O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Axborotni himoyalashninig nazariy asoslari MUSTAQIL ISH MAVZU: Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida) Bajardi:Otaxonov Umarbek Tekshirdi: Shaydullayev Jahongir TOSHKENT-2025 Reja: Kirish. Nazariy qism. Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish. Virtual himoyalangan tarmoqlar. Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari. Asosiy qism. VPN (Virtual Private Network). VPN nima? CyberGhost. ExpressVPN. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH Internetning kashf etilishi insoniyat hayotida katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Dunyo aholisining soni hozir yetti milliarddan oshgan bo’lsa, shundan uch milliarddan ziyodi internet tarmog’iga ulangan. 2014-yilgi statistikaga ko’ra, O’zbekistonda ham aholining 40 foizdan ortig’i internetdan foydalanadi va bu raqam yildan yilga o’sib bormoqda. Shunday ekan, internetning foyda va salbiy tomonlari haqida batafsilroq ma’lumot olishga ehtiyoj bor. Ayniqsa, o’zbek tilida bu mavzuda manbalar juda kam. Shu bois “Sahar” maktabi orqali sizlarga internetdan xavfsiz foydalanish mavzusida amaliy mashg’ulot o’tishni niyat qildik. Internet nima uchun kerak va uning qanday foydalari bor? Ko’pchilik internetdan yangiliklar o’qish, musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kabi, asosan, ko’ngilochar maqsadlarda foydalanadi. Ammo internet insonlarga taqdim etadigan qulaylik va foydalar faqat bulardan iborat emas. Oddiy elektron pochta (email ) xizmatini olib ko’raylik. Bir necha soniya ichida maktub yozib, uni komputer yoki telefoningizdagi bitta tugmani bosish orqali dunyoning istalgan joyiga bir soniyada jo’natishingiz mumkin. Internetdan oldin bu mumkinmidi? Albatta, yo’q. Buning uchun ilgari an’anaviy pochta yoki telegraf xizmatlaridan foydalanish lozim bo’lgan. Hozir esa bunga hojat yo’q. Yoki internet orqali savdo qilishni olib ko’ring. Hozir uyingizda o’tirib, internet orqali istagan narsangizni sotib olishingiz va uyingizgacha olib kelib berishlarini buyurtma qilishingiz mumkin. O’zbekistonda ham internet orqali savdo asta-sekin rivojlangib boryapti. Asaxiy.uz, Udobno.uz kabi saytlarni shu yo’lda boshlangan dastlabki qadamlar deb aytish mumkin. Internet nafaqat siz bilan biz kabi oddiy foydalanuvchilar tomonidan, balki xususiy va davlat kompaniyalari tomonidan ham keng qo’llanilmoqda. Hozir deyarli barcha yirik kompaniyalar o’z xodimlari va mijozlari bilan aloqalarni to’liq internet orqali olib boradi. Yangi mahsulotlarini internet orqali ommaga taqdim etadi, sotadi va boshqa turli xizmatlar ko’rsatadi. Internet hukumatlar ishlarini ham osonlashtirgan. Fuqarolarning deyarli barcha murojaatlari ko’p davlatlarda hozir elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Bu qog’ozbozlik, fuqarolarning idoraga borib rasmiylar bilan yuzma-yuz ko’rishishi, navbat kutib uzoq o’tirishi kabi noqulayliklarni kamaytiradi. O’zbekistonda ham xuddi shu maqsadda my.gov.uz loyihasining boshlanganini ijobiy va quvonarli hol, deb aytishimiz mumkin. Internetning qanday salbiy jihatlari bor? Bu ommaviy kommunikatsiya turi dastlab paydo bo’lganda, aksariyat ishlarning elektron shaklga o’tishi oqibatida ko’plab ish o’rinlari boy beriladi, degan xavotirlar bo’lgan. Chunki internetdan oldin bu ishlar qog’ozlar orqali yoki ofis-idoralarda ishchi-xodimlar qo’li bilan amalga oshirilardi. Ammo internetning iqtisodiyot uchun, kompaniyalar uchun keltirgan ulkan foydasi bu xavotirlarni yo’qqa chiqardi. Endigi asosiy xavotir va tahdid internetda shaxsiy va biznes ma’lumotlarini almashishning qanchalik xavfsiz ekani haqida bo’lmoqda. Xavotirlar shu darajada oshdiki, hatto hukumatlar internet tahdidlarining oldini olish uchun ko’proq e’tibor va resurslar ajratmoqda. Kiber xuruj va kiber urush degan atamalar paydo bo’ldi. Bugungi muloqotimizda biz shu keng mavzuning oddiy internet foydalanuvchilariga tegishli bo’lgan qismiga, ya’ni internetda shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash yo’llariga e’tibor qaratamiz. Nazariy qism. Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish. Virtual himoyalangan tarmoqlar. Internetning gurillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va foydalanishda sifatiy o’zgarish sodir bo’ldi. Internet foydalanuvchilari arzon va qulay kommunikatsiyaga ega bo’ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va boshqaruv axborotlarini uzatish imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning qurilishi printsipi niyati buzuq odamlarga axborotni o’g’irlash yoki atayin buzish imkoniyatini yaratdi. Odatda TCP/IP protokollar va standart Internetilovalar.(e-mail,Web, FTP) asosida qurilgan korporativ va idoratarmoqlari suqilib kirishdan kafolatlanmaganlar. Internetning hamma yerda tarqalishidan manfaat ko’rish maqsadida tarmoq hujumlariga samarali qarshilik ko’rsatuvchi va biznesda ochiq tarmoqlardan faol va xavfsiz foydalanishga imkon beruvchi virtual xususiy tarmoq VPN yaratish ustida ishlar olib borildi. Natijada 1990yilning boshida virtual xususiy tarmoq VPN kontseptsiyasi yaratildi. "Virtual" iborasi VPN atamasiga ikkita uzel o’rtasidagi ulanishni vaqtincha deb ko’rilishini ta’kidlash maqsadida kiritilgan. Haqiqatan, bu ulanish doimiy, qat’iy bo’lmay, faqat ochiq tarmoq bo’yicha trafik o’tganida mavjud bo’ladi. Bu vazifalar bir biriga bog’liq bo’lib, ularni amalga oshirishda axborotni kriptografik himoyalash usullaridan foydalaniladi. Bunday himoyalashning samaradorligi simmetrik va asimmetrik kriptografik tizimlarning birgalikda ishlatilishi evaziga ta’minlanadi. VPN qurilmalari tomonidan shakllantiriluvchi VPN tunneli himoyalangan ajratilgan liniya xususiyatlariga ega bo’lib, bu himoyalangan ajratilgan liniyalar umumfoydalanuvchi tarmoq, masalan Internet doirasida, saflanadi. VPN qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzivazifasini o’tashi mumkin. VPN-mijoz odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiyapparat kompleksi bo’lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPNmijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlashva autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi. VPN-server server vazifasini o’tovchi, kompyuterga o’rnatiluvchi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-server VPNmijozning server platformalari uchun funksional analog hisoblanadi. U avvalo VPN-mijozlar bilan ko’pgina ulanishlarni madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. VPN-server mobil foydalanuvchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin. VPN xavfsizlik shlyuzi. (Security gateway) ikkita tarmoqqa ulanuvchi tarmoq qurilmasi bo’lib, o’zidan keyin joylashgan ko’p sonli xostlar uchun shifrlash va autentifikatsiyalash vazifalarini bajaradi. VPN xavfsizligi shlyuzi shunday joylashtiriladiki, ichki korporativ tarmoqqa atalgan barcha trafik u orqali o’tadi. VPN xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi sifatida ko’rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost adresi hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dasturiy yechim, alohida apparat qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to’ldirilgan marshrutizatorlar yoki tarmoqlararo ekran ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin.Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini (Internet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini (masalan, telefon tarmog’i kanallarini) o’z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq VPN ning samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo’yicha aylanuvchi axborotning himoyalanish darajasiga bog’liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun inkapsulyatsiyalash va tunnellash keng ishlatiladi. Tunnellash usuli bo’yicha ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish bo’yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir "jo’natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini boshqasining paketiga inkapsulyatsiyalashga imkon beruvchi o’ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish o’rnatiladi.Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar portsiyasi xizmatchi hoshiyalar bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli paketi yuqoriroq yoki xuddi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o’zi ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli inkapsulyatsiyalanuvchi dastlabki paketlarni to’la kriptografik himoyalash imkoniyati paydo bo’ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidentsialligini ta’minlash maqsadida jo’natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni, yangi IP- sarlavha bilan tashqi paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo’yicha jo’natadi. Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini taminlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi. Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini taminlaydi. Bog’lanish taminlanadigan fizik hudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi: - simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN); - simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN); - simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN): - simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN). Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi. Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida yoki noutbukida malumotlarni simsiz sinxronlashni taminlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish taminlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo’lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tugilganda, joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi. Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini taminlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli PDAlarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bola turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga oz vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi ananaviy simli lokal tarmoqlariga o’xshash. Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaharga teng bo’lgan hududga xizmat qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, bazida esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida malumotlarni uzatishni taminlaydi. Yoki energetik kompaniya bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini taminlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to’playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o’rnatishga imkon beradi. Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo’lishini taminlaydi. Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki hatto kontinent masshtabida foydalanishni taminlash bilan ishlanishini taminlaydi. Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kompaniyalari ko’pgina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni taminlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati barcha foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanadi, natijada abonent tolovi unchalik yuqori bo’lmaydi. Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, bazida 170 Kbit/s ni tashkil etadi. Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida bo’lganida korporativ ilovalardan foydalanishni taminlovchi ilovalardir. Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo’yicha sayr qilinayotganlarida ulanishni o’rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanuvchilar hududiy chegaralanmaganlar. Simsiz tarmoq tuzilmasi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot havo muhiti (medium) orqali uzatishga yaroqli ko’rinishga o’zgartirilishi lozim. Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababli, foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi tugallaydi. Shu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani taminlash bilan bir qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer device) bilan ish ko’radi. Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va o’zining PDAsi yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo’natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni taminlashi lozim. Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (bazida ularni mijozlar deb atashadi) ko’pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Bazi kompyuter qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo’lsa, boshqalari oxirgi tizim hisoblanadi. Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari. Simsiz qurilmalarni to’rtta kategoriyaga noutbuklar, cho’ntak kompyuterlari (PDA), ajratish simsiz mumkin: infratuzilma (ko’priklar, foydalanish nuqtalari va h.) va uyali telefonlar. Noutbuklar korporativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office Home Office – kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma. Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning olchami. Noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan, noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, uni og’irlash shunchalik osonlashadi. Shifrlash kalitlarining, masalan, WEP-kalitlar (Wired Equivalent Privacy), dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy kalitlarning (PGP, Pretty Good Privace kabilar) yo’qotilishi katta muammo hisoblanadi va uni ilovalar yaratilishi bosqichidayoq hisobga olish zarur. Niyati buzuq odam noutbukni oz ixtiyoriga olganidan so’ng aksariyat xavfsizlik mexanizmlari buzilishi mumkin. Noutbuklarning mobilliligi ularning korporativ tarmoqlararo ekranlar (brandmauerlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish ehtimolligini oshiradi. Bu Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilarining tarmog’i yoki raqiblar ham joylanuvchi mehmonxona yoki ko’rgazmalardagi umumfoydalanuvchi tarmoqlar bolishi mumkin. Bunday hollarda mobil kompyuterlarning axborot xavfsizligi xususida jiddiy o’ylanish lozim. Noutbuklarning fizik saqlanishlarini taminlash usullaridan birixavfsizlik kabelidan foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga “boylab” qo’yishga mo’ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni bermaydi, ammo har xolda o’g’rining anchagina kuch sarf qilishiga to’g’ri keladi. Noutbuklarning tez-tez o’g’irlanishi sababli, axborotni arxivlashning xavfsizlikni taminlashga nisbatan muhimligi kam emas. Shifrlash dasturlari fayllar xavfsizligini taminlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan malumotlar hajmini yaratishda ishlatiladi. Bu malumotlarni rasshifrovka qilish uchun, odatda, parolni kiritish yoki shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi. Barcha axborotlarni shifrlangan fayllarda yoki arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar to’plamini arxiv uchun nusxalashni yengillashtiradi, chunki ular endi ma’lum joyda joylashgan bo’ladi. Ogrilar uchun noutbuklar “birinchi nomerli nishon” ekanligini foydalanuvchilar tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. Hatto ofislarda noutbukni kechaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga kop kishilar (kompaniya xodimlari, farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar. Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining ko’p odamlar to’plangan joylarda ham sodir bolishi mumkin. Samolet – kompaniya menedjerlari foydalanadigan odatdagi transport vositasidir. Samoletda qoshni kreslodagi yo’lovchi noutbuk egasining yelkasi ustidan muhim axborotni oqib olishi mumkin. Hatto “uy sharoitidagi” noutbuklar ham himoyalanishi zarur. Bu holda kompyuterning himoyasi server himoyasidan farqlanmaydi. Juda ham zarur bo’lmagan servislarning ochirilishi qurilma ishlashini yaxshilaydi.O’zining dasturiy taminotini noutbukka o’rnatgan niyati buzuq odam xavfsizlikning barcha mexanizmlarini chetlab otish imkoniyatiga ega bo’ladi. Kompyuterni oz ixtiyoriga olgan o’g’ri unga o’zining dasturini o’rnatganida uni to’xtatib bo’lmaydi. BIOSda (Basic Input/Output System-kiritish/chiqarishning bazaviy tizimi) va qattiq diskda o’rnatilgan parollar o’g’irlangan noutbukdan foydalanishga to’sqinlik qilishi mumkin. Ushbu barcha vositalar, afsuski, tajribali xaker uchun to’siq bolaolmaydi. Asosiy qism. VPN (Virtual Private Network). VPN nima? Virtual Private Network (VPN) shaxsiy tarmoqni jamoat tarmog’i orqali uzaytiradi va foydalanuvchilarning shaxsiy tarmoqqa bevosita ulangan bo’lsa, foydalanuvchilarga birgalikda yoki umumiy tarmoqlarda ma’lumotlarni qabul qilish va olish imkonini beradi (“Qisqasi, u sizning kompyuteringiz va VPN xizmat serverlari o’rtasida tunellangan xavfsiz, shifrlangan aloqa yaratadi”). Buning uchun VPN ilovalari foydali bo’lishi mumkin. Xususiy tarmoqni boshqarish imkonini beradi. VPN-lar korporativ bo’lmagan korporativ intranetlardan xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi. Ular geografik jihatdan integratsiyalangan tarmoqlarni birlashtiradigan tarmoqni ta’minlash uchun ishlatiladi. Individual Internet foydalanuvchilari o’zlarining proksi-serverlariga VPN bilan simsiz operatsiyalarni amalga oshirish, geografik cheklovlar va tsenzurani to’xtatish yoki shaxsiy identifikatsiyani va joylashuvni himoya qilish uchun ulanishlari mumkin. Biroq, ayrim veb-saytlarga geografik cheklovlar uchun ma’lum VPN texnologiyasiga kirish taqiqlanadi. VPN alohida ulanishlar, virtual tunnel protokollari yoki shifrlash transporti bilan virtual portni o’rnatish orqali yaratiladi. U katta Internet tarmog’iga ega VPN keng maydonli (WAN) tarmoqning afzalliklarini ta’minlaydi. Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan, xususiy tarmoq ichida masofadan turib foydalaniladigan resurslarga kirish.An’anaviy VPN-lar nok-to-nuqta topologiyasida tasvirlanadi va ta’sirni tasdiqlamaydi yoki ta’sir qilmaydi, shuning uchun Microsoft Windows NetBIOS to’liq qo’llab-quvvatlanmaydi yoki Mahalliy Tarmoq (LAN). Dizaynerlar virtual cheklovlarni bartaraf etish uchun Virtual Private LAN Services (VPLS) va layer-2 tunnel protokollari kabi VPN-larni ishlab chiqdi. Shifrlash ma’lumotlarni qayta yozish orqali Internetga ulanishni xavfsizligini ta’minlaydi, shunda undagi ma’lumotlar ruxsatsiz shaxslar tomonidan o’qib bo’lmaydigan bo’lib qoladi. Shu bilan birga, foydalanuvchining IP-manzili yashirin bo’lib, u odamni aniqlash uchun ishlatilmasligi mumkin. VPN xakerlik, kuzatuv va senzuradan himoya qilish uchun Internetga ulanishni shifrlaydi. Shu bilan birga, foydalanuvchini yashirish orqali uning IP-manzili orqali kuzatilishidan himoya qiladi. CyberGhost. CyberGhost Yevropa VPN provayder Ruminiyada joylashgan bo’lib, u erda foydalanuvchi ma’lumotlarini qayd etish to’g’risidagi qonunlar mavjud emas. Kompaniya foydalanuvchilarning maxfiyligini va xavfsizligini juda jiddiy qabul qiladi va yuqori sifatli mahsulotni arzon narxlarda taklif qiladi. Premium va Premium Plus obunalaridan tashqari, ulardan foydalanish imkoniyati mavjud CyberGhost VPN Bepul. CyberGhost VPN Germaniyada boshlangan, biroq nemis shirkatiga kirishdan oldin Ruminiyaga ko’chib o’tdi. Ruminiya Evropadagi oz sonli davlatlardan biri bo’lib, u erda ma’lumotlarni saqlash uchun qonuniy talab yo’q CyberGhost sizning harakatingiz haqida onlayn qaydlarni ham saqlamaydi. DNS qochqinlarni sinash uchun hech qanday qochqinlar aniqlanmadi, shuning uchun bu erda sizning yashirin ismingiz xavf ostida emas. ExpressVPN ExpressVPN 100% anonim VPN foydalanuvchilarning ushbu xizmatdan foydalanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd qilmaydigan xizmat. Eng yaxshi va eng taniqli shifrlash texnologiyasi bilan birgalikda bu xavfsizlik va shaxsiy hayotning mukammalligini anglatadi. ExpressVPN 148 ta mamlakatda, shu jumladan Daniyada 94 dan kam bo’lmagan joylashuvga ega bo’lgan katta serverlar tarmog’iga ega. Shuning uchun, deyarli har doim kerakli bo’lgan serverga ulanishingiz mumkin. ExpressVPN nihoyatda qimmat, ammo buning evaziga yuqori tezlikni taklif etadi va (ehtimol) dunyodagi eng tezkor hisoblanadi VPN. Buning ustiga VPN quyidagicha Smart DNS shuningdek narxiga kiritilgan olish uchun foydalanish mumkin Netflix AQSH qayerda qurilmalarda VPN ishlatib bo’lmaydi. Umuman olganda ExpressVPN mukammal bir narsa yaqinida VPN hamma narsada ishlatilishi mumkin. Agar siz ushbu sahifadagi havola orqali bir yillik obuna sotib olsangiz, siz qo’shimcha uch oyni bepul olasiz va birinchi 15 oylik narx oyiga 44 DKK (6.67 dollar) bilan tugaydi, bu birinchi yil uchun 654 DKK (99.95 dollar) ga to’g’ri keladi. . ExpressVPN barcha obunalar bo’yicha 30 kunlik to’liq qaytaring siyosati beradi. 256-bitli kalitlarga ega AES (Advanced Encryption Standard) dan foydalanadi – AES-256 deb ham nomlanadi. Bu masalan, ishlatiladigan shifrlashning bir xil turi. AQSh hukumati va dunyo bo’ylab xavfsizlik mutaxassislari tomonidan maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun foydalaniladi. Shifrlash PPTP, L2TP, Open orqali amalga oshirilishi mumkin VPN va SSTP. Agar siz foydalansangiz ExpressVPN sukut bo’yicha, ular avtomatik tarzda optimall shifrlash protokolini qo’llashadi, lekin siz tanlagan variantni ham bor. Serverlar shuningdek xavfsizlikni ta’minlash uchun xavfsizlik devorlari va josuslarga qarshi dastur va zararli dasturlardan himoyalangan. Shunday qilib, xavfsizlik mukammal va yuqori chiziq. ExpressVPN AQShda joylashgan va shuning uchun qonuniy ma’lumotlarni saqlash talablariga javob bermaydi. Ularning aniq bo’lmagan siyosati bor va foydalanuvchilarning xizmatdan foydalanish bo’yicha ma’lumotlarini saqlamaydi, bu esa to’liq yashirinlikni ta’minlaydi.Shuningdek, DNS tarqalishidan himoyalangan ichki himoya bor, bu sizning DNS qidiruv tizimingiz yoki boshqa uchinchi tomon tomonidan sizning domeningizga topilishini oldini oladi. ExpressVPN 148 mamlakatda (Daniyani ham o’z ichiga olgan) kamida 94 joyda serverlarga ega. Juda ko’p joylarga ega bo’lganligi sababli, ular eng ko’p joylarni taqdim etadigan provayderlar qatoriga kiradi. Shuning uchun deyarli hech narsa demaydi ExpressVPN barcha qit’alarda yaxshi ifodalangan, shuning uchun siz deyarli har doim kerakli joylarda serverga ulanishingiz mumkin. Daniya serverlari bu majburiy emas, ammo Daniya uchun katta afzallik VPN foydalanuvchilar. Birinchidan, u foydalanishga imkon beradi VPN serverga yaqin bo’lgan holda, tezlikda yoki javob vaqtida sezilarli yo’qotishsiz. Bundan tashqari, chet elga tashrif buyurish paytida siz Daniya tashrif buyuruvchilari uchun saqlab qo’yilgan DR va boshqalarga kirishingiz mumkin.ExpressVPN Dunyoning eng tezkor bo’lish reklamasi VPN va katta tarmoq tufayli bu haqda biror narsa bo’lishi mumkin. Ularning hammadan tezroq ekanligiga hech qanday kafolat bo’lishi mumkin emas, lekin javoblar vaqti pastligi va yuklab olish tezligi yuqori darajadagi ekanligi o’z sinovlari bilan tasdiqlangan.Siz foydalanishingiz mumkin ExpressVPN o’zining tezligini sinash, bu avtomatik ravishda barcha vaqtni va barcha server joylari uchun yuklab olishning maksimal tezligini sinovdan o’tkazadi, bu tezkor serverdan avtomatik ravishda foydalanadi.U ham ishlatilishi mumkin split tunneling, bu erda qaysi ma’lumotlar shifrlanganligini yoki yo’qligini tanlaysiz. Bu blokirovka qiladigan Internet xizmatlaridan foydalanganda kerak bo’lishi mumkin VPN, yoki boshqa sabablarga ko’ra qisman urishingiz kerak bo’lsa VPN dan. XULOSA Ushbu mustaqil ishvirtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish bo’lib uni bajarishda quyidagi natijalar olindi: 1. Virtual himoyalangan tarmoqlar tahlil qilindi. 2.Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi tahlil qilindi. 3. Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari haqida tushuncha olindi. 4. VPN haqida ma’lumot to’plandi 5. CyberGhost VPN haqida tushuncha olindi. 6. ExpressVPN haqida ma’lumot berildi. Ushbu olingan natijalardan kelib chiqib shuni aytish kerakki VPN ya’ni virtual himoyalangan tarmoqlar bizga yaxshigina yordam berishi mumkinligini bilish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptologik muxofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi. O‘z DSt 1105:2009. 2. “Axborotlashtirish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni. 11-dekabr 2003-yil. 3. OLIMOV ISKANDAR SALIMBOYEVICH. Kiberxavfsizlik 13-maruza. Internet saytlari. 4.https://azkurs.org/mundarija.html?page=10 5.https://kompy.info/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-ortamaxsus.html?page=3 6.https://vpninfo.dk/uz/ 7. https://ru.wikipedia.org/wiki/SSL
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )