O‘zbekiston Milliy arxivi sayti
O‘zbekiston Respublikasi Milliy
arxiv fondi hujjatlarini turkumlash
(klassifikatsiyalash)
• O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi
tarkibiga 1917 yildan oldingi davr hujjatlari,
shuningdek sovet tashkilotlari, idoralari,
korxonalari faoliyatida yuzaga kelgan hujjatlar,
o'zbek xalqi madaniyati, tarixi, san’ati,
adabiyoti va yozma yodgorliklari, ilmiy-texnik
hujjatlari, kino-foto-fonohujjatlar, plakatlar,
varaqalar va hokazolar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy
arxiv fondi hujjatlarini turkumlash
(klassifikatsiyalash)
• O ‘zR MAF hujjatlarini turkumlash
(klassifikatsiyalash) uch bosqichni o‘z ichiga
oladi:
• 1) O‘zR MAF hujjatlarining umumiy turkumi;
• 2)arxiv doirasidagi hujjatlar turkumi;
• 3) arxiv fondi doirasidagi hujjatlar turkumi.
1) O‘zR MAF hujjatlarining
umumiy turkumi
• O‘zR MAF hujjatlari quyidagi asosiy belgilari
bo'yicha turkumlashtiriladi va natijada davlat
arxivlari tizimi tashkil qilinadi:
• 1) Ma’lum bir tarixiy davrlarga tegishli
hujjatlar;
• 2) respublika va mahalliy idoralarga tegishli
hujjatlar;
• 3) ma’lum bir viloyat, shahar va tumanlarga
tegishli hujjatlar;
• 4) davlat va jamoat faoliyatining ma’lum bir
sohalariga tegishli hujjatlar (masalan. adabiyot
va san’at, harbiy va boshqa sohalar);