Amaliyot o`tash joyi: Andijon shahar 46-umumiy o`rta ta`lim maktabi Amaliyot muddati Amaliyot boshlanishi: Amaliyot tugashi: ____ ____ ________dan ____ ____ ________gacha Amaliyot rahbarlari: Maktabdan: Mamadjanova Rahbaroy Andijon shahar 46-umumiy o`rta ta`lim maktabi Tabiiy fan o`qituvchisi Institutdan: Tojiboyev Murodali Umaraliyevich Andijon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH. Mirziyoyevning Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantrish chora tadbirlari to’g’risida 2022-yil 21-iyundagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-289 son qaroriga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4 bosqich talabalari uchun haftalik o’quv mashg’ulotlari “4+2”tartibida shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim muassasalarida amaliyot o’tash tartibida olib borish haqidagi qaroriga asosan Andijon Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fakulteti Biologiya yo’nalishi 4-bosqich talabasi Andijon shahar fanlar 4+2 o’quv dasturi bo’yicha Maktabgacha va naktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 46-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyotda ishtirok etdi. I. Malakaviy o‘quv amaliyotining mazmuni Mazkur malakaviy o‘quv amaliyoti dasturi barcha bakalavriat ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalari majmuini o‘z ichiga oladi. 1.1. Malakaviy o‘quv amaliyotining maqsadi va vazifalari: Malakaviy o‘quv amaliyotini o‘tkazishdan maqsad – talabalarda fan haqidagi nazariyalar shakllanishi va rivojlanishini, mazmun-mohiyatini tushungan holda ijtimoiy voqelikka mustaqil munosabatini shakllantirish, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasining ijtimoiy-ma’naviy mohiyatini yoshlar ongiga singdirishdan umumpedagogik, iborat. metodik Malakaviy o‘quv amaliyoti talabalarning va ixtisoslik fanlaridan olgan nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalariga asoslanadi. Malakaviy o‘quv amaliyoti davomida talaba: ixtisoslik fanidan turli tip va turdagi darslarni tashkil etish va ularda o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish; • o‘zi va kursdoshlari, shuningdek, o‘qituvchilar darslarini tahlil qilish; • o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash; •ixtisoslik bo‘yich sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish; • ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va olib borish; • ta’limning texnikaviy vositalaridan foydalanish; • sinf rahbari sifatida ish olib borishi lozim. Malakaviy o‘quv amaliyotining vazifalari: - bo‘lajak maktab menejmenti o‘qituvchisida avvalgi bosqichlarda egallagan nazariy bilimlari asosida amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; - zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida darslarni tashkillashtira olish va ularning natijalarini tahlil qila olish malaka va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash; - fanning imkoniyatlaridan foydalanib turli hujjatlar tahlil qilishni o‘rganish; - amaliyotchi-talabalarning oliy o‘quv yurtida egallagan bilimlarini mustahkamlash va o‘quvchi-talabalar bilan olib boriladigan dars, darsdan tashqari ta’limiytarbiyaviy ishlarni amaliyotida tadbiq etishni o‘rgatish; - amaliyotchi-talabalarda uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta‘limiy-tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama o‘rganish, dars, darsdan tashqari turli ko‘rinishdagi ta’limiytarbiyaviy tadbirlarni kuzatish va tahlil qilish, o‘quv-malakalarini takomillashtirish; - talabalarda dars, darsdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ish turlarini maqsadga muvofiq rejalashtira olish o‘quv malakalarini shakllantirish; - talabalarni sinf rahbari yordamchisi sifatida, sinf rahbari vazifalarini bajarishga, o‘quvchilar bilan individual va ommaviy tarzda darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borishga o‘rgatish; - talabalarni ta’limiy-tarbiyaviy ishlar sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga - talabalarda jalb pedagogik faoliyatga ijodiy, etish; ilmiy va munosabatlarni, ijtimoiy pedagogik faollikni tarkib toptirish; amaliy yondashish - erkin va mustaqil fikrlovchi, o‘z ustida muntazam ishlovchi shaxs bo‘lish qaror ko‘nikmasini toptirish; - hozirgi zamon uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimidagi pedagogik faoliyatga ijodiy, tanqidiy - amaliyot yondashishni shakllantirish; ob’ektlaridagi o‘qitishning yangi texnologiyasi bilan yaqindan tanishish; - amaliyotchi talabalarda kasbga qiziqishni va muhabbatni shakllantirish asosida pedagogik faoliyatga tadqiqotchilik va ijodiy yondoshishni qaror toptirish; - zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning ta’minotidan foydalanish, ixtisoslik fanlari o‘qituvchilarining darslarini kuzatish va tahlil qilish; darslarni texnologik xaritasini ishlab chiqish; o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish; o‘quvchilar bilimlarini baholash va nazorat qilish shakllarini o‘rganish; o‘tkaziladigan malakaviy o‘quv amaliyoti kundalik daftarini muntazam yoritib borish; dars mavzulariga doir didaktik materiallarni tayyorlash; mavzular bo‘yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlarni o‘rganish; o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish; malakaviy o‘quv amaliyoti yuzasidan hisobot hujjatlarini tayyorlash va boshqalar. 1.2. O‘quv amaliyoti bo‘yicha qo‘yiladigan talablar Malakaviy o‘quv amaliyotini o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - maktab menejmentiga oid nazariy bilimlarga ega bo‘lish; - nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish; - menejment haqidagi fanlarning mohiyatini bilish va ulardan amaliyotda foydalanish; - pedagogik muammolarni yechish borasida mustaqil fikrlay olishi; - g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarga doir nazariy bilimlarni amaliy hayotda qo‘llay bilishlari kerak; - ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning dasturiy ta’minotining ishlash va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini, ularning turlarini ajrata bilishni, elektron o‘quv materiallari yaratishda foydalaniladigan dasturlar bilan, jumladan,uslubiy materiallar tayyorlashda qo‘llaniluvchi dasturlar bilan, multimedialiy o‘quv resurslar yaratishda foydalaniluvchi dasturlar bilan, elektron nazorat testlarini yaratuvchi dasturlar bilan, elektron o‘quv adabiyotlari yaratuvchi dasturlar bilan ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak; - kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, elektron o‘quv materiallari yaratishda foydalaniladigan dasturlar bilan, jumladan, uslubiy materillar tayyorlashda qo‘llaniluvchi dasturlar bilan, multimediali o‘quv resurslar yaratisda foydalaniluvchi dasturlar bilan, elektron nazorat testlarini yaratuvchi dasturlar bilan, elektron o‘quv adabiyotlar yaratuvchi dasturlar bilan ishlash malakalariga ega bo‘lishlari kerak. 1.3. O‘quv amaliyotining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi O`quv amaliyoti iqtisod, matematika, texnologiya, geografiya fanlari bilan bevosita aloqadorlikda bo‘lib, ko‘plab mavzular ta’lim muassasalarida boshqaruv bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bo‘lajak maktab menejmenti o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligini amalga oshirishda, talabalarni pedagogik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tishi, kurs va malakaviy bitiruv ishlarini yuqori saviyada bajarishiga yaqindan yordam beradi. 1.4. Fanning hajmi Malakaviy o‘quv amaliyoti yil davomida 4+2 (2 kun maktabgacha va maktab ta’limi muassasasida, 4 kun Oliy ta’lim muassasasida) tizimda o‘tkaziladi. O‘quv amaliyoti o‘quv rejasida rejalashtirilgan mutaxassislik fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Andijon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi talabasining 4+2 dasturi bo’yicha qilingan ishlari haqida HISOBOT Men Xusanova Dilorom Nurmatjon qizi O’zbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289- son qarorining 2 – b bandida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4 bosqich talabalari uchun haftalik o’quv mashg’ulotlari “4+2” tartibida malakaviy amaliyotni o’tish farmoniga muvofiq institutimiz tarafidan malakaviy amaliyotga bordim. Malakaviy amaliyot davrimiz 2024-yil 11-sentabrdan 2025-yil 13-yanvar sanasiga qadar. Men malakaviy amaliyotni Andijon viloyati Andijon shahar Qo’shtepa MFY S.Zununova ko’chasida joylashga 46- umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tadim. 4+2 Malakaviy amaliyoti davomida men 8-9-10-sinflarga biologiya fanidan dars o’tdim. Ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan fan o’qituvchilarining darslarini tahlil qildim. Maktabda o’tkazilgan pedagogik kengashlarda bir necha marotaba ishtirok etdim. Biologiya faniqa qiziqadigan va bu fanni yaxshi o’tlashtirib borayotgan ilmga chanqoq o’quvchilarni fan olimpiadasiga tayyorgarlik ko’rishiga yordamlshdim. O’quvchilarni metodist o’qituvchi bilan birgalikda olimpiadaning shahar bosqichiga olib bordik. Tabiiy fanlar metod birlashma rahbari Marayimova Mavludaxon har hafta Singapur ta’lim tizimi bo’yicha bizga dars o’tib berdi. 10-“A” sinf o’quvchilari bilan birgalikda piyoz po’sti hujayralarini mikroskop yordamida kuzatdik. Biz o’qituvchilar sog’lom turmush tarziga amal qilish maqsadida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini bajardik. Chorak yakunida o’quvchilarimning chorak baholarini chiqardim. Aniq fanlardan Singapur ta’lim tizimi bo’yicha o’tkazilgan darslarda ishtirok etdim. Xulosa. Xusanova Dilorom Nurmatjon qizi Andijon shahridagi 46-umumiy o`rta ta`lim maktabiga 2022-yil 21-iyundagi O`zbekiston Respublikasining Prezidentining PQ-289 son qaroriga muvofiq 4+2 pedagogik amaliyot o’quv dasturi bo`yicha to’rt oy davomida bordim. Mazkur malakaviy o‘quv amaliyoti dasturi barcha Pedagogika Institutlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish maqsadida yaratilgan. Malakaviy o‘quv amaliyoti yil davomida 4+2 (2 kun maktab ta’limi muassasasida, o‘tkaziladi. O‘quv amaliyoti Maktabgacha va 4 kun Oliy ta’lim muassasasida) tizimda o‘quv rejasida rejalashtirilgan mutaxassislik fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Pedagogik amaliyot davrida talabalar sinf bilan ishlash, ularga bilan bo`ladigan munosabatlar, yuritiladigan ish hujjatlari bilan ishlashni o`rganadi. Bu davrda amaliyotchi talabalar Kundalik.com tizimidan foydalanishni o`rganish, o`z mutaxasisslik fanidan sinflarga dars jarayonini o`tish, o`qituvchi va tengdoshlarini dars jarayonini tahlil qilishi, sinflarda bo`lib o`tadigan tadbirlarda faol ishtirok etishi zarur. Pegagogik amaliyot kasb ta`limi yo`nalishlari uchun maktablarda psixologik resurslarini o`rganish, sinflarda amaliy mashg`ulotlar o`tkaza olish, pedagogik mahoratni oshirish, o`quvchilarni fikrlash doirasini aniqlash, barcha ish hujjatlari bilan tanishish va o`rganish, o`z pedagogik mehnat faoliyati uchun dastur yarata bilish ko`nikmalarini egallashga mo`ljallangan.
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )