O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI RAQAMLI IQTISODIYOT VA INNOVATSIYALAR FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “MAKROIQTISODIYOT” fanidan AD-AS MODELIDA MAKROIQTISODIY MUVOZANAT mavzusidagi KURS ISHI «Himoyadan o’tdi» Baholandi __________________ «____» _____________ 2024 г. Qabul qildi: _____________________________ _____________________________ Bajardi: II-kurs, 44-22 gurux talabasi Axmadjonova Shahnoza Ilmiy raxbar: i.f.n., dot. G.R.Mahmudova Guliston-2024 MUNDARIJA KIRISH ................................................................................................................. 2 I BOB AD-AS MODELINING 5 IQTISODIY MOHIYATI VA MAKROIQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI .................................................. 5 1.1 AD-AS modeliga umumiy tavsif .............................................................. 5 1.2 Yalpi talab va unga ta`sir etuvchi omillar................................................ 9 1.3 Yalpi taklif va unga ta'sir etuvchi omillar ............................................. 16 II BOB AD-AS MODELINING MAKROIQTISODIY MUVOZANATNI TAMINLASHDAGI AHAMIYATI ................................................................. 23 2.1 AD-AS modelidagi o’zgarishlar va Fillips egri chizig’i bilan bog’liqligi …………………………………………………………………………………..23 2.2 AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari.................................................................................... 25 XULOSA ............................................................................................................. 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ....................................... 34 1 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Umumiy tarif mahalliy ishlab chiqarishlarni himoya qilish va mahalliy iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish maqsadida import qilinadigan tovarlarga qoʻyiladigan soliqlarni nazarda tutadi. AD-AS (Aggregate DemandAggregate Supply) modelining tarkibi iqtisodiyotning umumiy salomatligi talab va taklif oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir bilan belgilanadi degan gʻoyaga asoslanadi. AD-AS modelida yalpi talab iqtisodiyotdagi tovar va umumiy talabni bildiradi , yalpi taklif esa iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan va yetkazib beriladigan tovar va xizmatlarning umumiy miqdorini ifodalaydi. Yalpi talab va taklif egri chiziqlarining kesishishi iqtisodiyotdagi muvozanat narx va ishlab chiqarish darajasini belgilaydi. AD-AS modeli muhim ahamiyatga ega, chunki u inflyatsiya ishsizlik va iqtisodiy o'sish kabi makroiqtisodiy o'zgaruvchilar o'rtasidagi munosabatni tushuntirishga yordam beradi. Model siyosatchilar va iqtisodchilarga fiskal va pulkredit siyosatining iqtisodiyotga taʼsirini tahlil qilish hamda ushbu siyosatlardagi oʻzgarishlar asosida kelajakdagi iqtisodiy tendentsiyalar haqida bashorat qilish imkonini beradi.Umuman olganda, AD-AS modeli iqtisodiyotning murakkabliklarini tushunish va uzoq muddatli iqtisodiy oʻsish va barqarorlikni taʼminlashga yordam beradigan asosli siyosat qarorlarini ishlab chiqish uchun foydali vositadir.Insonlar hayotida turli ehtiyojlar paydo bo’ladi. Bular moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlardir. Ehtiyojlar jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Ehtiyojlarning xarakteri, tuzilishi va ularni ta’minlash uslublari ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyot darajasi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tuzumning xususiyatlariga bog’liqdir. Ehtiyojlar ichida moddiy, iqtisodiy ehtiyojlar muhim bo’lib, ular ishlab chiqarish faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ishlab chiqarish ehtiyojlarining shakllanishi va taraqqiyotida asosiy rol o’ynaydi. Insonlar ehtiyoji, ularning iste’molini qondirish borasidagi talabga aylanadi. Talabning asosi ehtiyojdir. Bozor pul bilan ta’minlanmagan ehtiyojga ahamiyat bermaydi. Demak, har qanday tovarga yoki xizmatga tug’ilgan ehtiyoj, albatta, sotib olish quvvatiga ega bo’lishi lozim. Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj talabga aylanadi va xaridorlarning 2 u yoki bu tovarni sotib olishga tayyorligini bildiradi 1. Bozorda xaridorlar u yoki bu tovarga talab bilan, sotuvchilar esa, tovar taklifi bilan o’zaro uchrashadilar. Talabbu, zarur tovarlar va xizmatlar miqdori bo’lib, to’lovga qobil ehtiyojdir. Talab tovarni sotib olishga tayyor xaridor holatini namoyon etadi. Talab, eng avvalo o’z hajmiga ega. Bozorning bir tovarga bo’lgan talab hajmi-bu xaridorlarning ma’lum bir davrda biror turdagi tovarlarning muayyan miqdorini sotib olish xohishlaridir. Talab hajmi mazkur mahsulot bahosiga va boshqa ta’sirlarga bog’liqdir. Masalan, xaridor daromadi, didi, boshqa tovarlar baholari va boshqalar. Bozorda talab qonuni namoyon bo’lib, u tovarning bozor bahosi bilan unga bo’lgan talab miqdori o’rtasidagi aloqaning teskari bog’liqligini ifodalaydi. Agarda ma’lum bir tovarning bahosi pasaysa, mazkur tovarga bo’lgan talab ortadi. Agarda, tovarning bahosi ortsa, u holda mazkur tovarga bo’lgan talab ozayadi. Demak, tovarning bahosi va unga talab miqdori o’rtasida qarama-qarshi munosabat mavjuddir. Talab qonuni tubandagi uch sharoitda amal qilmaydi. Chunonchi, avvalo, tovarlar baholarining o’sishi kutilishi munosabati bilan talabning o’ta kuchayishi sharoitida; ikkinchidan, pulni joylashtirish maqsadida qimmmatbaho oltin, antikvariat kabi kamyob tovarlarga munosabatda; uchinchidan, talabning bir tovardan ikkinchi sifatli tovarga kuchayishi sharoitida, talabning avvalgi muayyan bir turdagi, ma’lum sifatli va baholi tovardan yanada sifatliroq va qimmatroq tovarga kuchayishidir. O’z navbatida yuqoridagilarga asoslangan holda taklif bu iqtisodiyotda har qanday mumkin boʻlgan narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishga tayyor bolgan milliy ishlab chiqarishning real hajmidir. Kurs ishning maqsadi. Yalpi talab va yalpi taklif asosida bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor muvozanati holatiga erishish va bunda turg’unlik holatini ushlab tura olishni nazariy va amaliy tomondan tatbiq etish. Kurs ishining ob'ekti. Aholining ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash orqali talab va taklifni o`rganish. 1 A.O’lmasov. Iqtisodiyot asoslari. Toshkent “Mehnat” 1997 y. 3 Kurs ishining predmeti. Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash orqali yalpi talab va yalpi taklif modelini o`rganish mazmuni, shakl va usullarini to'liq o'rgatish va mohiyatini ochib berish. Kurs ishining ilmiy va uslubiy asoslari. Kurs ishining ilmiy asoslari AD-AS modelining iqtisodiy mohiyati va makroiqtisodiyotdagi ahamiyati bilan tanishish, AD-AS modeliga umumiy tavsif berish, yalpi talab va yalpi taklifga tasir qiluvchi omillarini o’rganishdan iborat. Kurs ishining uslubiy asoslari esa AD-AS modelining makroiqtisodiy muvozanatni taminlashdagi ahamiyati, AD-AS modelidagi o’zgarishlar va Fillips egri chizig’i bilan bog’liqligi hamda AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalaridan iborat. Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat. Birinchi bob ”AD-AS modelining mohiyati va makroiqtisodiyotdagi ahamiyati” bunda, AD-AS modeliga umumiy tavsif, yalpi talab grafigi va unga tasir qiluvchi omillar, yalpi taklif grafigi va unga tasir qiluvchi omillar haqida bayon qilingan. Ikkinchi bobda AD-AS modelining makroiqtisodiy muvozanatni taminlashdagi ahamiyati hamda, AD-AS modelidagi ozgarishlar va Fillips egri chizigi bilan bogliqligi, AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari. Umumiy hajmda 36 betni tashkil etadi. 4 I BOB AD-AS MODELINING IQTISODIY MOHIYATI VA MAKROIQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI 1.1 AD-AS modeliga umumiy tavsif Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o'rtasidagi nisbatga bog'liq bo' lib, ular hajmlarining ozgarishi baholaring o’zgarishini keltirib chiqaradi. Baholaring o'zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta'sir ko'rsatadi. Bunday o'zaro bog'liqlik umumlashtirilgan holda ko'rib chiqiladigan milliy bozorga ham taaluqlidir. Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog'liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko'lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o'zgarishi bilan baholar umumiy darajasining o' zgarishi o'rtasidagi bog’liqlikni tadqig qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o'sishi, ba'zi davrlarda esa pasayib ketishini izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bolmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand-aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ish lab chiqarish hajmlari va baholar darajaJarining tebranishlarini hamda ular o'zgarishining oqibatlarini o'rganish uchun bazaviy model bo'lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ko‘rib chiqamiz (1.1.1-chizma). Dastlab muvozanat e 115 nuqtasida o‘rnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini 5 bildirishini ko‘rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz. 1.1.1-chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmasidagi muvozanat 2 Baholar darajasi P1 bo‘lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi. Iste’molchilar baholar darajasi P1 bo‘lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo‘lganligi tufayli iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko‘tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y e gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Pe baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir. 1.1.2chizmada yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o‘zgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Ye va muvozanatli baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz. 2 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quy qo'llanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg' armasi nashriyoti, 2005. 6 1.1.2-chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati 3 Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda AD<AS, oqibatida sotilmay qolgan tovarlar va xizmatlar hajmining ortishi ishlab chiqarishni Ye darajaga pasaytirilishiga olib keladi. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y2 deb hisoblasak, aksincha, AS<AD oqibatda korxonalarda tovar zaxiralari kamayib ularni ishlab chiqarishni Ye darajaga oshirishga undaydi. Shunday qilib aynan yalpi taklif va yalpi talab egri chiziqlarining kesishish nuqtasigina AD-AS modelda movozanat nuqtasi deyiladi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasida yalpi talabning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o‘zgarmaydi. Yalpi talab egri chizig‘ini AS egri chizig‘ining vertikal kesmasida o‘zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat baholar darajasi o‘zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o‘zgarishi faqat baholar darajasi o‘zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‘liq bandlik sharoitida o‘zgarmay qoladi. 3 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quy qo'llanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg' armasi nashriyoti, 2005. 7 Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o‘sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko‘payishi talab inflatsiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. Yalpi taklif o‘zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajalariga ta’sirini 1.1.3-chizma misolida ko‘rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko‘tariladi, ya’ni stagflyasiya ro‘y beradi. Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog‘liq bo‘lmagan omillardan birortasi o‘zgarib, yalpi taklifning o‘zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, yerning bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig‘i AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o‘sish holati ro‘y beradi. 1.1.3-chizma.Yalpi talab o’zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri 4 Yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul 4 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quy qo'llanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg' armasi nashriyoti, 2005. 8 muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQSHda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi”. Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar hajmi o‘rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi. Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag‘batlantirisho‘ yoki cheklash siyosati, shuningdek, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosati qo‘llaniladi. Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining ko‘rinishlariga daromadlarni o‘stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzxonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash va h.k. choralar ko‘radi. 1.2 Yalpi talab va unga ta`sir etuvchi omillar Makroko'lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o'zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o'zgarishi o'rtasida bog'liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o'sishi, ba'zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif ( AD- aggregate demand AS-aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Yalpi talab uy xoʻjaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning narxlaming ma'lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo'lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakunly tovarlar va xizmatlarni sotib 9 olishga qilingan umumiy harajatlar yig'indisidir. Formula ko'rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash mumkin: AD =S+I+G+Xn Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o'rtasidagi bog'liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig'i deb ataladi. Buni chizma ko'rinishida tasvirlash mumkin (1.2.1-chizma). 1.2.1- chizma dan ko'rinib turibdiki, talab egri chizig'i doimo pastga va o'ngga suriladi. Bunday surilishning sababi har xil. Ya'ni, alohida olingan tovarlarda talab egri chizig'ining surilishiga asosan daromad samarasi va o'rinbosar tovarlar sabab bo'lar edi. Ayrim tovarlarning narxi pasayganda, iste'molchilarning pul daromadlari ko'proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). 1.2.1-chizma. Yalpi talab egri chizig'l5 Shuningdek, narx pasayganda iste'molchi ushbu tovarni ko'proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo'ladi (o'rnini bosadigan tovarlar). Milliy bozorda AD-egri chizig'ining traektoriyasini avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin. M*V=Y*R Bu yerda: 5 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quy qo'llanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg' armasi nashriyoti, 2005 10 M-muomaladagi pul miqdori; V-pulning aylanish tezligi; R-iqtisodiyotdagi narxlar darajasi (narx indeksi); Y-talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi. Bu tenglamadan P=MV/Y; Y=MV/P tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko'rinadiki, narxlar darajasi qancha oshsa, real milliy mahsulot xajmiga talab hajmi shuncha past bo'ladi, ya'ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi(V) oʻzgarmas bo'lsa, narxlar darajasi va umumiy talab o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud bo'ladi. Bunday bog`liqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi: 1. Foiz stavkasi samarasi; 2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 3. Import xaridlar samarasi. Foiz stavkasi Samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, Jami talabning egri chiziq bo'yicha surilishi narxlar darajasi o'zgarishining foiz stavkasiga bo'lgan ta'siriga bog'liq. Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste'molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo'ladi. Ish-bilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to'lashga katta miqdorda pul zarur bo'ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar narxsi darajalarining yuqoriligi pulga bo'lgan talabni oshiradi. Pul taklifi hajmi o'zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko'tarilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo'lgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo'lgan talabi pasayadi. Investitsiya harajatlari umumiy talabning bir qismi bo'lganligi tufayli bu umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi. P↑→ Md ↑ (Ms const) R↑→ I → AD↓ Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan 11 moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste'mol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, ya'ni iste'molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so'm bo'lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi mumkin bo'ladi, agarda inflyatsiya ta'sirida mashina narxi 12 min. so'mga ko'tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so'm jamg'arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko'proq qismini Jamg'aradi. Iste'mol xarajati umumiy talabning bir qismi boʻlganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi. Import xaridlari samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab hajmi kamayadi va o'z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo'lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki milliy mahsulotga talab hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali umumiy talab hajmiga ta'sir ko'rsatadi. X↓ P↑ Xn↓→ AD↓ M↑ Yuqorida ko'rib o'tilgan omillar Jami talabning narx omillari deb ataladi. Bundan tashqari Jami talabning narhlarga bog'liq bo'lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o'zgarishlar jami talabning miqdorida o'z aksini topadi va uning egri chizig'ini chapga yoki oʻngga siljitadi. Jami talabning narxlarga bog'liq bo'lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: 1. Iste'mol xarajatlaridagi o'zgarishlar: - iste'molchilarning real moddiy aktivlari qiymatining o'zgarishi, bu erda real moddiy aktivlarning qiymati inflyatsiya ta'sirida o'zgarishini emas (Pigu samarasi), balki boshqa sabalarga ko'ra o'zgarishi nazarda tutiladi. Masalan aktsiyalarning narxi keskin o'sishi bilan aktsiyadorlarning boyligi oshadi va ular ko'proq iste'mol 12 kilishga moyil bo'ladi va aksincha uylarning va erlarni narxi keskin pasayishi bilan iste'molchining boyligi kamayadi va u ko'proq jamg'aradi; - iste'molchilar kutishi, ya'ni kelajakda real daromadlarning ko'tarilishi kutilsa, yoki inflyatsiya darajasi yuqoriroq bo'lishi bashorat qilinsa, aholi ko'proq iste'mol qilishni boshlaydi; - iste'molchilarning qarzlari miqdorining o'zgarishi agar oldingi iste'mol kredit hisobiga qilingan bo'lsa; - iste'molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o'zgarishi, soliqlarning pasayishi ixtiyordagi daromad hajmini oshiradi. 2. Investitsiya xarajatlaridagi o'zgarishlar: - foiz stavkasidagi o'zgarishlar, bu erda Keyns samarasi emas, balki foiz stavkasini boshka narxlar darajasiga bog'lik bo'lmagan o'zgarishlari nazarda tutiladi. Masalan, pul massasining oshishi foiz stavkasini pasaytiradi va natijada investitsiya xarajatlari oshadi; - investitsiyalardan kutilayotgan foyda me'yorining o'zgarishi, masalan, iste'mol xarajatlarning oshishi kutilayotgan bo'lsa, ishlab chikaruvchilarning kutilayotgan foydasi ham oshadi va natijada ular ishlab chiqarishga ko'proq investitsiya qilishga moyil bo'ladilar; - korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o'zgarishi, soliqlar darajasining oshirilishi korxonalarning kapital qo'yilmalardan olgan foydasini kamaytiradi va natijada ular kamrok investitsiya qiladi; ishlab chiqarish quvvatlari miqdori yuqori bo'lsa, ishlab chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib olishni va yangi inshootlar qurishni to'xtatib qo'yyadilar. 