Sinkveyn — bu 5 satrli she’r shakli, qisqa va aniq fikr ifodalash usuli. Har bir satri
belgilangan ma'lum qoidalarga asoslanadi:
1-satr: Bitta so‘z — mavzuni bildiradi (odatda ot).
2-satr: Ikki ta'riflovchi so‘z (sifat).
3-satr: Uchta harakatni bildiruvchi so‘z (fe'l).
4-satr: To‘rt so‘zdan iborat his-tuyg‘u yoki fikr ifodasi.
5-satr: Mavzuga sinonim bo‘lgan bitta so‘z (yana ot).
Namuna
1-satr (mavzu):
Pedagog
2-satr (ikki ta'rif):
Mehribon, bilimdon
3-satr (uchta fe’l):
O‘rgatadi, yo‘l ko‘rsatadi, tarbiyalaydi
4-satr (to‘rt so‘zdan iborat fikr): Kelajak uchun yo‘l ochadi
5-satr (mavzuga sinonim):
Ustoz