O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI “Kompyuter tarmoqlari” fanidan 2-labaratoriya ish Qabul qildi: Hamiyev A. Bajardi:Eshpolatov Fozil S a m a r q a n d _ 2023 Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish. LAN va VLAN tarmoqlarini qurish. WAN tarmoqlarini loyihalash. Statik va dinamik marshrutlash. Ishning maqsadi: Cisco Packet Tracer dasturining asosiy boshqarish elementlarini o’rganish. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq qurilmalarini tanlash va ularni ulash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish. CPT dasturida ikkinchi sath kommutatori modeli bilan ishlashni o’rganish. Kommutator asosida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish. Qisqacha nazariy ma’lumot. 1.1 Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi Cisco Packet Tracer dasturi Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya tarmoqlari va tarmoq uskunalarini o'rganishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Packet Tracer dasturiy ta'minoti asosida turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlari, ishchi stantsiyalari va Ethernet, Serial, ISDN, Frame Relay kabi tarmoq ulanishlaridan tarmoq topologiyasini yaratish mumkin. Simulyatorning funktsiyalari mashg'ulot uchun ham, ish uchun ham, rejalashtirish bosqichida tarmoqni sozlashda ham mos bo'lishi mumkin. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi Cisco Packet Tracer dasturi yuklangandan so’ng ekranda 3.1-rasmda tasvirlangan oyna hosil bo’ladi. Oynaning yuqori qismida dastur nomi (Cisco Packet Tracer), kompyuter tarmog’i modelini o’zida saqlovchi fayl nomini o’z ichiga olgan sarlavha qismi joylashgan, shuningdek, oyna o’lchamini o’zgartiruvchi, uni ixchamlashtiruvchi yoki yopuvchi standart boshqarish tugmalari joylashgan. 3.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi. Sarlavhaning pastki qismida menyu osti bo’limlarini o’z ichiga olgan bosh menyular satri joylashgan: File menyusi tarmoq topologiyasini tavsiflovchi faylni saqlash va ochish buyruqlarini o’z ichiga oladi; Edit menyu ostisi ishchi maydondagi tasvirni tahrirlash imkonini beruvchi buyruqlarini o’z ichiga oladi; Options menyu ostisi ishchi maydon sozlamalari uchun xizmat qiladi; View menyu ostisi foydalanuvchi interfeysi parametrlarini sozlash buyruqlaridan iborat; Tools menyu ostisi qurilmalarning qo’shimcha modelini yaratish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat; Extensions menyu ostisi yordamchi dasturlarga ruxsat berishni ta’minlash imkonini beradi; Help menyu ostisi ma’lumotnomaga murojaat qilish, o’quv materiallarni ko’rish yoki Cisco Packet Tracer dasturining joriy versiyasini ko’rish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat. Menyular satri ostida yuqori uskinalar paneli joylashgan. Yuqori uskunalar panelida joylashgan tugmalarining birinchi qatori Cisco Packet Tracer dasturi bosh menyular satrining eng ko’p qo’llaniladigan buyruqlaridan tashkil topgan yorliqlardan iborat: New – yangi model yaratish; Open – modelni fayldam yuklash; Save – modelni faylga saqlash; Print – modelni printerdan chop qilish; Activity Wizard – modelni soddalashtirish bo’yicha ko’rsatma yaratish; Copy – modelning belgilangan qismini buferga nusxalash; Paste – buferdagi ma’lumotni model oynasiga qo’yish; Undo – modelga kiritilgan oxirgi o’zgartirishni bekor qilish; Redo – Undo yordamida bekor qilingan o’zgartirishni tiklash; Zoom In – tasvirni kattalashtirish; Zoom Reset – tasvirning boshlang’ich o’lchamini tiklash; Zoom Out – tasvirni kichraytirish; Drawing Palette – modelning chizilgan elementlariga rang berish; Custom Devices Dialog – qurilma modelining foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi dasdturni chaqirish; Yuqori uskunalar panelining ikkinchi qatoridan quyidagi qurilmalar joy olgan: Logical/Physical – ishchi maydon rejimini o’zgartirish; Root / Back – klasterni kichraytirish va kengaytirish tugmasi; New Cluster – qurilmalarni bitta guruhga (klasterga) birlashtirish tugmasi; Move Objects – klasterdagi obyektni surish; Set Tided Background – fon rasmini tanlash tugmasi; Viewport – ishchi maydonni kichiklashtirilgan mas’shtabda ko’rsatish tugmasi. Ishchi maydonni tasvirlash rejimini o’zgartirguch ikki xil holatga ega: Logical Workspace – ishchi maydonda kompyuter tarmog’ining topologiyasini tasvirlash; Physical Workspace – ishchi maydonda tarmoq qurilmalarining fizik joylashish modelini tasvirlash. Uskunalar paneli ostida ishchi maydon va o’ng tomon uskunalar paneli joylashgan. Ishchi maydon kompyuter tarmog’i modelini qurish va modellashtirish jarayonini vizual kuzatib borish uchun xizmat qiladi. O’ng panel ishchi maydondagi oyektlarni ko’chirish, nusxalash va tozalash imkonini beruvchi uskunalardan iborat. O’ng panelda quyidagi tugmalar joylashgan: Select – obyektni tanlash; Place Note – izoh qo’yish; Delete – obyektni o’chirish; Inspect – obyekt parametrlarini ko’rish; Draw a Polygon – shakl chizish; Resize Shape – maydon hajmini o’zgartish; Add Simple PDU – oddiy paket yuborish (icmp protokoli paketi); Add Complex PDU – murakkab paket yuborosh. Ishchi maydon ostida quyi uskunalar paneli joylashgan bo’lib, gorizontal tugmalar qatoridan tashkil topgan va uning ostida maxsus maydonlar qatori joylashgan. Quyi uskunalar paneli qyidagi tugmalardan iborat: Power Cycle Devices - quvvatni qayta tiklash natijasida barcha tarmoq uskunalarini bir vaqtning o'zida qayta ishga tushirishni simulyatsiya qiladigan tugma; Fast Forward Time – modellashtirish jarayonini qisqa vaqtga tezlashtirish tugmasi; Realtime/Simulation – modellashtirish rejimini o’zgartirgich. Modellashtirish rejimini o’zgartirgichning ikki holati mavjud: Realtime – real vaqt rejimida ishlash; Simulation – simulyatiya rejimida ishlash. Cisco Packet Tracer tarmoq simulyatori tarkibiga quyidagi tipdagi qurilmlar kiritilgan: Routers – marshrutizatorlar; Switches – kommutatorlar; Hubs – konsentratorlar; Wireless Devices – simsiz qurilamalar; Connections – tarmoq kabellari; End Devices – oxirgi qurilmalar; Security – himoyalangan qurilma (tarmoqlararo ekran); WAN Emulation – global tarmoq qurilmalarining emulyatorlari; Custom Made Devices – foydalanuvchi tomonidan modifikatsiya qilingan tarmoq qurilmalari modeli; Multiuser Connection – ko’p foydalanuvchili bog’lanish. Immitatsiya rejimiga (Simulation) o’tkazilganda dastur bosh oynasi ko’rinishi o’zgaradi (1.2-rasm), ishchi maydonning bir qir qismi modellashtirishni boshqarish maydoni bilan yopiladi. 1.2-rasm.Cisco Packet Tracer Simulation rejimiga o’tkazilgandan so’ng dastur bosh oynasining ko’rinishi. 1.2 Terminlar va shartli belgilar Cisco Packet Tracer simulyatorida tarmoq qurilmalari uchun Cisco Systemsda korporativ standart sifatida qabul qilingan grafik shartli belgilar qo’llaniladi. Cisco Packet Tracerda ikki xil tipdagi modellardan foydalaniladi: aniq qurilmalarning modellari va abstrakt (Generic) modellar. Abstrakt modellar ma'lum turdagi qurilmalar bilan bog'liq modellarni umumlashtirish va soddalashtirish natijasida olinadi. Bunday modellarni qurilmaning boshlang’ich bosqichda qo’llash mumkin – ularni sozlash oson, lekin ularning imkoniyati cheklangan. Cisco Packet Tracer dasturida modellashtirish qurilmalarning shartli belgilarini ko’rib chiqamiz. mumkin bo’lgan Tarmoqqa ishchi stansiya sifatida bog’lanadigan shaxsiy kompyuter (PC) uchun qo’llanilgan shartli belgi 1.3-rasmda ko’rsatilgan. 1.3-rasm. Shaxsiy kompyuter shartli belgisi Server – bu ish stantsiyalarini muvofiqlashtirish va texnik xizmat ko'rsatish va resurslarni taqsimlash bo'yicha umumiy funktsiyalarni bajaradigan kuchli, yuqori unumdorlikka ega kompyuter. Serverning shartli belgisi 1.4-rasmda ko’rsatilgan. 1.4-rasm. Serverning shartli belgisi Konsentrator (Hub) – bir nechta Ehernet qurilmalarini umumiy segmentga birlashtirish uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Konsentratorning shartli belgisi 1.5-rasmda ko’rsatilgan. 