3. Davlat xarajatlarining o'zgarishi. Masalan, xarbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda. 4. Sof eksport hajmidagi o'zgarishlar. - boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o'zgarishi milliy eksportga bo'lgan talabni oshiradi. Misol, Jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inkiroznatijasida ko'plab rivojlangan mamlaktlardagi axolining real daromadlari tushib ketgan va ularning bizning mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga bo'lgan talabi ham 13 kamaygan. Hozirgi kunda neft narxining keskin o'sishi neft eksport qiluvchi mamlakatlar milliy daromadlarini oshirib borishiga va natijada bu mamlakatlarda bizning mahsulotlarga talabini oshib borishiga sabab bo'lmoqda. - valyuta kurslaridagi o'zgarishlar, milliy valyuta so'mning kursi pasayishi bilan xorijdan kelayotgan mehmonlar olib kelgan dollari evaziga ko'proq so'mga ega bo'lishadi, ya'ni bizning mahsulotlarimiz xorijliklar uchun nisbatan arzonroq bo'lib qoladi. Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari umumiy talabning narxlarga bog'liq bo'lmagan yana ikki omilni beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Narxlar o'zgarmagan holda, pul massasining ko'payishi yoki pulning aylanish tezligining oshishi qisqa muddatda Jami talab egri chizig'ini o'ngga siljitadi, chunki bu o'zgarishlar iqtisodiyotdagi mavjud bo'lgan real pul zahiralarini hamda iste'molchilarning sotib olish qobiliyatini oshiradi Umumiy talabning narxga bog'liq bo'lmagan omillari ta'sirida AD egri chizig'i o'ngga yoki chapga siljiydi. Natijada maʼlum narx darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan milliy mahsulot xajmi o'zgaradi.(1.2.2 va 1.2.3-chizma) 1.2.2-chizma. Umumiy talab egri 1.2.3-chizma. Umumiy taklif egri chiziqlarning siljishlari chiziqlarining siljishlari6 Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma'lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof 6 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quy qo'llanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg' armasi nashriyoti, 2005 14 eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig'ining o'ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo'lgan holatlarda AD egri chizig'i chapga siljiydi. Yalpi talab hajmiga taʼsir etuvchi narxdan tashqari omillar quyidagilardir: Isteʼmolchilik sarflaridagi oʻzgarishlar. Narx darajasining oʻzgarishiga bogʻliq boʻlmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar taʼsirida isteʼmolchilar xaridi hajmida oʻzgarish roʻy berishi mumkin. Bu isteʼmolchi farovonligi, isteʼmolchining kutishi, isteʼmolchining qarzlari va soliklarning oʻzgarishi natijasi hisoblanadi. Isteʼmolchining farovonligi isteʼmolchi ega boʻlgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi koʻchmas mulklarga egaligiga bogʻliq boʻladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilishningqisqarishiga olib keladi. Iste`molchilik sarflarining qiskarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy kimmatliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilik sarflari oʻsadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi oʻzgarmay qolganda isteʼmolchi farovonligining oʻsishiga olib kelishini misol kilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasining oʻzgarishiga bogʻliq boʻlmagan holda isteʼmolchi farovonligining pasayishiga olib keladi. Isteʼmolchining kutishi. Isteʼmolchilik sarflari hajmidagi oʻzgarish, isteʼmolchining narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi oʻzgarishlarni oldindan bilishiga bogʻliq. Masalan, agar odamlar kelajakda oʻzlarining real daromadi koʻpayadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining koʻproq qismini sarflashga tayyor boʻladi. Natijada bu davrda isteʼmolchilik sarflari koʻpayadi, jamgʻarish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda oʻzlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning isteʼmolchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday inflyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki isteʼmolchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi isteʼmol mikdorining kamayishiga olibkeladi. 15 Isteʼmolchi qarzlari. Isteʼmolchi qarzlari koʻp boʻlganda, u joriy daromadini qarzlarga toʻlab, oʻzlarining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Soliq. Daromad soligʻi stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilik sarflarini koʻpaytiradi, soliklarning oshishi isteʼmolchilik sarflarini kamaytiradi. 1.3 Yalpi taklif va unga ta'sir etuvchi omillar Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Umumiy taklif tushunchasi ko'pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo'llaniladi. Yalpi taklif - bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo'lgan iste'mol hamda investitsiya tovarlari va xizmatlarning umumiy miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi Jami narx tushuniladi. Narxlari narxlar darajasiga, Jami iste'molchilarning to'lov qobiliyatli talabini Jami talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. makroiqtisodiy tadqiqotlarda Ko'rsatkichlarni tez-tez yiriklashtirishni foydalanib turiladi. bu usulidan Makrodarajada iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo'lmaydi. Yalpi talab va taklif hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar tuzilishining asosi hisoblanadi. Oddiy ko'rinishda bu ko'rsatkichlarning o'zaro bir-biriga bog'liqligi grafik yordamida aks ettiriladi.(1.3.1-chizma) Yalpi taklif hajmiga taʼsir taʼsir kiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar taʼsir koʻrsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining oʻzgarishi yalpi taklifning oʻzgarishiga sabab boʻladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy hususiyatga ega: agar ular oʻzgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham oʻzgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizigi joyini oʻzgartiradi. Yalpi taklifga Narxdan tashqari taʼsir qiluvchi omillar. 16 1.3.1-chizma. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar darajasi o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik7 Resurslar narxining oʻzgarishi. Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar oʻzgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning koʻpayishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar taьsir koʻrsatadi. Resurslar taklifining koʻpayishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi alohida resurslar taklifi oʻzgarishining yalpi taklifga taʼsirini qarab chiqamiz. Yer resurslari - yangi yerlarning ochilishi, sugʻorish, yangi - texnik takomillashuvlar tufayli koʻpayish mumkin. Yer resurslari taklifining koʻpayishi yerga boʻlgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shaxobchalarining kengayishi, intensiv dehqonchilikni qoʻllash tufayli yer resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi. Ishchi kuchi (Mehnat) resurslari. Korxona xarajatlarining asosiy kismi ishchi va xizmatchilarga ish haqi toʻlash uchun ketadigan xarajatlar hisoblanadi. 7 Yakubov I.O., Hakimov H.A. Makroiqtisodiyot-2. O'quv qo'llanma. - T.:TDIU, 2019. 17 Boshqa sharoitlar oʻzgarmay kolganda, ish haqining oʻzgarishi mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Mavjud ishchi kuchi (mehnat) resurslarining koʻpayishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga olib keladi. Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zahirasini oʻstirib borsa, yalpi taklif oʻsish tamoyiliga ega boʻladi. Masalan, agar jamiyat oʻz daromadining asosiy kismini tejab, uni investitsion tovarlar sotib olishga yoʻnaltirsa, yalpi taklif oʻsadi. Xuddi shunday asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi taklif koʻpayadi. Korxona oʻzining eski, sifati past boʻlgan qurilmalarini, yangi va ancha takomillashgan kurilmalar bilan almashtirishi bunga misol boʻla oladi. Agar mamlakatda asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi. Tadbirkorlik layoqati. Vaqt oʻtishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni koʻpayadi va bu yalpi taklifga taʼsir koʻrsatadi. Masalan keyingi vaqtda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy eʼtiborni qaratilishi bunday faoliyat bilan shugʻullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining koʻpayishiga olib kelishi muqarrar va bu oʻz navbatida Yalpi taklifni oshiradi. Import resurslar narxlari. Chet ellardan resurslar importi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifning koʻpayishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa yalpi taklifni kamaytiradi. Keyingi davrda import resurslarga narxning oʻzgarishiga olib kelayotgan asosiy omillardan biri - valyuta kurslarining oʻzgarib turishi hisoblanadi. Bu qanday roʻy berishini tushunib olish uchun chet el valyutalarining soʻmga nisbatan narxi tushadi, yaʼni soʻmning qiymati koʻtariladi deb. faraz qilamiz. Bunda korxonalarga har bir soʻm uchun kuprok chet el valyutalari olish imkoniyati vujudga keldi va bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun chet el resurslarining soʻmda ifodalangan narxi tushganligini bildiradi. Bunday sharoitda milliy korxonalar chet el resurslari importini koʻpaytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga xarajatlarning kamaytirishga erishadi. Aksincha, chet el valyutalarining soʻmga nisbatan narxlari oshgan takdirda, yaʼni 18 soʻm qadrsizlanganda import resurslari narxlari koʻtariladi. Natijada bu resurslarning importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi. Bozordagi hukmronlik. Resurslarni yetkazib beruvchilarning bozordagi hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bozordagi lifga Hukmronlik narxlarni raqobat mavjud boʻlgan sharoitdagidan ancha yuqori oʻrnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va Halokatga uchrashi buning ishonchli misoli boʻlib xizmat qilishi mumkin. 70yillarda OPEK mamlakatlari neft narxini oʻn martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin koʻpaytirdi. 80yil oʻrtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi. Narxlarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag'bat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o'rtasida to'g'ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o'sib borishi bilan o'sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig'i alohida tovar taklifi egri chizig'idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko'tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat. Bu umumiy taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko'pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. Yalpi taklif egri chizig'idagi bu kesmalar qanday iqtisodiy vaziyatlarni aks ettiradi? 1. Keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi to'liq bandlik sharoitidagi milliy Ishlab chiqarish hajmidan kamdir. Demak, gorizontal kesma iqtisodiet inqirozga uchragan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko'rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni narxlar darajasiga ta'sir ko'rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi narxlar darajasi o'zgarmay qolgan sharoitda ro'y beradi.(1.3.2-chizma) 19 1.3.2-chizma. Jami taklifning egri chizig`i8 Yalpi talabning Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Umumiy talabni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: - iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to'liq band bo'lmagan sharoitda amal qiladi; - narxlar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan Juda kam ta'sirlanadi; - real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta'sirlanadi. 2. Vertikal yoki klassik kesma. Egri chiziq bo'yicha o'ngga surilishi natijasida ishlab chiqarishning mavjud hajmida iqtisodiyot to'liq bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko'ramiz. Iqtisodiyot egri chiziqning bu kesmasida o'zining ishlab chiqarish potentsiali darajasida bo'ladi. Bu shuni bildiradiki, narxlarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to'liq quvvatda faoliyat ko'rsatayapti. To'liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga yuqoriroq narxlarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish 8 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quy qo'llanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg' armasi nashriyoti, 2005 20 hajmini oshirishi, boshqalari uchun yo'qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar narxi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o'zgarmay qoladi. Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: - ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omilari hajmiga va texnologiyalarga bog'liq va narxlar darajasiga bog'liq emas; - ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o'zgarish sekinlik bilan ro'y beradi; - iqtisodiyot to`liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya'ni ishlab chiqarish hajmi potentsial darajaga teng; - narxlar va nominal ish haqi o'zgaruvchan, ularning o'zgarishi bozorlarda muvozanatni ta'minlab turadi. 3. Oraliq kesma ishlab chiqarish real hajmining o'sishi narxlar darajasining o'sishiga mos ravishda o'sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish holatidan to'liq bandlikka o'tishi notekis va turli vaziyatlarda ro'y beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning yotishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo'ladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to'g'ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada narxlar darajasining o'sishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi ko'payishi yoki kamayishi narxga bog'liq bo'lmagan omillar hisobiga ham ro'y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig'ini o'ng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Narxga bog'liq bo'lmagan omillarnig xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta'sir qiladi va shu orqali yalpi taklif egri chizig'ining siljishiga sabab bo'ladi. Bu omillar quyidagilardan iborat: 1. Resurslarga bo'lgan talabning o'zgarishi: Ichki bozordagi resurslar miqdorining kamayishi ularning narxining oshishiga olib keladi: - yer resurslari; - kapital; 21 - tadbirkorlik qobiliyatlari. 2. Valyuta kursining o'zgarishi sababli import resurslar narxlaridagi o'zgarishlar, Bozordagi hukmronlik va monopoliya, OPEK tomonidan neft narxaning ko'tarilishi. 3. Ishlab chiqarish unumdorlikdagi o'zgarishlar. 4. Huquqiy me'yordagi o'zgarishlar. 5. Soliq va subsidiyalarning oʻzgarishi. 6. Davlatning tartibga solish jarayonidagi o'zgarishlar, davlat tomonidan iktisodiyotni tartibga solinishi oxiri oqibat ishlab chikarish xarajatlarini oshiradi. Masalan, soliq turlarini ko'paytirilishi qo'shimcha buxgaltering xizmatidan foydalanishga majbur qilishi mumkin, ya'ni davlat tomonidan Iqtisodiyotni yuqori darajada tartibga solinishi qog'oz ishini ko'paytiradi. 22 II BOB AD-AS MODELINING MAKROIQTISODIY MUVOZANATNI TAMINLASHDAGI AHAMIYATI 2.1 AD-AS modelidagi o’zgarishlar va Fillips egri chizig’i bilan bog’liqligi Fillips egri chizigʻi - nominal ish haqi stavkalari oʻzgarishlari surʼati (inflyatsiya) bilan ishsizlik oʻrtasidagi teskari bogʻlanishni ifoda etadi. Bu atama ingliz iqtisodchisi O. U. Fillips tomonidan Buyuk Britaniyada 1861 — 1957-yillar davomidagi ishsizlik va pullik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida 1958-yilda ifodalab berilgan. Bu chiziqqa koʻra, ishsizlik darajasiga qarab, ish haqining kutiladigan oʻzgarishini aniqlash mumkin.(2.1.1-chizma) 2.1.1-chizma. Fillips egri chizig’ining tipik ko’rinishi 9 Mana bu fillips egri chizig’ining tipik ko’rinishi (2.1.1-rasm). Inflyatsiya yuqori bo’lgan paytda odatda ishsizlik past bo’ladi. Inflyatsiya yuqori bo’lgan yerlarda esa ishsizlik yuqori bo’ladi. Bu egri chiziqni yanada aniqroq qilib qisqa davrdagi fillips egri chizig’i deb atash mumkin. Bundan kelib chiqadiki, uzoq davrdagi fillips egri chizig’i ham bor. Uzoq davrdagi fillips egri chizig’i mantiqan olib qaraganda ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog’liq bo’ladi. Aytaylik manashu 9 Ad:Mayburd Ye. M., Vvedeniye v istoriyu ekonomicheskoy misli, M., 1996; 23 iqtisodiyot uchun ishsizlikning tabiiy darajasi 6% bo’lsin, shunda bizdagi uzoq davrdagi fillips egri chizig’i manashu 6%lik nuqtadan o’tuvchi vertikal to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi. Nima uchun vertical to’g’ri chiziqligining sababi bizda ishsizlikning tabiiy darajasi 6% va bu tabiiy daraja inflyatsiya darajasiga bog’liq emas. Mana shu ikkita chiziq kesishgan nuqta iqtisodiyot hozirda o’zining tabiiy darajasida ishlab chiqarayotganini ifodalaydi. Agar ishsizlik darajasi 6%dan past bo’lsa, bu narsa iqtisodiyotning o’zining tabiiy darajasidan yuqori ishlab chiqarayotganini bildiradi (uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizgi rasm). Faraz qilaylik ishlab chiqarish o’zining tabiiy darajasida. Etibor beraylik chiziq vertical joylashgan. Negaki uzoq davrda tabiiy ishlab chiqarisg darajasi narxga bog’liq emas. Endi tasavvur qiling, nimadur bo’ldiyu mamlakatdagi yalpi talab kamayib ketdi, yalpi talab kamaysa yalpi talab egri chizigi chap tomonga suruladi. Endi muvozanat ishlab chiqarish joyidan ko’chdi. Ya’ni iqtisodiyot endi o’zining tabiiy darajasida ishlab chiqarmayabdi, manfiy bo’shliq yuzaga keldi. Buning oldini olish maqsadida esa aholi talabini, bozor taklifini va davlat nazorat ishlarini olib boorish jarayonlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va bularni raqamlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda iqtisodiy islohotlar olib boorish maqsadga muvofiq bo’ladi. Muvozanat narx xam pasayadi (P1, P2). Muvozanat ishlab chiqarish ham kamaydi (Y2). Bu holat fillips egri chizg’i grafigida qanday bo’ladi. Bizda ishlab chiqarish tabiiy darajadan past. Bu degani ishsizlik ortdi degani. Narxlar pastlagan, ishsizlik esa ortgan bo’lsa u holda fillips egri chizigidagi manabu nuqta chiziq bo’ylab o’ng tomonga ko’chadi. Ishsizlik baland, inflyatsiya past nuqtaga ko’chdi. Aytaylik inflyatsiya avval 3% edi endi esa, narx darajasi 2%, ishsizlik darajasi esa 9% lik nuqtaga ko’chdi. Endi faraz qilaylik mamlakatdagi yalpi talab talab ortadigan bolsa nima boladi. Bunda yalpi talab egri chizg’I o’ng tomonga siljiydi. Va muvozanat nuqta esa yuqoriga siljiydi. Bu yerda ishlab chiqarishning muvozanat nuqtasi tabiiy darajadan yuqori joylashgan. Yani ishlab chiqarish ortyabdi (Y3), narx darajasi ham oshyabdi (P3). Bu narsa fillips egri chizig’ida qanday korinadi. Ishsizlik past inflyatsiya yuqori bo’lgan joyga kochadi. Bu yerda ishsizlik darajasi 4%, inflyatsiya ham 4%. Xullas AD-AS modelida yalpi 24 talab egri chizig’I siljiganda fillips egri chizigidagi nuqta chiziq boylab harakatlanadi ekan. Endi iqtisodiyot qizib ketib narx darajasi ortadigan bo’lsa, ishchilar ham ko’proq ish haqi talab qilishni boshlaydi. Chunki narxlar oshgan ish hajmi esa odatdagidanda qizg’inroq va ko’proq, ishsizlar kam, boshliq ishchilarning o’rniga boshqa odam olib kela olmaydi noiloj ishchilarning talablarini qondiradi. Ish haqi oshgach korxonaning harajati ortadi mahsulotning tannarxi ortadi va narxi ham ortadi. Shuningdek harajat ortgandan keyin korxonada kop mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat kamayadi va ishlab chiqarishni kamaytiradi ular. Demak yalpi taklif egri chizigi tepaga va chap tomonga siljiydi. Shunda muvozanat ishlab chiqarish nuqtasi ozining tabiiy xoliga qaytyabdi ammo narxlar oshyabdi. Bu holat fillips egri chizigida o’nga va tepaga siljiydi. Agar yangi texnologiyalar kashf etilsa, aholi soni ortsa, ularning malakasi ortsa, yangi yerlar ozlashtirlsa iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyati ortadi va uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizigi o’ng tomonga suruladi. Huddi shunga oxshab fillips egri chizigi grafigida ham dunyoda qandaydir texnologik yangilik bolsayu lekin ishchilarning malaksi oshanday qolib ketayversa koplab ischilar shunchaki kerakmas ishchilarga aylanadi va tabiiy ishsizlik darajasi ortadi. Uzoq davrdagi fillips egri chizigi o’ng tomonga suruladi. Agar ishchilarning ilmiy malaksi va saviyasi oshadigan bolsa tabiiy ishsizlik kamayadi chiziq chap tomonga suruladi. 2.2 AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng bo'lishi kerak. Avvalo yalpi talab egri chizig'i va yalpi taklif egri chizigining oraliq kesmada mos kelishini ko'rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda AD 0 va Y0 lar bilan belgilangan. Nima uchun AD0 narxlarning muvozanatli darajasi va Y0 milliy ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko'rsatishimiz uchun narxlarning muvozanatli darajasi AD0 emas, balki AD1 deb hisoblaymiz. Narxlar darajasi AD1 25 bo'lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi. Iste'molchilar narxlar darajasi ADi bo'lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo'lganligi tufayli iste'molchilar o'rtasidagi raqobat narxlar darajasini Re gacha suradi. Narxlar darajasining AD 1 dan AD0 gacha. ko'tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y0 gacha oshirishga va iste'molchilarning talabini Y2 dan Ye gacha kamaytirishga olib kelali. Va bu AD, AS to'g'ri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, AD0 narx narxlarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.(2.2.1-chizma) 2.2.1-chizma. Yalpi taklif egri chizig`ining oraliq kesmadagi muvozanati 10 2.2.1-rasmda yalpi talab egri chizig'i yalpi taklif egri chizig'ini Keyns kesmasida kesib o'tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas. Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Y0 va muvozanatli narxlar darajasini AD0 bilan belgilaymiz. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Y0 ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y, deb hisoblaymiz. U xolda AD<AS, oqibatida sotilmay qolgan tovarlar va xizmatlar hajmining ortishi ishlab chiqarishni Ye darajaga pasaytirilishiga olib keladi. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y, deb hisoblacak, aksincha, AS<AD oqibatda korxonalarda tovar zaxiralari kamayib ularni ishlab chiqarishni Ye 10 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quv qo'lIanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2005. 26 darajaga oshirishga undaydi. Shunday qilib aynan jami taklif va jami talabning kesishish nuqtasigina AD-AS modelda muvozanat nuqtasi va shu nuqtaga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmi esa milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi deyiladi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig'ining keyns kesmasida yalpi talabning o'zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o'zgarmaydi.(2.2.2-chizma) 2.2.2-chizma. Yalpi taklif muvozanatining keyns kesmasidagi muvozanati 11 Yalpi talab egri chizig'ini AS egri chizig'ining vertikal kesmasida o'zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta'sir ko'rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o'zgaradi, xolos. Ya'ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o'zgarishi faqat narxlardarajasi o'zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to'liq bandlik sharoitida o'zgarmay qoladi. Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o'sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko'payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko'rsatadi. Yalpi taklifning o'zgarishi muvozanat narxlar darajasiga va milliy ishlab chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta'sir ko'rsatishini ko'rib chiqamiz. Yalpi taklif o'zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga taʼsirini 2.2.3-chizma misolida ko'rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar 11 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quv qo'lIanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2005. 27 ta'sirida yalpi taklifning AS, dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y, dan Y₂ gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko'tariladi, ya'ni stagflyatsiya ro'y beradi. 2.2.3-chizma. Yalpi taklif o'zgarishining ta'siri 12 Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog'liq bo'lmagan omillardan birortasi o'zgarib, yalpi taklifning o'zgarishiga olib kelsin. Ya'ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda Jami taklif egri chizig'i AS, dan AS₁holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya'ni, iqtisodiy o'sish holati ro'y beradi. Yalpi talab (inglizcha: Aggregate-demand) iqtisodda yakunlangan mahsulotlar va xizmatlar uchun maʼlum bir paytda va narxda boʻlgan umumiy talab. Yalpi talab barcha mumkin boʻlgan narx darajalarida sotib olinadigan mahsulotlar va xizmatlar qiytmatini belgilaydi. Yalpi taklif – iqtisodiyotda har qanday mumkin boʻlgan narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishga tayyor bolgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi. 12 Ishmuhamedov A.E. va boshqa. Makroiqtisodiyot (O'quv qo'lIanma). -T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2005. 28 Biz ushbu bog`lanishga misol qilib olib O`zbekiston Respublikasi statistik ma’lumotari orasidagi bog’lanishni o‘rganishni maqsad qildik. Biz quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali mamlakatning talab va taklif holatlariga baho berishimiz mumkin: (2.2.1-jadval) Y-aholining iqtisodiy faollik darajasi; X1-mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi sonining jami aholi soniga nisbatan ulushi; X2-bandlik darajasi; X3-ishsizlik darajasi. 2.2.1-jadval Mamlakatning talab va taklif holati13 Biz ushbu ma`lumotlar asosida 2021-yil aholining iqtisodiy faollik darajasi va unga mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi sonining jami aholi soniga nisbatan ulushi, bandlik darajasi va ishsizlik darajasining bog’liqligini o‘rganib chiqdik. 13 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlari asosida tuzilgan. 29 Bunda 2021-yil ma’lumotlari orqali mamlakatning talab va taklif holatlariga yaxshi baho bera olamiz. Bunga asos esa barcha viloyatlarda iqtisodiy faollik darajasi 70% dan yuqoriligidir bu orqali aholining xarid qobiliyati shaklladi bunda taklif va talab hosil bo’lishi muofiqlashadi. 30 XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, AD-AS modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo‘lib milliy bozorni qisqa va uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish va baholash uchun asos yaratadi. Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi AD egri chizig‘i trayektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan hamda baho omillaribo‘lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi. AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq muddatli davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo‘ladi. Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli darajasi deb aytiladi. AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyatsiyadan dalolat beradi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin. Buning oldini olish maqsadida esa aholi talabini, bozor taklifini va davlat nazorat ishlarini olib boorish jarayonlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va bularni 31 raqamlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda iqtisodiy islohotlar olib boorish maqsadga muvofiq bo’ladi. Iqtisodiy o'sish boylik, ish o'rinlari yaratish va qashshoqlikni kamaytirish uchun zarurdir. U odatda iqtisodiy o'sishning asl mohiyatini to'liq aks ettirmaydigan YaIM va YaIM orqali o'lchanadi. Shunday qilib, hukumatlar iqtisodiyot sog'lig'i va fuqarolar farovonligiga ta'sir qiluvchi kengroq omillarni hisobga oladigan qo'shimcha ko'rsatkichlarni ko'rib chiqishlari zarur. Iqtisodiy o'sishning bir necha turlari mavjud bo'lib, ular turli omillar bilan ajralib turadi va iqtisodiyotga turli xil ta'sir ko'rsatadi. Ko'zda tutilgan o'sish turlari iqtisodiyotning maqsad va ustuvorliklariga bog'liq bo'ladi. Biroq, uzoq muddatli iqtisodiy farovonlikni ta'minlash uchun faqat ekstensiv yoki intensiv o'sishga e'tibor qaratish o'rniga, barqaror va inklyuziv iqtisodiy o'sishni ta'kidlash kerak. O‘zbekiston hukumati so‘nggi yillarda jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan va yalpi ichki mahsulot o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shayotgan xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga ham ustuvor ahamiyat qaratdi. O‘zbekistonni dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchilar uchun yanada jozibador manzilga aylantirishga intilayotgan hukumat tashabbuslari bilan ilgari surilayotgan ushbu sa’y-harakatlarda turizm sohasi asosiy yo‘nalish bo‘ldi. Umuman olganda, O'zbekistonning iqtisodiy o'sish manzarasi ajoyib muvaffaqiyat tarixi bo'ldi. Mamlakatni sanoatlashtirish va liberallashtirish siyosati tabiiy resurslardan foydalanish bilan birgalikda nisbatan qisqa vaqt ichida ta’sirchan iqtisodiy o‘sishni ta’minladi. Kelgusiga nazar tashlaydigan bo'lsak, O'zbekistonning istiqbollari porloq bo'lib qolmoqda, diversifikatsiya, investitsiyalar va iqtisodiy islohotlar davom ettirilib, kelgusi yillar davomida barqaror o'sish va taraqqiyotga xizmat qilishi kutilmoqda. O'zbekistonda makroiqtisodiy muvozanatni yaxshilash uchun quyidagi takliflar berilishi mumkin: 1. Narxlarning stabilizatsiyasi: Narxlarning kontrol qilinishi va inflatsiya darajasining pastlashi uchun qo'llaniladigan politikalar. 32 2. Ishsizlik darajasini pastlash: Ishsizlikni kamaytirish va ish o'rinlari yaratish uchun dasturlar va loyihalar. 3. Savdo va eksportni kengaytirish: Savdo muvaffaqiyatini oshirish, eksport mahsulotlarini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qo'llaniladigan chora-tadbirlar. 4. Infrastruktura rivojlanishi: Transport tarmoqlarini rivojlantirish, energetika tizimini kuchaytirish, kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va boshqa infrastruktura sohalari rivojlantirish. 5. Sanoatni kengaytirish: Sanoat sohasini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash va sanoat mahsulotlarini eksport qilishga yo'l qo'yish. 6. Investitsiyalar va korporativ boshqaruvni kuchaytirish: Sarmoyadorlik muhitini yanada kuchaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va korporativ boshqaruvni yanada mustahkamlashtirish. Bu takliflar O'zbekistonning makroiqtisodiy muvozanatini yaxshilashda yordam berishi mumkin. 33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI I. 1. Normativ – Huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 27.12.2022 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida” qarori, SQ-669-IV-son. www.lex.uz 2. “2020-2021-yillarda iqtisodiy o`sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.08.2020 yildagi 526-son qarori. www.lex.uz 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni, PF-60-son. www.lex.uz 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral. www.lex.uz II. 5. Kitoblar, o’quv qo’llanmalar va darsliklar Agapova T.A. Makroiqtisodiyot / ta Agapova, S.V. Sergey, A.V. Sidorovich- M.: "Biznes va xizmat", 2009 yil. 6. Е.М.Майбурд. Введение в историю экономической мысли, M., 7. Edward Shapiro. Macroeconomic analysis. Fifth edition. Oxford. 1996; Copyright . 2015. 8. Ergashev E. Makroiqtisodiyot “Iqtisod-moliya”. 2018. 9. Gryaznevoy A.G., Dumnoy N.N.. Makroekonomika Teoriya i rossiykaya praktika: uchebnik. M.: KNORUS. 2008. 10. Ishmuhamedov A.E., Djumaev Z.A., Jumaev Q.X., Makroiqtisodiyot: o`quv qo`llama.-T., O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamga`rnas nashriyoti, 2005. 11. Jumayev Z. Makroiqtisodiyot. Darslik. 2018. 34 12. Kiselyova E.A Makroekonomika: Kurs leksiy M.: Izd-vo Ekemo. 2007. 13. Maxmudov N.M., Asqarova M.T., Umarov I.Yu. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash. Darslik.-T.: Fan va texnologiyalar. 2014. 14. Menkyu N.G. Prinsipi makroekonoiki. SPb.: Piter. 2009. 15. Mariganova E.A. SHapiro S.A. Makroekonomika. Ekspress kurs: uchebnoe posobie-M.: KNORUS. 2010. 16. Tarsevich L.S., Grebnikov P.I., Lusskiy A.I. Makroekonomika: Uchebnik.-M.: Visshee obrazovanie. 2006. III. 17. www.stat.uz 18. www.mineconomy.uz 19. www.strategy.uz 20. www.uza.uz 21. wikipedia.uz 22. www.orginfo.uz Internet saytlari 35
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )