O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
SURXONDARYO KAMPUSI
_____________________________fakulteti
______________________________________________fanidan
____________________________________________
Mavzu:_______________________________________
Tayyorladi:____________________________________
Qabul qildi:____________________________________
MAVZU:
OʻZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN IJTIMOIY
MAʼNAVIY O‘ZGARISHLAR
РЕЖА
Milliy-mа’nаviy nеgizlаr tushunchаsi, mаzmuni vа mоhiyati hаmdа
mustаqil dеmоkrаtik jаmiyat qurilishidа uning yangichа mаzmun
kаsb etishi
milliy g’оya vа mа’nаviy nеgizlаrgа tаyanish zаruriyati hаmdа ungа
zid jаrаyonlаrgа qаrshi kurаshish
Milliy vа mа’nаviy o’zgаrishlаrning dаvlаt vа jаmiyat qurilishidа аks
etishi
Mana shunday bir jarayonda milliy va umuminsoniy ma’naviyatning
turli ta’sirlarga uchrash jarayoni ko’z oldimizda sodir bo’lmoqda. Yuksak
taraqqiyotga erishgan davlatlar dunyoga yetakchilik qilayotgan bir davrda,
hali o’zligini anglashga ulgurmagan, endi rivojlanish yo’liga o’tgan millat
va xalqlarning turli ma’naviy tahdidlarga bardosh berish masalasi tobora
dolzarblashib bormoqda.
Dunyo miqyosida mafkuraviy manzaraga e’tibor qaratadigan bo’lsak, g’oya
va mafkura masalasi oldingi davrlarga nisbatan o’ta ta’sirchan va samarador
kuchga aylanib ulgurdi. Haqiqatan ham, “odamlar endilikda kuchga emas,
ko’proq g’oyalarga buysunishadi”. Ana shu jihatdan ushbu yo’nalishda olib
boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarida mafkuraviy jarayonlar tushunchasi,
genezisi, mazmuni, jamiyat hayotiga ta’siri, mafkuraviy transformatsiya
jarayonini o’rganish va tahlil etish hamda mazkur jarayonning asosiy
qonuniyatlarini aniqlab, ularni global taraqqiyot jarayonida mintaqa yoki
biror bir mamlakat misolida o’rganish dolzarb ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning davlat
va jamiyatni boshqarishning birinchi nazariy asosi bo’lgan “O’zbek modeli”,
ilmiymetodologik manba sifatidagi asarlari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlari, xususan, davlat rahbari tashabbusi bilan
ishlab chiqilgan
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasi, Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi va keng ko’lamli
islohotlar olib borish borasidagi g’oyalari ushbu tadqiqotga ilmiymetodologik asos bo’lib xizmat qilsa, sohaga oid qonun hujjatlari, Prezident
farmonlari, qarorlari va boshqa normativhuquqiy hujjatlar tadqiqotning
uslubiy bazasi bo’lib xizmat qiladi.
Davlat va jamiyat xavfsizligining nazariy va amaliy jihatlari qadim
zamonlardayoq Konfutsiy, Platon, Aristotel, Suqrot, Sitseron tomonidan
o’rganilgan. Sharqda Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Nizomulmulk, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning asarlarida jamiyat
a’zolarini turli yot ma’naviy tahdidlardan asrab-avaylash,
davlat milliy-ma’naviy xavfsizlik tizimini
shakllantirish uslubiyati, tizimlari va jarayonlari rivojlantirilgan.
Yangi O’zbekistonda g’oya va mafkuralarning transformatsiyalashuvi
jamiyat hayotining ijtimoiy-ma’naviy yuksalish indikatorlari ochib berilgan,
mafkuraviy jarayonlarni strukturaviy, kompleks va funksional jihatdan
umumlashtirish hamda amalga oshirilayotgan mafkuraviy islohotlar va
ularning o’ziga xos xususiyatlarining mafkuraviy tarbiya va uning jamiyat
ma’naviy yuksalishiga ta’sir ko’rsatish mexanizmlari ochib berilgan.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo’yicha Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo’nalishi doirasida
mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlament hamda siyosiy partiyalar
rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va davlat
xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, yoshlar siyosati
mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan; mamlakatimizda fuqarolar siyosiy madaniyatini yuksaltirish,
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada takomillashtirishva yoshlar
bilan o’zaro hamkorligidagi innovatsionyondashuvlarini ishlab chiqish uchun
takliflar asoslab berilgan; globallashuv sharoitida fuqarolarning
ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmlarini
takomillashtirishda ta’lim tizimining keng ishtirokini
ta’minlash mexanizmlari asoslangan.
Yangi O‘zbekistonda kichik va xususiy biznes sub’ektlari soni keyingi paytda ikki barobar
ko‘paydi, ushbu tarmoqdagi 50%dan ziyod korxonalar faqat keyingi uch yilda tashkil
etilgan. Bu esa mamlakatimizda muhim ijtimoiy qatlam – o‘rta qatlamning kuchayishi
uchun puxta zamin bo‘lmoqda. Shuning uchun ham biznesni qo‘llab-quvvatlash,
tadbirkorlik va xususiy mulkni himoya qilish barcha iqtisodiy islohotlarning bosh masalasi
hisoblanadi. Tadbirkorlar ularni qo‘llab-quvvatlash haqidagi chiroyli so‘zlarni ko‘p
eshitishgan, endi esa bu gaplarning amaliy ta’siri va natijasini o‘z kundalik faoliyatlarida
his etishmoqda. 2021 yilning 20 avgusti kuni Prezidentimiz yurtimiz tadbirkorlari bilan
ochiq muloqot o‘tkazdi va tadbirkorlardan kelgan 15 mingdan ziyod savol, taklif va
tashabbuslarni o‘rganib chiqildi, yechimlar, va imtiyozlar taqdim etildi. Bunday shakldagi
uchrashuv ilk bora o‘tkazilgani va unda jami o‘n mingga yaqin tadbirkor ishtiroki va ularga
so‘z berilishi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash – fuqarolar, xalqimiz farovonligini
oshirishning eng samarali yo‘li, «Yangi O‘zbekiston»ni barpo etishning pirovard maqsadi
ekanligining yaqqol namunasidir. Shu kuni Prezidentimiz bunday ochiq muloqotni har yili
tashkil etishni, 20 avgustni mamlakatimizda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif
etdi. Bu taklif barcha tadbirkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Xulosa o‘rnida aytganda, bugungi Yangi O‘zbekistonda olib
borayotgan mamlakat va xalqaro miqyosdagi tashabbuslar va
siyosiy takliflarni yangicha boshqaruv, yangi strategiyalar va
yangi imkoniyatlarning amaldagi yorqin namunasidir. «Inson
qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada
oshirish, mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini
so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga
qaratilgan islohotlar bugunga kelib o‘z mevasini berishni
boshladi. Bugun xalqimiz yurtimizda Prezidentimiz boshchiligida
olib borilayotgan islohotlarga ishonayabdi, inonayabdi, qo‘llabquvvatlayapdi. Albatta, bu borada biz bugungi O‘zbekiston
yoshlarining ham o‘z aytar so‘zimiz bor: «Kerakli bilim va
ko‘nikmalarni egallab, mana shu Ona xalqimizga, Vatanimizga va
Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilish, mamlakatimiz
rivojiga o‘z hissamizni qo‘shish va Yangi O‘zbekistonning xalqaro
ijobiy Yangi imijini shakllantirish bugungi biz yoshlarning eng
oliy maqsadlarimizdan biridir. Yangi O‘zbekiston biz Sen bilan!»