1.5-rasm. Konsentratorning shartli belgisi. Ko’prik (Bridge) – portlaridan biriga tarmoq orqali kelgan signalni barcha aktiv portlarida takrorlaydi. Ko’prik kolleziyalarning cheklangan domenini ta’minlaydi. Ko’prikning shartli belgisi 1.6-rasmda ko’rsatilgan. 1.6-rasm. Ko’prikning shartli belgisi. Kommutator (Switch) – kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini bir segment chegarasida bog’lash uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Bir portiga ulangan qurilma trafigini qolgan barcha qurilmalarga tarqatadigan konsentratordan farqli, kommutator ma’lumotni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Kommutatorning shartli belgisi 1.7-rasmda ko’rsatilgan. 1.7-rasm. Kommutatorning shartli belgisi. Ko’p sathli kommutator (Multilayer Switch) – OSI modelining uchunchi va to’rtinchi sathida ishlay oladigan yuqori unumdorlikka ega bo’lgan kommutator. Ko’p sathli kommutatorning shartli belgisi 1.8-rasmda ko’rsatilgan. 1.8-rasm. Ko’p sathli kommutatorning shartli belgisi. Marshrutizator (Router) – lokal tarmoqlarni birlashtirish va global tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma. Marshrutizatorning shartli belgisi 1.9rasmda ko’rsatilgan. 1.9-rasm. Marshrutizatorning shartli belgisi. Ulanish nuqtasi (Access Point, AP) – mavjud simli lokal tarmoqqa simsiz qurilmalarni ulash imkonini beruvchi qurilma. Ulanish nuqtasi shuningdek, bir nechta kompyuterlarni kabelli tarmoqqa ulanmagan alohida tarmoqqa ulash imkonini beradi. Ulanish nuqtasining shartli belgisi 1.10-rasmda ko’rsatilgan. 1.10-rasm. Ulanish nuqtasining shartli belgisi. Simsiz tarmoq ulanish nuqtasi marshrutizatorga to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan bo’lishi ham mumkin. Ulanish nuqtali marshrutizatorning shartli belgisi 1.11rasmda ko’rsatilgan. 1.11-rasm. Ulanish nuqtali marshrutizatorning shartli belgisi. Modem (Modem) – kompyuter tarmoqlarida modemlar raqamli shaklda berilgan kompyuter ma’lumotlarini analog telefon liniyalari bo’ylab uzatishda sihlatiladi. Modemning shartli belgisi 1.12-rasmda ko’rsatilgan. Cisco Packet Tracerda modemning raqamli abonent liniyalari uchun (DSL-Modem) va kabelli modem (Cable-modem) modellari mavjud. 1.12-rasm. Modemning shartli belgisi. Frame relay texnologiyasi bo’yicha qurilgan tashqi tarmoqqa ulanishni belgilash uchun 1.13-rasmda ko’rsatilgan bulut shaklidagi belgi ishlatiladi. 1.13-rasm. Frame relay texnologiyasi bo’yicha qurilgan tashqi tarmoq. Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Cisco packet Tracer dasturi asosida tarmoq modelini qurishni biz konsentratorga yoki kommutatorga ulangan bir nechta kompyuterlardan iborat uncha katta bo’lmagan lokal tarmoq bilan boshlaymiz. 1.1 Ikki kompyuterdan iborat oddiy tarmoq. Eng soda lokal tarmoqni ikki kompyuterning Ehernet prtlarini kesishgan UTP kabeli yordamida to’g’ridan-to’g’ri ulash orqali hosil qilish mumkin (1.14rasm). Odatda bunday tarmoqlari vaqtinchalik yaratilib – bir kompyuterdan ikkinchisiga katta hajmli ma’lumotlarni tezkorlik bilan uzatish maqsadida foydalaniladi. 1.14-rasm. Ikki kompyuterni kesishgan kabel yordamida bog’lash. 1.1.1 Kompyuterlarni to’gridan-tog’ri ulash Ushbu topshiriqda sizdan tavsiflangan yo’llar bilan kompyuterlarni to’g’ridan to’g’ri bog’lab oddiy lokal tarmoq modelini qurish talab etiladi, masalan, 1.15-rasmda tasvirlangandek – shaxsiy kompyuter va server. Quyidagi amaliyotlarni bajaring: 1. Cisco Packet Tracer dasturini yuklang. 2. Tarmoqqa birlashtirish kerak bo’lgan qurilmalarni CPT ishchi sohasiga joylashtiring: 2.1. End Devices (oxirgi qurilmalar) guruhini sichqoncha chap tugmasi orqali tanlang. 2.2. End Devices guruhidan PC-PT (shaxsiy kompyuter namunasi) qurilasmini sichqoncha tugmasini chertish orqali tanlang. Sichqoncha kursorini ishchi sohaning qurilmani joylashtirmoqchi bo’lgan joyingizga o’rnating va yana sichqoncha chap tugmasini cherting. 2.3. End Devices guruhidan Server-PT (server namunasi) tanlang va uni ham ishchi sohaga joylashtiring 3. Ishchi maydonga joylashtirilgan qurilmalarni bir biri bilan bog’lang: 3.1. Connections (bog’lanish) guruhini tanlang. 3.2. Connections guruhidan Automatically Choose Connection Type (bog’lanish turini avtomatik tanlash) piktogramasini sichqoncha chap tugmasi orqali chertib, qurilmalarni 1.14-rasmda ko’rsatilgandek bog’lang, dastlab sichqoncha chap tugmasi orqali birinchisi, so’ng ikkichisi tanlanadi. 4. PC0 kompyuterini sozlang: 4.1. Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini kompyuter piktogrammasiga chertish orqali PC0 shaxsiy kompyuterini tanlang, shundan so’ng ekranda tanlangan qurilma parametrlarini sozlash oynasi hosil bo’ladi. 4.2. Shaxsiy kompyuterda Ethernet-bog’lanish parametrlarini sozlash uchun Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing. 4.3. FastEthernet bog’lanishi uchun Static punktiga belgi qo’yib, statik IP konfiguratsiyalarini tanlang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni belgilang (1.15-rasm). 4.4. PC0 shaxsiy kompyuter parametrlari oynasini yoping. 1.15-rasm. PC0 kompyuterida FastEthernet interfeysi parametrlarini sozlash. 1. Server0 serverini sozlang: 1.1. Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini server piktogrammasiga chertish orqali Server0 serverini tanlang, shundan so’ng ekranda tanlangan qurilma parametrlarini sozlash oynasi hosil bo’ladi. 1.2. Server0 oynasidan Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing. 1.3. FastEthernet bog’lanishi uchun statik IP konfiguratsiyasini tanlang, 192.168.1.2 manzil va 255.255.255.0 niqobni belgilang (1.15-rasm). 1.4. Server0 oynasini yoping. 2. Qurilma parametrlari sozlamalari to’g’riligini nazorat qiling: 2.1. “Kattalashtiruvchi lupa” uskunasini tanlash uchun o’ng tomondagi uskunalar panelidan Inspect tugmasini bosing. 2.2. Lupani PC0 usiga olib boring vas hu holatda bir necha sekund ushlab turing. Shundan so’ng ekranda kompyuter IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil bo’ladi. 2.3. Lupani Server0 usiga olib boring va shu holatda bir necha sekund ushlab turing. Shundan so’ng ekranda server IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil bo’ladi. 3. O’ng tomondagi uskunalar panelidan Select tugmasini bosib, qurilmalarni tanlash rejimiga o’ting. 4. Bog’lanish kabellar oxiridagi indikator-nuqtalarning holatini tekshiring. Bu nuqtalar tarmoq adapterining yorug’lik diodlari ishini akslantiradi, agar kompyuter va server o’trasida bog’lanish o’rnatilgan bo’lsa ular yashil rangda bo’ladi. Agar kabel oxiridagi nuqtalar qizil rangda bo’lsa, demak bog’lanish mavjud emas va tarmoq adapterlari parametrlarining sozlamalari to’g’riligini tekshirish lozim bo’ladi. 5. Ishchi sohadan PC0 shaxsiy kompyuterini sichqoncha chap tugmasi yordamida tanlang. 6. Tarmoq holatini TCP/IP protokollari steki diagnostic utilitasi yordamida tekshiring. 6.1. PC0 oynasida Desktop bo’limiga o’ting. Desktop bo’limidan Command Prompt tugmasini bosing. ping 192.168.1.2 buyrug’ini kiriting va uning bajarilish natijasini ko’ring. 6.4. tracert 192.168.1.2 buyrug’ini kiriting va uning bajarilish natijasini ko’ring (1.16-rasm). 6.5. Command Prompt oynasini yoping. 7. Serverda joylashgan axborotlarga kirish mavjudligini tekshiring. 7.1. Desktop bo’limida Web Browser tugmasini bosing, natijada Internet brauzer ishini tasvirlovchi oyna ochiladi. 7.2. URL maydoniga http://192.168.1.2 server IP-manzilini kiriting va Go tugmasini bosing. Javob tariqasida server uning modelida belgilangan tarzda xabar yuborishi shart (1.17-rasm). 7.3. Web Browser oynasini yoping. 6.2. 6.3. 1.15-rasm. Ping va tracert buyruqlarining bajarilish natijalari. 8. PC0 oynasini yoping. 9. Fayl menyusidan Save bo’limini tanlang va tarmoq modelini faylga net_1_1_1 nomi bilan saqlang. 10.CPT ishini dastur asosiy oynasini yopish orqali tugating. 1.16-rasm. Server0 Internet sahifasining PC brauzerida aks etilishi. 1.2 Konsentrator asosida tarmoq Konsentrator (xab) – bu bir nechta Ethernet qurilmalarini umumiy segmentga birlashtirish uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Ma’lumot uzatish tezligi10 va 100 Mbit/s bo’lgan konsentratorlar ishlab chiqilgan. Konsentrator OSI modelining fiziksathida ishlaydi va u bir portiga kelgan signalni qolgan barcha aktiv portlarida takrorlaydi. Konsentratorlar har doim yarim dupleks rejimida ishlaydi. Bir vaqtda ikki va undan ortiq portiga signal qabul qilinganida kolliziya yuzaga keladi va uzatilayotgan ma’lumotlar kadrlari yo’qotiladi. Ortiqcha sondagi kollizayalardan himoyalash uchun konsentrator nosoz qurilma ulangan portini umumiy ma’lumot uzatish muhitidan ajratib qo’yadi. Konsentratordan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa bir muammo – xabarlarni tutib olish xavfi: barcha paketlar hamma kompyuterlargacha yetib boradi, shuning uchun axborotlarga ruxsat etilmagan kirish imkoniyati mavjud. Va nihoyat, yana bir muammo paketlarni barcha portlarga nusxalanishi tarmoqdagi yuklanishni yetarli darajda oshiradi, bunda tarmoq segmentidagi barcha trafik har bir kompyuterga daxl qiladi. 1.2.1 Konsentratorli tarmoq modeli Ushbu mashqa sizdan to’rtta kompyuterni tarmoqqa konsentrator yordamida 1.17-rasmda ko’rsatilgandek birlashtirish orqali lokal tarmoq modelini yaratish talab etiladi. 1.17-rasm. Konsentrator yordamida qurilgan lokal tarmoq. Quyidagi amaliyotlarni bajaring: 1. Cisco Packet Tracer dasturini yuklang. 2. Tarmoqqa birlashtirish kerak bo’lgan qurilmalarni CPT ishchi sohasiga joylashtiring: 2.1. End Devices guruhini sichqoncha chap tugmasi orqali tanlang. End Devices guruhidan PC-PT qurilasmini tanlang va ishchi sohaga 4 ta PC0PC3 shaxsiy kompyuter qurilmalarini joylashtiring. 2.2. Hubs guruhini tanlang. Hubs guruhidan konsentrator qurilmasining HubPT (Generic) abstrakt modelini tanlang va ishchi sohaga joylashtiring. 3. Ishchi sohaga joylashtirilgan qurilmalarni bir biri bilan bog’lang: 3.1. Connections guruhini tanlang. 3.2. Connections guruhidan Copper Straight-Through UTP-kabel piktogrammasini tanlang. 3.3. Sichqoncha chap tugmasini PC0 piktogrammasiga bosib kontekst menyuni chaqiring va kabelni mos razyomga ulash uchun FastEthernet bo’limini tanlang. 3.4. Sichqoncha chap tugmasini konsentrator piktogrammasiga bosib kontekst menyuni chaqiring va kabelni konsentratorning nolinchi portiga ulash uchun Port 0 bo’limini tanlang. 3.5. Shu kabi PC1 kompyuterini konsentratorning birinchi portiga, PC2 kompyuterini – ikkinchi portiga, PC3 kompyuterini uchinchi portiga ulang, natijada 1.17-rasmda tasvirlangan sxemaga ega bo’lasiz. 4. PC0 kompyuteri tarmoq adapteri parametrlarini soddalashgan usulda sozlang: 4.1. Ishchi sohadan PC0 shaxsiy kompyuterini tanlang. 4.2. PC oynasidan Desktop bo’limini tanlang. 4.3. IP-bog’lanish parametrlanini sozlash oynasini ochish uchun IP Configuration tugmasini bosing. 4.4. IP Configuration oynasida statik IP konfiguratsiyasini belgilang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni 1.18-rasmda ko’rsatilgandek bering. 4.5. IP Configuration oynasini yoping. 4.6. PC0 oynasini yoping. 1.18-rasm. IP-bog’lanish parametrlarini sozlash oynasi. 5. PC1 ni sozlang: 192.168.1.2 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 6. PC2 ni sozlang: 192.168.1.3 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 7. PC3 ni sozlang: 192.168.1.4 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 8. Cisco Packet Tracerni Realtime rejimidan qadamma-qadam modellashtirish rejimi Simulationga o’zgartiring. 9. PC0 kompyuteridan PC1 kompyuteriga icmp-paket yuboring: 9.1. Oddiy icmp-paket yuborish rejimiga o’tish uchun o’ng tomondagi uskunalar panelidan Add Simple PDU tugmasini bosing. 9.2. Sichqoncha chap tugmasini PC0 ShK ustiga, so’ng – PC1 ShK ustiga bosing, bunda PC1 manba, PC2- paketni qabul qiluvchi hisoblanadi. 9.3. Capture / Forward tugmasini bosing va paketni kompyuterdan konsentratorga yuborish jarayonini kuzating. 9.4. So’ng yana Capture / Forward tugmasini bosing va konsentrator qanday qilib paketni paket qabul qilingan portdan tashqari barcha portlarga yuborayotganligini kuzating. Paket bir vaqtning o’zida PC1, PC2, PC3 kompyuterlariga yuboriladi, lekin faqat PC2 uni qabul qila oladi (1.19rasm) 1.19-rasm. PC2 kompyuteri paketni konsentratordan qabul qilishi. 9.5. Reset Simulation tugmasini bosing. 9.6. Tarmoq modelini net_1_2_1 nomi bilan saqlang. Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar Oltita kompyuter va ikkita konsentratordan iborat lokal kompyuter tarmog’i modelini yatating va sozlang (1.20-rasm). Modellashtirish jarayonini qadammaqadam laboratoriya ishi hisobotiga kiriting. 1.20-rasm. Oltita kompyuter va ikkita konsentratordan iborat tarmoq modeli. Kommutator (switch) – bu kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini (xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq segmentlari chegarasida bog’lash uchun mo’ljallangan qurilma. Konsentratordan farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu tarmoqning samaradorligini va xavfsialigini tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo’ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashini zaruratining oldini olish hisobiga oshiradi. Kommutatorlar OSI modelining kanal sathida ishlaydi. Kommutator xotirasida kommutatsiya jadvalini saqlaydi, jadval kommutatorning portiga mos keladigan qurilma MAC-adresini ko’rsatadi. Kommutator yoqiganda bu jadval bo’sh bo’ladi va u o’rganish rejimida ishlaydi. Ushbu rejimda qaysidir portga kelgan ma’lumot kommutatorning qolgan barcha portlariga yuboriladi. Bunda kommutator kadrni tahlil qiladi va yuboruvchi-uzel MAC-adresini aniqlab uni jadvalga kiritadi. Keyinchalik, agar kommutatorning portlaridan biriga kadr yuborilsa va u kadr MAC-adresi jadvalda mavjud bo’lgan uzel uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda kadr faqat jadvalda ko’rsatilgan port orqali yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC-adresi kommutatorning qaysidir portiga mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga yuboriladi. Vaqt o’tishi bilan kommutator o’zining barcha portlari uchun to’liq jadvalni shakllantiradi va natijada trafik lokalizatsiyalanadi. Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Ushbu mashqada sizdan to’rtta shaxsiy kompyuterni kommutator yordamida birdarajali tarmoqqa 2.1-rasmda ko’rsatilgandek birlashtirib lokal tarmoq modelini hosil qilish talab qilinadi. 2.1-rasm. Kommutator yordamida qurilgan lokal tarmoq. Quyidagi amallarni bajaring: 1. Cisco Packet Tracer dasturini yuklang. 2. Cisco Packet Tracer ishchi sohasiga tarmoqqa birlashtirish lozim bo’lgan qurilmalarni joylang: 2.1. Ishchi sohaga PC0, PC1, PC2 va PC3 ShKlarni joylashtiring. 2.2. Switches guruhini tanlang. Switches guruhidan kommutatorning abstrakt modeli Switch-PT (Generic) ni tanlang va uni ishchi sohaga joylang. 3. Barcha kompyuterlarni kommutatorga to’g’ri mis kabel yordamida ulang (1laboratoriya ishiga qarang). 4. PC0 kompyuterini sozlang: 192.168.1.1 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 5. PC1 kompyuterini sozlang: 192.168.1.2 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 6. PC2 kompyuterini sozlang: 192.168.1.3 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 7. PC3 kompyuterini sozlang: 192.168.1.4 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 8. Kommutatorning Ethernet portlari yorug’lik indikatorlarini ifodalovchi barcha rangli nuqtalar qizil rangdan yashil rangga o’tguniga qadar kuting, bu kommutator suhbu portlarni ishchi holatga keltirganligini ko’rsatadi. 9. O’ng tomondagi uskunalar panelidan lupani tanlang va kommutator ustiga olib borib ushbu holatda bir necha sekund kutib turing. Shundan so’ng ekranda kommutator portlari holatini tasvirlovchi kontekst oyna hosil bo’ladi (2.2-rasm) 10.Cisco Packet Tracer dasturini Realtime real vaqt rejimidan Simulation qadamma-qadam modellashtirish rejimiga o’tkazing. 11.Qadamma-qadam modellashtirish rejimidan foydalanib PC0 kompyuteridan PC2 kompyuteriga oddiy paket yuboring va aksincha. 12.Event List hodisalar ro’yxatiga qarang. 13.Reset Simulation tugmasini bosing. 14.Modellashtirish tezligini tartibga soluvchi surgichni o’ng tomon oxiriga o’tkazing. 15.Auto Capture/Play tugmasini bosib modellashtirishni uzluksiz rejimga o’tkazing. 16.Senariya maydonidan Delete tugmasini bosib, modellashtirish senariyalarini tozalang. 17.PC0 kompyuteridan tarmoqqa qisqa keng eshittirishli xabar yuboring: 17.1. Murakkab paket yaratish uchun o’ng tomondagi uskunalar panelidan Add Complex PDU tugmasini bosing, keyin kursorni PC0 kompyuteri ustiga o’rnating va sichqoncha chap tugmasini bosing. Natijada ekranda Create Complex PDU muloqot oynasi hosil bo’ladi. 17.2. Outgoing Port (yuboruvchi port) ro’yxatidan FastEthernet portini ko’rsating. 17.3. Select Application (ilovani tanlash) ro’yxatidan PING ni ko’rsating. 17.4. Destination IP Address (qabul qiluvchi manzili) maydoniga 255.255.255.255 keng eshittirishli manzilni kiriting. 17.5. Source IP Address (manba manzili) maydoniga PC0 kompyuteri IPmanzili 192.168.1.1 ni kiriting. 17.6. TTL paket hayot vaqti maydiniga 32 qiymatni kiriting. 17.7. TOS xizmat ko’rsatish turi maydoniga ICMP protokoli foydalanadigan 0 qiymatni kiriting. 17.8. Sequence Number (ketma-ketlik raqami) maydoniga 1 qiymatni kiriting. 17.9. Modellashtirish parametrlari maydonida One Shot (bir marta bajarish) puntini tanlang va Time boshlang’ich vaqt to’g’risiga 0 qiymatni kiriting. Natijada Create Complex PDU oynasi 2.3-rasmda ko’rsatilgandek ko’rinishga kelishi kerak. 2.2-rasm. Kommutator portlari holatini ko’rish. 2.3-rasm. Murakkab paket yaratish muloqot oynasi. 17.10. Paket yaratish jarayonini yakunlash uchun oynaning pastki qismidagi Create PDU tugmasini bosing. 18.Xabar yuborish jarayoni qanday kechishini kuzating: 18.1. Capture/Forward tugmasini bosing va paketning PC0 komputerdan kommutatorga yuborilish jarayonini kuzating. 18.2. Yana Capture/Forward tugmasini bosing va PC1, PC2, PC3 kompyuetrlariga bir vaqtning o’zida keng eshittirishli paketning uch nusxasi yuborilishini kuzating. 18.3. Capture/Forward tugmasini bosing va PC1, PC2, PC3 kompyuetrlari javob paketlarining kommutatorga yuborilish jarayonini kuzating. Kommutator barcha paketlarni bir vaqtning o’zida PC0 kompyuteriga yuboraolmaydi, shuning uchun ular kommutator buferida jamlanadi (2.4rasm). 18.4. Capture/Forward tugmasini ketma-ket uch marta bosing va paketlarning kommutatordan PC0 kompyuteriga navbatma-navbat yuborilishini kuzating. 2.4-rasm. Paketlarni kommutator buferida jamlanishi. 19.Modellashtish senariylarini tozalash uchun senariy maydonidan Delete tugmasini bosing. 20.Tarmoqni ikkita mantiqiy qismga ajratish: 20.1. PC2 IP-manzilini 192.168.2.1 qiymatga o’zgartiring. 20.2. PC3 IP-manzilini 192.168.2.1 qiymatga o’zgartiring. Endi PC0 va PC1 kompyuterlari bitta tarmoq ostida joylashgan, PC2 va PC3 kompyuterlari – boshqasida. Tarmoq osti ushbu holatda bir biridan ajratilganligini bildiradi, ular orasida faqat keng eshittirishli paketlar uzatiladi. 21.PC0 kompyuteridan PC1 kompyuteriga oddiy paket yuboring. 22.PC2 kompyuteridan PC3 kompyuteriga oddiy paket yuboring. 23.PC0 kompyuteridan PC2 kompyuteriga oddiy paket yuborishga urunib ko’ring (urunish omadsiz yakunlanadi, sababi ushbu kompyuterlar turli tarmoq ostilarida joylashgan). 24.Modellashtish senariylarini tozalash uchun senariy maydonidan Delete tugmasini bosing. Laboratoriya mashg’uloti topshiriqlari Ikkita kommutator, to’rtta kompyuterdan iborat lokal kompyuter tarmog’i modelini quring. Ikkita kommutator uchun alohida VLAN yarating va ishlash prinsipini tushuntirib bering (2.5-rasm). 2.5-rasm. Ikkita kommutator, to’rtta kompyuterdan iborat lokal kompyuter tarmog’i modeli. 1-Rasm: 2-Rasm: 3-Rasm: 4-Rasm: Hemis tizimidagi tartib raqamingizga mos topshiriq variantini bajarasiz 1-topshiriq Hemis raqami 1-31 2-32 3-33 4-34 5-35 6-36 7-37 8-38 9-39 21-21 2-22 3-23 4-24 5-25 6-26 7-27 8-28 9-29 10-30 11-31 12-32 13-33 14-34 15-35 16-36 17-37 18-38 19-39 20 1 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 KIS20-01 ALIQULOV JAMSHID RUSTAM O‘G‘LI AMINJONOV MANSUR ASLAMOVICH AMONOV RUSTAMJON ZAYNITDINOVICH ASHUROV SHERZOD BOBIRJON O‘G‘LI BAHRONOVA NILUFAR KARIMOVNA BURHONOV AHROR SHUHRAT O‘G‘LI BURONOV UMID RAXMATULLOYEVICH GADAYEV TO‘RAQUL MAXMASHARIF O‘G‘LI G‘ANIYEV LAZIZ ALISHER O‘G‘LI GAPPAROV ILXOM GAPPAROVICH G‘OZIXONOV ULUG‘BEK MUSAXON O‘G‘LI ISMATULLAYEV RAXMON BAXTIYOR O‘G‘LI ISMOILOV DILSHOD SHUKUROVICH JALILOVA NAZOKAT TOHIR QIZI JALOLOV DAVLATBEK DILSHODJON-O‘G‘LI MAMATOV ERGASHJON SUNATULLOYEVICH MAMATOV SUXROB ILXOMOVICH MANONOV ABDUAZIZ ABDUVOXIDOVICH MIRZOYEV DILSHOD G‘AYBULLO O‘G‘LI MUQUMOV DILSHODBEK DILMUROD O‘G‘LI MURODOVA DILAFERUZ SHOMURODOVNA MUROTOVA GULISTON ABDUJABBAROVNA MUXITDINOV ASATBEK RAMAZON O‘G‘LI QARABAYEV MUHAMMADALI BEGALI O‘G‘LI QARSHIBOYEV HURSHID BAXTIYOR O‘G‘LI QORAQULOV BOTIR NODIR O‘G‘LI RO‘ZIQULOV NURIDDIN ILHOMIDDIN O‘G‘LI RUSTAMOV MUHAMMAD ULUG‘BEK O‘G‘LI SAMIJONOV DAVLATXON SANJARXONOVICH SHAROPOV G‘IYOS NARZULLA O‘G‘LI SODIQOV SANJARBEK ABDUMAJIT O‘G‘LI TEMIROV FIRDAVS QOBULJON O‘G‘LI TOHIROV ISMOIL FARHOD O‘G‘LI TO‘XSANOV UMIDJON MADIYOR O‘G‘LI UMAROV OBIDJON NORMUROD-O‘G‘LI XAYRIYEV O‘ROL MUXTORJON O‘G‘LI XOLBOYEV JONIBEK JURABOY O‘G‘LI XUDOYOROV SARDOR ZOYIR O‘G‘LI XURRAMOV JAXONGIR ISMOIL O‘G‘LI 2 3 4 5 KIS20-02 ABDUXAKIMOV XOLMO‘MIN SHODIYOR O‘G‘LI ABRAYEV SHOXRUX SHAMSIDDIN O‘G‘LI ADIZOV QUVONDIQ QIYOMOVICH ALMURODOV XOJIAKBAR TOXIR O‘G‘LI AZIZOV MIRONSHOH AMRIDIN O‘G‘LI 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 BAXRONOV FERUZ XAYRIDDIN O‘G‘LI DUSHANOV ELYOR BAXRILLOYEVICH DUSTMAXMATOV ISLOM BEKMUROD O‘G‘LI ERGASHEV DONIYOR O‘TKIR O‘G‘LI ERGASHEV SHEROZJON SOBIR O‘G‘LI ESHPO‘LATOV FOZIL YORMUXAMMAD O‘G‘LI HAITOV ELYOR ERKINJON O‘G‘LI HAMROYEV ASROR RUSTAMOVICH IBROXIMOV ABDULHAY ISLOM O‘G‘LI KO‘LIBOYEV RAVSHANBEK ESHQUVAT O‘G‘LI LAPASOVA GAVXAR MUXITDIN QIZI MALLAYEV SHAXOBIDDIN SIDIQ O‘G‘LI MAMAYUSUFOVA LOBAR ISKANDARJON QIZI MUSTAFAKULOV ABDULAZIZ MUSOQUL O‘G‘LI MUXTOROVA MALIKA MIRJONOVNA NARZULLAYEV ELBEK ELDOR O‘G‘LI NORBEKOV NAVRUZJON FARXOD O‘G‘LI NOSIROV NURIDDIN ALISHER O‘G‘LI NURITDINOV BEKTOSH NURITDINOVICH O‘RINBOYEV ADHAM ULUG‘BEK O‘G‘LI RAHMONOV HAMZA SHAVQIDIN O‘G‘LI SALOMOV ALISHER ALIYEVICH SAYITQULOV SADRIDDIN ADHAM O‘G‘LI SIDDIQOV JAVOHIR KILICH O‘G‘LI UROQOV SAMANDAR SULAYMON O‘G‘LI XAITMURODOV JA’FAR FURQAT O‘G‘LI XATAMOV BOTIR ESIRGAPOVICH XOLDORBOYEVA DILOROM XOLDORBOY QIZI ZOKIROV NOZIM BESHIMOVICH KIS20-04 ABDUJAMILOV JONIBEK JAMOL O‘G‘LI ABDURASHIDOV ABDUG‘ANI ALIJON O‘G‘LI ABDURAYIMOV SHAXZOD KARIMOVICH ABILQOSIMOV FIRUZ BAXTIYOR O‘G‘LI ABSODIQOV SHERALI SHIRINBOY UG‘LI AXTAMOV FAXRIDDIN ABDUHALIM O‘G‘LI BEKMUROTOV KOMILJON FURQAT O‘G‘LI BERDIYEVA LUTFIYA ALISHEROVNA ESHIMOV AZIZBEK ODIL O‘G‘LI ESIRGAPOV ABDUVAXID XUSAN O‘G‘LI G‘IYOSOV RAVSHAN ILYOS O‘G‘LI HALIMOV SALOHIDDIN YOQUBJON O‘G‘LI IZATULLAYEV SHAXZODJON SHAKIRJON O‘G‘LI JALOLOV DOSTON SHAVQIDDIN O‘G‘LI 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 JUMANOV KAMOLIDDIN HUSAN O‘G‘LI MALIKOV MUHAMMADXON ASHRAF O‘G‘LI MUSURMONOV FIRDAVS BEHZOD O‘G‘LI NASRIDDINOV DIYORJON ULUG‘BEK O‘G‘LI OCHILOV BOBURJON QUTBIDDINXON O‘G‘LI O‘TKIROV SHAHZODJON ALIJON O‘G‘LI QARSHIBOYEV JAVLON SADRIDDIN O‘G‘LI RAXMATOVA KUMUSHOY NAVRO‘Z QIZI RAXMATULLAYEV SHAHBOZ TO‘LQIN O‘G‘LI RO‘ZIYEV MUHAMMADAMIN QAHRAMON O‘G‘LI SAYFIYEV OYBEK ZIKRILLO O‘G‘LI SHARIPOV SARDOR KOMIL O‘G‘LI SHODIYEV MUXRIDDIN SEVINDIK O‘G‘LI TOSHXO‘JAYEV ISLOMXO‘JA ILXOM O‘G‘LI TURG‘UNOV AZIZBEK XAYOT O‘G‘LI ULUG‘MURODOV ISLOM ILHOM O‘G‘LI USMANOV IBROXIM SHAVKATULLA O‘G‘LI XAYRIYEV SHOHXONBEK ANVAR O‘G‘LI XAYRULLAYEV AMRILLO OBIDJON O‘G‘LI XUSANOV BUNYODJON ERKIN O‘G‘LI
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )