Moliya fanidan savollarga javoblar. 1. O’zining lug’aviy ma’noi jihatdan fransuzcha, lotincha va ruscha so’zlarning sinonimi sifatida moliya so’zi qanday ma’noni anglatadi? J:“Daromad, to’lov” 2. Moliyaning qanday funktsiyalari mavjud? J:Taqsimlash va nazorat 3. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda qanday ma’noni anglatadi? J: pul mablag’lari 4. Kundalik turmushga “finansi” (“moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallifni aniqlang? J:“Respublika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Boden kiritgan. 5. Moliyaning to’liq tarifi keltirlgan qatorni ko’rsating? J:Moliya – davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi. 6. Quyidagilardan qaysi biri moliyaning xarakterli belgisi hisoblanadi? J:markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish) 7. Moliya – bu…… J: Pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir 8. Moliyaning ahvoli nimani belgilab beradi? J: Mamlakat iqtisodiyotinining ahvolini 9. Takror ishlab chiqarish jarayoni qaysi bosqichlarni o’z ichiga oladi? J: ishlab chiqarish, almashinuv, taqsimlash, iste’mol. 10.Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni belgilab bergan uzoq istiqbolga muljallangan va yirik masshtabdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’lib, u moliya rivojlanishining asosiy kontseptsiyalarini ishlab chiqish, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillarini belgilashni ko’zda tutadi. Ushbu ta’rif nimaga berilgan? J: Moliyaviy strategiyaga 11. Moliyaviy siyosat bu......... J: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik printsiplarining majmui. 12.Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari) nechta? J: 8 ta yo’nalishda 13. Strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.Ushbu ta’rif nimaga berilgan? J: moliyaviy taktikaga 14. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga kirmaydi? J: Inflyatsiyani oldini olish siyosati 15. Davlat va korxonalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va metodlari majmui hisoblanadi. Ushbu ta’rif nimaga berilgan? J: Moliya tizimiga 16. Moliya tizimi nechta sohaga bo’linadi? J: 2 sohaga bo’linadi 17. Moliya tizimi quyidagi qanday sohalarga bo’linadi? J: davlat moliyasi va mahalliy moliya, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasiga. 18. Byudjet siyosatidan qanday holatlarda foydalaniladi? J: Byudjetda kontsentratsiya qilinadigan YaIM hissasini aniqlashda 19. Pul siyosati orqali qanday vazifalar amalaga oshiriladi? J: Muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos kelmagan sharoitda pul massasining etmagan qismini qog’oz pullar hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldirish 20. Kredit siyosati natijasida kreditning arzonlashuvi nimalarga olib keladi? J: Takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining oshishiga 21. Moliya tizimi deganda nimani tushunasiz? J: Davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar to’plami 22. Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo’g’nilarini ko’rsating. J: Davlat byudjeti, maqsadli nobyudjet fondlar, davlat krediti 23.Moliya tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasiga tegishli bo’g’nilarini ko’rsating. J: Tijorat korxonalari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi, notijorat tashkilotlar moliyasi 24.O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti qanday byudjetlarni o’z ichiga oladi? J: Republika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 25.Moliyaviy boshqaruv deganda nimani tushunasiz? J: Boshqariladigan ob’eklar va boshqariluvchi sub’ektlar tizimlarining yagonaligidan iborat 26.Moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga nima deyiladi? J: moliyaviy rejalashtirish 27.Moliyaviy rejalashtirishning nechta turi mavjud? J: 2 ta turi 28.Moliyaviy rejalashtirishda davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy resurslar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qo’lida) qolgan daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni nimani bildiradi.? J: moliyaviy resurslarning balansliligini 29.Moliyaviy rejalashtirishda korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bo’yicha daromadlarning soliq to’languncha va soliq to’langandan keyingi o’lchamlari (miqdorlari) o’rtasidagi oqilona nisbatdan nimani anglatadi? J: moliyaviy resurslarning prorportsionalliligini 30.Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat? J: davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish 31.Nodavlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat? J: joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirish 32.Davlatning oliy moliyaviy nazorat organi qaysi? J: Hisob palatasi 33.Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat? J: davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish 34.K.Marksning qaysi asarda davlat byudjetining mohiyati tahlil qilingan? J: “Kapital” 35.XYuSlar moliyaviy salohiyati nimalardan iborat? J: aylanmadan tashqari va aylanma aktivlar 36.Davlat byudjeti qanday funktsiyalarni bajaradi? J: YaIM ni qayta taqsimlash va nazorat funktsiyalari 37.Budjet Kodeksi necha bo’lim, bob va moddadan iborat? J: 9 bo’lim, 28 ta bob, 192 ta moddadan 38.O’zbekiston Respublikasi Jamlanma budjeti tarkibi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? J: Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg’armalari 39.Moliya vazirligi tarkibiga qanday organ kiradi? J: Tuman moliya bo’limi 40.Budjet tasnifi nima? J: Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari, xarajatlarini va taqchillikni moliyalashtirish manbalarini guruhlash 41.Bojxona bojlari qanday to’lovlar guruhiga kiradi? J: Egri soliqlar 42.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida soliq tizimiga tegishli moddalarni ko‘rsating. J: 51, 123 43.Davlat budjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi J: Soliqlar 44.Soliqlarni joriy qilish kimning vakolatiga kiradi? J: Oliy Majlis vakolatiga 45.Soliq stavkalari kim yoki qaysi vakolatli davlat organi qarori bilan tasdiqlanadi? J: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 46.Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi qancha davrga tuziladi? J: Bir yilga 47.Davlat budjetining yo‘naltirilganligi qanday? J: ijtimoiy-iqtisodiy 48.Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi nimani ifodalaydi? J: milliy daromadni budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash; 49.Davlat budjeti xarajatlarining funksional tasnifiga ko‘ra: J: ijtimoiy, iqtisodiy, boshqaruv va boshqalar; 50.Qachondan boshlab davlat maqsadli jamg‘armalari davlat konsolidatsiyalashgan budjetida jamlanadi? J: 1995-yildan 51.Kelgusi byudjet yili uchun davlat byudjeti loyihasi qaysi organ tomonidan tuziladi? J: Moliya vazirligi 52.Budjet kodeksi qachon amalga kiritilgan? J: 2013-yil 26-dekabrda O‘RQ-360-son O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan qabul qilingan va 2014-yildan boshlab amalga kiritilgan. 53.Budjetnoma- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaysi muddatda kiritiladi? J: 15-sentabriga qadar 54.Qaysi organ soliqlarni joriy qilish vakolatiga ega? J: Oliy Majlis; 55.Byudjet jarayoni nechta bosqichan iborat? J: 4 bosqichdan 56.Respublikamizda qachondan boshlab fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimi amaliyotga joriy qilindi? J: 2005 yildan 57.Vazirlar Mahkamasining 414-son «Byudjet tashkilotlarining moliyalashtirish tartibini takomillashtirish» to’g’risidagi farmoniga ko’ra stipendiyalar to’lash xarajatlari kaysi guruhga kiradi? J: 1-guruh xarajatlari 58.Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi qaysi manba hisobidan beriladi? J: Pensiya fondi; 59.Qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjet dan quyi turuvchi budjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga ajratiladigan pul mablag‘lari nima deyiladi? J: budjet ssudasi 60.O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qachon tuzilgan? J: 2002-yil 61.Mehnat haqi fondidan a ijtimoiy soliqning asosiy qismi qaysi fondga o‘tkaziladi? J: Pensiya fondi; 62.Qaysi iqtisodchi olimlar soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining unumsiz sarflanishi isbotlanganlar J: A.Smit, U.Petti, D.Rikardo, P.Baugilber 63.Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajartilishi qaysi mezonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim? J: Birgalikda yashash, umumiy byudjetning mavjudligi, iqtisodiy qarorlarni birga qabul qilish 64.O’zbekiston Respublikasining Sug’urta faoliyati to’g’risidagi Qonun qachon qabul qilingan? J: 2002 yil 5 aprel 65.Umumiy sug’urta nechta klassga bo’linadi? J: 17 klassga 66.Hayot sug’urtasi nechta klassga bo’linadi? J: 4 klassga 67.Barcha iqtisodiy sub’ektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga qanday nazorat deyiladi? J: Moliyaviy nazorat 68.Pensiyaning qanday ko’rinishlari mavjud? J: Yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya 69.Budjet tizimi budjetlariga ularning o‘z daromadlari etishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari nima deyiladi? J: dotatsiyalar 70.Byudjet so’rovi nima uchun yuboriladi? J: Byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun 71.Qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjet dan quyi turuvchi budjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga ajratiladigan pul mablag‘lari nima deyiladi? J: budjet ssudasi 72.Ta’lim sohasidagi byudjet muasssasalarida qaysi xarajat moddasi eng katta salmoqqa ega? J: ish xaqi xarajatlari; 73.Byudjet tashkilotlari tomonidan ijaraga berilgan mol-mulkdan tushgan ijara haqidan maxalliy byudjetga qancha o’tkaziladi? J: 50 foiz 74.Byudjet tashkilotlarida xarajatlarni moliyalashtirishda oziq-ovqat xarajatlari qaysi guruh xarajatlari tarkibiga kiradi? J: 4-guruh xarajatlari 75.Byudjet jarayoni qanday bosqichlardan iborat? J: Byudjet loyihasini tuzish; ko’rib chiqish va tasdiqlash; byudjetni ijro etish; ijro ustidan nazorat qilish; ijro bo’yicha hisobot tayyorlash va tasdiqlash 76.Mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari nima? J: Umumdavlat soliqlaridan belgilangan normativlar, byudjet dotatsiyalari, byudjet subventsiyalari, byudjet ssudalari 77.Unitar davlatlarda byudjet tizimi qanday bo’g’inlardan iborat? J: Markaziy va mahalliy byudjetlar 78.Xarajatlar smetasi ta’rifi keltirilgan to’g’ri javobni toping? J: bu byudjet muassasalari va tashkilotlarining moliyaviy rejasi 79.Qaysi byudjetga tushishiga qarab soliqilar qanday soliilarga ajratilishi mumkin? J: Umumdavlat va mahalliy soliqlar 80.Byudjet defitsiti nima? J: Byudjet xarajatlarining daromadlaridan ortishi 81.Yuqori sinflarda dars beruvchi maktab o’qituvchisining haftalik o’quv yuklamasi qancha miqdorda o’rnatilgan? J: 20 soat 82.Moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo’linadi. J: Davlat moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazorati 83.Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi keltirilgan to’g’ri javobni ko’rsating. J: joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat 84.Zamonaviy moliyaga berilgan ta’rif keltirilgan qatorni toping. J: Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy moliya deyiladi. 85.Moliyaning ahvoli nimani belgilab beradi? J: Mamlakat iqtisodiyotinining ahvolini 86.Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar nechta turga bo’linadi? J: 4 ta turga bo’linadi. 87.Amaliyotda firmalar tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar nechta turga bo’linadi? J: 3 ta turga bo’linadi. 88.Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) qanday aniqlanadi? J: uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi. 89.Firmaga keltirilgan ta’rif berilgan qatorni toping. J: Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi. 90.Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar nima deyiladi. J: moliyaviy kapital 91.Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning qanday kapitali hisoblanadi. J: jismoniy kapitali 92.Qimmatli qog‘ozlar emitent-firmasi aksionerlarga pul ko‘rinishida to‘laydigan daromad nima deb aytiladi. J: Dividend 93.Obligatsiya bo‘yicha qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va siz bergan pulingiz evaziga olinadigan summa- bu nima bo’ladi? J: nominal foiz stavkasi 94.Sug’urta xizmati ko‘rsatilgani uchun mijoz- tomonidan to‘lanadigan pullar nima deyiladi? J: sug‘urta mukofoti 95.Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan nima deyiladi? J: buxgalteriya hisobi 96.Moliyaviy hisobotlar funktsiyalari nechta turga bo’linadi? J: 3 turga 97.Moliyaviy hisobotning asosiy turlari keltirilgan qatorni ko’rsating? J: Balans, Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, Pul oqimlari to’g’risida hisobot. 98.U muayyan vaqt oralig‘idagi aktivlarini (ya’ni, firma nimaga egalik qilsa, shularni) va majburiyatlarini (ya’ni, barcha qarzlarini) aks ettiradi. J: Firma balansi 99.Ma’lum vaqt oralig‘ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi. Bu qanday hisobot? J: Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot 100. Ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Bu qanday hisobot? J: Pul oqimlari to’g’risida hisobot 101. Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati nima deb ataladi. J: balans qiymati 102. Kompaniya boshqa kompaniyani uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv nima deb ataladi? J:gudvil 103. Sotuvlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROS) qanday aniqlanadi? J: EBIT/Sotish hajmi 104. Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qanday aniqlanadi? J: EBIT/Jami aktivlar o‘rtacha qiymati 105. Jismoniy yoki yuridik shaxs ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga egaligi holati nima deyiladi. J: Likvidlik 106. Biznes egasining agenti sifatida mulkdor manfaatlari uchun faoliyat yurituvchi shaxs? J: moliyaviy menejer 107. Korxonaning bozor bahosi deganda nima tushuniladi? J: korxonani sotish natijasida egalik qilish mumkin boʻlgan pul miqdori; 108. Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja (fond) indeksiga bog‘lash maqsadiga asoslangan investitsiya strategiyasiga nima deyiladi. J: Indeksatsiyalash 109. Uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etish- qanday xizmat hisoblanadi? J: Sug’urta xizmatlari 110. Biznesning oltin qoidasi hisoblangan fikr toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang. J: bugun olingan pul mablagʻi ertaga olinadigan pul mablagʻiga nisbatan qadrliroq; 111. Diskontlash tushunchasi nimani anglatadi? J: kelgusida ma’lum bir belgilangan summani olish uchun joylashtirish talab etiladigan pul mablagʻi miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi; 112. AQShda yuqori texnologiyali kompaniyalar aksiyalari kotirovkasini avtomatik tizim asosida aniqlashga ixtisoslashgan tashkilot nomi? J: NASDAQ 113. Sof joriy qiymat (NPV)ni aniqlangan holatlardan qaysi birida loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinadi? J: NPV ˃ 0 holatida 114. Investitsiyalar samaradorligini baholashda keng foydalaniladigan koʻrsatkichlardan biri keltirilgan javobni belgilang. J: daromadlilikning ichki me’yori 115. NPV nolga teng boʻlganda investitsion loyiha boʻyicha pul oqimlarining sof joriy qiymatini aniqlashga xizmat qiluvchi diskontlashning koeffitsientlari yoki foiz stavkalarini anglatadigan koʻrsatkichni belgilang. J: IRR 116. Diskontlashtirish deganda nima tushunasiz? J: daromaddorlik stavkasiga muvofiq muayyan muddatga keltirilgan nominal summani aniqlash 117. Kelishilgan muddat davomida ma’lum bir mukofot summasi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan narx boʻyicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitim nima deb ataladi? J: opsion 118. Diversifikatsiya nima? J: portfelni ko’plab investitsiyalardan tashkil etish orqali riskni pasaytirishga mo’ljallangan strategiya 119. Dunyoning taniqli reyting agentliklari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? J: Standart&Poor’s Moody’s,Investors services 120. Xalqaro Valyuta Fondi qachon tashkil etilgan va uning maqsadini aniqlang? J: 1945 yilda tashkil etilgan, maqsadi a’zo mamlakatlarning valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish 121. DPP - bu… J: loyihaning diskontlangan qoplanish muddati 122. Loyiha samaradorligini baholashning sof joriy qiymati qanday aniqlanadi? J: Diskontlangan daromadlardan diskontlangan xarajatlar ayiriladi 123. Loyiha samaradorligini baholashning rentabellik indeksi qanday aniqlanadi? J: Diskontlangan daromadlar diskontlangan xarajatlarga bo'linadi 124. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar keltirilgan qatorni toping. J: fyuchers, optsion, varrant 125. Biznesning tashkiliy shakllari keltirilgan qatorni toping? J: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya 126. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy tarkibiy qismlari keltirilgan qatorni toping? J: Pul bozori, kapital bozori, fond bozori, valyuta bozori. 127. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan iborat bo‘lgan firmalar nima deb ataladi? J: moliyaviy vositachilar 128. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlarga oqib o‘tishiga nima deyiladi? J: moliyaviy oqim 129. Pul bozori deganda nimani tushunasiz? J: Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozorini 130. Bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda sotib olish huquqini beradigan vositadir. Bu qanday opsion? J: «koll» opsion 131. Bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Bu qanday opsion? J: «put» opsion 132. Kapital bozori deganda nimani tushunasiz? J: Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozorini 133. Qanday kontraktlarda- kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalar aks ettiriladi? J: forvard» kontraktlar 134. Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan daromadlik stavkasiga qanday stavka deb ataladi. J: foiz stavkasi 135. Foiz stavkasiga ta’sir qiluvchi omillar keltilgan qatorni toping? J: Hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati, to‘lanmaslik riski. 136. Aksiyador aksiyalarga egalik qilgan vaqt mobaynida aksiya bozor kursining o‘sishi daromadning nima deb aytiladi. J: kapitalning o‘sishi 137. Obligatsiya va aksiyaning bir-biridan farqli jihati toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang. J: obligatsiya qarz munosabatini, aksiya ulush munosabatini anglatadi; 138. Moliyaviy tizimga berilgan ta’rif keltirilgan qatorni toping? J: Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizimga deyiladi 139. Kapital bozori deganda nimani tushunasiz? J: Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozorini 140. “Zamonaviy moliya” fanini o‘rganish uchun asosiy o‘ta muhim sabablar necnta? J: 5 ta o‘ta muhim sabab bor 141. Quyidagilardan qaysi biri uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar qismiga kirmaydi? J: Aktivlarni boshqarish bilan bog’liq qarorlar 142. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning qanay kapitali hisoblanadi? J: jismoniy kapitali 143. Mas’uliyati cheklangan jamiyat afzalligi nimada? J: Uning muassislarining mas’uliyati jamiyatga kiritilgan kapital bilan cheklangan 144. Biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qaysi birining tavakkalchilik darajasi eng yuqori? J: Xususiy korxona, chunki uning ta’sischisi korxona qarzlari bo’yicha o’zining barcha mol-mulki bilan javob beradi 145. Biznesning tashkiliy shakli sifatida korporatsiyalarning asosiy afzalligini belgilang. J: +mulk huquqini oʻtkazish va yangi aksiyalar paketini emissiya qilish yordamida qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilishning nisbatan osonligi; 146. Shirkat (partnership) –deganda qanday biznes shaklini tushunasiz? J: Bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar 147. Riskli aktiv deganda nimani tushunasiz? J: Riskli aktiv degani kelajakda foyda kelishi aniq emas aktiv degani. 148. Annuitetlar deganda nimani tushunasiz? J: Annuitet ma’lum davrlar mobaynida teng qiymatli to’lovlarni bildiradi 149. Moliyaviy hisobotlarning asosiy funksiyasi keltirilgan qatorni toping J: moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganito‘g‘risida ma’lumot beradi. 150. Bu kompaniyalar - moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etadilar. Bu qanday kompaniyalar? J: Sug‘urta kompaniyalari.
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )