O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TELEKOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 60611400- “Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTNI O‘TASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA (Bakalavr bosqichi IV-kurs talabalari uchun) Toshkent 2024 Tuzuvchilar: Nazarova G.N Taqrizchilar: Turaev SH.SH. Abdulazizova G.S. – – TATU“Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi mudiri,t.f.n.(PhD) – TATU, AKTSIM fakulteti dekani dotsenti, i.f.d. – “UNICON.UZ” DUK Telekommunikatsiya infrastrukturasi va pochta aloqasi ilmiy-tadqiqot Departamenti mutaxassisi 2 MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………….. I Amaliyotning maqsadi va vazifalari …………………………………. II Amaliyot davrida talabaning burchlari ……………………………….. III Kafedra va malakaviy amaliyot tashkil etiladigan vazirlik(idora), muassasa, korxona va tashkilot tomonidan tayinlanadigan malakaviy amaliyot rahbarining vazifalari ……………………………………….. IV Amaliyotni o‘tuvchi talaba ish joyi va vaqt fondini taqsimlash …… V Malakaviy amaliyot jarayonida ko‘riladigan masalalarning mazmuni VI Talabaning bitiruv malakaviy ishi ……………………………………. VII Amaliyot yakunlari haqida talabalarning hisoboti va uni himoya qilish …………………………………………………………………. 1-ilova ………………………………………………………………… 2-ilova ………………………………………………………………….. 3-ilova ………………………………………………………………….. 4-ilova ………………………………………………………………….. 3 5 7 8 10 11 17 17 20 21 22 23 Kirish Pochta aloqsi tarmoqlarida yangi rivojlanayotgan sohalar kabi pochta aloqasi sohasi ham insonlar hayotining ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatiga egadir.O‘zbekistonda so‘ngi yillarda pochta sohasini har tomonlama rivojlantirish pochta jo‘natmalariga ishlov berishda va yangi avtomatlashtirilgan xizmat turlarini joriy etish umuman olganda, sohani jahon talablari darajasiga olib chiqish maqsadida qator qarorlar qabul qilindi. Pochta aloqasi xizmatlari O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy butunligini ta’minlaydigan omillardan biri bo‘lgan fuqarolarning manzilli muloqotining yagona umumqulay mexanizmi sanaladi. U pochta aloqasi ob’ektlarining taqsimlangan tarmog‘ini, pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish, davriy nashrlarni etkazib bilan mijozlarning uzog‘ini yaqin qiladi pochta aloqa ob’ektlarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanib avtomatlashtirilgan xizmatlarni o‘rganishdir pochta aloqasi korxonalarini texnologik faoliyatini avtomatlashtirishni tashkil etish va takomillashtirish yo‘llaridir. O‘n yillar davomida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlar pochta jo‘natmalarining hajmlari va nomro‘yxati o‘zgargan pochta xizmatidagi texnologik jarayonlarni ancha o‘zgartirdi. Bularning hammasi pochta korxonalarini avtomatlashtirish bo‘yicha yangi vazifalarni yuzaga keltirdi. Masalan, xat-xabarlar miqdorining kamayishi bilan kichik hajmlarga ishlov berishni tezlashtirish imkonini beradigan nisbatan qimmat bo‘lmagan va ixcham avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratishga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi. Boshqa tomondan, pochta jo‘natmalariga ishlov berishning talab qilinadigan sifatini ta’minlash zarur va eskirgan kam rentabelli texnika o‘rniga yanada tejamkor va ishonchli zamonaviy vositalardan foydalanish kerak. Texnologik vositalar rivojlanishi bilan mexanik vositalar o‘rniga ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mexatron vositalar (mexanik va elektron komponentlardan iborat vositalar)dan: manipulyatorlar, fotodatchiklar, mikronazorat hisoblash texnikasi vositalari va foydalana boshladilar. Mamlakatda zamonaviy axborottexnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda O‘zbekiston Respublikasi hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmog‘idan keng doirada foydalanishini ta’minlashdan iboratdir. Bunday dolzarb vazifalarni ijobiy hal etish uchun respublikamizda pochta aloqasi sohasida yuksak kasb mahorati bilan ish yurita oladigan yosh mutaxassislar zarurki, ular bir tomondan, bozorni, xususan talab va ehtiyojni batafsil va atroflicha tahlil etish asosida korxonalar uchun eng yangi mashinalarni, uskunalar va asboblarni sotib olish orqali fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olsalar, ikkinchi tomondan bozorga, shu jumladan talab va ehtiyojni shakllantirishga faol ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ham ega bo‘lsinlar. Bozorning yangi sharoitlariga va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashish maqsadida an’anaviy xizmatlarni ko‘rsatish darajasini oshirish, shu jumladan pochta jo‘natmalarining o‘tish muddatlarini qisqartirish hisobiga, daromad olish darajasini ko‘tarish uchun noan’anaviy xizmatlarning yangi turlarini rivojlantirish, samaradorlikni oshirish va mehnat 4 xarajatlarini kamaytirish maqsadida pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish texnologik jarayonlarini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqila boshlandi. YUqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsadlarga erishish uchun, birinchi navbatda, pochta aloqasi tarmog‘ini yangilash, pochta aloqasi ob’ektlarini texnik jihatdan qayta jihozlash, pochta aloqasidagi moddiy va axborot oqimlarini qayta ishlashning, texnologik jarayonlariga yangi avtomatlashtirilgan texnologiyalarini joriy qilish zaruryati paydo bo‘ldi. Bugungi kunda pochta aloqasi tarmog‘ini yangilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamirida xizmatlarning yangi turlarini joriy qilish va rivojlantirish asosiy maqsadga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi tarmog‘ini innavatsion texnologiyalar bilan jihozlash va pochtani modernizatsiyalashtirishning eng muhim yo‘nalishi bo‘lib, pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishning barcha texnologik bosqichlarida – pochta jo‘natmalarini qabul qilishdan ularni topshirishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hisoblanadi. Pochta aloqasining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish uchun pochta infratuzilmasiga axborotkommunikatsiya texnologiyalari samarali joriy qilinishi eng samarali uslub hisoblanadi, va joriy etiladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari pochta aloqasidagi mijozlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangi muqobil xizmatlarni yaratishini talab qiladi. Ushbu dastur zamonaviy talablarni hisobga olgan holda pochta aloqasi texnologiyalari mutaxassislarni tayyorlash sohasida malakaviy amaliyot bo‘yicha umumiy uslubiyot hisoblanadi. I. Amaliyotning maqsadi va vazifalari Talabalar malakaviy amaliyoti bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha Davlat ta’lim standartiga, xususan o‘quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u ta’lim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan tarkibiy qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi – bitiruvchi bosqich talabalarini Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga o‘rgatish, o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borishga tayyorlash, korxonaning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o‘rgatish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallar to‘plash hisoblanadi. Korxona va tashkilotlar uchun yuqori malakaviy mutaxassislar tayyorlash ishida malakaviy amaliyot katta ahamiyatga ega, chunki ushbu turdagi amaliyot davrida korxona va tashkilotlarning amaliy faoliyatini o‘rganish talabalarni nazariy bilimlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. Malakaviy amaliyotining asosiy maqsadi bo‘lib,pochta aloqasi korxona va tashkilotlarida ishlab chiqarishni boshqarish tizimi, pochta aloqasi faoliyatini tashkil etish,Umumjahon pochta ittifoqi faoliyati, korxonaning axborot kommunikatsion tizimini o‘rganish,bozor segmentatsiyasi,pochta aloqasi faoliyatida pochta jo‘natmalarining xarakati va tijorat,pochta aloqasi korxonalarida logistik xizmat turlari,pochta xavfsizligi,marketing tizimida reklama faoliyati kabi sohalarida talabalarni amaliy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish hisoblanadi. 5 Malakaviy amaliyotning o‘tkazilishi talabalar uchun mustaqil ravishda ham nazariy, ham amaliy bilimlarni bog‘lay olishga, adabiy tilda o‘z fikrlarini savodli izoh etish va tahlil qilishga yordam beradi. Amaliyot davrida talabalar korxona va tashkilotlarni nafaqat amaliy faoliyatida, balki uning jamoat ishlarida ham faol qatnashishi talab etiladi. Malakaviy amaliyot tugashi bilan talabalar mustaqil ravishda uslubiy ko‘rsatmadan foydalangan holda amaliyot natijalari haqida hisobot yozishadi. Malakaviy amaliyot o‘tilganligi haqida hisobotni himoyasi “Pochta aloqasi texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilardan tarkib topgan komissiya kafedra va Universitet o‘quv-uslubiy bo‘limi tomonidan belgilangan muddatlarda qabul qilishadi. Malakaviy amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • bitiruvchi bosqich talabalariga ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; • xo‘jalik yurituvchi sub’ektda o‘z ta’lim yo‘nalishii bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lamini va tizimini o‘rganish; • amaliyot ob’ekti va boshqa sub’ektlar o‘rtasidagi hujjatlar aylanishini o‘rganish; • amaliyot ob’ektida mavjud tartib qoidalar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish; • amaliyot ob’ekti bo‘yicha qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o‘rganish; • amaliyot ob’ekti va umumiy tarmoq darajasida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlardan xabardor qilish; • ijtimoiy-siyosiy, tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida kerakli bilimlar bilan ta’minlash; • iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida barcha mulkchilik shakliga qarashli tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qilishning yangicha uslublari bilan tanishish; • bitiruv ishida, ilmiy maqolalar va kelgusida ilmiy izlanishlar uchun zarur bo‘ladigan amaliy ma’lumotlarni to‘plash va hokazolar. II. Amaliyot davrida talabaning burchlari Universitet o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq har yili malakaviy amaliyot o‘tishning aniq muddati belgilanadi. Malakaviy amaliyot ob’ekti bo‘lib “O‘zbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati va uning filiallari va pochta aloqasi korxonalari va ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, firmalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, qo‘shma korxonalar hisoblanadi. Malakaviy amaliyot bitiruv ishida o‘rganilayotgan ob’ektlarga qarab, ikki tomonlama va boshqa kelishuvlar asosida ta’lim muassasalarida, ilmiy markazlarda ham o‘tkazilishi mumkin. Amaliyot dasturlariga mos holda amaliyotni o‘tayotgan talaba pochta aloqasi korxonalarining mutaxassisi sifatida ish o‘rganadi. SHunisi muhimki, amaliyot o‘tayotgan talabalar amaliyot davrida o‘z mutaxassisliklariga zid keladigan 6 ishlardan ozod bo‘lishlari hamda dasturda ko‘rsatilmagan ishlarni bajarishlari amaliyot mohiyatiga ziddir. Amaliyot davrida talaba ishlab chiqarish tomonidan belgilangan rahbarlari bilan hamkorlikda ish rejalarini tuzadilar va bu reja o‘z ifodasini berilgan dasturda topishi lozim. Bajariladigan ishlar muddati va bosqichlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish amaliyotidan biriktirilgan rahbar tomonidan belgilanadi. Amaliyot oxirgi o‘quv yilining 8 haftasi davomida o‘tadi. Har shanba kuni talaba hafta davomida tanishgan hisobotlar, olingan ma’lumotlar, qilingan ishlar bo‘yicha ilmiy rahbarga yozma ravishda axborot beradi. Amaliyot boshlanishigacha talaba quyidagilarni bajarishi kerak: universitetdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan uni o‘tash joyi va muddatini aniqlashi; amaliyot bo‘yicha umumiy yo‘riqnomalar va barcha zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlarni olishi; BI rejasini tuzish va asosiy adabiyotlar bilan tanishib, yozma ravishda belgilashi. Talaba amaliyotni o‘tash joyiga o‘z vaqtida, yo‘llanmada ko‘rsatilgan kuni borishi zarur. Malakaviy amaliyotni boshlashga kechikish, uning sabablaridan qat’iy nazar, malaka amaliyotning o‘tish davrini avtomatik ravishda uzaytiradi. Malakaviy amaliyotning boshlanish kunidan boshlab uning muddati davomida talabalarga nisbatan ham amaliyot joyida harakatda bo‘lgan mehnat qonunchiligi va ichki tartib qoidalari kuchga ega bo‘ladi. Malakaviy amaliyotning birinchi kuniyoq talaba belgilangan tartib qoidalar bilan tanishib chiqishi va o‘z vazifalarini anglab olishi kerak. Talabaning ish joyidagi burchlari u egallab turgan lavozim mohiyati va boshqaruv-idoraviy tartibdan kelib chiqadigan talablar bilan belgilanadi. Malakaviy amaliyotni o‘tash davrida talabalarga quyidagi vazifalar yuklatiladi: • amaliyot dasturidagi topshiriqlarni to‘la bajarish; • malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilot jamoasining ichki tartib qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy hayotida faol qatnashish; • malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilot, ularning bo‘limlari asosiy ish faoliyati bilan tanishish; • kundalik daftar yuritish, unda har kuni bajarilgan ish mazmunini yozib borish va kun oxirida amaliyot rahbariga uni taqdim etish; • topshiriqlarni bajargani haqida rahbarga yozma hisobot berishi va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi lozim (sinovdan o‘tish). Malakaviy amaliyotni o‘tuvchi talaba, vazirlik(idora), muassasa, korxona va tashkilot sharoitlaridan kelib chiqqan holda, tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanishi mumkin. Buning uchun oliy o‘quv yurti tomonidan biriktirilgan rahbaridan ijozat olinishi shart. Ammo shtat lavozimida ishlash ushbu amaliyot dasturida ko‘zlangan topshiriqlarni bajarishga salbiy ta’sir etmasligi lozim. 7 Malakaviy amaliyotni o‘tash jaryonida talabalar ushbu hujjatda va rejada qo‘zlangan topshiriqlarni to‘la bajarishlari, amaliyot rahbari ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari va ichki tartib qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishlari kerak. Talabalar kadrlar bo‘limi, kutubxona va boshqa xizmatlar(kirish ruxsatnomasi, olingan kitob va moddiy buyumlarni topshirish) haqida tegishli hisobotlarni o‘z vaqtida berishlari va ular haqidagi hujjatlarni (hisob-kitob varaqasi, garovnoma va h.k.) taqdim etishlari kerak. Malakaviy amaliyot dasturini bajarmagan va ish joyidan salbiy tavsiyanoma olgan yoki amaliyot haqidagi hisobotni himoya qilish natijasida qoniqarsiz baho olgan talabalar qaytadan amaliyotni o‘tash uchun yuboriladilar. Ichki tartib qoidalarini, mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabaga amaliyot ob’ekti boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari jazo berishga haqlidir. Ular mazkur masala yuzasidan universitet rektoriga ma’lumot beradilar. III. Kafedra va malakaviy amaliyot tashkil etiladigan vazirlik(idora), muassasa, korxona va tashkilot tomonidan tayinlanadigan malakaviy amaliyot rahbarining vazifalari Malakaviy amaliyot o‘tash ustidan rahbarlik malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilot rahbariyati tomonidan ham, kafedra professoro‘qituvchilari tomonidan ham amalga oshiriladi. Amaliyot ustidan umumiy tashkiliy ishlarni, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlikni fakultet dekani va kafedra mudiri olib boradilar. Belgilangan joylarda amaliyotni o‘tash ustidan rahbarlikni kafedra biriktirgan va universitet rektori tasdiqlagan professor-o‘qituvchilar olib boradilar hamda ularning zimmalariga quyidagi vazifalar yuklanadi: A. Malakaviy amaliyot boshlanishigacha: amaliyot o‘tuvchi talabalar ro‘yxati va ularning joylari bo‘yicha malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilot bilan o‘zaro muvofiqlashtirish; o‘quv bo‘limiga amaliyot o‘tash joyi haqida o‘z takliflarini taqdim etish; amaliyot o‘tash joyi bilan shartnomalarni tuzish uchun zaruriy materiallarni tayyorlash; talabalarni amaliyot joylari bo‘yicha taqsimlash va kafedra qarori bilan tasdiqlab, malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilotga rasmiy xat bilan yuborish; bitiruv ishi ilmiy rahbarlari bilan birga ularning mavzulari va rejalari mavjudligini aniqlash; amaliyotga bag‘ishlangan majlisini tashkil etib, unda talabalarga quyidagilarni tushuntirib berish: a) malakaviy amaliyotning ahamiyati va uning o‘quv jarayonidagi o‘rni; b) amaliyot o‘tash davrida talabalar oldiga qo‘yiladigan umumiy vazifalar; v) amaliyot dasturidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar; 8 g) bitiruv ishini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar; e) malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilotlarning ichki tartib qoidalariga rioya qilish majburiyati; z) amaliyot yakunlari haqidagi hisobot oldiga qo‘yiladigan talablar, uni yozish va himoya qilish tartibi; y) amaliyotni o‘tayotgan talabalarga kundaliklar va dasturlarni hamda boshqa materiallarni topshirish, ularni to‘ldirish tartibini tushuntirish. Universitetdan ajratilgan rahbar amaliyot joyiga borgan vaqtda kundalikda o‘z mulohazalarini qayd etadi. B. Amaliyotni o‘tash davrida: har qaysi talaba bilan birgalikda amaliyotni o‘tash grafigini tuzish, joylarda belgilangan rahbar bilan birgalikda rahbarlik qilish; professor-o‘qituvchilarning amaliyot joylariga borish grafigini tuzish va malakaviy amaliyot tashqil qilinadigan davlat muassasalari, turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, firmalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, qo‘shma korxonalar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro kompaniyalar va xalqaro fondlar bilan tanishish; talabalarning amaliyot joylariga o‘z vaqtida borishi va ishni boshlashi ustidan nazorat o‘rnatish; amaliyot joyidan rahbarlar tayinlash va ularning talabalar bilan ishlashi ustidan nazorat olib borish; amaliyot joylariga borib tanishish, amaliyotning samarali bo‘lishini ta’minlovchi tadbirlarni belgilash va maxsus kitob-daftarga qayd etish; amaliyot joylarida talabalarning mehnat intizomi va ichki tartib qoidalariga rioya qilishi ustidan nazorat qilish; amaliyot dasturida ko‘zlangan topshiriqlarni bajarish jarayoni ustidan muntazam ravishda kuzatuv olib borish. V. Amaliyot tugaganidan so‘ng: hisobotlarni tekshirish, ularni taqriz qilish ishlarini tashkil etish; malakaviy amaliyot talabaning o‘z qo‘li bilan yozilganligini tekshirish va uni tasdiqlash; hisobotni himoya qilish hay’atlarini tuzish; amaliyot yakunlari haqida hisobot tuzish va uni dekanat hamda o‘quv bo‘limiga taqdim qilish. Amaliyot joylarida bevosita rahbarlikni olib borish davlat muassasalari, turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, firmalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, qo‘shma korxonalar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro kompaniyalar vakillariga yuklanadi, uni tegishli tashkilot rahbari eng malakali xodimlar ichidan tayinlaydi. Malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilotlardan tayinlanadigan amaliyot rahbari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: 9 Malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilotlar ish faoliyati, ularning boshqarma(bo‘limlari) funksional majburiyatlari bilan tanishtirish, uning nizomi va ish rejasini tushuntirib berish; ularni ish joylarida amaliyot dasturiga muvofiq ravishda zaruriy topshiriqlar va me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash; bitiruv ishi va ilmiy ishlar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash; amaliyotni o‘tash jarayoni ustidan nazorat olib borish va uning hisobkitobini tashkil etish, talabaning yakuniy hisobotini baholash; amaliyot o‘tagan talaba haqida tavsifnoma tayyorlash, unda talabaning oliy o‘quv yurtida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga, ishchanlik, o‘ziga talabchanlik, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish kabi hislatlari yoritiladi. IV. Amaliyotni o‘tuvchi talaba ish joyi va vaqt fondini taqsimlash Malakaviy amaliyotini IV- kurs 6061400- “Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari “O‘zbekiston pochtasi”Aksiyadorlik jamiyati va uning filiallari va pochta aloqasi korxonalari va ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, firmalar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar, qo‘shma korxonalar tashkilotlarda o‘taydilar. Talaba amaliyot joyiga kelishi bilanoq, malakaviy amaliyot tashkil etiladigan korxona (idora), muassasa va tashkilot ma’muriyati uni amaliyotga qo‘yish haqida buyruq tayyorlab, unga tegishli xodimlardan rahbar tayinlanishi kerak. Malakaviy amaliyotni o‘tash yakka reja (grafik) asosida amalga oshiriladi. Uni amaliyot rahbari har qaysi talaba bilan birgalikda amaliyot dasturiga muvofiq ravishda malakaviy amaliyot o‘tayotgan joyning xususiyatlarini hisobga olib tuzib chiqadi. Namunaviy grafik chizmasi quyida keltirilgan: V. Bitiruv ishi malakaviy amaliyot jarayonida ko‘riladigan masalalarning mazmuni 10 5.1. “ O‘zbekiston pochtasi”AJ va uning filiallari , korxona (idora), muassasa va tashkilotlarida amaliyotni tashkil qilish muddati va mazmuni Haftalar Amaliyot davrida bajariladigan ishlarning mazmuni 1. Amaliyot joyiga etib kelish. 2. Tanishuv ishlari (korxona (tashkilot) rahbari va amaliyot rahbari 1-4-hafta bilan tanishuv). 3. Ishlar rejasini tuzish va tasdiqlash. 4. BMI mavzusiga mos ravishda tadqiq etilayotgan muammoning nazariy asoslarini o‘rganish. Korxona (tashkilot)ning umumiy tavsifi va uni boshqarish tizimi Mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarish: 1. Korxona (tashkilot)ning tashkiliy tuzilmasini tuzish. 2. Ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilishi (tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari va o‘zaro tashkiliy munosabatlarining xususiyligi). 3. Korxonaning ishlab-chiqarish tizimi (texnologik jixatdan), tashkiliy tuzilish darajasi va boshqalar. Korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tanishish va ularni o‘rganish Mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarish: 1. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida pochta aloqasi korxonalarining muammoning o‘rganilganlik darajasining tahlili. 2. BMIni yozish uchun ilmiy va statistik ma’lumotlarni to‘plash. 11 5-7-hafta Korxonada foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatni tashkil etish Pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish) texnologiyasi. Mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarish: 1. Texnologik kartalarni ishlab chiqish: - ichki oddiy pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - ichki buyurtma pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - ichki posilkalarni qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - ichki pul o‘tkazmalarini qabul qilish, ishlov berish va to‘lash; - xalqaro oddiy pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - xalqaro buyurtma pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - xalqaro posilkalarni qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish, ishlov berish va to‘lash. Pochtani tashish va etkazib berish texnologik jarayonlari. Pochta aloqasida transport jarayonlarining o‘rni, transport turlari va vositalari. Pochta aloqasining yagona transport sxemasini qurish tamoyillari va pochtani yo‘naltirish rejalarini tuzish. Temir yo‘llari va xavo yo‘llari transporti bo‘ylab pochtani tashish rejalarini tuzish. Mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarish: 1. Magistral yo‘nalishlarda qatnovchi avtomashinalarda pochtani tashishlarda viloyat va tuman markazlarida joylashtirilgan pochta almashinuv punktlarida xat-xabarlar, posilkalar sug‘urtali pochta jo‘natmalari, davriy nashrlarni qabul qilish, ishlov berish, saralash va jo‘natishning ijobiy va salbiy tomonlarining ko‘rsatib berish. 2. Viloyatichi yoki tuman (shahar)ichi bo‘ylab pochtani tashishning eng qisqa marshrutlarini ishlab chiqib, tahlil qilish va takliflarini kiritish. 3. Eltib berish uchastkanining sxema (chizma)sini ishlab chiqish tartibi. Korxonada eltib berish uchastkalarni hisoblash va rasmiylashtirish. 12 Pochta xavfsizligini ta’minlash Pochta aloqasi ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni o‘rganish. Pochta aloqasi mahsulotining sifatini tavsiflovchi normativlar va ko‘rsatkichlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Xizmatlar sifatini baxolovchi normativ-huquqiy baza. Mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarish: 1. Korxonada nazorat-o‘tkazish rejimi. Pochta aloqasi ob’ektida pochta jo‘natmalarini pochta xavfsigini predmetiga ko‘zdan kechirib nazorat qilish tartibi. Pochta aloqasi ob’ektida pochta jo‘natmalarini pochta xavfsigini predmetiga texnik vositalari asosida nazorat qilish. 2. O‘zbekiston pochtasi mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari va normativlari. Pochta xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarini bajarilishi ustidan nazorat. Aloqa sohasida taqdim etiladigan xizmatlar sifati, normativ xujjat, davlat va tarmoq standartlari talablari buzilganda moliyaviy sanksiyalar (jarimalar). 3. Pochta jo‘natmalarini jo‘natishning nazorat muddatlarini ishlab 8-10-hafta chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish 4. Pochta aloqasi korxonasining 15-shakl xisobotining taxlili. 5. Pochta aloqasi korxonasining 21-shakl xisobot tuzish tartibini o‘rganish va uning taxlili. 6. Murojaat va arizalar bilan ishlash tartibi, ularni taxlil natijalariga asosan baho berish. 7. Tajriba tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, xulosalar chiqarish. Korxonada axborot tizimi joriy etilishi «Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarining o‘tish monitoringi» avtomatlashtirilgan tizimi – RPJMAT (ASMPRO)ning xususiyatlari. EPO‘ AT dan foydalangan holda elektron pul o‘tkazmalarini qabul qilish va to‘lash texnologiyasi. Elektron pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish) texnologiyasi. Pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalari bo‘yicha pochta aloqasi ob’ektlari o‘rtasida axborot almashuv tartibi. Mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarish: 1. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari.Avtomatlashtirilgan tizimlar dasturiy texnologik komplekslari va avtomatlashtirilgan ish joylari. Korxonada elektronxujjatlar almashuvi. 2. Amaliyot joyida ishlatib kelayotgan axborot tizimlar, ular asosida ko‘rsatilayotgan pochta xizmatlari texnologiyasi. 3. Avtomatlashtirilgan ish o‘rinli pochta aloqasi ob’ektlarida dasturlar asosida barcha turdagi pochta jo‘natmalarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tizimda ishlov berish jarayonlarini tahlil qilish. 4. Tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, xulosalar chiqarish. 13 1. Bajarilgan topshiriqlar va amaliyot joyida olingan ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlash. 2. Hisobotni yozish va rasmiylashtirish. 3. Ishlab chiqarishdan biriktirilgan amaliyot rahbaridan tavsiyanoma olish. 4. Hisobotning himoyasi. Izoh: “Xalqaro pochtamt” filialida amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun 4-haftaga mavzu: Xalqaro pochta almashinuv joyida pochtaga ishlov berish texnologik jarayonlari. Ishlab chiqarishning xuquqiy ta’minoti Mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarish: 1. Halqaro pochta jo‘natmalariga ishlov berish va jo‘natish texnologik jarayonlari va ularning statistik ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish. 2. Texnologik kartalarni ishlab chiqish: - PI-1 sexida xat-xabar jo‘natmalariga ishlov berish; - PI-2 sexida pochta posilkalariga ishlov berish; - PI-3 sexida pochta posilkalariga ishlov berish; - “Xalqaro pochtamt”ga qabul qilish paytidan boshlab manzili bo‘yicha jo‘natishga qadar pochta jo‘natmalari sexlar o‘rtasida o‘tishi. 2. BIni yozish uchun ilmiy va statistik ma’lumotlarni to‘plash. 5.1.2. Bitiruv ishi oldi Malakaviy amaliyot jarayonida ko‘riladigan masalalarning mazmuni Malakaviy amaliyot kafedradan belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot ob’ektiga individual tarzda yondoshishi zarur. SHuningdek, talabaning kalendar ish rejasi aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Kafedra malakaviy amaliyotni ta’lim yo‘nalishiga moslashtirgan holda o‘tkazishni taklif etadi va mustaqil ilmiy izlanish uchun quyidagi mavzularni taqdim etadi: 1-mavzu. Korxona (tashkilot)ning umumiy tavsifi va uni boshqarish tizimi Korxona tashkilot, birlashma va vazirliklarning (keyinchalik «korxona» deb nomlanadi) maqsad va vazifalari. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi. Korxonaning bo‘limlararo tuzilmasi va ularni vazifalari. Korxona darajasida tashqi iqtisodiy xizmatni tashkil etish shakllari. Mavzu bo‘yicha topshiriq 1. Korxona (tashkilot)ning tashkiliy tuzilmasini tuzish. 2. Ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilishi (tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliyxuquqiy shakllari va o‘zaro tashkiliy munosabatlarining xususiyligi). 3. Korxonaning ishlab-chiqarish tizimi (texnologik jixatdan), tashkiliy tuzilish darajasi va boshqalar. 14 2-mavzu. Korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tanishish va ularni o‘rganish Korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tanishish va ularni o‘rganish Mavzu bo‘yicha topshiriq 1. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida pochta aloqasi korxonalarining muammoning o‘rganilganlik darajasining tahlili. 2. BIni yozish uchun ilmiy va statistik ma’lumotlarni to‘plash. 3-mavzu. Korxonada foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatni tashkil etish Pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish) texnologiyasi. Kassa operatsiyalarini yuritish, hisobi va nazorati Mavzu bo‘yicha topshiriq 1.Texnologik kartalarni ishlab chiqish: - ichki oddiy pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - ichki buyurtma pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - ichki posilkalarni qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - ichki pul o‘tkazmalarini qabul qilish, ishlov berish va to‘lash; - xalqaro oddiy pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - xalqaro buyurtma pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - xalqaro posilkalarni qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish); - xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish, ishlov berish va to‘lash. 4-mavzu. Pochtani tashish va etkazib berish texnologik jarayonlari. Pochta aloqasida transport jarayonlarining o‘rni, transport turlari va vositalari. Pochta aloqasining yagona transport sxemasini qurish tamoyillari va pochtani yo‘naltirish rejalarini tuzish. Temir yo‘llari va xavo yo‘llari transporti bo‘ylab pochtani tashish rejalarini tuzish. Mavzu bo‘yicha topshiriq 1. Magistral yo‘nalishlarda qatnovchi avtomashinalarda pochtani tashishlarda viloyat va tuman markazlarida joylashtirilgan pochta almashinuv punktlarida xatxabarlar, posilkalar sug‘urtali pochta jo‘natmalari, davriy nashrlarni qabul qilish, ishlov berish, saralash va jo‘natishning ijobiy va salbiy tomonlarining ko‘rsatib berish. 2. Viloyatichi yoki tuman (shahar)ichi bo‘ylab pochtani tashishning eng qisqa marshrutlarini ishlab chiqib, tahlil qilish va takliflarini kiritish. 3. Eltib berish uchastkanining sxema (chizma)sini ishlab chiqish tartibi. Korxonada eltib berish uchastkalarni hisoblash va rasmiylashtirish. 5-mavzu. Pochta xavfsizligini ta’minlash Pochta aloqasi ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni o‘rganish. Pochta aloqasi mahsulotining sifatini tavsiflovchi normativlar va ko‘rsatkichlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Xizmatlar sifatini baxolovchi normativ15 huquqiy baza. Mavzu bo‘yicha topshiriq 1. Korxonada nazorat-o‘tkazish rejimi. Pochta aloqasi ob’ektida pochta jo‘natmalarini pochta xavfsigini predmetiga ko‘zdan kechirib nazorat qilish tartibi. Pochta aloqasi ob’ektida pochta jo‘natmalarini pochta xavfsigini predmetiga texnik vositalari asosida nazorat qilish. 2. O‘zbekiston pochtasi mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari va normativlari. Pochta xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarini bajarilishi ustidan nazorat. Aloqa sohasida taqdim etiladigan xizmatlar sifati, normativ xujjat, davlat va tarmoq standartlari talablari buzilganda moliyaviy sanksiyalar (jarimalar). 3. Pochta jo‘natmalarini jo‘natishning nazorat muddatlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish 4. Pochta aloqasi korxonasining 15-shakl xisobotining taxlili. 5. Pochta aloqasi korxonasining 21-shakl xisobot tuzish tartibini o‘rganish va uning taxlili. 6. Murojaat va arizalar bilan ishlash tartibi, ularni taxlil natijalariga asosan baho berish. 7. Tajriba tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, xulosalar chiqarish. 6-mavzu. Korxonada axborot tizimi joriy etilishi «Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarining o‘tish monitoringi» avtomatlashtirilgan tizimi – RPJMAT (ASMPRO)ning xususiyatlari. EPO‘ AT dan foydalangan holda elektron pul o‘tkazmalarini qabul qilish va to‘lash texnologiyasi. Elektron pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va etkazib berish (topshirish) texnologiyasi. Pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalari bo‘yicha pochta aloqasi ob’ektlari o‘rtasida axborot almashuv tartibi. Mavzu bo‘yicha topshiriq 1. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari.Avtomatlashtirilgan tizimlar dasturiy texnologik komplekslari va avtomatlashtirilgan ish joylari. Korxonada elektronxujjatlar almashuvi. 2. Amaliyot joyida ishlatib kelayotgan axborot tizimlar, ular asosida ko‘rsatilayotgan pochta xizmatlari texnologiyasi. 3. Avtomatlashtirilgan ish o‘rinli pochta aloqasi ob’ektlarida dasturlar asosida barcha turdagi pochta jo‘natmalarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tizimda ishlov berish jarayonlarini tahlil qilish. 4. Tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, xulosalar chiqarish. Amaliyotni o‘tish amaliyot joyining xususiyatlarini hisobga olgan holda (amaliyot rahbari bilan birga) tuzilgan shaxsiy reja asosida amalga oshiriladi. VI. Talabaning bitiruv ishi 16 Amaliyotni o‘tash vaqtida har bir talaba olgan bitiruv ishi mavzusi bo‘yicha BI tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to‘playdi. BIni amaliy materiallardan foydalanib tahliliy qismini tayyorlaydi. 6.1. BI bo‘yicha talaba uchun shaxsiy topshiriqlar Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish maqsadida ularni kafedra ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishi lozim. Buning uchun amaliyot o‘tuvchi talaba zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklanadi: - ko‘p yillik dinamik qatorlarni hosil qilish uchun BI mavzusiga doir barcha kerakli ma’lumotlarni to‘plash; - to‘plangan haqiqiy ma’lumotlarni vaqt va boshqa belgilari bo‘yicha taqqoslamaligini aniqlash; - barcha kerakli ko‘rsatkichlarni tuzish uslubini ishlab chiqish, ularni haqiqiy materiallar asosida hisoblash hamda chuqur tahlil qilish. VII. Amaliyot yakunlari haqida talabalaning hisoboti va uni himoya qilish Amaliyot davrida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va uning matnini bayon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida amalga oshiriladi. Hisobot ikki qismdan: matn qismi va ilovalardan iborat bo‘lishi kerak. Matn qismi standart hajmdagi varaqlarga yozilishi lozim, ular kitob shakliga keltirilib muqovalashtiriladi. Ushbu qismning umumiy hajmi 35-40 betdan kam bo‘lmasligi lozim. Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi (1-ilova). Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilish lozim: 1. Amaliyot o‘talgan davr va joy hamda ob’ektning umumiy tavsifnomasi. 2. Barcha ish turlarining mazmuni va uslubiyati kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi. U yoki bu masala ustida so‘z yurita turib talaba u haqida o‘z fikrini izohlashi kerak. Agarda ayni tadqiq qilinayotgan ob’ekt bilan bog‘liq muammolar hozirgi zamon talablariga javob bermaydi deb hisoblasa yoki ular haqida tanqidiy mulohazalarga ega bo‘lsa, amaliyot yakunlari haqidagi hisobotda ularning hammasini bayon etishi lozim. Hisobotga haqiqiy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan hisobot blankalari va statistik ishlar hujjatlari ilova qilinadi. A. Kundalik daftari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi Kundalik daftari: a) ehtiyotkorlik bilan o‘z vaqtida va imlo xatolarisiz to‘ldirilishi zarur; b) siyohda va o‘z qo‘li bilan yozilishi zarur; v) amaliyot kundaligi oxirgi betlarida malakaviy amaliyot o‘tgan joydagi mas’ul yoki rahbarning umumiy xulosasi, imzomi va muhr bilan tasdiqlanishi shart. Kundaligi bo‘lmagan hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi. Hisobot belgilangan tartibda yozilishi va rasmiylashtirilishi kerak. Bo‘linmabo‘lim standart hajmdagi qog‘oz varaqlarida (210-297 mm), faqat uning bir tomoniga, 3 17 sm hoshiyalar qoldirib yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlanadi. Hisobot shakllari bilan birgalikda u qalin muqovali kitob shakliga keltiriladi. YUqorida bayon etilgan uslubiy ko‘rsatmalardan chetlangan holda to‘liq rasmiylashtirilmagan va kitob shakliga keltirilmagan amaliyot yakunlari haqidagi hisobotni kafedraga taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi. B. Hisobotga zaruriy ilovalar Amaliyot bo‘yicha kundalik daftar. Amaliyotni o‘tash joyidan talaba faoliyati to‘g‘risida tavsifnoma. Amaliy dasturi mavzulari bo‘yicha tahliliy materiallar. Hisobot va boshqa ishlar bo‘yicha raqamlar bilan to‘ldirilgan shakllar. V. Amaliyot hisobotini ro‘yxatga olish va himoya qilish tartiblari Belgilangan tartibda shakllantirilgan hisobot birinchi fakultet dekanatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. SHundan so‘ng kafedrada ro‘yxatga olish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazilib kafedra mudiri ko‘rsatmasi va imzosi bilan ilmiy rahbarga o‘tkaziladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o‘z mulohazalarini bayon etadi va dastlabki baho bilan taqriz yozadi. Ilmiy rahbar ijobiy taqriz bergandan so‘ng tasdiqlangan himoya kunlari bo‘yicha xay’at oldida taqdimot shaklida himoya qilinadi. Ijobiy taqriz olmagan hiobotlar qayta ishlashga qaytariladi. Hisobotni himoya qilish natijalari reyting qaydnomasida va talabaning reyting daftarchasida qayd qilinadi. Malakaviy amaliyot hisobotini himoyasi bo‘yicha BAHOLASH MEZONLARI t/r Mezon ko‘rsatkichlari Ballar oralig‘i 1. Amaliyot kundaligining to‘g‘ri va mazmunli 5 balgacha to‘ldirilganligi 2. Amaliyot ob’ekti rahbariyati tomonidan 10 balgacha talabaning malakaviy amaliyoti yuzasidan ijobiy tavsifnomaning mavjudligi 3. Amaliyot dasturiga kiritilgan mavzularning 15 balgacha nazariy jihatdan yoritilganligi 5. Amaliyot dasturiga kiritilgan mavzularning 15 balgacha amaliy jihatdan yoritilganligi va qilingan tahlillarning ilmiylik darajasi Farmonlari, Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi 25 balgacha Qarorlari, Qonunlar va korxona faoliyatiga oid boshqa me’yoriy hujjatlardan samarali foydalanganlik darajasi 7. Taqdimot jarayonida talabaning malakaviy 10 balgacha hisobotini mazmun mohiyatini yoritib berish darajasi 18 Qo‘yilgan ball 8. Himoya jarayonida hay’at a’zolari tomonidan berilgan savollarga javobning to‘liqligi va to‘g‘riligi darajasi 9. Ilmiy rahbar tomonidan taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatganligi darajasi 10. Malakaviy amaliyot hisobotining chiroyli, ravon yozilganligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi Jami 19 10 balgacha 5 balgacha 5 balgacha 100 1-ilova O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TELEKOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “AKTSIM” fakulteti “Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi Ro‘yxatga olish №__________ “____” _________20__y. Ro‘yxatga olish №_________ “____” _________20__y. MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA HISOBOT __________________________________________________________________ (korxona, tashkilot, muassasa, nomi) Bajardi: ______________________________________________________/imzo/ (kurs, guruhi, F.I.SH.) Amaliyotrahbari: ____________________________________________________ (F.I.SH., imzo) Amaliyot bo‘yicha umumiy bahosi: ___________Sana: “___”___________ 2020y. Komissiya raisi: _________________________ (F.I.SH.) Komissiya a’zolari: __________________________ (F.I.SH.) Komissiya a’zolari: __________________________ (F.I.SH ) TOSHKENT -20_ 20 _______________ imzo _______________ imzo _______________ imzo. 21 2-ilova Malaka amaliyotini o‘tash kundaligi ____________________________________________________________ talabalarning F.I.SH. Ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar ro‘yhati: _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ Topshiriq berilgan sana 20_ yil “ ___________ ”___________________________ Hisobot takdim etilgan sana 20_ yil “ _____________ ”_________________________ Amaliyot rahbari:__________________________ __________________ imzo 22 -ilova O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TELEKOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI «AKT sohasida iqtisodiyot va menejment» fakulteti «Pochta aloqasi texnologiyasi» kafedrasi Talabaning malakaviy amaliyoti hisoboti uchun TAQRIZ Talaba_____________________________________________________________ Talabaning F.I.SH., kurs, guruhi muassasa, tashkilot, korxonaning nomi __________________________________________malaka amaliyoti bo‘yicha ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ 23 ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ Himoya haqidagi baho Baho ____ _______20_ yil « _ ____» _____________________________________ Rahbar:_______________________________________ F.I.SH. __________________ imzo 4-ilova O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TELEKOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI «AKT sohasida iqtisodiyot va menejment» fakulteti «Pochta aloqasi texnologiyasi» kafedrasi Talabaning malakaviy amaliyoti hisoboti uchun TAQRIZ Talaba_____________________________________________________________ Talabaning F.I.SH., kurs, guruhi muassasa, tashkilot, __________________________________________malaka amaliyoti bo‘yicha ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ 24 ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________ Himoya haqidagi baho Baho ____ _______20_ yil « _ ____» _____________________________________ Rahbar:_______________________________________ F.I.SH. 25 __________________ imzo
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )