O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti Guruh : 312-20 Bajardi :Shukurov Maxmajuma Amaliyot rahbari: Mirzayeva N. TOSHKENT – 2023 MUNDARIJA KIRISH TATU Ахborot resurs markazi (ARM) Unilibrary Irbis dasturi Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo‘llash. Xulosa KIRISH Ma’lumki hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasi ildamlik bilan rivojlanib borayotgan bir paytda, bu jarayon dunyo mamlakatlari va uning mutasaddilari shu bilan birgalikda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislarining zimmasiga ulkan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa o’z o’rnida har bir mamlakatda o’qitish sohasi, aniq qilib aytganda kompyuter texnologiyalari sohasidagi ta’limni yanada isloh qilish, ularni zamon talablariga moslashgan andozalar asosida qurishni talab etmoqda. XXI- asrning axborot asri deb atalishining zamirida o’lkan ma’nomazmun yotganligini hozirgi kunning har bir o’quvchisi-yu, talabasi, nainki har-bir aqli raso insoni anglab yetdi va yetmoqda. Axborotga talab va ehtiyoj azal-azaldan katta miqyosda bo’lib kelgan. Biroq, hozirgi kunga kelib unga bo’lgan talab va zarurat har qachongidan kuchayganligiga hech bir shaxs shubxa qilmasligi tayin. Ze’roki axborot XXI-asrga kelib eng qimmat moddiy ashyoga aylanib qoldi desam ayni haqiqat bo’lar. Fan-texnika, tibbiyot, moliya va iqtisod, soliq hattoki davlat boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarining qullanilishi bu ishlarda yuqori unumdorlik va samaradorlikni olib kelmoqda va olamshumul natijalarga erishilamoqda. Masalan, hozirgi kun tibbyoti juda murakkab tadqiqotlarni, o’ta nozik jarrohlik operatsiyalarini olib borishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi hammani quvontirishi turgan gap. Chunki, bu yusinda qilinadigan ishning samarasi va aniqligi shu bilan birgalikda sifati yuqori bo’lishi shubhasizdir. Bu ishlarda inson tomonidan yaratilgan dasturlar kompyuterlar bilan birgalikda insonning o’ziga xizmat qilayotgani yanada quvonarli holdir. Yoki bo’lmasa quyosh sistemasi sayyoralarini tadqiq qilayotgan sun’iy yuldoshlarning ish olib borishida va ularning aniqlik darajasini oshirishida kompyuter buyuk yordamchi va ko’makchi vazifasini o’tamoqda. Maxsus dasturlangan robitlar sayyorralar uzra tadqiqotlar olib borishda juda qo’l kelmoqda. Olis manzillar bo’ylab axborot yuborish va qabul qilishda Internet tarmog’ining faoliyati bugungi kunda har- bir ilmiy xodim, korxona raxbari, davlat organi raxbari kerak bo’lsa talabalar hayotida muhim rol o’ynamoqda. Bu hol esa yoshlar ta’limtarbyasiga, ularning kamol topishida ozmi- ko’pmi o’zining ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Bu jarayon esa har bir shaxsdan axborot texnologiyalaridan madaniyat darajasida foydalanishni taqozo etadi. Bizning mamlakatda ham axborot etxnologiyalari sohasi ildamlik bilan rivojlanib bormoqda. Aynan mana shu maqsadlar uzviyligini ta’minlash maqsadida prezidentimiz tomonida qabul qilingan qaror va farmonlar bu ishlarning yanada ildamlashishiga turtki bo’lmoqda. Kompyutеrlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash tеxnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash tеxnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot – opеratsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga kеldi. Operatsion tizim bu kompyuter va foydalanuvchi o`rtasidagi bir tarjimon deb aytsak bo`ladi. Ya`ni tilni tushunmasdan turib ham muloqot qilish imkonini beradi. Bugungi kunda yaratilayotgan Operatsion tizimlar hamma talablarga javob beradi. Faqatgina uni chuqur o`rgansakkina unda kechayotgan har bir jarayon naqadar murakkab ekanligini tushunib yetamiz. Buni o`rganish uchun esa bizda hamma imkoniyatlar yetarli desak mubolag`a bo`lmaydi. OT asoslarini va ularning ishlash printsiplarini bilish, kompyutеrdan samarali foydalanishga olib kеladi. OT larni chuqur o’rganish, avvalambor bu bilimlarni, dasturiy ta'minot yaratishda ishlatishga imkon bеradi. Hozirgi informatsion texnologiyalar rivojlangan davrda yashar ekanmiz operatsion tizimlar , kompyuter dasturiy ta`minoti haqida bilish va o`rganish biz uchun muammo bo`lmaydi . Hozirda yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik ishlari va kichik tashkilotlar rivojlanishiga katta e`tabor qaratilmoqda. Men amaliyot o`tagan tashkilotda ham buni yaqqol ko`rishimiz mumkin. Yurtimizda informatison texnologiyani rivojlantirish maqsadida boshlang`ich sinf o`quvchilariga ham informatika darsliklari qo`yilmoqda. Bu orqali yoshlarni texnologik jarayonlar haqida tushuncha va tasavvurga ega bo`lishini ta`minlaydi. Biz yoshlarga juda ko`plab imkoniyatlar yaratilgan va biz bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimiz uchun yurtizmizdagi texnologik jarayonlar yanada yuksalishi uchun o`z hissamizni qo`shishimiz lozim. Umumiy ma’lumot: O‘zbekston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborotkutubxona bilan taʻminlashni tashkil etish to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq 2006-2007 - o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» bakalavriat taʻlim yo‘nalishi ochildi. 2012-2013 yildan boshlab, “Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi faoliyat yurita boshladi va “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” hamda “Elektron kutubxona va arxivlar” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 7 - iyundagi PQ 4354 - sonli "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" gi Qaroriga muvofiq hamda oliy taʻlim muassasalarida kutubxona faoliyati sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish asosida, 2019-2020 - o‘quv yilidan boshlab, yangi "Kutubxona-axborot faoliyati" taʻlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Kafedrada o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va rivojlanishida t.f.d. prof. M.A. Rahmatullayev, p.f.n., professor B.I. Ganiyeva, t.f.n. dotsent U.F. Karimov, p.f.n. dotsent M.X. Maxmudov, t.f.n. dotsent A.M. Xundibayev, katta o‘qituvchi S.R. Arakelovlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Kafedrada zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. O‘quv dasturlar yangilanib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi xorijiy davlatlar universitetlarining ish tajribalari o‘rganilib (Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya va boshqalar), yangi fanlar o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedra professoro‘qituvchilari xorijda malakalarini oshirib, turli xalqaro seminar va konferensiyalarida faol qatnashib kelmoqdalar. Kafedrada professional va ilmiy faoliyatni yirik va mashhur olimlar, professor-o‘qituvchilar ko‘rsatib kelmoqdalar, ulardan professor Raxmatullayev Marat Alimovich va Ganiyeva Barno Ilxamovna, PhD Rahimova Shaxnoza Anvarovna, katta o‘qituvchilar Arakelov Sergey Rubenovich, Ziyodullayeva Gulchiroy Erkinovna hamda bir nechta yosh assistentlar ish tajribalarni o‘rganishmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kafedra ochilishidan boshlab “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kutubxonachilik ishining an’anaviy ish uslubiyoti va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha faoliyatni tashkil etilishiga qaratilgan yangi o‘quv fanlar kiritildi. Jumladan, 2015- yildan boshlab ingliz tili guruhlari tashkil qilindi va mutaxassislik fanlari to‘liq ingliz tilida o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi. 2018-2019 - o‘quv yilidan boshlab ta’lim yo‘nalishi “Kutubxona – axborot faoliyat (sohalar bo‘yicha)” nomi bilan qayta nomlandi. Kafedrada mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha professoro‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan tavsiya qilingan quyidagi darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalari taʻlim jarayonida qo‘llab kelinmoqda: - oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Kataloglashtirish va klassifikasiya” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 676502); - oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Jahon axborot resurslari” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 676-503); - oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun hammualliflikda “Kutubxonashunoslik” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 1186-146); - oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun hammualliflikda “Jahon axborot resurslari” darsligi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 133104); - oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborot kutubxona katalogi va fondi” o‘quv qo‘llanmasi (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 434070); - oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborot kutubxona katalogi va fondi” uslubiy qo‘llanmasi (TATU Kengashi tomonidan tavsiya etilgan, ro‘yxatga olish raqami 9-659 2016-yil 2.06); - oliy taʻlim muassasalari talabalari hamda Axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari uchun “Авторские права на электронные издания” maʻlumot-uslubiy materiallar to‘plami (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʻlim, madaniyat va sport masalalari Qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan 2013-yil 4-yanvar №1-01-1 bayonnoma); - oliy taʻlim muassasalari talabalari uchun “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik taʻlim yo‘nalishi bakalavrlarining bitiruv malakaviy ishlarini bajarishga qo‘yiladigan talablar” uslubiy qo‘llanmasi (TATU kengashi tomonidan tavsiya etilgan 2015-yil) kabi o‘quv adabiyotlari chop etildi. Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Arakelov Sergey Rubenovich, Ziyodullayeva Gulchiroy Erkinovna, Sultanova Zuhra Shuhratovna, Abduzoirov Shaxobiddan Najmiddinovichlar mustaqil tadqiqotchi sifatida PhD dissertasiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ахborot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo‘yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Toshkentning kitob do‘konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o‘qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko‘rsatar edi. Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professoro‘qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an’anaviy, ya’ni qog‘ozda tashuvchi va elektron ma’lumotlardan iborat. Kutubxona fondi bugungi kunda 351081 ming nusxa atrofida bo‘lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, disket va CD-ROMlar tashkil etadi. Fondning 61% o‘quv adabiyotlar 32% - ilmiy, 5% - badiiy, qolganlari boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 6 ming kitob oladi, 100 nomli jurnallar va 65 nomli gazetalarga obuna bo‘ladi. Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi: oyda ikki marta Kafedra kunlari uyushtiriladi; mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi; har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi; 1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o‘tkazadi; 1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko‘rish, ma’lumotli sharhlar olib boriladi; RDHK tizimida 10 abonementga oliy maktab muammolari bo‘yicha 21 mavzuda va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an’anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo‘yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo‘yicha mavzuli kartotekalari bo‘yicha keng ma’lumot apparati mavjud. Hozirgi kunda ARM 6800 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. ARM ning umumiy fondi 46028 nomda 351081 nusxadan bo‘lib, ulardan: ilmiy adabiyotlar 26660 nom/116709 nusxa; darsliklar 1542 nom/40096 nusxa; o‘quv qo‘llanmalar 4822 nom/166532 nusxa; badiiy adabiyotlar 11461 nom/17407 nusxani tashkil etadi davlat tilida 7032 nom/93430 nusxada shundan: ilmiy adabiyotlar 22637 nom/19114 nusxa; darsliklar 528 nom/16881 nusxa; o‘quv qo‘llanmalar 1689 nom/42640 nusxa; badiiy adabiyotlar 1776 nom/5703 nusxa Elektron hujjatlar fondi 30088 nomda bo‘lib, shulardan elektron darsliklar 4064, elektron o‘quv qo‘llanmalr 8003, elektron ilmiy adabiyotlar 16684, elektron xorijiy adabiyotlar 7838. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimi Elektron kutubxonada oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining o'quv adabiyotlari, monografiyalari, dissertatsiyalari va ilmiy maqolalari jamlangan. Bu yerdan foydalanuvchi o’ziga kerakli adabiyotning elektron formatini topishi mumkin. Unilibrary asosiy sahifasi: Irbis dasturi Ibris dasturi - TATU ARMda mavjut barcha maqola va kitoblarning joylashgan xonasi va soni haqida malumot beruvchi dastur! Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog'langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak-qon tomiri tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob beradi , ya’ni har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo'lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iboratdir. Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan. Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq texnik vositalar, asosan kompyuterlar va murakkab obyektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi.»Tizim» tushunchasiga «axborot» so‘zining qo'shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo'lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usull ar, vositalar va shaxslaming o'zaro bog‘langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavj ud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlaiga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi . Kibemetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti yig‘indisini (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparatini o'zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda, maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlami amalga oshirish uchun tuzilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog'langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo'nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlami uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlami qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalami bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi obyektining axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlarini tatbiq etish nafaqat maydachuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuvchizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intellekt usullari, ekspert tizinilari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutaxassislari xattiharakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini yuksaltirish maqsadlarida amalga oshiriladi. Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumoнlami qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish). Qo’llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarg a ajratish mumkin: • ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; • loyihalashtirishni avtomatlashtirish; • tashkiliy jarayonlarni boshqarish; • texnologik jarayonlarni boshqarish. Ilmiy axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlash tirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari y angi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va loyihachi muhandislar mehnatini avtomatlashtirish uchun moljallangan. Tashkiliy boshqaruvning axborot tizimlari — shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo'ljallanga’n. Bu si nfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat obyektlari (bank, biija, sug‘urta kompani yalari, mehmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimlari turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (mosl ashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar). Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayon lani umumiy holda quyidagicha tasawur etish mumkin: • tashqi yoki ichki manbalardan axborotni kiritish; • kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko'rinishda taqdim etish; • iste'molchiga axborotni uzatish; • teskari aloqa, ya’ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uchun foydalanuvchilar tomonidan qayta ishlangan axborot bilan ta’minlash. Qo‘llash sohasidan qat’i nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bir qator ta’minotlar bilan bog‘liqdir. Ularni axbo rot, dasturiy, texnik, huquqiy, tashkiliy, matematik va lingvistik t a’minotlarga ajratish qabul qilingan. Axborot ta’minoti — axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini (bazasini) yaratish, hujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga oigan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo'yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir. Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifat i ko‘p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog'liq. Dasturiy ta’minot — kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT)ni yar atish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta ’m inot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy mahsulotlar kiradi. Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuteming o‘zaro harakat larini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy prots eduralarni tashkil etish, MQIT texnik vositalari ishlashini nazorat va dia gnostika qilish uchun xizmat qiladi. Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalari ni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulo tlar yig'indisini o‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizi mlari) va maxsus vositalar — funksional kichik tizimlami amalga oshiruvchi turli xil (iqtisodiy, mu handislik, texnik va boshqa) obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumki n. Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi faoliyat ko ‘rsatishi uchun qo‘llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’ minot ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalg a oshiruvchi qurilmalami o‘z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga komp yuterlardan tashqari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashki liy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi. Huquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va uning faoliyat ko‘rsatishini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisini o'zida n amoyon etadi. Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chi qish hamda ta’minlash samaradorligini oshirish uchun MQITni yaratish v a undan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatilgan til vositalari yi g'indisidan iborat. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo‘llash. Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlaming mavjudligi jamiyatn ing u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan izohlanadi. Bunday har bi r obyekt o‘zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa ob yektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo'ladi va o‘zaro ta’sirning m avjudligini hamda o‘z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko‘pla b turli elementlardan tashkil topadi. Qo'llanmada keyingi o'rinlarda hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy huquqiy maqomidan qat’i nazar, istalgan obyekt tash kilot deb yuritiladi. Tashkilot — bu yonatrofdan zaxiralar oladigan va ularni o‘z faoliyati mahsulotiga aylanti radigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilma. Barcha tashkilotlarda bir qa tor umumiy xususiyatlar, shuningdek, ko'plab individual o'ziga xosliklar mavjud. Tashkilotning muhit bilan o'zaro ta’siri natijasida turli xil o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar bir-biriga o‘ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular: degradatsiya (tashkilotning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni tashkilotning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, tashkilot va muhit o'rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo'lishi mumkin, shu tufayli tashkilot bir qancha muddat o‘zgarmay qoladi yoki faqat teskari o‘zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu o'zgarishlar boshqarish zaruri yatini yuzaga keltiradi. Boshqacha aytganda, maqsadga yo'naltirilgan ta’sir ko'rsatadi. Boshqarish —bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga yo'naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayy an bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish aniq bir tashkilotlaming o'ziga xosligi va boshqaris h maqsadlariga bogiiq holda ularni barqarorlashtirishni, sifat belgilarini saqlashni, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni tutib turishni, tashkilotni takomiUashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi. Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta’sir ko'rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga os hirishi uchun undan boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir ko'rsatadi. Ikkala qismning birbiriga o‘zaro ta’siri axborotni uzatish shaklida amalga oshiriladi. Sh u tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo‘ladi. Boshqarish tizimining isblashi. Boshqarish tizimining ishlashi aaxboro t bazasida, oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari (1,2,4aloqalari) holati bo‘yicha amalga oshiriladi (6). Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’sirni uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi (3). Tashq i muhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko‘rsatilgan (5). Boshqarishning asosiy tamoyili — teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha boshqarish). Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilga n. Shundan kelib chiqib, boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi m aqsad va hajm o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo'linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning 'axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotda n maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq. Xulosa: Amaliyot davomida men TATU bazasida bor kitoblarni Unilibrary elektron kutubxona blatformasiga yuklashim kitob haqida to’liq malumot yozishim talab qilinar edi. Ish davomida talabalar tomonidan so’ralgan kitoblarni Ibris dasturi olqali kitob joyini aniqlab xonasi va polkadagi joyini yozib berdim. Bu ishlarni bajarish davomida men kitoblarni shifr va muallif orqali qidirish haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. https://en.wikipedia.org/wiki/HTML 2. https://en.wikipedia.org/wiki/CSS 3. https://en.wikipedia.org/wiki/JavaScript 4. https://www.oracle.com/database/what-is-database 5. https://en.wikipedia.org/wiki/MySQL
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )