Individuallikning umumiy xususiyati 1 Mavzu: Individuallikning umumiy xususiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: 1. Individual -tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi. 2. Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar. 3. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi va qiziqishlar diagnostikasi. 4. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. 5. Xarakter va shaxs. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar 2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Tirik mavjudotlar orasida inson eng murakkabidir. Odamzod tug’ilganidan so’ng, tashqi olam bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan uni tushinishga, o’rganishga harakat qila boshlaydi. Bunda turli xil davrlarni bosib o’tadi. Asta-sekinlik bilan o’zini ham anglay boshlaydi. Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki-yashirin xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular birlashgan holda individ, shaxs, individuallik tushunchalarida aks etuvchi muayyan obrazni shakllantiradi. Individ - lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan bo’lib, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatuvchi bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxsni bildiradi. Individ atrofimizdagi barcha odamlardir. Ya’ni, kasbi, aqliy faoliyati, sog’lomligi yoxud imkoniyati cheklanganligidan qat’iy nazar individ hisoblanadi. Har bir mavjudot o’sib-ulg’aygani sari u o’zgarib boradi. Odam ham mukammallashib, individlik bosqichidan mustaqil shaxs va individuallikka erisha boshlaydi. Bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega bo’lib, ibtidoiy davrga xos bo’lgan individlik evolutsiya natijasida shaxsga aylanadi Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Bunda ijtimoiy munosabat, muloqot, muomala shakllangan va yangi avlod uchun tayyor qolip vazifasini o’taydi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql idrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig’i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy-maʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, 3 hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi. Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Shaxsning eng muhim jihat – bu uning individualligidir. Individuallik – muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qoʻyiladi. Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan. Qadimgi Rim faylasufi Seneka individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. Individuallik oʻziga xos xususiyatlarni va mazmunini yoʻqotmay turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini eʼtirof etgan. Oʻrta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. XVII asrda individuallik bilan bogʻliq fikr-mulohazalar nemis faylasufi Leybnits taʼlimotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham oʻz ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo’ladigan o’ziga xos sifatlari hisoblanadi. Individuallik alohida holda olinganda insonning aniq xatti-harakati, malakasi, layoqati, odat va ko’nikmalarini ifoda etadi. Unda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farqlanadi. Uning tarkibiga xarakter, temperament, iroda, iqtidor, qobiliyat va shu kabilar kirib, ular takrorlanmasdir. Ya’ni bir odamga xos bo’lgan iqtidor, qobiliyat, emotsiya, mimika, xarakterlar boshqa bir odamda aynan uchramaydi. Shu sababdan ham ular individualdir. Insonning tug’ilishidan tortib uning so’nggi nafasi qolgunicha bo’lgan davrda bosib o’tgan umr yo’lida pog’onama pog’ona o’zligini topadi. Shunday ekan, 4 hayotimizda bo’ladigan har bir hodisa, uchraydigan har bir odam biz uchun tajriba bo’lib, individdan individuallikkacha o’zgartirib, yuksaltiradi. Kurs ishining ob’ekti: Individuallikning umumiy xususiyati. Kurs ishining maqsadi: Individuallikning umumiy xususiyati samaradorligini tahlil qilish va o'rganish. Kurs ishining vazifasi: 1. Individual -tipologik xususiyatlar klassifikasiyasini o’rganish; 2. Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlarini o’rganish; 3. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi va qiziqishlar diagnostikasini o’rganish; 4. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlarini o’rganish; 5. Xarakter va shaxsni o’rganish va tadqiq etishdan iborat. Kurs ishining predmeti Individuallikning umumiy xususiyatining o’ziga xos xususiyatlari. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, Asosiy qism (5ta paragraf), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat. 5 1.Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o’xshash bo’lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo’yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o’xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo’lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko’p jihatdan aynan o’xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyasiyada esa ba’zi tafovutlar aniqlangan. Shaxs-qaytarilmas, u o’z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning indivi-dual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o’rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonmayon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish o’rinli deb hisoblaymiz. Bu — «individ» va «individuallik» tushunchalaridir. «Individ» tushunchasi umuman «odam» degan tushunchani to’ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o’z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ — insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir. «Individuallik» — yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emosiyalari, xulqiga xos motivasiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o’tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta’minlovchi kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo’yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko’z qarashlari, barmoq xarakatlari va shunga o’xshash sifatlari bir xil bo’lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivasiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo’lgan odamni topib bo’lmaydi. Ular — individualdir. 6 Qobiliyatlar — shaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko’rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi. Temperament — insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, xolatlar va insonlarning xatti-xarakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir. Xarakter — shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z-o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o’z ichiga oladi. Irodaviy sifatlar — har birimizning o’z oldimizga maqsad qo’yib, unga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o’z ichiga oladi. Emosiyalar va motivasiya esa atrofimizda sodir bo’layotgan hodisalar, bizni o’rab turgan odamlar va ularning xatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo’lib, ular ayni vaziyatlardagi real xolatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi. Demak, individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimz yo’naltirilgan muhim predmet ekan. Chunki aynan ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual uslubimizga bevosita aloqador. Kimdir juda chaqqon, tez ish qiladi, lekin sifatsiz. Kimdir juda yaxshi qoyilmaqom ish qiladi, lekin juda sekin, kimdir ishga yuzaki qarab, nomiga uni bajarsa, boshqa bir odam unga butun vujudi va e’tiqodi bilan munosabatda bo’lib, tinimsiz izlanadi va jamiyat uchun manfaat qidiradi. Shuning uchun ham individuallikning faoliyat va muloqotdagi samarasini inobatga olib, eng muhim individual-psixologik xususiyatlarni alohida o’rganamiz. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi. Odamlarning o’quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o’ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli 7 odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o’sha insonning o’zi ham qilgan har bir harakatidan o’zi uchun naf ko’radi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko’nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog’liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo’lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo’lib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko’proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog’lab o’rganiladi. har bir normal odam o’zining aqlli bo’lishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Aqlsiz, nodon» degan sifat esa har qanday odamni, xattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq xalqlarida biror kimsaga nisbatan «o’ta aqlli» yoki «o’ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o’rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o’g’li anchagina aqlli bo’libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo’lib, ota-onasini kuydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi. Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog’liq sifatlar juda ko’plab tadqiqotlar obyekti bo’lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo’lgan ko’rsatgichni o’lchashga uringanlar. Ko’pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya’ni so’zlarda ifodalanadigan), miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko’rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari bilan bog’liq jihatlarni ham qo’shganlar. Ch. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatgichlar o’rtasida bog’liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega bo’lgan psixik xususiyat ekanligini ko’rsatdi. Boshqa bir olim Dj. Gilford esa aqlni bir qator aqliy operasiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikasiya qilish) natijasida 8 namoyon bo’ladigan xususiyat sifatida o’rganishni taklif etgan. Bu olimlar aql so’zidan ko’ra intellekt so’zini ko’proq ishlatib, bu so’zning o’ziga xos talqini borligiga e’tiborni qaratganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual potensialga ega bo’lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potensial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan — shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va bo’ladigan xodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu o’rinda «intellekt» so’zining lug’aviy ma’nosini tushunib olaylik. Intellekt — lotincha so’z — intellectus — tushunish, bilish va intellectum — aql so’zlari negizidan paydo bo’lgan tushuncha bo’lib, u aql-idrokning shunday bo’lagiki, uni o’lchab, o’zgartirib, rivojlantirib bo’ladi. Bu — intellekt va u bilan bog’liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko’rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko’rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari — kelajagini XXI asr bilan bog’lagan o’g’il-qizlarning intellekt darajasi ularning otabobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez o’zlashtirib olmoqda, jahon tillaridan bir nechtasini bilish ko’pchilik uchun muammo bo’lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o’zlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o’sishiga ta’sirini hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma’rifiy muhitda tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, xohlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz o’zlashtira oladi. hattoki, bunday bolaga oliy o’quv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o’ta tushunarli, ular yanada murakkabroq masalalarni yechishni xohlaydi. 9 2.Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar. Ba’zan o’ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug’ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, san’atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tug’ma yoki orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar diqqat markazida bo’lgan muammolardan. Psixologiyada tug’malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tug’ma xususiyatlardan — oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo’l-oyoqlarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sezgi organlari — ko’z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o’tadi), ijtimoiy layoqat — bola tug’ilishi bilan uni o’ragan muhit, muloqot uslublari, so’zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar (ular ota-ona tomonidan yaratiladi) dir. Layoqatlilik belgisi — bu o’sha individga aloqador bo’lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi. Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu ikki xil layoqat o’rtasida tafovut bo’lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola tug’ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug’ma, genetik belgilar otasi tomonidan berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo’lishini xohlamasligi, o’ziga o’xshash qo’shiqchi bo’lishini xohlashi mumkin. Ayol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo’q, ijtimoiy layoqat o’sishi uchun esa tabiiy, tug’ma layoqat yo’q bo’lgani sababli, bolada hyech qanday talant namoyon bo’lmasligi, u oddiygina musiqachi yoki qo’shiqchi bo’lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug’ma va orttirilgan belgilarni o’rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning o’zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to’g’ri yo’lga qo’yish kerak. Orttirilgan sifati shuki, bola toki bilim, malaka va ko’nikmalarni o’stirish borasida harakat qilmasa, eng kuchli tug’ma layoqat ham layoqatligicha qolib, u 10 iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam bo’lmaydi. Agar shaxs adashib, o’zidagi haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo’lsa, tabiiy, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko’rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o’z vaqtida to’g’ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi. Shuning uchun ham har bir ongli inson o’zidagi qobiliyat va zehnni ilk yoshlikdan bilib, o’sha o’zi yaxshi ko’rgan, «yuragi chopgan» ish bilan shug’ullansa, va undan qoniqish olib, qobiliyatini o’stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor-insonning o’z xatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo’lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o’zo’zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo’lib, o’zlari shug’ullanayotgan ishni bajonidil, sitqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zi o’ta iste’dodli, lekin kamxarakat kishilardan ko’ra jamiyatga ko’proq foyda keltiradi. Iqtidorli insonda iste’dod sohibi bo’lish imkoniyati bor, zero iste’dod — har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o’z qobiliyatini takomillashtirib borish yo’lida barcha qiyinchiliklarni yengish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo’lga kiritiladi. 11 3.Qobiliyatlarning psixologik strukturasi va qiziqishlar diagnostikasi. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi. Qobiliyatlar avvalom bor umumiy va maxsus turlarga bo’linadi va har birining o’z psixologik tizimi va tuzilishi bo’ladi. Shaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan, texnika oliy o’quv yurtining talabasi ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni o’zlashtira oladi. Bunda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik kabi qator sifatlar yordam beradi. Maxsus qobiliyatlar esa ma’lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori ko’rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o’z ichiga oladi. Masalan, sport sohasi bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo’yicha ishlayotgan ikki kishida o’ziga xos maxsus qobiliyatlar bo’lmasa bo’lmaydi. Har bir qobiliyat o’zining tizimiga ega. Masalan, matematik qobiliyatni oladigan bo’lsak, uning tarkibiga umumlashtirish malakalari, aqliy jarayonlarning egiluvchanligi, mavhum tafakkur qila olish kabi qator xususiyatlar kiradi. Adabiy qobiliyatlarga ulardan farqli, ijodiy hayol va tafakkur, xotiradagi yorqin va ko’rgazmali obrazlar, estetik xislar, tilni mukammal bilishga layoqat; pedagogik qobiliyatlarga esa — pedagogik odob, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni o’zgalarga berishga ehtiyoj kabi qator individual xossalar kiradi. Xuddi shunga o’xshash qolgan barcha qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish mumkin va bu katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi. Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko’ra shaxs qobiliyatlari yo’nalishini ochib berishdir. Shuning uchun ham hozirda ko’plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo’llanmoqda. 12 Qobiliyatlarni o’lchash muammosi XIX asrning oxiri — XX asrning boshlariga kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va boshqalar tomonidan o’rganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o’rganish uchun maxsus tastlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boruvchi testlar — topshiriqlar batareyasidan iborat bo’ladi. Masalan, Ayzenkning mashhur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo’lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini o’lchaydi. Bu yerda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash — qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharoq usullarni o’ylab topganlar. Ko’pchilik olimlar uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o’lchashning ishonchli mezoni — bu shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o’zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir. Rus olimi Ye. A. Klimov yoshlar iqtidorining yo’nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb-xunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning «Professional-diagnostik so’rovnoma» deb atadi. Shunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo’naltirilgan sohasiga ko’ra 5 toifaga bo’ldi: P (T) — tabiat (o’simlik, hayvonlar, mikroogranizmlar); T — texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari); Ch (O) — odam (odamlar guruhi, jamoalar); Z (B) — belgilar (turli ma’lumotlar, belgili simvollar); X (I) — badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa). 13 4.Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug’ma, biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo’lsa, ikkinchi tomondan — biologik yaxlitlik, tug’ma sifatlarni o’z ichiga olgan substrat-individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik-o’zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o’z ichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo’ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o’ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emosional xolatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaksiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda temperament— shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o’zgaruvchan) va emosional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning namoyon bo’lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o’zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o’zini turlicha tutadi: oliy o’quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to’g’risidagi axborotni eshitgan bolaning o’zini tutishi yoki hayotning og’ir sinovlari (yaqin kishining o’limi, ishdan xaydalish, do’stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reaksiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og’ir — bosiqlik bilan, boshqasi esa o’zini yo’qotgudek darajada xis-hayajon bilan boshidan kechiradi. Shuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o’ziga xos mavqyeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O’zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabrbardosh bilan ko’taradigan insonning odamlar orasidagi obro’si ham baland bo’ladi. Bu uning o’z-o’ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqyealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy 14 guruhlarni «yaxshi-yomon», «ahamiyatli-ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. Ya’ni, temperament odamning ijtimoiy obyektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi. Temperamental xususiyatlar aslida tug’ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo’lgani uchun ham ma’lum ma’noda o’zgarib boradi. Shuning uchun ham tug’ilgan chog’ida sang-vinikka o’xshash xarakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo’lmaydi. Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o’z hissasini qo’shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) hisoblanadi. I.P.Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I.P.Pavlov ta'limoti bo’yicha, shartli reflekslar paydo bo’lishining individual xususiyatlari ro’yobga chiqishining sabablari nerv sistemasini xususiyatlari mohiyatidandir. Unga ko’ra quyidagi 3 ta xususiyatni ajratib ko’rsatadi: 1) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi; 2) qo’zg’alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o’rtasidagi muvozanatlilik darajasi; 3) qo’zg’alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining harakatchanligi. I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o’zaro qo’shiluvini nerv sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to’rtta tipga ajratadi. Ular quyidagilardan iborat. 1. Kuchli, muvozanatli, epchil; 2. Kuchli, muvozanatsiz, epchil; 3. Kuchli, muvozanatli, sust; 15 4. Kuchli, muvozanatsiz sust. Yirik rus psixologlaridan biri B.M.Teplov (1896 - 1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I.P.Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o’ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo’ldilar. Ular nervfiziologik jarayonlarning nozik hirralarini o’rganishga maxsus moslamalar yordami bilan o’zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) matematik statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar. Shuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoyondalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil bo’lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta'riflab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb nomlangan ham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo’zg’alish jarayoni to’xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik deb atay boshlaganlar. Shuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi to’g’risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo. Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi. Nerv sistemasining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta'limotini eslash maqsadga muvofiqdir, chunonchi irsiyat yo’li bilan shartlangan tip-bu genotip demakdir. Hozirgi davrda nerv sistemasining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog’liq ekanligi haqidagi ma'lumotlar, juda ko’p bo’lib, ular qiyosiy jihatdan hayvonlarni o’rganish natijasida topilgandir. Temperamentning tipologiyasi mobodo insonlar temperamentlari bo’yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o’zaro o’xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo’ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham temperament tiplari to’g’risida materiallar to’plangan. I.P. Pavlov ta'limoti bo’yicha nerv sistemasi tiplarining va Gippokrat ta'limoti bo’yicha temperamentning o’zaro munosabatlari 16 Temperament Nerv sistemasining Nerv tizimining Nerv tizimining tiplari kuchi muvozanati ildamligi Xolerik Kuchli jo'shqin Muvozanatsiz Serharakat qizg'in Sangvinik Kuchli serharakat Muvozanatli Serharakat Flegmatik Kuchli vazmin Muvozanatli Inert (sust) Melanxolik Kuchsiz Muvozanatsiz Serharakat yoki tormozli inert Ulardatemperamenttipideyilganda, insonlarningmuayyanguruhlarinitavsiflovchipsixikxususiyatlarningyig’indisi (majmuasi) tushuniladi. Hozirgidavrdatemperamenttipideganda, ma'luminsonlarguruhiuchunumumiybo’lganxususiyatlarningsoddamajmuasiemas, balkimazkurxususiyatlarningqonuniy, zaruriyo’zarobog’liqligitushuniladi. Temperamenttipinitavsiflovchixususiyatlarningqonuniytarzdao’zarobog’liqligiquyid agichaaksetishimumkin. Nerv sistemasi va temperamentning bog'liqligi Nerv tizimining turlari Kuchli Jonli Inert Kuchli Kuchli Kuchli Kuchsiz Sust Harakatcha Nerv Kuch jarayonlari Vazminlik xususiyatlari harakatlanis Harakatlanis Harakatlanis h h h Xolerik Sangvinik Temperamen Kuchsiz t n yoki sust Flegmati k 17 Melanxolik Temperament va psixik reaksiyaning bog'liqlig Reaktsiya Temperament Tezkorlik Kuch Sangvinik Tez o'rta Xolerik Tez haddan tashqari Flegmatik Sekin kuchli Melanxolik Sekin kuchsiz Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin va ularning psixologik tavsifini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin. intraventlik Ekstraverlik va Harakatlarning silliqligi (qotib qolganligi) Reaksiya tempi Reaktivlik va faollikning o'zaro munosabati Faollik Reaktivlik Senzitivlik Temperament tiplarining psixologik tavsifnomasi 1.Senzitivlik (lotincha Sensus - sezish, his qilish degan ma'no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo’lgan o’ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo’lishi uchun kerak qo’zg’ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi. 2.Reaktivlik. Bu to’g’rida aynan bir xil kuch bilan ta'sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emosional reaksiya qilishiga qarab munosabat 18 bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro’yobga chiqishi-emosionallik, ta'sirlanuvchanlikda ifodalanishidir. 3.Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta'sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob'ektiv hamda sub'ektiv qaramaqarshiliklarni faollik bilan engishga qarab fikr yuritiladi. 4.Reaktivlik bilan faollikning o’zaro munosabati. Odamning faoliyati ko’p jihatdan nimaga bog’liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlariga ko’ra fikr bildirish nazarda tutiladi. 5.Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish tezligiga, nutq sur'atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi. 6.Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o’zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik engillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha) nisbatan baho berishdan iboratdir. 7.Ekstravertlik va introvertlik. Shaxsning faoliyati va reaksiyasi ko’p jihatdan kechinmalarga bog’liq, chunonchi favqulotdagi tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir. Temperament tiplarining tavsifnomasi Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari, shaxs sifatlari, holatlari ro’y beradi. Temperament tiplariga mos xususiyatlarni muhimlari quyidagi jadvalda aks ettiriladi. 19 BEQAROR ASABIY TASHVISHLI JIZZAKI NOTINCH QIZIQQON XAVOTIRLI QUZG'ALUVCHAN PESSIMIST BERILUVCHA N VAZMIN SEKIN KIRISHUVCHAN TASHVISHLI FAOL INTRO KIRISHUVCHAN EKSTRAKIRISHUVCHAN KIRISHUVCHAN OCHIQ SERGAP ILTIFOTLI SUST TIRISHQOQ O'YCHAN TINCHLIKSEVAR CHAQQON YO'NALGANLIK ISHONCHLI XOTIRJAM BEG'AM QULAYLIKNI YOQTIRUVCHI TASHABBUSKOR BARQAROR Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo’lar-bo’lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo’lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo’r qo’zg’alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko’rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo’lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to’playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug’lik qo’zg’ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda qayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo’l ko’tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o’z hissiyotlarining namoyon bo’lishini va o’zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to’playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o’zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko’cha oladi. Malakalarni tez o’zlashtiradi va tez qayta o’zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. o’tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashq taassurotlarga javob beradi. 20 Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o’zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo’proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo’r qatiylik bor, diqqatini ko’chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa. Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo’zg’aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. qayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi. harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo’shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi. Melanxolik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. o’ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, ho’lini yuvib qo’ltig’iga urib g’o’ya qoladi. G’ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg’iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega. Shunday qilib, asab tizimi bilan bog’liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o’qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog’liq bo’lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o’zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o’zgarmaydigan narsaning o’zi yo’q. Shuning uchun ham oxirgi yillarda o’tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma’qul, «hayotiy ko’rsatgichli» xususiyatlar tizimini o’rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham 21 nazarda tutilmoqda. Masalan, V. S. Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo’lishini boshqarish masalasida ko’p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo’lgan faollik, bosiqlik, emosional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo’lishi va o’zgaruvchanligi, kayfiyatning turg’unligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo’lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o’sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o’zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin. Shulardan kelib chiqqan holda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni o’stirishda ayni shularga e’tibor berish kerak. Masalan, ba’zilar xoleriklarga o’xshash qiziqqon, tezkor bo’lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo’lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo’lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba’zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini o’ylantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo’lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. Har bir tipning o’ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo’ladi. 22 5.Xarakter va shaxs. Xarakter va shaxs. Kundalik hayotimizda tilimizda «xarakter» so’zi eng ko’p ishlatiladigan so’zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo’lsak, ishlatamiz. Bu so’zning ma’nosini olimlar «bosilgan tamg’a» deb ham izohlashadi. Tamg’alik alomatlari nimada ifodalanadi o’zi? Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, subyektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borliqqa, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o’z-o’ziga munosabatini ifodalaydi. Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B. F. Shuning uchun ham psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi: 1. Mehnat faoliyatida namoyon bo’ladigan xarakterologik xususiyatlar— mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, mas’uliyat, dangasalik, qo’nimsizlik va boshqalar. 2. Insonlarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ladigan xarakterologik sifatlar— odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, dilgirlik, muloqatga kirishuvchanlik, altruizm, g’amho’rlik, rahm-shafqat va boshqalar. 3. O’z-o’ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar — kamtarlik, kamsuqumlilik, mag’rurlik, o’ziga bino qo’yish, o’z o’zini tanqid, ibo, sharmu-hayo, manmansirash va boshqalar. 4. Narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo’ladigan xususiyatlar — tartiblilik, oqillik, saronjom — sarishtalik, qo’li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va boshqalar. Yuqorida sanab o’tilgan sifatlar aslida shaxsning hayotdagi yo’nalishlaridan kelib chiqadi. Chunki yo’nalish — odamning borliqqa nisbatan tanlovchan munosabatining aks etishidir. Bunday yo’nalish turli shakllarda namoyon bo’ladi: diqqatlilik, qiziquvchanlik, ideallar, maslaklar va hissiyotlarda. Xarakter — tarixiy kategoriya hamdir. Buning ma’nosi shuki, har bir ijtimoiyiqtisodiy davr o’z kishilarini, o’z avlodini tarbiyalaydi va bu tafovut odamlardagi xarakterologik xususiyatlarda o’z aksini topadi. Masalan, o’tgan asr o’zbeklari, XX asrning 50 — yillaridagi o’zbeklar va mustaqillik yillarida yashayotgan o’zbeklar 23 psixologiyasida farq avvalo ularning xarakterologik sifatlarida aks etadi. Aminmizki, XXI asrning yosh avlodlari yanada zukkoroq, irodaliroq, ma’rifatli va ma’naviyatliroq bo’ladi. Mamlakatimizda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan say’xarakatlar yangi asr avlodining ruhan va jismonan sog’lom bo’lishiga zamin yaratmoqda. Xarakter xususiyatlarining nimalarda namoyon bo’lishi, ularning belgilari masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir. Avvalo xarakter insonning xatti-harakatlari va amallarida namoyon bo’ladi — odamning ongli va maqsadga qaratilgan xarakatlari uning k i m ekanligidan darak beradi. Nutqining xususiyatlari (baland tovush bilan yoki sekin gapirishi, tez yoki bosiqligi, emosional boy yoki jonsiz) ham xarakterning yo’nalishini belgilaydi. Tashqi qiyofa — yuzining ochiq yoki tund ekanligi, ko’zlarining samimiy yoki johilligi, qadam bosishlari — tez yoki bosiq, mayda qadam yoki salobatli, turishiviqorli yoki kamtarona, bularning hammasi xarakterni tashqaridan kuzatib o’rganish belgilaridir. Xarakter aktsentuatsiyasi Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg’u berilishi) deb ataladi. Xarakterga ortiqcha urg’u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda boshqalariga nisbatan barqarorlik bo’lgani holda bir xil stressogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aksentuatsiyasi o’ta noqulay vaziyatlarda patologik buzilishlarga va shaxs xulq-atvorining o’zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakter shaxsning adekvat ijtimoiy adaptasiyaga to’sqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi to’g’ri davolash sharoitlarida ba'zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni patologiyaga oid deb hisoblash noo’rindir. 24 Xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg’u berilishi) turlarini tasniflash ancha murakkablik tug’diradi va har xil nomenklaturasi bo’yicha bir-biriga mos kelmaydi. (K.Leongard, A.Lichko). Lekin aksentuatsiyalashgan xususiyatlarning tavsifi ma'lum darajada bir xil bo’lib qoladi. Bu har ikkala tasnif sxemalaridan muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatrik terminologiya ("shizofreniya xususiyatlaqi", "epilepsiya" xususiyatlari va hokazo) bilan to’g’ridan- to’g’ri o’xshashlik bo’lishidan qochgan holda ortiqcha urg’u beriladigan xususiyatlar ro’yxatini keltirish imkoniyatini beradi. Xarakterni ortiqcha urg’u berilgan holda baholash psixiatrning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishini taqozo etadi, garchi aksentuatsiya muammosining o’rtacha qo’yilishi tarixi psixiatriya va psixonevrologiyaga borib taqalganda ham shunday hisoblanadi. Nemis psixiatri K.Leongard fikricha, 20-50% kishilarda ba'zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba'zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin. Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aksentuatsiyasi turli darajada yengil va hatto psixopatiya darajasigacha bo’lishi mumkin. o’smirlar orasida xarakter aksentuatsiyasi ko’p (50-80%) uchraydi. K.Leongard tomonidan xarakter aksentuatsiyasi muammosi o’rganilib uni shaxsda namoyon bo’lishiga qarab quyidagilar tasniflanadi: Gipertim tip - haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, ko’p gapiradi, imoishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko’pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo’yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi. Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, uyda yolg’iz qolishni yoqtiradi. Sikloid tip - kayfiyati tez o’zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda gipertim, yomon paytda distim tipga o’xshab qoladi. Qo’zg’aluvchan tip - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, qaysar, ba'zan urushqoq, ko’pincha turli mojarolarning tashabbuskori. 25 Kuchaytiruvchi tip - kamgap, aql o’rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni hohlaydi, tez xafa bo’ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo’rtirishga moyil. Pedant tip - ziddiyatlarga kam qo’shiladi, ko’pincha passiv holatda bo’ladi, atrofdagilarga ko’plab rasmiy talablar qo’yadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim. Xavotirli tip - kamgap, odamovi, o’ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, tinchliksevar, o’z-o’zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. Emotiv tip - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, xafa bo’lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, hamxo’r, ma'suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi. Namoyishkorona (demonstrativ) tip - muloqotga tez kirishadi, yetakchilikka intiladi,hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o’ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega. Ekzaltirlashgan tip- o’ta muloqotga kirishuvchan, ko’p gapiradi, qiziquvchan, do’stlari va yaqinlarga e'tiborli, boshqalarga yordam beradi, did-farosatli, samimiy. Ekstrovertlashgan tip - muloqotga kirishuvchan, do’stlari ko’p, ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitish mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. Introvertlashgan tip - muloqotga kirishishga qiynaladi, "ichimdagini top", falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat'iyatli, e'tiqodi mustaqkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan. To’g’ri tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonida xarakter aksentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish mumkin. Xarakter tipologiyasi Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib ko’rilgan. Nemis psixologi va psixiatri E.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.Sheldon, E.Fromm, K.Leongard va A.E.Lichkolar 26 tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etilgan. Inson xarakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy g’oyalarga muvofiq tarzda tashkil etilgan. 1.Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida namoyon bo’la boshlaydi va butun hayot davomida barqaror bo’lib boradi. 2.Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushgan emas. Ular xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir-biridan farq qiluvchi tiplardan iborat. 3.Mazkur tipologiyaga ko’ra ko’pchilik kishilarni ma'lum guruhlarga birlashtirish mumkin. E.Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitusiyasiga ko’ra, eng ko’p uchraydigan uchta tipni ajratib ko’rsatgan (astenik, atletik, piknik). Ularning har biri shaxsni ma'lum xarakter tiplari bilan bog’langan bo’lsa ham, aslida hech qanday ilmiy asoslab bo’lmaydi. 1.Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo’lmagan gavda tuzilishli, o’rtacha yoki undan balandroq bo’yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi nozik, yelkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan. 2.Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o’rtachadan yuqori, baland bo’yli, keng elkali, kuchli ko’krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir. 3.Piknik tip - bosh, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch-harakat a'zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir. E.Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruhiy kasallik o’rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi. E.Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali tuzilgan bo’lsa ham kamchiliklarga ega. Ba'zi ilmiy tadqiqotlar ma'lum tana tuzilishiga ega kishilar ruhiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter aksentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi. Xarakter borasidagi nazariyalar. Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. Xususan, Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar. 27 Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha, buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni, echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi. Xarakterni aniqlashning bu va shunga o’xshash fiziologik tizimi aql-sadosini biz, masalan, o’rta asrlik Suriyalik yozuvchi Abul-Faraj Bar Ebreyda ko’ramiz. Uning kitobida shunday ko’rsatma mujassamlashgandir: "Yo’g’on va kalta bo’yli kishi bo’yval singari qahr g’azabga kelishi moyilligiga ega". Uzun va ingichka bo’yli qo’rqoqlik alomati. Bunday kishi bug’u singari hurkadigan bo’ladiki, "Qaysi birining bo’yni juda kichik bo’lsa, tulki singari makkor bo’ladi". XVIII asrda Iogann Kaspar Lafaterning fiziologik tizimi mashhur bo’lib ketdi. U inson boshi "qalbini ko’rsatadigan oyna" bo’lib sanaladi va uning tuzilishini, bosh suyagining konfigurasiyani, imo-ishorasini o’rganish kishi xarakterini o’rganishning asosiy yo’li deb hisobladi. Lafater taniqli odamlar shaxsi ustidan bir qator oqilona kuzatishlar qoldirdi. Ular uning ilmiy jihatdan mutlaqo ahamiyatsiz, lekin juda qiziqarli "Fiziognomika" kitobida yig’ilgandir. Lafaterning fikriga ko’ra, Gyotening geniyligi haqida eng ko’p darajada uning, "burni dalolat beradiki, u Gyote pozisiyasining "mahsuldorligini, mazmuni va muhabbatini - qayd etadi". Lafaterning o’limidan keyin ko’p o’tmay paydo bo’lgan yangi xarakteriologik ta'limot frenologiya degan nom oldi. Frenologiya nemis vrachi Frans Gallning nomi bilan boqlangandir. Gallv ta'limotining asosida xarakterning barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o’zlarining qat'iy ixtisoslashgan markazlarga ega degan tasdiq yotadi. Bu fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga to’g’ridanto’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra, bosh suyaklari miyaning qavariq va 28 chuqurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy belgilarini aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tashlash yoki shunchaki boshning "Bo’rtik joylarini" ushlab ko’rish aftidan yetarli bo’lsa kerak. Bu ta'limotda umuman miya yarim sharining tuzilishi shaxs xususiyatlariga bog’liq bo’ladi, degan to’g’ri boshlang’ich fikrdan tashqari barchasi nihoyat darajada noto’g’ridir. Charlz Darvin ham o’zining "Odamda va hayvonlarda his-tuyg’ularning ifodalanishi to’g’risida" degan kitobida yozgan ediki, fiziognomistik "Har bir individning o’z shaxsiy qizi ishlariga erishib, faqat yuzlaridagi asosan ma'lum bir muskullarni qisqartirishi, bu muskullar kuchliroq rivojlangan bo’lishi mumkinligi va shuning uchun bu liniyalar va ularning odatdagi qisqarishidan paydo bo’ladigan yuz qisqarishi ancha chuqur va ko’zga ko’rinarli bo’lishi mumkinligini jiddiy ravishda bilishi kerak. Darvinning bu g’oyalari ko’pgina psixologlarning izlanishlari uchun asos bo’ldi. Ular o’zlarining fiziognomik ta'limotlarini yuz ifodasining tavsiflanishi va tushuntirilishi hamda uning yumshoq to’qimalari holati asosiga qurila boshladilar. Mimikani psixologik jihatdan tushuntirib beradigan o’ziga xos fiziognomik ma'lumotlar tuzildi. 29 XULOSA "Inson-individ" ta'rifi insoniyatning alohida o'ziga xos vakilining mavjudligini anglatadi. Kim u? Shaxs - bu insoniyatning birligi, butun insoniyat jamiyatiga xos bo'lgan psixologik va ijtimoiy xususiyatlarning ma'lum bir tashuvchisi. Ular iroda, aql, shaxsiy manfaat va ehtiyojlarni anglatadi. Shu ma'nodaindividual shaxs - bu aniq shaxs. Bu kontekstda biologik omillar (jins, yosh, jismoniy xususiyatlar, temperament), shuningdek, ijtimoiy farqlar hisobga olinmaydi. Lekin, albatta, bu ma'lumotlarni butunlay e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Axir, bola va kattalar, ibtidoiy yovvoyi va bizning zamondoshimiz o'rtasidagi farqlar juda aniq. Shunday qilib, “individ” tushunchasi har bir shaxsni boshqasidan ajratib turuvchi belgi va xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi. Bu mutlaqo boshqa darajadagi farqlarni nazarda tutadi - neyrofiziologik va biokimyoviydan ijtimoiypsixologikgacha. Turli lahzalarda (tarixiy va shaxsiy) inson taraqqiyotining dinamikasi «shaxs» tushunchasi bilan tavsiflanadi. Bunday holda, shaxs shaxsiyat rivojlanishining boshlang'ich nuqtasi, uning dastlabki holatidir. Shunday qilib, inson barcha insoniy fazilatlarning eng mukammal timsolidir. Ijtimoiy sub'ekt sifatida shaxs avtonomiya, jamiyatga ma'lum darajada qaramaqarshi qo'yish va jamiyatdan mustaqillikka erishish istagi bilan tavsiflanadi. Bu o'zo'zini anglash, aqliy nazorat qobiliyatlari, o'zini tahlil qilish va baholash qobiliyatini anglatadi. Bu fazilatlarning barchasi hayotiy pozitsiyaning asosini tashkil qiladi. Bu ijtimoiy va dunyoqarashga, qadriyatlarga va ideallarga asoslangan xulq-atvorning asosiy tamoyilidir. Ushbu me'yoriy omillarning hayotdagi ahamiyati jamiyatdagi inson xatti-harakatlarini o'z-o'zini tartibga solish nazariyasi bilan izohlanadi. Taraqqiyot asoslarishaxslar Har bir muallif shaxsning oʻziga xos talqiniga ega. Ammo “shaxs”, “individuallik”, “individuallik” tushunchalarining deyarli har qanday ta’rifi ikki 30 qutbli qarashlardan biriga asoslanadi. Ulardan birida aytilishicha, shaxs tug'ma sifatlar va ma'lumotlarga qarab shakllanadi va keyingi o'zgarishlarga uchraydi, shu bilan birga ijtimoiy muhitning ta'siri minimallashtiriladi. Qarama-qarshi pozitsiya vakillari tug’ma omilni deyarli butunlay rad etadilar va shaxsni ijtimoiy taraqqiyot mahsuli sifatida ko’rishni afzal ko’radilar. Ehtimol, ikkala nuqtai nazar ham ekstremaldir. Shaxsning klassik ta'rifi shuni anglatadiki, shaxs, individ, shaxs ijtimoiy taraqqiyot mahsuli sifatida shakllangan, u uchun zarur bo'lgan o'ziga xos fazilatlarga ega. U muloqot va ongli faoliyat orqali ijtimoiy munosabatlarga kirishishi kutiladi. Ushbu yondashuvga ko'ra, biologik organizm faqat ijtimoiy va madaniy tajriba orqali shaxsga aylanadi. Bundan tashqari, individual xususiyatlarning shakllanishiga ta'sir ko'rsatishga ruxsat beriladi - temperament, tug'ma qobiliyatlar va moyilliklarning kombinatsiyasi. Inson ijtimoiylashuv fenomeni tufayli qadriyatlar, munosabatlar, yoqtirish va yoqtirmaslik, maqsad va xatti-harakatlar to'plamiga erishadi. Bu jamiyatda faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan o'z guruhining me'yorlari va xulq-atvor namunalarini shaxs tomonidan o'zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashuv ta'lim, o'qitish va madaniyat bilan tanishishning barcha jabhalariga taalluqlidir. Bu oilada, kundalik hayotda, bolalar bog'chasida va maktabda uchrashadigan, televizorda ko'radigan va hokazolarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, shaxsning shakllanishi jarayoni ketma-ket uchta bosqichdan o'tadi: 1. Bolalar kattalarga taqlid qiladi va ularning xatti-harakatlaridan nusxa oladi. 2. Bolalar turli rollarni oʻynaydi va sinab koʻradi. 3. Guruh faoliyatida ular o'zlariga qaratilgan umidlarni tushunishni boshlaydilarboshqalar tomoni. 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. darslik.-T.: «Fan va texnologiya», 2012. 176 b. 2. Karimova V M., Sunnatova R. «Mustaqil fikrlash» oquv qollanmasi 3. boyicha mashgulotlarni tashkil etish uslubiyoti.-T.: Sharq, 2000.- 16 b 4. Goziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob 5. E.G’.G’oziyev ,,Psixologiya” . – Toshkent 2008 6. Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-.378-419 7. SafayevN.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“TDPU, 8. y, B.160-182. 9. Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL 10.THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN MATHEMATICS LESSONS). 11.Science and innovation, 2(B3), 30-33 12.https://fayllar.org/individ-shaxs-va-individuallik.html 13.https://uz.wikipedia.org › wiki 32
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )