxonasi
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )