Mavzu: Paskal dasturlash tilida chiziqli dasturlar tuzish.
R e j a:
Kirish
1. Paskal dasturlash tili bilan tanishish
2. Paskal tilining asosiy tushunchalari
3. Paskal algoritmik tilining asosiy operatorlari
4. Paskal tili asosida turli jarayonlarni dasturlash
5. Takrorlanish operatorlari. Paskal tilida soda dastur
tuzish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani
esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu
sharqona qarash, sharqona hayot
falsafasi.
Islom Karimov
Kirish
Ta’lim tizimidagi chuqur va keng ko’lamli islohotlarning mazmuni va amalga
oshirish muddatlari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonun va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi yetakchi
vazifalardan biri ta’lim-tarbiyaning sifatini ko’tarish, ta’lim mazmunini yangilash,
yosh avlodning aqliy intellektual taraqqiyotini ta’minlashga yo’naltirilgan uzluksiz
ta’lim-tarbiyaning yangi modelini pedagogik jihatdan ta’minlangan holda
muntazam takomillashtirib borishdan iboratdir.
“Kadrlar tayyorlash milliy modeli” ning tarkibiy qismlaridan bo’lmish
uzluksiz ta’lim raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimining asosi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining jadal taraqqiyotini ta’minlash, davlatning iqtisodiy,
ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol
o’ynovchi malakali mutaxassislarni tayyorlashda uzluksiz ta’lim tizimining o’rni
beqiyosdir. Hozirgi kunda ushbu sohani takomillashtirish borasida muayyan ishlar
amalga oshirilmoqda.
Informatika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni o’rganish va
tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu vositalarning
imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan foydalanishni kompyuter
texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Kompyuter – murakkab elektron qurulma, mufassal o’rganish uchun ancha
vaqt zarur bo’ladi. Biroq, kompyuterdan foydalanuvchilar – dasturchilar uchun
uning ishi haqida eng umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish yetarlidir. Dasturchini,
asosan, mashina dastur buyruqlarini qanday qilib amalga oshirishi, bunda u qanday
amallarni bajarishi qiziqtiradi. Kompyuter dasturni bajara borib, turli turli
ma’lumotlar (sonlar, mantiqiy qiymatlar, matnlar va h.k) ustidan amallar bajaradi.
Ishlash usuliga ko’ra, translyatorlar kompilyatorlarga va interpretatorlarga
bo’linadi. Kompilyatorning interpretatorlardan farqi shuki, kompilyator
foydalanuvchi yozgan dasturni EHM uchun tushunarli ko’rinishga o’tkazadi (u
ichki ko’rinish deyiladi), so’ngra bu ko’rinishdagi dastur bajariladi. Interpretator
esa har bir ko’rsatmani ichki ko’rinishga o’tkazib bajaradi. Paskal tilining
2
translyatorlari uning boshlang’ich ko’rinishlaridan so’nggi Turbo Paskal 7.0
versiyasigacha kompilirlovchi tamoyil asosida ishlaydi.
Foydalanuvchidan kompyuter bilan muloqot qilish uchun kompyuter tilini
bilish ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadigan til dasturlash tili deb ataladi.
Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu
algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun-qoidalar asosida
yozilishi kerak bo’ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo’lgan
ko’rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish
jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi.
Hozirgi paytda dastrulash tillarining soni juda ko’payib ketmoqda. Lekin,
shuni aytish kerakki, har qanday dasturlash tili o’zining darajasi va qo’llash
sohasiga ega. Ba’zi bir tillar bir necha xil soha masalalarini yechishga ishlatiladi.
Bunday tillar universal tillar deb ham ataladi.
Paskal algoritmik tili ham universal til hisoblanadi. U dasturlashning asosiy
tushunchalari va konstruksiyalarini o’z ichiga olishi bilan birga boshqa universal
dasturlash tillariga qaraganda ancha sodda.
3
1. Paskal dasturlash tili bilan tanishish
Paskal tili shveysariyalik olim Niklas Virt tomonidan, talabalarga dasturlashni
o’rgatish vositasi sifatida 1969 – yilda o’ylab topilgan edi. Tilning poyasi mashhur
fransuz matematigi va faylasufi Blez Paskal (1623 - 1662) sharafiga qo’yilgan.
Dastlab Paskal tili universitetlarda keng tarqaldi, ma’lum bir vaqtdan keyin
har xil turdagi EHMlarda Paskal tili uchun o’nlab translyatorlar ishlab chiqildi.
1981 – yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi.
Paskalning 4.0 versiyasidayoq foydalanuvchilar o’z qo’l ostilariga, tizimdan
chiqmasdan turib katta dasturlar tuzish va yaxshilash imkoniyatlari bo’lgan, qulay
tizim (dasturlar ishlab chiqishning yig’ma muhiti) ga ega edilar. 5.5 versiyasining
paydo bo’lishi bilan Turbo Paskalda obyektli dasturlash imkoniyati ham paydo
bo’ldi. 6.0 versiyasida dastur matinlariga assemblerda yozilgan bo’laklarini kiritish
mumkin bo’ldi. Bundan tashqari yig’ma muhit birmuncha o’zgardi. Bu versiyaga ,
shuningdek, boshlang’ich matinlar paketi (Turbo Vision) taklif etildi.Undan
foydalanish natijasida tashqi jihatdan Borland firmasining dasturlar ishlab
chiqarish yig’ma muhitiga o’xshash muloqot tizimlarini tez yaratish mumkin
bo’lib qoldi.
IBM PS turidagi shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan Borland firmasining
mahsuloti – Turbo Paskal dasturlash tizimi hozirgi kunga kelib eng keng tarqalgan
dasturlash tizimlaridan biriga aylandi. Bunga, bir tomondan Paskal dasturlash tili
asosining soddaligi sabab bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, tilni
mukammallashtirishga ko’p kuch sarflagan Turbo Paskalning yaratuvchisi Anders
Xeylberg rahbarligidagi Borland xodimlarining mehnati va mahorati sabab bo’ldi.
Til murakkab bo’lmagan hisoblash masalalarini yechishga mo’ljallangan oddiy
dasturlar tuzishdan tortib ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi murakkab relyatsion
tizimlarni ishlab chiqarishgacha bo’lgan har qanday masalani yecha oladigan
qudratli zamonaviy professional dasturlash tizimiga aylandi.
Windowsning va Windows muhitida dasturlar ishlab chiqish uchun Borland
Paskal with Objects va Delphi instrumental vositalarining paydo bo’lishi yana bir
marta Turbo Paskalning bitmas – tuganmas imkoniyatlarga ega ekanligini
ko’rsatdi.
Borland Paskal ham, Delphida ishlatiluvchi Objects Paskal ham Turbo
Paskalga asoslanishadi va uning g’oyalarini rivojlantirishadi.
4
Turbo Paskal dasturlash tizimi
Turbo Paskal dasturlash tizimi ikkita, ma’lum ma’nodagi, mustaqil
boshlang’ichlarning yagona birligidan iborat. Ularga Paskal dasturlash tili
kompilyatori va dastur yaratish samaradorligini oshirishga imkon yaratuvchi
instrumental dastur qobig’i kiradi. Aniqlik uchun bundan keyin kompilyator
tomonidan amalga oshiriluvchi dasturlash tilini Turbo Paskal tili deb, dastur
qobig’i yordamida berilayotgan har xil servis xizmatlarini Turbo Paskal muhiti
deb ataymiz.
Turbo Paskal muhiti tushunchasiga to’xtalamiz. Dasturlashga yordam
beruvchi har xil servis xizmatlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu
dasturlar nimalar qilishi kerak? Dastlab ular Turbo Paskalda tuzilgan dastur
matnini kiritishga imkon berishi, vaqt – vaqti bilan diskka ishning navbatdagi
natijasini yozib borish, yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan kichik imloviy xatoliklarni
tuzatish jarayonida, uning to’g’ri ishlayotganligini ko’rib turishi uchun dasturni tez
– tez ishga tushirib turishi zarur. Bu va shunga o’xshash boshqa ishlar jamlovchi
muhitda bajariladi.
Borland Paskal with Objects 7.0 dastur yaratish muhitining tarkibi
Turbo Paskal tilida dastur yaratish uchun Borland firmasining oldingi
mahsulotlari kompilyator va standart protsedura hamda funksiyalar
kutubxonasidan tuzilgan modullardan iborat edi. Kompilyator ikki versiyaga ega,
ulardan biri ishlab chiqishning integral muhitida (TURBO.EXEfayli), ikkinchisi
paket rejimda (TPC.EXE fayli) ishlagan. Borland Paskal with Objects 7.0
kompilyatorning yangi mahsuloti oldingilaridan keskin farq qiladi. U ishlab
chiqishning uchta integral muhitiga (TURBO.EXE, BP.EXE, BPW.EXE) va
ikkita paket versiyalariga (TPC.EXE va BPC.EXE) ega. Ularni guruhlarga
quyidagicha ajratish mumkin:
Protsessorning real rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi
kompilyator versiyalari (TURBO.EXE, TPC.EXE);
Protsessorning himoya rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi
kompilyator versiyalari (BP.EXE va BPC.EXE);
Kompilyatorning
Windows
boshqaruvida
ishlovchi
versiyalari
(BPW.EXE).
Borland Paskal with Objects 7.0 kompilyatori versiyalarining imkoniyatlarini
taqqoslash uchun ularning ba’zi bir tavsiflarini keltiramiz.
Protsessorning real rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator
versiyalari (TURBO.EXE, TPC.EXE).
1. Kompilyator versiyalari:
a) ishlab chiqishning integral muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi
(TURBO.EXE);
5
b) kompilyatorning paketli versiyasi (TPC.EXE).
2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: protsessorning real rejimidagi
MS – DOS.
3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar:
protsessorning real rejimidagi MS – DOS.
4. EXE.TPU chiqish fayllari turlari.
5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TURBO.TPL.
Protsessorning himoya rejimida MS–DOS boshqaruvida ishlovchi
kompilyator versiyalari (BP.EXE, BPC.EXE).
1. Kompilyator versiyalari:
a) ishlab chiqishning integral muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi
(BP.EXE);
b) kompilyatorning paketli versiyasi (BPC.EXE).
2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: protsessor himoya rejimida MS
– DOS.
3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar.
a) prorsessor real rejimidagi MS – DOS;
b) protsessor himoya rejimidagi MS – DOS;
c) Windows
4. Chiqish fayllari turlari: EXE, TPU, TPP, PPW, DLL.
5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TPP.TPL.
Windows boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari
(BPW.EXE).
1. Kompilyator versiyalari:
a) ishlab chiqishning jamlovchi muhitida (IM) ishlovchi kompilyator
versiyasi (BPW.EXE);
b) kompilyatorning paketli versiyasi (mavjud emas)
2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: Windows
3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar:
a) protsessor real rejimidagi MS – DOS;
b) protsessor himoya rejimidagi MS – DOS;
c) Windows
4. Chiqish fayllari turlari: EXE, TPU, TPP, PPW, DLL.
5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TPW. TPL
Hozirgi paytga kelib, foydalanuvchilar orasida keng tarqalgan va
muhandislik masalalarini yechishga mo’ljallangan algoritmik tillardan biri 1969yili shveytsariyalik olim Blez Paskal nomi bilan yuritiladi. 1981 yili Paskal tilining
xalqaro standarti taklif etildi. Shaxsiy kompyuterlarda Borland firmasining Turbo-
6
Paskal dialekti keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda mazkur tilning 7 versiyasi
foydalanuvchilar uchun taklif qilingan.
2. Paskal tilining asosiy tushunchalari
Paskal tilining alifbosi
1. Ixtiyoriy tabiiy (o’zbek, rus, ingliz, fransuz va hokazo) bir necha asosiy
elementlardan, ya’ni simvollar, so’z, so’zlar birikmasi va gaplardan tashkil topadi.
Xuddi shunday algoritmik tillar ham tabiiy tillar kabi asosiy elementlardan tashkil
topadi. Bu yerda asosiy elementlar simvollar, so’z, ifoda (so’zlar birikmasi) va
operator (gap)lardan tashkil topadi.
1. 26 ta lotin alifbosi harflari: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P,
R, Q, S, T, U, V, W, X, Y, Z va rus alifbosi harflari.
2. Arab raqamlari: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0. nol soni O harfidan farq qilishi
uchun dastur tuzishda uning usti chizib yoziladi.
3. Arifmetik amallar. Paskal tilida quyidagi arifmetik amal belgilari mavjud:
ko’paytirish (*), masalan: A*B; bo’lish (/), masalan: A/B; qo’shish (+),
masalan: A+B; ayirish (-), maslan:A-B. paskal tilida darajaga ko’tarish
amamli yo’q. shuning uchun ham sonlarni butun darajaga ko’tarish (daraja
ko’rsatkichi katta son bo’lmasa) ularni bir necha marotaba ko’paytirish
yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Haqiqiy darajaga ko’tarish (agar asos
musbat son bo’lsa) logarifmlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
x n e n ln x yoki x n 10 n lg x
4. Munosabat amal belgilari: < (kichik), <= (kichik yoki teng), > (katta), >=
(katta yoki teng), =(teng), <>(teng emas).
5. Maxsus belgilar: .(nuqta); ,(vergul); ; (nuqtali vergul); : (ikki nuqta);
oddiy, kvadrat va figurali qavslar: ( ), [ ], { }; probel yoki bo’sh joy
tashlash, ` (apostrof); «»(qo’shtirniq) va hokazo.
6. Xizmatchi so’zlar:
1. AND – va
17. GOTO – ga o’tish
2. ARRAY – massiv
18. IF – agar
3. BEGIN – boshlamoq
19. IN – ga
4. CASE – variant
20. LABEL – belgi
5. CONST – o’zgarmas
21.MOD – modul
6. DIV –butunga bo’lish
22.NOT – yo’q
7. DO – bajarmoq
23.OF – dan
8. DOWNTO – gacha kamaytirish
24.OR –yoki
9. ELSE – aks holda
25.PROCEDURE – prosedura
10.END–tamom
26. PROGRAM – dastur
11.FILE – fayl
27. RECORD – yozuv
7
12. FOR – uchun
28. REPEAT – takrorlamoq
13. FUNCTION – funksiya
29.UNTIL – gacha
14. THEN –u holda
30.VAR – o’zgaruvchi
15.TO – gacha
31.WHILE – hozircha
16.TYPE – turi
32. SET – to’plam
2. Nom (yoki identifikator) harf va raqamlar ketma-ketligidan tashkil topadi va
albatta harfdan boshlishi shart. Nom dasturda o’zgaruvchilarni, o’zgarmaslarni,
turlarni, protseduralarni va funksiyalarni nomlash uchun qo’llaniladi. Nomlarni
tanlash to’laligicha dasturlovchining ixtiyorida. Iloji boricha qaralayotgan
ob’ektlarning ma’nosiga to’g’ri keluvchi nomlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Nom sifatida Paskal tilining xizmatchi so’zlari va standart nomlarni qo’llash
mumkin emas. Ko’pgina kompyuterlarda nomlarning uzunligi chegaralangan,
ya’ni 8 ta simvoldan ortmasligi kerak.
Masalan: X,Y, X5, XI, MAX, MIN, A55, ALFA, BETTA va hokazo.
3. Hisoblash jarayonida qiymati o’zgarmaydigan kattaliklar o’zgarmaslar deyiladi.
Pskal algoritmik tilida o’zgarmaslar: butun (integer), haqiqiy (real), mantiqiy
(boolean), belgili (char), matnli (text) ko’rinishlarida bo’lishi mumkin.
Butun yoki haqiqiy turdagi o’zgarmaslar, oldiga “+” yoki “–” ishorasi
qo’yilgan raqamlardan hosil bo’ladi.
Mantiqiy turdagi o’zgarmaslar faqatgina 2 ta qiymat: TRUE (rost) va FALSE
(yolg’on) qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
Belgili turga mansub o’zgarmaslar qo’shtirnoq belgisi ichiga olingan belgilar
ko’rinishida yoziladi. Masalan, «KASSA», «INFORMATIKA». Matnli konstanta
(qatorlar) belgilar ketma-ketligini qo’shtirnoq belgisi ichiga olib yoziladi.
Masalan: «Y=», «ILDIZ=»…
Hisoblash jarayonida qiymati o’zgaradigan kattaliklar o’zgaruvchilar deyiladi.
Mazkur algoritmik tilda dasturda qatnashayotgan o’zgaruvchi miqdorlarni belgilab
yozish uchun o’zgaruvchilardan foydalaniladi. Paskal tilida oddiy va indeksli
o’zgaruvchilardan foydalaniladi. Oddiy o’zgaruvchilar butun, haqiqiy, mantiqiy va
belgili turlarning biriga tegishli bo’lishi mumkin.
Masalan: SR, XMAX, DELTA, IFA, REZ, SUMAR.
Indeksli o’zgaruvchilar massivlarning elementini tashkil qiladi. Umumiy ismga
ega bo’lgan o’zgaruvchilar to’plami massivlar deb ataladi. Bitta indeks bilan
belgilangan massivlar bir o’lchovli massivlar deb, ikkita indeks bilan belgilangan
massivlar esa iki o’lchovli massiv deb ataladi. Massivlarning elementlari kvadrat
(o’rta) qavsga olinib yoziladi.
Masalan: A[4], A[25], A[I] – bir o’lchovli massivlar; B[2,5], B[I, J] – ikki
o’lchovli massivlar.
8
3. Paskal algoritmik tilining asosiy operatorlari
Operatorlar – bu berilgan dasturlash tilida EHM da ma’lumotlarni qayta ishlash
jarayonidagi ma’lum bir tugallangan amalni ko’rsatish uchun mo’ljallangan
ko’rsatmadir.
Paskal tilida operatorlar sodda va murakkab operatorlarga bo’linadi. Sodda
operatorlar o’z tarkibida boshqa operatorlarni saqlamaydi. Sodda operatorlarga
ta’minlash, shartsiz o’tish, kiritish, chiqarish va bo’sh operatorlarga misol
bo’la oladi. Murakkab operatorlar o’z tarkibida boshqa operatorlarni saqlaydi.
Murakkab operatorlarga shartli o’tish, sikl hamda tanlash operatorlari va
boshqa operatorlarni kiritish mumkin. Paskal tilida operatorlar bo’limi BEGIN
so’zi bilan boshlanib, END bilan tugallanadi. Har bir operator ; (nuqtali vergul)
bilan tugallanadi, oxirgi END dan keyin nuqta qo’yiladi.
Ta’minlash operatori
Chiziqli strukturali algoritmlarni dasturlashda operatorlar ketma-ket qanday
yozilgan bo’lsa, shu tartibda bajariladi. Chiziqli strukturali algoritmlarni
dasturlashda dasturlashda ta’minlash, berilganlarni kiritish va natija chiqarish
operatorlari qo’llaniladi.
O’zgaruvchilarni tegishli qiymatlarni dasturni o’zida berish hamda ifodaning
qiymatini hisoblash uchun ta’minlash operatori qo’llaniladi.
Ta’minlash operatori haq qanday dasturlash tilining asosiy operatori
hisoblanadi.
Operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
V:=B;
bunda V-o’zgaruvchi nomi; B-ifoda; : “=” ta’minlash belgisi.
Bu operatorning bajarilishi quyidagicha: : “=” belgidan o’ng tomondagi ifodaning
qiymati hisoblanadi va uni chap tomondagi o’zgaruvchiga ta’minlaydi. Bu operator
bajarilishi uchun : “=” belgidan o’ng tomondagi ifodada qatnashgan barcha
o’zgaruvchilarning qiymati aniqlangan bo’lishi shart. Ta’minlash belgisi “:=”
oddiy tenglik “=” belgisidan farq qiladi. Bu farq faqat yozilishidan emas, balki
mazmun jihatidan ham farq qiladi.
Ta’minlash operatori arifmetik, mantiqiy, satrli va harfli bo’lishi mumkin.
Masalan:
X:=5;
Z:=X*Y+X/Y;
P:=SQRT(X+_Y)-LN(2*X);
S:= ‘Samarqand’ ;
9
Tarkibiy operator
Tarkibiy operator deganda begin va end so’zlarining ichiga olib yozilgan bir
nechta operatorlar ketma-ketligi tushuniladi.
Tarkibiy operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
begin
operator 1;
operator 2;
…………..
operator n-1;
operator n;
end.
Bu yerda begin va end xizmatchi so’zlari operator qavslari deyiladi. Begin –
ochiluvchi qavs, end – yopiluvchi qavs vazifasini bajaradi. Tarkibiy operatordagi
operatorlar soni bitta bo’lishi ham mumkin.
Tarkibiy operatorlarga misollar:
begin y:=x+1; end
begin y:=5*sin(x); z:=sqrt(x+5); end
Tarkibiy operatorning har bir operatori o’z navbatida yana tarkibiy operator
bo’lishi mumkin.
Bo’sh operator
Bo’sh operator deganda hech qanday harakatni bajarmaydigan operator
tushuniladi. Bo’sh operatorga operator mavjud bo’lishi kerak bo’lgan joydagi
yozuvning yoq’ligi to’g’ri keladi. Operatordan so’ng nuqtali vergul qo’yiladi.
Masalan:
Y:=sin(x);
Z:=5*x;
;
r:=6/5;
bu yerda uchinchi qatordagi operator bo’sh operatordir.
Kiritish operatori
Dasturda qatnashayotgan o’zgaruvchilarga boshlang’ich ma’lumotlarni berish
uchun kiritish operatori qo’llaniladi.
Kiritish operatori 3 xil ko’rinishda bo’lishi mumkin:
1. READ (a,b,c, …);
2. READLN (a,b,c, …);
3. READLN;
Bunda a, b, c, … lar qiymatlari kiritilishi kerak bo’lgan o’zgaruvchilar ro’yxati.
READ (a,b,c, …) – operatori bajarilganda a, b, c, …o’zgaruvchilarning
qiymatlari ketma-ket kiritiladi.
10
READLN (a,b,c, …) – operatori bajarilganda a, b, c, … o’zgaruvchilarning
qiymatlari kiritiladi, so’ng keeyingi satrga o’tiladi. Keyingi kiritish operatoridagi
o’zgaruvchilarning qiymatlari yangi qatordan kiritiladi.
READLN – bundaberilganlar kiritilgandan keyin yangi satrga o’tish
ta’minlanadi.
READ (a, b, c,…) va READLN operatorlarining birgalikda qo’llanilishi
READLN (a,b,c, …) operatorlariga ekvivalent hisoblanadi.
Paskal tilida butun, haqiqiy va simvolli berilganlarni kiritish mumkin. Mantiqiy
berilganlarni kiritish mumkin emas.
Chiqarish operatori
Chiqarish operatori dasturda hosil bo’lgan natijalarni chiqarish uchun
qo’llaniladi. Chiqarish operatori quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
1. WRITE (x, y, z, …) – bu operator bajarilganda x, y, z, …
o’zgaruvchilarning qiymatlari chiqariladi.
2. WRITELN (x, y, z, …) - bu operator bajarilganda x, y, z, …
o’zgaruvchilarning qiymati chiqariladi va yangi satrga o’tishni ta’minlaydi.
3. WRITELN – display ekranida yangi satrga o’tishni ta’minlaydi. Bunda x, y,
z, … lar qiymati chiqarilishi kerak bo’lgan o’zgaruvchilarning ro’yxati. Bu
yerda WRITE (x, y, z, …) va WRITELN operatorlari birgalikda
WRITELN (x, y, z, …)
Butun turdagi o’zgaruvchining qiymati butun son ko’rinishida, haqiqiy turdagi
o’zgaruvchining qiymati qo’zg’aluvchi yoki qo’zg’almas nuqtali ko’rinishdagi
haqiqiy son sifatida, mantiqiy o’zgaruvchining qiymati TRUE (chin) yoki FALSE
(yolg’on) ko’rinishlarda, simvonlli o’zgaruvchilarning qiymatlari alohida simvollar
ko’rinishida chiqariladi.
Chiqarish operatorida butun va haqiqiy sonli qiymatlarni chiqarishda
qulaylik uchun formatlarni, yani ajratilga joyni ham ko’rsatish mumkin.
Butun sonli qiymatlarni chiqarishda operatorning umumiy ko’rinish
quyidagicha bo’ladi;
write(a:m); yoki writeln(a:m); bunda a-o’zgaruvchi nomi; m-chiqarilayotgan
qiymat uchun ajratilga joyni bildiradi (m-butun son).
11
2. Paskal tili asosida turli jarayonlarni dasturlash.
Paskal dasturlash tilida dastur quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
Program <dastur nomi>;
Label <Belgilar bo`limi>
a,b,c,d; <korinishda belgilar e’lon qilinadi>
Const <o`zgarmaslar bo`limi>
<O`zgarmas nomi>=<qiymati>;
Type <toifalar bo`limi>
<Toifa nomi>=<toifasi>;
Var <O`zgaruvchilar bo`limi>
<O`zgaruvchilar>:<toifasi>;
Procedure <prosedura nomi> <qism dastur bo`limi>;
Function <prosedura nomi> <qism dastur bo`limi>;
Begin <Dastur asosiy qismi boshlanishi>
<Operatorlar bo`limi>;
End.
<Dastur oxiri>
Kiritish operatori read(x) yoki readln(x). Bu yerda x argument ya’ni x ning
qiymatini kiritish buyrug`i berilgan. Read operatoridan readln operatorini farqi
o`zgaruvchi qiymatini kiritishni tashkil qilgandan so`ng kursorni yangi qatorga
o`tkazadi.
Chiqarish operatori write(x) yoki writeln(x). Bu ham yuqoridagich
farqlanadi.
« := » – o`zlashtirish operatori. Operator oldidagi o`zgaruvchiga operator
keyinidagi qiymatni yoki o`zgaruvchi qiymatini o`zlashtiradi.
Yangi dasturni yaratish va xatoliklarini tuzatishda
bajariladigan ishlarning namunaviy rejasi:
1. Yangi dastur kiritish uchun tajrirlashning yangi oynasini ochish.
2. Yangi dastur matnini terish.
3. Dastur matnini diskka yozish (yangi dastur ishga tushirilguniga qadar diuskka
yozilishi zarur).
4. Dasturni bajarishga yuborish (Ctrlo+F9).
5. Agar dasturda imloviy xatolarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, ekranda tegishli axborot
paydo bo’ladi, kursor esa xato joyini ko’rsatadi. Bunday paytda tahrir
buyuruqlari yordamida tuzatilishi va yana dastur bajarishga yuborilishi kerak.
6. Dastur matijalarini ko’rish (Alt+F5).
7. Agar xato natijalar olingan bo’lsa, yo’l qo’yilgan algoritmik xatolarni tuzatish
va dasturni yana bajarishga yuborish kerak.
12
8. 4 – 7 bosqichlar to’g’ri yechimlar olinguncha takrorlanadi.
9. Tuzatilgan dastur diskka saqlanadi (F2).
Misol – 1:
Hisoblash kerak
a
Berilgan
x= 1,426;
y= -1,220;
z= 3,5.
2 cos( x 6)
z
, b 1
2
1 / 2 sin y
3 z3 / 5
2
Dasturi
Program perviy;
{Dastur boshlanishi}
Uses crt;
{Crt moduli funksiyalardan foydalanish uchun e’lon qilish}
Const
{O`zgarmaslar bo`limi}
X=1.426;
{x qiymati o’zgarmas qilib kiritildi}
Var
{O`zgaruvchilar bo`limi}
a,b,y,z:real;
{Dasturda qatnashadigan o`zgaruvchilar e’lon qilinmoqda}
Begin
{Dastur asosiy qismi boshlandi}
clrscr;
{Crt modulini ekran tozalash prosedurasi}
y:=-1.22;
{y ga qiymat o`zlashtirildi}
readln(z);
{z qiymatini kiritish kiritish operatoriga buyurildi }
a:=2*cos(x-pi/6)/(1/2+sqr(sin(y))); {a ifodani paskaldagi ko`rinishi}
b:=1+sqr(z)/(3+exp(3*ln(x))/5); {b ifodani paskaldagi ko`rinishi}
writeln(‘a= ‘,a:6:4, ‘ b=’,b:5:2);
{ a va b ning qiymati chiqarish buyrug`i
yordamida chiqarishga buyurildi, :6:4 degani a ning
qiymatini chiqarish uchun 6 xona ajratildi, shundan
4 xonasi kasr qismini chiqarish uchun ajratildi.}
readln
{Natija olingandan keyin ENTER bosilguncha
kutib turadi}
end.
{Dastur tugallandi}
Dastur natijasi:
3.5
{kiritilgan qiymat }
a= 0.8969 b= 4.42
{natija hosil bo`ladi}
Misol–2: Guruhlarning nomlari “Dasturchilar” va “Paskal” guruhlari degan
yozuvni ekranga chiqarish dasturi:
13
Dasturni tekshirish uchun “Ctrl+F9” tugmasi orqali dasturni tekshiramiz va
“Alt+F5” tugmasini bosish orqali natijani olamiz.
yoki
Misol – 3. 2 ta son berilgan. Berilgan sonlarning kublarining o’rta
arifmetigini toping.
Izoh: Paskal algoritmik tilida berilgan masalalarni yechish uchun siz boshqa
fanlardan ya’ni fizika, algebra, geometriya kabi fanlarni yetarli bilimga ega
bo’lishingiz kerak.
a 3 b3
y
2
Natija:
14
1-masala: Ikki tomoni va ular orasidagi burchagiga ko`ra uchburchak
yuzasini topish.
var
a,b: real; {tomonlar uzunligi}
f: real;{graduslarda ifodalovchi burchak kattaligi}
s: real; {uchburchak yuzi}
begin
writeln (`Uchburchak yuzini topish`);
writeln (`Uchburcha tomonlari uzunligi (sm):`)
write (`->`);
readln (a,b);
writeln (`Uchburchak ikki tomoni orasidagi burchak kattaligi (gradus):`);
readln [f];
{s=a*h/2, h (uchburchak balandligi) h=b*sin(f) formula bilan hisoblanishi
mumkin. Lekin, Turbo Paskalda Sin funksiyasining argumenti radianlarda
ifodalanishi kerak (1 rad.=180/3.1415925, bu yerda, 3.1415925-“PI” soni)}
s:=a*b*sin (f*3.1415925/180)/2;
writeln;
writeln (`uchburchak yuzi:`,s:6:2, `sm.kv.`);
readln;
end.
2-masala: Ikki parallel ulangan elementlardan iborat elektr zanjir
qarshiligini hisoblash.
var
r1,r2: real; {zanjir elementlari qarshiligi};
r: real; (zanjir umumiy qarshiligi);
begin
writeln (`Elementlari parallel ulangan elektr zanjir qarshiligini hisoblash`);
writeln (`Boshlang`ich qiymatlarni kiriting`);
write (`Birinchi qarshgilik kattaligi (Om) ->`);
radln (r1);
15
write (`Ikkinchi qarshgilik kattaligi (Om) ->`);
readln (r2);
r:=r1*r2/(r1+r2);
writeln;
writeln (`Zanjir qarshiligi:`,6:2,`Om`);
readln;
end.
3-masala: Dala hovliga borish va qaytish qiymatlarini hisoblash.
var
mas: real; {dala hovligacha bo`lgan masofa}
sarf: real; {100 km.ga benzin sarfi}
baho: real; {1 litr benzinning bahosi}
sum: real; {dala hovliga borish va qaytish qiymati}
begin
writeln (`Dala hovliga borish va qaytish qiymatini hisoblash`);
write (`Dala hovligacha masofa (km) `);
readln (mas);
write (`Benzin sarfi (100 km masofaga, litr) `);
readln (sarf);
write (`Litr benzin bahosi (so`m) `);
readln (baho);
sum:=2*mas/100*sarf*baho;
writeln;
writeln (`Dala hovliga borish va qaytish qiymati`, sum:6:2,`so`m.`);
readln;
end.
4-masala: Silindr sirt yuzasini hisoblash.
var
r: real; {silindr asosi radiusi}
h: real; {silindr balandligi}
s: real; {silindr sirt yuzasi}
begin
writeln (`Silindr sirt yuzasini hisoblash`);
writeln (`Boshlang`ich qiymatlar:`);
write (`Asos radiusi (sm) `);
readln (r);
16
write (`Silindr balandligi (sm) `);
readln (h);
{pi-nomlangan o`zgarmas, uning qiymati “ PI ” soniga teng. Sqr-Turbo
Paskal funksiyasi, uning qiymati argument kvadratiga teng, ya`ni Sqr(x)=x*x}
s:=2*pi*sqr(r)+2*pi*r8h;
writeln;
writeln (`Silindr sirt yuzasi`,s:6:2,`sm,kv.`);
readln;
end.
5-masala: Verstlardagi masofani kilometrlarda hisblash.
var
v: real; {verstlardagi masofa}
k: real; {kilometrlardagi masofa}
begin
writeln (`Masofani Verstlardan kilometrlarga aylantirish`);
writeln (`Verstlardagi masofani kiriting va <Enter>ni bosing`);
write (` `);
readln (v);
k:=v*1.0668;
writeln (v:6:2,`verst-bu`,k:6:2,`km`);
writeln (`Dastur ishini tugatish uchun <Enter>ni bosing`);
readln;
end.
2. Takrorlanish operatorlari.
Hоzirgаchа ko’rib chiqilgаn оpеrаtоrlаrning bаrchаsi bir mаrоtаbа
bаjаrilаdigаn buyruqlаr tizimini tаshkil qilаr edi. Bu kаbi оpеrаtоrlаr оrqаli fаqаt
оddiy hisоblаsh аmаllаrni bаjаrish mumkin edi. Hаqiqаtаn hаm, bundаy оddiy
ko’rinishdаgi mаsаlаlаrgа dаstur tuzib, uni EHMgа kirgizilib, хаtоsi bo’lsа uni
to’g’rilаb, nаtijа оlishgа sаrflаngаn vаqtning yarmisini sаrflаgаn hоldа, оddiy
kаl’kulyatоrdа hаm, dаstur tuzmаsdаn hisоblаsh mumkin.
Murаkkаb jаrаyonlаrni dаsturlаshdа ko’pinchа buyruqlаr kеtmа-kеtligini
mа`lum shаrtlаr аsоsidа qаytа-qаytа bаjаrishgа to’g’ri kеlаdi. Mа`lum bir
o’zgаruvchining turli qiymаtlаridа mа`lum buyruqlаr tizimining birоn-bir
qоnuniyatgа аsоsаn qаytа-qаytа bаjаrilishi — tаkrоrlаnuvchi hisоblаsh jаrаyoni —
sikl dеb аtаlаdi.
Tаkrоrlаnuvchi hisоblаsh jаrаyonining tаkrоr-tаkrоr hisоblаnаdigаn qismini
tаkrоrlаnishning tаnаsi (jismi) dеb аtаlаdi.
17
Tаkrоrlаnish ichidа qiymаtlаri o’zgаrib bоrаdigаn o’zgаruvchini tаkrоrlаnish
o’zgаruvchisi yoki tаkrоrlаnishni bоshqаruvchi o’zgаruvchisi (sikl pаrаmеtri) dеb
yuritilаdi.
Tаkrоrlаnuvchi jаrаyonning аlgоritmi umumiy hоldа qo’yidаgilаrni o’z
ichigа оlishi kеrаk:
1. Tаkrоrlаnishni tаyyorlаsh – tаkrоrlаnishni bоshlаshdаn оldin tаkrоrlаnishdа
qаtnаshаdigаn o’zgаruvchilаrning bоshlаng’ich qiymаtlаri yoki tаkrоrlаnish
o’zgаruvchisining bоshlаng’ich qiymаti o’rnаtilаdi, tаkrоrlаnish o’zgаruvchisining
o’zgаrish qаdаmi bеlgilаnаdi.
2. Tаkrоrlаnish tаnаsi — tаkrоrlаnish o’zgаruvchilаrining turli qiymаtlаri uchun
tаkrоr bаjаrilаdigаn аmаllаr kеtmа-kеtligi ko’rsаtilаdi.
3. Tаkrоrlаnish o’zgаruvchisigа yangi qiymаt bеrish — hаr bir tаkrоrlаnishdаn
аvvаl o’zgаruvchigа o’zgаrish qаdаmigа mоs rаvishdа yangi qiymаt bеrilаdi.
4. Tаkrоrlаnishni bоshqаrish — tаkrоrlаnishni dаvоm ettirish shаrti tеkshirilаdi,
tаkrоrlаnishning bоshigа o’tish ko’rsаtilаdi.
Pаskаl аlgоritmik tilidа uch хil ko’rinishdа tаkrоrlаnuvchi hisоblаsh jаrаyonini
tаshkil qilish mumkin vа bu jаrаyonlаrni dаsturlаsh uchun mахsus оpеrаtоrlаr
bеlgilаngаn:
- shаrti аvvаl tеkshirilаdigаn (shаrti оldin kеlgаn «tоki») tаkrоrlаnish jаrаyoni, bu
mахsus WHILE оpеrаtоri оrqаli аmаlgа оshirilаdi;
- shаrti kеyin tеkshirilаdigаn («...gаchа») tаkrоrlаnish jаrаyoni, bu jаrаyonni
mахsus REPEAT оpеrаtоri оrkаli аmаlgа оshirilаdi;
- pаrаmеtrli tаkrоrlаnish jаrаyoni, bu jаrаyon mахsus FOR оpеrаtоri
yordаmidа аmаlgа оshirilаdi.
Yuqоridа kеltirilgаn jаrаyonlаrgа аlоhidа-аlоhidа to’хtаlib o’tаmiz.
1-misоl.
While Data[i] <> X do I := I+1;
While I>0 do
Begin
If Odd(I) then Z := Z * X;
I := I div 2;
X := Sqr(X);
End;
While not Eof(InFile);
Process (Line);
End;
2. Misоl. А hаqiqiy sоn bеrilgаn bo’lsin. Shundаy eng kichik butun musbаt K
sоnini tоpish tаlаb qilinsinki, bu sоn
3" > А
(*)
18
shаrtini bаjаrsin.
Yechish. Mаsаlаni dаsturini tuzish uchun Z1 ifоdаning qiymаtini sаqlаydigаn
qo’shimchа o’zgаruvchi kаttаlik kirgаzishimiz lоzim. Аgаr biz bu kаttаlikni U
idеntifiqаtоri bilаn bеlgilаsаk, u hоldа K=0 dа u=1 dаn bоshlаb, bittа qаdаm bilаn
o’zgаrishidа (') fоrmulаni (dаrаjаgа ko’tаrishni) U=U*3 rеkkurеnt fоrmulа bilаn
аlmаshtirаmiz. U hоldа tаkrоrlаnishdаgi hisоbdаn chiqish shаrti U>А bo’lаdi.
Yuqоridа ko’rib chiqilgаn оpеrаtоrdаn fоydаlаnib, ushbu misоlning dаsturini
tuzаmiz.
program wel;
var k: integer; y,m: real;
begin
y:=l;k:=0; m:=30;
while y<=m do
begin
y:=y'3;k:=k+l;
write! n("k=",k,'y=',y)
end
end.
Nаtijа: M=30 sоn uchun eng kichik k sоn 4 ekаn.
3 - m i s оl : Ushbu ifоdаning qiymаtini tоpish dаsturi WHILE оpеrаtоri
yordаmidа tuzilsin:
xb<= x <=xo, h =0.1, xb=1.2; хо=1.8
Bu yеrdа, xb vа хо mоs rаvishdа х kаttаlikning bоshlаng’ich vа охirgi qiymаtlаri,
h uning o’zgаrish qаdаmi.
program prwel(input,output);
uses printer;
var
x,y,xb,xo,h : real;
begin
writeln("kipitilcin - xb,xo,h");
read(xb,xo,h);
x:=xb;
while x<=xo do
begin
u : =(x*x*x-4*x+ 1 )/(abs(x) + 1 ) ;
writeln(lst,'x=',x, "y=",y);
x:=x+h;
19
end;
end.
Ko’pgina masalalarni yechishda hisoblash jarayonlari siklik (takrorlanuvchi)
xarakterga ega bo’ladi. Bu holda biror bir operator bo’limi butun turga tegishli
o’zgaruvchining har xil qiymatlari uchun takroran bir necha marta bajariladi. Sikl
operatorining qo’llanilishi dasturni qisqa tuzish va tuzatish vaqtlarini tejash
imkonini beradi.
Sikl operatori murakkab operatorlar turkumiga kiradi, ya’ni o’z tarkibida
boshqa operatorlarni saqlaydi. Siklga kirish faqat uning boshlanishi orqali
amalgam oshiriladi. Sikl operatoridagi barcha o’zgaruvchilar siklik jarayongacha
aniqlangan bo’lishi kerak. Sikldan chiqish ikki xil yo’l: o’tish operatori orqali yoki
siklik jarayon to’liq bajarilgandan keyin, ya’ni tabiiy yo’l bilan amalga oshiriladi.
Parametrli sikl operatori. Parametrli sikl operatorining umumiy ko’rinishi
quyidagicha:
for v:=n1 to n2 do S
bunda for (uchun), to (gacha), do (bajar) – xizmatchi so’zlar, v – sikl
parametric, n1 va n2 – mos ravishda sikl parametrining boshlang’ich va oxirgi
qiymatlari, S – sikl tanasini tashkil qiluvchi operatorlar ketma-ketligi bo’lib, agar
ular bir nechta bo’lsa, albatta begin va end so’zlarining ichiga olib yoziladi. Agar
S bitta operatordan iborat bo’lsa, begin va end yozilishi shart emas.
Parametrli sikl operatori quyidagicha bajariladi: dastlab n1 va n2 ning
qiymatlari hisoblanadi. V – sikl parametri boshlang’ich qiymati n1 ni qabul qiladi
va oxirgi qiymati n2 bilan taqqoslanadi. Agar sikl parametrining qiymati oxirgi
qiymatidan ortib ketmasa, u holda sikl tanasini tashkil qiluvchi operatorlar ketmaketligi bajariladi. So’ngra sikl parametrik o’zining qiymatini bir birlik orttiradi va
yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Agar sikl parametrik o’zining oxirgi qiymatidan
ortib ketsa, siklik jarayon tugaydi. Sikl parametrik sikl ichida o’zgarishi mumkin
emas.
Masalan:
1) for i:=1 to 6 do x:=sqr(5*i);
2) for n:=1 to 5 do begin s:=s+sqr(n); q:=q*n end.
Paskal tilida parametrli sikl operatorini kamayib boruvchi shaklda ham
ifodalash mumkin.
Uning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
for v:=n2 downto n1 do s; bunda downto (gacha kamayadigan) xizmatchi so’z.
bu operatorda parametr v oxirgi qiymat n2 dan n1 gacha bo’lgan qiymatlarni -1
qadam bilan qabul qiladi.
Masalan:
1)
for i:=6 downto 1 do x:=sqr(5*i);
20
2)
for n:=5 to 1 do begin s:=s+sqr(n); q:=q*n end.
5
12
n 1
i 1
Misol: n 2 i 3 ifodaning qiymatini hisoblash dasturini tuzing.
1) Program summa (input, output);
Var i, n:integer; S, S1:real;
Begin S:=0; S1:=0;
For n:=1 to 5 do S:=S+Sqr(n);
For i:=1 to 12 do S!:=S1+i*i*i;
S:=S+S1;
Writeln (‘summa=’, S);
End.
2) Program summa (input, output);
Var i, n:integer; S, S1:real;
Begin S:=0; S1:=0;
For n:=5 downto 1 do S:=S+Sqr(n);
For i:=12 downto 1 do S!:=S1+i*i*i;
S:=S+S1;
Writeln (‘summa=’, S);
End.
Bulаrdаn tаshqаri, lоtin аlifbоsi tаrtiblаngаn bo’lgаni uchun bu mа`lumоtlаrni
tаkrоrlаnish pаrаmеtri qiymаtlаri sifаtidа ishlаtish mumkin, mаsаlаn:
for t:='a' to "d" do y:=c+t
yoki
fort:='d' downto "a" do y:=c+t
buеrdа, t — tаkrоrlаnish pаrаmеtri; LI — tаkrоrlаnish pаrаmеtrining bоshlаng’ich qiymаti, а
gа tеnt; L2 — tаkrоrlаnish pаrаmеtrining охirgi qiymаti, d gа tеng; M urnidа esа y:=c+t
ifоdа to’g’ri kеlаdi.
3 -Mis оl .
Program prch(input,output);
var
t,y :char ;
begin
for t:='a' to "z" do
begin
writeln(t,ord(t));
end;
readln;
end.
21
XULOSA
Ushbu ishda Paskal dasturlash tilining imkoniyatlari, asosiy tushunchalari va
algoritmik tilning asosiy operatorlari batafsil yoritib berilgan. Chiziqli jarayonlarni
dasturlashga doir masalalar natijalari bilan keltiril. Takrorlanish operatorlari, sharti
avval va keyin tekshiriladigan takrorlanish jarayoni bo’limi izohli tushuntirilgan va
masalalar bajarib ko’rsatilgan.
Dasturlash tili quyidagi afzalliklarga ega: u jonli tilimizga o’xshash bo’lib, uni
o’rganish oson; bu tilda yozilgan dastur mashina tilidagidan qisqaroq bo’ladi;
dastur yozishga kamroq vaqt sarflanadi va kam xatolikka yo’l qo’yiladi; yozilgan
dasturni ixtiyoriy dasturchi o’qiy oladi; dasturlash tili mashina turiga bog’liq emas.
Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli
axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish uchun yuqorish darajadagi
dasturlar tillari mavjud.
Hisoblash texnikasining rivojlanishi masalalarning xususiyatlariga butunlay
mo’ljallangan va aniq bir mashinaga bog’liq bo’lmagan yuqori darajadagi
dasturlash algoritmik tillarining paydo bo’lishi hamda ularning rivojlanishiga olib
keladi. Mazkur tillarning imlosi, so’z boyligi dastur bilan ishlaydigan insonga
(dasturchiga) ham, kompyuterga ham bir xilda qulay qilib tanlanishi kerak
Kompyuter dasturda beriladigan buyruqlar ketma – ketligini oson talqin qilishi va
bajara olishi kerak. Demak, dasturlash tilini inson va mashinaning muloqot vositasi
deb hisoblash mumkin.
22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008. –
176 b.
2. I.Karimov. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.:O’zbekiston, 2009. – 56 b.
3. Karimov I.A. “O’zbekiston buyuk kelajak sari”. – Toshkent. O’zbekiston, 1998
– 528 b.
4. Abduqodirov A., Xaitov A., Shodiyeva R. Axborot texnologiyalari. Akademik
litsey va kasb – hunar kollejlar uchun darslik. – T. O’qituvchi. 2004 y.
5. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari.-Akademik litsey va kasb –
hunar kollejlar uchun darslik. – T. O’zbekiston, 2002 y.
6. Yuldashev U.Yu., R.R. Boqiyev, F.M. Zokirova. Informatika - T. G`afur
G`ulom nomidagi nashiryot-matbaa ijodiy uyi, 2002y. -240 b
7. Informatika. Pod red. Prof. N.V.Makarovoy – M 1997.
8. Axmedov A., Tayloqov N. Informatika. Akademik litsey va kasb – hunar
kolledjlar uchun darslik. – T. O’zbekiston, 2001 – 272 b.
9. M. Aripov
“Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”. Toshkent,
“Universitet” nashriyoti, 2000 y.
10.Xolmatov T.X., Taylaqov N.I., Nazarov U.A. Informatika. Oliy o’quv yurtlari
talabalari uchun darslik . T. “O`zbekiston milliy ensiklopediyasit” , 2003 y.-256
b.
11.Xolmatov T.X., Taylaqov N.I., Nazarov U.A. Informatika va hisoblash
texnikasi. Oliy o’quv
yurtlari talabalari uchun o`quv qo`llanma . T.
“O`zbekiston milliy ensiklopediyasit” , 2001 y.-192 b.
12.Faysman A. Professionaln’ye programmir’vaniye na Turbo-Pascal. Info-FInfomex-kjinko, 1992.
13.Abramov V. G., Trifonov N.P., Trifonova G.N. Vvedeniye v yazike Paskal:
Uchebnoye posobiye. M. “Nauka”. 1998 y.
14.Karimov R. va boshqalar. Dasturlash. T. , “Ilm ziyo” . 2006 y.
23
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )