Yunalishi
guruh talabasi
FIO
KOMPYUTER ARXITEKTURASI FANIDAN
3-TOPSHIRIQ
MAVZU: VIRTUAL YADROLI PROTSESSOR ISH TARTIBINI
O‘RGANISH VA SHAXSIY KOMPYUTERDA VIRTUAL YADRO HOSIL
QILISH
Ishdan maqsad: Protsessor yadrolari va virtual yadrolar arxitekturasini
o‘rganish va tahlil qilish. Shuningdek kompyuterda virtual yadro yarata olish va
undan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
I.
NAZARIY QISM
Protsessor yadrolari: Kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish
va boshqarish vazifalarini bajaradigan asosiy qurilma bu kompyuterning protsessori
hisoblanadi. Protsessorlar har qanday qayta ishlash tizimining eng muhim tarkibiy
qismlaridan biridir va protsessorlar o‘z navbatida yadrolardan tashkil topadi. (1.1rasm).
1.1-rasm. Kompyuter protsessorining yadrolari
Virtual yadrolar: Protsessorlarning har xil turlari va yadrolari o‘rtasidagi
farqni tushunish uchun avvalo jismoniy yadrolar va mantiqiy yadrolar o‘rtasidagi
farqni tushunishimiz kerak bo‘ladi. Jismoniy yadro protsessorning haqiqiy apparat
komponenti bo‘lib, bu bitta protsessorda joylashgan bitta yacheykani egallagan
protsessor hisoblanadi. Agar shaxsiy kompyuterimiz 4 (to‘rt) yadroli bo‘lsa bunda
kompyuterning protsessorida 4 ta jismoniy yadro mavjud. Agar protsessorimiz 8
(sakkiz) yadroli bo‘lsa, protsessorda 8 ta yacheyka bo‘ladi. Boshqacha qilib
aytganda, protsessorda joylashgan har bir yadro, buyruqlarni qayta ishlash uchun
alohida protsessorga o‘xshaydi.
Hyper-Threading texnologiyasi va arxitekturasi: Hyper-Threading (HT) bu har bir yadroda bir nechta oqimni ishlatish imkonini beruvchi texnologiyasi
bo‘lib ko‘proq oqimlar parallel ravishda ko‘proq ish qilish mumkinligini anglatadi.
Hyper-V-da virtual serverlarni ishga tushirishda, aslida qancha CPU ishlatilishini
aniqlashda ko‘pincha chalkashliklar mavjud.
Hyper-V - bu Microsoft-ning apparat virtualizatsiya mahsulotidir. Bu sizga
kompyuterning virtual mashina deb ataladigan dasturiy ta'minot versiyasini yaratish
va ishga tushirish imkonini beradi. Har bir virtual mashina operatsion tizim va
dasturlarni boshqaradigan to‘liq kompyuter kabi ishlaydi. Hisoblash resurslariga
muhtoj bo‘lganingizda, virtual mashinalar sizga ko‘proq moslashuvchanlikni beradi,
vaqt va pulni tejashga yordam beradi va jismoniy uskunada bitta operatsion tizimni
ishga tushirishdan ko‘ra apparatdan foydalanishning samarali usuli hisoblanadi.
Hyper-V har bir virtual mashinani alohida ajratilgan joyda ishlaydi, ya'ni siz
bir vaqtning o‘zida bitta uskunada bir nechta virtual mashinalarni ishga
tushirishingiz mumkin. Buni boshqa ish yuklariga taʼsir qiladigan nosozlik kabi
muammolarni oldini olish yoki turli odamlar, guruhlar yoki xizmatlarga turli
tizimlarga kirish huquqini berish uchun qilishingiz mumkin. Hyper-V virtual va
jismoniy protsessordan foydalanishni chinakam tushunish uchun avvalo bizdan
biroz nazariyaga sho‘ng‘ishni talab qiladi.
Ko‘pgina operatsion tizimlar virtual mashinalarda ishlaydi. Umuman olganda,
x86 arxitekturasidan foydalanadigan operatsion tizim Hyper-V virtual mashinasida
ishlaydi. Biroq, ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan barcha operatsion tizimlar
Microsoft tomonidan sinovdan o‘tkazilmaydi va qo‘llab-quvvatlanmaydi. Hyper-V
ni o‘rnatish jarayoni kompyuteringizda o‘rnatilgan operatsion tizimga qarab ham
farq qilishi mumkin. Qo‘llab-quvvatlanadigan narsalar ro‘yxati uchun qarang:
https://learn.microsoft.com/en-us/windows-server/virtualization/hyperv/supported-windows-guest-operating-systems-for-hyper-v-on-windows
II. AMALIY QISM
Virtual mashinangiz protsessorlarini sozlash
Kompyuterimizning protsessorini mantiqiy yadrolarini aniqlashning bir necha
usullari mavjud bo‘lib, biz ushbu usullardan amaliyotda ikkitasini amalga oshirib
Intel Core i7 protsessorining yadrolar va mantiqiy yadrolar sonini ko‘ramiz va ushbu
protsessorning yadrolari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz:
1-qadam: Control Panel (Boshqaruv panelini) ochamiz va Programs unistall
(dasturlar) bo‘limiga kiramiz. (2.1-rasm).
2.1-rasm. Boshqaruv (control) paneli
2-qadam: Programs and Features (dasturlar va xususiyatlar) bo‘limiga
kiramiz va hosil bo‘lgan oynaning chap tomonida joylashgan Turn Windows
features on or off (windows xususiyatlarini yoqish yoki o‘chirish) bo‘limiga kiramiz
(2.2-rasm).
2.2-rasm. Programs and Features (dasturlar va xususiyatlar)
3-qadam: Hosil bo‘lgan oynada Hyper-V bo‘limini topamiz (3.3a-rasm) va
Hyper-V menejerini o‘rnatish uchun Hyper-V boshqaruv panelida yoqish belgisini
qo‘yamiz (3.3b-rasm) va on’ng tomonda joylashgan “OK” tugmasini bosamiz va
qurilmamizni qayta ishga tushiramiz (3.4-rasm).
a)
b)
3.3-rasm. a) Hyper-V bo‘limi, b) Hyper-V menejerini yoqish
3.4-rasm. Hyper-V qurilmamizga yoqish sozlamarini yakunlash
4-qadam: Yuqorida ko‘rsatilgan qadamlar orqali biz qurilmamizga Hyper-V
menegerini yoqib oldik. Endi ushbu dastur yordamida biz kompyuterimizga virtual
yadrolar yaratishni ko‘rib chiqamiz, buning uchun qidiruv (menu) bo‘limidan
Hyper-V menegeriga kirib olamiz (3.5-rasm).
3.5-rasm. Hyper-V dasturini ishga tushirish
5-qadam: Ushbu qadamda biz Hyper-V managerida quyidagi ketma-ketlikda
Virtual Mashina (VM) yaratib olamiz (3.6-rasm).
3.6-rasm. Hyper-V menegeri yordamida Virtual Mashina (VM) yaratish
6-qadam: Keyingi qadamda biz yaratilgan VM ni sozlamalar bo‘limiga tashrif
buyiramiz (3.6-rasm) va unga quyidagi rasmda keltirilgan ketma-ketliklar asosida
virtual yadro hosil qilib olamiz (3.7-rasm).
3.7-rasm. Virtual Mashina (VM) da virtual yadrolar hosil qilish
7-qadam: Ushbu qadamda yuqoridagi qadamlar orqali yaratilgan Virtual
Mashinani ishga tushiramiz (3.8-rasm).
3.8-rasm. Hyper-V da yaratilgan Virtual Mashinani ishga tushirish
8-qadam: So‘ngi qadamda biz yaratgan Virtual Mashinamizni ishlash holatini
va versiyasini Shaxsiy Kompyuterning PowerShell oynasiga get-vm
<vm_nomi> (3.9-rasmda keltirilgan), hamda uning virtual yadroalrini GetVMProcessor <vm_nomi> (3.10-rasmda keltirilgan) buyruqlarini yozish orqali
ko‘rishimiz mumkin.
3.9-rasm. Hyper-V yordamida yaratilgan VM ni ishlash jarayoni va uning versiyasi
3.10-rasm. Hyper-V yordamida yaratilgan VM ni virtual yadrolar soni
1.
2.
3.
4.
5.
Topshiriqlar
Ushbu topshiriq guruhning har bir talabasi bo‘yicha tasniflanadi (har bir
talaba topshiriqni individualni holatda bajaradi).
Shaxsiy kompyuteringiz yadrolari haqida malumotlarini jadval asosida taqdim
eting va izoh bering.
Kompyuter yadrolarini quyidagi tasnifga ko‘ra tanlang: ko‘pyadroli
protsessorlarda virtual yadrolarni hosil qilish va ularning tasnifi.
Tasniflangan vazifalardagi protsessor yadrolari va ularning mantiqiy yadrolar
sonini aniqlang va barcha xususiyatlarga izoh keltiring.
Topshiriq natijasi (amaliy ish bajarilayotganda kompyuter ekranini rasm olib)
hisobotga qo‘shing va bajarilayotgan har bir ketma-ketlikni izohlar yordamida
batafsil tushuntirib bering.
Hisobot shakli
1. Amaliy ishning nomi.
2. Nazariy ma’lumotlar ya’ni topshriqni bajarishda foydalanilgan funksiyalar
tavsifi va tasniflangan vazifalar mosligi.
3. Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.
4. Talab etiladi: Matn muharriri - Microsoft Word, shirift - Times New Roman,
oraliq interval - 1.5, o‘lchami - 14.