Operatsion tizimlar fani
3-amaliy ish. Windowsda topshiriqlarni rejalashtirish (5 ball)
Ishning maqsadi: talabalarni Windows OTda topshiriqlarni avtomatik ravishda
bajarilishini rejalashtirishni o‘rganish bilimlari va ko‘nikmalarini
oshirishdan iborat.
Ishning bajarilish tartibi:
Topshiriqlarni rejalashtirish uchun Windows oilasi OTda Windows
Schedulerdan foydalaniladi.
Windows Scheduler ma'lum bir vaqtda yoki tizimdagi hodisaga javoban
topshiriq va vazifalarni (fon rejimida) bajarish uchun ishlatiladi. Uning yordamida
tizimdagi zararli dasturlarni tekshirish yoki muayyan skriptlarni bajarish uchun rejali
(vaqtga bog’liq bo’lgan) jadvallarni tashkil etish mumkin.
Odatda, bunday topshiriqlar individual jarayonlarni avtomatlashtirish uchun
ishlatiladi:
Kompyuterda bajariladigan turli vazifalarni parametrik avtomatlashtirish,
masalan:
o ma'lum bir vaqtda tiklash uchun nazorat nuqtasini avtomatik
yaratish
o muayyan kunlarda diskni tozalash
o ma'lum bir vaqtda diskni defragmentatsiyalash
o diagnostik testlash
kompyuterni yuklash jarayonini optimallashtirish va h.k.
Windows OTda topshiriqlarni rejalashtiruvchi bir nechta vositalar mavjud,
ularga, Планировщик заданий, Schtasks buyruq qatori vositasi hamda Windows
PowerShell bir nechta cmdletlari. Ushbu vositalar mahalliy va uzoq ish
stantsiyalarida ishlarni rejalashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
1-topshiriq. Windowsda topshiriqlarni rejalashtirish
Windows topshiriqlar rejalashtiruvchisi (Task Scheduler, Планировщик
заданий) dasturinini ochish uchun:
1. Boshqaruv paneli (Панель управления, Control Panel)ni ochish
2. Tizim va xavfsizlik (Система и безопасность, System and Security)
yorlig'ini ochish
3. Administrative Tools bo’limidan Schedule tasks havolasini tanlash.
Yoki Пуск menyusidan Планировщик заданий so’zini yozish bilan ochish
mumkin.
«Выполнить» yordamida ham ochish mumkin:
1. Win+R tugmalarini bosib «Выполнить» muloqat oynasini ochish.
2. Unda taskschd.msc yozuvini kiritib Enter tugmasini boshish.
Windows topshiriqlar rejalashtiruvchisining oynasi
TOPSHIRIQLAR:
Har bir talaba o’zi ishlayotgan kompyuterida quyidagi topshiriqlarni
rejalashtirishni o’rganishi kerak:
1. Kompyuter qo’shilganda tuit.uz saytini oshishingizni eslatuvchi xabar
(C:\Windows\System32\msg.exe) ekranga chiqarilsin
2. Kompyuter qo’shilganda Chrome brauzeri ekranga chiqarilib, unda
tuit.uz sayti yuklangan bo’lsin.
3. Kompyuterni har kuni soat 22:00 da avtomatik o’chirishni rejalashtiring
4. Har soatda “Kompyuterdan uzoqlashing, ko’zingizni dam oldiring!” degan
xabar ekranga chiqarilsin
Bu joyda 4-vazifa uchun topshiriqni yaratish va unga nom berish jarayoni amalga
oshirilayabti
Tirger bo’limida topshiriq qachon ishga tushishi kerakligi va qo’shimcha
sozlamalari keltirilgan oyna keltirilgan
2-topshiriq. Powershellda Windowsda topshiriqlarni rejalashtirish.
1. Temp fayllarini o‘chirish uchun PowerShell skripti
Bu skript %TEMP% papkasidagi fayllarni o‘chiradi va xatoliklarni e’tiborsiz
qoldiradi (masalan, agar fayl ishlatilayotgan bo‘lsa).
# Skriptni C:\Scripts\CleanTemp.ps1 sifatida saqlang
$tempFolder = "$env:TEMP"
Get-ChildItem -Path $tempFolder -Recurse | Remove-Item
-Force -ErrorAction SilentlyContinue
Write-Output "Temp fayllari o'chirildi: $(Get-Date)" >>
"C:\Logs\TempClean.log"
Skript tushuntirishi:
$env:TEMP: Foydalanuvchining temp papkasini aniqlaydi (masalan,
C:\Users\Username\AppData\Local\Temp).
Get-ChildItem -Recurse: Temp papkasidagi barcha fayl va подпapkani
oladi.
Remove-Item -Force: Fayllarni majburiy o‘chiradi.
-ErrorAction SilentlyContinue: Xatolarni (masalan, foydalanilayotgan
fayllarni) e’tiborsiz qoldiradi.
Write-Output: O‘chirish vaqtini log fayliga yozadi (ixtiyoriy).
Skriptni C:\Scripts\CleanTemp.ps1 sifatida saqlang. Agar C:\Scripts yoki C:\Logs
papkalari mavjud bo‘lmasa, ularni oldindan yarating.
2. Skriptni har kuni rejalashtirish
Endi bu skriptni har kuni, masalan, soat 08:00 da ishga tushirish uchun PowerShell
yordamida topshiriq rejalashtiramiz:
powershell
СвернутьПереносКопировать
# Topshiriq uchun harakat (action) yaratish
$action = New-ScheduledTaskAction -Execute
"powershell.exe" -Argument "-NoProfile -ExecutionPolicy
Bypass -File C:\Scripts\CleanTemp.ps1"
# Topshiriq uchun tetik (trigger) yaratish (har kuni
soat 08:00)
$trigger = New-ScheduledTaskTrigger -Daily -At
"08:00AM"
# Topshiriqni ro'yxatdan o'tkazish
Register-ScheduledTask -TaskName "CleanTempDaily" Action $action -Trigger $trigger -Description "Har kuni
soat 08:00 da temp fayllarini o'chiradi" -RunLevel
Highest
Kod tushuntirishi:
$action: PowerShell-ni ishga tushirib, CleanTemp.ps1 skriptini bajaradi.
$trigger: Topshiriq har kuni soat 08:00 da ishga tushadi.
Register-ScheduledTask: Topshiriq "CleanTempDaily" nomi bilan
ro‘yxatdan o‘tadi.
-RunLevel Highest: Topshiriqni administrator huquqlari bilan ishlatish
uchun (temp fayllarini o‘chirish uchun ko‘pincha kerak bo‘ladi).
3. Qo‘shimcha sozlamalar (ixtiyoriy)
Agar topshiriqni ma’lum bir foydalanuvchi hisobidan ishlatmoqchi bo‘lsangiz:
powershell
СвернутьПереносКопировать
Register-ScheduledTask -TaskName "CleanTempDaily" Action $action -Trigger $trigger -User "Username" Password "Password" -RunLevel Highest
Bu yerda Username va Password o‘rniga haqiqiy foydalanuvchi ma’lumotlarini
kiriting.
4. Tekshirish
Topshiriq ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, uni Task Scheduler-da ko‘rishingiz
mumkin:
powershell
СвернутьПереносКопировать
Get-ScheduledTask -TaskName "CleanTempDaily"
Agar topshiriqni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz:
powershell
СвернутьПереносКопировать
Start-ScheduledTask -TaskName "CleanTempDaily"
Natija
Yuqoridagi kod yordamida:
1. CleanTemp.ps1 skripti temp fayllarini har kuni o‘chiradi.
2. Topshiriq har kuni soat 08:00 da avtomatik ishga tushadi.
3. Log fayli (C:\Logs\TempClean.log) orqali qachon
kuzatishingiz mumkin.
o‘chirilganini