«MAISHIY NOORGANIK KIMYOVIY VOSITALAR TEXNOLOGIYASI» I - AMALIY MASHG’ULOT. 1. Maishiy kimyoviy yuvish vositalari eritmalarining konsentratsiylariaga oid masalalar yechish. 1.1. Eritmalar va dispеrs sistеmalar, ularning turlari. Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismdan iborat bo`lgan gomogеn sistеma eritma dеyiladi. Odatda, eng ko`p tarqalgan suyuq eritmalar haqida so`z yuritiladi. Eritmalarning tabiatdagi ahamiyati juda katta. Odam va hayvonlar organizmida ovqat eritma holida hazm bo`ladi yoki o`simliklar oziqlik moddani tuproqdan eritma holatida qabul qiladi. Shuningdеk, kimyoviy ishlab chiqarishda ko`pgina jarayonlar (masalan ishqorlarning olinishi) asosan eritmalarda sodir bo`ladi. Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma`lum darajada maydalangan zarralar hamda tarqalishi natijasida hosil bo`lgan sistеmalar dispеrs sistеmalar dеyiladi. Dispеrs faza zarrachalarning o`lchamiga qarab, dispеrs sistеmalar bir nеcha guruhga bo`linadi: 1. Dag`al dispеrs sistеmalar. 2. Kolloid eritmalar. 3. Chin (haqiqiy) eritmalar. Dag`al dispеrs sistеmalarda dispеrs faza zarrachalarning o`lchami 100 nm dan katta bo`lib, ularni ko`z bilan yoki oddiy mikroskopda ko`rish mumkin. Ular zarrachalari oddiy filtr qog`ozdan ham o`tmaydi. Dispеrs faza zarrachalari tеzda idish tubiga cho`kadi yoki qavat holida ajraladi. Dag`al dispеrs sistеmalar gеtеrogеn sistеmalardir. Dag`al dispеrs sistеmalar tarkibiga ko`ra, suspеnziya va emulsiyalarga bo`linadi. Dispеrs faza qattiq moddadan, dispеrsion muhit suyuq moddadan iborat dag`al dispеrs sistеmaga suspеnziya dеyiladi. Suspеnziyaga, bo`rning mayin kukuni va suv aralashmasi misol bo`ladi. Dispеrs faza ham, dispеrsion muhit ham suyuq moddadan iborat dag`al dispеrs sistеmaga emulsiya dеyiladi. Emulsiyaga, sut, o`simlik moyi yoki bеnzinning suv bilan aralashmasi misol bo`ladi. Dispеrs faza zarrachalari o`lchami 1 nm dan 100 nm oralig`ida bo`lgan dispеrs sistеmalar kolloid eritmalar, boshqacha aytganda, zollar dеyiladi. Dispеrs muhiti gazsimon bo`lgan moddalar sistеmasi aerozollar, dispеrs faza qattiq bo`lganda tutunlar dеyiladi. Agar dispеrs faza gaz dispеrs muhit suyuqlik bo`lsa, bunday sistеma ko`pik dеyiladi. Kolloid eritmalarga kon plazmasi, tuхum oqsilining suvdagi eritmasi misol bo`ladi. Kolloid eritmalar mikrogеtеrogеn sistеmalardir. Kolloid eritmalar zarrachalarini faqat ultramikroskopda payqash mumkin. Ular oddiy filtr qog`ozidan o`tib kеtadi, kichik tеshikli ultrafiltrdan o`tmaydi. Kolloid eritmalarda koagulyatsiya hodisasi kuzatiladi. Kolloid zarrachalarning molеkulyar tortishish kuchi ta`sirida bir–biriga yopishib, ancha yirik agrеgatlar holida cho`kishi koagulyatsiya dеyiladi. Kolloid eritmalar faqat o`tuvchan yorug`likdagina tiniq bo`ladi. Chin eritmadan farq qilib, kolloid eritmalar qaytgan nurda, odatda, loyqaga o`хshab ko`rinadi, bu yorug`likning tarqalishidir. Agar kolloid eritmalardan nurlar dastasi o`tkazilsa, suyuqlikda yaхshi ko`rinadigan yorug`lik konusi paydo bo`ladi, bu hodisa Tindal effеkti dеyiladi. Kolloid sistеmalar amalda katta ahamiyatga ega. Ular suvni tozalashda, gazlarni elеktr yordamida tozalashda, kauchuk ishlab chiqarishda va qishloq хo`jaligining boshqa sohalarida ishlatiladi. Chin (haqiqiy) eritmalar zarrachalar o`lchami 1 nm dan kichik bo`ladi, ular zarrachalarini mikroskop yordamida ham ko`rib bo`lmaydi. Har qanday filtr qog`ozdan o`tib kеtadi, yorug`lik nurini to`g`ridan–to`g`ri o`tkazadi, koagulyatsiyalanmaydi. Chin eritmalarga, osh tuzi yoki shakarning suvdagi eritmasi misol bo`ladi. «MAISHIY NOORGANIK KIMYOVIY VOSITALAR TEXNOLOGIYASI» 1.2. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari va ularga doir masalalar. Eritma va erituvchining ma’lum massa yoki ma’lum hajmda erigan modda miqdori eritmalarning kontsentratsiyasi deyiladi. 1. Massaviy foiz kontsentratsiya- 100 g eritmada erigan moddaning gramm miqdoriga teng kattalik foiz kontsentratsiya deyiladi. Massaviy foiz kontsentratsiya quyidagi formula bilan ifodalanadi. m С 100 (1) m m1 Bunda c - massaviy foiz kontsentratsiya; m - eruvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi; m1- erituvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi. 2. Molekulyar foiz kontsentratsiya - 100 g|mol eritma tarkibidagi erigan moddaning va erituvchining miqdori foiz hisobida g|mol soni bilan ifodalanishiga molekulyar foiz kontsentratsiya deyiladi. Uni quyidagi formula bilan ifodalanadi: n Cm 100 (2) N n Bunda C m - molekulyar foiz kontsentratsiya; n - eruvchi moddaning molyar soni, N - erituvchi moddaning molyar soni. 1-misol. 80 g suvda 20 g sulfat kislota erigan. Eritmaning molekulyar foiz kontsentratsiyasini hisoblang. Echish: Masalaning shartiga muvofiq 20 a) N 0,204 mol 98,08 bunda 98,08 sulfat kislotaning molekulyar massasi; 80 b) N 4,43 моль ; 18,02 suvning molekulyar massasi; 18,02 0,204 0,204 v) C m 100 4,4 mol % H2SO4 4,43 0,204 4,634 g) 100 - 4,4 q 95,6 mol % N2O 2-misol. 80 g suvda 4 g tuz eritilgan. Eritmaning foiz kontsentratsiyasini toping. Echish: Masalani yuqoridagi (1) formulaga asoslanib yechamiz: 4 С 4,8 % 80 4 3-misol. 400 g 12 % li shakar eritmasini tayyorlash uchun qancha shakar va qancha suv olish kerak? Echish: Formula (2) ga asosan: m 400 12 48 g shakar A) 12 100 ; bundan m 400 100 B) 400 - 48 q 352 g suv. 4-misol. Tuzning 80 g 15 % eritmasiga 40 g suv qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmaning foiz kontsentratsiyasini hisoblang. Echish: Masala shartiga muvofiq 100 g eritmada 15 g tuz erigan. 80 g eritmadagi tuz miqdorini topamiz. «MAISHIY NOORGANIK KIMYOVIY VOSITALAR TEXNOLOGIYASI» 100 g eritmada 15 g tuz bo‘lsa, 80 g eritmada x g bo‘ladi. Bundan 80 15 12 g 100 80 g eritmaga 40 g suv qo‘shilgandan keyin eritmaning massasi 120 g bo‘ladi. Lekin erigan tuzning miqdori 12 g ligicha qoladi. SHunga asosan: 120 g eritma 100 foiz bo‘lsa, 12 g tuz x % bo‘ladi. Bundan 100 12 Х 10 %. 120 Х Mustaqil yechish uchun masalalar. 1. 300 g 12 % li osh tuzi eritmasini tayyorlash uchun qancha tuz va suv olish kerak? 2. 20 g 20 %li eritmaga 80 g suv qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmaning foiz kontsentrattsiyasini hisoblang. 3. 2 kg 12 % li CuSO4 eritmasini tayyorlash uchun qancha mis kuporosi olish kerak? 4. 500 ml suvda normal sharoitda o‘lchangan 15 l HCl eritilgan. Hosil bo‘lgan eritmaning foiz kontsentratsiyasini toping. 5. 6 g eritma bug‘latilganda 0,2 g tuz qolgan bo‘lsa, eritma necha foizli bo‘lgan? 6. Mis sulfatning 1% li eritmasi va uning kristallgidrati bor. 300 g 15% li CuSO4 eritmasini tayyorlash uchun shu moddalardan qanchadan olish kerak? 7. Zichligi 1,115 gsm3 bo‘lgan 10% li o‘yuvchi natriyning 5 l eritmasidan 22 % li eritma tayyorlash uchun qancha suvni bug‘latish kerak? 8. 1 l erituvchida 300 g modda eritilgach zichligi 1,2 gsm3 ga teng bo‘lgan eritma olindi. Eritmaning foiz kontsentratsiyasini toping. 9. 20 g 20 % li eritmaga 10 g 10 % li eritmaga qo‘shilganda necha foizli eritma hosil bo‘ladi? 10. 315 g suvda n.sh.da o‘lchangan 112 l ammiak eritildi. Eritmaning foiz kontsentratsiyasini toping. 3. Molyal kontsentratsiya - 1kg erituvchidagi erigan modda miqdori g|mol bilan ifodalanishiga molyal kontsentratsiya deb ataladi. Molyal kontsentratsiyani quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: m 1000 С моляль (3) M m1 Bunda С моляль - molyal kontsentratsiya; m - eruvchi moddaning grammlarda olingan massasi; m1 - erituvchining grammlarda olingan massasi; M - erigan moddaning molekulyar massasi. 1-misol. 400 g efirda 15 g xloroform erigan. Eritmaning molyal kontsentratsiyasini hisoblang. Echish: Formula (3) ga asosan 15 1000 С моляль 0,31 molyal. 119,5 400 Mustaqil yechish uchun masalalar. 1. 20 g suvda 0,62 g etilenglikol C2H4(OH)2 eritilgan. eritmaning molyal «MAISHIY NOORGANIK KIMYOVIY VOSITALAR TEXNOLOGIYASI» kontsentratsiyasini hisoblang. 2. Sulfat kislotaning zichligi 1,04 gmg bo‘lgan 7%li eritmasining molyaligini hisoblang. 3. 40 g efirda 1,52 g (C6H5NH2) eritilgan. Eritmaning molyal kontsentratsiyasini hisoblang. 4. 10% li sulfat kislota eritmasi molyalligini hisoblang. 5. Zichligi 1,825 gml bo‘lgan 91 % li sulfat kislota eritmasini molyalligini hisoblang. 6. Zichligi 0,9204 gml bo‘lgan 47 % etil spirtining molyaligini hisoblang. 7. 50 g suvda 20 g glyukoza eritildi. Eritmaning molyal kontsentratsiyasini toping. 8. 1000 g suvda 245,7 KCl tuzi eritilganda, zichligi 1,13 gml eritma hosil bo‘lgan eritmaning molyal kontsentratsiyasini hisoblang. 9. 1000 g suvda 577 g bo‘lgan sulgfat kislota eritilganda zichligi 1,335 gml hosil bo‘lgan eritmaning molyalligini hisoblang. 4. Molyar kontsentratsiya - 1 l eritmada erigan moddaning miqdori g|mol bilan ifodalanishiga molyar kontsentratsiya deb ataladi va M harfi bilan belgilanadi. m СМ 1000 (4) M V Bunda C m - molyar kontsentratsiya; m - erigan moddaning grammlarda ifodalangan massasi; M - erigan moddaning molekulyar massasi; V - eritmaning (ml da) ifodalangan hajmi. Masalan, 1 l eritmada 1 mol modda erigan bo‘lsa, 1 molyar (1M), 2 mol modda erigan bo‘lsa 2 molyar (2M) eritma deyiladi va hokazo. 5. Normal kontsentratsiya - 1 l eritmadagi erigan moddaning miqdori g- ekvivalentlar soni bilan ifodalanishiga normal kontsentratsiya deyiladi va H belgilanadi. Normal kontsentratsiya quyidagi formula bilan ifodalanadi: m С нормал 1000 (5) Э V Bunda С нормал - normal kontsentratsiya; m - erigan moddaning grammlar ifodalangan massasi; Э - erigan moddaning g-ekvivalenti; V - eritmaning (ml da) ifodalangan hajmi. Masalan, 1 l eritmada 1gekvivalent modda erigan bo‘lsa, 1 normal (1n) eritma, 0,1 gekvivalent modda erigan bo‘lsa, detsinormal (0,1n) eritma deyiladi. 6. Titr - 1 ml eritma tarkibidagi erigan moddaning miqdori grammlarda ifodalangan miqdoriga eritmaning titri deb ataladi. Eritmaning titri T harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula asosida topiladi: нЭ T г / мл (6) 1000 Bunda Т - titr; н - eritmaning normalligi; Э - erigan moddaning g|ekvivalenti. Biror moddaning titrlangan eritmasidan foydalanib, ikkinchi eritmani titrini aniqlash mumkin. Titrlashda normal eritmalardan foydalanish kerak. CHunki, normalligi bir xil bo‘lgan eritmalar teng hajmlarda reaktsiyaga kirishadi. Normallgi har shil bo‘lgan eritmalar o‘zaro normalliklariga teskari proportsional hajmlarda reaktsiyaga kirishadi. «MAISHIY NOORGANIK KIMYOVIY VOSITALAR TEXNOLOGIYASI» V1 N 2 ёки V1 N 1 V2 N 2 (7) V2 N1 bunda V1 - birinchi ertmaning hajmi; N 1 - shu eritmaning normalligi; V 2 - ikkinchi eritmaning hajmi; - uning normalligi. N2 1-misol. 24 g o‘yuvchi natriy suvda eritilib 400 ml eritma tayyorlandi. Eritmaning molyar kontsentratsiyasini hisoblang. Yechish: Formula (4) da foydalanamiz: 24 1000 CM 1,5 M 40 400 2-misol. 200 ml 0,1 M eritma tayyorlash uchun necha gramm o‘yuvchi kaliy kerakligini hisoblab toping. Yechish: KOH ning gmoli 56 g 0,1 moli 56.0,1q 5,6 g keladi. Demak 1 l 0,1 M eritmada 5,6 g KOH bo‘ladi. 200 ml eritmada esa, 5,6.0,2 q1,12 g bo‘ladi. 3-misol. 500 ml 0,2 M eritma tayyorlash uchun zichligi 1,84 gsm3 bo‘lgan 96 % li sulfat kislota eritmasidan qancha olish kerak. Bunday eritma qanday tayyorlanadi? a) formula (4) dan: C M V 0,2 98 500 m M 9,8 g H2SO4 1000 1000 b) formula (3) ga asosan: 100 m C% ; d V Bundan: 100 m 100 9,8 V 5,55 ml. d C % 1,84 96 4-misol. 4 l 0,2 n eritma tayyorlash uchun soda kristallgidratidan Na 2 CO3 10H 2 O necha gramm olish kerak? Yechish: Formula (5) dan foydalanamiz: m Cn 1000 ; Э V Bundan: C Э V 0,2 143 4000 m n 144,4 g Na 2 CO3 10H 2 O . 1000 1000 5-misol. Nitrat kislotaning 0,2 n eritmasining titrini hisoblab toping. Yechish: Formula (6) ga asoslanib yechamiz: 0,2 63 T0 , 2 нHNO3 0,0126 g/ml 1000 bunda: 63 nitrat kislotaning g/ekvivalenti. 6-misol. Ishqorning 40 ml eritmasini neytrallsh uchun sulfat kislotaning 0,5n eritmasidan 24 ml ketadi. Ishqor eritmasining normalligini hisoblab toping. Yechish: Formula (7) ga asoslanib yechamiz: V1 N 1 V2 N 2 Bundan: «MAISHIY NOORGANIK KIMYOVIY VOSITALAR TEXNOLOGIYASI» V1ишкор N 2 V2 0,5 24 0,3 n V1ишкор 40 Mustaqil yechish uchun masalalar. 1. 26,25 g osh tuzi suvda eritilib, 300 ml eritma tayyorlandi. Eritmaning molyar kontsentratsiyasini toping. 2. 500 ml 0,2 M eritma tayyorlash uchun necha gramm Na 2 CO3 10H 2 O olish kerak? 3. 500 ml 0,2 M eritma tayyorlash uchun zichligi 1,19 gml ga teng bo‘lgan 37% li xlorid kislota eritmasidan qancha olish kerak? 4. 6 l 0,3 n eritma tayyorlash uchun necha gramm CuSO 4 5 H 2 O olish kerak? Bu eritma qanday tayyorlanadi? 5. 250 ml 0,1n eritma tayyorlash uchun zichligi 1,307 gml bo‘lgan 40%li sulfat kislotaning eritmasidan qancha olish kerak? 6. Ca(NO3)2 ning 0,3 n eritmasida titrini hisoblang. 7. O‘yuvchi kaliy eritmasining titri 0,112 gml. SHu eritmaning normalligini hisoblang. 8. 200 ml 0,1 n eritma tayyorlash uchun zichligi 1,775 gml bo‘lgan sulfat kislota eritmasidan qancha hajm olish kerak? 9. O‘yuvchi natriyning 2n eritmasi bor. Undan foydalanib 1l 0,1 n eritmani tayyorlash uchun shu eritmadan qancha olish kerak. 10. 20 ml xlorid kislota eritmasini neytrallash uchun, o‘yuvchi natriyning 15ml 0,5 n eritmasi sarf bo‘ladi. Kislota eritmasini normalligini hisoblang. 1.3. Maishiy kimyoviy yuvish vositalari eritmalarining konsentratsiylariaga oid masalalar. Kimyoviy yuvish vositalari eritmalarining konsentratsiyasi bilan bog'liq masalalar ko'pincha miqdoriy hisoblash va aralashmalarni o‘rganishni talab qiladi. Masalan, bu turdagi masalalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: 1. Yuvish vositasi eritmasining konsentratsiyasini hisoblash – Agar ma'lum bir miqdordagi eritma ma'lum konsentratsiyaga ega bo‘lsa, uning yangi konsentratsiyasini hisoblash. 2. Eritmalarni aralashtirish – Ikkita yoki undan ortiq eritmani birlashtirish va yangi konsentratsiyani aniqlash. 3. Yuvish vositasining miqdorini hisoblash – Eritmadagi yuvish vositasi miqdorini aniqlash yoki kerakli miqdorni hisoblash. Kimyoviy yuvish vositalari eritmalarining konsentratsiyasiga oid masalalar ko'plab turli jihatlarni o'z ichiga oladi, jumladan, konsentratsiyalarni hisoblash, eritmalarni aralashtirish va kerakli miqdordagi eritmalarni tayyorlash kabi amaliy hisob-kitoblar. Masalalarni yechishda quyidagi ba'zi asosiy tushunchalar va formulalardan foydalanish mumkin: Konsentratsiya — bu eritmadagi moddalar miqdorining hajmga nisbati. U odatda foizlar, mol/L yoki boshqa birliklarda ifodalanadi. Konsentratsiyani hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: m С 100 (1) m m1 Bunda c - massaviy foiz kontsentratsiya; m - eruvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi; m1- erituvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi. Eritmalarni aralashtirish – Ikkita yoki undan ortiq eritmani aralashtirishda yangi konsentratsiyani hisoblash uchun quyidagi formulani ishlatamiz: «MAISHIY NOORGANIK KIMYOVIY VOSITALAR TEXNOLOGIYASI» С1 V1 C 2 V2 V1 V2 Bu yerda: C₁ va C₂ — aralashtirilayotgan ikki eritmaning konsentratsiyalari, V₁ va V₂ — eritmalar hajmlari, C — yangi konsentratsiya. Eritmalarda boshqa eritma tayyorlash – Agar sizda yuvish vositasining ma'lum konsentratsiyasiga ega eritma bor bo’lsa va siz undan boshqa konsentratsiyaga ega eritma tayyorlashni xohlasangiz, quyidagi formulani ishlatish mumkin: C1‧V1=C2‧V2 Bu yerda: C₁ — mavjud eritmaning konsentratsiyasi, V₁ — mavjud eritmaning hajmi, C₂ — kerakli konsentratsiya, V₂ — kerakli eritma hajmi. Yuqoridagilar asosida maishiy kimyoviy yuvish vositalari eritmalarining konsentratsiylariaga oid quyidagi masalalarni bajarilish tartibini ko'rib chiqaylik: 1-misol. Agar 300 ml 12% li va 700 ml 5% li yuvish vositasi eritmasi aralashtirilsa, yangi eritmaning konsentratsiyasi qanday bo‘ladi? Yechish: 1. Birinchi eritmadagi yuvish vositasi miqdori: 12 300 36 ml 100 2. Ikkinchi eritmadagi yuvish vositasi miqdori: 5 700 35 ml 100 3. Yangi eritmadagi yuvish vositasi miqdori: 36+35=71 ml 4. Umumiy hajm: 300+700=1000 ml 5. Yangi konsentratsiya: 71 100 7,1% 1000 Demak, yangi eritmaning konsentratsiyasi 7.1% bo‘ladi. Misol 2: Eritmani Tayyorlash. Agar sizda 200 ml 30% li yuvish vositasi eritmasi bo‘lsa va siz 10% li eritma tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, qancha suv qo‘shishingiz kerak? Yechishi: 1. Berilgan formuladan foydalanamiz: C1‧V1=C2‧V2 2. Qiymatlar: 30‧200=10‧V C2 ‧ 3. 6000=10‧V2 4. 10% li eritmaning umumiy miqdori: 6000 V2 600 ml 10 Demak, 600 ml eritma olish uchun siz 400 ml suv qo‘shishingiz kerak, chunki dastlabki 200 ml 30% li eritmaga 400 ml suv qo‘shilganda umumiy hajm 600 ml bo‘ladi. С Eritmalarni suyultirish yoki aralashtirishning quyidagi grafik usuli ma’lum. Masalan a%-li yuvish vositasi eritmasi berilgan; undan b%-li eritma tayyorlash kerak. Suyultirish c%-li yuvish vositasi eritmasi yordamida olib boriladi. A kg a%-li eritmani b%-gacha suyultirish uchun c%-li eritmadan qancha (x kg) olish kerak? Boshlang’ich eritmada A⸱a/100 = yuvish vositasi, kg bor; suyultirish uchun olingan eritmada x⸱c/100= yuvish vositasi kg bor. Aralashmada jami yuvish vositasi «MAISHIY NOORGANIK KIMYOVIY VOSITALAR TEXNOLOGIYASI» Aralashmaning og’irligi (A+x) kg bo’ladi. U holda izlanayotgan b%-li eritma tarkibi quyidagicha ifodalanadi: Bu xisobni “krest qoidasi” deb nomlanadigan grafik usuli yordamida amalga oshirish mumkin. Krest olish uchun o’zaro perpendikulyar bolgan to’g’ri chiziqlar o’tkazamiz: To’g’ri chiziqlarni kesishish nuqtasida eritma tayyorlanishi kerak bo’lgan og’irlik foizda ifodalangan miqdori b yoziladi. Aralashtiriladigan ikki eritmani og’irlik foizda ifodalangan kontsentratsiyasi chap tarafida yoziladi (a va s). Krestdagi belgilar: b - aralashmani tayyorlash kerak bo’lgan kontsentratsiyasi; a - nisbatan yuqori kontsentratsiyali eritma kontsentratsiyasi; c va x - nisbatan past kontsentratsiyali eritma (c) kontsentratsiyasi va (x) og’irlik miqdori. Krest diagonallari bo’yicha hisoblab, aralashtirish uchup zarur bo’lgan eritma miqdori topiladi. a qiymatdan b qiymatni ayirib s%-li eritmadan olinadigan miqdori aniqlanadi. a-b/b-c nnsbat birlik suyultiriladigai eritma miqdoriga to’g’ri keladigan suyuq eritma miqdorini ko’rsatadi. Suv bilan suyultirishda c miqdor nolga teng. Og’irlik miqdoridan hajmiyga o’tish uchun eritmalarning solishtirma zichligi-r ni bilish kerak. Ya’ni, A va x o’rniga Ar va xr qiymatlarni ishlatish kerak. 1-misol. Birini koptseptratsiyasi a 40%, ikkinchisiniki c 25% (og’irlik foiz) da bo’lgan yuvish vositasining ikkita eritmasi bor. Kontsentratsiyasi b 30% bo’lgan eritma tayyorlash kerak. Krest chiziqlarini kesishishiga tayyorlash kerak bo’lgan eritma kontsentratsiyasi yoziladi (b=30%). Chapga arashtiriladigan ikkala eritma kontsentratsiyasi yoziladi (a 40% va c 25%), o’ngga diagonalda joylashgan sonlarni ayirish yo’li bilan b%-li eritma tayyorlash uchun zarur bo’lgan a va c eritmalarnipg og’irlik miqdorlarini olamiz. Shunday qilib, 30%-li yuvish vositasini tayyorlash uchun 40%-li eritmadan 30-25 5 kg, 25%-li eritmadan esa 40-30=10 kg olib aralashtirish kerak. Shunda 15kg 30%-li eritma hosil bo’ladi. Talabalar mustaqil bajarishi uchun topshiriqlar. 2-misol. Birini koptseptratsiyasi a 35%, ikkinchisiniki c 15% (og’irlik foiz) da bo’lgan yuvish vositasining ikkita eritmasi bor. Kontsentratsiyasi b 25% bo’lgan eritma tayyorlash uchun eritmalarning kerakli miqdorini hisoblahg. 3-misol. Birini koptseptratsiyasi a 30%, ikkinchisiniki c 10% (og’irlik foiz) da bo’lgan yuvish vositasining ikkita eritmasi bor. Kontsentratsiyasi b 20% bo’lgan eritma tayyorlash uchun eritmalarning kerakli miqdorini hisoblahg.
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )